MUSTAQIL TA’LIMNI TASHKIL ETISHNING ILMIY ASOSLARI VA UNING AMALIY FOYDALARI

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Mustafoyeva, F. (2024). MUSTAQIL TA’LIMNI TASHKIL ETISHNING ILMIY ASOSLARI VA UNING AMALIY FOYDALARI . Modern Science and Research, 3(1), 1–4. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28095
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada mustaqil ta'lim, uni tashkil etishning shakllari va mazmuni, talabalar uchun mustaqil ta'limning amaliy foydalari va natijalari haqida fikr, mulohaza va takliflar keltirilgan.


background image

MUSTAQIL TA’LIMNI TASHKIL ETISHNING ILMIY ASOSLARI

VA UNING AMALIY FOYDALARI

Feruza Mustafoyeva Xurshid qizi

O'zbekiston Milliy Universiteti

Ijtimoiy fanlar fakulteti 2-kurs talabasi

mustafayevaferuza07@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.10462761



Kalit so'zlar: ta'lim, mustaqil, amaliy, natija, kreativ, kompetensiya, metodika.

Annotatsiya: Ushbu maqolada mustaqil ta'lim, uni tashkil etishning shakllari va mazmuni, talabalar uchun mustaqil ta'limning
amaliy foydalari va natijalari haqida fikr, mulohaza va takliflar keltirilgan.



1

KIRISH

Mamlakatimizda ta'lim tizimini rivojlantirish, har
tomonlama yetuk va barkamol avlodni shakllantirish,
ta'lim sohasida eng malakali kadrlarni yetishtirishga
katta e'tibor berilmoqda. Negaki, sifatli ta'lim
taraqqiyotning garovidir. Ta'limning sifatliligini
ta'minlashda rol o'ynaydigan asosiy jabhalardan biri
bu mustaqil ta'limdir. Shu bois ham bugun
yurtimizdagi barcha oliy ta'lim muassasalarida
mustaqil ta'lim soatlarini tashkil etishga alohida
diqqat qaratilyapti. Mustaqil ta'limning o‘quv
jarayoni sifatini oshirishda roli benihoya katta.
Negaki, pedagogdan tayyor ma’lumotlarni olib
o'rgangandan ko‘ra mustaqil faoliyat jarayonida
olgan bilimni o‘zlashtirish ancha yaxshi natija
beradi.

2 METODOLOGIYA

Hozirgi zamon talabiga javob bera oladigan
mutaxassislar tayyorlash uchun o‘quv jarayonini
tashkil etishni jiddiy ravishda o‘zgartirish kerak,
ya’ni auditoriya soati, passiv ma’ruza mashg‘ulotlar
ulushini kamaytirish hisobiga talabalarning mustaqil
ishlari salmog‘ini oshirish zarur.Talabalarning ta’lim
olishda an’anaviy o‘qitish usulidan mustaqil
faoliyatiga katta e’tibor berib borish asosiy yetakchi
g‘oyadir. "Oliy talim muassasalarida kredit-modul
tizimida talabalarning mustaqil ta'limini tashkil etish
va nazorat qilish bo’yicha yo'riqnoma" ishlab
chiqilgan bo'lib, mazkur yo’riqnoma O’zbekistan
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-
dekabrdagi “Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim
jarayonini tashkil etish bilan bog’liq tizimni
takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 824-
son Qarori hamda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar
vazirligining 2021-yil 16-iyuldagi “Oliy ta'limning
davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida”gi
311-son buyrug’i asosida ishlab chiqilgan. Ushbu
yo'riqnomaga asosan, mustaqil ta'lim bu – o’quv
materialini mustaqil o’zlashtirish, murakkablik
darajasi turlicha bo’lgan topshiriqlar, amaliy
vazifalarni auditoriya hamda auditoriyadan tashqarida
ijodiy va mustaqil bajarish asosida nazariy bilim,

amaliy ko’nikma va malakalarni shakllantirishga
qaratilgan tizimli faoliyatdir. Talabalar mustaqil
ta’limining asosiy vazifasi mustaqil ravishda
ma’lumotlar topish usuli bilan bilim olishni
rivojlantirish, o‘quv jarayoniga ijodiy yondashishga
faol qiziqishni shakllantirishdan iborat.
Talabalarning mustaqil ta'limni tashkil etishdan
asosiy maqsad fan (modul) bo’yicha o’zlashtirilgan
bilimlarni mustahkamlash, boyitish, amaliy ko’nikma
va malakalarni takomillashtirish, axborot bilan
ishlash, o’z-o’zini rivojlantirish, kognitiv, kreativ,
hamkorlikda

ishlash

kompetentsiyalarini

shakllantirishdan iboratdir.
Mustaqil ta’lim quyidagi shakllarda tashkil
etiladi:
– mavzularni normativ-huquqiy hujjatlar va o‘quv
adabiyotlari yordamida mustaqil o‘zlashtirish;
– mavzular bo‘yicha referat tayyorlash;

– seminar va amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik
ko‘rish;
– ilmiy maqola va tezislarni tayyorlash;
– fanning dolzarb muammolarini qamrab oluvchi
loyihalar tayyorlash;
– nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash;
– amaliyotdagi mavjud muammolarning yechimini
topish;
– o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha asosiy ilmiy
adabiyotlarga annotatsiya yozish va boshqalar.
Ta’lim jarayonida qo’llaniladigan metodlarni
shartli ravishda ikki turga bo’lish mumkin:
- Auditoriyada qo’llaniladigan metodlar.
- Auditoriyadan tashqarida qo’llaniladigan mustaqil
ta’lim metodlari.
Auditoriyadagi nazariy va amaliy mashg’ulotlarda
qo’llaniladigan metodlar
talaba va o’quvchilarni yangi o’quv materiali bilan
tanishtirishda, o’tilgan mavzuni so’rash va takrorlash
hamda mustahkamlash uchun foydalaniladi.
Auditoriyadan tashqarida qo’llaniladigan metodlar
o’quv materialini yoki
vazifani mustaqil holda o’rganish va o’zlashtirishda
foydalaniladi.

Mustaqil

ta’lim

metodlarini

auditoriyadan tashqari qo’llaniladigan metodlarga
kiritish

mumkin.

Mustaqil

ta’lim metodlari

yordamida o’qituvchi o’quv materialini talabaga


background image

yetkazib berishnining maqbul yo’llarini emas, balki
talabaning ma’lumotlarni o’qib-o‘rganish va qayta
ishlash uslubini anglatadi. Har bir o’quvchi yoki
talaba unga berilganvazifani mustaqil ravishda
o’rganishi, tahlil qilishi va o’zlashtirishi kerak
bo’ladi. Mustaqil ta’limni tashkil qilishda eng keng
qo’llaniladigan usul bu talabaning individual tarzda
ishlashidir.

Bunda

bilimga

individual

tarzda

erishiladi,

o’qib-o’rganish

shaxsiy

mustaqil

konstruksiyaga aylanadi, mavjud bilimlar yangi
bilimlar bilan to’ldiriladi.

Mustaqil ta’limni faollashtirmasdan oliy ta’limda
talabalarni samarali o‘qitishni ko‘z oldimizga
keltirish qiyin.
Hozirgi davr mutaxassisidan yuqori darajadagi
tayyorgarlik, mustaqil ravishda qarorlar qabul qila
olish, belgilangan vazifalarni bajarish uchun ko‘p
ma’lumotlar orasidan kerakligini tanlab olish va bu
ma’lumotlarni qayta ishlay olish talab qilinadi.
Mustaqil

ta'lim

bilan

shug'ullanish

natijasida

talabalarda bu ko'nikmalar asta-sekin shakllanib
boradi. Buning natijasida ular har qanday mavzularga
mustaqil

tayyorlana

oladigan,

atrof-muhitda

bo'layotgan voqealarga mustaqil munosabat bildira
oladigan, kreativ va tezkor fikrlay oladigan
malakalarga ega bo'lib boradi. Bundan tashqari,
mustaqil ta'limga tayyorlanish natijada talabalar
mustaqil ishlash ko'nikmalarini rivojlantiradilar,
zimmalaridagi mas'uliyatni kuchaytirib boradilar,
ijodiy faollik va tashabbuskorliklarini oshirib
boradilar. Mustaqil ta'lim o'qituvchining ko'rsatmasi
va uslubiy rahbarligi bilan, ammo uning ishtirokisiz
amalga oshiriladigan jarayondir. Bunda talabalar
darsdan tashqari vaqtda mustaqil ilmiy-tadqiqot
ishlarini olib boradilar. O'zlari uchun kerakli bo'lgan
materiallar, kitoblar, o'quv qo'llanmalarni izlaydilar.
Bu jarayon talabalarda har bir ishga katta mas'uliyat
bilan

yondoshish

ko'nikmasini

shakllantiradi.

Mustaqil

ta'limning

maqsadi

kelajakdagi

mutaxassislik

yo'nalishi

bo'yicha

fundamental

bilimlarni, kasbiy ko'nikmalarni, ijodiy va ilmiy-
tadqiqot faoliyatida tajribani, ta'lim va kasbiy
muammolarga ijodiy yondoshishni shakllantirishga
qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.
Talabalarning mustaqil talimini tashkil etish
quyidagi vazifalarni muvaffaqiyatli hal etishga
xizmat qilishi lozim:
- talabalarda o’z-o’zini rivojlantirish, mustaqil bilim
olish va innovatsion faoliyatni shakllantirishga imkon
beruvchi kompetentsiyalarni egallash maqsadi bilan
bog’liqlikda mustaqil o’quv faoliyatini amalga
oshirish;
- bilim, ko’nikma va malakalarni mustaqil egallash,
muammoni shakllantira olish va uni hal etishning
maqbul yo’larini izlab topishga qobiliyatli kreativ
shaxsni tarbiyalash;
- talabalarda o’quv dasturini o’zlashtirishga doir
motivatsiyani hosil qilish;
- talim oluvchilarda bilim olishga doir masuliyatni
oshirish;
-

talabalarda

umummadaniy

va

kasbiy

kompetentsiyalarni rivojlantirishga imkon berish;

- talim oluvchilarda mustaqil bilim olish, o’z-o’zini
boshqarish

va

o’z-o’zini

rivojlantirishga

qobiliyatlilikni shakllantirish uchun sharoit yaratish.
Talabalarning

mustaqil

ta’limidan

asosiy

maqsadlar quyidagilardan iboratdir:
- yangi bilim olish usullarini egallash, jarayonlarni
mustaqil tahlil qila olish;
- auditoriyadagi mashg‘ulotlarda olgan bilimlarini
mustahkamlash, chuqurlashtirish, kengaytirish va
tartibga solish;
- me’yoriy-huquqiy aktlar, ma’lumotlar va maxsus
adabiyotlar bilan ishlashni o‘rganish;
- o‘quv materiallarini mustaqil o‘rganish;
- faolligi, bilim orttirishi, ijodiy tashabbusi,
mas’uliyati va tartibligini rivojlantirish;
- olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llay olishni
shakllantirish;
- mustaqil fikr yuritish, o‘z-o‘zini o‘stirish, o‘zining
rejasini amalga oshirishni shakllantirish;
- tadqiqot qila olish qobiliyatini rivojlantirish.
Talaba mustaqil ish topshiriqlarini bajarishda
akademik va etik talablarga rioya etishi (plagiatga
yo’l qo’ymaslik, professor-o’qituvchilar, talabalar
bilan tolerant munosabatda bo’lish, kichik guruhlarda
hamkorlikda ishlash va mas'uliyatlilik shart.
Mustaqil fikr yuritishga, aqliy va ijodiy faollikka
erishishga qaratilgan mashg‘ulot turi mustaqil taʼlim
bilan bog‘liq bo‘ladi. Mustaqil taʼlimning asosiy
masalasi ham aynan talabaning dars va darsdan
so‘ngi

faoliyati

faolligini

tashkil

etishga

yo‘naltirilgan shart-sharoit, erkin fikr va kasbiy
masʼuliyatni his qilishni taʼmin etishga qaratilgan
ijodiy jarayondan iborat. Mustaqil taʼlim maʼlum
bilim, ko‘nikma va malakalar hamda tajribalar
zahirasi asosida amalga oshadi. O‘quv fanlarini
chuqur va puxta o‘zlashtirish, taʼlim va innovatsion
yondashuvlar asosida axborotlarni mustaqil izlab
topish, uni atroflicha tahlil eta olish, ilmiy-ijodiy
tafakkurni boyitish, o‘quv-biluv jarayonidagi savol-
javob va bahs-munozaralarda faol qatnashish, o‘z
fikr- mulohazasini asosli dalillar bilan bayon qilish
hamda uni himoya eta olish qobiliyati har bir talaba –
bo‘lajak mutaxassis olida turgan dolzarb vazifa
hisoblanadi.

3

NATIJALAR

Mustaqil

ta'limdan

ko'zlangan

natijalar

quyidagicha tasniflanadi:
- bilimlarni o'zlashtirish, bo'lajak mutaxassisning
kasbiy

ko'nikma,

ko'nikma

va

malakalarini

shakllantirish;
- nazariy material bo'yicha bilimlarni amaliy jihatdan
mustahkamlash,
- o'zini-o'zi tarbiyalashga bo'lgan ehtiyojini oshirish;
- shaxsning aqliy va ijodiy qobiliyatlarini maksimal
darajada rivojlantirish;
- tadqiqot ishiga bo'lgan qiziqishni oshirish;
- o'quv jarayoni sifatini oshirish va intensivlashtirish;
- tanlangan kasbga qiziqishni shakllantirish va uning
xususiyatlarini o'zlashtirish;
- vaziyatni tahlil qilish va to'g'ri qaror qabul qilish;


background image

-

o'z

pozitsiyasini,

nazariyasini,

modelini

shakllantirish uchun olingan bilim va amaliy
ko'nikmalarni qo'llash.
Ko'zda tutilgan natijalarga erishish zamonaviy
ta'limga

innovatsion

xususiyatni

berish,

uni

modernizatsiya qilish muammolarini hal qilish
imkonini beradi.
Mustaqil ta'lim o’quvchilarning fan bo’yicha
bilimlarini chuqur va mustahkam bo’lishiga, ularning
bilim qobiliyatini rivojlantirishga, yangi materialni
o’zlashtirish sur’atlariga sezilarli ta’sir ko’rsatadi.
Tizimli ravishda olib boriladigan mustaqil ishlar, uni
to'g'ri tashkil etish talabalarga chuqurroq va
mustahkam bilim olishga yordam beradi.
Talabalar tomonidan didaktik maqsad va mazmun
jihatidan turli xil mustaqil ishlarni bajarishni tashkil
etish ularning kognitiv va intellektual rivojlanishiga
yordam beradi. Ijodkorlik, fikrlashni rivojlantiradi.
Ta'lim jarayoni ishtirokchilari o'rtasida hamkorlik
qilish, ularning biznes va shaxslararo munosabatlarini
insonparvarlashtirish g'oyasi amalga oshirilmoqda.
Bu, birinchi navbatda, talabalarning mustaqil
faoliyatining barqaror motivlarini shakllantirishga
yordam beradi.
Ko'nikmalar majmuasini shakllantirish jarayoni
tezlashmoqda, bunda o'quvchilarning o'zini o'zi
boshqarishi muhim rol o'ynaydi. O'zaro nazorat va
o'z-o'zini nazorat qilishni maqsadli o'tkazish nafaqat
o'qitishni

faollashtiradi,

balki

o'quvchilarning

mas'uliyatini ham oshiradi.
Talabalarning umumiy kompetensiyalari shakllanadi
va talabalar tomonidan kasbiy kompetensiyalarni
rivojlantirishga tayyorgarlik mavjud bo'ladi. Mustaqil
ta'lim pedagogik jarayonda talabalar ta'limining
barcha bosqichlarini qamrab oladigan ajralmas tizim
sifatida tashkil etilganda o'z samarasini beradi.
Mustaqil fikr yuritishga, aqliy va ijodiy faollikka
erishishga qaratilgan mashg‘ulot turi mustaqil taʼlim
bilan bog‘liq bo‘ladi. Mustaqil taʼlimning asosiy
masalasi ham aynan talabaning dars va darsdan
so‘ngi

faoliyati

faolligini

tashkil

etishga

yo‘naltirilgan shart-sharoit, erkin fikr va kasbiy
masʼuliyatni his qilishni taʼmin etishga qaratilgan
ijodiy jarayondan iborat.

4

XULOSA

Mustaqil taʼlim maʼlum bilim, ko‘nikma va

malakalar hamda tajribalar zahirasi asosida amalga
oshadi. O‘quv fanlarini chuqur va puxta o‘zlashtirish,
taʼlim va innovatsion yondashuvlar asosida
axborotlarni mustaqil izlab topish, uni atroflicha
tahlil eta olish, ilmiy-ijodiy tafakkurni boyitish,
o‘quv-biluv jarayonidagi savol-javob va bahs-
munozaralarda faol qatnashish, o‘z fikr- mulohazasini
asosli dalillar bilan bayon qilish hamda uni himoya
eta olish qobiliyati har bir talaba – bo‘lajak
mutaxassis olida turgan dolzarb vazifa hisoblanadi.
Talabalarning

mustaqil

ravishda

ishlashlari

kelajakda ularning ilmiy faoliyatlari uchun katta
poydevor vazifasini o'taydi.
Talabalar mustaqil ravishda kurs ishlari, kurs
loyihasi, bitiruv malakaviy ishi va magistrlik

dissertatsiyalarini

tayyorlayotganlarida qo‘yilgan

muammolarni chuqur tahlil qilib, o‘zlarining mustaqil
asoslangan fikr va xulosalarini chiqarishlari kerak.
Talaba va pedagog mustaqil ta’lim ularning
manfaati uchun olib borilishini tushunishi kerak.
Talaba bajarayotgan mustaqil ish pedagogi uchun
emas, balki o‘zi uchun, uning kelajakdagi
muvaffaqiyatini

ta’minlashining

asosiy

omili

ekanligini tushunishi kerak. Talaba olayotgan bilim
natijasiga o‘zi mas’ulligini anglashi zarur. Mustaqil
ta’lim talabalarga bilim berishda bu talabani o‘z
holiga tashlab qo‘yish emas, balki pedagog
tomonidan muntazam boshqariladigan talabalarning
mustaqil faoliyatidir.

5 FOYDALANILGAN
ADABIYOTLAR:

[1

] Sh.I.Yo’ldashev. Talabalarning mustaqil ta’limining

zamonaviy o’quv jarayonida ahamiyati va o’rni bo’yicha
uslubiy qo’llanma. Toshkent-2022.
[2] Axmedova Maloxat Ergashevna. Modul-kredit tizimida
talabalarning sifatli ta’lim olishida mustaqil o’qish
metodikasi.

Международный

научный

журнал

«Научный импулсь». №9(100), часть 3. 1357-с.
[3].Axmedova M.E. Pedagogika nazariyasi va tarixi (
O‘quv qo‘llanma) – T.: Tafakkur bo‘stoni, 2011.
[4].Axmedova M.E. G.Niyozov. Pedagogika nazariyasi
va tarixidan seminar mashg’ulotlar ( O‘quv qo‘llanma) –
T.: Noshir, 2011.
[5].Axmedova M.E. Modul-kredit tizimida mustaqil
topshiriqlar tuzishning ilmiy-nazariy asoslari

(tilshunoslik

fanlari misolida).

Monografiya. “Tibbiyot nashriyoti

matbaa uyi”, MCHJ. Toshkent - 2022. 173 bet.
[6].Axmedova M.E. Pedagogika. Darslik

.

“Tibbiyot

nashriyoti matbaa uyi”, MCHJ. Toshkent - 2022. 223 bet.
[7].Axmedova M.E. Meliboyeva R.N. Bekmirov
T.R.Nurmatov A.N.Kasbiy pedagogika. Darslik

.

“Tibbiyot

nashriyoti matbaa uyi”, MCHJ. Toshkent - 2022. 250 bet.
[8].Axmedova M.E. Mustaqil topshiriqlar bilan
ishlash va ularni baholash metodikasi (modul-kredit
tizimida tilshunoslik fanlari misolida). //

Metodik

qo‘llanma,

Tibbiyot nashriyoti matbaa uyi”, MCHJ.

Toshkent - 2022. 121 bet.
[9] Mustaqil ta’lim va uni tashkil etish metodikasi.

https://eself-study.uz

.

[10] Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va
mazmuni.

https://genderi.org

.

[11] ”Mustaqil ta’lim va uni tashkil etish
metodikasi”. hm.tiiame.uz
[12] Rayhon Qadirova Jumaboyevna. Mustaqil
ta’limni tashkil qilish metodlari. Oriental
Renaissance:Innovative, educational, natural and
social sciences. Volume 2. 509-bet.
[13] Talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish
metodikasi.


background image


References

[1] Sh.I.Yo’ldashev. Talabalarning mustaqil ta’limining zamonaviy o’quv jarayonida ahamiyati va o’rni bo’yicha uslubiy qo’llanma. Toshkent-2022.

[2] Axmedova Maloxat Ergashevna. Modul-kredit tizimida talabalarning sifatli ta’lim olishida mustaqil o’qish metodikasi. Международный научный журнал «Научный импулсь». №9(100), часть 3. 1357-с.

[3].Axmedova M.E. Pedagogika nazariyasi va tarixi ( O‘quv qo‘llanma) – T.: Tafakkur bo‘stoni, 2011.

[4].Axmedova M.E. G.Niyozov. Pedagogika nazariyasi va tarixidan seminar mashg’ulotlar ( O‘quv qo‘llanma) – T.: Noshir, 2011.

[5].Axmedova M.E. Modul-kredit tizimida mustaqil topshiriqlar tuzishning ilmiy-nazariy asoslari (tilshunoslik fanlari misolida). Monografiya. “Tibbiyot nashriyoti matbaa uyi”, MCHJ. Toshkent - 2022. 173 bet.

[6].Axmedova M.E. Pedagogika. Darslik. “Tibbiyot nashriyoti matbaa uyi”, MCHJ. Toshkent - 2022. 223 bet.

[7].Axmedova M.E. Meliboyeva R.N. Bekmirov T.R.Nurmatov A.N.Kasbiy pedagogika. Darslik. “Tibbiyot nashriyoti matbaa uyi”, MCHJ. Toshkent - 2022. 250 bet.

[8].Axmedova M.E. Mustaqil topshiriqlar bilan ishlash va ularni baholash metodikasi (modul-kredit tizimida tilshunoslik fanlari misolida). // Metodik qo‘llanma, Tibbiyot nashriyoti matbaa uyi”, MCHJ. Toshkent - 2022. 121 bet.

[9] Mustaqil ta’lim va uni tashkil etish metodikasi. https://eself-study.uz.

[10] Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni. https://genderi.org.

[11] ”Mustaqil ta’lim va uni tashkil etish metodikasi”. hm.tiiame.uz

[12] Rayhon Qadirova Jumaboyevna. Mustaqil ta’limni tashkil qilish metodlari. Oriental Renaissance:Innovative, educational, natural and social sciences. Volume 2. 509-bet.

[13] Talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish metodikasi.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов