WAYS TO IMPROVE THE SCIENTIFIC CREATIVE ACTIVITY OF THE FUTURE ELEMENTARY SCHOOL TEACHER

HAC
Google Scholar
To share
Umarov, H., & Maxmudova, S. (2024). WAYS TO IMPROVE THE SCIENTIFIC CREATIVE ACTIVITY OF THE FUTURE ELEMENTARY SCHOOL TEACHER. Modern Science and Research, 3(1), 200–206. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28065
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this article, ways to improve the scientific and creative activity of future elementary school teachers and the difficulties and problems that arise, the difficulties encountered in connection with the peculiarities of the pedagogue's personality, and the elimination of difficulties that arise in the teacher's work strategies are discussed.


background image


200

BO'LAJAK BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHISINING ILMIY IJODIY

FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH YO'LLARI

Umarov Husniddin Egambayevich

Guliston Pedagogika instituti, katta o’qituvchisi

Maxmudova Sabina Amriddin qizi

Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 2-bosqichi talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10498517

Annotatsiya.

Mazkur maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ilmiy ijodiy

faoliyatini takomillashtirish yo’llari va yuzaga keluvchi qiyinchilik hamda muammolar, pedagog

shaxsining o‘ziga xosliklari bilan bog‘liqlikda duch keladigan qiyinchiliklar, o‘qituvchi

faoliyatida yuzaga keladigan qiyinchiliklarni bartaraf etish strategiyalari haqida so‘z yuritilgan.

Kalit so‘zlar:

ijod, ijodkorlik, kreativlik, takomillashtirish, muammo, usul, metodika,

ijodiy, reproduktiv faoliyat, kasbiy faoliyat, kasbiy rivojlanish, psixologik muhofaza, kasbiy

deformatsiya.

WAYS TO IMPROVE THE SCIENTIFIC CREATIVE ACTIVITY OF THE FUTURE

ELEMENTARY SCHOOL TEACHER

Abstract.

In this article, ways to improve the scientific and creative activity of future

elementary school teachers and the difficulties and problems that arise, the difficulties

encountered in connection with the peculiarities of the pedagogue's personality, and the

elimination of difficulties that arise in the teacher's work strategies are discussed.

Key words:

creation, creativity, creativity, improvement, problem, method, methodology,

creative, reproductive activity, professional activity, professional development, psychological

protection, professional deformation.

ПУТИ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ НАУЧНОЙ ТВОРЧЕСКОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ

БУДУЩЕГО УЧИТЕЛЯ НАЧАЛЬНОЙ ШКОЛЫ

Аннотация.

В данной статье рассматриваются пути совершенствования научной

и творческой деятельности будущих учителей начальной школы и возникающие

трудности и проблемы, трудности, возникающие в связи с особенностями личности

педагога, а также устранение трудностей, возникающих в деятельности учителя.

обсуждаются стратегии работы.

Ключевые слова:

творчество, творчество, творчество, совершенствование,

проблема,

метод,

методология,

творческая,

репродуктивная

деятельность,


background image


201

профессиональная деятельность, профессиональное развитие, психологическая защита,

профессиональная деформация.

Bizning asosiy maqsadimiz - yoshlarning sifatli ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘lishiga erishish,

ularning o‘z qobilyati va iste’dodini ro‘yobga chiqarish uchun barcha zarur sharoitlarni yaratib

berishdan iborat.

Sh.M.Mirziyoyev

Mamlakatimizda yosh avlodning jismonan va ma’nan barkamol bo‘lib voyaga yetishiga

davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida e’tibor qaratilishi zamirida, albatta, mustaqil

tafakkurli, ijodkor va yuksak ma’naviyatli shaxsni kamol toptirish maqsadi mujassam.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim

tashabbusda ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangicha tizim asosida yo‘lga

qo‘yish borasida belgilangan vazifalar yoshlar ta’limtarbiyasiga daxldor muhim chora-tadbirlar

ijrosini taqozo etadi. Shuningdek, 2018 yil 17 iyundagi “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi

to‘g‘risida”gi hamda 2019 yil 29 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030

yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-son Farmonida ham

yoshlar ta’lim-tarbiyasiga qaratilgan kompleks vazifalar o‘z ifodasini topganligi masalaning

jamiyat va millat hayotida dolzarb ahamiyat kasb etishini ko‘rsatadi. Mazkur hujjatlarda qayd

etilgan talablar uzluksiz ta’lim tizimida qo‘lga kiritilayotgan innovatsion o‘zgarishlarning

mazmun-mohiyatiga bog‘liq bo‘lib, asosan, boshlang‘ich ta’lim jarayoniga ham tegishlidir.

Chunki bu bosqichda o‘quvchilar savodxonlik asoslari, hisoblash tafakkuri, mehnat ko‘nikmalari

va shaxs ma’naviyati elementlari bilan qurollantiriladi. Shu bois, zamonaviy ta’lim tizimi, uning

maqsad va vazifalari mamlakatimiz taraqqiyotiga xizmat qiladigan ta’lim-tarbiya jarayoni oldiga

qo‘yilgan muammo yechimiga mos bo‘lishi kerak. Bular zamonaviy ta’lim tizimidagi sub’yektlar,

xususan, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijodiy faoliyatini jamiyat taraqqiyoti darajasiga

muvofiq muntazam holda yuksaltirib borishni taqozo etadi.

Demak, bugungi kun o’qituvchisi o’z ustida tinimsiz mehnat qiladigan, har tomonlama

keng fikrlaydigan, ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalarini samarali qo’llay oladigan ijodkor

shahsga, yoshlarning yuragiga chuqur kirib boradigan yuksak fazilatlar egasiga aylanishini

hayotning o’zi taqazo etmoqda [2]. Shu nuqtayi nazardan, hozirgi kunda o’qituvchining pedagogik

mahoratini ijodiy faoliyatini yanada oshirish muammosi davr talabidir [5].


background image


202

Demokratik huquqiy jamiyat qurish jarayoynida o’qituvchining o’rni, vazifalari yosh

avlodni tarbiyalsh ishiga javobgarligi muhim ahamiyatga ega. Hozirgi zamon o’qituvchisi o’z

pedagogik mahorati jarayonida qator ta’limtarbiyaviy vazifalarni bajaradi [7]. U, avvalo, ta’lim

muassasalari o’quv jarayoni va darsdan tashqari faoliyatda o’quvchilarning porloq kelajagi uchun

javobgar shahsdir [8]. O’qituvchi mehnatining muvaffaqiyati va samarasi uni ilmiy jihatdan puxta

tashkil etishga, mehnatni oqilona uyushtirishga ta’sir etadigan shart-sharoitlarga va mehnatni

doimo ijodkorlik bilan amalga oshiriladi. Shuning uchun mehnatni amalga oshiruvchi o’qituvchi,

avvalo, o’z mehnatini rejalashtirishda, o’zi puxta egallagan pedagogik mahoratiga o’z ilmiga

tayanishi lozim. Hozirgi zamon axborot komunikatsion texnalogiyalarning taraqqiyoti davrida

o’qituvchi mehnatini ilmiy asosda tashkil qilish fan va texnika yutuqlarini o’qituvchi tomonidan

qay darajada o’zlashtirilishga ham bog’liq [9]. Dunyo tarbiyashunoslik ilmida bolalarning

yetakchi faoliyati o’yin ekani va o’yinlarning maktabgacha yoshdagi davrda muhim sanalishihar

jihatda asoslab berilgan. O’yinlarning didaktik shakli boshlang’ich ta’lim amaliyotida ham o’ziga

xos ahamiyat kasb etadi. Didaktik o’yinlar jarayoni zamirida o’quvchilarga ta’lim berish, olam va

odam sirlarini anglatish, mustaqil mulohaza yuritishga undash hamda shular asnosida ma’naviy

to’kislik sari yuz bergan shaxsni shakllantirish maqsadi yotadi. Buning hammasi boshlang’ich sinf

o’qituvchisining ijodkorligini oshiradi darslariga beradi. Bevosita bolalarning o’yinlariga

bag’ishlangan tadqiqotlarda ta’kidlanishicha, o’yinlar nafaqat nafaqat maktabgacha yoshdagi

bolalarning, balki boshlang’ich sinflar o’quvchilarning ham asosiy ish faoliyatidan biri bo’lib,

ularning shaxs sifatida shakillanishlariga o’z ijobiy ta’sirini ko’rsatadi.

Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijodiy faoliyatini tashkil etish haqida so‘z

ketganda, ijodkorlikning o‘zi nima ekanligini aniqlash, so‘ng ijodiy faoliyatni tashkillashtirish

mezonini tanlash maqsadga muvofiq.

Ijodkorlik o’qituvchining o’z mehnati davovomida jarayonida mustaqil faoliyat olib

borishi kasbiy faoliyatining ta’lim mazmunini belgilovchi o’qituvchining ijodkorligida namoyon

bo’ladi [3].

Ijodkorlik - bu o’qituvchining ta’lim tarbiya jarayonida sifat jihatidan yangi orginal va

takrorlanmas biror ilmiy yangiliklarni paydo qiluvchi jarayondir. O’qituvchining mahsuldor

ijodkorligida belgilangan har qanday muammo muvaffaqiyatli hal qilinadi, ijod qilishga layoqatli

bo’lgan o’qituvchilarning asosiy qismida bu jihatlar namoyon bo’ladi. O’qituvchining evristik

ijodkorligi, jahonda ro’y berayotga kasbiy faoliyatiga yangiliklarni dadil o’zlashtirish va targ’ib

qilishni anglatadi, ya’ni uning asosida g’oyalar, farazlar hosil qilish intensifikatsiya qilish va

ularning haqiqatga yaqinligini, ehtimolligini, ishonchliligini izchil amalga oshirish va bunda yangi


background image


203

holatda dadil harakat qilish qobilyati, fikirlash jarayoni asosida tafakkurni rivojlantirish kuzatiladi.

O’qituvchining kreativ ijodkorligida ijtimoiy ahamiyataga ega bo’lgan yangi nazaryalarni yaratish

mujassamlashgan, u o’zining mustaqil g’oyalar va takliflar bilan chiqadi, mohir va tajribali,

layoqatli o’qituvchilargina bunga erishishi mumkin[8]. Yevro’palik sotsiloglarning o’qituvchining

mehnatining ijobiy holatini “oqimini his qilish”, ya’ni o’za faoliyatiga to’liq kirishib ketish va

faoliyat jarayonida qoniqish hosil qilish deb atashadi, bu esa, o’z navbatida, o’qituvchining yuqori

ichki refleksiv holati kuchli bo’lishi haqida haqida guvohlik beradi. O’z kasbi jarayonida

ijodkorlikni va mehnatidan qoniqishni beradi his qilmaydigan o’qituvchilarning mehnat faoliyati

ko’pincha harakatsizlikka, asablarining tez charchashiga va g’ashlikka olib keladi.

Insoniyat ijodiyotning sub’ekti sifatida o‘zini anglashi ijodkorlik muammosi va

tushunchalarini ko‘rib chiqishning yangi yo‘nalishlarini belgiladi. Faylasuflar inson ijodiy

faoliyatining mohiyatini, gnoseologik va umummetodologik xususiyatlari muammolarini

o‘rganadilar.

Shunga ko‘ra, XX asr mahalliy falsafasida “IJODKOR ODAM” muammosini hal qilishga

urinish maqsadi yetakchilik qilgan. Ijodiy pedagogik faoliyatning keyingi mohiyatli tavsifi uchun

“kreativlik” – ijodkorlik tushunchasiga murojaat qilish zarur, bu esa ko‘rib chiqilayotgan

kategoriyaning markaziy havolasi sanaladi. Kreativlik nazariyasini ishlab chiquvchilardan biri

Ye.P.Torrens bo‘lib, u kreativlikni muammolarga, bilimning yetishmasligi, ularning hamohang

emasligi, nomuvofiqligiga nisbatan ta’sirchanlikning paydo bo‘lish jarayoni sifatida belgilaydi.

Dj.Gilford o‘zining modeli asosida kreativlikning to‘rt omilini ajratib ko‘rsatadi:

- o‘ziga xoslik, semantik moslashuvchanlik, obrazli moslashuvchanlik va semantik o‘z-

o‘zidan yuzaga keladigan moslashuvchanlik bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijodiy

faoliyatini tashkil etishga doir metodik ta’minotning yetarli emasligi;

– ta’lim jarayonida talabalarni ijodiy faoliyatga yo‘naltirish bilan bir qatorda

kommunikativ kompetentliligini rivojlantirish hamda sohaga oid yangiliklarni o‘zlashtirishga

qaratilgan seminar-trening va master klasslarni o‘tkazishga ahamiyat berilmayotganligi;

– ijodkorlikka oid topshiriq va mashqlarni bajarishda axborot texnologiyalaridan samarali

foydalanish, elektron ta’lim resurslarini yaratish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni

shakllantirishga e’tibor qaratilmayotganligi va h.k.

Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining ijodiy faoliyatida yuzaga keluvchi qiyinchilik va

muammolarning ob’ektiv shart-sharoitlariga quyidagilarni kiritish mumkin:

a) yetarli metodik ta’minotga ega bo‘lmaslik;

b) faoliyatini baholashdagi yuzakilik;


background image


204

v) ikkinchi darajali vazifalarga jalb etilishi.

Quyidagilar pedagog shaxsining o‘ziga xosliklari bilan bog‘liqlikda yuzaga keladigan

qiyinchiliklar qatorini tashkil qiladi:

– pedagogik faoliyatni amalga oshirishda ichki kuch va imkoniyatlarning yetarli emasligi;

– faoliyatini sohadagi islohotlarga uzviylik holda o‘zgartirishga imkon bermaydigan o‘z-

o‘zini yo‘naltirish mexanizmining buzilishi;

– salbiy psixologik holatlar (ishonchsizlik, asabiylik, qo‘rquv, o‘z faoliyatidan qoniqmaslik

va boshqalar).

O‘qituvchi faoliyatida yuzaga keladigan qiyinchiliklarni bartaraf etish quyidagi

strategiyalarga asoslanishni talab etadi:

1) kasbiy rivojlanish (konstruktiv strategiya);

2) psixologik muhofaza (himoya strategiyasi);

3) kasbiy deformatsiya (destruktiv strategiya).

Ijodiy fikrlash ijodiy faoliyatga yo‘naltiruvchi bosh mezondir. Talabalarda ijodiy fikrlashni

rivojlantirishning asosiy komponentlarini tadqiq qilgan G.Ergashevaning qayd etishicha,

“jamoadagi ma’naviypsixologik iqlim ijodiy muhit yaratishga yo‘naltirilgan bo‘lishi, ijodga salbiy

ta’sir ko‘rsatadigan omillarni baratarf etishi lozim. Qulay psixologik muhit quyidagilar bilan

tavsiflanadi: barcha talabalarda ijodiy jarayonning ortishi, stereotiplarning erkinligi,

muhokamalarning noqulay bo‘lmasligi, tashabbusi va mustaqilligi, ijodiy kasbiy faoliyatga

qiziqish va tayyorligi” [9; 49-b.].

Albatta, bu jihatlarga e’tibor qaratishda talabalardagi yaqqol ko‘zga tashlanadigan

xususiyatlarga asoslanish, individual imkoniyatlarini ko‘zda0 tutish va rag‘batlantirish zarur.

Bizningcha, jamoaviy ijodiy faoliyatni tashkil etishga tayyorlashda talabalar o‘rtasida sog‘lom

raqobat muhitini yaratish, musobaqalashish, kuch sinashish imkoniyatini berish ularda ijodiy

g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlashga motivatsiya uyg‘otadi. Ijodkorlik natijasi faqat qandaydir

mahsulotni yaratishda emas, balki ijodkor sub’ektining o‘zini rivojlantirishida, ya’ni insoniyat

faoliyati shakllarida amalga oshiriladigan taraqqiyotida namoyon bo‘ladi.

Ijodiy rivojlanish barcha taraqqiyot kabi ikki ko‘rinishdagi elementni qamrab oladi:

reproduktiv (mavjud narsani qaytadan tiklash) va ijodiy (ilgariga qarab intilish imkonini beruvchi

yangilik). Ijodiy harakat muammoning yuzaga kelishi, hal qilishga tayyorgarlik, g‘oyaning paydo

bo‘lishi, va nihoyat, uni mujassamlashtirish kabi bir necha bosqichlarga bo‘linadi.

Fikrimizcha, o‘qituvchi ijodkorligining asosi bo‘lib kasbiga nisbatan qiziqishi,

manfaatdorligini ifodalovchi ichki motivatsiyasi, iroda sohasining rivojlanganligi va tubdan


background image


205

o‘zgargan faoliyatga intilishi hisoblanadi. Demak, bo‘lajak o‘qituvchining jamoaviy ijodiy

faoliyatini tashkillashtirishda uning qiziqishlari yo‘lidagi xatti-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash,

talabalar oldiga aniq maqsad va vazifalarni qo‘yish hamda ijodiy faoliyatga faol jalb etish

maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, o'quv jarayoni integratsiya predmetlar tizmini inkor

etmaydi, integratsiya tizmini takomillashtiradi, kamchiliklarni bartaraf etadi, predmetlar orasidagi

aloqalar va bog'liqliklarni chuqurlashtiradi, bunday yondashuvlar diffirensiya va integratsiya

orasidagi munosabatlarni tushunishga tayanadi. Pedagogikaning maqsadi bir xil maqsad va

vazifalarga ega bolgan turli fanlarning element va qisimlarini bir butunga birlashtirishga

yo'naltirilgan bo'lib, u integratsiyani amalga oshirishda o'qituvchilarga yordam berishdir.

Olib borilgan tajribalar shuni ko'rsatadiki, boshlang'ich sinf o'qituvchilarda, keyinchalik

esa bitiruvchilarda u yoki bu fanlarni o'rganib, shu bilimni, ko'nikmalarni boshqa fanlarni

o'rganishda qo'llashga qiynalib, ularni mustaqil fikirlash, olingan bilimlarga o'xshash yoki yangi

vaziyatlarga ko'chira bilish ko'nikmalari. Bularning hammasi boshlang'ich sinflardagi turli fanlar

bo'yicha mashg'ulotlarning o'zaro kelishmovchiligi sababli sodir bo'lmoqda. Bu holatda

integratsiya bir predmet bo'yicha bilimlarni ikkinchisiga ko'chirish va faoliyatning almashinishi

emas, balki zamonaviy fanlar integratsiyasi yo'nalishlarini aks ettiruvchi yangi didaktik

ekvivalentlarni yaratish jarayoni hamdir.

REFERENCES

1.

Mirziyoyev Sh.M. Erkin va faravon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo

etamiz. – T.: O‘zbekiston, 2016. – B. 32-33.

2.

Baltamuratova A.P. Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchisining kasbiy tayyorlash jarayonida

ijodiy faoliyatini takomillashtirish samaradorligi TDPU “Ilmiy axborotlari” jurnali 11-son

2022.

3.

Baltamuratova A.P. Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchisi ijodiy faoliyatining mazmuni va

tuzilishi // UzMU xabarlari ilmiy jurnali, 1/1 2023 ISSN 2181-7324

4.

Mavlyanova R., Rahmonqulova N. Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi, innovatsiya va

integratsiya. – T.: 2013, 177 bet.

5.

Педагогика: педагогические теории, системы, технологии [Текст]: учеб. для студ.

высш. и сред, пед. учеб. заведений / С.А.Смирнов, И.Б.Котова, Е.П.Шиянов [и др.]; под

ред. С.А.Смирнова. – 4-е изд., испр. – М.: Изд. сентр «Академия», 2000.


background image


206

6.

Загвязинский, В.И. Педагогическое творчество учителя [Текст]: пособие для студ.

высш. учеб. заведений / В.И.Загвязинский. – М.: Педагогика, 1987.

7.

O‘zbek tilining izohli lug‘ati. F harfi. – T.: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy

nashriyoti, 2006. www.ziyouz.com kutubxonasi.

8.

Amirova G. Bolalar ijodiy qobiliyatini rivojlantirishning optimal yo‘llari // Uzluksiz ta’lim.

– T., 2015. – № 5.

9.

Ergasheva G. Talabalarda ijodiy fikrlashni rivojlantirishning asosiy komponentlari // Xalq

ta’limi. – T.: 2017.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов