O‘tmish va kelajak ko‘prigi: Alisher Navoiy ijodi va tanqidiy matn

HAC
Google Scholar
To share
Malikov, A. (2024). O‘tmish va kelajak ko‘prigi: Alisher Navoiy ijodi va tanqidiy matn. Modern Science and Research, 3(1), 1–6. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/27883
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ma’lumki, o‘zbek navoiyshunosligida Alisher Navoiy asarlari tanqidiy matnlarini tayyorlash o‘tgan asrning 40-yillaridan boshlangan edi. Bu ishga dastlab akademik Y. E. Bertels boshchiligida qo‘l urilgan. Alisher Navoiyning turli asarlari tanqidiy matnlar S. Mutallibov, G‘. Karimov, I. Sultonov, H. Sulaymonov, P. Shamsiev, S. G‘anieva, Sh. Eshonxo‘jaev, Yu. Tursunov, H. Islomov, M. Rashidova va boshqalar tomonidan amalga oshirildi. Maqolada ushbu ishlar muxtasar shaklda tahlilga tortilgan, har bir tanqidiy matnga xos muhim jihatlar tilga olingan, Alisher Navoiy ijodini o‘rganishda matnshunoslik, tanqidiy matnlarning ahamiyati, bugun kunda matnga bo‘lgan munosabat muammolari ko‘tarilgan.


background image

1

O‘tmish va kelajak ko‘prigi: Alisher Navoiy ijodi va tanqidiy

matn

Akrom Malikov

1

1

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat O‘zbek tili ava dabiyoti universiteti, Yusuf Xos Hojib, 103, Tashkent 100149,

Uzbekistan

(@akrommalik@hotmail.com)

https://doi.org/10.5281/zenodo.10439376

Kalit so‘zlar

Matnshunoslik, matn, tanqidiy matn, qo‘lyozma, kontekst, qiyos.

Abstrakt:

Ma’lumki, o‘zbek navoiyshunosligida Alisher Navoiy asarlari tanqidiy matnlarini tayyorlash o‘tgan asrning 40-
yillaridan boshlangan edi. Bu ishga dastlab akademik Y. E. Bertels boshchiligida qo‘l urilgan. Alisher
Navoiyning turli asarlari tanqidiy matnlar S. Mutallibov, G‘. Karimov, I. Sultonov, H. Sulaymonov, P. Shamsiev,
S. G‘anieva, Sh. Eshonxo‘jaev, Yu. Tursunov, H. Islomov, M. Rashidova va boshqalar tomonidan amalga
oshirildi. Maqolada ushbu ishlar muxtasar shaklda tahlilga tortilgan, har bir tanqidiy matnga xos muhim jihatlar
tilga olingan, Alisher Navoiy ijodini o‘rganishda matnshunoslik, tanqidiy matnlarning ahamiyati, bugun kunda
matnga bo‘lgan munosabat muammolari ko‘tarilgan.

1 Kirish

Navoiyshunoslikda oxirgi chorak asrda tanqidiy

matn tuzish tajribasiga deyarli uchramaymiz. Alisher
Navoiy asarlari ustidagi tadqiqotlar ham ko‘p
hollarda shoirning 20 jildlik mukammal asarlari
to‘plami yoki 10 jildlik to‘la asarlari to‘plami asosida
olib borilmoqda. Bu, aslida, jiddiy muammo sanaladi.
Chunki Alisher Navoiy ijodini uning o‘zi yozgan
alifbodagi matnlarga tayanib tahlil qilinmasligi
olinajak xulosalarning to‘g‘ri yoki haqiqiy ekanligini
shubha ostiga oladi. Barcha matnshunoslar yakdil
e’tirof qilganlaridek, matn o‘zi yozilgan alifbodan
kirill yoki lotin grafikasiga ko‘chirilsa, originaldagi
fonetik, semantik, leksik va grammatik xususiyatlar
to‘liq aks etmaydi. Shu ma’noda matnlarni o‘z
alifbosida o‘rganish, ularning mohiyatini saqlagan,
muallif tahririga eng yaqin variant sanalgan tanqidiy
yoki mavjud nusxalar asosida yig‘ma-qiyosiy
matnlarni yaratish, barcha tadqiqotlarni mazkur
matnlarga tayangan holda olib borish ilmning
talablaridan biridir.

Bu haqiqatni o‘z vaqtida to‘g‘ri anglagan

navoiyshunoslarimiz S. Mutallibov, G‘. Karimov, P.
Shamsiev, H. Sulaymonov va boshqalar o‘tgan
asrning o‘rtalariga kelib, Alisher Navoiy asarlarining
tanqidiy matnlarini yaratish ustida ish olib bordilar.
Ammo bugunga kelib, bu ishlar hajm va sifat jihatdan
buyuk shoir ijodini to‘laqonli va nozik nuqtalariga
o‘rganib, to‘g‘ri ilmiy xulosalar chiqarishda yetarli
emasligi ko‘rinib qolmoqda. Hatto Alisher Navoiy
asarlariga tuzilgan tanqidiy matnlarning aksari
nashrdan chiqmagan, ommalashtirilmagan, ilmiy

izlanishlarda istifoda etilmagan. Navoiyshunoslarning
yosh avlodga mansub vakillari ichida bu masalaga
jiddiy

yondashuvlar,

tadqiqotlar

ko‘zga

tashlanmayapti.

Biz muammoning yildan yilga dolzarb ahamiyat

kasb etayotganini ko‘rib, bu masaladagi ushbu
ishlarni tizimli amalga oshirish kerak degan xulosaga
keldik:

1. Matn, badiiy matn, kontekst istilohlarining

nazariy asoslarini ishlab chiqish, buning uchun keng
plandagi monografik tadqiqotlar olib borish hamda
o‘zimiz va jahon adabiyotshunosligi tajribalariga
suyanish.

2. Matnshunoslikda tanqidiy, yig‘ma-qiyosiy,

ilmiy-ommaviy

nashrlar

tuzish

tajribasini

tizimlashtirish, bu boradagi yutuq va xatolarni
ob’ektiv va xolis tahlil qilish.

3. Adabiyotshunoslikdagi barcha tadqiqotlarni

birlamchi, asosiy matnga yoki ilmiy tanqidiy, u
bo‘lmasa, yig‘ma-qiyosiy matnga suyangan holda
olib borish malakasini rivojlantirish.

Sh. Sirojiddinov “Matnshunoslik saboqlari”

kitobida

matn,

matnshunoslik,

matn

tarixi,

matnchilik, mumtoz matnlar ustida tadqiqot olib
borish hamda kitobat san’atiga doir muhim
ma’lumotlarni umumlashtirgan, o‘z tahlil va
xulosalarini taqdim qilgan. Ammo bu boshlang‘ich
ish bo‘lib, sohadagi keng miqyosli ishlar istiqbolda
turibdi.

Biz mana shu zaruratni hisobga olib, Alisher

Navoiy asarlarining nisbatan umum qabul etilgan
prinsiplarga amal etgan holda shu choqqacha
tuzilgan, ilmiy jamoatchilik e’tirof qilgan tanqidiy


background image

2

matnlari haqida muxtasar so‘z yuritamiz. Ularning
xos ayrim jihatlarga nazar tashlaymiz.

2 Materiallar va metodlar

O‘rganishlar shuni ko‘rsatdiki, shu choqqacha

ilmiy mezonlarga amal qilingan holda Alisher
Navoiyning quyidagi asarlari tanqidiy matnlari ishlab
chiqilgan:

2.1. “Mezon ul-avzon”.

Bu asarning tanqidiy matni I. Sulton tomonidan

1947-yilda tayyorlangan, ammo chop etilmagan.
Tanqidiy matn tuzish prinsip va tamoyillari haqida
olim o‘zining “Navoiyning “Mezon ul-avzon” va
uning kritik teksti” nomli nomzodlik dissertatsiyasida
batafsil bayon etgan.

Olim, dastlab, Navoiyning ushbu asari ilmiy

jihatdan hali o‘rganilmagani haqida to‘xtalib,
shunday deydi: “Mezon ul-avzon” – hali
navoiyshunoslikning qo‘li tegmagan asardir”. I.
Sultonov “Mezon ul-avzon”ning kirish qismida tilga
olingan Shams Qays, Nasir Tusiy hamda Jomiy
yozgan asarlar Navoiy uchun asosiy manba vazifasini
o‘tagan, shuningdek, shoir Xalil ibn Ahmadning ham
ilmiy qarashlaridan xabardor bo‘lgan degan fikrni
ilgari surgan. Navoiy aruzni mukammallashtirmoqchi
edi degan fikrini olim “Mezon ul-avzon”dan keltirgan
iqtiboslar bilan isbotlashga harakat qilgan.

“Mezon ul-avzon”ning ilmiy-tanqidiy matnini

yaratish muammosiga to‘xtalib, “Mezon ul-
avzon”ning ma’lum bo‘lgan uch qo‘lyozmasiga tavsif
bergan. U (“L-1”, “L-2” hamda “T”) qo‘lyozmalar
ichidan “L-1” tayanch manba sifatida qabul qilgan.
Ulardagi 607 nuqta izohlangani haqida ma’lumot
berilgan va o‘rtadagi farqlar besh guruhga bo‘lib
tasniflangan:

1) imloviy farqlar;
2) tayanch qo‘lyozma tekstini aniqlash;
3) ayrim so‘z va jumlalar farqi;
4) yordamchi qo‘lyozmalarda tushib qolgan

so‘zlar;

5) tayanch qo‘lyozmaga qo‘shimchalar.
I. Sultonov tayanch qo‘lyozmaga tuzatish kiritish

prinsiplarini bayon qiladi. Olim dastavval aruzga doir
qo‘lyozmalar bilan ishlashda duch kelinadigan
qiyinchiliklarni eslatib o‘tadi, ixtiyoridagi uch
qo‘lyozma o‘rtasidagi farqlarning to‘g‘risini aniqlash
uchun ikki usulni tanlab olganini ma’lum qiladi:

1) farqning kontekstdagi o‘rnini aniqlash usuli;
2) taqti’ usul.
Olim tanqidiy matnni taqdim qilgach, ilmiy

tekshiruvlar

tugagach,

“Mezon ul-avzon”ning

to‘rtinchi qo‘lyozmasi topilgani va undan ham
qisman foydalanganini aytib, quyidagi ikki masalani
o‘rtaga qo‘ygan:

1) to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekani aniqlanmagan

farqlarning salmog‘i qancha?

2)

tayanch

qo‘lyozma

qanchalik

to‘g‘ri

tanlangan?

H. Sulaymonov mazkur ish haqida o‘z tanqidiy

fikrini bildirgan va “Mezon ul-avzon” asarining I.
Sultonov ishlab chiqqan tanqidiy matni ilmiy jihatdan
mukammal emas, bu asar tanqidiy matnini qayta
tuzish lozim deb hisoblaydi [9].

2.2. “Hayrat ul-abror”.

1970-yil P. Shamsiev tayyorlagan, chop etilgan.

2.3. “Farhod va Shirin”.

1956-yil P. Shamsiev tayyorlagan, chop etilgan

kitob holida topa olmadik.

2.4. “Layli va Majnun”.

1967-yil P. Shamsiev tayyorlagan, chop etilgan

kitob holida topa olmadik.

2.5. “Sab’ai sayyor”.

1963-yil P. Shamsiev tuzgan, chop etilgan.

2.6. “Saddi Iskandariy”.

1964-yil P. Shamsiev tuzgan, chop etilgan kitob

holida topa olmadik.

“Xamsa”ning

tanqidiy

matnini

yaratish

muammosi P. Shamsiev ilmiy faoliyatining o‘zagini
tashkil qiladi, biz bu haqda navbatdagi faslda batafsil
to‘xtalamiz. Ammo “Hayrat ul-abror”, “Layli va
Majnun” hamda “Saddi Iskandariy” dostonlari
tanqidiy matnlari xususida ayrim mulohazalarni
bayon etish joiz.

“Hayrat ul-abror” dostoni tanqidiy matnini

yaratishga S. Mutallibov ham harakat qilgan, ammo
uning tanqidiy matni e’lon qilinmagan.

“Layli va Majnun” dostoni tanqidiy matnini

tuzishga ilk bor G‘. Karimov qo‘l urgan, ammo uning
bu ishi, ilmiy jamoatchilikka taqdim etilmagan, H.
Sulaymonov bu ishni ham jiddiy tanqid ostiga olgan
[9]. G‘. Shodmonovning xabar berishicha, bu G‘.
Karimov tuzgan tanqidiy matn “Alisher Navoiy
nomidagi Davlat muzeyi G‘ulom Karimov arxiv
fondida 51 – 55 va 56-raqamdagi papkalarda
saqlanadi” [16]. Albatta, bu ishlar keyingi tadqiqotlar
uchun tajriba maydoni bo‘lib xizmat qildi, ammo
chop etilmasligining asosiy sabablari ilmiy tadqiqot
mezonlariga to‘laqonli javob berolmagani bilan
bog‘liq bo‘lsa kerak. Shuning uchun P. Shamsiev bu
ishni o‘z zimmasiga olib, dostonning tanqidiy
matnini yaratdi.

“Saddi Iskandariy” dostoni tanqidiy matni P.

Shamsiev tomonidan ishlab chiqilganiga qaramasdan
bu ishga M. Hamidova ham qo‘l urdi (1994). U
“Alisher Navoiy “Saddi Iskandari” dostonining
ilmiy-tanqidiy matni va matniy tadqiqi” nomli
doktorlik dissertatsiyasini shu ishning asoslarini
yoritishga bag‘ishladi. Ammo G‘. Shodmonovning
kuzatishicha, “... olima tuzgan ilmiy-tanqidiy matn
Porso Shamsiev matni bilan qiѐslanganda katta
tafovutlar kuzatilmaydi”. G‘. Shodmonov ikkala ishni


background image

3

qiyosiy o‘rganib, “... har ikki olimning matniy
tuzatishlari bir xil. Bu o‘rinda M.Hamidovaning
uzundan-uzoq ta’rifu tavsiflar keltirishi va ushbu
tuzatishlarni ilk bor o‘zi tomonidan amalgan
oshirilgan ishdek ko‘rsatishi taajjubli bir holdir”, –
deb xulosa qiladi.

2.7. “Majolis un-nafois”.

S. G‘anieva o‘zining 1956-yil yoqlagan “Alisher

Navoiyning “Majolis un-nafois” asari”(III va IV
majlislarning adabiy-tarixiy tahlili va tanqidiy matni)
(“Madjalis-un-nafais” Alishera Navoi (literaturno-
istoricheskiy analiz i kriticheskiy tekst III i IV
madjlisov) nomli nomzodlik ishida asarning tanqidiy
matnini tuzishga oid manba va prinsiplarni bayon
qilgan. Ishda, xususan, ikki qadimiy qo‘lyozma nusxa
(shartli ravishda “A” va “B”) asosida majlislarga
kiritilgan shoirlar miqdori qiyosiy jihatdan tahlil
qilingan va Alisher Navoiyning asar ustida olib
borgan tahrirlari bilan bog‘liq masalalar o‘rganilgan.

“Majolis

un-nafois”ning qo‘lyozmalari va

tanqidiy matni tavsifi haqida so‘z yuritgan S.
G‘anieva tazkiraning quyidagi 5 qo‘lyozma nusxasi
to‘g‘risida ma’lumot beradi:

1) “A” nusxa – Sankt-Peterburg davlat

universitetining sharqshunoslik fakultetida 618 inv.
raqami ostida saqlanayotgan, 16-asr o‘rtalarida
ko‘chirilgan nusxa.

2) “B” nusxa – ToshDShI ShQMda 6098 va 6099

inv. raqamlari ostida saqlanayotgan, ikki albomdan
iborat, kotibi noma’lum nusxa.

3) “V” nusxa – ToshDShI ShQMda 9394 inv.

raqami ostida saqlanayotgan, 16-asr oxirlarida
ko‘chirilgan nusxa, kotibi Muhammad Solih.

4) “G” nusxa – ToshDShI ShQMda 4280 inv.

raqami

ostida

saqlanayotgan,

1842–1843-yilda

ko‘chirilgan nusxa.

5) “D” nusxa – ToshDShI ShQMda 7745 inv.

raqami

ostida

saqlanayotgan,

1902–1903-yilda

ko‘chirilgan nusxa, Rojiy ismli kotib tomonidan
ko‘chirilgan.

Tanqidiy matnni tayyorlashda yana ToshDShI

ShQMda 8389, 5289, 5537 inv. raqami ostida,
Sankt-Peterburgda

810

inv.

raqami

ostida

saqlanayotgan nusxalar va boshqa toshbosma
nusxalardan ham foydalanilgan.

S. G‘anieva tazkiradagi 3 – 4-majlislarning

tanqidiy matnini tuzish uchun “Majolis un-
nafois”ning nisbatan qadimiy va to‘liq hisoblangan
“A” nusxasi asos qilib olingan, o‘rni bilan qolgan
nusxalarga ham murojaat qilgan.

“Majolis un-nafois” asarining ham tanqidiy matni

chop etilmagan.

2.8. “Tarixi muluki Ajam”.

L. Xalilov 1975-yil bu asarning tanqidiy matni

ustida ishlab, “Alisher Navoiy “Tarixi muluki Ajam”
asarining tekstologik tadqiqoti” nomli nomzodlik
ishini yoqlagan.

Olim “Tarixi anbiyo va hukamo” hamda “Tarixi

muluki Ajam”ni ikki mustaqil asarlar deb hisoblaydi.
“Tarixi anbiyo va hukamo”ning 7, “Tarixi muluki
Ajam”ning 19 qo‘lyozma nusxasi uch guruhga bo‘lib
tasniflagan:

1-guruh.

“Tarixi muluki Ajam”ning 1523 – 1526-yillarda

Hirotda ko‘chirilgan va ayni paytda Parij milliy
kutubxonasida Suppl.turc № 316–317 raqami ostida
saqlanayotgan kulliyoti tarkibidagi nusxasi. Xati
chiroyli, turli xatolardan xoli.

2-guruh.

Turli davrlarda ko‘chirilgan, eng mo‘tabar, yaxshi

saqlangan va matni to‘liq bo‘lgan qo‘lyozma
nusxalari:

1)

“Tarixi

muluki

Ajam”ning

18-asrda

ko‘chirilgan va akademik V. Zohidovning xususiy
kutubxonasida saqlanayotgan qo‘lyozmasi;

2) Abu Rayhon Beruniy nomidagi O‘zFA

sharqshunoslik institutida 185-inventar raqami ostida
saqlanayotgan 1850-yil ko‘chirilgan nusxa;

3) Leningrad Saltikov-Shchedrin nomidagi Xalq

kutubxonasining qo‘lyozmalar bo‘limida 558-raqamli
1595 – 1596-yilda ko‘chirilgan kulliyot tarkibidagi
“Tarixi muluki Ajam” nusxasi;

4) Istanbuldagi To‘pqopi muzeyi Revan

kutubxonasida 808 raqam bilan saqlanayotgan
Hirotda 1495 – 1496-yilda ko‘chirilgan qo‘lyozma.

3-guruh.

Qolgan barcha qo‘lyozmalar.
Tadqiqotchi

dastavval

1-guruhdagi

yagona

nusxani bugungi alifboga ko‘chirib chiqqan va
boshqa nusxalar asosida to‘ldirib borgan. So‘ng
matnlar o‘rtasidagi farqlarni, to‘ldirilgan qismlarni
ko‘rsatib o‘tgan.

“Tarixi muluki Ajam”ning ilmiy-tanqidiy matni

L. Xalilovning dissertatsiyasi tarkibida qo‘lyozma
holida qolgan va hali nashr qilingan emas.

2.9. “Nasoyim ul-muhabbat”.

H. Islomov ushbu asarning tanqidiy matnini

yaratish

tamoyillarini

“Alisher

Navoiyning

“Nasoyimul muhabbat” asari va uning ilmiy-tanqidiy
matni” (“Nasoyim ul-muxabbat” Alishera Navoi i
yego

nauchno-kriticheskiy

tekst”) mavzusidagi

nomzodlik ishida bayon qilgan (1990).

“Nasoyim ul-muhabbat”ning tanqidiy matni

2011-yil “Movarounnahr” nashriyotida eski turkiy
yozuvda chop etildi.

2.10. “Nazm ul-javohir”.

M. Rashidovaning “Alisher Navoiy “Nazm ul-

javohir” asarining matniy tadqiqoti” nomli nomzodlik
ishida mazkur asarning tanqidiy matnini tuzish
masalalari ko‘tarilgan, tanqidiy matn taqdim qilingan
(1991).

Tadqiqotchi quyidagi uch qo‘lyozmadan ilmiy-

tanqidiy matn tuzishda foydalangan:

1) 1496 – 1499-yilda hirotlik mashhur xattot

Muhammad Toqiy ko‘chirgan va, ayni paytda,


background image

4

Istanbuldagi To‘pqopi kutubxonasi fondida № 808-
inv. raqami ostida saqlanayotgan Alisher Navoiyning
to‘liq asarlari kulliyoti qo‘lyozmasi. Bu asl va
ishonchli manbalardan biri bo‘lib, “Nazm ul-javohir”
ushbu kulliyot tarkibida keltirilgan;

2) XV asrning oxiri – XVI asrning boshlarida

ko‘chirilgan, H. Sulaymonov nomidagi O‘zbekiston
Fanlar akademiyasi Qo‘lyozmalar institutida 8-raqam
ostida saqlanayotgan, tarkibida “Arbain”, “Nazm ul-
javohir”, “Xamsat ul-mutahayyirin”, “Vaqfiya” kabi
risolalar mavjud bo‘lgan qo‘lyozma. Ushbu
qo‘lyozma kotibi ko‘rsatilmagan;

3) Ali Hijroniy 1526 – 1527-yilda ko‘chirgan,

Parij Milliy kutubxonasida 316 – 3017-raqam ostida
saqlanayotgan, tarkibida “Nazm ul-javohir” to‘rtinchi
o‘rinda keltirilgan Alisher Navoiyning to‘la asarlari
kulliyoti. Bundan tashqari olima O‘zbekiston Fanlar
akademiyasi Sharqshunoslik institutida 9361-raqami
ostida saqlanayotgan, tarkibida “Nazm ul-javohir”
ikkinchi o‘rinda keltirilgan qo‘lyozmadan ham
yordamchi manba sifatida foydalangan

“Nazm ul-javohir”ning tanqidiy matni nashr

qilinmagan.

2.11. “Muhokamat ul-lug‘atayn”.

Mazkur asarning tanqidiy matni 2021-yil chop

etilgan [4]. Nashr so‘zboshisida Yu. Tursunov 1940-
yilgi nashrni faqat O. Usmonov emas, balki P.
Shamsiev ham tayyorlaganligini qayd etgan. Bu
nashrni “... muallif redaksiyasiga yaqin matnni
tiklash yo‘lidagi ilk qadam sifatida” baholaydi, uning
o‘ziga xos ahamiyatini e’tirof qiladi (3-bet). Mazkur
asarni 1962-yil P. Shamsiev Parij nusxasidan qo‘lda
arab imlosida ko‘chirganligini Yu. Tursunov ma’lum
qiladi. Parij nusxasi bu hijriy 993, milodiy 1536 –
1527-yillarda

ko‘chirilgan kulliyot tarkibidagi

“Muhokamat ul-lug‘atayn” bo‘lib, uni fransuz
sharqshunosi Katremer ham o‘z nashriga (1841) asos
qilib olgan.

Y. Tursunov bu borada yana I. Odilovning ishini

qayd qilgan, I. Odilov ham Istanbul nashridan eski
o‘zbek yozuvida “Muhokamat ul-lug‘atayn”ni
ko‘chirgan bo‘lib (1941), bu ish ham hali ilmiy
tadqiqot maqomida emas edi.

Asarning ilmiy-tanqidiy matnini tuzishga M.

Hamidova ham qo‘l urgan, u o‘z ishiga eski nashrlar
(Parij, Istanbul, Qo‘qon) bilan bir qatorda Istanbul
(Revan 808) va Parij (316 – 317) nusxalarining
fotoko‘chirmasini jalb etgan, ammo ish yakuniga
yetmay

qolib

ketgan.

Yu.

Tursunov

H.

Sulaymonovning 1973 yil nashr etilgan “Alisher
Navoiy qo‘lyozmalari tadqiqoti” maqolasiga tayanib
(“Adabiy meros”, 3-son, 86 – 87-betlar), Alisher
Navoiyning

dunyo

qo‘lyozma

fonlarida

saqlanayotgan 8 ta kulliyotning uchtasi tarkibidagina
“Muhokamat ul-lug‘atayn” borligini aytadi. Ana shu
uch kulliyot quyidagilardir:

1. Istanbul nusxasi ( Revan 808), ko‘chirilgan

sanasi: 901 – 902 (1496 – 1497).

2. Parij nusxasi ( 316 – 317), ko‘chirilgan sanasi:

933 (1526 – 1527).

3. Fotih nusxasi (4056), ko‘chirilgan sanasi: XVI

asr boshlari.

Y. Tursunov aynan Fotih nusxasini mukammal

deb biladi.

11. “Lison ut-tayr”.

Sh. Eshonxo‘jaev tayyorlagan.

2.12. “G‘aroyib us-sig‘ar”.

S. Hasanovning ta’kidlashicha, “Xazoyin ul-

maoniy”ning birinchi devoni bo‘lgan “G‘aroyib us-
sig‘ar”ning tanqidiy matnini Alisher Navoiyning 525
yilligi arafasida tuzgan edi, ammo “ma’lum
sabablarga ko‘ra chop qilinmay qolgan”. S. Hasanov
14 ta qo‘lyozma nomini keltirib, mazkur mo‘tabar
manbalardan foydalangan holda “G‘aroyib us-sig‘ar”
tanqidiy matni tuzilganligini ta’kidlasa-da, biz ilmiy
apparatda to‘rtta nusxaning qiyosini ko‘ramiz:

1. D – Dushanba nusxasi. Tojikiston RFA

Sharqshunoslik

sho‘basida

1990-raqam

bilan

saqlanayotgan, 1499 – 1500-yillarda ko‘chirilgan
“Xazoyin ul-maoniy” kulliyoti.

2.

P

– Parij nusxasi. Fransiya Milliy

kutubxonasigi 108-raqamli, 1523 – 1527-yillarda
ko‘chirilgan nusxa.

3. L – Sankt-Peterburg nusxasi. Saltikov-

Shchedrin nomli Davlat kutubxonasi saqlanayotgan
55-raqamli qo‘lyozma.

4. I – Istanbul nusxasi. Sulaymoniya kutubxonasi

Fotih fondidagi 4056-raqamli qo‘lyozma.

2. 13. “Xamsat ul-mutahayyirin”.

2012-yil O. Alimov tomonidan tayyorlangan.
O‘rganib

chiqqanimiz

ma’lumotlarni

umumlashtirsak, bunday manzara paydo bo‘ladi:

1-jadval. Alisher Navoiy asarlari tanqidiy matnlar va

ularni tuzish prinsiplar

Asar nomi

Tanqidiy
matn
tuzuvchisi

Tuzilga
n yil

Umumiy
prinsiplari

1

Mezon ul-
avzon

I. Sultonov

1941

1. Dunyo
fondlarida
saqlanayotgan
qo‘lyozmalar
sanog‘ini
kataloglar
asosida
aniqlash.
2. Nusxalar
ichidan eng
qadimiysini
o‘rganish va
yaroqli bo‘lsa,
tayanch nusxa
sifatida tanlab
olish va eski
o‘zbek yozuvida
ko‘chirish.
3. Boshqa
nusxalarni

2

Hayrat ul-
abror

P. Shamsiev

1970

3

Farhod va
Shirin

P. Shamsiev

1956

4

Layli va
Majnun

P. Shamsiev

1967

5

Sab’ai
sayyor

P. Shamsiev

1963

6

Saddi
Iskandariy

P. Shamsiev

1964

7

G‘aroyib
us-sig‘ar

H.
Sulaymonov

1961

8

Majolis
un-nafois

S. G‘anieva

1956

9

Tarixi
muluki
Ajam

L. Xalilov

1975

10

“Nazm ul-

M.

1991


background image

5

javohir”

Rashidova

yordamchi
nusxalar deb
belgilash va
tayanch nusxa
bilan solishtirib,
farqlarni ilmiy
apparatda qayd
etib borish.
4. Ko‘zga
ko‘ringan
xatoliklarni
barcha nusxalar
ishtirokida
bartaraf qilish.

Nasoyim
ul-
muhabbat

H.
Islombekov

1990

11

Lison ut-
tayr

Sh.
Eshonxo‘jae
v

12

Muhokam
at ul-
lug‘atayn

Y. Tursunov

2021

13

Xamsat
ul-
mutahayyi
rin

O. Alimov

2015

Ko‘rinib turibdiki, “Xazoyin ul-maoniy”ning yana

uchta devoni, “Tarixi anbiyo va hukamo”, “Siroj ul-
muslimiyn”, “Vaqfiya”, “Munshaot”, “Devoni
Foniy”, “Mahbub ul-qulub” va boshqa asarlarining
tanqidiy matnlari tuzilmagan.

O. Jo‘raboevning xabar berishicha, Erondagi 28 ta

kutubxona va kolleksiyalarda Alisher Navoiy
asarlarining 109 ta nusxasi saqlanmoqda, ularning
aksari unikal qo‘lyozmalardir. Bu manbalar tadqiqqa
tortilmagan, tanqidiy matn tuzish amaliyotida
foydalanish masalalari ham ko‘rilmagan [5].

3. XULOSA

Yuqoridagi o‘rganishlar natijasida shunday xulosa

qilish mumkin:

1.

Mumtoz

adabiyot

namunalarining

o‘zgartirishlardan xoli, muallif ko‘zlagan va rozi
bo‘lgan, tasdiqlagan matn asl, birlamchi, original,
haqiqiy matn deb atalishi mumkin. Turli sa’viyadagi
kotib va xattotlarning turli sharoit va buyurtmalar,
ehtiyoj va talablar asosida asarni ko‘chirishi hamda
g‘ayriixtiyoriy ravishda yo‘l qo‘yilgan mexanik
xatoliklar oqibatida so‘zlar tushib qolishi, qo‘shilib
ketishi, o‘rni almashishi, matndan bir qismning olib
tashlanishi singari asl matnda turli o‘zgarishlar sodir
bo‘lishi tabiiy hol sanaladi. Vaqt o‘tgani sayin turli
sabablar bilan qo‘lyozmalarga texnik shikastlar
yetadi, sahifalar yirtilishi, yozuvlar o‘chib ketishi
natijasida birlamchi matnni boy berish xatari paydo
bo‘ladi. Shuning uchun muallifning asl maqsadiga
muvofiq keladigan original (asl, birlamchi) matnni
tiklash filologiya mutaxassisligiga ega bo‘lgan
matnshunoslarning asosiy vazifalaridandir. Muallif
dastxatiga eng yaqin bo‘lgan ishonchli nusxani
tiklash

uchun

matn

va

nusxalarga

tanqidiy

yondashiladi va jarayon hosilasi bo‘lgan ish ilmiy-
tanqidiy yoki tanqidiy matn deb ataladi. Tanqidiy
matnlar olimning sub’ektiv qarashlaridan xoli
bo‘lmasligi mumkin.

2. O‘zbek matnshunosligida navoiyshunoslik fani

doirasida tanqidiy matnlar tayyorlash borasida katta
tajriba to‘plangan va muayyan ilmiy asoslar ishlab
chiqilgan.

Mazkur

tajriba

va

bilimlarni

umumlashtirish,

tizimga

solish,

matnshunoslik

masalasida soha olimlarining yakdil xulosaga
kelishlari dolzarb bo‘lib turibdi.

3. Alisher Navoiy asarlarining tanqidiy matnlarini

tahliliy o‘rganish, tizimli holda nashr etish masalasi

kun tartibiga chiqdi. Chunki navoiyshunosligimiz
tarixida tanqidiy matnlar ko‘p emasligi ma’lum.
Chunki tanqidiy matn – talqin demakdir. Hatto
Alisher Navoiy asarlari har birining tanqidiy matni
tayyorlangan taqdirda ham bu masala ahamiyatini
yo‘qotmas edi. Shoirning bir asari asosida bir necha
tanqidiy matnlar bo‘lishi matnshunoslik taraqqiyoti,
o‘ziga xos talqin yangiliklari, mutafakkir g‘oyalarini
kengroq tushunish uchun eshik ochadi. Qolaversa,
matnshunoslik tadqiqotlarining son jihatdan ozligi,
sifat jihatdan sustligi navoiyshunoslikda, umuman,
mumtoz adabiyoti manbalarini o‘rganishda adabiy
manbashunoslik va matnshunoslik mutaxassislarini
ko‘paytirish zarur ekanligini ko‘rsatadi. Agar yildan
yilga eski matnlarni o‘qib, tushunadigan, talqin qila
oladigan mutaxassislar kamayib ketaversa, sohada
jiddiy oqsashlar namoyon bo‘ladi, bu esa millat
intellekti va sa’viya darajasiga salbiy ta’sir etadi.

5. Badiiy matnlarni turli kontekstlarda o‘rganish

matnshunoslik

istiqbolini

belgilaydigan

muhim

omildir. Bizda barcha matnlar qo‘lyozmalar
o‘rtasidagi farqlarni aks ettirish doirasida tanqidiy
o‘rganib kelindi. Bu matn ustidagi tadqiqotning
boshlang‘ich bosqichi bo‘lib, keyingi bosqichda
matnning muallif ijodi kontekstidagi o‘rni, muayyan
davr yoki ijtimoiy, siyosiy vaziyat konteksti bilan
bog‘liqligi

masalalarini

o‘rganish

muammosi

ko‘tarilishi lozim.

6. Eski o‘zbek alifbosini biluvchi insonlar, bu

alifboda tadqiqot olib bora oladigan mutaxassislar
kamligi sababli O‘zbekistondagi barcha oliy ta’lim
yurtlarida ikki semestrga mo‘ljallangan “Eski O‘zbek
alifbosi” nomli fanni joriy qilishni taklif qilaman. Bu
fan talabalarga 3-kursda o‘qitilishi

maqsadga

muvofiq, chunki bu kursga kelib talaba oliy ta’limda
o‘qish ko‘nikmasini to‘la egallagan bo‘lib, fanning
ahamiyatini his qiladi.

ADABIYOTLAR

[1]

Alisher Navoiy. 1956.

Sab’ai sayyor.

Ilmiy-tanqidiy

matn. Nashrga tayyorlovchi: P. Shamsiev. Toshkent:

O‘zSSR FA nashriyoti.

[2]

Alisher Navoiy. 1963.

Farhod va Shirin.

Ilmiy-

tanqidiy matn. Nashrga tayyorlovchi: P. Shamsiev.
Toshkent: O‘zSSR FA nashriyoti.

[3]

Alisher Navoiy. 1970.

Hayrat ul-abror

. Ilmiy-tanqidiy

matn. Nashrga tayyorlovchi: P. Shamsiev. Toshkent:

O‘zSSR FA nashriyoti.

[4]

Alisher Navoiy. 2021.

Muhokamat ul-lug‘atayn.

Ilmiy-tanqidiy matn. Nashrga tayyorlovchi: Y.
Tursunov. Toshkent: Fan.

[5]

Islomov, Homidxon. 1990.

“Nasoyim ul-muxabbat”

Alishera Navoi i yego nauchno-kiriticheskiy tekst

(Alisher Navoiyning “Nasoyim ul-muhabbat” asari va
uning ilmiy-tanqidiy matni). Filologiya fanlari
nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozilgan diss...
Toshkent.

[6]

Jo‘raboev, Otabek. 2016. Navoiy asarlari qo‘lyozma

va matnlarini o‘rganishning ba’zi masalalari. “Alisher
Navoiy va XXI asr” ilmiy-nazariy anjumani
materiallari, B. 32 – 38. Toshkent: TAMADDUN.

[7]

Rashidova, Ma’mura. 1991.

Alisher Navoiy “Nazm ul-

javohir” asarining matniy tadqiqoti.

Filologiya fanlari


background image

6

nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozilgan diss...
Toshkent.

[8]

Sirojiddinov, Shuhrat. 1998. Alisher Navoiy hayoti va
faoliyatga oid XV – XIX asrlarda yaratilgan fors-tojik
manbalari (Qiyosiy-tipologik tahlil). Filologiya fanlari
doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan diss...
Toshkent.

[9]

Sirojiddinov, Shuhrat.

Matnshunoslik saboqlari.

2019.

Toshkent: “Navoiy universiteti” nashriyot-matbaa uyi.

[10]

Sulaymonov, Hamid. 1955 – 1961.

Tekstologicheskoe

issledovanie liriki Alisher Navoi

(Alisher Navoiy

lirikasining matnshunoslik tadqiqoti). Filologiya
fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan
diss... Moskva.

[11]

Sulton, Izzat. 1947.

Navoiyning “Mezon ul-avzon”

asari va uning kritik teksti.

Filologiya fanlari nomzodi

ilmiy darajasini olish uchun yozilgan diss... Toshkent.

[12]

Xalilov, Latif. 1975.

Alisher Navoiy “Tarixi muluki

Ajam” asarining tekstologik tadqiqoti

. Filologiya

fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozilgan
diss... Toshkent.

[13]

Ganieva,

Suyima.

1965.

“Madjalis-un-nafais”

Alishera Navoi (literaturno-istoricheskiy analiz m
kriticheskiy tekst III i IV madjlisov)

(Alisher

Navoiyning “Majolis un-nafois” asari (III va IV
masjlislarning adabiy-tarixiy tahlili va tanqidiy matni).
Filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish
uchun yozilgan diss... Moskva.

[14]

Hamidova, Mavjuda. 1994.

Alisher Navoiy “Saddi

Iskandariy” dostonining ilmiy-tanqidiy matni va
matniy tadqiqi.

Filologiya fanlari doktori ilmiy

darajasini olish uchun yozilgan diss... Toshkent.

[15]

Shamsiev, Porsoxon. 1952.

Alisher Navoiy “Sab’ai

sayyor” dostonining ilmiy-kritik testi va uni tuzish
prinsiplari haqida.

Filologiya fanlari nomzodi ilmiy

darajasini olish uchun yozilgan diss... Toshkent.

[16]

Shamsiev, Porsoxon. 1969.

Navoiy asarlari matnlarini

o‘rganishning ba’zi masalalari

. Filologiya fanlari

doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan diss...
Toshkent.

[17]

Shodmonov,

G‘iyos.

Porso

Shamsiev

ilmiy

laboratoriyasi:

tadqiq

usullari,

tamoyillari,

matnshunoslik taraqqiyotidagi o‘rni. Filologiya fanlari
falsafa doktori (PhD) ... diss.

References

Alisher Navoiy. 1956. Sab’ai sayyor. Ilmiy-tanqidiy matn. Nashrga tayyorlovchi: P. Shamsiev. Toshkent: O‘zSSR FA nashriyoti.

Alisher Navoiy. 1963. Farhod va Shirin. Ilmiy-tanqidiy matn. Nashrga tayyorlovchi: P. Shamsiev. Toshkent: O‘zSSR FA nashriyoti.

Alisher Navoiy. 1970. Hayrat ul-abror. Ilmiy-tanqidiy matn. Nashrga tayyorlovchi: P. Shamsiev. Toshkent: O‘zSSR FA nashriyoti.

Alisher Navoiy. 2021. Muhokamat ul-lug‘atayn. Ilmiy-tanqidiy matn. Nashrga tayyorlovchi: Y. Tursunov. Toshkent: Fan.

Islomov, Homidxon. 1990. “Nasoyim ul-muxabbat” Alishera Navoi i yego nauchno-kiriticheskiy tekst (Alisher Navoiyning “Nasoyim ul-muhabbat” asari va uning ilmiy-tanqidiy matni). Filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozilgan diss... Toshkent.

Jo‘raboev, Otabek. 2016. Navoiy asarlari qo‘lyozma va matnlarini o‘rganishning ba’zi masalalari. “Alisher Navoiy va XXI asr” ilmiy-nazariy anjumani materiallari, B. 32 – 38. Toshkent: TAMADDUN.

Rashidova, Ma’mura. 1991. Alisher Navoiy “Nazm ul-javohir” asarining matniy tadqiqoti. Filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozilgan diss... Toshkent.

Sirojiddinov, Shuhrat. 1998. Alisher Navoiy hayoti va faoliyatga oid XV – XIX asrlarda yaratilgan fors-tojik manbalari (Qiyosiy-tipologik tahlil). Filologiya fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan diss... Toshkent.

Sirojiddinov, Shuhrat. Matnshunoslik saboqlari. 2019. Toshkent: “Navoiy universiteti” nashriyot-matbaa uyi.

Sulaymonov, Hamid. 1955 – 1961. Tekstologicheskoe issledovanie liriki Alisher Navoi (Alisher Navoiy lirikasining matnshunoslik tadqiqoti). Filologiya fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan diss... Moskva.

Sulton, Izzat. 1947. Navoiyning “Mezon ul-avzon” asari va uning kritik teksti. Filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozilgan diss... Toshkent.

Xalilov, Latif. 1975. Alisher Navoiy “Tarixi muluki Ajam” asarining tekstologik tadqiqoti. Filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozilgan diss... Toshkent.

Ganieva, Suyima. 1965. “Madjalis-un-nafais” Alishera Navoi (literaturno-istoricheskiy analiz m kriticheskiy tekst III i IV madjlisov) (Alisher Navoiyning “Majolis un-nafois” asari (III va IV masjlislarning adabiy-tarixiy tahlili va tanqidiy matni). Filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozilgan diss... Moskva.

Hamidova, Mavjuda. 1994. Alisher Navoiy “Saddi Iskandariy” dostonining ilmiy-tanqidiy matni va matniy tadqiqi. Filologiya fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan diss... Toshkent.

Shamsiev, Porsoxon. 1952. Alisher Navoiy “Sab’ai sayyor” dostonining ilmiy-kritik testi va uni tuzish prinsiplari haqida. Filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozilgan diss... Toshkent.

Shamsiev, Porsoxon. 1969. Navoiy asarlari matnlarini o‘rganishning ba’zi masalalari. Filologiya fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan diss... Toshkent.

Shodmonov, G‘iyos. Porso Shamsiev ilmiy laboratoriyasi: tadqiq usullari, tamoyillari, matnshunoslik taraqqiyotidagi o‘rni. Filologiya fanlari falsafa doktori (PhD) ... diss.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов