Yoshlar tarbiyasida ma’naviy yakdillik

HAC
Google Scholar
To share
Raximov , M. . (2024). Yoshlar tarbiyasida ma’naviy yakdillik. Modern Science and Research, 3(1), 1–2. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/27989
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Har bir millat yoki xalq avvalo o‘z qarashlari orqali ma'naviy birlashuvi, milliy g‘oyasi bilan dunyoda o‘z o‘rnini topmog‘i lozim. Bugun barchamizda ayniqsa, yoshlar ongi va dunyoqarashida yangi hayot qurish, rivojlangan davlatlar qatoriga chiqish yo‘lidan borayotgan mamlakatimiz koriga yarash, vatanni sevish va ardoqlash bu borada milliy g‘oya masalasida yakdil bo‘lish hayotiy zarurat.


background image

Yoshlar tarbiyasida ma’naviy yakdillik

Raximov Minhojiddin Muhammadg‘olib o‘g‘li

I.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

3-

bosqich tayanch doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.10449280

Kalit so‘zlar:

millat, yoshlar tarbiyasi, ma'naviy birlik, vatanni sevish, milliy g‘oya, oliy ta'lim, umummilliy

qadriyatlar,tyutor maqomi

Annotatsiya.

Har bir millat yoki xalq avvalo o‘z qarashlari orqali ma'naviy birlashuvi, milliy g‘oyasi bilan dunyoda o‘z

o‘rnini topmog‘i lozim. Bugun barchamizda ayniqsa, yoshlar ongi va dunyoqarashida yangi hayot qurish, rivojlangan
davlatlar qatoriga chiqish yo‘lidan borayotgan mamlakatimiz koriga yarash, vatanni sevish va ardoqlash bu borada milliy
g‘oya masalasida yakdil bo‘lish hayotiy zarurat.

O‘tmishga nazar solsak, inson o‘z hayoti

davomida juda ko‘p narsalarga ehtiyoj sezadi. Har bir
millat yoki xalq avvalo o‘z qarashlari orqali
ma'naviy birlashuvi, milliy g‘oyasi bilan dunyoda o‘z
o‘rnini topmog‘i lozim. Bugun barchamizda ayniqsa,
yoshlar ongi va dunyoqarashida yangi hayot qurish,
rivojlangan davlatlar qatoriga chiqish yo‘lidan
borayotgan mamlakatimiz koriga yarash, vatanni
sevish va ardoqlash bu borada milliy g‘oya
masalasida yakdil bo‘lish kerakligi juda muhim
ahamiyatga ega.
Barchamizga

ma'lumki,

so‘nggi

yillarda

mamlakatimizda bu borada qator qarorlar, me'yoriy
hujjatlar qabul qilindi. Respublika ma'naviyat va
ma'rifat kengashi raisi davlat rahbari, Prezident
ekanligi belgilab qo‘yildi. Kengashning hududiy
bo‘limlariga

mas'ullik

hokimlar

zimmasiga

yuklatildi. Bu o‘zgarish ma'naviy-ma'rifiy ishlarni
davlatimiz siyosatida yanada yuksak o‘ringa
ko‘targanligi, oliy ta'limda faoliyat olib borayotgan
har bir xodimda o‘z vazifasiga sidqidildan
yondashuv, kuch va g‘ayrat bag‘ishlaydi.
Ma'lumki, hozirgi paytda ma'naviyat targ‘iboti
bilan o‘nlab tashkilotlar shug‘ullanadi. Lekin,
ularning faoliyati aniq muvofiqlashtirilmayotgani,
yagona tizimga birlashmagani sababli bir-birini
takrorlash holatlari kuzatilmoqda.
Davlatimiz rahbari o‘zlarining qator chiqishlarida
jumladan,

Oliy

Majlisga

Murojaatnomasi,

O‘zbekiston yoshlarining birinchi forumi hamda
Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida
ma'naviyat yo‘nalishidagi dolzarb vazifalarni
belgilab berar ekanlar, bu faoliyat barchamizning
ishimiz ekanligi xususan, uzluksiz ta'lim tizimida
barcha

mas'ul

ekanligini

ya'ni

maktabgacha,

umumta'lim maktablari, professonal va oliy ta'lim

dargohlarida ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini
oshirish muhum ekanligiga to‘xtaldilar va har bir
tizim bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berdilar.
Shu

o‘rinda,

e'tibor

qaratadigan

bo‘lsak,

mamlakatimizda oliy ta'limni korruptsiyadan holi
bo‘lgan, yuksak malakali mutaxassislar tayyorlovchi
jamiyatning asosiy drayveriga aylantirish masalasi
Prezident tomonidan ilgari surilgan eng dolzarb
tashabbus bo‘lib, bu sohada ham keng islohotlar
jadallik bilan amalga oshirilmoqda.
Xususan, Sh.Mirziyoyev 2019 yilda O‘zbekiston
Respublikasi

Oliy

Majlisiga

yo‘llagan

Murojaatnomasida

tizimni

2030

yilgacha

rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi
taklifi, oliy ta'lim muassasalari talabalarini turar-joy
bilan qamrab olish darajasini oshirish hamda 2021 yil
26 martdagi «Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan
takomillashtirish

chora-tadbirlari

to‘g‘risida»gi

qarori hamda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining
2021 yil 13 sentyabrdagi buyrug‘iga asosan, tyutorlik
faoliyatini tashkil etish tartibi, uning maqsad-
vazifalari,

huquq-majburiyatlarining

ishlab

chiqilganligi o‘z sohasiga befarq bo‘lmagan
insonlarni o‘z faoliyatini tahlil qilishga yanada
rivojlantirishiga turtki berdi.
Zamonaviy oliy ta'lim muassasalari bugun
talabalarning ilm olishi, kelgusi faoliyatini to‘g‘ri
belgilashiga mas'ul ekan, ularga nafaqat ta'lim
berishga, balki darsdan bo‘sh vaqtida nimalar bilan
bandligi, qanday muhitda yashashi, uning fanlardan
tashqari qiziqishlari kabi xususiyatlari bilan ham
tizimli faoliyat yuritilmoqda.
Oliy ta'lim muassasalarida zamonaviy o‘qitish tizimi
bilan bir qatorda talabalarning mustaqil ta'lim
olishini

rivojlantirishga

ko‘maklashuvchi

murabbiylar ya'ni tyutorlar ish olib bormoqda. Eng
qizig‘i, ular faoliyatini o‘rganishga bo‘lgan ehtiyoj


background image

samarali tadqiqot ishlarini olib borishimizga
yo‘naltirdi. To‘g‘ri, bu majburiyatni yelkasiga
olganlar endi ular guruh murabbiyi emas, balki tyutor
maqomida ish yuritishadi. Tabiiyki, ularning vazifasi
ham avvalgilaridan birmuncha farq qiladi.
Inchunun, Davlat oliy ta'lim muassasalarida tyutorlik
tizimi

joriy

qilinganiga

ko‘p

bo‘lmadi.

Prezidentimizning

2019

yil

8

oktyabrdagi

“O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim tizimini 2030
yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash
to‘g‘risida”gi farmoni hamda Oliy va o‘rta maxsus
ta'lim vazirining shu asosda 2021 yil 30 sentyabrda
qabul qilingan buyrug‘i va nizomi mazkur yangicha
tizimga asos bo‘lgan edi. Bugungi kunda deyarli
barcha OTMlarida olimlar bilan bir safda o‘z
vazifasiga

sitqidildan

yondashadigan

tyutorlar

jamoasi faoliyat olib bormoqda. Ayni kunda ularning
soni yanada oshib, tyutorlarga yuklatilgan vazifa
salmog‘i ham zamonaviy va umummilliy qadriyatlar
bilan sayqallashmoqda.
Xo‘sh, Oliy ta'lim tizimida tyutorlik nima, bu
faoliyatga oydinlik kiritilsa, ta'lim muassasasidagi
tarbiya jarayonini tizimli va samarali amalga
oshirishning muhim shakli, faoliyat vositasi sanalib,
yosh talabalarning shaxsiy rivojlanishiga, ta'lim
muassasasi, respublika va xalqaro miqyosdagi tanlov
va olimpiadalarda munosib ishtirok etishiga, ularning
bo‘sh

vaqtini

mazmunli

o‘tkazishiga

ko‘maklashuvchi

yordamchi-pedagog,

yetakchi

sanaladi. Mazkur faoliyat turi bo‘lajak yigit-qizlarni
kasbga yo‘naltirish, ona-Vatanga muhabbat ruhida
tarbiyalash, yoshlarni sohaga oid turli ilmiy
to‘garaklarga jalb etish hamda muammo va
kamchiliklarini o‘rganib, ularga atroflicha yechim
topish ishlari bilan shug‘ullanadi.
Faoliyat yuritayotgan tyutor ishining asosiy shakli
talaba bilan individual va jamoada ishlash yoki unga
ta'lim-tarbiya maslahatchisi bo‘lishdan iborat. Ushbu
jarayonlarni

tashkil

etishda

u

yetakchilik,

tashkilotchilik,

tashabbuskorlik,

intiluvchanlik,

notiqlik mahorati, muloqotga kirishish, zamonaviy
axborot-kommunikatsiya va innovatsion pedagogik
texnologiyalar bilan ishlash bo‘yicha malakaga ega
bo‘lishi, ta'lim-tarbiya jarayoniga doir normativ-
huquqiy hujjatlarni, ayniqsa, ma'naviy-ma'rifiy
tadbirlarni tashkil etishni, boshqarish va mazmun –
mohiyatini anglagan bo‘lishi kabi bir qator umumiy
talablarga javob berishi kerak.
Oliy ta'lim dargohiga o‘qishga qabul qilingan talaba
faoliyatini tizimli rivojlantirishdagi muhim jihat
uning o‘qishga qabul qilinganligidagi birinchi o‘n
kunlik yoxud dastlabki birinchi oy hisoblanadi, o‘quv
jarayonlarining boshlanish bosqichi bo‘lgan ana shu
vaqt eng tig‘iz va hal qiluvchi faoliyat sanaladi. Bu

pallada foliyat vazifasi yuklatilgan tyutor-pedagog
o‘ziga biriktirilgan akademik guruhdagi talabalar
bilan individual o‘tirib, universitet yoki dekanat
tomonidan berilgan ma'lumotlar shkalasi, jamlanma
shakli bo‘yicha uning ism-sharifidan tortib to yashash
manzili, qiziqishlari, yaqin qarindoshlari, umuman,
shaxsiy qiziqishlaridan tortib, orzu umidlarigacha
bo‘lgan barcha ma'lumotlarni aniqlab, so‘rab,
belgilangan ma'lumotlar bazasini to‘ldiradi. Mazkur
ishning ahamiyatli jihati shundaki, talabaning
berilgan o‘zi haqidagi barcha ma'lumotlarining
aniqligi, to‘g‘ri keltirilganligi, rasmiylashtirishi
muhim jarayon bo‘lib, bunda xatolikka yo‘l
qo‘yilmaslik talab qilinadi. Bugungi zamonaviy tizim
oliy ta'lim tyutorlaridan talabaning bo‘sh vaqtini
maqsadli tashkil etishda vaqtbay emas, balki
saoatbay, minutbay mexanizmini qo‘llagan holda
yangicha ruhdagi, motivatsion, qiziqarli, samarali
tashkiliy-amaliy ishlarni bajarishni taqazo qiladi. U
o‘z faoliyati davomida shuningdek, oliy ta'lim
muassasalari tomonidan nomdor ya'ni Prezident,
Navoiy, Beruniy, Ibn Sino (va boshqa) nomdagi
stipendiyalar hamda xalqaro yoki respublika
miqyosidagi grantlar, loyihalarda ishtirok etib, g‘olib
bo‘la oladigan yangi avlod kadrlari faoliyatini
muvofiqlashtiruvchi, kasb kompetentsiyasi yuqori,
tajribali, xolis tarbiyachi bo‘lishi zarur va shart.

Foydalanilgan adabiyotlar


1.Mirziyoyev Sh. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga
yo‘llagan Murojaatnomasi T., 2019 yil.
2.

Mirziyoyev Sh. “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar

samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 3-may PQ-4307-son qarori .
3. Mirziyoyev Sh. «Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini
tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi
qarori hamda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining 2021
yil 13 sentyabrdagi buyrug‘i.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “
Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni
amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori
Toshkent sh. 2019-yil 31-dekabr, 1059-son.
5. Omonov A. Tyutorlik — talabalar bilan ishlashda
innovatsion uslub "Yangi O‘zbekiston" gazetasining 2022
yil 26 martdagi 61 (583) soni.




References

Mirziyoyev Sh. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga yo‘llagan Murojaatnomasi T., 2019 yil.

Mirziyoyev Sh. “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 3-may PQ-4307-son qarori .

Mirziyoyev Sh. «Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori hamda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining 2021 yil 13 sentyabrdagi buyrug‘i.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “ Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori Toshkent sh. 2019-yil 31-dekabr, 1059-son.

Omonov A. Tyutorlik — talabalar bilan ishlashda innovatsion uslub "Yangi O‘zbekiston" gazetasining 2022 yil 26 martdagi 61 (583) soni.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов