AMIR TEMURNING MUHORABALARDA QO‘LLAGAN HARBIY STRATEGIYA VA TAKTIKALARI

HAC
Google Scholar
To share
Rahmatullaeva, A. . (2024). AMIR TEMURNING MUHORABALARDA QO‘LLAGAN HARBIY STRATEGIYA VA TAKTIKALARI. Modern Science and Research, 3(1), 1–5. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28085
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Maqola Amir Temurning harbiy merosi, harbiy strategiya va taktikalarini ilmiy o‘rganishga bag‘ishlangan. Unda Amir Temurning Movarounnahr hukmronligiga kelmasdan oldingi muhorabalarda qo‘llagan strategiya va taktikalari, hamda mashhur harbiy yurishlarda qo‘llagan strategiya va taktikalari mazmuni, mohiyati, ularning g‘alabani ta’minlashdagi o‘rni tarixiy manbalarga tayanib yoritildi.


background image

1

AMIR TEMURNING MUHORABALARDA QO‘LLAGAN

HARBIY STRATEGIYA VA TAKTIKALARI

Azada Rahmatullaeva

Toshkent amaliy fanlar universiteti

1

Tashkent University of Applied Sciences, Gavhar Str. 1, Tashkent 100149, Uzbekistan

Tarix kafedrasi dotsenti, tarix fanlari nomzodi

Ozodarakhmatullayeva@mail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.10462559

Kalit so‘zlar: strategiya, taktika, manba, harbiy mahorat, boy jang san’ati, muhoraba, piyodalar,
yengil otliq suvoriylar, og‘ir qurolli zirhli otliqlar, Qunduzcha jangi, Hindiston jangi, Anqara jangi

.

Annotatsiya:

Maqola Amir Temurning harbiy merosi, harbiy strategiya va taktikalarini ilmiy o‘rganishga
bag‘ishlangan. Unda Amir Temurning Movarounnahr hukmronligiga kelmasdan oldingi
muhorabalarda qo‘llagan strategiya va taktikalari, hamda mashhur harbiy yurishlarda qo‘llagan
strategiya va taktikalari mazmuni, mohiyati, ularning g‘alabani ta’minlashdagi o‘rni tarixiy manbalarga
tayanib yoritildi.


1

KIRISH

Jahon

harbiy san’atida Amir Temur buyuk

sarkardalardan biri, uning muvaffaqiyatli g‘alabalari,
chuqur o‘ylangan strategiya (savquljaysh) va taktika
(usul, ta’biyatuljaysh)lari mutlaqo noyob deb e’tirof
etiladi.

Harbiy tarixchi L.A.Bobrov fikricha, Amir

Temurni “O‘rta asrlarning eng yaxshi Osiyo
qo‘mondonlaridan biri bo‘lgan.”

[8]

Amir Temur jangni strategik, operativ va taktik
bo‘g‘inlarda boshqargan. Bunda Amir Temur mahoratini
ko‘rsatuvchi asosiy strategik mahorat - maqsadga jangsiz
erishish qobiliyati yoki kam sonli qo‘shin bilan to‘g‘ri
taktika va manyovrlar tanlab, kam talafot bilan jangda
g‘alabaga erishishdir [3].

Strategiya – (yunoncha) jangovar ilm, jang

san’ati, qo‘mondonlik san’ati hisoblanib, qiyin
bo‘lgan maqsadlarga erishidagi katta rejalardir.
Strategiya - uzoq muddatni o‘z ichiga olgan umumiy
harakatlar rejasi, harbiy ishlarda yoki keyinchalik
umuman shaxs yoki tashkilotning har qanday
faoliyatida murakkab, uzoq muddatli maqsadga
erishish usuli. Strategiya - uzoq vaqtni o‘z ichiga
oladi, murakkab maqsadga erishish yo‘li, harbiy
ishlarda umumiy va batafsil bo‘lmagan reja
hisoblanadi.

Strategiyaning

maqsadi

-

asosiy

maqsadga erishish uchun mavjud resurslardan
samarali foydalanishdir. Taktika – (yunoncha) tashkil
topish, tartibga solish, qo‘shin va kuchlarni tasarruf
etish qobiliyati: taktika san’at nazariyasi va
amaliyotning bir bo‘limidir.

Har bir jangning sharoitidan kelib chiqib

strategiya

va

taktikalar

ishlab

chiqilgan.

“Tuzuklar”da ular tadbirlar deb ataladi.

Bunda

g‘animning kamchiliklari aniqlanib, unga qarshi turli
taktikalar

qo‘llanilganki,

ular

dushmanning

mag‘lubiyatiga sabab bo‘lgan. Amir Temurning
dastlabki

strategik rejasi

mo‘g‘ullar talonchiligidan

yurtni saqlab qolish bo‘lgan va piri Sayid amir Kulol
uning Tug‘luq Temurxon oldiga qochishi va uning
qo‘lidagi o‘q-yoyni tortib olishni maslahat bergan

[6]

.

Sohibqiron kam sonli qo‘shin bilan to‘g‘ri

tadbir qo‘llab, kam talafot bilan g‘alabaga
erishishga katta ahamiyat bergan.

Bu haqda

“Tuzuklar”da “Men tajribamdan ko‘rdimki,

g‘anim

lashkarini yengish qo‘shinning ko‘pligi bilan emas,
mag‘lub bo‘lish esa sipohning kamligidan bo‘lmaydi.
Balki g‘olib bo‘lmoqlik (Tangrining) madadi va
bandasining tadbiri bilandir. Yana, “... tajribamda
ko‘rilgankim, azmi qat’iy, tadbirkor, hushyor, jang
ko‘rgan, mard, shijoatli bir kishi mingta tadbirsiz,
loqayd kishidan yaxshiroqdir. Chunki tajribali bir
kishi ming kishiga ish buyuradi”, - degan fikrlari
tajribada sinalgan tadbirlardir [6.B.14].

Amir Temur askari mo‘g‘ul xoni Ilyos

Xojaga qarshi jangga tayyorgarlik ko‘rganida juda oz
(60 ta) bo‘lgan. Shu paytlarda Qur’oni majidga qilgan
murojaatiga ko‘ra, “Qanchadan – qancha kichkina
guruhlar Ollohning izni bilan katta guruhlar ustidan
g‘alaba qozongan”ligi Amir Temurni tadbirlarni
qo‘llashga undagan [6.B.40].
Qo‘shin tarixiy manbalarda “Cherik”, “G‘alabayor
lashkar”, “Nusratshi’or cherik”, “Nusratpanoh sipoh,
“Islom cheriki”, “Mansur cherik”, “Iqboli baland
askarlar”, qurollari esa “saodatnishon” yarog‘lar deb
keltiriladi [7.B.82,104,108].
Sharafuddin Ali Yazdiy qo‘shinni cherik, uning
sonini

“hisobsiz”,

bunday

yirik

qo‘shinni

Chingizxondan beri hali ajam mamlakatlari va falak
hali ko‘rmagan edi, ularning barchasini nomdor
bahodirlar deb ataydi [7. B.25,174].
Hozirgi davrda istilohda bo‘lgan “qo‘shin” bilan
o‘sha davrdagi “qoshun”ni farqi bor. “Qoshun”
(yuzlik qo‘shin, 50 kishidan 1000 kishigacha), lashkar
bo‘linmalaridan birining atalishi, ammo bir qo‘shinga
biriktirilgan askarlar soni muayyan bo‘lgan emas.


background image

2

Turli manbalarda bir qo‘shin 50-100 kishidan 600-
1000 kishigacha yetgani qayd etilgan. Muiniyda
qoshun so‘zi u paytda bir necha yuz kishidan iborat
yoki kichikroq harbiy bo‘linmani anglatgan, shu
jihatdan qo‘shun va qo‘shin, ya’ni lashkar so‘zi
farqlanadi. Qo‘shin doimo to‘ldirib borilgan. Bu
haqda “Askarni eng quyi martabadan oliy
martabagacha tarbiyalar ko‘tarish tuzuki”da “Yana
amr qildimki, g‘anim tomonidan qo‘limizga har
qanday sipohiy asir bo‘lib tushsa, uni o‘ldirmasinlar.
Unga ixtiyor berilsin; yo‘q desa, uni ozod etsinlar”, -
deyilgan.

Amir Temur harbiy boshqaruv tizimida islohotlar
o‘tkazib, tajribalar asosida takomillashtirgan.

Qo‘shin tarkibi quyidagi birikmalardan tashkil

topgan va harbiy mansablar joriy etilgan:
-

o‘nlik - “ayl”- uni o‘nboshi ya’ni “aylboshi”;

-

yuzlik - “xo‘shun”, “qoshun” – uni yuzboshi –

“qoshunboshi”;
-

minglik - “hazora”- mingboshi – “mirihazora”;

-

o‘n minglik – “tuman” tumanbegi – “tuman og‘asi”

kabi bahodir lashkarboshilar sardorlik qilganlar.

O‘nboshi, yuzboshi va mingboshilar xalqchil
saylov asosida (demokratik) saylangan va tumanbegi,
amirul-umaro (qo‘shinlar boshlig‘i, amiri, qo‘shin
qo‘mondoni) esa Sohibqiron tomonidan tayinlangan.

“Sipoh saqlab turish tuzugi”ga ko‘ra: “Amr qildimki,
qachonki asl sipohiylardan ish ko‘rgan, jangu jadal bilan
suyagi qotgan o‘n kishi yig‘ilsa, bularning qaysi birining
shijoati, botirligi ortiqroq bo‘lsa, qolgan to‘qqiztasi o‘z
roziligi va ma’qullashi bilan uni o‘zlariga sardor qilib
otini o‘nboshi deb atasinlar. O‘n nafar o‘nboshi jam
bo‘lsa, o‘z ichlaridan eng oqilona ish ko‘rgan, jang
maydonlarida toblanib, tajriba orttirgan, bahodirlikda
nomi chiqqan birovni amir qilib, uni yuzboshi deb
nomlasinlar. O‘nta yuzboshilar yig‘ilib, amirzodalardan
aqllisi va shijoatli, bahodirini saylab uni mingboshi
desinlar va “amiri hazora” deya murojaat qilsinlar.”
“Tumanbegi” va “Amir ul-umaro” Sohibqiron
tomonidan tayinlangan.

“Amirlik va hukmdorlik martabalari tuzuki”ga

ko‘ra, “Eng yaqin navkarlarimdan uch yuz o‘n uch
kishiga amirlik mansabi berishni buyurdim”[6]. Qo‘shin
bo‘linmalariga Sharq xalqlari an’analariga ko‘ra

uch

yuz o‘n uch bek

boshchilik qilganlar: 100 tasi - o‘nbegi,

100 tasi – yuzbegi, 100 tasi – mingbegi va 13 tasi
tumanbegilar. Nega, aynan uch yuz o‘n uch nafar
ekanligini shunday asoslashimiz mumkin: Qur’oni
Karimning Qamar Surasi (Makkada nozil bo‘lgan 55
oyatdan iborat)da Badr urushida son va qurol jihatidan
katta ustunlikka ega bo‘lgan kofirlar musulmonlardan
sharmandalarcha yengildilar. Ularning to‘qqiz yuz ellik
jangchisi, yetti yuz tuya, yuzta oti, yetarlicha qurol va
boshqa zarur ashyolari bor edi. Musulmonlar esa uch
yuz o‘n uch kishidan iborat edilar xolos. Allohning
madadi bilan musulmonlar g‘olib chiqdilar.
Maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan

“Xos soqchilar”

ya’ni “

Xos ul-xos navkarlari”

dan 313 kishiga amirlik

mansabi berilgan. Ular Oliy hukmdorga yaqin eng
ishonchli kishilar bo‘lib, saralangan zodagonlar maxsus
bo‘linmasi

-

shaxsiy

gvardiya

hisoblangan.

“Tuzuklar”da: “ular asli toza, pok naslli, aql-farosatli,

bahodir, dovyurak, tadbirkor, sergak, ehtiyotkor,
istiqbolni va moziyni o‘ylab ish tutadigan kishilar edi. ...
Mening bu uch yuz o‘n uch amirlarimning barisi aql-
xush egalari, bazmu razm sherlari, mahoratli sarkarda,
lashkar to‘pini buzib, uni mag‘lub etuvchi kishilar edi”,
deyilgan [6. B.111.].

Amir Temur askarlarning kelib chiqish

toifasidan qat’iy nazar, ularning iqtidori va qobiliyatiga
katta e’tibor bergan, ularni tarbiyalab yetishtiradigan
tizimni shakllantirgan. Bu haqda uning adolatli va
xalqchil ravishda (demokratik) amalga oshirilgani
“Askarni eng quyi martabadan oliy martabagacha
tarbiyalab ko‘tarish tuzuki”da askarning iqtidoriga, uni
tarbiyalashga ahamiyat berganligida yaqqol kuzatiladi.

Mahoratli

nomdor

amirlar,

harbiy

boshliqlarning to‘g‘ri tanlanishi, nafaqat muhorabalar
natijasiga samarali ta’sir ko‘rsatgan, balki saltanat
xavfsizligini ham ta’minlagan.
Amir Temur qo‘shinboshilarni tayinlash haqida
“Uluslar, qo‘shinlar va tumanlarning amirlarini
tayinlash tuzuki”da “Qaramog‘imdagi qirq aymoqdan
o‘n ikkitasiga – barlos, tarxon, arg‘in, jaloyir, tulkichi,
do‘lday, mo‘g‘ul, sulduz, to‘qay, qipchoq, arlot, totorga
tamg‘a berilsinkim, bular mening xos navkarlarim
bo‘lib hisoblansinlar” [6.B.126].

Qo‘shinni jangga tashlashda razvedka

aniqlagan ma’lumotga ko‘ra, dushman qo‘shini soniga
qarab safarbar etilgani “Tuzuklar”da shunday
izohlangan: “Amr etdimki, agar g‘anim (lashkari) soni
o‘n ikki ming otliqdan kam bo‘lsa, bu urushda amir ul-
umaro (lashkarimga) sardorlik qilsin. Aymoq va
tumanlardan o‘n ikki ming otliq unga hamroh bo‘lsin.
Mingboshilar, yuzboshilar va o‘nboshilarni ham
o‘ziga hamroh qilsin”. Yana, “Amr etdimki, agar
g‘anim lashkari o‘n ikki ming otliqdan ortiq bo‘lsayu,
lekin qirq mingga yetmasa, (lashkarimga) baxtiyor
o‘g‘illarimdan biri sardor bo‘lsin. Ikki beglarbegi
qo‘shunot, tumanot va ulusot amirlari hamda qirq
ming otliqdan kam bo‘lmagan sipoh bilan xizmatida
hozir tursinlar” [6. B.151-155].

2 AMIR TEMURNING

MOVAROUNNAHR

HUKMRONLIGIGA KELMASDAN

OLDINGI STRATEGIYA VA

TAKTIKASI

Amir Temurning kuchlar nisbati noteng

janglardagi

g‘alabalari

uning

Movarounnahr

hukmronligiga kelmasdan oldinoq, mo‘g‘ullarga
qarshi qator kurashlarda namoyon bo‘lgan. Jumladan:
Sohibqiron ikki yuz qirq uch otliq bilan ikki ming
kishilik amir Muso va Malik boshchiligidagi
mo‘g‘ullar qo‘shinini Qarshi qal’asidan quvib
chiqargan. Bu haqda “Tuzuklar”dagi ma’lumotga
ko‘ra, “... men kengashib va tadbir yuritgan holda ikki
yuz qirq ming kishi bilan Qarshi qal’asi ustiga yurdim.
Amir Muso qal’a va uning atrofini qo‘riqlamoqda
edilar. ... Pirovardida shu ikki yuz qirq uch yigitim
bilan o‘n ikki ming otliq g‘anim lashkarini


background image

3

mag‘lubiyatga uchratdim va ularni bir necha farsang
(taxminan 6 km.) yergacha quvib bordim.” [6.B.13]

Ilyos Xoja Amir Temurni tutib o‘ldirish

uchun Hevaq hukmdori Tukal bahodirga mingta
mo‘g‘ulni jo‘natgan edi. Amir Temur oltmish otliq
bilan kurashib g‘alaba qozongan. Ushbu muhorabada
dushman 50 kishisi va Amir Temur 10 kishisidan
ayrilgan. Amir Temurning o‘zi e’tirof etishicha,
shundan

keyin

mo‘g‘ullar

Sohibqirondan

cho‘chiydigan bo‘ldilar. “Tuzuklar”ga ko‘ra, Amir
Temur Jeta lashkari elchisi kelganda uni chalg‘itish,
ko‘ngliga haybat solish uchun lashkarni uning yonidan
ketma-ket ikki marta qayta o‘tkazgan.

Amir Temur jangsiz maqsadga erishishda

ruhiy (psixologik) hujum va harbiy hiylalardan keng
foydalangan:

- “Tuzuklar”da “Men tajribamdan bildimki,

yuz ming otliq askar qilolmagan ishni bir to‘g‘ri tadbir
bilan amalga oshirish mumkin ekan”, - deyilgan
[6.B.20]. Jumladan, mo‘g‘ullar Toshko‘prikdan to
Jaloniygacha bo‘lgan yerlarni egallab turgan paytda
amirlar Temurbek va Husaynbeklar atiga olti ming
kishi bilan yigirma ming mo‘g‘ulga qarshi kuchlar
nisbati teng bo‘lmasa-da qattiq jangga kirishganlar.
Kech kirganda ikki tomon lashkari toqati - toq bo‘lib
jang maydonini tark etib, tongda jangni davom
ettirishni rejalashtirib tarqalishadi. Sohibqiron o‘tkir
zehn bilan tumonot lashkarni mag‘lub etish haqida
tadbirni qo‘llaydi. Unga ko‘ra, shom namozi vaqtida
Sohibqiron 500 ta tajribali jangovar otliqlar Eson
maydonidan to Kesh tevaragigacha yarim kechada
tog‘ ustida har-har joyda o‘t yoqdilar. Dushman
qorovullari buni katta kuch deb yetkazdilar. Natijada
xavf va qo‘rqinch bilan dushman qochdi. Sohibqiron
qochganlar ketidan quvib, o‘ldirilganlardan tepalar
paydo bo‘ldi [4. 6.].

Sharafidin Ali Yazdiy bu haqda batafsilroq

ma’lumot berib, Temurbek va Husaynbeklar

olti

ming

kishi

bilan Xuttalon yaqinidagi cho‘lga kirib, Dashti

Ko‘lanka mavzesiga kelganda mo‘g‘ul lashkari
Tug‘luq Sulduz va Kayxisrav Jeta cherikining beklari,
Yumkon o‘g‘li Temur, Sariq va Shingum, Tug‘luq
Xoja, Bekkichik o‘g‘li Temur boshchiligida

yigirma

ming kishi

bilan

Toshko‘prik

degan joyga kelib

joylashadilar. Ikki o‘rtada kechgacha urushib, tongda
yana davom ettirish rejalashtiriladi. Amir Temur
o‘ylagan tadbiriga ko‘ra unga tegishli amirlar
Musabek, Mu’ayyid Arlot va Uch Qaro Bahodur 500
kishi

bilan

Toshko‘prikdagi

tog‘

tepasiga

joylashtiriladi. Amir Temur har bir kishiga o‘ntadan
gulxan yoqishlari haqida farmon berdi. Shunda
muxolif cheriki bu o‘tlarni ko‘rib, ko‘ngillariga
vahima tushib, urush qilmay qo‘rqib qochib ketdilar
[4.B.33].

Amir

Temur

Xuroson

mamlakatini

bo‘yunsundirgach, atrofdagi Seyiston va Qandahorga
“Agar

menga

qo‘shilsanglar

qutulasizlar,

kurashsanglar yiqilasizlar. U holda taqdiringizda nima
bo‘lsa, o‘shani ko‘rasizlar”, - mazmunda yo‘llagan
yorliqlarga ko‘ra ular jangsiz itoat qilganlar [6.B.55].

Qo‘qqisdan

hujum

qilish

taktikasi

“O‘rusxonni bartaraf qilish va Dashti Qipchoqni bosib

olishda qilgan Kengashim” deb nomlangan qismga
ko‘ra, To‘xtamishxon Amir Temur huzuriga panoh
istab kelganda, O‘rusxon elchisi ham keladi.
Elchilarning ko‘ngli to‘q, xotirjam ketgach, ularning
ketidan qo‘qqisdan bostirib boriladi. Natijada 1376
yili Dashti Qipchoq mamlakati egallanib, taxtga
To‘xtamish xon etib o‘tkazilgan.

Anqara jangidan oldin 1402 yil bahor oyida

Sivos sahrosida o‘tkazilgan harbiy

ko‘rikka Amir

Temur

“Rum

elchilarini

otlantirub,

cherik

ayog‘ig‘acha eltsunlar!”, hukmiga ko‘ra elchilarni olib
yurilganda qo‘shinning shavkatini ko‘rib ko‘ngillarini
vahima bosib, titray boshlaganlar [4.B.257].

3 MASHHUR HARBIY

MUHORABALARDAGI

STRATEGIYA VA TAKTIKALAR

Mashhur harbiy muhorabalardagi Oltin

O‘rda bilan, Hindiston, Anqara janglaridagi strategiya
va taktikalar noyob bo‘lib,

ularda Amir Temurning

harbiy iste’dodi, sarkardalik mahorati namoyon
bo‘lgan.

To‘xtamishning son-sanoqsiz lashkari kela

boshlaganda, jang oldidan lashkarining bahodir va
botirlariga sahroga chodirlar tikib, paloslar solinib,
tansiq ovqatlar tortilgan. Bu dovyuraklik, dushmanni
mensimaslik g‘animlar dilida havf va qo‘rqinchni
orttirib, dushmanni hayratda qoldirib, dong qotirib
qo‘ygan.

Bu

haqda

H.Dadaboev

fikricha:

“Nusratpanoh qo‘shinning bu darajadagi viqor va
saboti To‘xtamishxon lashkarini nafaqat taajjubga
balki g‘ulg‘ulaga soladi” [1.B.48-49]. Jang oldidan esa
Amir Temurning piri Sayyid Baraka bir hovuch mayda
tosh terib, “Yaag‘i (dushman) qochti!”, deb dushman
tarafiga uloqtiradi. So‘ngra Sohibqiron nog‘ora-yu
karnay ovozlari dashtu sahroni to‘ldirsin, deb buyruq
berdi [4.B.166].

Yoki,

jang

qiziganda,

Amir

Temur

To‘xtamishxonning bayroqdori bilan kelishib,
bayroqni yerga yuz tuban tushiradi, bu yengilish yoki
chekinish ma’nosini berardi. Natijada sarosimaga
tushgan To‘xtamishxon ulusni g‘oratga tashlab, o‘zi
orqa o‘girib qochadi, uning ketidan lashkari ham
qochadi [6.B.58-59].

Hindiston yurishi taktikasiga

ko‘ra, lashkar kam sonli qilib ko‘rsatilgan.

Maqsad,

dushman

qal’asini

qamal

qilmay,

ortiqcha

harakatlarsiz jang maydoniga olib chiqib tuzoqqa
ilintirish bo‘lgan. Strategiyaga ko‘ra, Amir Temur
faqatgina ikki minglik favjni jangga kiritadi.
Bularning ozligini ko‘rgach, Sulton Mahmud va
Malluxon, dadillanib, gerdayib, viqor bilan qal’adan 5
ming otliq va 120 ta jangovar fil bilan maydonga
chiqadilar.

Amir Temur o‘zini qo‘rqqanga olib, orqaga

chekinishni buyuradi, bu manyovrdan maqsad fillar
uchun oldindan tayyorlangan pistirma ya’ni, yerga
sochilgan, uchburchak taxtalarga qoqilgan “temir
qoziq - mix”lar tomon boshlash edi. Bunga
qo‘shimcha, fillarni daf qilish uchun ustiga shox-
shabba bog‘lamlari yoqib yuborilgan tuyalar harakati


background image

4

ham boshlangan. Alanga va notanish maxluq
tuyalarning bo‘kirishini ko‘rgan fillarning bir qismi
qo‘rquvdan orqaga tisarilib, o‘z qo‘shinini toptay
boshlasa, qolgan qismi yerga qoqilgan uch tishli
dandona

qoziqlardan

mayib-majruh

bo‘lganlar.

Natijada qolgan katta qism ya’ni pistirmaga qo‘yilgan
favjlar pistirmadan chiqib, ularni o‘rab oladilar
[6.B.55-56]

va

qochayotgan

hind

askarlarini

pistirmada poylab turgan otliq lashkari jangga kirib,
kamondan o‘qlar yog‘dirganlar. Sulton Mahmud
yengilib tog‘ tarafga qochadi va Dehli 1398 yil 18
dekabrda zabt etiladi.

Hindistonda tuyalar bo‘lmagani uchun

fillarni hurkitish maqsadida Amir Temur 500 ta tuyaga
paxtadan piliklar tiqilgan qamishlar va yog‘ bilan
xo‘llangan paxta toylarga olov yoqib, tuyalarni fillar
tomon haydashgan. Tuyalar olov haroratidan bo‘kirib,
fillar tomon haydalgach, olovni ko‘rib, tuyalarni
bo‘kirishini va bu qanday mahluqligini bilmagach,
fillar yanada haybatli o‘kirib orqasiga qocha
boshladilar. Ya’ni, hind askarlari-yu otlarini poymol
qilib, oyog‘i ostida qoldirib, jamiki otliq va
piyodalarni halok qildilar [2.B.173-175].

Anqara jangi strategiyasiga ko‘ra, avval

shahar qamal qilinadi, so‘ngra, qamal to‘xtatilib, 5
kundan keyin qo‘shinni 25 iyulda Chibukobod
mavzeiga o‘ziga qulay joyga joylashtiriladi.

Boyazid I

orqaga qaytib, o‘zi uchun noqulay sharoitda suv
tanqisligi va tashnalikda jang qilishga majbur qilinadi.

Ibn Arabshoh yozishiga ko‘ra, jang oldidan

Amir Temur Boyazid Yildirim qo‘shinidagi tatarlarga
(ular qo‘shinning uchdan ikki qismini tashkil etar va
nihoyatda kuchli tayyorgarlikka ega edilar) jo‘natgan
maktubida ularning turk qo‘shini tarkibida qullarga
o‘xshab yurgani va ularga ozodlik berilishi va’da
qilingan. Kelishuvga ko‘ra, jang boshidanoq 18 ming
tatarlar Boyazidni tark etib, Amir Temur tomonga
o‘tib ketadilar. Ya’ni, jang boshlanmasdanoq,
mag‘lubiyat aniq bo‘lgan. Boz ustiga sulton maosh
bermagani uchun qo‘shinda norozi kayfiyat ustun edi
[5.B.238]. Natijada Boyazidda aksariyat piyodalar
qoldilar. Amir Temur otliq qo‘shinlari ushbu
piyodalarni qisib o‘rab oldilar. Ushbu piyodalarning
jangga kirishiga Ibn Arabshoh shunday o‘xshatish
keltiradi: “Huddi turk piyodalari yelpig‘ichlar bilan
qumtepaliklarni ko‘chirmoqchi bo‘ldilar” [2.B.269-
271].

4 XULOSA


Sohibqiron lashkar soni, qurol-aslahaning

mukammalligi,

zahira

yordam

kuchlarining

hoziranishi, janggohning geografik o‘rni, relefi va
iqlimiga ham katta e’tibor bergan.

Amir Temur qo‘shinida temir intizom bo‘lib,

sarkarda muhoraba chog‘i qo‘shin qismlarini
san’atkorona boshqarishga, jang taqdiri hal bo‘ladigan
joylarga harbiy kuchlarni o‘z vaqtida ustalik bilan
yo‘llashga, har qanday to‘siq va g‘ovlarni tadbirkorlik
bilan oshib o‘tishga, lashkarning jangovar ruhini zarur
darajada saqlashga muyassar bo‘lgan.

Amir Temur janglarga puxta tayyorgarlik

ko‘rar ekan, turli taktikalar bilan dushmanning
mudofaa tizimini mohirona yakson etish, g‘animning
mustahkam qal’a, qo‘rg‘on va hisorlarni uzoq muddat
qamal qilish, to‘satdan hujum qilib zarba berish,
dushman tomon hukmdorlari va harbiy boshliqlarini
asirga olish, dushmanlarni birlashtirmay, aksincha
yolg‘izlatib yakson etish, yov kuchlarini iloji boricha
keng ko‘lamda qurshovga olish, dushmanni to‘liq
tor­mor etilguniga qadar ta’qib etib borish kabi tezkor
amalga oshirilgan strategik rejalar va taktik harakatlar
Amirrr Temurga faqat g‘alabalar olib kelgan.

Amir Temur saltanatini mustahkam harbiy

himoya etishda, ajoyib g‘alabalarni ta’minlashda
iqtidorli qo‘mondonlarning ham o‘rni katta bo‘lgan.
Tarixiy manbalarda saltanatga sidqidildan xizmat qilgan
mahoratli harbiy lashkarboshilarning qahramonliklariga
oid ma’lumotlar talaygina.
Chingizxon qo‘shini asosan ko‘chmanchi
xalqlardan iborat bo‘lsa, Amir Temur qo‘shinida esa
bo‘linmalarda turli toifalar, dehqon va hunarmandlar,
ko‘chmanchilar, tog‘li xalqlardan ham askar olingan.

Amir Temur harbiy boshqaruv sohasidagi

islohotlarni amalga oshirar ekan, qo‘shin tuzilishi va
ta’minotiga, qurollar, harbiy texnika, kiyimlar,
jangovar bayroqlar va musiqa bilan ta’minlashga,
g‘alabaga olib keladigan barcha jihatlarga katta e’tibor
qaratdi. Jang olib borishda sharoit, razvedka
ma’lumotlari va dushman tayyorgarligi e’tiborga
olingan holda barcha bo‘linmalar o‘z bo‘g‘inlarida
vazifalarini bajarganlar.


ADABIYOTLAR

1.

Дадабоев Ҳ. Амир Темурнинг ҳарбий маҳорати
/ Масъул муҳаррир А.Қаюмов. − Тошкент:
Ёзувчи, 1996. – Б. 48-49.

2.

Ибн Арабшоҳ. Амир Темур тарихи. Ажойиб
ал−мақдур фи тарихи Таймур (Темур
тарихида тақдир ажойиботлари) / Сўз боши,
араб тилидан таржима ва изоҳларни
У.Уватов тайёрлаган. Масъул муҳаррир
А.Ўринбоев. 1−китоб. − Тошкент: Меҳнат,
1992. - Б. 173-175.

3.

Квинт

В.Л.

Амир

Темурнинг

стратегик

етакчилиги: “Тузуклар”га изоҳлар / В.Л.Квинт
(сўзбоши, изоҳлар). – СПб.: ИПЦ СЗИУ
РАНХиГС, 2021. – 224 б.

4.

Низомиддин Шомий. Зафарнома / Форс
тилидан ўгирувчи Юнусхон Ҳакимжонов.
Таржимани

қайта

ишлаб

нашрга

тайёрловчи

ва

масъул

муҳаррир

А.Ўринбоев.

Изоҳлар

ва

луғатларни

тузувчи Ҳ.Кароматов (географик номлар
изоҳи − О.Бўриевники). Ҳофизи Абрўнинг
"Зафарнома"га ёзган "Зайл"и − ("Илова")ни
форсийдан ўгирувчи ва изоҳларни тузувчи
О.Бўриев. – Тошкент: Ўзбекистон, 1996. - Б.
41; Темур тузуклари. 2018. - Б. 40-41.


background image

5

5.

Разин Е.А. История военного искусства. Том 2.
– М.: Военное издательство министерства
обороны Союза ССР, 1957. – С. 238.

6.

Темур тузуклари. -Т.: Ўзбекистон, 2018.

7.

Шарафуддин Али Яздий. Зафарнома /
Муҳаммад

Али

бин

Дарвеш

Али

ал−Бухорий таржимаси. Сўз боши, табдил,
изоҳлар ва кўрсаткич муаллифлари ва
нашрга

тайёрловчилар:

А.Аҳмад,

Ҳ.Бобобеков − Тошкент: Шарқ, 1997. - Б. 33.

8.

http:tass.ru/sibir-nevs/2691051.

Маршалы

Сахибкирана. К вопросу о высшем комадном
составе армии Амира Тимура последней трети
ХIV – начала ХV вв.

References

Дадабоев Ҳ. Амир Темурнинг ҳарбий маҳорати / Масъул муҳаррир А.Қаюмов. − Тошкент: Ёзувчи, 1996. – Б. 48-49.

Ибн Арабшоҳ. Амир Темур тарихи. Ажойиб ал−мақдур фи тарихи Таймур (Темур тарихида тақдир ажойиботлари) / Сўз боши, араб тилидан таржима ва изоҳларни У.Уватов тайёрлаган. Масъул муҳаррир А.Ўринбоев. 1−китоб. − Тошкент: Меҳнат, 1992. - Б. 173-175.

Квинт В.Л. Амир Темурнинг стратегик етакчилиги: “Тузуклар”га изоҳлар / В.Л.Квинт (сўзбоши, изоҳлар). – СПб.: ИПЦ СЗИУ РАНХиГС, 2021. – 224 б.

Низомиддин Шомий. Зафарнома / Форс тилидан ўгирувчи Юнусхон Ҳакимжонов. Таржимани қайта ишлаб нашрга тайёрловчи ва масъул муҳаррир А.Ўринбоев. Изоҳлар ва луғатларни тузувчи Ҳ.Кароматов (географик номлар изоҳи − О.Бўриевники). Ҳофизи Абрўнинг "Зафарнома"га ёзган "Зайл"и − ("Илова")ни форсийдан ўгирувчи ва изоҳларни тузувчи О.Бўриев. – Тошкент: Ўзбекистон, 1996. - Б. 41; Темур тузуклари. 2018. - Б. 40-41.

Разин Е.А. История военного искусства. Том 2. – М.: Военное издательство министерства обороны Союза ССР, 1957. – С. 238.

Темур тузуклари. -Т.: Ўзбекистон, 2018.

Шарафуддин Али Яздий. Зафарнома / Муҳаммад Али бин Дарвеш Али ал−Бухорий таржимаси. Сўз боши, табдил, изоҳлар ва кўрсаткич муаллифлари ва нашрга тайёрловчилар: А.Аҳмад, Ҳ.Бобобеков − Тошкент: Шарқ, 1997. - Б. 33.

http:tass.ru/sibir-nevs/2691051. Маршалы Сахибкирана. К вопросу о высшем комадном составе армии Амира Тимура последней трети ХIV – начала ХV вв.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов