O‘ZBEK BOLALAR SHE’RIYATI VA FOLKLOR UZBEK CHILDREN’S POETRY AND FOLKLORE

HAC
Google Scholar
To share
Abdullayeva, G. . (2024). O‘ZBEK BOLALAR SHE’RIYATI VA FOLKLOR UZBEK CHILDREN’S POETRY AND FOLKLORE. Modern Science and Research, 3(1), 1–3. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/27884
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In the article, the influence of folklore on written literature, in particular, the emergence of lof genre in children’s poetry, is studied on the example of Tursunboy Adashboyev’s lof poems and compared to the lof poems of G‘.G‘ulom, H.Imonberdiyev. The traditions and peculiarities of praise poems, their artistic-aesthetic function are highlighted on the basis of the creator’s phenomenon and poetic skills.


background image

O‘ZBEK BOLALAR SHE’RIYATI VA FOLKLOR

UZBEK CHILDREN’S POETRY AND FOLKLORE

Gulnoza Voxidjonovna Abdullayeva

FarDU, o‘qituvchi

vohidjonovna87@gmail.com

+998905338487

https://doi.org/10.5281/zenodo.10439385

Key words: Tursunboy Adashboyev, folklore, praise, tradition and innovation, humor, satire, form and

content, dialogue, plot.

Abstract:

In the article, the influence of folklore on written literature, in particular, the emergence of lof genre

in children’s poetry, is studied on the example of Tursunboy Adashboyev’s lof poems and compared to the lof
poems of G‘.G‘ulom, H.Imonberdiyev. The traditions and peculiarities of praise poems, their artistic-aesthetic
function are highlighted on the basis of the creator’s phenomenon and poetic skills.


1.KIRISH.

Lof o‘zbek xalq nasrining mustaqil

janrlaridan biri bo‘lib, o‘zining tuzilishi hajv va
yumorga asoslanishi bilan ajralib turadi. Bu janrda
so‘zga

chechanlik,

zukkolik,

hozirjavoblik

yetakchilik qiladi. Uni aytish mubolag‘ali epizodga
mos javob qaytarish lofchidan o‘tkir zehn,
sinchikovlik, tajriba, so‘zga chechanlik, uddabironlik,
hozirjavoblikni talab qiladi va musobaqa shaklida
o‘tadi. M.Sulaymonov ham lofbozning so‘zga
chechanligi, zukkoligi va hozirjavoblik fazilati
mazkur janrning tashkil topishida hal qiluvchi rol
o‘ynashini aytib o‘tgan. Bu janrda tabiat va jamiyat
hodisalari bo‘rttirib ko‘rsatiladi va bu orqali kulgu
hosil qilinadi.
Iste’dodli ijodkorlar xalq og‘zaki ijodi va
mumtoz adabiyot genezisida shakllangan an’analarni
davom

yettirgan

holda

ijodiy

yondashib,

zamonaviylashtirib, novatorona ifoda uslubda sara
asarlar yaratdilar. Har bir ijodkor xalq og‘zaki ijodi
namunalaridan, xalq tili boyliklaridan, badiiy tasvir
va ifoda imkoniyatlaridan foydalanib шndividual
uslubni hamda o‘ziga xos badiiy mahoratni
shakllantiradi. O‘zbek bolalar she’riyatida folklorga
xos sodda ifoda uslub bilan birgalikda ijodkorlar
tomonidan topishmoq, lof, ertak kabi janrlari
yaratildi. Bu borada hozirgi davr bolalar poeziyasida
shakliy-mazmuniy jihatidan bir qancha uslubiy
izlanishlar amalga oshirildi.

2. MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI

Loflar syujeti dialog asosiga qurilgan bo‘lib,
hajv va yengil yumorga moyilligi, voqea va hodisalar
o‘ta mubolag‘ali tasvirlanishi bilan ajralib turadi.
Mubolag‘a va kulgiga asoslanishi bilan latifa va
askiya janriga yaqin turadi lof asosan qiziqchi hamda
askiyabozlar orasida shakllangan va ijro etilgan.

Yangi yilni oyda kutmoqchiman!-debdi lofchi

maqtanib.

Oyga borsangiz, – debdi dehqon lofchi bo‘sh

kelmay,-men ekib kelgan qovun-tarvuzlarni mazza
qilib

yeng-u,

o‘zimga

ham

ikkitasini

ola

keling”

[1.B.320]. Ushbu lof sodda loflar sirasiga

kirib, ikki lofchining diologik nutqiga asoslangan.

Xalq og‘zaki ijodida an’anaviy (nasriy ifodasi), bir-
biri bilan baxslashish asosiga qurilgan, diologik
nutqqa asoslangan loflar mavjud.
O‘zbek bolalar adabiyotida ham lof janri yuzaga
kelib, janriy jihatdan boyitdi. Lof aslida nasrda bo‘lar
edi. G‘.G‘ulom, T.Adashboyev, H.Imonberdiyev kabi
ijodkorlar loflarni she’riy usulda yaratib, bolalar
adabiyotini janriy jihatdan bir qadar yuksaltirdi.
Dastlab, G‘.G‘ulom lof janrining lirik ko‘rinishini
bolalar she’riyatiga ularning tafakkuriga xos bo‘lgan
tasvirlar bilan olib kirdi. “Chaqchaqlashaylik”
she’rida

maqtanchoqroq, xovliqmaroq bolalar

obrazida ularning dunyosiga xos bo‘lgan aldoqchi-
lofchi xarakterini yoritib berdi. Ahmad, Meli,
Jo‘ravoy, Oyisha va Zokirlarning yozgi ta’tildan
qaytib o‘z qilgan ishlari asosida suhbat(chaq-
chaq)lashadilar.

Ular

voqeliklarini

bo‘rttirib,

mubolag‘ali tarzda qiziqishlar bilan bir-birlariga
gapirib beradilar, go‘yoki yozgi ta’tilni kim zo‘r
o‘tkazgani to‘g‘risida musobaqalashadilar. Ahmed,
Meli, Jo‘ravoylar juda baland bo‘lgan Tyan-Shan
tog‘iga chiqqani, tushayotib, o‘nta bo‘rini go‘rini
qazigani, tayoq bilan ayiqni savalaganini aytib,
xovliqib maqtansa, Oyisha o‘z qo‘ltig‘ida jo‘ja
ochirgani, ularga A va V vitaminlarini don o‘rnida
berib, tezda tovuq va xo‘rozlarga aylantirganini
maqtaydi, Zokir esa boqqan baliqlari akvariumga
sig‘may devorlarni buzib, yig‘lab daryo izlab
ketishganini vahima bilan, ulardan-da o‘zishga
harakat qilib gapirganini yumoristik kulgi asosida
mubolag‘ali tasvirda lof tarzida ifoda etadi. Suhbat
(loflar) to‘xtovsiz davom etadi. Ko‘ramizki, ushbu lof
she’r murakkab loflar sirasiga kirib, ikki kishidan
ortiq suhbatdoshlardan va bir necha loflardan iborat.
Bu tasvir uslubi folklorga xos bo‘lgan lof janrining
an’analari sanaladi. T.Adashboyev ushbu an’anani
davom ettirib, novatorona shakl va mazmunda va lof
she’rlar

yaratadi.

Shoirning

“Arslonbob

afsonasi”[2.B.145] to‘plamidan o‘rin olgan “lof
emas” she’ri 1981-yilda yaratilgan va 1982-yilda
“Jo‘nataman quyoshni” to‘plamidan o‘rin olgan.
Ushbu she’rda lirik qahramon havoning issig‘idan,


background image

mehnat kuchining kamligidan ishi yurishmagani
sabab, chumolini taqalab qamish o‘rdirgani,
chigirtkalarning chirrillashi g‘ashiga tekkanidan
to‘rttasini ot qilib, qog‘ozdan qanot qilib, aravaga
qo‘shib, ishi yurishib, qamishlarni Oq saroy va Ko‘k
saroyga tashib to‘ldirgani bolalar tafakkuriga xos lof
ko‘rinishida ifoda etilgan.
Yosh bolalarning chegara bilmas hayolot olami,
hamma ishni hayolda bajarib, qoyillatishi loflarda aks
etadi. She’rdagi lirik qahramon tomonidan to‘qilgan
mubolag‘a, uydirma yumoristik kulgini yuzaga
keltiradi. Shu to‘plamdagi “Latifboyning loflari”
(1985-y) she’rida Latifjonning hayolot olamidagi
uydirma – loflari yosh kitobxonda yengil yumoristik
kulgini yuzaga keltiradi. Ushbu she’r “Oqbura
to‘lqinlari”[3.B.46] to‘plamiga ham kiritilgan.
She’rning dastlabki misralarida Latifjon azaldan
bog‘cha yoshidagi lofchi bola obrazida gavdalangan.
Uni

aldoqchi-lofchiligidan

hamma “lof” deb

chaqiradi. Ayni shu yoshdagi bolalar xarakter-
psixologiyasida voqelikni bo‘rttirib ifodalash ko‘zga
tashlanadi.

Bog‘chasida Nuri, O‘ktam

Latifjonni lof deydi.

So‘zlariga ishonmay hech

Lofga ola qop deydi.
Keyingi

misralaridan

Latifboy

loflarini

boshlaydi. U ignaga ip o‘tkazuvchi asbob o‘ylab
topib, Uzro buvini xursand qilishni, odamlarga
ko‘tarishga qulay bo‘lgan tutqi-sopli yangi tarvuz
navi yaratishni, gurunchlarning kurmak va toshini
teruvchi magnit yaratishi haqidagi kashfiyotlarini
o‘rtoqlariga so‘zlaydi. Shu bilan birga adirlarni
ko‘rgach boshqa bolalardek lol qolmasligini, adirlarni
tog‘ning bolasimas, balki tuyaning o‘rkachi deb
bilishini maqtanib gapiradi. She’rning xulosa qismida
Latifboyning lofchiligi O‘ktam o‘rtog‘i tomonidan
yana bir bor yodga solinadi. Ushbu loflar kimnidir
aldash, o‘zini ko‘rsatish maqsadida emas, balki
odamlarga yordam berish maqsadidagi o‘y-fikr va
xohishlaridir. Ushbu loflarda bolalarcha samimiylik,
ezgulik mujassam, shu orqali bolalarga “har qanday
ish qilsang ham uning zamirida ezgulik bo‘lsin”
degan tushunchani singdiradi.
O‘ktam aytar: bunday gaplar
Ko‘pdir uning qopida.
Ancha-muncha asos bordir,
Latifjonning lofida.
Ushbu lof she’rda Latifjon kashfiyotchi lofchi
sifatida gavdalanadi. Shoirning lof
she’rlaridagi asosiy lirik qahramoni Latifboy
tomonidan tabiat va jamiyat voqea - hodisalarini
bo‘rttirib, kulgili tarzda obrazli ifodalash asosiga
quriladi. Tursunboy Adashboyev ham ushbu turkum
she’rini bolalar tafakkuri va psixologiyasiga mos
ravishda tasvirlaydi. “Saylanma”da “Uchqur tulpor”
turkumi ostida har bir lof o‘ziga xos “Ovning gashti”,
“Barchasi yodimda”, “Poyga zavqi”, “Beshta
sanoch”, “Shirmon kulcha”, “Yugan solib, egar urib”
tarzda nomlangan. Shoir “Uchqur tulpor” deb bejiz
nomlamagan,boisi yosh kitobxon g‘aroyb sarguzasht
uydirmalar hayolotida kezib yuradilar. Latifjonning
uydirmalari

g‘ayritabiiy

sarguzashtlarga

boy.

Ikkinchi misrada “Yana bitta ertagiga” jumlasidan
Latifboy azaldan lofchi ekanligi anglashiladi.
Bo‘rttirib, mubolag‘ali tasvirlash yumoristik kulguni
yuzaga keltiradi. Shoir Latifboyning loflarini “ertak”
deb boshlashi (

Quloq soling Latifboyning / Yana bitta

ertagiga

) ham bejiz emas. Etrak ham uydirmaga

asoslanadi, lof ham xuddi shunday, ammo lofda
mubolag‘a

kuchli

bo‘lib,

lofchidan

so‘zga

chechanlikni talab qiladi. Ushbu lof she’rda tabiat
yoki jamiyat hodisalarini ko‘z ko‘rib quloq
eshitmagan bo‘rttirishlar asosida kulgili tarzda ifoda
etadi. Chigirtka qanday kichkina, lekin Latifboy
loflarida uni kattaligiga ishora qilib, egar solib uni
minib olgani va qamishdan nayza yasab, otquloqdan
qalqon olgani – bular albatta hayotda yuz
bermaydigan, mubolag‘ali tarzda tasvirlangan hodisa.
Shoir Latifboyni janga otlanganday tasvirlaydi. U
“tulki ovi” jangiga otlangan. Bolakaylar she’rni
o‘qish bilan birga hayvonot va nobotot olami bilan
yaqindan tanishadi, nomlarini yodda saqlab qoladi.
She’rning sintez qismida tulkining bir tovuqni yeb
semirib, katta bo‘lib ketganidan to‘rt pahlavon
terisini shilayotgani tasvirlangan. Bu mobolag‘ali
tasvirni shoir shunday ishonarli tarzda ifoda etganki,
bu jarayon beixtiyor bolani ko‘z o‘ngida namoyon
bo‘ladi.
O‘sha tulki mo‘ynasidan,
Tikib berdik o‘nta po‘stin.
Tulkini terisi kattaligidan o‘nta po‘ystin,
quyrug‘idan esa qirqta telpak chiqqan. Shoir
butunning qismini(tulkining mo‘ynasi va quyrug‘ini)
shunday bo‘rttiradiki, tulkining qanday kattalikda
ekanligi tasavvurda ham hayratlantiradi.

Ikki quloch quyrug‘idan,

Tayyorladik qirqta telpak.
Bu

misralardan

mubolag‘ani,

o‘ta

kattalashtirilgan xolatini ko‘ramiz. Mumtoz
adabiyotshunoslikda mubolag‘aning bu turi g‘uluv
deb yuritiladi. Odatda lofbozlikda ikki yoki undan
ortiq kishi ishtirok etar edi. Lekin T.Adabshboyev
loflari muallif yoki bola tilidan ertak sifatida bayon
etilgan va syujetga ham ega. O.Safarov lofning
kompozitsion asosini dialog tashkil etishini aytib
o‘tgan. T.Adashboyev loflarida esa dialog mavjud
emas. Demak, ushbu xolat ham novatorlik belgisi
sanaladi. Shoir she’rni boshlanishida Latifboyning
ertagi ekanligiga ishora qilib, uni o‘z nutqi (muallif
nutqi) orqali ifoda etgan, bu o‘ziga xos bir ko‘rinish
va yana bir jihati shundaki ertak janrida lofni ifoda
etmoqda. Buni “lof ertak” deb atashimiz mumkin. Bu
ertakda Latifboyning jasurligini lof orqali ifoda etgan
va folklorga oid bo‘lgan lof va ertakning qorishgan-
sinkretik usulini novatorona tarzda namoyon qilgan.
Lofchilik kichkintoylar tabiatiga xos. Chunki
ular o‘z o‘rtoqlari bilan gaplashganda albatta
mubolag‘ali ifodalardan foydalanadi. Ular qilgan
ishlarini, ko‘rgan - kechirganlarini bo‘rttirib,
suhbatdoshini lol qoldirib aytadi va bundan o‘zi ham
rohatlanadi.[4.B.560-562] T.Adashboyevning lirik
qahramoni Latifboy ham shunday. U ishtirok etgan
voqealarni lof bilan bayon etadi.

3.XULOSA

. Bolalar adabiyotida lof janrining

badiiy-tarbiyaviy

ahamiyati

adabiyotga


background image

qiziquvchanligini oshiradi, so‘zga chechanlik va
topqirlikni yuksaltiradi, tabiat hodisalarini, hayot
bilan hayolni farqlaydi va undagi yuz beradigan
voqea – xodisalarni anglab etadi, ularni bir – biri
bilan solishtiradi, shu bilan birga dunyoqarashi,
fikrlash doirasi kengayadi, bolakaylarda yengil
kulgini yuzaga keltiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Safarov O. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi.-T.:

Musiqa. 2010.B-320

2.

Адашбоев Т. Арслонбоб афсонаси.-

Тошкент.: Ёш гвардия. 1988.Б-145

3.

Адашбоев Т. Оқбура тўлқинлари.-

Тошкент.:Ёш гвардия.1985.Б-46

4.

G.V. Abdullaeva .

The Issue Of Lyric

Heroism In Children's Poetry

.

EPRA

International Journal of Multidisciplinary
Research (IJMR).-Peer
Reviewed.2021.05.B.560-562.

References

Safarov O. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi.-T.: Musiqa. 2010.B-320

Адашбоев Т. Арслонбоб афсонаси.-Тошкент.: Ёш гвардия. 1988.Б-145

Адашбоев Т. Оқбура тўлқинлари.-Тошкент.:Ёш гвардия.1985.Б-46

G.V. Abdullaeva . The Issue Of Lyric Heroism In Children's Poetry. EPRA International Journal of Multidisciplinary Research (IJMR).-Peer Reviewed.2021.05.B.560-562.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов