Davlat xizmatini optimallashtirishda siyosiy texnologiyalarni joriy etishning zamonaviy mexanizmlari

HAC
Google Scholar
To share
Mirzabayev , K. (2024). Davlat xizmatini optimallashtirishda siyosiy texnologiyalarni joriy etishning zamonaviy mexanizmlari. Modern Science and Research, 3(1), 1–3. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28103
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Mazkur ilmiy ishda Oʻzbekiston taraqqiyotining bugungi holati ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda yangi gʻoyalarni, innovatsiyalarni, yangi siyosiy texnologiyalarni keng qoʻllash orqali davlat xizmatini modernizatsiyalash, siyosiy hayotda faol taʼsir koʻrsatish hamda ijtimoiy foydali natijaga erishish omillarini oshib berishga qaratilgan. Shuningdek, ilmiy maqolada dunyo davlatlarida davlat xizmati sohasini modernizatsiyalashda zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy etilishi holati qiyosiy tahlil etildi.


background image

Davlat xizmatini optimallashtirishda siyosiy texnologiyalarni joriy

etishning zamonaviy mexanizmlari

Mirzabayev Kuatbay Baxitbayevich

,

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti,

Ijtimoiy fanlar kafedrasi mustaqil izlanuvchisi (PhD)

Emayl adress;

kuatbaym@mail.ru

Tel: 93 202 14 04

https://doi.org/10.5281/zenodo.10462817

Kalit soʻzlar: Davlat xizmati, texnologiya, usul, mexanizm, siyosiy shaxs, Zamonaviy davlat boshqaruvi,

demokratiya.

Annotatsiya Mazkur ilmiy ishda Oʻzbekiston taraqqiyotining bugungi holati ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda yangi

gʻoyalarni, innovatsiyalarni, yangi siyosiy texnologiyalarni keng qoʻllash orqali davlat xizmatini
modernizatsiyalash, siyosiy hayotda faol taʼsir koʻrsatish hamda ijtimoiy foydali natijaga erishish
omillarini oshib berishga qaratilgan. Shuningdek, ilmiy maqolada dunyo davlatlarida davlat
xizmati sohasini modernizatsiyalashda zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy etilishi holati
qiyosiy tahlil etildi.

1

KIRISH

XXI asrda insoniyat oʻz taraqqiyotida sifat

jihatidan yangi pallaga qadam qoʻydi. Yangicha
fikrlash,

zamon

talablariga

moslashish

va

hamkorlikni yangicha asosda qurish bu davrning
asosiy talabiga aylandi. Bunday sharoitda ertangi kun
haqida qaygʻuradigan har bir kishi hayotdan orqada
qolmaslikka, zamon bilan hamnafas harakat qilishga
majbur boʻladi. Shu bois, dunyoda katta oʻzgarishlar
sodir boʻlayotgan bugungi kunda ijtimoiy makonni
oʻzlashtirishning yangi usullari, jumladan, uni
texnologiyalashtirish ham keng urf boʻldi.

Oʻzbekiston taraqqiyotining bugungi holati

ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda yangi gʻoyalarni,
innovatsiyalarni, yangi siyosiy texnologiyalarni keng
qoʻllashni

taqozo

etmoqda.

Zero,

siyosiy

texnologiyalar ijtimoiy-siyosiy muammolarni oʻz
vaqtida hal qilish, jamiyatdagi paydo boʻlishi
mumkin taranglikni yoʻqotish, xatarli vaziyatlarning
oldini olish, samarali boshqaruv qarorlarini qabul
qilishga xizmat qiladi. Ularni qoʻllash siyosiy

oʻzgarishlarni tadqiq etish, bashorat qilish bilan bir
qatorda siyosiy hayotda faol taʼsir koʻrsatish, ijtimoiy
foydali natijaga erishish imkonini beradi.

2

TAHLIL VA NATIJALAR

Demokratik

jarayonlarning

rivojlanishi

natijasida “siyosiy shaxs”ning tarixiy maydonda

paydo

boʻlishi,

uni

jamiyatdagi

siyosiy

oʻzgarishlarning faol ishtirokchisiga aylanishi
bilan

ushbu

texnologiyalarning

dolzarbligi

sezilarli darajada oshdi.

P.A.Sorokin fikricha, yangi texnologiyalarning

rivojlanishi va ularning qoʻllanilishi insoniyat

madaniyatining (va boshqaruvining) maʼlum bir

bosqichiga mos keladigan yangi gʻoyalar va
qadriyatlarga asosan shakllanadi [1].

Yangi

texnologiyalarni

rivojlantirishga

undovchi asosiy qadriyatlar sifatida quyidagilarni

koʻrsatish mumkin:


background image

- boshqaruv qarorini qabul qilishda yoki

xizmatlarni tashkil yetishda foydalaniladigan

maʼlumotlarning ishonchliligi va haqiqiyligi;

- boshqaruv qarorini qabul qilish yoki

xizmatlarni tashkil qilish uchun sarflangan vaqt;

- muayyan boshqaruv qarorini qabul qilish va

uni amalga oshirish natijasida paydo boʻladigan
farovon hayot darajasi;

- moddiy neʼmatlarni, shu jumladan buning

uchun zarur boʻlgan davlat resurslarini saqlash

yoki koʻpaytirish.

Texnologiyalar siyosatda ham hokimiyatga

erishish va uni saqlab qolish maqsadida

qoʻllaniladi. Hozirda dunyo davlatlarida davlat
xizmati sohasini modernizatsiyalashda zamonaviy
innovatsion texnologiyalarni joriy etish faol
amalga oshirilmoqda.

Bundan tashqari, falsafiy lugʻatda mazkur

tushunchaga

quyidagicha

taʼrif

beriladi:

“Texnologiya – bu maqsadga erishish uchun

harakatlar majmui” [2].

Aslida, “texnologiya” - yunoncha “techne”

(sanʼat, mahorat, uddalash) hamda “logos”

(taʼlimot) soʻzlarining birikmasidan iborat boʻlib
[3], eng samarali va tejamkor ishlab chiqarish
jarayonlarini

aniqlash

hamda

amaliyotda

qoʻllashni nazarda tutadi.

Ilmiy adabiyotlarda boshqaruv texnologiyalari,

pedagogik, axborot texnologiyalari, intellektual
texnologiyalar

keng

tavsiflangan.

Masalan,

axborot texnologiyalari axborot ishlab chiqish va
uni uzatish tizimini samarali tashkil etish
usullaridir. Axborot texnologiyalari bizni qurshab
turgan dunyo haqida, insonlararo munosabatlar,

jamiyatdagi rivojlanish jarayonlari toʻgʻrisida

maʼlumot

berishga

xizmat

qiladi.

Bu

texnologiyalar axborot oqimlarining maqbul
miqdori, ahamiyati, mazmunini belgilab beradi
hamda ularning haqqoniyligi, xolisligi, aniqligi,
ilmiy asoslanganligi, tezkorligi va ishonchliligini

taʼminlaydi.

P.G.Shyedrovitskiy oʻz ilmiy izlanishlarida

boshqaruv texnologiyalari mohiyatini qisman

ochib beradi. Uning taʼrifiga koʻra davlat
boshqaruvi texnologiyalari maqsadga erishish,
boshqaruv obyekti, boshqaruv elementlari bilan

bogʻlanish va maʼmuriy taʼsir vositasidir [4].

Rivojlangan mamlakatlar davlat xizmati

sohasiga

boshqaruvning

zamonaviy

texnologiyalari,

jamoatchilik

bilan

aloqalar

oʻrnatishning kompyuterlashgan shakllari kirib
keldi. Shuningdek, rahbar kadrlar tanlashning ham

yangi texnologiyalar vositasida amalga oshirish
uslubiyotlari

shakllandi.

Rahbar

va

xizmatchilarning

xizmat

faoliyati

ustidan

jamoatchilik nazoratini oʻrnatish takomillashdi,
davlat xizmatchilari faoliyati ustidan monitoringni
amalga oshirish amaliyoti joriy etildi. Zamonaviy
davlat boshqaruvida rahbar kadrlar faoliyatini
baholashning yangi mezonlari shakllandi. Oldingi

oʻn yilliklarda rahbar kadrlar ish faoliyati yuqori

davlat organlari tomonidan baholanadigan boʻlsa,
hozirgi davrga kelib rahbar kadrlarni jamoatchilik

fikri asosida baholash anʼanalari shakllandi.

Siyosiy texnologiyalar jamiyat siyosiy hayotini

isloh qilishga hamda uni oqilona tashkil etishga,
bunda zamonaviy vosita va samarali uslublardan

foydalanishga yoʻnaltirilgan ilmiy asoslangan
texnologik modelni yaratishni nazarda tutadi.

Texnologiyalar belgilangan natijaga erishish

imkonini beruvchi faoliyat shakllari, vosita, usul,

andoza, qoida va meʼyorlari tizimi ekan,
texnologiyalashtirish jarayonini faqatgina ishlab

chiqarish sohasi bilan bogʻlash notoʻgʻri boʻlar
edi. Fanga ham amaliy vazifalar yuklatilganidan

soʻng texnologiyalar qoʻllaniladigan sohalar

koʻpaydi,

ijtimoiy

jarayonlarga

ham

texnologiyalashtirish obyekti sifatida qaraldi.
Natijada,

texnologiyalar

boshqaruv

madaniyatining ajralmas qismiga, insoniyat

taraqqiyotining oʻziga xos koʻrsatkichiga aylandi.

Shu tariqa jamiyat taraqqiyoti surʼatlarini

jadallashtirish, kishilarning moddiy, maʼnaviy va

aqliy salohiyatini jamiyat rivoji sari yoʻnaltirish
imkonini beruvchi yangi texnologiyalar – sotsial
texnologiyalar keng tarqaldi. Olimlar sotsial
texnologiyalar

jamiyatni

boshqarish

bilan

chambarchas bogʻliqligini uqtiradilar. Aniqrogʻi,

ular “jamiyat taraqqiyotining obyektiv qonunlarini

inson faoliyatini ragʻbatlantiruvchi qarorlar,

meʼyorlar va koʻrsatmalarga aylantiradi” [5].

Siyosiy texnologiyalar siyosiy muammolarni

hal qilish, siyosatni ishlab chiqish va uni amalga
oshirish

uslublarini

qamrab

oladi.

Bu

texnologiyalar shaxsning siyosiy madaniyatini
yuksaltirish bilan bir qatorda, siyosatchilarning
kasb malakasi, mahoratini oshirishga ham xizmat
qiladi.

Siyosiy texnologiyalar siyosiy hokimiyatni

amalga oshirish va davlat boshqaruvi bilan bogʻliq

turli jarayonlarda keng qoʻllaniladi. Ular ichida
eng ommalashgani siyosiy texnologiyalarning
funksional

turidir.

Bunday

texnologiyalar

hokimiyat va boshqaruvning turli subyektlari
bajaradigan rollar hamda ishlarning samaraliligini


background image

oshirish,

ularning

faoliyatini

muayyan

algoritmlarga solishni nazarda tutadi [6].

Siyosiy

boshqaruv

doirasida

boshqaruv

vazifalarini hal qilishning alohida usul va

vositalari shakllanadi. Bu usullarning yigʻindisini
siyosiy texnologiyalar deb nomlash qabul
qilingan.

Siyosiy texnologiyalar yoʻnaltirilgan faoliyat

usul va jarayonlari yigʻindisi sifatida nafaqat
maqsadga erishish vositalarini tartibga soladi,
balki harakatlar ketma-ketligini mustahkamlaydi,
subyektning muvofiq xulq atvori algoritmini
ishlab chiqadi. Aynan algoritmlar u yoki bu vazifa
yechimini topishning optimal va samarali

usullarini mustahkamlaydi va taʼsir koʻrsatadi,
shuningdek olingan malakani uzatish va tarqatish
imkonini beradi.


XULOSA VA TAKLIFLAR

Xususan, texnologiyalar subyektlar va omillar

oʻzaro

munosabatlarining

turli

usul

va

mexanizmlaridan, oʻzaro shartnoma tuzgan
tomonlar harakatidan, ichki va tashqi omillardan
kelib

chiqadi.

Boshqacha

qilib

aytganda,

texnologiya maqsadga erishish jarayonida aniq

maqsadga erishishda maʼlum usullar va vositalar

qoʻllash sohasini belgilovchi operatsiyalar ketma-

ketligi shakllanganda oʻrnatiladi.

Shu

asnoda,

texnologiyalarni

alohida

mexanizmlar, texnikalar yoki oʻzaro harakat
usullari

bilan aralashtirish mumkin

emas.

Texnologiyalar – bu real harakatlanuvchi subyekt
tomonidan aniq maqsadga erishishga qaratilgan

texnikalar qoʻllash jarayoni, va bu faoliyat natijasi.

Aniqroq, qilib aytganda, texnologiya bu qoʻyilgan
maqsadga erishish harakatlari, masala yechimini
topishning optimal va tejamkor usullarini

namoyon qiluvchi faoliyat usullari oʻzaro
harakatining natijasidir [7]

Ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni samarali tashkil

etishda siyosiy texnologiyalardan unumli va
oqilona foydalanish mumkin. Zero, siyosiy

texnologiyalarni qoʻllashdan maqsad bitta –
siyosat

subyektlarining

salohiyatini

yuzaga

chiqarish

va

ularni

bunyodkorlik

sari

yoʻnaltirishdir.

Shuningdek,

siyosiy

texnologiyalar siyosat subyektlarining iqtidori,

qobiliyati va ijodiy salohiyatini roʻyobga
chiqarishga xizmat qiladi. Bu texnologiyalar
ijtimoiy-siyosiy

jarayonlarda

intellektual

salohiyatdan

ham

unumli

foydalanish

imkoniyatlarini ochib beradi.

Mazkur texnologiyalar qarorlar qabul qilishda,

manfaatlarni muvofiqlashtirishda, muzokaralar

yuritishda, jamoatchilik bilan muloqot qilishda

qoʻl keladi hamda ushbu jarayonlarni boshqarish
va nazorat qilishga xizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

[1]

Sm.: Sorokin P.A. Sotsialnaya i kulturnaya
dinamika // Pitirim Aleksandrovich Sorokin; per.
s angl., vstup. st. i komment. V.A. Sapova. -M.:
2006. -S.1176.

[2]

Texnologiya // Filos. sl. [Elektronniy resurs].
URL:

http://vslovare.ru/slovo/filosofskiij-

slovar/tehnologija

(data

obrashyeniya:

20.04.2017).

[3]

Politologiya. Slovar-spravochnik. / pod red.
M.A.Vasilik. M.S.Vershinina. Gardariki, – M.:
2001. - S. 287.

[4]

Sm.: Shyedroviskiy P. G. Kak sovremenniy
upravlenes formiruyet kartinu mira : sikl leksiy v
NITU MISIS, - M.: 2010–2011 gg. [Elektronnыy
resurs].URL:http://gtmarket.ru/files/article/5547
/Schedrovitsky_P_G_Lectures_As_a_Modern_
Manager_Creates_a_Image_of_the_World.pdf

(data obraщyeniya: 09.12.2017).

[5]

Afanasyev

V.G.

Obshyestvo:

sistemnost,

poznaniye, upravleniye. - M.: Politizdat, 1993. -
S.369.

[6]

Faoliyatni algoritmga solish–faoliyat ketma-
ketligini belgilash.

[7]

Jumayev R., Yovqochev Sh. “Siyosiy

texnologiyalar”: Oʻquv qoʻllanma. –T.: TDSHI,
2018. – B.30.

References

Sm.: Sorokin P.A. Sotsialnaya i kulturnaya dinamika // Pitirim Aleksandrovich Sorokin; per. s angl., vstup. st. i komment. V.A. Sapova. -M.: 2006. -S.1176.

Texnologiya // Filos. sl. [Elektronniy resurs]. URL: http://vslovare.ru/slovo/filosofskiij-slovar/tehnologija (data obrashyeniya: 20.04.2017).

Politologiya. Slovar-spravochnik. / pod red. M.A.Vasilik. M.S.Vershinina. Gardariki, – M.: 2001. - S. 287.

Sm.: Shyedroviskiy P. G. Kak sovremenniy upravlenes formiruyet kartinu mira : sikl leksiy v NITU MISIS, - M.: 2010–2011 gg. [Elektronnыy resurs].URL:http://gtmarket.ru/files/article/5547/Schedrovitsky_P_G_Lectures_As_a_Modern_Manager_Creates_a_Image_of_the_World.pdf (data obraщyeniya: 09.12.2017).

Afanasyev V.G. Obshyestvo: sistemnost, poznaniye, upravleniye. - M.: Politizdat, 1993. - S.369.

Faoliyatni algoritmga solish–faoliyat ketma-ketligini belgilash.

Jumayev R., Yovqochev Sh. “Siyosiy texnologiyalar”: Oʻquv qoʻllanma. –T.: TDSHI, 2018. – B.30.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов