Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisining tarbiyalanuvchilar bilan muloqotida kreativ yondashuv

HAC
Google Scholar
To share
Nazarmatova, D., & Rafiyeva, M. . (2024). Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisining tarbiyalanuvchilar bilan muloqotida kreativ yondashuv. Modern Science and Research, 3(1), 1–3. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28107
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Mazkur maqolada bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotiga moslashuvida, interaktiv metodlardan foydalangan holda bolalarning muloqotchanligini shakllantirishda tarbiyachining o‘rni, shaxsda kreativlik sifatlarini rivojlantirishga ta’sir etuvchi ijtimoiy omillar, tarbiyachi-pedagoglarning ta’lim-tarbiyaviy faoliyatga kreativ yondashuvi hamda maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisining pedagogik mahorati va qobiliyatiga bog‘liqligi xususida bayon etilgan.


background image

Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisining tarbiyalanuvchilar bilan

muloqotida kreativ yondashuv

Nazarmatova Dilshoda Umarali qizi, Rafiyeva Mohichehra Bekzod qizi

TAFU, “Maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi o‘qituvchisi, TAFU, Pedagogika fakulteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi

2-bosqich talabasi

nazarmatovadilshoda6@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.10462914

Annotatsiya:

Mazkur maqolada bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotiga moslashuvida, interaktiv metodlardan foydalangan

holda bolalarning muloqotchanligini shakllantirishda tarbiyachining o‘rni, shaxsda kreativlik sifatlarini
rivojlantirishga ta’sir etuvchi ijtimoiy omillar, tarbiyachi-pedagoglarning ta’lim-tarbiyaviy faoliyatga kreativ
yondashuvi hamda maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisining pedagogik mahorati va qobiliyatiga bog‘liqligi
xususida bayon etilgan.

Kalit so

zlar:

Maktabgacha yosh, kreativlik, faoliyat, muloqot,kommukikativlik, pedagog,kompetensiya ta’lim-tarbiya,

rag‘batlantirish.

KIRISH

Globallashuv sharoitida maktabgacha ta’lim

tizimining innovatsion rivojlanish tendensiyalari,
axborot maydonining tez kengayishi, maktabgacha
ta’lim

tashkiloti

mutaxassislarini

kasbiy

tayyorlashning muammolari alohida ahamiyatga ega.
Zamonaviy maktabgacha ta’lim tizimini isloh qilish
shaxsni rivojlantirishni ustuvor vazifalardan biri
sifatida ilgari suradi. Kelajak avlodning ijodiy
rivojlanish darajasi ko‘p jihatdan pedagogik kasbiy
mahoratga, ijodiy qobiliyatga, pedagogning kasbiy
tafakkuriga, uning pedagogik faoliyatga tayyorligiga
bog‘iqdir. Shuning uchun ham zamonaviy oliy ta’lim
tizimida

muhim

masala

talabalarning

kasbiy

tayyorgarligi, – bo‘lajak tarbiyachilarning pedagogik
ijodiy qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgandir.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining yagona davlat
o‘quv dasturi bo‘lgan “Ilk qadam” takomillashtirilgan
davlat

dasturida

ham

maktabgacha

yoshdagi

bolalarning tayanch kompetensiyalaridan biri bo‘lgan
ijtimoiy

kompetensiyalarini,

kommunikativ

kompetensiyalarini

shakllantirishida

bolaning

belgilangan tartib va odob-axloq qoidalariga rioya
qilgan holda tengdoshlari va kattalar bilan birgalikda
ishlash qobiliyatlarini, muloqot qilish qobiliyatlarini,
bolalarda lug‘at boyligini oshirish va nutqidagi
kamchiliklarni bartaraf etish uchun tarbiyachining
kreativ yondashuvini shakllantirishdan iboratligi
belgilab berilgan.

Ta’lim-tarbiya jarayoniga bolalarni har

tomonlama intellektual, ma’naviy-axloqiy va jismoniy
rivojlantirishni ta’minlaydigan zamonaviy ta’lim
dasturlari,

ilg‘or

axborot

va

pedagogik

texnologiyalarini joriy etish, ularni maktabga
tayyorlash darajasini oshirish, maktabgacha ta’limni
boshqarishning zamonaviy standartlarini yaratish
maqsadida

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasining 2019-yil 487-sonli qarori muhim
ahamiyat kasb etadi [1].

O‘zbekiston

Respublikasi

Prezidentining

28-yanvar

2022-yildagi

“2022-2026-yillarga

mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot
strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60 son Farmoni [2]

4-bobining 38-,39-,40-maqsadlarida Maktabgacha
ta’lim tizimini ta’lim sifati, qamrov darajasi va sifatli
budjet maqsadlarining maqsadli va sifatli sarflanishini
ta’minlash hamda 42-maqsadida 2026-yilga qadar
o‘quv dasturlari va darsliklarni ilg‘or xorijiy tajriba
asosida to‘la qayta ko‘rib chiqib, amalda joriy etish
kabi maqsadlarni o‘zida aks ettirgan.


ADABIYOTLAR TAHLILI VA

METODOLOGIYASI

Ota-bobolarimiz azal-azaldan bola tarbiyasiga

alohida e’tibor qaratganlar [3]. Sharq mutaffakirlari
Abu Nasr Farobiy, Yusuf Xos Hojib, Alisher Navoiy,
Abu Ali Ibn Sino, Imom al-Buxoriy, Kaykovus, Iso at-
Termiziy, Abu Rayhon Beruniy, Az-Zamaxshariy,
Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho‘lpon singari fozilu-
fuzalolarning ta’lim-tarbiya borasidagi qarashlari
bugungi kungacha o‘z qiymatini yo‘qotmagan.
Shuningdek, ularning asarlarida bola bilan qanday
ishlash kerak, unga qanday yondasha bilish kerak,
uning qobiliyati, qiziqishi, ijodkorligini inobatga olib
harakat qilsagina, bolaning kelajak kamolotiga ta’siri
xususidagi qarashlari o‘z ifodasini topgan. Abu
Rayhon Beruniyning bilim egallash yo‘llari haqidagi
fikrlari hozirgi davr uchun ham dolzarbdir.
O‘quvchiga bilim berishda ularni zeriktirmaslik,
uzviylik, izchillik va hokazolarni e’tiborga olish
kerakligini uqtiradi. Beruniy inson kamolotida uch
narsa muhimligini ta’kidlaydi. Bu hozirgi zamon
pedagogikasida ham e’tirof etiluvchi omillar- irsiyat,
muhit va tarbiyadir.

Shuningdek, xorijiy olimlarning ham kreativlik

to‘g‘risidagi fikrlari turlichadir. Jumladan, Olima D.B.
Bogoyavlenskayaning nuqtayi nazariga ko‘ra,
ijod(korlik) intellektual faollikning eng yuksak shakli,
intellektual tashabbus sifatida xizmat qiladigan eng
muhim sifat tavsifi hisoblanadi [4]. Olima kreativlikka
berilgan vazifa chegarasidan tashqariga chiqishga
intilishda namoyon bo‘ladigan vaziyatli stimul
berilmagan

faollik

deb

qaraydi.

D.B.Bogoyavlenskayaning fikriga ko‘ra, kreativlik
faoliyat turidan qat’i nazar, barcha novatorlarga xos.
Olimaning fikricha, uning o‘zi integral hosila deb


background image

tushunadigan

intellektual

faollik,

tizimning

intellektual

va

motivatsion

komponentlarining

protsessual o‘zaro faoliyati ularning birligida aks
ettiriladigan yaxlit shaxsning xossasi bo‘lib, u
shaxsning vaziyat-stimul berilmagan mahsuldor
faoliyatga bo‘lgan qobiliyatini ta’minlaydi. Biroq
ushbu ko‘rsatkichlarning bog‘liqligi barcha holatlarda
ham kuzatilmaganligi tufayli ularni bir-biridan
farqlash va intellektual iqtidorlilik hamda ijodiy
iqtidorlilik va mahsuldorlikni tashxis qilishning
alohida metodikalarini yaratish zarurati paydo bo‘ladi.

Olim

Drujininning

fikriga

ko‘ra,

mikromuhitning xulq-atvorni tartibga solishning past
darajasi, kreativ xulq-atvor namunalarining predmetli-
axborot jihatdan boyitilganligi va berilganligi kabi
parametrlarning

birga

kelishi

kreativlikning

rivojlanishiga yordam beradi.

G‘arb kishilari uchun kreativlik, umuman

olganda, yangilik sanaladi. Ular kreativlik negizida
noa’nanaviylik, qiziquvchanlik, tasavvur, hazil-
mutoyiba tuyg‘usi va erkinlik mavjud bo‘lishiga
e’tiborni qaratadilar. Sharqliklar esa, aksincha,
kreativlikni ezgulikning qayta tug‘ilish jarayoni, deb
tushunadilar. Garchi g‘arblik va sharqliklarning
kreativlik borasidagi qarashlari turlicha bo‘lsa-da,
biroq, har ikki madaniyat vakillari ham mazkur sifat
va unga egalikni yuqori baholaydilar.

NATIJALAR

Maktabgacha

ta’lim

bolaning

tayanch

kompetensiyalarini rivojlantirish uchun asos bo‘lib
xizmat qiladi. U ta’limning keyingi bosqichlarida,
shuningdek, butun hayoti davomida rivojlanib boradi.
Davlat o‘quv dasturi kompetensiyaviy yondashuvga
asoslangan. Bu maktabgacha ta’lim va tarbiya
jarayonida bolalar faoliyatining turli-tuman turlarida
shakllanadigan kompetensiyalarni rivojlantirishga
qaratilgan. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim
berishda kompetensiyaviy yondashuv bolalarning
bilish bilan bog‘liq bo‘lgan ehtiyojlari, muammolar va
imkoniyatlarga samarali javob berish qobiliyatini
shakllantirish, axloqiy me'yorlar va qadriyatlarni
rivojlantirish, boshqa insonlar bilan muloqot qilish,
shaxsiy “Men” konsepsiyasini shakllantirishni o‘z
ichiga oladi [5].

Maktabgacha yoshdagi bolalarning tayanch

kompetensiyalariga: ● Kommunikativ. ● Ijtimoiy. ●
Shaxsiy (“Men” kontsepsiyasini qurish). ● Bilish
kompetensiyalarini o‘z ichiga oladi.

Har bir kompetensiya bir biriga uzviy bog‘liq

hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning
kommunikativ kompetensiyasi bu - bolalarning
atrofdagi odamlar bilan o‘zaro munosabatlarning
konstruktiv usullari va vositalariga ega bo‘lishni,
muloqot qilish, o‘yin, bilish, maishiy va ijodiy
vazifalarni muvaffaqqiyatli hal qilish qobiliyati
hisoblanadi.

Ushbu

kompetensiyaga

nutqni

rivojlanishi ham kiradi. Nutq bolaning kognitiv va
ijtimoiy rivojlanishi hamda dunyoni bilishi uchun
zarur vosita hisoblanadi.

Mazmunga boy va

rag‘batlantiruvchi ta’lim muhitida bolalar og‘zaki va

yozma muloqot ko‘nikmalarini rivojlantiradilar, bu
ularga o‘zlariga ishonishga, boshqalar bilan
munosabatlarni

o‘rnatishga,

dunyo

haqidagi

tushunchalarini shakllantirishga, mashg‘ulotlarda
ishtirok etishga va loyiha ishlarini jamoa bo‘lib
bajarishga yordam beradi. Bolalar kattalar va boshqa
bolalar tomonidan tushunilishlari uchun o‘zlarini
namoyon etishlari mumkin. Ular aytilganlarni
tushunish uchun tinglaydilar va kuzatadilar; savol va
topshiriqlarni eshitadilar va shunga mos javob
berishadi. Ular nutqni, ayniqsa o‘qish va yozishni o‘z
ichiga olgan mashg‘ulotlarga ijobiy qarashadi. Ular
nutqning turli shakl va funktsiyalarini biladilar,
ulardan foydalanadilar va kerak bo‘lganda ularni turli
xil

muloqot

holatlarida

moslashtiradilar.

Bu

kompetensiya, shuningdek, axborot olish uchun turli
xil aloqa vositalari mustaqil foydalanish qobiliyatini
o‘z ichiga oladi; ta’lim olishi va rivojlanishida
foydalanish uchun kerakli ma’lumotlarni qidirish,
tahlil qilish va tanlash, ularni tartibga solish,
o‘zgartirish, saqlash qobiliyatini mustahkamlaydi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishida belgilab
berilgan ushbu kompetensiyalarning maqsadi ham
bolaning muayyan vaziyatlarda olgan bilim, ko‘nikma
va malakalarini maqsadga erishishi yo‘lida qo‘llay
olishidir.

Maktabgacha

ta’lim

tashkiloti

tarbiyachisining

ham

asosiy

vazifasi

tarbiyalanuvchilarning lug‘at boyligini oshirishda,
bolalarning ijtimoiyashuvini ta’minlashda, kattalar
bilan muloqotga erkin kirisha olishida va tengdoshlari
o‘rtasida o‘zining fikrini mustaqil bildira olishini
ta’minlash uchun muloqotda kreativ bo‘lishi maqsad
qilib qo‘yilgan.

Tarbiyachi-pedagogning kreativ

potensialini

quyidagicha

belgilash

mumkin:

Birinchidan, maqsadli motivli yondashuv (bunda
pedagogning

qiziqishlari,

motivlari

ta’limiy

faoliyatlarni tashkil etishga intilishida ko‘rinadi).
Ikkinchidan, tezkor yondashuv (mantiqiy fikrlashga
doir

harakatlar

amaliy

faoliyat

usullaridan

foydalanishida ko‘rinadi). Uchinchidan, refleksiv
baholash (bunda o‘z-o‘zini tahlil qilish, o‘z-o‘zini
baholashda ko‘rinadi). Tarbiyachi-pedagog o‘zida
kreativlikni rivojlantirishda quyidagilarga e’tiborini
qaratmog‘i lozim:
1. O‘quv mashg‘ulotlarni tashkil etishda nostandart
usullardan foydalanish.
2. O‘zida tanqidiy, kreativ tafakkurni shakllantirish va
rivojlantirish.
3. Ijodiy fikirlash, yangi g‘oyalarni o‘ylab topishga va
yangilik yaratishga intilish. Bir qolipda fikrlamaslik.
4. Bolalarning har qanday yutuqlarini maqtashi,
rag‘batlantirishi.
5. Bolalarga nisbatan ijodiy yondoshish va ijodiy
muhitni tashkil qilish.
6. Muammoni qo‘yish yoki muammoli vaziyatni
yaratish .
7. Kreativ maydonni yarata olish.
8. Kreativ insonlar bilan ko‘proq muloqotda bo‘lish.
Bu kabi sifatlarni o‘zida mujassamlashtirish uchun
tarbiyachi pedagog o‘z ustida tinmay mehnat qilishi
talab etiladi. Tarbiyachi bu - faqat hamma bilan oson
til topishadigan insongina emas, balki bolalarni
rivojlanishi uchun eng yuqori imkoniyatlarni yaratgan


background image

holda materiallarni tanlaydigan insondir. Bolalarning
kreativ, ijodiy rivojlanishi, muloqot qila olishi uchun
imkoniyat yaratish, bolalar o‘z his tuyg‘ularini
ifodalashda o‘zlarini erkin sezishlari tarbiyachining
pedagogik mahoratiga, kreativligiga bog‘liq.

MUHOKAMA

Zamonaviy ta’lim barcha turdagi ta’lim

tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan tarbiyachilarning
kreativ bo‘lishlarini taqozo etadi. Ko‘p holatda
maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilari o‘zlarida
kreativlik qobiliyatini mavjud emas, deb hisoblaydilar.
Buni ikki xil sabab bilan asoslash mumkin:
birinchidan, aksariyat tarbiyachilar ham aslida
“kreativlik” tushunchasi qanday ma’noni anglatishini
yetarlicha izohlay olmaydilar; ikkinchidan, kreativlik
negizida bevosita qanday sifatlar aks etishidan
bexabarlar. Ayni o‘rinda shuni alohida qayd etib o‘tish
joizki, har bir shaxs tabiatan kreativlik qobiliyatiga
ega. Bu o‘rinda Patti Drapeau shunday maslahat
beradi: Agarda o‘zingizni kreativ emasman deb
hisoblasangizda,

hozirdanoq

kreativ

tafakkurni

rivojlantirishga qaratilgan darslarni tashkil eta
boshlashingizni maslahat beraman. Aslida, gap
sizning ijodkor va kreativ bo‘lganingiz yoki
bo‘lmaganingizda emas, balki darslarni kreativlik
ruhida tashkil etishingiz va yangi g‘oyalarni amalda
sinashga intilishingizdadir. Patti Drapeau nuqtai
nazarida, kreativ fikrlash, eng avvalo, muayyan
masala yuzasidan har tomonlama fikrlash sanaladi.

Kreativlik - bu insonning fikrlashida, his tuyg’ularida,
muloqotida namoyon bo‘ladigan ijodiy qobiliyatidir.
G‘arb kishilari uchun kreativlik, umuman olganda,
yangilik

sanaladi.

Ular

kreativlik

negizida

noan’anaviylik, qiziquvchanlik, tasavvur, hazil-
mutoyiba tuyg‘usi va erkinlik mavjud bo‘lishiga
e’tiborni qaratadilar. Sharqliklar esa, aksincha,
kreativlikni ezgulikning qayta tug‘ilish jarayoni, deb
tushunadilar.

V.A.Suxomlinskiyning

fikricha:

Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisining ijodi
“faoliyat ob’yekti bola, doimo o‘zgarib turadigan,
bugun, yangi kechagiday emas” bo‘lishi kerak, deya
ta’kidlab o‘tgan.

Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilari

tarbiyalanuvchilar bilan muloqotida avvalo qanday
qilib o‘zida kreativlik qobiliyatini yuzaga chiqarishni,
ta’lim-tarbiya

jarayonida

ularning

tayanch

kompetensiyalarini oshirishga qaratilgan qator ishlarni
amalga oshirishni ko‘zda tutadi.

XULOSA

Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya

berishdagi

asosiy

vazifalardan

biri,

bolalarga

tarbiyachi tomonidan mashg‘ulot jarayonini noodatiy
qilib o‘tkazish talab qilinadi. Chunki, har bir bola
o‘yin orqali, turli qiziqarli mashg‘ulotlar bo‘lsagina
mashg‘ulot jarayoniga qiziqadi va bor e’tiborini
qaratadi. Ta’lim-tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchi
o‘zaro muloqotga kirishadi. Tarbiyalanuvchilarni
mashg’ulot jarayoniga qiziqtira olishi va ular bilan
muloqot qila olishida tarbiyachining kreativligi asosiy
jihatlardan biri hisoblanadi. Tarbiyachi kreativ fikrlari
va qiziqarli o‘yinlari bilan mashg‘ulotni olib borish
jarayonida o‘zaro bolalar bilan kreativ muloqotga
kirisha olishi bolalarning rivojlanishiga, o‘qishga,
ta’lim olishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishi,
ularning eng katta yutug‘i hisoblanadi. Bu
samaradorlik esa, har bir bolaning jamoa bilan
muloqotga kirishishida qiyinchilik tug‘dirmaydi,
chunki atrofidagi tengdoshlariga qarab, o‘zini yengil
his qiladi. Bu esa, tarbiyachining tarbiyalanuvchilar
bilan muloqotida kreativ yondashuvining natijasi
sifatida namoyon bo‘ladi.


Foydalanilgan

adabiyotlar

ro‘yxati

1.

O‘zbekiston

Respublikasi

Vazirlar

Mahkamasining “Maktabgacha ta’lim tizimiga ilg’or
axborot va pedagogik texnologiyalarni joriy etish
chora-tadbirlari

to‘g’risida”gi

487-sonli

qarori.11.06.2019.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

“2022-2026-yillarga

mo‘ljallangan

yangi

O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi
PF-60 son Farmoni.

28.01.2022.

3.

Mirzayeva D.Sh.Maktabgacha pedagogika

/ O‘quv qo‘llanma -Toshkent, 2022.

4.

Akbarovna,

Abdullajonova

Shaxnoza.

“Inclusive education and its essence”. International
journal of social science & interdisciplinary research.
ISSN:2277-3630.Impact factor: 7.429 11.01 (2022):
248-254.

5.

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha

ta’lim tashkilotlari uchun davlat o‛quv dasturi “Ilk
qadam”. Takomillashtirilgan ikkinchi nashri. 2022-yil,
4-fevral.

6.

http://www.preschool.by.ru

References

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta’lim tizimiga ilg’or axborot va pedagogik texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi 487-sonli qarori.11.06.2019.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60 son Farmoni. 28.01.2022.

Mirzayeva D.Sh.Maktabgacha pedagogika / O‘quv qo‘llanma -Toshkent, 2022.

Akbarovna, Abdullajonova Shaxnoza. “Inclusive education and its essence”. International journal of social science & interdisciplinary research. ISSN:2277-3630.Impact factor: 7.429 11.01 (2022): 248-254.

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun davlat o‛quv dasturi “Ilk qadam”. Takomillashtirilgan ikkinchi nashri. 2022-yil, 4-fevral.

http://www.preschool.by.ru

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов