Shaxsda Emotsionallikni Namoyon Boʻlishiga Ta’sir Etuvchi Ijtimoiy-Psixologik Omillar

HAC
Google Scholar
To share
Akbaraliyeva, A. (2024). Shaxsda Emotsionallikni Namoyon Boʻlishiga Ta’sir Etuvchi Ijtimoiy-Psixologik Omillar. Modern Science and Research, 3(1), 1–7. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28081
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Shaxs ruhiy olamida, uni qurshab turgan tevarak-atrofda sodir boʻlayotgan oʻzgarishlar (xoh tabiiy, xoh subyektiv boʻlishidan qatʼi nazar) kechinmalar subʼekti (inson) uchun qanchalik qadr-qiymat, yuksak ahamiyat kasb etsa, hissiy holatlarning mazmuni shunchali purmaʼno boʻladi. Buning taʼsirida yuzaga keladigan muvaqqat bogʻlanishlar tizimining qayta qurilishi qoʻzgʻolish jarayonini hosil qiladi. Shaxsda emotsionallik namoyon boʻlishiga nafaqat fiziologik omillar, balki, psixologik sababiy bogʻlanishlar ham ma’lum darajada ta’sir etadi. Maqolada shaxsda emotsionallik namoyon boʻlishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik omillar empirik ma’lumotlar asosida tahlil qilinadi.


background image

1

Shaxsda Emotsionallikni Namoyon Boʻlishiga Ta’sir Etuvchi Ijtimoiy-

Psixologik Omillar

Akbaraliyeva Asilaxon Tojiddinovna

Toshkent amaliy fanlar universiteti “Psixologiya” kafedrasi oʻqituvchisi

Tashkent University of Applied Sciences, Gavhar Str. 1, Tashkent 100149, Uzbekistan

(asilaxontojiddinovna)@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.10462543

Annotatsiya: Shaxs ruhiy olamida, uni qurshab turgan tevarak-atrofda sodir boʻlayotgan oʻzgarishlar (xoh tabiiy, xoh

subyektiv boʻlishidan qatʼi nazar) kechinmalar subʼekti (inson) uchun qanchalik qadr-qiymat, yuksak ahamiyat kasb etsa, hissiy
holatlarning mazmuni shunchali purmaʼno boʻladi. Buning taʼsirida yuzaga keladigan muvaqqat bogʻlanishlar tizimining qayta
qurilishi qoʻzgʻolish jarayonini hosil qiladi. Shaxsda emotsionallik namoyon boʻlishiga nafaqat fiziologik omillar, balki,
psixologik sababiy bogʻlanishlar ham ma’lum darajada ta’sir etadi. Maqolada shaxsda emotsionallik namoyon boʻlishiga ta’sir
etuvchi ijtimoiy-psixologik omillar empirik ma’lumotlar asosida tahlil qilinadi.

Kalit soʻzlar: emotsiya, emotsionallik, shaxs xususiyatlari, shaxsga yoʻnalganlik, hissiyot, xulq-atvor, emotsional

regulyatsiya.

Kirish

Inson xulq-atvorini boshqarishda emotsiyaning
rolini baholash qiyin. Emotsiyani o’rgangan barcha
olimlar, ularning motivatsiyaga undovchi kuch
ekanligini, ularni ehtiyojlar va ularning qondirilishi
bilan bejizga bog’lashmaydi (Z. Freyd, V.K.
Vilyupas, B.I. Dodonov, K. Izard va boshqalar).
Emotsiya borasida tadqiqotlar olib borilayotganligiga
100 yildan oshdi, emotsiyalar haqida tomlar yozilgan,
juda ko’plab murakkab eksperimentlar o’tkazilgan,
lekin shunga qaramay XXI asrda «emotsiyalarga aniq
ilmiy tushuncha berib bo’lmaydi» kabi fikrlarni
uchratish mumkin. Ma’lumki, shaxs kamolga yetib
borar ekan unga atrofdagi tashqi muhit, shaxslararo
munosabatlar, ta’lim olayotgan muassasasi hamda
oilaviy muhit tizimli ravishda ta’sir koʻrsatadi. Shu
bois shaxs hayotida ijobiy tomonlar bilan bir qatorda
salbiy jihatlar ham farqlanadi. Bu esa oʻz oʻzidan
shaxsda

emotsional

holatlarda

zoʻriqish,

xavotirlanishni yuzaga kelishiga olib keladi va
shaxsning kamolga yetishiga toʻsqinlik qiladi.
Bunday

muammolarning

oldini

olish

hamda

yoshlardagi turli salbiy ta’sirlarni bartaraf etish
choralarini koʻrish bugungi kunda zamon talabiga
aylanib bormoqda, bu esa oʻrganilayotgan tadqiqot
ishining nechogʻlik darajada dolzarb ahamiyatga ega
ekanligini koʻrsatadi [1].

MATERIAL VA METODLAR

Jahon

psixologiyasida

“hissiyot”

bilan

“emotsiya” terminlari (ayniqsa chet mamlakatlarda)
bir xil maʼnoda ishlatiladi, lekin ularni aynan bir xil
holat deb tushunish mumkin emas. Bunday nuqson
ommabop adabiyotlarda, chet ellarda chop etilgan
darsliklarda aksariyat hollarda uchraydi. Odatda
tashqi alomatlari yaqqol namoyon boʻladigan his-
tuygʻularni ichki kechinmalarda ifodalanishdan iborat
psixik jarayon yuzaga kelishining aniq shaklini
emotsiya deb atash maqsadga muvofiq. Masalan,

ranglarning oʻzgarishi, yuzlarning taʼbassumlanishi,
lablarning titrashi, koʻzlarning yarqirashi, kulgu,
yigʻi, gʻamginlik, ikkilanish, sarosimalik va
boshqalar

emotsiyaning

ifodasidir.

Lekin

vatanparvarlik, javobgarlik, masʼuliyat, vijdon, mehr
oqibat, sevgi- muhabbat singari yuksak xislatlarni
emotsiya tarkibiga kiritish gʻayritabiiy hodisa
hisoblanar edi. Ushbu hissiy kechinmalar oʻzining
mohiyati, kuch-quvvati, davomiyligi, taʼsirchanligi,
yoʻnalganligi bilan bir-biridan keskin farq qilishlariga
qaramay, ularni emotsiya sifatida talqin qilish oddiy
safsataga aylanib qolgan boʻlar edi. Shu boisdan
ularning oʻzaro eng muhim farqi shundaki, birisi
ijtimoiy

(hissiyot),

ikkinchisi

esa

(emotsiya)

individual, xususiy ahamiyat kasb etadi [2].

Psixologik ensiklopediya shunday taʼrif

beradi.

Hissiyotlar

(lotincha

emovere

-

hayajonlantirish) - instinktlar, ehtiyojlar, motivlar
bilan bogʻliq boʻlgan va toʻgʻridan-toʻgʻri tajriba
(qoniqish, quvonch, qoʻrquv va boshqalar) shaklida
aks ettirilgan psixik jarayonlar va holatlarning
(odamlar va hayvonlarning) maxsus sinfi. shaxsga
uning hayotini amalga oshirish uchun harakat
qiladigan hodisalar va vaziyatlar [3]. Subyekt
faoliyatining deyarli har qanday namoyon boʻlishiga
hamroh boʻlgan his-tuygʻular shoshilinch ehtiyojlarni
qondirishga qaratilgan aqliy faoliyat va xatti-
harakatlarni

ichki

tartibga

solishning

asosiy

mexanizmlaridan biri boʻlib xizmat qiladi. Psixologik
ensiklopedik

lugʻatda

his-tuygʻular

“tashqi

taʼsirlarning zaruriy qiymatini, ularning inson hayoti
uchun foydali yoki zararli ekanligini hissiy aks
ettirishga asoslangan xatti-harakatlarni impulsiv
tartibga solishning aqliy jarayoni” deb taʼriflaydi [4].
E.P.

Ilyin

emotsiyalarni

aniqlashdagi

kamchiliklarning sababi ularni faqatgina ehtiyojlar
bog’lash ekanligini ta’kidlaydi. Misol uchun, V.Kvin
(2000) emotsiyalarga quyidagicha ta’rif beradi:


background image

2

«Emotsiya – insonning o’z ehtiyojlariga, ularning
qondirilishiga

yoki

qondirilmasligiga

bo’lgan

munosabat». Asosiy o’rinlardan birini P.V.Simonov
egallaydi: ehtiyoj yo’q, emotsiya ham yo’q. E.P.Ilyin
emotsiyalarni «chegaralangan» ta’rifiga qarshi
chiqqan holda, qo’rquvni misol tariqasida keltiradi –
u manfiy emotsiya hisoblanib, qo’rquvga bo’lgan
ehtiyojda yoki o’z-o’zini himoya qilish, yashash
uchun kurash ehtiyojini qondirishga javoban paydo
bo’lmaydi, - deydi. U tezkor shartsiz reflektor genetik
programmalashtirilgan emotsional reaksiya bo’lib,
«xavfli stimulning» kutilmagan tarzda paydo
bo’lishida xulq-atvorning namoyon bo’lishiga
yo’naltiriladi. «Bu yerda qo’zg’atuvchining ongli
bahosi yo’q, unga nisbatan javob reaksiyasiga
bo’lgan ehtiyoj shakllanishga ulgurmaydi» K.Izard
birinchilar qatorida emotsiyalarning sezgir va
funksional tomonlarini aniqlaydi: «Emotsiya, hissiyot
(feeling) kabi boshdan kechiriladi, u motivatsiya
beradi, tashkillashtitradi va idrokni, tafakkurni,
harakatlarni yo’naltiradi» E.L. Ilyin, emotsiyalarning
ta’rifiga tegishli bo’lgan fikrlarga xulosa yasagan
holda o’z fikrini bildiradi: « men emotsiyani reflektor
psixonegativ reaksiya sifatida qabul qilaman, u
vaziyatlarga (his-kechinmalar ko’rinishida), uning
natijasiga ( hodisa) nisbatan munosabat bildirish va
ushbu vaziyatda o’zini qanday tutish bilan bog’liq
deb bilaman». Ushbu ta’rifda e’tibor vaziyatda
insonni qanday tutishiga qaratiladi – chunki
emotsiyalar hayvonlar evolyutsiyasi davrida ularni
boshdan kechirish uchun emas, balki xulq-atvorni
tashkillashtirishga yordam berish uchun paydo
bo’lgan. «His hayajon – reaksiya bildirishning
maqsadi emas, shunchaki ongda ehtiyoj sezilgan
vaziyatni spetsifik tarzda aks ettirish usulidir»
Emotsional

his-kechinmalarning

xulq-atvorga

nisbatan ikkilamchi ta’sirini Dj.S.Mill o’rgangan,
uning fikriga ko’ra, rohatlanish, baxt emotsiyasini his
qilish uchun ushbu his tuyg’ularni uyg’otadigan
maqsadlarga

erishishga

harakat

qilish

kerak.

Emotsiyalarni

tushunishning

qiyin

jihati

quyidagilardan iborat: mualliflar ushbu tushunchaga
ta’rif berib, bir ularni emotsiya reaksiyalarning
barcha sinfiga aloqadorligini aytishadi (emotsional
tonga, kayfiyatga, affektga), bir faqatgina bitta sinfga
mansubligini ta’kidlab, emotsional hodisalar sinfidan
ajratib

alohida

“emotsiyalar”

deb

atashadi.

Ya.Reykovskiy barcha emotsional hodislarni alohida
emotsiyalarga ajratib chiqadi : hayajonlanish, affekt
va his. A.L.Leontev (1971) – affekt va ehtiros,
emotsiya va hislarga ajratadi. Emotsiyalar haqida
yana ko’plab fikrlar bildirilib, ularning murakkabligi
haqida ta’kidlar ham kam emas – ijobiy ((
xursandchilik, zavq va boshqalar) va salbiy (g’azab,
qayg’u, qo’rquv va boshqalar), shu bilan birga ularni
oddiy emotsiyalarga – emotsional hislar toniga qarshi
qilib qo’yadi. Emotsiyalarning eng oddiy shakli –
hislarning emotsional toni deb atalmish shakli - ayrim
hayotiy muhim ta’sirlar bilan kuzatiladigan (masalan,
ta’mli, haroratli) va individni ularni saqlashga yoki
bartaraf etishga undovchi ijobiy yoki salbiy
kechinmalardir. Hulq-atvorga yordam beruvchi yoki

toʻsqinlik

qiluvchi

shart-sharoitlar

bilan

toʻqnashishda ehtiyojlarni qoniqtirish uchun shu
shartlarning aamiyatini ifodalovchi vaziyatga oid
emotsiyalar yuzaga keladi. Ular orasida omad yoki
omadsizlik (quvonch, qaygʻurish) bilan toʻqnashishda
yuzaga keladigan va foydali hulq-atvor shaklining
egallanishi va oʻzini oqlamagan hulq-atvor shaklining
bartaraf etilishiga yordam beradigan emotsiyalar
muhim boshqaruvchi rolni bajaradi [5]. 1872 yilda
Ch. Darvin «Inson va hayvonlarda hissiyotlarning
ifodalanishi» asarini chop etdi. Uning fikriga ko‘ra,
hayvon va odam hulq-atvori o‘rtasida umumiyliklar
mavjud. O‘z fikrini u hayvonlar va odamlar turli
emotsional

holatlarining

tashqi

ifodalanishini

kuzatishdan kelib chiqqan holda, asoslab berdi.
Ushbu

kuzatishlardan

olingan

ma’lumotlar evolyusion

ta’limot nomini

olgan

hissiyotlar nazariyasi asosiga qo‘yildi, bu ta’limotga
asosan, hissiyotlar tirik mavjudotlar evolyusiyasi
jarayonida hayotiy muhim bo‘lgan organizmning
yashash sharoitlari va vaziyatlariga moslashishni
ta’minlovchi moslashish mexanizmlari sifatida
yuzaga keldi. Hissiyotlarning hozirgi zamon tarixi
1884 yilda U. Djemsning «Hissiyot nima?»
maqolasining

chop

etilishidan

boshlanadi. U.

Djems

va undan mustaqil ravishda G. Lange

hissiyotlar nazariyasini ishlab chiqdilar, unga asosan,
hissiyotlarning paydo bo‘lishi hosil qilinadigan tashqi
ta’sirlar, ixtiyoriy harakat va tizimlar sohasidagi
o‘zgarishlar bilan bog‘liq. Bu o‘zgarishlar bilan
bog‘liq

bo‘lgan

hissiyotlar,

emotsional

kechinmalarning xuddi o‘zidir. Djems bo‘yicha,
«yig‘laganimiz sababli qayg‘ulimiz; qaltiraganimiz
uchun qo‘rqamiz; kulganimiz uchun xursand
bo‘lamiz». Bu hissiy xabar miyaga ta’sir ko‘rsatib,
ma’lum

hulq-atvorni

o‘t

oldiradi,

teskari

somatosensor va visserosensor afferentatsiya esa
hissiyotni yuzaga keltirishini bildiradi.nLekin Djems-
Lange konsepsiyasi bir qator e’tirozlarga sabab
bo‘ldi. Organik va emotsional jarayonlarning
nisbatiga U.Kennon qarama-qarshi fikr bildirdi.
Uning aniqlashiga ko‘ra, insonda sun’iy tarzda hosil
qilinadigan organik o‘zgarishlar har doim ham
hissiyotli

kechinmalar

birgalikda

kuzatilmaydi.

Keyinchalik, P.Bardning ko‘rsatishicha, haqiqatda,
tana o‘zgarishlari va ular bilan bog‘liq bo‘lgan
hissiyotli kechinmalar deyarli bir vaqtda paydo
bo‘ladi, bosh miya tuzilishidagi barcha qismlardan
esa hissiyotlar bilan talamusning o‘zi emas, balki,
gipotalamus va limbik tizimning markaziy qismlari
bog‘lanadi.

Lindsey-Xebbning faollashtirish

nazariyas

i

Djems-Lange

va

Kennon-Bardlarning

psixoorganik nazariyalaridan so‘ng paydo bo‘ldi. Bu
nazariyaga ko‘ra, emotsional holatlar bosh miya quyi
qismi nayining retikulyar formatsiyaga ta’siri bilan
belgilanadi, chunki bu tuzilma organizmning faolligi
darajasiga javob beradi. Hissiyotli ifodalanishlar esa
asab tizimining biror bir seskantiruvchiga javoban
faollik darajasining o‘zgarishidir. Nazariyalarning
alohida guruhini hissiyotlar tabiatini kognitiv omillar,
ya’ni, tafakkur va ong orqali ochib beradigan
dunyoqarashlar tashkil etadi. Ularning orasida,


background image

3

birinchi

navbatda,

L. Festingerning

kognitiv

dissonans nazariyasini ta’kidlab o‘tish lozim. Uning
asosiy tushunchasi

dissonans

dir. Bu sub’ektning

ob’ekt haqida psixologik qarama-qarshi ma’lumotga
ega bo‘lgan vaziyatda yuzaga keladigan salbiy
emotsional

holat

hisoblanadi.

Bu

nazariyaga

muvofiq, ijobiy emotsional kechinmalar odamda o‘zi
kutgan natijalar tasdiqlanganida paydo bo‘ladi.
Bunday ijobiy emotsional holat

konsonans

sifatida

xarakterlanadi, Salbiy hissiyotlar faoliyatdan kutilgan
natijalar va voqeiy natijalar o‘rtasida farqlar yoki
dissonans bo‘lganida yuzaga keladi. S.Shexterning
kognitiv-fiziologik konsepsiyasiga asosan, paydo
bo‘ladigan emotsional holat qabul qilinadigan
rag‘batlar va yuzaga keladigan jismoniy o‘zgarishlar
bilan birga insonning o‘tmish tajribasi va uning
vaziyatni sub’ektiv baholashi ham o‘z ta’sirini
ko‘rsatadi. Bunda baholash uning dolzarb qiziqishlari
va ehtiyojlari asosida shakllanadi. Kognitivistik
nazariyalar

qatoriga

P.V.

Simonovning

hissiyotlar axborot

beruvchi

konsepsiyasi ham

kiritilishi mumkin. Bu nazariyaga asosan, emotsional
holat individ dolzarb ehtiyoji sifati va jadalligi,
hamda, uni qondirish ehtimolligini baholashi bilan
belgilanadi. Bu ehtimollikni baholashni inson tug‘ma
va avval orttirilgan individual tajriba asosida,
ixtiyorsiz

ravishda

ehtiyojni

qondirish

uchun

taxminiy zarur vositalar, vaqt, zahiralar haqidagi
ma’lumotni ayni vaqtda olgan ma’lumot bilan
taqqoslagan

holda

amalga

oshiradi.

P.V.

Simonovning yondoshuvi quyidagi formulada aks
etgan: H = E (M – A), bunda H – hissiyot, uning
kuchi va sifati; E – dolzarb ehtiyoj kattaligi va o‘ziga
xos xususiyati; M – dolzarb ehtiyojni qondirish
uchun zarur ma’lumot; A – ayni paytda insonda
mavjud bo‘lgan tegishli axborot. Ushbu formuladan
kelib chiqadigan oqibatlar quyidagicha: agar insonda
ehtiyojlar mavjud bo‘lmasa (E = 0), u holda
hissiyotlarni ham sezmaydi (H = 0); ehtiyoj
sezayotgan inson uni amalga oshirish uchun to‘la
imkoniyatga ega bo‘lgan holatda ham, hissiyotlar
yuzaga

kelmaydi.

Agar

ehtiyojni

qondirish

ehtimolligining sub’ektiv baholanishi yuqori bo‘lsa,
ijobiy hislar namoyon bo‘ladi. Salbiy hislar esa
sub’ekt ehtiyojini qondirish imkoniyatini salbiy
baholaganda yuzaga keladi. Miya po‘stlog‘i
emotsional holatlarni boshqarishda o‘ta muhim o‘rin
tutadi.

I.P.

Pavlov

tomonidan

aynan,

miya

po‘stlog‘ining hissiyotlar kechishi va ifodalanishi,
boshqarishi, tanada yuz beradigan barcha hodisalarni
o‘z nazorati ostida ushlab turishi, po‘stloq osti
markazlariga tormozlovchi ta’sir ko‘rsatishi, ularni
boshqarishi ko‘rsatib o‘tilgan. YUqorida bayon
etilganlarning tasdig‘i sifatida sub’ektiv kechinmalar
va ularning tashqi ifodasi o‘rtasida keskin farqlar
kuzatiladigan klinik holatlarni keltirish mumkin.
Miya katta yarim sharlari po‘stlog‘i shikastlangan
bemorlarda

istalgan

seskantiruvchi

muvofiq

kelmaydigan tashqi ta’sirlanish: qattiq kulgi yoki
shashqator ko‘z yoshlarga sabab bo‘lishi mumkin.
Lekin, kulib turib, bu bemorlar o‘zlarini qayg‘uli,
yig‘lab turib esa, ba’zan xursandchilik sezadilar.

Inson hissiyotli kechinmalarida

ikkinchi signal

tizimi

katta ahamiyatga ega, chunki kechinmalar

tashqi muhitning bevosita ta’sirlari bilan birgalikda
so‘zlar, fikrlar orqali ham yuzaga kelishi mumkin.
Xuddi shunday, o‘qib chiqilgan hikoya, tomosha
qilingan film mos bo‘lgan emotsional holatni yuzaga
keltirishi mumkin. Hozirda ikkinchi signal tizimi
intellektual,

ahloqiy,

estetik

yuksak

insoniy

hissiyotlarning fiziologik asosi bo‘lib sanaladi.
Shaxsiy emotsiyalarga taʼsir koʻrsatish, emotsional
muvozanatning buzulganligining yaqqol belgilari
paydo boʻlguncha oldini olish xususiyatiga ega va
hokazo, biroq shunday voqeani real imkoniyatini
oldindan koʻrib, (xatarli vaziyat, yuqori javobgarlik
va hokazo) odam oʻz-oʻziga taʼsir etishning maxsus
usullari (oʻzini-oʻzi ishontirish, oʻziga-oʻzi buyruq
berish va hokazo) yordamida uni kelishini oldini
olishga harakat qiladi. F.Polon odamlarning alohida
toifasini ajratadi, ular ehtiyotkorlik, mulohazalik,
ishonmaslikni namoyon etadilar, chunki ular oʻzlarini
doimo nazorat qilishlari kerak. U harakatga
tushmasdan oldin har qanday intilish tutib qolinadi,
nazorat qilinadi. Unga yordam berish yoki halaqit
berish mumkin boʻlganligi uchun boshqa barcha
intilishlar

oʻrganiladi.

Shunday

qilib

biz

taʼkidlamoqchimizki, oʻzini-oʻzi tuta bilish shaxs
xususiyati

sifatida

tadbiq

etilishi

gomestatik

tamoyilga koʻra amalga oshiriladi. Masalan
P.Levining taʼkidlashicha “biz oʻz xissiyotlarimiz
hayajonlarimizni ehtiroslarimiz qanchalik qonuniy
boʻlmasin ularni doimo va diqqat bilan kuzatishimiz
kerak va ular juda ham jadallashganda ushlab
qolishga harakat qilishimiz zarur. Shunday daqiqalar
keladiki biz juda chuqurlashib va oʻzimizni boshqara
olmasligimizni xis qilamiz. Umumiy qoida sifatida
qabul qilish kerakki bunga qanchalik erta aralashsak,
shunchalik yaxshi [6].

Deyarli barcha psixik hodisalarda emotsional

holatlarni nazorat qilish jarayonini koʻrishimiz
mumkin. Bu boradaa N.D.Levitov quyidagilarni
taʼkidlaydi: “inson psixikasi va uning oʻligi bilan
kurashda portlash yuz beradi”. Emotsional holatlarni
nazorat qila olmaslikda asab zonalari bardosh bera
olmaydi bu kabi holatlar albatta oʻz-oʻzini nazorat
qila olmaslikni yuzaga keltiradi. Baʼzi insonlarda bu
holatlar bir muncha boshqacharoq koʻrinish kasb
etadi, yaʼni ularning psixik holatlari chidamli boʻladi
har qanday asabiy jarayon ularni chetlab oʻtadi.
A.Ya.Simanov bu jarayonni shunday baholaydi: har
bir narsani boricha qabul qilish voqea hodisalarni
oldindan ahamiyatini ajrata olish, harakatning aniq
materialistik obʼektlarga baho bera oluvchi falsafiy
kategoriya hisoblanadi [7].

Oʻzaro munosabatlarda emotsional holatlarni

nazorat qilish guruh ichida emotsional psixik
jarayonlarda emotsional holatlarni nazorat qilish kabi
bir qator turlarga ajratiladi. Insoning individual
alohidaligini biz emotsional holatlarni nazorat
qilishni hissiy psixik tasvirida koʻrishimiz mumkin.
V.G.Afanasev quyidagi fikrlarni ilgari suradi:
“dunyoda insongina emotsional holatlarni nazorat
qilish imkoniyatiga ega agar u fikrlasa, oʻylasa,


background image

4

ziyrak boʻlsa, oʻziga boshqalar nigohi bilan qaray
olsa oʻzini xatolari va kamchiliklarini koʻra olsa agar
aksincha boʻlsachi, yaʼni unda emotsiya hissiyot
ustunlik qilsa affektlar oʻzini haddan tashqari sevsa u
holda inson oʻzini nazorat qila olmaydi [8].
Koʻpincha hissiyotga beriluvchan shaxslar yengil
tabiat,

janjalkash,

impulsiv,

tartibsiz

harakat

qiluvchilar va boshqalar. Yengil tabiatli kishi
oʻylamasdan qilingan ishi yoki aytilgan nooʻrin soʻz
uchun koʻpincha tanbeh yeydi”. G.A.Bogdalovaning
tadqiqotlarining maqsadi emotsional barqarorligini
tuzilishi va mazmunini aniqlash shu asosda uni
oʻsmirlik yoshida shakllantirish sharoitlari va
yoʻlarini aniqlashdan iborat boʻldi. G.A.Bogdalova
erta oʻsmirlik yoshida emotsional barqarorligini
shakllantirish jarayoni koʻp bosqichli xususiyatga
egaligini isbotlab berdi. Jumladan, hayajonlarini
ongida mos ravishda aks ettirish ularni mavjud
tasavvurlari bilan moslashtirish va ularni keyinchalik
individual xulq darajasida qabul qilish va boshqalar.
Ushbu tadqiqotlardan olingan natijalar oʻsmirning
ijtimoiy yetilish ulgʻayish jarayoni bir tomondan koʻp
bosqichli xususiyatga ega ekanligini ikkinchi
tomondan

hayajonlari,

xulqini

anglash

va

takomillashtirish orqali amalga oshirilishini koʻrsatib
beradi [9].
N.Gʻ.Komilova tadqiqotlarida hayotiy vazifalardagi
mavjud qiyinchiliklarga oʻsmirlarning mos ravishda
taʼsir koʻrsatish qobiliyati frustatsion tolerantligi
yoʻqligi

bilan

ifodalangan

oʻzini

baholash

destruktivligi

xulqi

ijtimoiy-deviant

shakllarini

determinatsiya qilishi koʻrsatildi. Emotsional oʻzini-
oʻzi nazorat qilish zaiflashgan odam odatda
qoʻzgʻaluvchan impulsiv serjahl muvozanatsiz deb
tavsiflanadi. Emotsional sohasi tez qoʻzgʻaluvchan
odam impulsiv xatti-harakatlar qilishga oʻylab
koʻrilmagan qarorlar qabul qilishga va yyyetarlicha
asoslangan mushoxada qilishga moyil boʻladilar.
Oʻzini tuta bilish xarakterning muhim chizgisi
hisoblanadi, u odamga oʻzini-oʻzi oʻz xulq-atvorini
boshqarishga eng qiyin sharoitlarda faoliyatni
bajarish qobiliyatini saqlab qolishga yordam beradi.

Shaxs tirik mavjudot boʻlishi bilan birga jamiyat
aʼzosi hamdir, shuningdek, yakka inson sifatida
tevarak-atrofdagi narsa va hodisalarga munosabatini
xolisona aks ettiradi. Inson munosabatlari uning
miyasida his-tuygʻular, emotsional holatlar, yuksak
ichki kechinmalar tarzida aks etishi hissiyotni yuzaga
keltiradi. Hissiyot tushunchasi kundalik turmushda va
ilmiy manbalarda har xil maʼnolarda qoʻllanadi.
Kundalik turmushda hissiyot tushunchasi oʻrniga
sezgilar,

anglan-magan

mayllar,

xohishlar,

tilaklar, talablar

,

maqsadlar

atamalaridan

foydalaniladi. Ilmiy manbalarda esa, shaxsning
ehtiyojini qondiruvchi va unga monelik qiluvchi
narsalarga,

kishilarga

nisbatan

oʻz

munosabatini

miyasida

aks

ettirish

maʼnosida

qoʻllanadi. Hissiyot bilan emotsiya bir xil maʼnoda
ishlatilish holatlari ham uchrab turadi. Kishi tana
aʼzolarida

ranglarning

oʻzgarishi,

lablarning

titrashi,

kulgi

, yigʻi, gʻamginlik, ikkilanish va boshqa

emotsiya

ifodasi

hisoblanib,

vatanparvarlik,

javobgarlik, masʼuliyat.

vijdon, sevgi

kabi yuksak

xislatlarni emotsiya tarkibiga kiritish gʻayritabiiy
hodi-sa hisoblanar edi. Ushbu hissiy kechinmalar
oʻzining mohiyati, kuch-quvvati, davomiyligi,
taʼsirchanligi, yoʻnalganligi bilan bir-biridan keskin
farq qiladi. Shu bois ularning muhim farqi shundaki,
birinchisi (hissiyot) ijtimoiy, ikkinchisi (

emotsiya

)

xususiy ahamiyat kasb etadi. Shaxsning faoliyati,
xulq-atvori, muo-malasi hamda jamiyat uchun
ahamiyatli hisoblangan narsa va hodisalarni aks
ettiruvchi munosabati hissiyotda mujassamlashadi.
Emotsiya faqat insonlarga emas, mavjudotlarga ham
taalluqli ruhiy holatdir. Hissiyot ijtimoiy muhitdagi
kishilar

tomonidan

oʻzlashtirilgan

gʻoyalar,

meʼyorlar, qonunqoidalar, nizomlar, qadriyatlarni aks
ettiruvchi

anglanilgan

his-tuygʻular,

murakkab

kechinmalarning

vujudga

kelishi

jarayonidir.

Hissiyotda yuk-sak histuygʻular ongli harakatlarni
bajarishning mazmuni bilan uygʻunlashgan shaxs
holatining murakkab tarkibida kechadi. Masalan,
mehnatdan lazzatlanish hislari, axloqiy, aqliy, nafosat
tuygʻulari hissiyotning oʻzagi boʻlib hisoblanadi.
Jonivorlar esa bunday imkoniyatlarga ega emas.
Hissiyotning fiziologik asosi

bosh miya

katta yarim

sharlari poʻstida va poʻstloq osti qismida yuzaga
keladigan

nerv

jarayonlaridir.Hissiyot tuyğular ham

hisoblanadi.

TADQIQOT NATIJALARI

Emotsional

oʻzini-oʻzi

nazorat

qilish

zaiflashgan odam odatda qoʻzgʻaluvchan impulsiv
serjahl muvozanatsiz deb tavsiflanadi. Emotsional
sohasi tez qoʻzgʻaluvchan odam impulsiv xatti-
harakatlar qilishga oʻylab koʻrilmagan qarorlar qabul
qilishga va yetarlicha asoslangan mushohada qilishga
moyil boʻladilar. Oʻzini tuta bilish xarakterning
muhim chizgisi hisoblanadi, u odamga oʻzini-oʻzi oʻz
xulq-atvorini boshqarishga eng qiyin sharoitlarda
faoliyatni bajarish qobiliyatini saqlab qolishga
yordam beradi [10].

1-jadval

G.S.Nikiforov,

V.K.Vasilev,

S.V.Firsovlarning “Emotsional soha, faoliyat va xulq
atvorda oʻz-oʻzini nazorat qilish ifodalanganligi”
soʻrovnomasi

ning normal taqsimlanish qonuniga

mosligini tekshirish (n=130)

Shkalalar nomi

Z qiymat

Ishonchlilik
koʻrsatkichi

Emotsional
sohadagi

oʻzini

nazorat qilish

1,091

0,090

Faoliyatdagi oʻzini
nazorat qilish

1,112

0,095

Ijtimoiy

oʻzini

nazorat qilish

1,534

0,052

p≥0,05

G.S.Nikiforov,

V.K.Vasilev,

S.V.Firsovlarning “Emotsional soha, faoliyat va xulq
atvorda oʻz-oʻzini nazorat qilish ifodalanganligi”


background image

5

soʻrovnomasi

ning normal taqsimlanish qonuniga

mosligini tekshirganda

emotsional sohadagi oʻzini

nazorat qilish shkalasi boʻyicha (Z=1,091; р≥0,090),
faoliyatdagi oʻzini nazorat qilish shkalasi boʻyicha
(Z=1,112; р≥0,095), ijtimoiy oʻzini nazorat qilish
shkalasi boʻyicha (Z=1,534; р≥0,052) aniqlangani
holda, natijalarni parametrik mezonlarga solib
izohlash oʻrinlidir.

G.S.Nikiforov,

V.K.Vasilev,

S.V.Firsovlarning

“Emotsional soha, faoliyat va xulq atvorda oʻz-oʻzini
nazorat qilish ifodalanganligi” soʻrovnomasi

ning jins

tafovuti boʻyicha natijalari tahlili

Shkalalar

Jins

N=13
0

М

σ

t

P


Emotsional
sohadagi
oʻzini
nazorat
qilish

Oʻgʻil
bolalar

62

29,93

12,87

3,82
1

0,023*

Qizlar

68

28,09

12,13

Faoliyatdag
i

oʻzini

nazorat
qilish

Oʻgʻil
bolalar

62

26,10

14,83

2,52
3

0,056

Qizlar

68

25,94

14,64


Ijtimoiy
oʻzini
nazorat
qilish

Oʻgʻil
bolalar

62

24,23

15,62

3,53
3

0,032*

Qizlar

68

28,25

16,87

*- p<0,05

Emotsional sohadagi oʻzini nazorat qilish

shkalasi boʻyicha qiz bolalar va odgʻil bolalarning
natijalari oʻrtasida ahamiyatli tafovutlarda boʻlib,
unga koʻra oʻrtacha qiymat oʻgʻil bolalarda 29,93 ni,
standart ogʻish koʻrsatkichi 12,87 ni, qizlarda esa
oʻrtacha qiymat koʻrsatkichi 28,09 ni, standart ogʻish
esa 12,13 ni tashkil etib natijalarda ahamiyatli farqlar
(t=3,821, p≤0,05) mavjudigi aniqlandi. Emotsional
sohadagi oʻz-oʻzini nazorat qilish tufayli oʻgʻil
bolalar

qizlarga

qaraganda

koʻproq

muvaffaqiyatsizliklarga

salbiy

munosabatda

boʻlishadi, muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda
xafa boʻlishadi, buning natijasida ular boshlagan
ishni oxiriga yetkazishni xohlamaydilar, atrofdagilar
bilan munosabatda ziddiyatga moyilroq, verbal
agressiv xatti-harakatlarni bajarishga motivlari yuqori
boʻladi. Bundan tashqari, oʻgʻil bolalar qizlarga
qaraganda koʻproq muvaffaqiyatga erishish uchun
oʻz faoliyatini rejalashtirishga va ishni bajarish
jarayonida

oʻylab

topilgan

strategiyadan

foydalanishga odatlanganliklari bilan ham ajralib
turadi.

Faoliyatdagi oʻzini nazorat qilish shkalasi

boʻyicha oʻrtacha qiymat oʻgʻil bolalarda 26,10 ni,
standart ogʻish koʻrsatkichi 14,83 ni, qizlarda esa
oʻrtacha qiymat koʻrsatkichi 25,94 ni, standart ogʻish

esa 14,64 ni tashkil etib natijalarda ahamiyatli farqlar
(t=2,523, p≤0,056) kuzatilmadi. Mazkur koʻrsatkich
boʻyicha

sinaluvchilarning

natijalari

oʻrtasida

ahamiyatli farqning yuzaga kelmaganligini, ulardagi
oʻquv faoliyatining, oʻquv vazifalarining bir xilligi
ularda darsni bajarish, oʻquv faoliyatida oʻzining
xatti-harakatlarini

nazorat

qilish

darajasini

pedagoglar

tomonidan

dars

mashgʻulotlari

mobaynida shakllantirilganligi bilan ham izohlash
mumkin.

Ijtimoiy oʻzini nazorat qilish shkalasi boʻyicha

oʻrtacha qiymat oʻgʻil bolalarda 24,23 ni, standart
ogʻish koʻrsatkichi 15,62 ni, qizlarda esa oʻrtacha
qiymat koʻrsatkichi 28,25 ni, standart ogʻish esa
16,87 ni tashkil etib natijalarda ahamiyatli farqlar
(t=3,533, p≤0,05) kuzatildi. Ijtimoiy oʻzini nazorat
qilish koʻrsatkichining qizlarda oʻgʻil bolalarga
nisbatan

yuqoriroq

boʻlishi,

milliy

mental

xususiyatlarimizdan kelib chiqqan holda, “boshqalar
nima der ekan”, shuningdek, sotsial nazorat
mexanizmining kuchli ifodalanishi bilan ham
izohlanadi. Qizlarda oila davrasida ilk bolalik
davridan boshlab oilaviy qadriyatlar va jamoat joyida
odobini saqlash kabilar oʻgʻil bolalarga nisbatan
ertaroq va qattiqroq rejimda singdirilib boriladi. Shu
sababdan, oʻsmir yoshida ba’zi qizlarning xarakterida
ijtimoiy oʻzini nazorat tashqi omillarga bogʻliq
ravishda yuqori boʻlsa, ba’zi oʻsmir qizlarda esa,
ichki, shakllangan, subyektiv omillar asosida ijtimoiy
oʻzini nazorat qilish mexanizmi yuqori boʻladi.

1-rasm. Sinaluvchilarning jins tafovuti boʻyicha
oʻrtacha qiymat koʻrsatkichlari

XULOSALAR

Xulosa o‘rnida hissiyotlarning tarkibiy qismlarini
keltirib o‘tish zarur, bular: 1) sub’ektiv kechinma, 2)
organizm reaksiyasi, 3) hissiyotlar bilan yuzaga
kelgan va xayoldagi fikrlar yig‘indisi, 4) o‘ziga xos
yuz

ifodasi,

5)

umumlashtirilgan

hissiyotli

reaksiyalar: salbiy hissiyotda atrofdagi voqealarga
nisbatan munosabatingiz ham salbiy bo‘ladi, 6) ushbu
hissiyot

bilan

assotsiatsiyalangan

harakatlarga

moyillik. SHuni ta’kidlab o‘tish lozimki, hozirgi
vaqtgacha hissiyotlar tabiatiga nisbatan yagona
nuqtai nazar mavjud emas. Hissiyotlarni o‘rganishga

29,93

28,09

26,1

25,94

24,23

28,25

12,87

12,13

14,83

14,64

15,62

16,87

Oʻgʻil

bolalar

Qizlar

Oʻgʻil

bolalar

Qizlar

Oʻgʻil

bolalar

Qizlar

Emotsional

sohadagi oʻzini

nazorat qilish

Faoliyatdagi

oʻzini nazorat

qilish

Ijtimoiy oʻzini

nazorat qilish

М

σ


background image

6

qaratilgan tadqiqotlar hozirda ham o‘tkazilib
kelinmoqda. Hozirda to‘plangan tajribaviy va nazariy
material hissiyotlar tabiatining ikkilanganligidan
dalolat beradi. Bir tomondan, hissiyotlar – turli psixik
hodisalar,
shuningdek, kognitiv jarayonlar, inson
qadriyatlari tizimi tuzilmasining xususiyatlari va
boshqalar kabi sub’ektiv omillar hisoblanadi.
Ikkinchi tomondan, hissiyotlar individning fiziologik
xususiyatlari bilan belgilanadi. Hissiyotlar ma’lum
seskantiruvchi ta’siri natijasida paydo bo‘ladi, bu esa
inson moslashishi va hulq-atvorining boshqarish
mexanizmlari ifodasining xuddi o‘zginasidir. Inson
kayfiyati, affektlari, hislari va ehtiroslari yig‘indisi
uning emotsional hayotini va emotsionallik kabi
individual sifatni tashkil etadi. Emotsionallikni
insonning hayotiga tegishli bo‘lgan turli xil
sharoitlardan hissiyotli ta’sirlanishga moyillik,
kayfiyatdan ehtirosgacha – kuchi va sifati turlicha
bo‘lgan emotsiyalarni kechirish layoqati, shuningdek,
emotsiyalar kuchining tafakkur va hulq-atvorga
ta’siri sifatida ta’riflash mumkin. Shaxsning
xususiyatlariga ta’rif berish ko‘p holatlarda
ushbu odamning

nimani

yoqtirishini,

nimadan

nafratlanishini, mag‘rurlanishi, uyalishi, hasad qilishi
va qayg‘urishi sababini aniqlashni bildiradi. Individ
barqaror hislari predmeti, ularning jadalligi va
xarakteri atrofdagilarga insonning emotsional olami,
hislari va bu bilan, uning individualligini ochib
beradi. S.L. Rubinshteynning yozishicha, shaxsning
xarakteri va aqliy qobiliyati, qiziqishlari va boshqa
odamlarga munosabatlarining barcha o‘ziga xos
xususiyatlari hissiyotlar va sezgilarning kamalak
rangida namoyon bo‘ladi va aks etadi. Emotsionallik
tug‘ma

bo‘ladi, lekin affektlar,

sezgilar

hayot

jarayonida rivojlanadi, bu esa insonning shaxs
sifatida rivojlanishini bildiradi. Bunday rivojlanish
inson emotsional sohasiga yangi ob’ektlarni kiritish,
shaxs sezgilarini ongli irodaviy boshqarish va nazorat
qilish darajasining oshishi ahloqiy boshqarishga
yuksak ahloqiy qadriyatlar (vijdon, mas’uliyatlilik,
nomus va boshqalar) ning asta-sekin kiritilishi bilan
bog‘liq. Inson emotsional hayotining rivojlanishida
ma’lum bo‘lgan izchillik mavjud. Lekin bir davr
sezgisidan keyingi davr sezgisiga o‘tish shaxsning
har tomonlama rivojlanishi bilan bog‘liq. Hissiyotlar
odam energiyasini to‘plovchi faoliyatga nisbatan
kuchli rag‘bat bo‘lishi mumkin, asosiysi, ularni
tegishli tarzda yo‘naltirishdir. Har bir inson uchun
ijobiy emotsional ta’sirlanishlarni kuchaytirish va
kengaytirish bilan bir vaqtda boshqa odamlar
emotsional holatiga samarali ta’sir ko‘rsatish
malakasiga ega bo‘lish juda muhimdir. Zararli
emotsional ta’sirlanishlar ko‘p hollarda yuqori
emotsional zo‘riqish vaziyatlarida, o‘ta toliqqan
holatlarda,

frustratsiya

vaqtida,

odamlar

ta’sirchanligida, ishlar ko‘ngilgidek yurishmaganida,
hayotiy muhim rejalar barbod bo‘lganida yuzaga
kelishini bilish va yodda tutish lozim.

Olingan

tadqiqot natijalari asosida, shaxsda emotsionallikni
namoyon boʻlishiga ta’sir etuvchi psixologik omillar
tahlil qilindi. Bunda shaxsning fiziologik, psixologik
va jamiyatdagi statusi kabi faktorlar xavotirlanish,

qoʻrquv, ikkilanish, oʻz his-tuygʻularini boshqarish
kabi emotsional holatlarning tarkib topishiga zamin
yaratishi aniqlandi. Xususan, oʻz-oʻzini ijtimoiy,
emotsional, faoliyatda nazorat qilish tajribasini
shakllantirish modelini yaratishning dastlabki asosi
harakat kategoriyasi ekanligi ma’lum boʻldi. Harakat
obyektiv jarayon sifatida qaralib, uning mazmuni va
shakli berilgan. Obyektiv ravishda, harakat mos
kelishi kerak boʻlgan faoliyat namunasi va mahsulot
namunasi

mavjud.

Bundan

tashqari,

ushbu

mahsulotga erishish uchun obyektiv reja mavjud, bu
harakat muvaffaqiyatli boʻlishi uchun amal qilishi
kerak. Harakatning subyekt tomonidan bajarilishi, uni
amalga oshirish uchun bunday obyektiv sharoitlarda
yoʻnaltirilmasdan mumkin emas. Bundan kelib
chiqadiki, subyektning harakati ikki qismdan -
indikativ va ijro etuvchi qismdan iborat boʻlsa,
indikativ qism uning nazorati, psixologik mexanizmi
boʻlib, bir butun sifatida harakatning muvaffaqiyatini
belgilaydi.


Adabiyotlar roʻyxati:

[1] Аверин В.А. Психология раннего детства. -
М., 2000. - 59 с.
[2] Актуальные проблемы диагностики задержки
психического развития детей / Под ред. К.С.
Лебединской. - М., 1982. - 125 с.
[3] Анастази А. Психологическое тестирование /
Под ред. К.М. Гуревича, В.И. Лубовского. - М.:
Педагогика, 1982. - Кн. 1 - 2.
[4] Анохин П.К. Эмоции / Психология эмоций. -
М.: Московский университет, 1993. - С. 181 - 188.
[5] Вайнер М.Э. Эмоциональное развитие детей:
возрастные особенности, диагностика и критерии
оценки

/

М.Э.Вайнер

//

Коррекционно-

развивающее образование. - 2008. - №4. - С.64.
[6]

Венгер

А.Л.

Психологическое

консультирование и диагностика / А.Л.Венгер. -
М.: Генезис, 2001. - Ч.1. - 160 с. - Ч.2. - 128 с.
[7] Екжанова Е.А. Изобразительная деятельность
в воспитании и обучении дошкольников с разным
уровнем умственной недостаточности. - СПб.:
Сотис, 2002. - 256 с.
[8] Запорожец А.В. Взаимосвязь развития
когнитивных и эмоциональных процессов у детей
// Тезисы научных сообщений советских
психологов

в

XXI

Международному

психологическому конгрессу. - М., 1976. - С. 123 -
125.
[9] Крайг Г. Психология развития. - СПб.: Питер,
2000. - 992 с.
[10] Краснощёкова Н.В. Диагностика и развитие
личностной сферы детей старшего дошкольного
возраста.

Тесты.

Игры.

Упражнения

/

Н.В.Краснощёкова.- Ростов Н/Д: Изд-во Феникс,
2006. - 299 с. С.34-87.


background image

7

[11]

Давлетшин, М. Г., Дустмухамедова, Ш.,

Мавлонов, М., & Туйчиева, С. (2004). Ёш
даврлари ва педагогик психология.

Тошкент–

2004

.

[12]

Давлетшин, М. Г., & Туйчиева, С. М. (2002).

Общая

психология.

Ташкент.

Издательство

ТДПУ

.

[13]

Давлетшин, М. Г., Дўстмуҳамедова, Ш.,

Мавлонов, М., Тўйчиева, С., & Джумабаева, М.
(1994). Ёш ва педагогик психология.

[14]

Тўйчиева, С. М. (2014). Бошланғич синф

ўқувчиларига хорижий тилни ўргатишнинг
педагогик ва психологик жиҳатлари.

Современное

образование (Узбекистан)

, (3), 28-31.

[15]

Saodat, T., & Saburovna, S. M. (2023).

BOʻLAJAK TARBIYACHI-PEDAGOGLARNING
KASBIY MOBILLIGINI SHAKLLANTIRISH.

QO

‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI

,

7

, 92-95.

[16]

Туйчиева, С. (2023). ЭФФЕКТИВНОСТЬ

УЧЕБНОГО ПРОЦЕССА И ДИАГНОСТИКА
ПСИХОЛОГИЧЕСКОЙ УСТОЙЧИВОСТИ К
УЧЕБНОМУ ПРОЦЕССУ.

Евразийский журнал

академических исследований

,

3

(4 Special Issue),

274-279.

[17]

Туйчиева, С. М. (2022). ОЦЕНКА ЗНАНИЙ

В ПРОЦЕССЕ ПОДГОТОВКИ БУДУЩИХ
СПЕЦИАЛИСТОВ.

PEDAGOG

,

5

(4), 73-77.

[18]

Туйчиева, С. (2023). ЭФФЕКТИВНОСТЬ

УЧЕБНОГО ПРОЦЕССА И ДИАГНОСТИКА
ПСИХОЛОГИЧЕСКОЙ УСТОЙЧИВОСТИ К
УЧЕБНОМУ ПРОЦЕССУ.

Евразийский журнал

академических исследований

,

3

(4 Special Issue),

274-279.


References

Аверин В.А. Психология раннего детства. - М., 2000. - 59 с.

Актуальные проблемы диагностики задержки психического развития детей / Под ред. К.С. Лебединской. - М., 1982. - 125 с.

Анастази А. Психологическое тестирование / Под ред. К.М. Гуревича, В.И. Лубовского. - М.: Педагогика, 1982. - Кн. 1 - 2.

Анохин П.К. Эмоции / Психология эмоций. - М.: Московский университет, 1993. - С. 181 - 188.

Вайнер М.Э. Эмоциональное развитие детей: возрастные особенности, диагностика и критерии оценки / М.Э.Вайнер // Коррекционно-развивающее образование. - 2008. - №4. - С.64.

Венгер А.Л. Психологическое консультирование и диагностика / А.Л.Венгер. - М.: Генезис, 2001. - Ч.1. - 160 с. - Ч.2. - 128 с.

Екжанова Е.А. Изобразительная деятельность в воспитании и обучении дошкольников с разным уровнем умственной недостаточности. - СПб.: Сотис, 2002. - 256 с.

Запорожец А.В. Взаимосвязь развития когнитивных и эмоциональных процессов у детей // Тезисы научных сообщений советских психологов в XXI Международному психологическому конгрессу. - М., 1976. - С. 123 - 125.

Крайг Г. Психология развития. - СПб.: Питер, 2000. - 992 с.

Краснощёкова Н.В. Диагностика и развитие личностной сферы детей старшего дошкольного возраста. Тесты. Игры. Упражнения / Н.В.Краснощёкова.- Ростов Н/Д: Изд-во Феникс, 2006. - 299 с. С.34-87.

Давлетшин, М. Г., Дустмухамедова, Ш., Мавлонов, М., & Туйчиева, С. (2004). Ёш даврлари ва педагогик психология. Тошкент–2004.

Давлетшин, М. Г., & Туйчиева, С. М. (2002). Общая психология. Ташкент. Издательство ТДПУ.

Давлетшин, М. Г., Дўстмуҳамедова, Ш., Мавлонов, М., Тўйчиева, С., & Джумабаева, М. (1994). Ёш ва педагогик психология.

Тўйчиева, С. М. (2014). Бошланғич синф ўқувчиларига хорижий тилни ўргатишнинг педагогик ва психологик жиҳатлари. Современное образование (Узбекистан), (3), 28-31.

Saodat, T., & Saburovna, S. M. (2023). BOʻLAJAK TARBIYACHI-PEDAGOGLARNING KASBIY MOBILLIGINI SHAKLLANTIRISH. QO ‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 7, 92-95.

Туйчиева, С. (2023). ЭФФЕКТИВНОСТЬ УЧЕБНОГО ПРОЦЕССА И ДИАГНОСТИКА ПСИХОЛОГИЧЕСКОЙ УСТОЙЧИВОСТИ К УЧЕБНОМУ ПРОЦЕССУ. Евразийский журнал академических исследований, 3(4 Special Issue), 274-279.

Туйчиева, С. М. (2022). ОЦЕНКА ЗНАНИЙ В ПРОЦЕССЕ ПОДГОТОВКИ БУДУЩИХ СПЕЦИАЛИСТОВ. PEDAGOG, 5(4), 73-77.

Туйчиева, С. (2023). ЭФФЕКТИВНОСТЬ УЧЕБНОГО ПРОЦЕССА И ДИАГНОСТИКА ПСИХОЛОГИЧЕСКОЙ УСТОЙЧИВОСТИ К УЧЕБНОМУ ПРОЦЕССУ. Евразийский журнал академических исследований, 3(4 Special Issue), 274-279.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов