MANAGEMENT OF THE QUALITY OF EDUCATION IN THE SCHOOL BASED ON FOREIGN EXPERIENCES

HAC
Google Scholar
To share
Otavaliyeva , O. (2024). MANAGEMENT OF THE QUALITY OF EDUCATION IN THE SCHOOL BASED ON FOREIGN EXPERIENCES. Modern Science and Research, 3(1), 1412–1422. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28055
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada umumta’lim maktablarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni tashkil etish va boshqarishda tarbiyaning yaxlitligi va tarbiyaning tizimliligi jarayoni haqida so`z yuritiladi. Tarbiyaning yaxlitligi bolani tarbiyalash va o‘qitish jarayonlarining, shuningdek, o‘quvchilarning jamiyat talablari asosida kamolotga yetkazish va shakllantirishga qaratilgan maqsadning ajralmas birligi sifatida namoyon bo‘ladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1412

MAKTABDA XORIJIY TAJRIBALAR ASOSIDA TA'LIM SIFATINI BOSHQARISH

Otavaliyeva Odina Hamidullo qizi

Toshkent shahar Nizomiy nomidagi TDPU

Taʼlim muassasalarining boshqaruvi yoʻnalishi

1-kurs magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.10506265

Annotatsiya. Ushbu maqolada umumta’lim maktablarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni

tashkil etish va boshqarishda tarbiyaning yaxlitligi va tarbiyaning tizimliligi jarayoni haqida
so`z yuritiladi. Tarbiyaning yaxlitligi bolani tarbiyalash va o‘qitish jarayonlarining, shuningdek,
o‘quvchilarning jamiyat talablari asosida kamolotga yetkazish va shakllantirishga qaratilgan
maqsadning ajralmas birligi sifatida namoyon bo‘ladi.

Kalit so`zlar: ma’naviy muhit, ijtimoiy faol shaxs, pedagogik boshqaruv, tarbiyaviy

jarayonlar, ijtimoiy.

MANAGEMENT OF THE QUALITY OF EDUCATION IN THE SCHOOL BASED ON

FOREIGN EXPERIENCES

Abstract. This article talks about the integrity of education and the systematic process of

education in the organization and management of social and spiritual environment in general
education schools. The integrity of education is manifested as an inseparable unity of the
processes of raising and teaching a child, as well as the goal of improving and forming students
based on the requirements of society.

Key words: spiritual environment, socially active person, pedagogical management,

educational processes, social.

УПРАВЛЕНИЕ КАЧЕСТВОМ ОБРАЗОВАНИЯ В ШКОЛЕ НА ОСНОВЕ

ЗАРУБЕЖНОГО ОПЫТА

Аннотация. В данной статье говорится о целостности образования и

системности образовательного процесса в организации и управлении социальной и
духовной средой в общеобразовательных школах. Целостность образования проявляется
как неразрывное единство процессов воспитания и обучения ребенка, а также цели
совершенствования и формирования учащихся исходя из требований общества.

Ключевые слова: духовная среда, социально активная личность, педагогический

менеджмент, воспитательные процессы, соц.


KIRISH

Rivojlangan

mamlakatlarda,

shuningdek,

mamlakatimizda

xam

umumta’lim

maktablarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni tashkil etish va boshqarish masalalari dolzarbligicha
qolmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2020 yil mamlakatimizda
ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish masalalari
muhokamasi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida “taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni
qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham ilm-fan, ta’lim va tarbiyadir” – deb, ta’kidlangani
va davlat siyosatiga olib chiqilgani ham fikrimizning yaqqol isbotidir.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1413

O‘zbekistonda ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish, malakali kadrlar tayyorlash

maqsadlariga katta kuch va mablag‘lar yo‘naltirilmoqda. Maktabgacha ta’lim, maktab va oliy
ta’lim tizimlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatida sifat o‘zgarishlari ro‘y bermoqda.

Mamlakatimiz umumta’lim maktablari tizimida amalga oshirilayotgan modernizatsiya

jarayonlar va islohotlar, zamonaviy bilim va ko‘nikmaga ega kadrlarini yetishtirish lozimligini
ko‘rsatmoqda. Bu esa o‘z navbatida umumta’lim maktablari rahbarlariga va pedagogik jamoaga
bog‘liq. Yurtimizda o‘qituvchining obro‘si va maqomini yuksaltirish, o‘quv dasturlari va
metodikasini to‘liq qayta ko‘rib chiqish, maktabni ta’limning keyingi bosqichlari bilan uzviy
bog‘lash, o‘qituvchilarni qog‘ozbozlikdan xalos etish, o‘z ustida ko‘proq ishlashi uchun sharoit
yaratish, faoliyatini munosib rag‘batlantirish, maktab infratuzilmasi va undagi ma’naviy muhitni
yaxshilash kabi masalalariga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilmoqda.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Ta’limga yangi mexanizm sifatida davlat idoralari va mahalliy boshqaruv organlari

rahbarlari, shuningdek, mahalliy kengashlar hamda deputatlarning masalaga yondashuvini
o‘zgartirish, ularning mas’uliyati, javobgarligi va hisobdorligi mexanizmlari joriy etilmoqda.

Xususan, Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari tomonidan maktab direktorligiga

nomzodlarni ko‘rib chiqish yo‘lga qo‘yildi.

Boshqaruvda qo‘llanilayotgan yana bir ijobiy imkoniyatlardan biri - maktab direktorlarini

lavozimga tayinlash bevosita mahalliy kengashlar bilan kelishilgan holda, tanlov asosida amalga
oshirilayotganidir. Har bir nomzod maktabning ko‘rsatkichlarini kelgusi 3 yilda yuqori darajaga
olib chiqish bo‘yicha o‘z dasturi bilan tanlovda ishtirok etadi va har yili kengashlar oldida hisobot
beradi. Bundan asosiy maqsad – maktablarning samarali faoliyatini tashkil etishga erishishdir.
Maktablarda bilim bilan birga tarbiya va ma’naviy jarayonlar samarasini oshirish uchun
hududlarda yashab, ijod qilayotgan shoir va yozuvchilarni faoliyatga jalb qilish hamda maosh
to‘lash yo‘lga qo‘yildi.

Xorijiy tajribadan kelib chiqib, 7-sinfdan boshlab, o‘g‘il-qizlarning kasbga qiziqishlarini

aniqlash va bosqichma-bosqich kasbga yo‘naltirish amaliyoti joriy qilinmoqda.

Maxsus reyting ishlab chiqilib, uning natijalariga qarab, maktab direktorlari va

o‘rinbosarlari, o‘qituvchilar, hokimlar va ularning ta’lim bo‘yicha maslahatchilari faoliyatiga
baho beriladi.

Pedagogik boshqaruv funksiyasining mohiyati boshqaruv tizimi tomonidan

rejalashtirilgan boshqaruv jarayonlari va tizimlilikni ta’minlashni maqsad qilgan xatti-
harakatlarni amalga oshirish uchun boshqariladigan ob’ekt bilan munosabatida ifodalanishiga
e’tibor qaratadigan bo‘lsak, yuqoridagilarni amaliyotda ijrosini ta’minlash uchun boshqaruv
tizimi va boshqaruv ob’ekti munosabatlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish eng muhim bosqich
hisoblanadi.

Albatta ushbu jarayonni tashkil etishda pedagogik monitoringni to‘g‘ri tashkil etish

kerak. Xususan, ta’lim-tarbiya berish jarayonlarida kuzatuv, nazorat, tahlil qilish va baholashni
tashkil etish kerak. Buning uchun maktab rahbariyati va uslubiy kengash pedagogni ijtimoiy-
ma’naviy muhitni barqarorlashtirish vositalari bilan qurollantirishga qaratilgan ilmiy-hmetodik
faoliyatni samarali yo‘lga qo‘yishlari, jarayonni tashkil etishning umumiy va xususiy
maqsadlarini aniq belgilab olishlari kerak.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1414

Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonida pedagogik monitoringning tarkibi va mazmunini

takomillashtirish davlat ta’lim standartlarini kompetensiyaviy yondashuv asosida hamda o‘quv-
tarbiya jarayoniga pedagogik monitoringni baholash mezonlari va ko‘rsatkichlarini
takomillashtirilgan holda shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalar vositasida o‘tilayotgan
fanlarning imkoniyatlaridan foydalangan shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonida, pedagogik
monitoringni samarali rivojlantirishni ta’minlovchi pedagogik omillarni aniqlash va zarur shart-
sharoitlarni yaratish maqsad qilib belgilanadi.

Bugungi kunda umumta’lim maktablarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni tashkil etish va

boshqarishda tarbiyaning yaxlitligi va tarbiyaning tizimliligi jarayoniga e’tibor berilmoqda.
Tarbiyaning yaxlitligi bolani tarbiyalash va o‘qitish jarayonlarining, shuningdek,
o‘quvchilarning jamiyat talablari asosida kamolotga yetkazish va shakllantirishga qaratilgan
maqsadning ajralmas birligi sifatida namoyon bo‘ladi.

Ta’limning mazmunini asosan dunyo haqidagi ilmiy bilimlar tashkil etadi. Tarbiyaning

mazmunida me’yorlar, qoidalar, qadriyatlar, ma’naviy boyliklar ustunlik qiladi. O‘qitish asosan
aql-idrokka ta’sir ko‘rsatadi, tarbiyalash esa, birinchi navbatda shaxsning doimiy iste’mol
sohasiga aylangan. Ikkala jarayon shaxsning ongi va xulq-atvoriga birday ta’sir ko‘rsatadi va
ijtimoiy rivojlanishiga zamin yaratadi.

Tarbiyaning tizimliligi tarbiyaviy jarayonda umumiylikni tashkil etadi, chunki tarbiyaviy

jarayonlar bir nechta tizimlarning turli xususiyatlaridan iborat. Aytish mumkinki, tarbiyaviy
jarayonlar – bu tarbiyaviy tizim holatlarining ketma-ket almashinuvidir. Tarbiyaviy jarayonni
tizimli ravishda ko‘rib chiqish, tizim va jarayonning tuzilmaviy xususiyatlarini, shuningdek, ular
o‘rtasidagi funksional aloqalarning ajratib ko‘rsatilishini ifodalaydi. O‘qituvchi uchun har bir
tarbiyaviy uslubning o‘ziga xos xususiyatini, mohiyatini, birining boshqasiga ta’siri natijasida
o‘zgarishini anglab yetishi muhim ahamiyat kasb etadi [3,1].

Ijtimoiy-ma’naviy muhitni boshqarish va to‘g‘ri qarorlar qabul qilishda, avvalo, ijtimoiy-

ma’naviy muhitning muhim omillaridan biri bo‘lgan tarbiyaviy jarayonni harakatlantiruvchi
unsurlarni ajratib olish lozim. Inson tarbiyasiga qo‘yiladigan, uning hayotida yuzaga keladigan
talablar va uning huquqiy imkoniyatlari, ijtimoiylashuvi, shaxsiy rivojlanish darajasi o‘rtasidagi
ziddiyatlar bunda asosiy manba bo‘lib hisoblanadi[3,2].

Shu sababli ziddiyatlarni bartaraf etish maqsadida amalga oshiriladigan xatti-harakatlar

va pedagogik faoliyat ijtimoiy-ma’naviy muhitni tashkil etish mexanizmining asosi bo‘lishi
lozim. Bunday ziddiyatlar yuzaga kelmasligi uchun umumta’lim maktablari jamoasi tomonidan
belgilangan ta’lim va tarbiya bilan bog‘liq maqsadlarni o‘z vaqtida, sifatli va uzluksiz amalga
oshirilishi maqsadga muvofiq sanaladi. Bu esa aynan, xorij va mamlakatimiz ta’lim tizimi
tajribasidan kelib chiqadigan bo‘lsak, pedagogikaning metodikasi, jamiyatda ro‘y berayotgan
o‘zgarishlar, ijtimoiy muhitdagi mavjud vaziyatdan kelib chiqib qabul qilinadigan qonunlar,
qarorlar va qoidalar, ijtimoiy-siyosiy maqsadlar va milliy qadriyatlar, davlat taraqqiyotini
belgilab beruvchi ijtimoiy-iqtisodiy omillarni to‘laqonli tushuna oladigan pedagoglarni
shakllantirish va pedagogik faoliyatga yo‘naltirishni talab etmoqda. Sababi shaxsni
tarbiyalashning tarbiyaviy maqsadi o‘z o‘zidan mamlakatning maqsadlari bilan uzviy bog‘liq
bo‘ladi. Ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligi ham aynan davlat tanlagan yo‘l va strategiyasi
bilan hamohang bo‘ladi. Aynan, G‘arb va Sharq mamlakatlari o‘rtasida milliy va an’anaviy


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1415

qarashlar o‘rtasida qarama-qarshiliklarning mavjudligi, aksariyat G‘arbda ijobiy samara bergan
metodlarni Sharqda to‘g‘ridan to‘g‘ri qo‘llab bo‘lmasligi ham shu jarayonlar bilan bog‘liqdir.

NATIJALAR

Aynan mana shu jihatlarni inobatga olgan holda 2022 yil 11 may kuni O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining “2022-2026 yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy
dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-134-sonli Farmoni qabul qilindi. Mazkur farmonga asosan,
2022-2026 yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dastur tasdiqlandi.

Quyidagilar Rivojlantirish dasturining asosiy yo‘nalishlari etib belgilandi:
– maktab ta’limiga ilg‘or xalqaro tajribalar asosida ishlab chiqilgan Milliy o‘quv dasturini

to‘laqonli joriy etish hamda mahalliy va xorijiy mualliflar tomonidan yaratilgan zamonaviy
darsliklarni amaliyotga kiritish;

– jamiyatda o‘qituvchi kasbi nufuzini oshirish, pedagoglar uchun qulay ijtimoiy sharoitlar

yaratish va mehnatini munosib rag‘batlantirish;

– o‘qituvchilarning yoshlarga ta’lim va tarbiya berishdagi mas’uliyatini, doimiy kasbiy

rivojlanishdagi talabchanligini oshirish;

– umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun milliy kadrlar zaxirasini shakllantirish, ilg‘or

maktab direktori va namunali o‘qituvchi mezonlarini ishlab chiqish hamda ular asosida rahbar
va pedagog kadrlar faoliyatini baholab borish;

– umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish,

mazkur yo‘nalishda uzluksiz monitoring, baholash va prognozlash mexanizmlarini yo‘lga
qo‘yish, bola ta’lim-tarbiyasida oila, ayniqsa, ota-onaning o‘rnini oshirish;

– o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni kasblarga yo‘naltirish

tizimini takomillashtirish;

– alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning xalq ta’limi tizimiga integratsiyasini

kuchaytirish hamda inklyuziv ta’lim jarayonlarini jadallashtirish;

– umumiy o‘rta ta’limda barcha ma’lumot almashinuvi jarayonlarini Xalq ta’limi tizimini

boshqarishning yagona dasturiy majmuasi orqali amalga oshirilishini hamda ushbu sohada
elektron davlat xizmatlari ko‘lamini kengaytirish;

– umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining navbatlilik koeffitsiyentini optimal darajaga

yetkazish, zamonaviy modellar bo‘yicha maktablarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal
ta’mirlash hamda zarur jihozlar bilan ta’minlash.

Agar yo‘nalishlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, asosiy urg‘u xorijiy tajribalarni

o‘rganish, o‘quvchilarning shaxsiy kamoloti, o‘qituvchilarning ijtimoiy faolligi va nufuzini
oshirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini tashkil etish, kasbga yo‘naltirish, bo‘sh vaqtni
mazmunli tashkil etish, ta’lim va tarbiya uyg‘unligini ta’minlash va sifatini kuchaytirish
masalalariga qaratilgan.

Ushbu asosida Milliy o‘quv dasturi ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilmoqda.

A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-
tadqiqot instituti negizida A. Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi
metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti tashkil etildi. Endi rahbar kadrlar va
o‘qituvchilarning malakasini oshirish, boshqaruv ko‘nikmalarini shakllantirishga jiddiy e’tibor
qaratilmoqda.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1416

Islohotlar zamirida umumta’lim maktablarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni tashkil etish va

boshqarishda ijtimoiy faol shaxsni tarbiyalash masalasiga yondashilmoqda. Faol shaxsni
shakllantirish, boshqarish, tarbiyaviy faoliyat natijasida yuksak ma’naviy va axloqiy xislatlarga
ega bo‘lgan yuqori malakali kadrlar tayyorlash tasodifiy harakatlar bilan emas, balki, oldindan
belgilangan va puxta o‘ylab tuzilgan tarbiyaviy maqsadlar asosida olib boriladi. Tarbiyaviy
texnologiyada uning maqsadi, shakl va metodlari, shaxsning o‘z o‘zini tarbiyalash va qayta
tarbiyalash jihatlari muhim ahamiyat kasb etadi.

Yana bir muhim jihat shundaki, Farmonga muvofiq, maktab direktori lavozimiga

nomzodlar menejerlik sertifikatini olish uchun milliy-tadqiqot institutida maxsus pullik dasturlar
asosida jamoada ishlash va ota-onalar bilan muloqot qilish, boshqaruv, moliyaviy hisob
kitoblarni amalga oshirish hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ko‘nikmalariga
o‘qitiladi. Buning asosiy zamirida esa ta’lim va tarbiya sifatini yanada oshirish, ta’limda
boshqaruv samaradorligini oshirishga erishish, ta’lim muassasasi ichida va uning tashqarisida
ijtimoiy muhitni barqarorlashtirish masalasi turibdi.

Haqiqatdan, umumta’lim maktabida ijtimoiy-ma’naviy muhitni tashkil etish va

boshqarishda direktorlarda nafaqat rahbarlik balki liderlik qobiliyatini shakllantirish ham
muhimdir.

Birinchidan, direktorlarda menejerlik ko‘nikmalarini shakllan-tirish, ularning to‘g‘ri

qarorlarni qabul qilish, resurslardan unumli foydalanish, xodimlar va nizoli vaziyatlarni
boshqarish, faoliyat samaradorligini oshirish imkoniyatlarini beradi.

Ikkinchidan, bugungi kundan zamonaviy boshqaruv uslublarining o‘zgarib borayotgani

rahbarlardan mahoratli boshqaruvni talab qilmoqda.

Uchinchidan, zamonaviy menejerlardan axborotlardan to‘g‘ri foydalana olish, nafaqat

tashkilotdagi xodimlar ichidagi muhitni, bir vaqtning o‘zida tashkilotdan tashqaridagi muhitni
ham maqsadga yo‘naltirish lozimligini talab qilmoqda.

Shu sababdan ham, boshqaruv kadrlarini menejerlik bo‘yicha ko‘nikmalarga o‘qitish

muhimdir. Bu orqali pedagogik jamoa va o‘quvchilar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni ijobiy
tashkil etish, mavjud muhitni boshqarish imkoniyati oshadi.

Ta’lim muassasalarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni tashkil etish va boshqarishda yana bir

muhim pedagogik imkoniyatlardan biri sifatida bir necha mustaqil bo‘lgan, lekin o‘zaro ta’sir
ko‘rsatuvchi kuchga ega tarbiyaviy jarayonlarni to‘g‘ri hamda tizimli tashkil etishdir. Jumladan:
– tarbiyaviy jarayonda ob’ekt va sub’ekt o‘rtasidagi o‘zaro kommunikativ munosabat;
– bir maqsadga qaratilgan va aniq mazmunga ega tarbiyaviy metodlar;
– uzluksiz faoliyatli tarbiyaviy jarayon va uning ijobiy natijalari;
– jamoaning norasmiy liderining tarbiyaviy jarayonga ta’siri.

Shu o‘rinda ta’lim-tarbiya jarayoni muhim ob’ekt bo‘lsa, o‘qituvchilar va o‘quvchilar,

ularning ota-onalari, jamoatchilik vakillari jarayonning sub’ektiga aylanadilar. Ular o‘rtasida
munosabatni to‘g‘ri tashkil etish, maqsadga yo‘naltirish muhimdir. Bugungi kunda ta’lim-
tarbiyaning asosiy maqsadi barkamol avlodni yoki komil insonni tarbiyalashdir. Shu maqsadda,
uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimi joriy etilib, doimiy isloh etib borilmoqda.

Shu o‘rinda, A.S.Makarenkoning “Mutlaqo to‘g‘ri bo‘lgan hech qanday pedagogik

tadbirni yoki sistemani o‘rnatish mumkin emas. Hozirgi daqiqa, hozirgi bosqich sharoitlari va


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1417

talablaridan kelib chiqmaydigan har qanday qotib qolgan qoida hamisha noto‘g‘ri bo‘ladi” - deb
bildirgan fikrni unutmaslik lozim.

MUHOKAMA

Yuqorida keltirilganlarning barchasini tizimlashtirgan holda ijtimoiy-ma’naviy muhitni

tashkil etish va boshqaruvni samarali modellashtirish lozim bo‘lib, bunda birinchi navbatda,
tarbiyani samarali modellashtirish kerak. Albatta, bu jarayonda uning harakatlantiruvchi kuchini,
ya’ni o‘quvchining tarbiya jarayonidagi faoliyatini yaxshi bilish kerak. Pedagog yoki pedagogik
jamoa quyidagi holatlarni inobatga olishi kerak:













XXI asrda turli sohalarda kuzatilayotgan islohotlar qatori ta’lim-tarbiya sohasi, xususan,

maktablarda, o‘qitishda turli hodisalar, jarayonlar va chaqiriqlarga nisbatan barqarorligini
ta’minlanib, rivojlanib va takomillashib kelmoqda.

Bugungi kunda, o‘quv-tarbiya jarayonlarini tashkil etishning an’anaviy va noan’anaviy

shakllarini qo‘llash, o‘qitishga zamonaviy yondashuvlar asosida shiddat bilan o‘zgarib
borayotgan jamiyat talablariga mos ravishda ta’lim sifatini oshirish talab etilmoqda.

Tarixdan bilamizki, XX asr boshlarida aksariyat davlatlarda maktab ta’limining

maqsadlari odamlarni savodga o‘rgatish bo‘lgan va mazkur davrning birinchi yarmida yuz
bergan, misol uchun, birinchi va ikkinchi jahon urushi, tabiat katalizmlari va ommaviy kasalliklar
ta’lim sohasi taraqqiyotiga salbiy ta’sir qilgan.

XXI asrda maktab ta’limi maqsadlari o‘zgarib, o‘quvchilarda savodxonlik,

kompetensiyalar va shaxsiy sifatlar/fazilatlarni shakllantirish hamda rivojlantirish ustuvorlik
kasb etmoqda.

Har ikki davrning o‘ziga xos umumiyligi mavjud bo‘lib, bunda maktabning barqarorligini

tabiiy va texnogen hodisalar, holatlar sinalgan va sinalmoqda. Buning o‘ziga xos ijobiy va salbiy
jihatlari mavjud bo‘lib, ular insoniyatni o‘z taraqqiyot yo‘liga tanqidiy nazar solish va qayta
anglashga majbur qiladi.

Yaqinda, bir ofat butun dunyoni, barchamizni larzaga soldi, insoniyatga, uning

olmashumul texnologik va innovatsion yutuqlari-yu, g‘ayri tabiiy qudratiga qaramasdan, bir
necha kunda misli ko‘rilmas ijtimoiy-iqtisodiy talofatlar yetkaza oladigan virus oldida ko‘plab

Tarbiyalanuvchi

ruhiyatini puxta bilish

O`quvchining

qiziqishlarini, uni o`rab

turgan tashqi muhitni

doimiy nazorat qilish

Ota-onalar bilan

muntazam aloqada

bo`lib, ular ishtirokida

o`quvchi bilan tarbiyaviy

mazmunda suhbatlar

o`tkazish

O`quvchining ichki dunyosini

harakterini dunyosini bilmasdan

u bilan qo`pol muomalada

bo`lmaslik, sodir etilgan

xatoliklarni kechira olish

O`quvchini qat`iy

kundalik rejimga

o`rgatish va uni kuzatib

borish

Iste`dodini qobiliyatini

va o`zi tanlagan kasbga

moyilligini e`tiborga olib

uni takomillashtirish

Bola ekanligini adashishga,

ba`zan xatoliklarga yo`l

qo`yishni unutmaslik, ushbu

salbiy holatlarni kechiktirmasdan

kuzatib borish


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1418

davlatlar esankirab qoldi. Bunday global chaqiriq barcha sohalar kabi ta’lim yo‘nalishida ham
yangi talablarni shakllantirdi.

Karonovirus tufayli karantin davrida ta’lim tizimida o‘qitishning masofaviy shaklidan

faol foydalanish zarurati tug‘ildi. Ko‘pgina odamlar ushbu mashg‘ulotlarga nostandart, yangi
narsa sifatida qarashsa-da, turli munosabatlar bildirmoqda va bu ajablanarli emas.

Ammo noma’lumlik, xavotirlanish va yangi texnologiyalardan qo‘rqish insonni

rivojlanish yo‘lidan to‘xtata olmaydi. Aks holda, insoniyat birinchi ilmiy kashfiyotlar davridayoq
o‘z taraqqiyotini to‘xtatgan bo‘lardi - u har qanday sharoitda foydalanishi mumkin bo‘lgan
vositalarning eng foydalisini tanlab, zararlilaridan voz kecha oladi. Ta’lim olish uchun, aynan,
shu narsa zarur.

Xalq ta’limi tizimida joriy etilgan ta’lim olishning innovatsion formati (http://maktab.uz/,

https://t.me/uzeduonlinemaktab) bo‘yicha tug‘ilayotgan savollarga javob topish maqsadida
masofaviy mustaqil ta’limning afzalliklarini o‘rgandik. Ular:

O‘quvchiga qulay sharoit va muhitda ta’lim olish, mustaqil dars qilish vaqti va

yo‘nalishini tanlash (videodarslarni takror ko‘rish mumkin) imkonini beradi.

Masalan, u kun bo‘yi turli fanlarni yoki bittasini, masalan, kimyoni o‘rganishi,

darslikdagi ma’lumotlarni o‘qishi, biror mavzu bo‘yicha video taqdimotlarni tomosha qilishi,
topshiriqlarni bajarishi, hatto kichik tajriba yoki tajribalar o‘tkazish, tajriba orqali o‘qigan
bilimlarini o‘rganish (uy-ro‘zg‘orda kimyoviy jarayonlarni kuzatish) bilan shug‘ullanishi
mumkin.

Dars qilishda ota-ona/ oila a’zolari ko‘magidan foydalanish, o‘zini erkin (noto‘g‘ri javob

berib yoki vazifani noto‘g‘ri bajarib qo‘yish xavotiri bo‘lmaydi) his qilishi mumkin.

Maktabda bola o‘z faoliyatini baholashiga o‘rgangan, ya’ni u har doim uning natijalarini

baholashini kutadi (o‘qituvchidan maqtov, tengdoshlarning olqishi kabi). Bunday fikrlash tarzini
shakllantirish jarayonida bola o‘z muvaffaqiyatsizliklarini mag‘lubiyat deb biladi, agar vazifani
bajara olmasa yoki dars mavzusini yaxshi tushunmasa, savodsiz ko‘rinishdan qo‘rqadi. Natijada,
bola o‘qishga qiziqmay qo‘yadi, u o‘qishni faqat yaxshi baho olish, o‘qituvchi va ota-onasi
talabiga javob berish deb qabul qiladi.

Turli ta’lim resurslaridan onlayn va mustaqil foydalanishda o‘zi uchun zarur sur’atni

tanlaydi yoki ota-onasi bolaning shaxsiy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiradi.

Masalan, o‘quv materialini o‘zlashtirish uchun ko‘p vaqt talab qiladigan sekin

harakatlanadigan bolalar maktabda umuman hech narsa qila olmasliklari mumkin, ammo
masofaviy ta’lim/maktabda ular to‘liq namoyon bo‘ladi. Axir, bu yerda hech kim ularni
baholamaydi, darsning tez tugashidan qo‘rqib, darslikdan yoki partadoshidan ko‘chirishga hojat
qolmaydi.

O‘rta ta’lim bo‘yicha o‘quv dasturi barcha maktablar uchun bir xil bo‘lishiga qaramay,

masofaviy o‘qitish ancha kam vaqt talab etadi.

Maktabda dars belgilangan vaqt davom etadi (siz bilganingizdek, 45 daqiqa), agar

o‘quvchi darsni o‘rgangan bo‘lsa va topshiriqni belgilangan muddatdan oldin bajargan bo‘lsa
ham, u qo‘ng‘iroqni kutishga majbur bo‘ladi. Shuningdek, agar biz maktabga borish va aksincha
(ayniqsa maktab uzoqda bo‘lsa) maktabdan qaytish uchun ketadigan vaqtni uyda boshqa
mashg‘ulotlarga sarflash mumkin.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1419

O‘quvchi mustaqil ta’lim olishda o‘zini o‘zi boshqarish va o‘zini tarbiyalash ko‘nikmalari

rivojlanadi, bunday muvaffaqiyat nafaqat maktab davrida, balki keyingi kasbiy faoliyatida va
hayot tarziga ijobiy ta’sir qiladi.

O‘zini tartibga solish qobiliyati nafaqat o‘qish va ishlashda, balki kelajakda oilada,

bolalarni tarbiyalashda, sevimli mashg‘ulotlarida, do‘stlar va tanishlar bilan muloqotda ham
zarurdir.

Masofaviy ta’lim jarayoni ishtirokchilarining AKT foydalanish ko‘nikmalari rivojlanadi,

axborot makoni, ijtimoiy tarmoqlarda ishlash madaniyati oshadi. Masofaviy mustaqil ta’lim
maktab ta’limiga mutlaq muqobil emas, balki to‘ldiruvchi sifatida samarali bo‘la oladi va ayrim
kamchiliklardan ham holi emas.

Jumladan, ota-ona tomonidan berilgan ko‘mak o‘qituvchi ko‘magidek professional

bo‘lmasligi mumkin (ammo, masofaviy ta’limda shaxsiy omil muhim emas, o‘qituvchi bilan
internetda aloqa o‘rnatishi mumkin).

O‘quvchining tengdoshlari bilan jonli muloqotda bo‘lishi, ya’ni ijtimoiylashuv

imkoniyatlari cheklanib qoladi.

Maktab o‘quvchilari uchun masofadan o‘qitishning asosiy kamchiligi, shubhasiz,

jamiyatning a’zosi sifatida bolaning shaxsiyati shakllanadigan ijtimoiy muhitning yo‘qligi. Shu
sababli, kelajakda, jamoada ishlashda qiyinchiliklar bo‘lishi, raqobat muhitida harakat qilish va
mavjud sharoitlarga moslashish qobiliyati yetishmasligi mumkin.

Shuningdek, masofaviy ta’limda ota-ona bolaning ijobiy va salbiy hissiyotlari,

o‘rganishni istamasligi, diqqatni jamlay olmaslik, mavzuni tushunmaslik, yomon kayfiyat,
psixologik manipulyatsiyalar, masalan "ko‘zlarim kompyuterdan og‘riyapti", "men toza havodan
nafas olmoqchiman", "siz qanday qilib tushuntirishni bilmayapsiz", " Men charchadim va
uxlashni xohlayman " kabi holatlari kuzatilishi mumkin.

Ota-onalarning o‘zlari ham turli emotsional holatlarni boshidan kechiradi.

Farzandlarining ta’lim-tarbiyaviy ehtiyojlari, yutuqlari, kuchli va zaif tomonlari haqida bilib
oladi.

Ular ayrim paytlarda kuchsizlikdan umidsizlikka tushish va muvaffaqiyatdan xursand

bo‘lish, zarur bo‘lsa tasalli berish, hayotiy tajribasi asosida dars berish, tushuntirish, bardoshli
bo‘lish, qoyil qolish kabi psixologik holatlarni boshidan kechiradi. Bularsiz, afsuski, bolani
o‘qitish texnik harakat bo‘lib qoladi, ya’ni tarbiyaviy ahamiyati yo‘qoladi.

Masofaviy ta’lim jarayonida ota-onalar nazorati oqilona bo‘lishi, bolani majburlamaslik

va unga bosim o‘tkazmaslik kerak (oddiy dangasalik va itoatsizlik bundan mustasno). Uning fe’l-
atvori xususiyatlarini hisobga olish (ya’ni psixolog bo‘lish kerak), mustaqil ishlashga
odatlantirish, u uchun vazifalarni bajarmaslik, aksincha, unga o‘z kashfiyotlarini qilish va undan
zavqlanish imkoniyatini beradigan eng zarur narsalarga yordam berish lozim.

Maktab o‘quvchilari uchun masofadan o‘qitish usullarining o‘ziga xosligi,

innovatsionligi va dolzarbligini ta’kidlaydigan bir qator jihatlar mavjud, ayniqsa karantin
davrida:

-O‘quv jarayonining o‘qituvchi va o‘quvchining bevosita o‘zaro muloqotini talab

qilmaydi;


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1420

-Asosan axborot almashinuvining elektron vositalari (videodarslar, elektron resurslar,

o‘quv filmlari, virtual laboratoriyalar va b.) qo‘llaniladi;

-Muntazam interfaol ta’lim olish, epizodik emas va o‘quv faoliyati natijalari

samaradorligi uchun katta mas’uliyat o‘quvchilar va ularning ota-onalariga yuklatiladi.

Hozirda, masofadan o‘qitish zarur chora sifatida qabul qilindi, ammo kelajakda u turli

yoshdagi o‘quvchilar uchun qulay, rivojlantiruvchi va mustaqil masofaviy ta’lim olishning
qo‘shimcha shakli bo‘lib qolishi shubhasiz.

XULOSA

Xulosa qilinganda, masofaviy ta’lim quyidagi hollarda samarali natija beradi:
-Nogiron bolalar uchun;
-Ayrim ilg‘or maktablarda ta’lim olishni istaganlar, ammo hududning uzoqligi sababli

yuqori malakali pedagogik yordamdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lmaganlar;

-Qo‘shimcha ta’lim olish; ta’lim faoliyatining individual sur’atlariga mos ravishda

iqtidorli bolalar bilan ishlash; kasallik va sabablar tufayli vaqtincha uyda ta’lim olish ehtiyoji
mavjud bolalar uchun. O‘z o‘rnida, masofaviy ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish o‘qituvchi
va ta’lim mutaxassislariga ham bir qator zamonaviy talablarni qo‘yadi:

-O‘z ustida mustaqil ishlash orqali kompetentlikni oshirishning eskicha yondashuvidan

yangi, innovatsion yechimlariga o‘tish;

-O‘qituvchi o‘zining elektron kutubxonasini shakllantirishi, ya’ni raqamli axborot ta’lim

resurslarini to‘plash, saqlash, yangilash va o‘quvchilariga yetkazishga o‘rganish;

-Kompyuter texnikasi, mahalliy tarmoq va internetga ulanish va ishlash imkoniyatlarini

yaratish;

-Didaktik, metodik va elektron ta’lim resurslardan (rasmiy ta’lim portallari va vebsaytlar)

samarali foydalanish;
Ota onalar. Hamkorlar va hamkasblar bilan elektron tarmoqdagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish
ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari zarur.

Shuningdek, ayni paytda, o‘qituvchilarning AKT sohasidagi bilim va kompetensiyalarini

rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratish, ularda media-savodxonlik va media-madaniyatni
oshirish zarurati oshmoqda.

O‘quv-tarbiya jarayonini o‘quv-metodik ta’minlash (virtual laboratoriya ishlari, ta’lim

dasturlari, o‘quv-uslubiy materiallar va h.k.).

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, masofaviy ta’lim muhiti zamonaviy axborot,

telekommunikatsiya va vebtexnologiyalar imkoniyatlariga ko‘ra rangbarangligi, kontentning
barcha yoshdagi iste’molchilarga moslashtirilganligi bilan o‘ziga jalb etadi. Natijada,
o‘quvchilarga karantin sharoitida mustaqil ta’lim olishga ko‘maklashish, elektron ta’lim
resurslaridan samarali foydalanish, ularga yangiliklarni tezkor ravishda yetkazish imkonini
berishi jarayon ishtirokchilarida qiziqishni kuchaytiradi. Foydalanishning oson va oddiyligi,
yoshidan qat’i nazar barcha o‘quvchilar va ota-onalarga masofadan turib yordam berish imkonini
ta’minlaydi.




background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1421

REFERENCES

1.

Allayarova

Soliha

Narzulloevna

(2020).

AXBOROT-KOMMUNIKATSIYa

TEXNOLOGIYaLARI OLIY TA’LIM SIFATI VA SAMARADORLIGINI OShIRISh
OMILI. Sovremennoe obrazovanie (Uzbekistan), (4 (89)), 10-19.

2.

Abdullaeva, G. A., & Allayarova, S. N. (2021). TARBIYa JARAYoNI SIFATINI
KVALIMETRIK

MONITORING

QILISh:

MUAMMO

VA

YeChIMLAR.

Sovremennoe obrazovanie (Uzbekistan), (12 (109)), 63-70.

3.

https://xs.uz/uzkr/post/talim-tarbiya-tizimi-taraqqiyotning-yangi-bosqichi-muhokama-
qilindi

4.

Abdullajonovna, A. G. (2021). Spiritual and moral criteria of student education.
ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(9), 38-42.

5.

Erkaboyeva, N. Sh. "FEATURES OF MODERN UZBEK FAMILIES." Ученый XXI
века 4-1 (2016): 36-39.

6.

Г.Қ.Каримова.

“Шахсга

йўналтирилган

таълим

жараёнида

педагогик

мониторингни амалга ошириш имкониятлари”. Мактаб таълими журнали.
Тошкент. №4(77)-сон. 2019 йил. 37-бет.

7.

А.Холиқов. “Педагогик маҳорат”. Тошкент. “Iqtisod-moliya”. 2010 йил. 184- бет.

www.lex.uz

.

8.

А.С.Макаренко. “Сочинения” Москва, Педагогик фанлар академияси нашриёти,
1958 йил, 7-том, 362-бет.

9.

Maxmudov, Y. F., & Xudoyqulov, X. J. (2011). Milliy g’urur-ma’naviy komillik mezoni.
T, Dizayn-Press 2011.327 b.

10.

Hamrokulova, S. (2022). PEDAGOGICAL-PROGRAMM IMPLEMENTATION OF
THE DEVELOPMENT OF ENVIRONMENTAL EDUCATION IN HIGHER CLASS
PUPILS OF SECONDARY SCHOOLS. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF
EDUCATION AND COMPUTER SCIENCES (CAJECS), 1(4), 52-56

11.

I.Karimov. Barkamol avlod orzusi. Toshkent. O‘zbekiston.1999 y.

12.

Ta’lim: Zamonaviy daraja va moddiy bazani yaxshilash. Adolat SDP
qo‘llanma.Toshkent, 2014. 83-bet

13.

Lazear, E.P.(2001). Educational production. Quarterly Journal of Economics 114 , 777-
803

14.

Hanushek, E.A. (1999). Assessing the effects of school resources on student performance:
an update. Educational evaluation and policy analysis 21, 154-164.

15.

Krueger, A.B. Experimental estimates of education production functions. Quarterly
Journal of Economics.1999, 114 (2), pp. 497-532

16.

Boozer, M. and Rouse, C. (2001). Intraschool variation in class size: patterns and
implications. Journal of urban economics 50(1), 163-189.

17.

Mosteller, F. (1995). The Tennessee study of class size in the early school grades. Future
of children 5(2), 113-127


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1422

18.

D.W.Schanzenbach “The Economics of Class Size”. Economics of education. USA.2010,
pp.183-190

19.

Krueger, A.B. and Whitemore, D. (2001). The effect of attending a small class in the
early grades on college-test taking and middle school test results: evidence from project
STAR, Economic Journal 111, 1-28

20.

Krueger, A.B. and Whitemore, D. (2002). Would smaller classes help close the black-
white achievement gap? In Chubb, J.E. and Loveless I. (eds) Bridging the achievement
gap, pp.11-46. Washington, DC. Bookings Institution Press 11. Angrist, J.D and Lavy, V
(1999). Using Maimonides’ rule to estimate the effect of class size on scholastic
achievement. Quarterly Journal of Economics 114 (2), pp.533-575

21.

Urquiola, M.(2006). Identifying class size effects in developing countries: evidence from
rural Bolivia. review of economics and statistics 88(1), pp. 171-177

References

Allayarova Soliha Narzulloevna (2020). AXBOROT-KOMMUNIKATSIYa TEXNOLOGIYaLARI OLIY TA’LIM SIFATI VA SAMARADORLIGINI OShIRISh OMILI. Sovremennoe obrazovanie (Uzbekistan), (4 (89)), 10-19.

Abdullaeva, G. A., & Allayarova, S. N. (2021). TARBIYa JARAYoNI SIFATINI KVALIMETRIK MONITORING QILISh: MUAMMO VA YeChIMLAR. Sovremennoe obrazovanie (Uzbekistan), (12 (109)), 63-70.

https://xs.uz/uzkr/post/talim-tarbiya-tizimi-taraqqiyotning-yangi-bosqichi-muhokama-qilindi

Abdullajonovna, A. G. (2021). Spiritual and moral criteria of student education. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(9), 38-42.

Erkaboyeva, N. Sh. "FEATURES OF MODERN UZBEK FAMILIES." Ученый XXI века 4-1 (2016): 36-39.

Г.Қ.Каримова. “Шахсга йўналтирилган таълим жараёнида педагогик мониторингни амалга ошириш имкониятлари”. Мактаб таълими журнали. Тошкент. №4(77)-сон. 2019 йил. 37-бет.

А.Холиқов. “Педагогик маҳорат”. Тошкент. “Iqtisod-moliya”. 2010 йил. 184- бет. www.lex.uz.

А.С.Макаренко. “Сочинения” Москва, Педагогик фанлар академияси нашриёти, 1958 йил, 7-том, 362-бет.

Maxmudov, Y. F., & Xudoyqulov, X. J. (2011). Milliy g’urur-ma’naviy komillik mezoni. T, Dizayn-Press 2011.327 b.

Hamrokulova, S. (2022). PEDAGOGICAL-PROGRAMM IMPLEMENTATION OF THE DEVELOPMENT OF ENVIRONMENTAL EDUCATION IN HIGHER CLASS PUPILS OF SECONDARY SCHOOLS. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND COMPUTER SCIENCES (CAJECS), 1(4), 52-56

I.Karimov. Barkamol avlod orzusi. Toshkent. O‘zbekiston.1999 y.

Ta’lim: Zamonaviy daraja va moddiy bazani yaxshilash. Adolat SDP qo‘llanma.Toshkent, 2014. 83-bet

Lazear, E.P.(2001). Educational production. Quarterly Journal of Economics 114 , 777-803

Hanushek, E.A. (1999). Assessing the effects of school resources on student performance: an update. Educational evaluation and policy analysis 21, 154-164.

Krueger, A.B. Experimental estimates of education production functions. Quarterly Journal of Economics.1999, 114 (2), pp. 497-532

Boozer, M. and Rouse, C. (2001). Intraschool variation in class size: patterns and implications. Journal of urban economics 50(1), 163-189.

Mosteller, F. (1995). The Tennessee study of class size in the early school grades. Future of children 5(2), 113-127

D.W.Schanzenbach “The Economics of Class Size”. Economics of education. USA.2010, pp.183-190

Krueger, A.B. and Whitemore, D. (2001). The effect of attending a small class in the early grades on college-test taking and middle school test results: evidence from project STAR, Economic Journal 111, 1-28

Krueger, A.B. and Whitemore, D. (2002). Would smaller classes help close the black-white achievement gap? In Chubb, J.E. and Loveless I. (eds) Bridging the achievement gap, pp.11-46. Washington, DC. Bookings Institution Press 11. Angrist, J.D and Lavy, V (1999). Using Maimonides’ rule to estimate the effect of class size on scholastic achievement. Quarterly Journal of Economics 114 (2), pp.533-575

Urquiola, M.(2006). Identifying class size effects in developing countries: evidence from rural Bolivia. review of economics and statistics 88(1), pp. 171-177

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов