CONCEPTUAL FOUNDATIONS OF THE FORMATION OF CREATIVITY IN FUTURE PRIMARY SCHOOL TEACHERS

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Taniberdiyev , A. ., & Maxsudova, S. . (2023). CONCEPTUAL FOUNDATIONS OF THE FORMATION OF CREATIVITY IN FUTURE PRIMARY SCHOOL TEACHERS. Modern Science and Research, 2(12), 466–472. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/27414
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

In this article, the authors describe the current situation, theoretical foundations and content of creative ability formation in primary education. Also, in this article, opinions are put forward about the importance of methods and professional and pedagogical features related to the process of developing the creative potential of future elementary school teachers.

Similar Articles


background image


466

BO’LAJAK BOSHLANG’ICH SINF O’QITUVCHILARIDA KREATIVLIK

QOBILIYATINI SHAKLLANTIRISHNING KONTSEPTUAL ASOSLARI

Taniberdiyev Akmal Abdug’aniyevich

Pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), dotsent

Maxsudova Sohiba Karimkul qizi

Guliston davlat universiteti tayanch doktoranti

e-mail:

abduraimova.sohiba1@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.10425612

Annotatsiya

. Ushbu maqolada mualliflar tomonidan boshlang’ich ta’limda kreativ

qobiliyatni shakllantirishning mavjud holati, nazariy asoslari va unung mazmuni yoritib berilgan.

Shuningdek, bu maqolada bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarida kreativlik salohiyatini

rivojlantirishning ahamiyati metodlari va jarayon bilan bog’liq kasbiy hamda pedagogik

xususiyatlar haqida fikrlar ilgari surilgan.

Kalit so’z va tushunchalar:

kreativlik, kreativ salohiyat, boshlang’ich sinf o’qituvchisi,

ijodiy yo’nalganlik, ijodiy qobiliyat.

CONCEPTUAL FOUNDATIONS OF THE FORMATION OF CREATIVITY IN

FUTURE PRIMARY SCHOOL TEACHERS

Abstract.

In this article, the authors describe the current situation, theoretical foundations

and content of creative ability formation in primary education. Also, in this article, opinions are

put forward about the importance of methods and professional and pedagogical features related

to the process of developing the creative potential of future elementary school teachers.

Key words and concepts:

creativity, creative potential, primary school teacher, creative

direction, creative ability.

КОНЦЕПТУАЛЬНЫЕ ОСНОВЫ ФОРМИРОВАНИЯ ТВОРЧЕСКИХ

СПОСОБНОСТЕЙ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ

Аннотация.

В данной статье авторы описывают современное состояние

формирования творческих способностей в начальном образовании, теоретические основы

и их содержание. Также в данной статье выдвигаются мнения о важности методов и

профессионально-педагогических особенностей, связанных с процессом развития

творческого потенциала будущих учителей начальной школы.

Ключевые слова и понятия:

творчество, творческий потенциал, учитель начальных

классов, творческое направление, творческие способности.


background image


467

KIRISH

Jahon ta’limi taraqqiyotining jadal suratlarda rivojlanib borishi ,avvalo, ta’lim

jarayonigakreativ hamda innovatsion yondashish kerakligini ma’lum qilmoqda. Rivojlangan

xorijiy davlatlarda, xususan AQSH, Germaniya, Kanada, Yaponiya, Rossiya, Koreya kabi

mamlakatlarda o’qitish jarayonlarida innovatsion-kreativ yondashuv asos qilib olinmoqda. Shu

kabi holatlarni bevosita kuzatgan hamda chuqur tahlil qilgan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh. M. Mirziyoyev xalq ta’limi, oliy ta’lim xodimlari bilan 2019-yil 23-avgustda bo’lib o’tgan

muloqotda uzluksiz ta’lim tizimida olib borilishi lozim bo’lgan muhim vazifalar haqida fikr

yuritdilar va “… bugungi kunda ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan o’qituvchilarning

obro’sini ko’tarish, shu bilan bir qatorda bugun o’qituvchilarning o’zlari ham ta’lim-tarbiya

jarayoniga yangicha ijodiy yondashishi lozim”

1

, - deya qimmatli fikrlarini bildirdilar. Shuningdek,

2020-yil 24-yanvarda yurtboshimiz Sh. M. Mirziyoyev Oliy majlisga yo’llagan murojaatnomasida

ta’lim va tarbiyaning chambarchas bog’liqligini yanada kuchaytirish maqsadida quyidagi fikrlarni

bildirdilar: “Sharqona qarashlarimizda ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib

bo’lmaydi. Bu esa bugungi kun o’qituvchisidan katta mas’uliyatni talab qiladi”

2

.

Shunday ekan, o’qituvchilar ta’lim-tarbiya ishlarida uzviy ravishda ishtirok etar ekan, ular

o’zlarining faoliyatlarini bugungi kun talablariga hamohang holatda tashkil etishlari maqsadga

muvofiqdir. Shuningdek, bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarining umumiy hamda maxsus

kompetentsiyalarini egallashlari va faoliyatlari davomida o’z ijodkorlik qobiliyatlarini namoyon

qila olishlari lozim.

Asosiy qism. Shaxsning mutaxassis sifatida kasbiy kamol topishi, rivojlanishi o’z

mohiyatiga ko’ra jarayon tarzda namoyon bo’ladi. Kasbiy yetuklik inson ontogenezining muhim

davrlari kasbiy kamol topish, rivojlanish g’oyalarining qaror topishi (14-17 yosh)dan boshlanib,

kasbiy faoliyatning yakunlanishi (55-60 yosh)gacha bo’lgan jarayonda kechadi. Ijodkor shaxsning

shakllanishi va rivojlanishi uning ichki va tashqi olami o’zgarishining o’zaro mos kelishi, ijtimoiy-

iqtisodiy shart-sharoitlar hamda inson ontogenizi – tug’ilishidan boshlab to umrining oxiriga qadar

uzluksizlik, vorisiylikni taqozo etadigan faoliyat mazmuniga bog’liq. Ma’lumki, kasbiy tajriba

bilim, ko’nikma va malakalarning integratsiyasi sifatida aks etadi. Biroq, boshlang’ich sinf

o’qituvchilari tomonidan kasbiy kompetentsiyalar va ijodiy faoliyat ko’nikmalarining

o’zlashtirilishi nafaqat amaliy ko’nikma va malakalarning integratsiyasi, mutaxassis sifatida

1

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq ta’limi va oliy ta’lim tizimi o’qituvchilari bilan bo’lib o’tgan uchrashuvda

so’zlagan nutqi. 2019.08.23.

2

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoyevning 2020 yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi matni.

http://uza.uz


background image


468

faoliyatni samarali tashkil etish usul va vositalarini ishlab chiqishni, shu bilan birga kasbiy

ijodkorlik metodologiyasidan xabardor bo’lish, ijodiy tafakkurni rivojlantirish va kreativ

xarakterga ega shaxsiy sifatlarning yetarli darajada o’zlashtirilishi talab etiladi.

3

ADABIYOTLAR TAHLILI

Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarida kreativ qobiliyatini rivojlantirishning umumiy

mohiyatini to’liq anglab yetish uchun avvalo, “kreativlik” hamda “kreativ yondashuv”

tushunchalarining asl ma’nosini tushunish zarur hisoblanadi. Bu borada jahon olimlarining

asarlariga murojaat qilishimiz juda o’rinli bo’ladi. Ken Robinson ta’rifiga ko’ra, “kreativlik – o’z

qiymatiga ega original g’oyalar majmui”

4

sanaladi. Gardnermo’zining tadqiqotlarida bu

tushunchani quyidagicha izohlaydi: “kreativlik – shaxs tomonidan amalga oshiriladigan amaliy

harakat bo’lib, u o’zida muayyan yangilikni aks ettirishi va ma’lum amaliy qiymatga ega bo’lishi

lozim”

5

. Emebayl esa o’z nuqtai nazaridan kelib chiqib “kreativlik-muayyan soha bo’yicha

o’zlashtirilgan puxta bilimlar bilan birga yuqori darajada noodatiy ko’nikmalarga ham ega bo’lish

demakdir”

6

. Kreativlik tushunchasi (lot., ing. “create” – yaratish, “creative” yaratuvchi, ijodkor)

– shaxsning yangi g’oyalarni ishlab chiqishga tayyorligini tavsiflovchi hamda mustaqil omil

sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati ma’nosini ifodalaydi. Shaxsning

kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his-tuyg’ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon

bo’ladi. Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan xususiyatlarini, zehni o’tkirlikni

tavsiflaydi. Shuningdek, kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida aks etadi. Amerikalik

psixolog P.Torrens fikricha, “kreativlik muammo yoki ilmiy farazlarni ilgari surish; farazni

tekshirish va o’zgartirish; qaror natijalarini shakllantirish asosida muammoni aniqlash; muammo

yechimini topishda bilim va amaliy harakatlarning o’zaro qarama-qarshiligiga nisbatan

ta’sirchanlikni ifodalaydi”

7

.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Boshlang’ich sinf o’qituvchilarida kreativlik salohiyatining mavjud bo’lishi shaxsiy

qobiliyatlari hamda kasbiy faoliyatni samarali tashkil etishda muhim omil bo’lib xizmat qiladi.

Jumladan, ta’lim jarayonida o’quv va tarbiya faoliyatlarini tashkil etishda noan’anaviy yondashib,

yangi g’oyalarni yaratishi, yangicha fikrlashi, o’ziga xosligi, tashabbuskorligini oshirishda yordam

3

Mamatqulova

S.

R.

Boshlang’ich

sinf

o’qituvchilarida

kreativ

fikrlash

qobiliyatini

rivojlantirish.

https://doi.org/10.5281/zenodo.7098585

4

Андреев В.И. Педагогика творческого саморазвития. Инновационный курс. – Казань: Изд–во КГУ, 1996. – 566 с

5

Вишнякова, Н.Ф. Креативная акмеология. Психология высшего образования / Н.Ф. Вишнякова. - Мн.: Народная асвета,

2007. - 300 с.

6

Алейников А.Г. О креативной педагогике / А.Г. Алейников // Вестник высшей школы. - 2009. - №12. - С. 29-34.

7

Drapeau Patti. Sparking student creativity (practical ways to promote innovative thinking and problem soving). – Alexandria –

Virginia, USA: ASCD, 2014. – p. 260


background image


469

beradi. Boshlang’ich sinf o’qituvchilarida kerativlik sifatlarni ularning talabalik yillaridan boshlab

shakllantirish, ta’lim jarayoniga tayyorlab boorish muhi mvazifa hisoblanadi. Xususan keativlik

qobiliyatiga ega bo’lgan talabalar pedagogik faoliyatga o’zgacha yondashuv, ijodiy fikrlash,

muntazam faollik hamda yangiliklarni o’rganishdan va o’zlari ham yangiliklar yaratishdan

charchamaydigan bo’ladilar. Ilg’or pedagogik yutuq va tajribalarni mustaqil o’rganishadi va o’z

faoliyatida ularni tadbiq eta oladilar. Kelgusida esa hamkasblari bilan erishilgan pedagogik

yutuqlar va tajribalar to’g’risida izchil va doimiy ravishda fikr almashib boradilar. Demak, har

bir shaxsda tabiatan kreativlik qobiliyat mavjudligi ma’lum ekan, shaxs o’zidagi kreativlik

qobiliyatini qanday namoyon eta oladi? degan haqli savol paydo bo’lishi aniq. Bu borada Patti

Drapeau quyidagicha maslahat beradi: “Agarda o’zingizni kreativ emasman deb hisoblasangiz,

hozirdanoq kreativ tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan mashg’ulotlarni tashkil eta

boshlashingizni maslahat beraman. Aslida, gap sizning ijodkor bo’lganingiz yoki

bo’lmaganingizda emas, balki ijodkorlik faoliyatni kreativlik ruhida tashkil etishingiz va yangi

g’oyalarni amalda sinashga intilishingizdadir”

8

. Patti Drapeau fikriga ko’ra kreativ fikrlash,

avvalo, muayyan bir masala yuzasidan har tomonlama fikrlash hisoblanadi. Har tomonlama

fikrlash esa o’qituvchidan o’quv topshirig’i, masalasi va vazifalarini bajarish jarayonida juda

ko’plab fikrlarga tayanishni talab qiladi.

Kreativlik salohiyati bilish jarayoniga yo’naltirilgan ijodkorlik bilan chambarchas aloqador.

O’qituvchilar tomonidan kasbiy kompetentsiyalarni o’zlashtirish jarayonida ijodkorlik salohiyati

an’anaviy tafakkur yuritishdan farqli ravishda quyidagilarda namoyon bo’ladi:

Tafakkurning tezkorligi;

Yangi g’oyalarni yaratish qobiliyati;

Tashabbuskorlik;

Noaniqlikka toqat qilish;

Zakovatli bo’lish;

Muammolarni hal etishga nisbatan noodatiy yondashuv.

XULOSA

Fikrlarimiz so’ngida shuni alohida ta’kidlashimiz lozimki, hozirgi zamonaviy o’qituvchilar

o’quv mashg’ulotlarini avvaldan rejalashtirilgan bir qolipdagi shaklidan voz kechgan holatda,

o’quvchilarning mantiqiy, ijodiy, mustaqil va tanqidiy tafakkurini rivojlantirishga yo’naltirilgan

8

Drapeau Patti. Sparking student creativity (practical ways to promote innovative thinking and problem soving). – Alexandria –

Virginia, USA: ASCD, 2014. – p. 260


background image


470

mashg’ulotlarni olib borishlari lozim. Jumladan,o’quvchilarni ijodiy fikrlashga, yangi g’oyalar

yaratishga majbur qila olishlari, ta’lim olishga bo’lgan munosabatni ijobiy tomonga o’zgartirish,

ularni turli yutuqlarga erishishida rag’batlantirib borishi lozim. Hozirgi kunda boshlang’ich sinf

o’qituvchilarining ijodkor va kreativ bo’lishi bilan bir qatorda, ularning kasbiy faoliyatini

kreativlik va ijodkorlik ruhida tashkil etishi, yangi g’oyalarni ta’lim jarayonida sinab ko’rishi

ayniqsa muhim omil sanaladi.

Demak, boshlang’ich ta’limda bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarining kreativ

salohiyatini rivojlantirishda quyidagi yo’nalishlar bo’yicha harakat qilishni talab qiladi:

talabalarning ijodiy fikrlash ko’nikmalarini namoyish etishi uchun zarur shart-sharoitni

yaratish;

talabalar tomonidan o’quv fanlarini qiziqish bilan o’zlashtirishiga rag’batlantiruvchi

strategiyani joriy etish;

Innovatsion yondashuv va pedagogik masala (muammolarning yechimi)ni topishda ijodiy

yondashuvning ustivorligini ta’minlash;

Belgilangan ta’limiy-tarbiyaviy vazifalarni to’laqonli bajarish orqali kutiladigan natijaga

erishish.

Xullas, bo’lajak o’qituvchilarning shaxsiy rivojlanishlari, qobiliyatlarini namoyon eta

olishlari , yangicha fikrlashlari ularning kreativlik salohiyatidan dalolat beradi. Ulardagi kreativlik

pedagogik mahorat bilan uyg’un holatda rivojlansa, kelgusida xaqiqiy, zamon talablariga mos

o’qituvchilar yetishib chiqadi.

REFERENCES

1.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq ta’limi va oliy ta’lim tizimi o’qituvchilari

bilan bo’lib o’tgan uchrashuvda so’zlagan nutqi. 2019.08.23.

2.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoyevning 2020 yil 24 yanvardagi Oliy

Majlisga Murojaatnomasi matni.

http://uza.uz

3.

Алейников А.Г. О креативной педагогике / А.Г. Алейников // Вестник высшей

школы. - 2009. - №12. - С. 29-34.

4.

Андреев В.И. Педагогика творческого саморазвития. Инновационный курс. –

Казань: Изд–во КГУ, 1996. – 566 с

5.

Drapeau Patti. Sparking student creativity (practical ways to promote innovative thinking

and problem soving). – Alexandria – Virginia, USA: ASCD, 2014. – p. 260


background image


471

6.

Mamatqulova S. R. Boshlang’ich sinf o’qituvchilarida kreativ fikrlash qobiliyatini

rivojlantirish.

https://doi.org/10.5281/zenodo.7098585

7.

Вишнякова, Н.Ф. Креативная акмеология. Психология высшего образования / Н.Ф.

Вишнякова. - Мн.: Народная асвета, 2007. - 300 с.

8.

Maxsudova, S. (2019). Boshlang’ich ta’limda integratsiyalashgan darslarni tashkil

etishning o’ziga xos xususiyatlari.

9.

Maxsudova, S. (2021). Boshlang’ich sinf matematika darslarida harakatli o’yinlardan

foydalanish metodikasi va samarasi.

10.

Maxsudova, S. (2021). Boshlang’ich sinf matematika darslarida innovatsion

texnologiyalardan foydalanishning samarasi.

11.

Maxsudova, S. (2022). Boshlang’ich sinf matematika darslarida harakatli o’yinlardan

foydalanish.

12.

Maxsudova, S. (2022). Boshlang’ich sinf matematika darslarida harakatli o’yinlardan

foydalanish ahamiyati.

13.

Maxsudova, S. (2023). Boshlang’ich sinf darslarida xorijiy tajribalardan foydalanishning

ahamiyati va samaradorligi ( Darsliklar misolida).

14.

Maxsudova, S. (2023). Boshlang’ich sinf matematika darslarida xorijiy tajribalardan

foydalanishning ahamiyati.

15.

Maxsudova, S. (2023). Priority directions for the formation of the effectiveness of the use

of foreign experience in primary grades.

16.

Maxsudova, S., & Omonqulova, F. (2023). BOSHLANG’ICH SINF MATEMATIKA

DARSLARIDA

O’QUVCHILARNING

IQTIDORINI

OSHIRISH

UCHUN

HARAKATLI O’YINLARDAN FOYDALANISH.

Академические исследования в

современной науке

,

2

(12), 69-73.

17.

Maxsudova, S. (2023). BOSHLANG’ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA

ILG’OR XORIJIY TAJRIBALARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI.

Models

and methods in modern science

,

2

(5), 50-53.

18.

Maxsudova, S. (2023). Boshlang’ich sinf o’quvchilarining iqtidorini erta aniqlash va

rivojlantirish uchun "Zukko bolajon" kurslari.

19.

Maxsudova, S. (2023). THEORETICAL AND METHODOLOGICAL BASIS OF

DEVELOPING THE CREATIVITY OF FUTURE PRIMARY CLASS TEACHERS.

Science and innovation, 2(B11), 540-543.


background image


472

20.

Maxsudova, S. (2023). BOSHLANG’ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA

XORIJIY MATERIALLARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI.

References

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq ta’limi va oliy ta’lim tizimi o’qituvchilari bilan bo’lib o’tgan uchrashuvda so’zlagan nutqi. 2019.08.23.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoyevning 2020 yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi matni. http://uza.uz

Алейников А.Г. О креативной педагогике / А.Г. Алейников // Вестник высшей школы. - 2009. - №12. - С. 29-34.

Андреев В.И. Педагогика творческого саморазвития. Инновационный курс. – Казань: Изд–во КГУ, 1996. – 566 с

Drapeau Patti. Sparking student creativity (practical ways to promote innovative thinking and problem soving). – Alexandria – Virginia, USA: ASCD, 2014. – p. 260

Mamatqulova S. R. Boshlang’ich sinf o’qituvchilarida kreativ fikrlash qobiliyatini rivojlantirish. https://doi.org/10.5281/zenodo.7098585

Вишнякова, Н.Ф. Креативная акмеология. Психология высшего образования / Н.Ф. Вишнякова. - Мн.: Народная асвета, 2007. - 300 с.

Maxsudova, S. (2019). Boshlang’ich ta’limda integratsiyalashgan darslarni tashkil etishning o’ziga xos xususiyatlari.

Maxsudova, S. (2021). Boshlang’ich sinf matematika darslarida harakatli o’yinlardan foydalanish metodikasi va samarasi.

Maxsudova, S. (2021). Boshlang’ich sinf matematika darslarida innovatsion texnologiyalardan foydalanishning samarasi.

Maxsudova, S. (2022). Boshlang’ich sinf matematika darslarida harakatli o’yinlardan foydalanish.

Maxsudova, S. (2022). Boshlang’ich sinf matematika darslarida harakatli o’yinlardan foydalanish ahamiyati.

Maxsudova, S. (2023). Boshlang’ich sinf darslarida xorijiy tajribalardan foydalanishning ahamiyati va samaradorligi ( Darsliklar misolida).

Maxsudova, S. (2023). Boshlang’ich sinf matematika darslarida xorijiy tajribalardan foydalanishning ahamiyati.

Maxsudova, S. (2023). Priority directions for the formation of the effectiveness of the use of foreign experience in primary grades.

Maxsudova, S., & Omonqulova, F. (2023). BOSHLANG’ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA O’QUVCHILARNING IQTIDORINI OSHIRISH UCHUN HARAKATLI O’YINLARDAN FOYDALANISH. Академические исследования в современной науке, 2(12), 69-73.

Maxsudova, S. (2023). BOSHLANG’ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA ILG’OR XORIJIY TAJRIBALARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI. Models and methods in modern science, 2(5), 50-53.

Maxsudova, S. (2023). Boshlang’ich sinf o’quvchilarining iqtidorini erta aniqlash va rivojlantirish uchun "Zukko bolajon" kurslari.

Maxsudova, S. (2023). THEORETICAL AND METHODOLOGICAL BASIS OF DEVELOPING THE CREATIVITY OF FUTURE PRIMARY CLASS TEACHERS. Science and innovation, 2(B11), 540-543.

Maxsudova, S. (2023). BOSHLANG’ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA XORIJIY MATERIALLARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов