REASONS AND GOALS OF THE INVASION OF THE RUSSIAN EMPIRE INTO TURKESTAN

HAC
Google Scholar
To share
Ermuxammadov, O. (2023). REASONS AND GOALS OF THE INVASION OF THE RUSSIAN EMPIRE INTO TURKESTAN. Modern Science and Research, 2(12), 1198–1201. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/27464
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article provides information about the conflict of interests between Russia and the British Empire in Central Asia, the historical conditions that arose during this period, the main reasons and purposes of Russia’s occupation of Turkestan.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1198

ROSSIYA IMPERIYASINING TURKISTONGA BOSQINCHILIK YURISHLARINING

SABABLARI VA MAQSADLARI

Ermuxammadov Ozodbek Ermuxammad o‘g‘li

Oriental universiteti Tarix yo‘nalishi 2-bosqich magistranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10431054

Annotatsiya.

Mazkur maqolada Rossiya va Angliya imperiyasi manfaatlarining O‘rta Osiyoda

to‘qnashuvi, ushbu davrda yuzaga kelgan tarixiy shart-sharoit, Rossiyaning Turkistonni bosib
olishdan ko‘zlagan asosiy sabablari, maqsadlari

haqida ma‘lumot berilgan.

Kalit so‘zlar:

Angliya va Rossiya raqobati, o‘zbek xonliklari, Rossiya sanoati, paxta xom

ashyosi, to‘qimachilik sanoati, bosqinchilik urushi.

REASONS AND GOALS OF THE INVASION OF THE RUSSIAN EMPIRE INTO

TURKESTAN

Abstract.

This article provides information about the conflict of interests between Russia and

the British Empire in Central Asia, the historical conditions that arose during this period, the main
reasons and purposes of Russia’s occupation of Turkestan.

Key words:

competition between England and Russia, Uzbek khanates, Russian industry, raw

cotton, textile industry, war of conquest.

ПРИЧИНЫ И ЦЕЛИ ВТОРЖЕНИЯ РОССИЙСКОЙ ИМПЕРИИ В ТУРКЕСТАН

Анннотация.

В данной статье представлена информация о конфликте интересов

России и Британской империи в Средней Азии, исторических условиях, возникших в этот
период, основных причинах и целях оккупации Россией Туркестана.

Ключевые слова:

конкуренция Англии и России, узбекские ханства, российская

промышленность, хлопок-сырец, текстильная промышленность, завоевательная война.

Markaziy Osiyodagi o‘zbek xonliklari dunyodagi yirik davlatlar, jumladan, Angliya va

Rossiyani xomashyosi, yer osti boyliklari, arzon ishchi kuchi, qulay geografik o‘rni va tashqi bozor
ekanligi bilan o‘ziga tortar edi. Ushbu omillar sababli Angliya va Rossiyaning mustamlakachilik
manfaatlari Turkistonda to‘qnashdi.

Angliyaning Turkiston xususida yuritgan siyosatidan ko‘zlagan asosiy manfaati va

maqsadlari quyidagilardan iborat bo‘lib, ular:

– Turkistonni bosib olishga intilayotgan Rossiya imperiyasining rejalarini barbod qilish;
– xonliklar va amirlikni Rossiyaga qarshi birlashtirish;

о‘zbek xonliklarini «betaraf maydon» sifatida saqlab qolish;

– Turkiston bozorlarini egallash edi.
Buyuk Britaniya o‘z mustamlakasi bo‘lgan Hindiston, shuningdek, Afg‘oniston orqali

o‘zbek davlatlari bilan savdo-sotiq qilar, rus savdogarlarini Turkiston bozorlaridan siqib
chiqarishga harakat qilar edi. Shu bilan birga, Rossiya imperiyasining Turkistonga ko‘z
olaytirayotganligini sezgan ingliz hukumati Rossiya chegaralari Afg‘onistonga yetib bormasligiga
intilayotgan edi. Angliya o‘z maqsadlarini ro‘yobga chiqarish uchun barcha imkoniyatlaridan
foydalanishga harakat qildi. Masalan, Rossiyaning Qo‘qon va Xiva xonliklarini bosib olish
rejalaridan xabar topgan Angliya Buxoro, Xiva va Qo‘qonga o‘z emissarlarini (1825
M.Murkroft,1832 yil Aleksandr Byorns,1844 yil I.Volf,1843 yil Jeyms Ebbot 1842 yil


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1199

Ch.Stoddart va A.Konolli) yuborib, ularni birlashtirishga, hech bo‘lmasa, Rossiyadan birgalikda
muhofazalanish uchun bitim tuzishga chaqirdi. Sababi, Angliyaga o‘z mustamlakalarini
Rossiyadan himoya qilishni yengillashtiradigan, bu ikki davlat mustamlakalari o‘rtasida
mustahkam to‘siq bo‘ladigan “betaraf maydon” kerak edi. Afsuski, o

sha paytda Turkistondagi

hukmdorlarga Angliyaning takliflaridan milliy manfaatlar yo‘lida foydalanishda donolik va
zukkolik yetishmadi. Ularga bu masalada o‘zaro adovat, manmansirash, dushmanni mensimaslik,
xudbinlik va kaltabinlik halal berdi. Oqibatda, Rossiyaning xonliklarni birin-ketin bosib olishi
uchun qulay imkoniyat tug‘ildi.

Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish va undan katta foyda olish uchun rus burjuaziyasiga

arzon xomashyo va ularni sotish uchun bozor kerak edi. Ilg‘or mamlakatlar Rossiya tovarlarining
Yevropaga kirib kelishidan manfaatdor emas, shu bois, bunga qarshilik ko‘rsatar edilar. Ayni
paytda Rossiya tovarlari sifati past bo‘lganligi uchun ular bilan raqobatlasha olmas edi. Shu sababli
Rossiya bozorni boshqa mintaqalardan, ya‘ni iqtisodiy jihatdan kam taraqqiy etgan mintaqalardan
izlashi kerak bo‘lib, Turkiston bu ehtiyojni qondirishi mumkin bo‘lgan qulay hudud edi. Shu bilan
birga, Angliyaning o‘z mustamlakalari orqali asta-sekin O‘rta Osiyo bozorlarini ham egallay
boshlaganligi Rossiyani tashvishga solayotgan edi.

XIX asr ikkinchi yarmiga kelib, Rossiyaning tez rivojlanib borayotgan sanoati, jumladan,

yengil sanoat tobora ko‘proq paxta xomashyosiga ehtiyoj seza boshladi. Vujudga kelgan
vaziyatning keskinlashuviga, jumladan AQShdagi fuqarolar urushi tufayli, u yerdan Rossiyaning
to‘qimachilik sanoati uchun xarid qilinadigan paxta hajmining bir necha barobar kamayishi va
1860–1864-yillarda Buxoro amirligidan sotib olinadigan paxta xomashyosi xarid narxlarining
besh barobar oshib ketishi ham sabab bo‘ldi. Bu hol Rossiya sarmoyadorlarini tashvishga solib
qo‘ydi. Ularning nufuzli vakillari ushbu muammoni hal qilish vazifasini hukumat oldiga qat‘iyat
bilan qo‘ya boshladilar. Mazkur omillar Rossiya imperiyasi tomonidan Turkistonning bosib
olinishi jarayonlarining tezlashuviga sabab bo‘ldi.

Rossiyaning Turkistonni bosib olishdan ko‘zlagan asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat

edi:

1. Rossiyaning tez rivojlanib borayotgan yengil sanoati uchun arzon paxta xomashyosi va

yer osti boyliklari zaxirasiga ega bo‘lish.

2. Rossiya imperiyasi sanoat korxonalari ishlab chiqarayotgan mahsulotlami sotish uchun

har tomonlama qulay bo‘lgan Turkiston bozorlarini egallash.

3. Rossiyada o‘tkazilgan yer islohotlari tufayli qashshoqlashib qolgan aholini ko‘chirib

keltirish va ularni yer bilan ta’minlash.

4. 1853–1856-yillardagi Qrim urushi tufayli Qora dengiz bandargohlarining qo‘ldan ketishi

oqibatidagi yo‘qotishlar o‘rnini Turkistonni egallash bilan to‘ldirish. O‘rta Osiyo orqali janubdagi
dengizlarga chiqish imkoniyatini qo‘lga kiritish va bu bosqinchilik yurishlarida Turkistondan
istehkom (platsdarm) sifatida foydalanish.

Shuni ta‘kidlash joizki, har ikkala davlat, Angliya ham, Rossiya ham faqat o‘z

mustamlakachilik manfaatlari yo‘lida barcha usullarini qo‘llashga tayyor edilar. Rossiya
imperiyasining hukmron doiralari o‘z manfaatlarini ro‘yobga chiqarish va mustamlakachilik
maqsadlarini amalga oshirish uchun talonchilik, bosqinchilik urushi yo‘lini tanladi. Shu yo‘l bilan
bu ikki imperiya o‘z hukmini o‘tkazib boylik orttirdilar va hududini kengaytirdilar.Mustamlakaga


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1200

aylangan davlatlar esa ularga qaram bo‘lib taraqqiyotdan ortda qolib ketdilar va zulm ostida
yashadilar.

XIX asrning 30–40-yillarida Angliyaning O‘rta Osiyoga suqilib kirishi kuchaya

boshladi.Angliya mollarining bu xonliklarda tobora ko‘p sotilishi natijasida rus sanoati
mahsulotlari siqib chiqarila borildi.

O‘rta Osiyodagi savdo-sotiqning bu holatini ko‘rgan rus sanoatchilari va savdogarlari

tashvishga tushib qoldi. 50-yillarning oxirida Tashqi ishlar ministrligiga yuborilgan maktubda
Rossiyaning O‘rta Osiyodagi iqtisodiy mavqeini mustahkamlash zarurligi ko‘rsatib o‘tilgan edi.
Maktubda rus savdosi uchun “ikkita noqulaylik” borligi ko‘rsatib o‘tildi: “Mollarni sotishda va
savdogarlar hissasiga to‘g‘ri keladigan foydalarning hammasi nuqul O‘rta Osiyo savdogarlarining
qo‘liga tushmoqda; rus mollari O‘rta Osiyodagi iste‘molchilarga juda arzon narxlar bilan yetkazib
berilmoqda.Ammo, rus savdogarlarining raqobati bo‘lmaganligi va o‘rta osiyoliklar bilan
to‘qnashuvlar mavjudligi sababli iste‘molchilar O‘rta Osiyoda ishlab chiqarilayotgan
mahsulotlarni nisbatan qimmat narx bilan sotib olmoqdalar”.Maktubning oxirida o‘zbek xonlari
rus savdogarlarining mollaridan o‘zlari-istagancha boj olayotganliklari sababli 1852-yildan
boshlab ularning O‘rta Osiyoga safari ancha kamayib ketganligi, rus savdo va sanoat firmalari esa,
Qozon va Ufa savdogarlarining vositachiligidan foydalanishga majbur bo‘lib qolayotganligi
ko‘rsatilib, imperiya hukumatiga O‘rta Osiyo savdogarlariga homiylik qilishni to‘xtatish va O‘rta
Osiyoda rus savdogarlarining ish olib borishi uchun qulay shart-sharoit vujudga keltirishga
erishish tavsiya qilindi.

40–50-yillarda Rossiya bilan O‘rta Osiyo o‘rtasidagi tovar oborotining kamayib ketish xavfi

tug‘ilganligi rus kapitalistlarini va savdogarlarini, birinchi galda, Moskvadagi to‘qimachilik
fabrikalarining xo‘jayinlarini hukumatga qilinayotgan tazyiqni kuchaytirishga va undan o‘zbek
xonliklariga nisbatan qattiqroq siyosat yuritishni talab qilishga majbur etdi. Rus burjuaziyasi O‘rta
Osiyodagi ahvolni qanchalik diqqat bilan kuzatib borganligini va o‘zining iqtisodiy manfaatlarini
himoya qilib turganligini Moskva kapitalistlarining ko‘zga ko‘ringan namoyandalaridan biri
P.V.Golubkovning faoliyatidan bilish mumkin. Golubkov inglizlarning raqobat qilish xavfi
tug‘ilayotganligini ta‘kidlab, rus sanoatchilari va savdogarlarini ko‘proq uddaburonlik bilan ish
ko‘rishga chaqirib murojaat qildi. Jumladan, u 4 mln so‘mga ega bo‘lgan “Rossiya–Osiyo
savdoxonasi” nomli aktsionerlik savdo kompaniyasi tuzish loyihasini taqdim etdi. Bu loyihadan
kutilgan maqsad Sharqda, birinchi navbatda, O‘rta Osiyoda rus savdosining yetakchilik mavqeyini
ta‘minlash hamda O‘rta Osiyodan inglizlarni siqib chiqarish edi. Rus kapitalistlari orasida
Golubkov yolg‘iz emas edi. O‘rta Osiyo bilan savdo aloqasida bo‘lgan taniqli rus savdogari
F.R.Pichugin O‘rta Osiyo bilan savdo-sotiq qilish va uning foydalari to‘g‘risida 40-yillarda bir
qancha maqolalar yozib, rus mollarini o‘zbek xonliklariga olib borib sotishni yanada kengaytirish
kerakligini ta‘kidladi va hukumatni bu ishga har tomonlama yordam berishga da‘vat qildi.

XIX asrning 40-yillarida imperiya hukumati xonliklar bilan savdo munosabatlarini

yengillashtiruvchi bir qancha chora-tadbirlar ko‘rdi. Chunonchi, O‘rta Osiyodan keltirilayotgan
hamma mollardan faqat bir protsent boj olish tartibi belgilandi. 1848-yilda hukumat Rossiyada
ishlab chiqarilgan mollarining hammasidan Mang‘ishloqda boj olishni bekor qildi va rus
savdogarlari mol ayirboshlash yo‘li bilan bemalol savdo qilish huquqini oldilar.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1201

XIX asrning 40–50-yillarida imperiya mazkur xonliklarning hududlarini to‘la ravishda

qo‘shib olish yo‘liga kirishga hali jur‘at qilolmas edi. Yevropada 1848 yildagi revolyutsion
voqealar va Qrim urushi (1853–1856-yillar) sababli Rossiyaning umumiy xalqaro ahvoli O‘rta
Osiyoda istilochilik rejalarini amalga oshirishga imkon bermas edi. Imperiya diplomatlarining
faoliyati kuchayganligi natijasida xonliklarning siyosiy-iqtisodiy holatini, O‘rta Osiyodagi karvon
yo‘llarini va shu kabi masalalarni keng o‘rganish boshlandi.

Yuqoridagi ma‘lumotlardan ko‘rinib turibdiki, Rossiya imperiyasi o‘z iqtisodiyotini kuchli

iqtisodiy siyosat yuritish, ishlab chiqarishda yuksak fan va texnologiya yutuqlarini qo‘llash, erkin
raqobat muhiti, bozor iqtisodiyoti tamoyillari asosida rivojlantirish yo‘li bilan emas, balki boshqa
davlatlarga talonchilik, bosqinchilik yurishlari uyushtirib,mustamlaka qilingan mamlakatlar
xalqlarini shavqatsiz ekspluatatsiya qilish, ulardan xom ashyoni arzonga olib, tovarga aylantirib
o‘zlariga qimmatga sotib boyishni afzal ko‘rdilar. Keyinchalik O‘rta Osiyo bozorlarini ham
egallab olib,o‘z sanoat mahsulotlari bilan mahalliy hunarmandlarni kasod qildilar hamda tub aholi
vakillarni qarzga botirdilar. Bu borada ular Buyuk Britaniya imperiyasidan qolishmaydigan
darajada harakat qildilar.

Zero, G.Grotsiy ta‘kidlaganidek,Vatan himoyasi uchun qilingan urush adolatli urush bo‘lib,

boylik orttirish uchun olib borilgan urush sharmandalikdan o‘zga ish emas.

REFERENCES

1. Абашин С.Н., Арапов Д.У., Бекмаханова Н.Е. Центральная Азия в составе Российской

империи. – М.: Новое литературное обозрение, 2008.

2. Кастельская 3.Д. Из истории Туркестанского края (1865–1917). –М.: «Наука» 1980.
3. Саидбобоев З. Европада Ўрта Осиёга оид тарихий-картографик маълумотлар (XVI–

XIX асрлар). – Тошкент: “Фан”, 2008. – 151 б.; N.U.Musaev, Z.A. Saidboboev,
G.N.Saidboboeva History of constructing of electric stations and its activity in Turkestan
region in 1909–1913 Journal of Critical Reviews. – 2020. Volume: 7. Issue: 3. Рр. 451-454.

4. Саидбобоев З. Российские историко-географические и картографические источники о

Средней Азии (первая половина XIX века) // “Социосфера”. 2017, №1. – С. 24-29.;
Саидбобоев З. Историческая география. Учебник. – Ташкент: Издательско-
полиграфический дом имени Чулпана, 2011. – 224 с.

5. Южин Скайлер. Туркистон: Россия Туркистони, Қўқон, Бухоро ва Ғулжага саёҳат

қайдлари

Матн

Ю. Скайлер. Кириш, инглиз тилидан қисқартирилган таржима,

изоҳлар ва кўрсаткичлар муаллифи З.А. Саидбобоев. – Тошкент: «O’zbekiston»
НМИУ, 2019.

6. Ўзбекистон ССР тарихи. Т. 2. – Тошкент: «Фан», 1971.
7. Xoliqova R.E. Turkiston chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida. “O‘zbekiston tarixi"

fanidan о‘quv qo‘llanma. – Toshkent, 2017.

References

Абашин С.Н., Арапов Д.У., Бекмаханова Н.Е. Центральная Азия в составе Российской империи. – М.: Новое литературное обозрение, 2008.

Кастельская 3.Д. Из истории Туркестанского края (1865–1917). –М.: «Наука» 1980.

Саидбобоев З. Европада Ўрта Осиёга оид тарихий-картографик маълумотлар (XVI–XIX асрлар). – Тошкент: “Фан”, 2008. – 151 б.; N.U.Musaev, Z.A. Saidboboev, G.N.Saidboboeva History of constructing of electric stations and its activity in Turkestan region in 1909–1913 Journal of Critical Reviews. – 2020. Volume: 7. Issue: 3. Рр. 451-454.

Саидбобоев З. Российские историко-географические и картографические источники о Средней Азии (первая половина XIX века) // “Социосфера”. 2017, №1. – С. 24-29.; Саидбобоев З. Историческая география. Учебник. – Ташкент: Издательско-полиграфический дом имени Чулпана, 2011. – 224 с.

Южин Скайлер. Туркистон: Россия Туркистони, Қўқон, Бухоро ва Ғулжага саёҳат қайдлари Матн Ю. Скайлер. Кириш, инглиз тилидан қисқартирилган таржима, изоҳлар ва кўрсаткичлар муаллифи З.А. Саидбобоев. – Тошкент: «O’zbekiston» НМИУ, 2019.

Ўзбекистон ССР тарихи. Т. 2. – Тошкент: «Фан», 1971.

Xoliqova R.E. Turkiston chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida. “O‘zbekiston tarixi" fanidan о‘quv qo‘llanma. – Toshkent, 2017.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов