TALABALARNING NUTQIY KASBIY-METODIK KOMPETENTLIGINI INNOVATSION RIVOJLANTIRISH DA DUAL YONDASHUVLAR.

HAC
Google Scholar
To share
Samandarova, M. (2024). TALABALARNING NUTQIY KASBIY-METODIK KOMPETENTLIGINI INNOVATSION RIVOJLANTIRISH DA DUAL YONDASHUVLAR. Modern Science and Research, 3(1), 1–5. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28121
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Filologik ta'limda talabalarning mustaqil o‘quv topshiriqlarini rivojlantirishda kredit-modul` tizimiga o‘tishning amaldagi holati va istiqbollari, oliy ta’lim muassasalarini ilg‘or jahon tajribalari asosida kredit-modul tizimining tamoyillari, ta'lim oluvchi, ta'lim natijalarini tan olinishi. Ta'lim traektoriyasini mustaqil shakllantirish imkoniyatini yaratilishi va akademik mobillik, baholarning to'planib borilishi, Professor-o‘qituvchi, talabalarning fanga qiziqishi, hamda aniq belgilangan baholash tizimini joriy etilishi maqsadga muvofiq ekanligi asoslab berilgan.


background image

1

TALABALARNING NUTQIY KASBIY-METODIK KOMPETENTLIGINI

INNOVATSION RIVOJLANTIRISH DA DUAL YONDASHUVLAR.

Samandarova Muhayyo Qaxramon qizi.

Toshkent Amaliy fanlar universiteti “Pedagogika” kafedrasi o‘qituvchisi

muxayyosamandarova

297@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.10463018

ANNOTASIYA

Filologik ta'limda talabalarning mustaqil o‘quv topshiriqlarini rivojlantirishda kredit-modul` tizimiga o‘tishning

amaldagi holati va istiqbollari, oliy ta’lim muassasalarini ilg‘or jahon tajribalari asosida kredit-modul tizimining tamoyillari,
ta'lim oluvchi, ta'lim natijalarini tan olinishi. Ta'lim traektoriyasini mustaqil shakllantirish imkoniyatini yaratilishi va akademik
mobillik, baholarning to'planib borilishi, Professor-o‘qituvchi, talabalarning fanga qiziqishi, hamda aniq belgilangan baholash
tizimini joriy etilishi maqsadga muvofiq ekanligi asoslab berilgan.

KIRISH.

Oliy ta’lim sohasi bo‘yicha pedagog

kadrlarni tayyorlash mazmuni, sifati va ularning
tayyorgarligiga

qo‘yiladigan

umumiy

malaka

talablari asosida rivojlantirilishi lozim bo‘lgan dual
ta’lim tizimi bo‘lib, pedagogik mahoratni o‘qituvchi
shaxsida nazariy va amaliy nomoyon etish lozim.
Bo‘lajak pedagogning kasbiy kompetentligi va
kreativligini takomillashtirishfda, uni innovatsion
faoliyatda namoyon bo‘lishini, kasbiy pedagogik
tayyorgarlik jarayonida amalga oshiriladi. Pedagogik
kompetentlik,

integrativ,

innovatsion

kreativ

yondashuvlar asosida pedagogning kasbiy mahoratini
ijodkorligini rivojlantirish omili bo‘lib xizmat qiladi.
O‘quv mashg‘ulotlarining zamonaviy turlarini (keys-
stadi, aralash ta’lim, virtual laboratoriya, debat)
tashkil etish va o‘tkazish metodikasi asosan
talabalarda

tanqidiy,

o‘zini-o‘zi

(motivatsion,

intellektual, amaliy-faoliyatli, faol kommunikatsiya
va jamoaviy ish) rivojlantirish va kreativ fikrlashni
rivojlantirish usullari oliy ta’lim jarayoniga
innovatsion

yondashuvlarni

joriy

etish

va

modernizatsiyalash mahsulidir.

Pedagogik

kompetentsiya

– biror kasb bilan doimiy

shug‘ullanadigan inson o‘z kasbini mohirlik bilan
bajarilishi pedagogik kompetentlik va kasbiy
jihatdan sog‘lom turmush tarzini rivojlantirish
bo‘yicha

o‘tkazilgan

pedagogik-psixologik

tadqiqotlarda

“kompetentlik”

tushunchasi

“pedagogning

oliy-kasbiy

mahorati”

sifatida

o‘rganiladi. Uning tarkibiga pedagogik faoliyatni
amalga oshirish jarayonida rivojlangan muhim kasbiy
sifatlar hamda shaxsiy kasbiy salohiyatni tashkil
etgan oliy pedagogik kompetentsiya, intellektual,
motivatsion,

kommunikativlik,

kreativlik-ijodiy,

perseptiv hamda shaxs emotsional-irodaviy (irodaviy
ta’sir o‘tkazish va mantiqiy ishontira olish) kabi
kompetentsiyaviy

majmualar

kompleksi

kiradi.

O‘qituvchining kasbiy pedagogik mahorati va o‘z
kasbiy faoliyatini yuqori saviyada tashkil qila olishni
ta’minlovchi,

o‘qituvchi-pedagog

shaxs

xususiyatlarini

yig‘indisidir.

Shunday

muhim

xususiyatlarga

o‘qituvchi

faoliyatining

insonparvarlikka yo‘naltirilganligi, uning kasbiy
bilimlari, pedagogik qobiliyatlari va pedagogik

texnikasi, verbal noverbal ta’sirlar kiradi. Bu
pedagogik kompetentsiya tizimidagi o‘zini tashqi
ta’sirlarsiz rivojlantira olish xususiyatiga ega o‘zaro
bog‘liq jihatlardir. Shundan kelib chiqib ta’kidlash
mumkinki, o‘qituvchining kasbiy kompetentligi
o‘qituvchi faoliyati va shaxsiga qo‘yilgan me’yoriy
talablar bilan belgilangan umumiy yoki tipik
xususiyatlar o‘qituvchi sub’ekt sifatida pedagogik
faoliyat va muloqotda namoyon bo‘luvchi individual-
psixologik va tipologik xususiyatlarini belgilash
mumkin.

Kompetentsiya

yuksak

mahorat,

qobiliyatlar majmui, oliy pedagogik mahoratning
ko‘rsatkichlari hisoblanadi. Pedagogik kompetentsiya

didaktik faoliyatida ijodiy qo‘llagan holda o‘quv
ishining hamma qirralarida eng yuqori darajada
erishilgan yutuqlardir. Pedagogik kompetentsiya–

bu

o‘qituvchi-pedagogning shunday shaxsiy va kasbiy

fazilatlarini belgilaydigan xususiyatki, u o‘z fanini
chuqur va atroflicha bilishida, pedagogik-psixologik
va metodik tayyorgarligida talabalarni o‘qitish,
tarbiyalash va rivojlantirishniig maqbul yo‘llarini
izlab topib amaliy faoliyatida namoyon bo‘ladi.
Yuksak kasbiy pedagogik mahorat egasi, ya’ni
kasbiy pedagogik ijodkorlik.

Oliy ta’lim muasasasi

ta’lim jarayonida

innovatsion texnologiyalardan

foydalanish bevosita amalga oshiruvchi professor-
o‘qituvchilarga alohida talablar qo‘yadi. Tizimda
amaliy faoliyatga ijodkorona tatbiq etishning asosiy
tayanch

nuqtalari

hisoblangan,

o‘z-o‘zini

takomillashtirish

texnologiyasining

konseptual

asoslarini,

asosiy

qoidalarining

mohiyatini

o‘zlashtirgan kasbiy pedagogik talabalarga oliy ta’lim
va tarbiya berishda innovatsion g‘oyalarning
yetakchisi bo‘la olishi mumkin. Bu esa quyidagilarni
taqozo etadi: u talabani tinglay olishi, vaziyatdan
munosib ravishda chiqa olish, kasbiy oliy pedagog
yangi g‘oyalarni hamisha qo‘llab-quvvatlaydi, g‘oya
va fikrlarini bemalol, erkin ifodalash mumkin bo‘lgan
muhitni yarata oladi. Umumiy kompetentsiyalar va
kasbiy kompetentsiyalar “Kompetentlik” tushunchasi
ta’lim-tarbiya sohasiga pedagog va psixologlarning
ilmiy izlanishlari natijasida fanga kirib kelgan bo‘lib,
pedagogik

va

psixologik

nuqtai

nazardan

kompetentlik “noan’anaviy vaziyatlar, o‘zini qanday
tutishi, muloqotga kirishishi, noaniq vazifalarni


background image

2

bajarishda, ziddiyatlarga to‘la ma’lumotlardan
foydalanishda,

izchil

rivojlanib

boruvchi

va

murakkab

jarayonlarda

harakatlanish

rejasiga

egalikni anglatadi. [2,49] Nutqiy kompetentlik
tilshunoslar tomonidan alohida bilim, malakalarni
egallanishini emas, balki har bir mustaqil til
yo‘nalishlari bo‘yicha integrativ bilimlar va
harakatlarning o‘zlashtirilishini nazarda tutadi.
Talabalarga nutqiy kompetentsiyani shakllantirishda
mutaxassis

o‘z

bilimlarini

doimo

boyitib

borayotganini, yangi axborotlarni o‘rganishni, muhim
nutqiy talablarni anglayolishni, tovush va ularni
amaliyotda qo‘llay olish, talabalarni individual
xususiyatini inobatga olib ularga fonetikaga xos
bo‘lgan xususiyatlarni, tovush, tovush ozgarish
holatlari, fonetik tahlilularni ishlash va qo‘llay
bilishni taqozo etadi. Biz kompetentsiyani turlariga
murojat

etsak.

Nutqiy

kompetentlik

–nutqiy

munosabatlarda

faollik

ko‘rsatish

ko‘nikma,

malakalariga

egalik,

nutqning

shakllanganligi,

muloqotga kirisha olish ravon, so‘zlashish. Og‘zaki
va yozma savodxonlik.

Maxsus kompetentlik

kasbiy-pedagogik

faoliyatn

tashkil

etishga

tayyorlanish, kasbiy-pedagogik vazifalarni oqilona
hal qilish, faoliyati natijalari baholash, BKMni izchil
rivojlantirib borish bo‘lib, ushbu kompetentlik
negizida psixologik, metodik, informatsion, kreativ,
innovatsion va kommunikativ kompetentlik ko‘zga
tashlanadi. Ular o‘zida quyidagi mazmunni
ifodalaydi

: Pedagogik-psixologik kompetentlik

pedagogik jarayonda sog‘lom psixologik muhitni
yarata olish, talabalar va ta’lim jarayonining boshqa
ishtirokchilari bilan ijobiy muloqotni tashkil etish,
turli salbiy psixologik ziddiyatlarni o‘z vaqtida
anglay olish va bartaraf eta olish.

Metodik

kompetentlik

– pedagogik jarayonni metodik jihatdan

oqilona tashkil etish, ta’lim yoki tarbiyaviy faoliyatni
to‘g‘ri belgilash, metod va vositalarni maqsadga
muvofiq tanlay olish, metodlarni samarali qo‘llay
olish,

vositalarni

muvaffaqiyatli

qo‘llash;

informatsion kompetentlik

– axborot muhitida zarur,

muhim, kerakli, foydali ma’lumotlarni izlash, yig‘ish,
saralash, qayta ishlash va ulardan maqsadli, o‘rinli,
samarali

foydalanish;

Kreativ

kompetentlik

pedagogik faoliyatga nisbatantan jidiy va ijodiy
yondashish,

o‘zining

ijodkorlik

malakalariga

egaligini

namoyish

eta

olish;

Innovatsion

kompetentlik

– pedagogik jarayonni takomillashtirish,

ta’lim sifatini yaxshilash, tarbiya jarayonining
samaradorligini oshirishga doir yangi g‘oyalarni
ilgari surish, ularni amaliyotga muvaffaqiyatli tatbiq
etish. [2,67].Nutqiy kompetentsiyani shakllantirishda,
nutqqa xos bo‘lgan barcha holatlarni alifbodan to
tovushgacha bo‘lgan jarayonlarni turli xil tarbiyaviy
usullar, o‘yin texnologiyalari bilan singdirish lozim.
Talabaga

xos

bo‘lgan

nutqiy

jarayonlarga

to‘xtalamiz.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA

METODOLOGIYA

Tilshunoslik fanlari ona tili o‘qitish

metodikasi didaktik, pragmatik yondashuvga

asoslanmoqda, dars mashg‘uloti jarayonida lingvistik
kompetentsiyalarni

rivojlantirish

lingvodidaktik

kompetentsiyalarni rivojlanishiga olib kelish ko‘zda
tutilmoqda. Til an’analarining yig‘ilib borishi.
L.S.Vigotskiy,

I.Ya.Zimnyaya,

A.A.Leontev,

S.L.Rubinshteynlarning psixologik tadqiqotlar tahlili
til tashuvchisini shakllantirishning muvaffaqiyati ona
tilining

kommunikativ

rivojlanish

darajasiga

bog‘liqligi haqida gapirishga imkon beradi. “Ona
tilining

kommunikativ

rivojlanishi”

iborasi

I.Ya.Zimnyayaning

fikricha,

quyidagilarni

ta’minlaydigan murakkab ko‘p qirrali hodisa sifatida
ko‘rib chiqilishi kerak: lug‘at hajmi; nutq qoidalarini
egallashning mohirlik darajasi; fikrini ongli ravishda
izchil bayon qila olish qobiliyati, suhbatdoshining
replikalariga munosib javob bera olish, eshitganlariga
munosabat bildirish ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan
og‘zaki

muloqot

shakllarini

bilish

darajasi;

ko‘rsatkichi

o‘qish

sur’ati

bo‘lgan

o‘qish

texnologiyasi darajasi; yozma nutq ko‘nikmalarini
shakllantirish

darajasi,

kognitiv

qiziqishlarini

shakllantirish

darajasi;

umumiy

dunyoqarash.

Suhbat, test, savol-javob, mustaqil o‘quv topshiriqlar
ustida ishlash, statistik metodlari asosida xalqaro
tajribalarda til o‘rganishga qo‘yilgan aniq talablar
orqali (tinglab tushunish), (gapirish), (o‘qish) va
(yozish) malakalari rivojlantiriladi. Ona tili o‘qitishda
mazkur metodlardan biroz ijodiyroq foydalanish
maqsadga muvofiq, bizningcha. Bunday vaziyatda
ona tili o‘qitish metodikasining didaktik vazifasi
talabalarda eshitganlarni to‘g‘ri tushuna olish, adabiy
tilde ravon mantiqan izchil gapira olish, matnni o‘qib
tushuna olish hamda to‘g‘ri va mazmunli yoza olish
ko‘nikmalarini takomillashtirish lozim. [2,19].
Xalqaro reytinglarda yuqori o'rinlarda turgan OTMlar
faoliyatini o'rganishda, zamon va jahon talablariga
mos o'quv rejalarni ishlab chiqish oliy filologik ta'lim
tizimida

zamonaviy

axborot

kommunikatsiya

texnologiyalarini joriy etish, ta'limning kredit-modul`
tizimining mohiyatini, ishlash mexanizmini oliy
filologik ta'lim tizimidagi professor-o'qituvchilari va
talabalarga yetkazishda universitetda kredit-modul
tizimiga o'tish jarayoni monitoringini olib borish
lozim. Xalqaro rivojlangan davlatlardatil o‘qitish
metodikasi keyingi yillarda bir qator yutuqlarni
qo‘lga kiritilganligi bilan izohlanadi. [4,14]. Demak,
biz qo‘llash sohasi bo‘yicha tilshunos tadqiqotchining
fikriga tayanib Talabaga xos b’lgan nutqiy
kompetentlikni quyidagi tarkibiy asoslarini ishlab
chiqdik: Talaba yoshi inobatga olinadi. Fonetik
o‘zgarishlarga e’tibor berish lozim.

Tovush va ajratishdagi tafovut.

-

Fonetik kompetentsiya.

-

Insert metodi asosida matnni ravon o‘qish
usuli.

-

Nutqiy sifatlarni o‘zlashtirishda innovatsion
texnologiyalarni qo‘llash usullari.

-

Yod olish qobiliyatini rivojlantirish usullari.

Lug‘at

bilan

ishlashusullari.

Leksikalogik

kompetentsiya

Mutaxassis sifatida:


background image

3

-Aniq maqsad, intilish asosida nutqiy jarayonni
takomillashtirish metodikasi;
-Nutqiy jarayon samaradorligini, o‘zining ishchanlik
faolligini oshirish
metodikasi;
-Izchil ravishda yangilanib borayotgan filologik
bilimlarni o‘zlashtish metodikasi;
-ilg‘or texnologiya, metod hamda vositalardan
xabardor bo‘lish metodikasi;
-Oliy filologik faoliyatiga fan-texnikaning so‘nggi
yangiliklarini samarali tadbiq
etish metodikasi;
-kasbiy ko‘nikma va malakalarini takomillashtirish
metodikasi;

Til

an’analarining

yig‘ilib

borishi.

L.S.Vigotskiy,

I.Ya.Zimnyaya,

A.A.Leontev,

S.L.Rubinshteynlarning psixologik tadqiqotlar tahlili
til tashuvchisini shakllantirishning muvaffaqiyati ona
tilining

kommunikativ

rivojlanish

darajasiga

bog‘liqligi haqida gapirishga imkon beradi. “Ona
tilining

kommunikativ

rivojlanishi”

iborasi

I.Ya.Zimnyayaning

fikricha,

quyidagilarni

ta’minlaydigan murakkab ko‘p qirrali hodisa sifatida
ko‘rib chiqilishi kerak: lug‘at hajmi; nutq qoidalarini
egallashning mohirlik darajasi; fikrini ongli ravishda
izchil bayon qila olish qobiliyati, suhbatdoshining
replikalariga munosib javob bera olish, eshitganlariga
munosabat bildirish ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan
og‘zaki

muloqot

shakllarini

bilish

darajasi;

ko‘rsatkichi

o‘qish

sur’ati

bo‘lgan

o‘qish

texnologiyasi darajasi; yozma nutq ko‘nikmalarini
shakllantirish

darajasi,

kognitiv

qiziqishlarini

shakllantirish

darajasi;

umumiy

dunyoqarash.

Tilshunos

olimlar N.Mahmudov,

B.Mengliyev,

L.R.Raupova, S.Ashirboyev, Q.Yo‘ldoshev kabi
o‘zbek tilshunos olimlarining ishlarida nutqiy
kompetentlikni filologik nuqtai nazardan yanada
kengroq va sinchiklab o‘rganish imkonini beradigan
turli jihatlari va tarkibiy qismlari ajratib olingan va
o‘rganib chiqilgan. So‘z bilan og‘zaki ta’sir o‘tkazish
o‘qituvchidan

fikrlarni,

pedagogik

qobilyat

texnikasini,

ijodkorlikni

talab

qiladi.

Demak,

kompetentlik – olingan bilimlarga asoslangan holda
harakat

qila

olishlik

demakdir.

Namunalarga

o‘xshash harakatlarni ko‘zda tutadigan “bilim,
ko‘nikma va malakalardan farqli o‘laroq, nutqiy
kompetentlik universal bilimlarga asoslangan holda
mustaqil faoliyat tajribasini nazarda tutadi. Nutqiy
kompetentlik – talabalarga filologik bilimlarni
amaliyotda qo‘llay olishda samarali natija beradi.
Qo‘llash sohalari ularning maxsusligi va aniqligini
belgilaydi (ingiliz, franso‘z, nemis tillar bo‘yicha).
Pedagog-psixolog

N.G.Vitkovskayaning

ta’riflashicha, kompetentlik? qo‘yilgan muammolarni
hal etishga qaratilgan insonning ichki (bilim,
ko‘nikma va malakalari, ma’naviy sifatlari,
psixologik xususiyatlari) va tashqi (moddiy-texnik,
ijtimoiy) imkoniyatlarin safarbar qila olishga
qodirligidir.[3,78.]

NATIJA.

Psixologik nuqtai nazardan, A.K. Markovaning

fikricha,

kompetentlik

muayyan

insonning

xarakteristikasi, ya’ni kasbiy talablarga munosibligi
darajasi

bo‘yicha

insonning

individual

xarakteristikasi

demakdir

kasbiy

pedagog

N.A.Muslimov

o‘zining

tadqiqot

ishlarida

o‘qituvchining kasbiy kompetentligini shakllanganlik
asosini oltita sifatlar, ya’ni motivatsion xislatlar
(insonning butun hayoti davomida shakllanib,
rivojlanib boruvchi tanlagan kasbiga bo‘lgan
ehtiyojlari, motivlari va maqsadlarni qamrab oladi),
intellektual salohiyat (barcha rasmiy hujjatlar asosida
o‘qituvchi axborot va ma’lumotlarni uzatishga, bilim,
ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga intiladi),
irodaviy sifatlar (maqsadga intiluvchanlik, ichki va
tashqi to‘siqlarni, jismoniy va aqliy zo‘riqishlarni
yenga olishlik, o‘zini tuta bilishlik va tashabbuskorlik
xislatlari),

amaliy

ko‘nikmalar

(psixologik,

pedagogik, metodik va texnik-texnologik qobiliyatlar,
jamallar, talabaning faoliyat va muloqotining turli
sohalaridagi ko‘nikmalari), hissiy sifatlar (o‘z
hissiyotlarini boshqarishning zaruriy malakalari
shakllantirishi, o‘zining aniq hislari (qahr, g‘azab,
bezovtalik, arazlash, hasad, hamdardlik, uyalish,
mag‘rurlik, qo‘rqish, ko‘ngilchanlik, muhabbat va
boshqalar)ni boshqarishi hamda o‘z hissiyholatlarini
va ularni keltirib chiqaruvchi sabablarni tushunishi)
hamda o‘z–o‘zini boshqara olish (maqsadlarni va
ularga erishish vositalarini tanlashdagi erkinlik,
vijdonlilik, o‘z faoliyatiga tanqidiy yondoshuv,
harakatlarning keng qamrovliligi va anglanganligi,
o‘z xulqini boshqalarniki bilan qiyoslab borishi,
kelajakka ishonchi, o‘z jismoniy va psixologik
holatini talab darajasida tutib turishi va boshqara
olishi) sifatlari tashkil etishini ta’kidlab o‘tadi.
Demak,

bir

qator

tadqiqotlarda

bevosita

tilshunoslarga xos kasbiy kompetentlik va uning
o‘ziga xos jihatlari o‘rganilgan. [4,44.] Ana shunday
tadqiqotlar sirasiga B.Mengliyev va L.R.Raupova
tomonidan

olib

borilgan

izlanishlarni

kiritish

mumkin. Pedagogga xos nutqiy kasbiy kompetentlik,
uning o‘ziga xos jihatlarini talabaga o‘rgatishda
albatta, talabaning individual xususiyatini, tarbiyaviy
jarayonini hisobga olish, birinchi kurslardagi
psixologik muhitini bilish o‘ziga xos ahamiyat kasb
etadi. O'quv reja – oliy ta'limning muayyan yo'nalishi
yoki mutaxassisligi bo'yicha o'quv faoliyati turlari,
o'quv

fanlari,

kurslarining

tarkibi,

ularni

o'rganishning izchilligi, soatlar va kreditlardagi
hajmini ta'lim davrining to'liq me'yoriy muddati
uchun belgilaydigan me'yoriy-uslubiy hujjat. O'quv
dasturi – ta'lim mazmuni belgilovchi, o'quv fanining
asosiy mavzulari, mazmuni o'zlashtirilishning eng
maqbul usullari, axborot manbalari ko'rsatilgan
me'yoriy-uslubiy

hujjat.[1,18]. Amaldagi ta'lim

tizimida auditoriya yuklamalariga katta e'tibor
qaratilib kelinmoqda, lekin mustaqil ish turlari hali
ommalashmagan. Oily filologik ta’lim tizimida
talabalarning nutqiy kompetentsiyasi rivojlantirishda
Kredit modul tizimida professor-o'qituvchilar modulli
o'quv rejaga asosan (Sillabus) ishchi o'quv dasturini
ishlab chiqadi, fanni bir necha mantiqan tugallangan


background image

4

o'quv modullariga ajratadi, har bir o'quv modulining
maqsadi va vazifalarini belgilaydi, o'quv moduli
bo'yicha talabalar o'zlashtirishi, bilishi va amalda
qo'llay olishi lozim bo'lgan kompetentsiyalarni
belgilaydi. [2,67].

O'quv moduli (fanlar) bo'yicha auditoriya

mashg'ulotlari uchun (ma'ruza matnlari, amaliy,
seminar va laboratoriya mashg'ulotlari bo'yicha
materiallarni tayyorlaydi, testlar, vaziyatli (keyslarni)
masalalarni

tuzadi,

individual

topshiriqlarni

shakllantiradi, axborot manbalari (foydalanish uchun
tavsiya etilayotgan o'quv va ilmiy adabiyotlar
ro'yxati)

ni

shakllantiradi.

M.B.Elkonin

konsepsiyasiga ko‘ra, bolani rivojlantirish jarayonida,
avvalo, faoliyatning motivatsion tomonini, keyin esa
texnik jarayonni o‘zlashtirish amalga oshirilishi
kerak. Shu bilan birga, olimlar quyidagi omillarni
ham ajratib ko‘rsatadilar: ijtimoiy-siyosiy (tilning
davlatga xosligi, maktabda o‘qish majburiyati);
kasbiy qiymat (kasbga o‘qitish davlat tilida olib
boriladi); ijtimoiy obro‘, jamoaviy mas’ullik;
kommunikativ (ona tilida muloqot qilish zaruriyati);
o‘z-o‘zini

tarbiyalashga

ehtiyoj,

o‘zini

takomillashtirish istagi bilan bog‘liq sabablar; utilitar
(ma’lum hayotiy manfaatlarga erishish vositasi
sifatida tilni bilish zarurati); xavotirlanish sabablari
(sinfni orqaga tortmaslik, past baho olmaslik); ona tili
va adabiyoti o‘qituvchisiga hurmat motivi. Doimiy
intellektual rivojlanishda ruhiy jarayonlar (xotira -
vizual va eshitish, fikrlash – mavhum va majoziy,
kuzatish, tasavvur – reproduktiv va ijodiy); insonning
ma’naviy boyligi – doimiy ma’naviy rivojlanish,
axloqiy me’yorlar, avvalo, muloqot me’yoriga rioya
qilish muhim ahamiyatga ega. Mazkur talablarni
amalga oshirish uchun ona tili ta’limida pragmatik
yondashuvga asoslangan o‘quv topshiriqlar tizimini
ishlab chiqish lozim. Buning uchun turli nutq
vaziyatiga mos fikr ifodalash imkonini beruvchi,
o‘zaro muloqotning samarali bo‘lishiga xizmat
qiluvchi kognitiv-pragmatik ta’limning afzalliklarini
o‘rganib chiqish kerak bo‘ladi. Muloqot davomida
odatda savollarga to‘g‘ri javob bergani uchun
o‘quvchilarga rag‘bat yoki noto‘g‘ri javob bergan
taqdirda ularga dashnom beriladi. Talaba uchun nutq
OTMda muvaffaqiyatli ta'lim olish qurolidir. Nutq
o‘stirish o‘zi nima? Agar talaba va uning tilidan
bajargan ishlari ko‘zda tutilsa, nutq o‘stirish deganda
tilni har tomonlama faol amaliy o‘zlashtirish
tushuniladi. Agar o‘qituvchi ko‘zda tutilsa, nutq
o‘stirish deganda,bu nutqiy kompetentsiya bo‘lib,
talabalarning tilning talaffuzi, lug‘ati, sintaktik
qurilishi va bog‘lanishli nutqni faol egallashlariga
yordam beradigan metod va usullarni qo‘llash
tushuniladi. Nutq o‘stirishda uch yo‘nalish aniq
ajratiladi: 1)

so‘z ustida ishlash;

2)

so‘z birikmasi

va gap ustida ishlash;

3)

bog‘lanishli nutq ustida

ishlash.

Ko‘rsatilgan uch yo‘nalish parallel olib

boriladi: lug‘at ishi gap uchun material beradi; so‘z,
so‘z birikmasi va gap ustida ishlash bog‘lanishli
nutqqa tayyorlaydi. O‘z navbatida bog‘lanishli nutq
hikoya va insho lug‘atini boyitish vositasi bo‘lib

xizmat qiladi. Yozma nutqni rivojlantirish og‘zaki
nutqqa qaraganda ancha murakkab jarayon sanaladi.
Chunki u talabalardan grammatik va mazmun
jihatidan to‘g‘ri jumla qurishni, har bir so‘zni o‘z
o‘rnida to‘g‘ri qo‘llashni,fikrni ixcham, izchil,
ifodali, uslub jihatidan sodda va ravon ifodalashni,
bayon qilingan fikrlar sosida xulosalar chiqarishni
talab etadi. Bu nutqning murakkab tabiati yana
shundaki, u imlo, tinish belgilari va uslub bilan
bog‘liq. So‘zni to‘g‘ri yozish, tinish belgilarini o‘rinli
qo‘llash, fikrni uslub talabiga muvofiq bayon qilish
talabadan katta mas'uliyatni talab etadi. Shu sababli
nutqning bu turi ancha sekin va murakkab kechadi.
Yozma nutqning o‘ziga xos xususiyatlaridan yana
biri

uni

tekshirish,

tuzatish,

takomillashtirish

mumkinligidir. Bu jihatdan u og‘zaki nutqqa
qaraganda ancha qulay imkoniyatlarga ega.

MUHOKAMA

Talaba yozma nutqdagi xato va kamchiliklar

ustida ishlaydi, ularni bartaraf etadi, keyingi ishlarida
bu xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslikka intiladi.
O‘zbek tili o‘qitish metodikasi dars mashg‘ulotlarida
o‘qituvchi shuni ham unutmaslik lozimki, ko‘pincha
talabalar yozma ishlarda imlo va tinish belgilariga
katta e'tibor berib, matnning mazmuni ustida yetarli
ish olib bormaydilar. Matnlarda ko‘pincha mavzuga
aloqasi bo‘lmagan fikrlar ustunlik qilib, asosiy fikr
e'tibordan chetda qoladi. Tilni amalda o‘zlashtirish
O‘zbek tilining barcha tovush birliklarini (tovush –
bo‘g‘in – ibora - matn) tinglab ajratib olish va ularni
to‘g‘ri talaffuz qilishni nazarda tutadi, shuning uchun
talabalarda boshlang‘ich bilimning yetarli bilimga
ega bo‘lishi tovushni talaffuz qilishni rivojlantirish
borasidagi filologik metodik ishlar muntazam
ravishda olib borilishi lozim. Ohang, tembr, pauza,
urg‘ulashning turli xillari tovush ifodaliligining
muhim

vositalari

hisoblanadi.

Talabaga

intonatsiyadan to‘g‘ri foydalanishni, bildirilayotgan
fikrning nafaqat mazmuniy ahamiyatini, balki
emotsional xususiyatlarini ham bergan holda, uning
intonatsion tasvirini qurishni o‘rgatish juda muhim.
Shu bilan parallel ravishda, vaziyatdan kelib chiqqan
holda, talaffuz tempi, past-balandligini to‘g‘ri
qo‘llash, tovushlar, so‘zlar, iboralar, gaplarni aniq
talaffuz qilish (diksiya) qobiliyatini shakllantirish
ishlari ham olib borilishi lozim. Talabalarda nutqning
intonatsion

jihatiga

diqqat-e’tibor

qaratishni

tarbiyalar

ekan,

tajribaga

ega

tilshunos

pedagoglarning nutqni tinglash qobiliyatini, tembr
(har bir tovushning o‘ziga xos bo‘lgan sifati) va
vaznni

his

qilish,

tovush

kuchini

sezishni

rivojlantiradi, bu esa kelgusida musiqa tinglash
qobiliyatini rivojlantirishga ham ta’sir ko‘rsatadi.
Nutq intonatsiyasi, tovushning ifodaliligi ustidagi
ishlar talabalarning bildirilayotgan fikrga nisbatan,
matndan kelib chiqqan holda, ovozini balandlatib
yoki

pasaytirib,

talaffuz

qilinayotgan

matnga

mantiqiy va emotsional urg‘u berish orqali o‘z
munosabatini bildirishni o‘rganishlari uchun zarur.
Suning

uchun

tilshunos

pedagog

tegishli

topshiriqlardan ko‘proq foydalanishi lozim. Aynan


background image

5

ushbu qobiliyatlar talabaga turlicha intonatsion
ifodalashni talab qiluvchi turli xildagi ravon fikrlarni
tuzish – hikoya qilish, tasvirlash, mulohaza yuritish
uchun zarur bo‘ladi. Tarbiyachi nutqning tovush
jihatini rivojlantirar ekan, talabaga fikrlarning
predmet, fikr bildirish mavzusi va tinglovchilardan
kelib chiqqan holda kommunikatsiya maqsadlari va
shartlariga mos kelishini hisobga olishni o‘rgatishi
lozim. Nutqning o‘rinli bo‘lishi, tezligi esa atrofdagi
muhitga va fikrning maqsadiga mos kelishi lozim.
Yaxshi, to‘g‘ri nutqning muhim ko‘rsatkichi bo‘lib
uning ravonligi hisoblanadi. Artikulyasion va
intonatsion qobiliyatlarning uzviy bog‘liqligi keng
ma’nodagi

tinglash

va

artikulyasion-talaffuz

ko‘nikmalarini shakllantirishni nazarda tutadi. Ish
jarayonida o‘qituvchi talabalarga so‘zning tovush
tarkibini, so‘zdagi urg‘u o‘rnini tinglab, aniqlay
olishga, qofiya va vaznni his qilish tuyg‘usini
rivojlantirishga, aniq talaffuzni, so‘zlar, iboralar,
gaplarning turli intonatsion tavsiflarini bera olish
qobiliyatini

shakllantirishga

yordam

beradigan

mashqlardan foydalanishi zarur. Bu murakkab nutqiy
ko‘nikmalarni shakllantirish fonetik mashqlarni
takrorlashni, ularni muntazam ravishda o‘tkazishni
talab qiladi. Lug‘atni rivojlantirishda so‘zning
mazmuni ustidagi ishlar dastlabki o‘ringa chiqadi,
chunki aynan so‘zlarni matnga muvofiq holda
semantik tanlab olish (ko‘p ma’noli so‘zlar
mazmunini ochib berish, sinonimik va antonimik
taqqoslashlar) til va nutq hodisalarini anglab yetishni
shakllantiradi.

Nutqning

grammatik

tuzumini

o‘zlashtirish ustidagi ishlar jarayonida nutqning turli
qismlarida so‘z hosil qilish usullarini o‘rganish, til
umumlashmalarini

shakllantirish,

shuningdek

sintaktik tuzilmalar qurish (oddiy va qo‘shma gaplar)
vazifalari bosh vazifa sifatida namoyon bo‘ladi.

XULOSA.

Demak, xulosa sifatida nutqning tovush

madaniyatini tarbiyalashda intonatsion ifodalilik,
temp, talaffuz va fikrni bayon qilishning ravonligi
ustida ishlashga ko‘proq ahamiyat berish darkor,
zero,

ravon

nutqning

shakllanishi

ushbu

ko‘nikmalarga asoslanadi. Nazorat topshiriqlari va
mustaqil ta'lim uchun topshiriqlarni (referat, kurs
ishlari yozish, manbalarni tarjima qilish, tegishli
mavzular bo'yicha slayd tayyorlash, Glossariy tuzish,
savol-javoblar

banki)

shakllantiradi

va ularni

o'zlashtirish bo'yicha tegishli ko'rsatmalar beradi.
Ma'ruza,

amaliy,

seminar

va

labaratoriya

mashg'ulotlarini olib boradi, tegishli modullarni
o'zlashtirish, kurs ishlari va BMIlarini yozish
bo'yicha talabalarga maslaxatlar beradi. O'quv
elementlarining quyidagi: Tekstli, Kartografik (atlas,
karta),

Jadvalli

(grafiklar,

diagrammalar,

gistogrammalar), Illyustrativ (rasmlar), Audio va
video

ma'ruzalar,

Natural

(kollektsiyalar,

gerbariylar),

O'yinli

(vaziyatli),

Komp`yuterli

turlarini ishlab chiqadi va amaliyotga keng joriy
etiladi. Demak, ijodkor, kasbiy pedagog o‘z
kasbining yetuk ustasi – ustoz pedagog, ma’lum

pedagogik

mahoratga

ega

shaxs

hisoblanadi.

Bo‘lajak pedagog barcha vaziyatlarda ham o‘z
faoliyatini muvaffaqiyatli olib borishi uchun doimiy
ravishda o‘z bilim va kompetentligini oshirib,
zamonaviy pedagogik va ilg‘or oliy pedagogik
tajribalarni, metod va usullarni muntazam o‘rganib,
kasbiy-pedagogik ijodkorligini rivojlantirib boradi.

FOYDALANILGAN

ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.Axmedova M.E. Pedagogika nazariyasi va tarixi (
O‘quv qo‘llanma) – T.: Tafakkur bo‘stoni, 2011.
2.Axmedova

M.E.

G.Niyozov.

Pedagogika

nazariyasi va tarixidan seminar mashg‘ulotlar ( O‘quv
qo‘llanma) – T.: Noshir, 2011.
3.Axmedova M.E. ARM faoliyatida tilshunoslik
fanlaridan mustaqil topshiriqlar tuzishda modul-kredit
tizimining joriy etilishi // O‘zMU XABARLARI. -
Toshkent, 2022. - №1/2/1. – B. 95-97. ISSN 2181-7324.

https://science.nuu.uz/

(13.00.00; №15).

4.Axmedova M.E. Oliy filologik ta’limda o‘quv
topshiriqlaridan foydalanishning lingvometodik va didaktik
xususiyatlari

//

Xorazm

Ma’mun

akademiyasi

axborotnomasi. Ilmiy jurnal. - Urganch, 2022. - №2 (86). –
B. 470-472.

2016.29.12/4

5..Axmedova M.E. OTM Filologik ta’limda o‘quv
topshiriqlarini takomillashtirishning pedagogik-didaktik va
pragmatik xususiyatlari // Xorazm Ma’mun akademiyasi
axborotnomasi. Ilmiy jurnal. - Urganch, 2022. - № 4-1 (88).
– B. 291-295. 2016.29.12/4
6.Azizxo‘jaeva N.N.Pedagogik texnologiya va pedagogik
mahorat.- T.:2006.
7.Ishmuxammedov R.,Abduqodirov A., Pardaev A.”
Ta'limda innovatsion texnologiya (ta'lim muasassalari
pedagog-o'qituvchilari

uchun)

amaliy

tavsiyalar”.Tashkent.”Iste’dod” nashriyoti, 2008 y.

Internet saytlar

8..http://edu.uz – O‘zbekiston Respublikasi Oliy va
o‘rta maxsus ta’lim vazirligi.

References

Axmedova M.E. Pedagogika nazariyasi va tarixi ( O‘quv qo‘llanma) – T.: Tafakkur bo‘stoni, 2011.

Axmedova M.E. G.Niyozov. Pedagogika nazariyasi va tarixidan seminar mashg‘ulotlar ( O‘quv qo‘llanma) – T.: Noshir, 2011.

Axmedova M.E. ARM faoliyatida tilshunoslik fanlaridan mustaqil topshiriqlar tuzishda modul-kredit tizimining joriy etilishi // O‘zMU XABARLARI. - Toshkent, 2022. - №1/2/1. – B. 95-97. ISSN 2181-7324. https://science.nuu.uz/ (13.00.00; №15).

Axmedova M.E. Oliy filologik ta’limda o‘quv topshiriqlaridan foydalanishning lingvometodik va didaktik xususiyatlari // Xorazm Ma’mun akademiyasi axborotnomasi. Ilmiy jurnal. - Urganch, 2022. - №2 (86). – B. 470-472. 2016.29.12/4

.Axmedova M.E. OTM Filologik ta’limda o‘quv topshiriqlarini takomillashtirishning pedagogik-didaktik va pragmatik xususiyatlari // Xorazm Ma’mun akademiyasi axborotnomasi. Ilmiy jurnal. - Urganch, 2022. - № 4-1 (88). – B. 291-295. 2016.29.12/4

Azizxo‘jaeva N.N.Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat.- T.:2006.

Ishmuxammedov R.,Abduqodirov A., Pardaev A.” Ta'limda innovatsion texnologiya (ta'lim muasassalari pedagog-o'qituvchilari uchun) amaliy tavsiyalar”.Tashkent.”Iste’dod” nashriyoti, 2008 y.

.http://edu.uz – O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов