Xiva xoni Muhammad Rahimxon I (1806-1825) davrida Xiva xonligining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti

HAC
Google Scholar
To share
Saparbayev, B. . (2024). Xiva xoni Muhammad Rahimxon I (1806-1825) davrida Xiva xonligining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti. Modern Science and Research, 3(1), 1–4. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28125
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada Xiva xoni Muhammad Rahimxon I davrida Xiva xonligida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar, xonlikning ijtimoiy va iqtisodiy jabhada rivojlanishiga sabab bo’lgan omillar haqida so‘z boradi. Xonlikda dehqonchilik, hunarmandchilik, qurolsozlik, ichki va tashqi savdoning taraqqiy etishi, xonlikning turli hududlaridagi bozorlar va ularning ichki va tashqi savdoda tutgan o’rni xususida ma’lumotlar berilgan.


background image

Xiva xoni Muhammad Rahimxon I (1806-1825) davrida Xiva xonligining

ijtimoiy-iqtisodiy hayoti

Saparbayev Bunyodbek Xurramovich

1

,

1

Urganch Davlat Universiteti, H.Olimjon ko’chasi 14-uy, Urganch 220100, O’zbekiston

bunyod.saparbayev@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.10466941

Kalit so‘zlar:

Muhammad Rahimxon I, Xiva xonligi, ushr(dayak), “qozon” solig‘i, hunarmandchilik korxonalari, Yangi Urganchdagi

porox ustaxonasi, Qo‘ng‘irot bozori.

Annotatsiya:

Ushbu maqolada Xiva xoni Muhammad Rahimxon I davrida Xiva xonligida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar, xonlikning

ijtimoiy va iqtisodiy jabhada rivojlanishiga sabab bo’lgan omillar haqida so‘z boradi. Xonlikda dehqonchilik,
hunarmandchilik, qurolsozlik, ichki va tashqi savdoning taraqqiy etishi, xonlikning turli hududlaridagi bozorlar va
ularning ichki va tashqi savdoda tutgan o’rni xususida ma’lumotlar berilgan.

1

KIRISH

Eltuzarxonning

islohotlarini

Muhammad

Rahimxon I muvaffaqiyat bilan davom ettirdi.
Muhammad Rahimxon I Abulg‘oziyxon davridan beri
yerlarga egalik qilib kelayotgan ayrim o‘zbek urug‘
boshliqlaridan ko‘plab yerlarni musodara qilib, o‘z
ixtiyoriga olgan edi. Ana shu yerlarni u bevatanlardan
tashqari, sartlarga, turkmanlarga, hatto erkinlikka
chiqqan eroniy qullarga taqsimlab berdi.

2

ASOSIY QISM

Xiva hukmdori turkmanlar, qoraqalpoq va

qozoqlarni o‘ziga kuch bilan bo‘ysundirgandan keyin,
o‘sha xalqlar orasidagi aslzodalar bilan qanday
munosabat o‘rnatishni bilar edi. Shu sababli u mazkur
aslzoda oqsuyaklarga ko‘plab ekin yerlarini in’om qildi
va yuqori imtiyozlar berdi. Ushbu imkoniyatlar
bo‘ysundirilgan

xalqlarni

boshqaruvda

alohida

ahamiyatga ega bo‘ldi. Muhammad Rahimxon I davrida
din ahllari – xo‘ja, saidlar qator imtiyozlarga ega bo‘lib,
mamlakatni boshqarishda faol ishtirok etishdi.

Ijarada ishlagan dehqonlar soni orta bordi.

Soliqlar pul bilan olinadigan bo‘lgandan so‘ng ham
ayrim joylarda hosilning bir qismi natural tarzda to‘landi.
Bu to‘lov turi ushr yoki dayak deb atalar edi.

Xiva xonining asosiy va muhim daromad

manbalaridan biri “qozon” solig‘i edi, deb yozadi
N.N.Muravyov, ularning bu solig‘i boshqa davlatlardagi
jon boshiga qo‘yilgan soliq turiga to‘g‘ri keladi. Ushbu
soliq har bir oilaning ahvoliga qarab belgilangan. Shu
jihatdan olganda uning mulksiz kishilarga zarari
tegmaydi. Xivada boshpanasiz, o‘z uyiga ega bo‘lmagan
yoki birovning xizmatida bo‘lgan kishilarga soliq
solinmaydi [2].

Xorazmda “qozon” atamasi ramziy bo‘lib, bitta

oilani anglatadi. Shu sababli bunday turdagi soliqda uy-
joyiga ega bo‘lgan mustaqil oila nazarda tutiladi. Oilalar
birikib urug‘lar, qabilalarni tashkil etgan va ularning har
birida oqsoqol saylangan. O‘sha oqsoqollar soliqni
yig‘ishga mas’ul qilib qo‘yilgan. Soliqni yig‘ish
jarayonida muayyan darajada kambag‘al oilalarga

yordam berilgan va o‘ziga to‘q oilalar zimmasiga
qo‘shimcha soliqlar solingan.

Xonlikda katta ariqlardan oqqan suvlar

iste’molchilarga sotilgan. Shaxsan, xonning Go‘ktom
kanali va uning shoxobchalaridan oqqan suvi unga
ko‘plab daromad keltirgan.

Xorazmning

ekin

maydonlari

qumloq

bo‘lganligidan kam hosilli tuproq hisoblangan. Shu
sababli, mo‘l hosil olish uchun ko‘plab o‘g‘it talab
qilingan. Yerlarni hosildor qilishda daryoning bo‘tana
loyqa suvi asosiy o‘g‘it vazifasini o‘tagan. Dehqonlar
dalaga go‘ng, xaroba uylarning devorlarini maydalab
to‘kishgan. Ayni paytda, loyqa suvdan ham unumli
foydalanishgan. Bu hodisa sun’iy sug‘orishni yaxshi
tashkil etishni taqozo qilgan. Suv solig`idan xon va
amaldorlar yaxshigina daromad olganlar.

Mamlakatda bojxona tashkil etilgandan so‘ng

davlat xazinasiga tushadigan mablag‘ sezilarli darajada
oshgan. Turli hududlardan kirib keladigan ko‘plab mollar
endilikda muayyan darajada soliq to‘lashga majbur
edilar. Turkmanlar Eron sarhadlaridan ko‘plab qul,
cho‘ri, ot, tuya, qoramol, savdobop tovarlar, pullarni
bosqinchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, Xiva xonligiga olib
kirishar, bu ashyolarni iloji boricha yashirishga urinishar,
lekin kiritgan mollarining beshdan bir qismini soliq
sifatida xonga to‘lashga majbur edilar [2].

Muhammad Rahimxonning soliqlar bilan

aloqador daromadlari juda ko‘p edi. Biroq xon oddiy
yashashga o‘rgangan kishi bo‘lgan. Barcha boyliklarini
yig‘ib qo‘yish odati bo‘lmagan. O‘z navbatida u
daromadining bir qismini harbiy maqsadlarga sarflagan,
bir qismini o‘z qo‘l ostidagi sodiq mansabdorlarga
mukofot sifatida taqdim qilgan. Obodonchilik ishlariga
sarflagan.

Hukmdor qurol-yarog’ saqlashga ishtiyoqmand

bo‘lgan, mohir chavandoz bo‘lib, bedov otlar saqlagan,
ularni yetishtirishga yordam bergan. Turkman otliq
qo‘shinlarning saqlash va ulardan harbiy maqsadlarda
foydalanish xon uchun juda qimmatga tushgan. Ular
harbiy yurish oldidan ko‘p miqdorda (oltin tanga) talab
qilishgan [2].


background image

Umuman, Qo‘ng‘irot sulolasining dastlabki

hukmdorlari xizmati bilan sug‘oriladigan yerlar maydoni
kengayib, xo‘jalik aylanmasiga kiritildi. Natijada,
dehqonchilik ishlari rivojlandi. Bog‘dorchilik, meva
yetishtirish, turli oziq-ovqat va boshqa turlardagi ekinlar
qatorida poliz-sabzavot mahsulotlari hajmi ham beqiyos
ortib bordi.

N.N.Muravyov o‘sha davrda yetishtirilgan

piyoz

navlarining

nihoyatda

ko‘pligi,

qovun-

tarvuzlarning yirikligi va haddan tashqari shirinligidan
hayratlangan [2].

XIX-asrda Xivada dehqonchilikning asosiy turi

g‘allakorlikdan iborat bo‘lib qolgan edi. Ekinbop
yerlarning yarmidan ko‘prog‘iga bug‘doy va jo‘xori
ekilgan. Beshdan bir qismiga yaqini paxta ekish uchun
ajratilgan. Yerlarning qolgan qismi bab-baravar
taqsimlanib, arpa, sholi, zig‘ir, kunjut, qovun va tarvuz
ekilar edi. Garchi bog‘dorchilik xo‘jalikda ancha kam rol
o‘ynasa ham, lekin Xiva bog‘larida o‘riklar, shaftolilar,
toklar, olmalar, anorlar, noklar va boshqa mevalar ham
o‘stirilar edi [3].

Xalq xo‘jaligining rivojlanishi shaharlarning

ham yuksalishiga imkoniyat tug‘dirdi. Mamlakatda
hunarmandchilik rivojlangan edi. Bu davrda Xorazmda
60 turdan oshiq hunarmandchilik korxonalari vujudga
kelib, temirchilik, zargarlik, qurol-aslaha tuzatish
ustaxonalari XIX-asrning birinchi yarmidayoq yuksak
darajaga ko‘tarilgan [4].

XVIII-asr oxiri XIX-asrga kelib, badiiy-amaliy

san’atda jonlanish yuz berdi. Hunarmandchilik
tashkilotlariga oid do‘kon-ustalari mutaxassislik
bo‘yicha birlashdilar. Bu yerda iste’dodli naqqoshlar
yetishib chiqdi.

Xiva shahrining o‘zida 700 dan oshiq mayda

hunarmandchilik korxonalari bo‘lgan, ulardan 54 tasi
bo‘yoqchilik, 37 tasi etikchilik, 16 tasi ko‘nchilik, 33 tasi
rangli ko‘nchilik, 4 tasi ot egar-jabduqini tayyorlash bilan
shug‘ullanishgan, shaharda o‘zining doimiy do‘koniga
ega bo‘lgan 200 savdogar bo‘lgan. Ularning 56 tasi oziq-
ovqat, 38 tasi ipak matolari, 32 tasi choy va tamaki, 15
tasi kiyim-kechak sotish bilan mashg‘ul bo‘lgan.
Metallni qayta ishlash, quyish bilan bog‘liq ishlab
chiqarish asosan Hazoraspda rivojlangan [5].

Hunarmandchilikning

bu

davrga

kelib

rivojlanish bosqichiga qadam qo‘yishi siyosiy-ijtimoiy
hayotning

barqarorlashuvi,

mamlakat

hayotidagi

muntazamlik va osoyishtalikning natijasidir.

Xiva shahrida fabrikaga o‘xshagan biror

korxona shakllanmagan bo‘lsa-da, xivaliklar oilaviy
turmushda zarur bo‘lgan mahsulotlarni qo‘lda bajarishga
juda chevar bo‘lishgan. Biroq, bu mahsulotlar ichki
iste’mol talabini bajarib, chetga sotish uchun kamlik
qilgan.

Muhammad Rahimxon I qurol-aslaha ishlab

chiqarish, porox tayyorlash ishlariga ham alohida e’tibor
qaratgan. Porox ishlab chiqarish ustaxonasini Ko‘hna
Urganchdan Yangi Urganchga ko‘chirib keltirgan. Xiva
bozorlarida porox bilan savdo qilingan. Xonlikda qurol-
aslaha, porox ishlab chiqarishda rus qullaridan
foydalanilgan. Xon to‘pchilarining boshlig‘i ham
“Popish o‘rus” degan kishi bo‘lgan [6].

Armiyani isloh qilish, muntazam qo‘shin

to‘plash, uni yangi qurol aslaha bilan ta’minlashni taqozo

qilganligi sababli to‘p quyish ustaxonalari ham ishga
tushirilgan. Bu ustaxonalarda ham rus qullari ishlagan.
To‘plar artilleriya vazifasini bajarib, qo‘shin orqasida
ularni otlar vositasida tortib yurishgan [2].

Muhammad Rahimxon I davrida ichki va tashqi

ahvolni tartibga solish uchun kuchli armiyani vujudga
keltirish zaruriy hodisa edi. Xon bu maqsadni
muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Muhammad Rahimxon I
davrigacha armiyadagi asosiy qurollar qilich, nayza, o‘q-
yoy va stvoli uzun, og‘ir miltiqlardan iborat bo‘lgan.
Albatta, mazkur hukmdor davrida ham qilich va nayza
saqlanib qolgan. Chunki, qilichbozlikda turkman
navkarlari bilan bahslashadigan biror qo‘shin
topilmagan. Shu sababli yuzma-yuz jangda ular hamisha
g‘olib bo‘lishgan.

Muhammad Rahimxon I askarlari son jihatdan

Buxoro amirligi armiyasidan oz bo‘lgan. Lekin, o‘zbek
va turkmanlarning jasurligi kurashda doimo ustunlikni
ta’minlagan.

Natijada,

qurolli

to‘qnashuvlarda

buxoroliklar ko‘proq talofat ko‘rishgan, ko‘plab asirlikka
tushgan aholi Xiva xonligi hududiga ko‘chirilgan.

O‘sha davrda qoraqalpoqlar ham xon

armiyasiga 2 ming otliq askar berishgan [7]. Otliq
askarlar masalasida turkman va qoraqalpoq otliq
askarlari qo‘shinning eng faol qismi hisoblangan. Xon
hamisha eng shiddatli janglarda ularning qudratiga
tayanib ish ko‘rgan.

Armiyani isloh qilish, qurol-aslaha ishlab

chiqarish, qo‘shinni turkman va qoraqalpoq otliq
askarlari bilan to‘ldirish Muhammad Rahimxon I
qo‘shinlarining mintaqadagi kuch-qudratini namoyish
qildi, ichki ahvol izga tusha bordi, tashqi siyosatda ham
yuksalish kuzatildi, xonlik hududi tobora kengaya bordi.
N.N.Muravyovning ko‘rsatishicha, xonlik armiyasi hali
Yevropadagi texnika bilan qurollangan armiyalardan
juda orqada edi.

Albatta, rus zobiti Muhammad Rahimxon I

davriga kelib, Xiva xonligining siyosiy nufuzi
yuksalgani, turli islohotlar va ularning ijobiy tomonlari
va agrar sohadagi yuksalishlarni, armiyadagi muayyan
kuch-qudratning ro‘yobga chiqqanligini ham e’tirof
etadi.

Ichki va tashqi savdo, karvonlardan boj olish

hisobiga davlat daromadlari tobora yuksala borgan.
Kavkaz va Rossiyaga ko‘proq tovarlar eksport qilingan
va kerakli tovarlar olib keltirilgan. Orenburg, Astraxon
kabi shaharlar bilan aloqa juda kuchaygan.

Xiva xonligi agrar mamlakat hisoblanganligi

sababli yer-suv islohoti ayniqsa zarur edi. Xon ushbu
ahvolni to‘g‘ri payqab, eng avvalo suv yo‘llari va ular
bilan bog‘liq muammolarni hal qildi. Suv taqsimotini
tartibga

solish,

yangi

kanallar

qazish

ekin

maydonlarining kengayishiga va yersizlarni ish bilan
ta’minlashga xizmat qildi. Natijada bog‘dorchilik,
dehqonchilik

sohasida

bozorga

chiqariladigan

mahsulotlar davlat xazinasiga mablag‘ tushirishni
ko‘paytirdi. Yangi hunarmandchilik korxonalari
sonining oshishi, do‘konlarning, bozorlarning sart
toifasidan bo‘lgan ishbilarmonlarga taqsimlab berilishi,
savdo-sotiq aloqalarini yaxshi yo‘lga qo‘yishga olib keldi
va ayni paytda mamlakat iqtisodiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.
Ushbu omillarning barchasi Xiva xonligining iqtisodiy
qudratining mustahkamlanishiga olib keldi. Solg‘it-


background image

kesma haqida ham o‘sha fikrni aytish mumkin. Uning
joriy qilinishida ayrim kamchiliklar bo‘lsada, bu islohot
soliq tizimini muayyan darajada tartibga soldi. Xullas
“Xiva o‘z atrofidagi ojiz qo‘shnilaridan ancha kuchli
davlatga aylandi” [8].

Xiva o‘sha davrda Rossiyaga tashilayotgan

sharq tovarlariga o‘ziga xos ombor vazifasini o‘tadi.
Chunki, shahar O‘rta Osiyo davlatlari bilan Rossiya
o‘rtasidagi bepoyon cho‘lning o‘rtasida joylashgan
bo‘lib, Rossiyaga yo‘l olgan barcha karvonlar uning
ustidan o‘tar edi [9].

Muhammad Rahimxon I asosiy e’tiborni Yangi

Urganchga qaratdi. Bu shahar Amudaryo bo‘yiga yaqin
bo‘lib, daryo transporti tashiyotgan barcha tovarlarni
qabul qilishda o‘ziga xos port vazifasini o‘tar edi.
Tovarlar shu yerda turlarga ajratilib, mahalliy ehtiyojga
doirlari bozorlarga chiqarilar edi. Yangi Urganch tashqi
savdoning asosiy markazi bo‘lib shakllangan. Xonlikdagi
eksportga mo‘ljallangan barcha tovarlar Urganchda
jamlanib, barcha hududlarga jo‘natilgan [2].

Yangi Urganchda xonning akasi Qutlimurod

inoqning qarorgohi joylashgan. Shahardagi 1500 uyda
5000 aholi istiqomat qilgan. Aholi soni bundan yuqori
bo‘lishi ham mumkin. Chunki, bu yerda yashovchi
kishilar nufuzi Xivadagidan ustunroq bo‘lgan. Yangi
Urganchda asosan yerli xalq-sartlar yashagan va ular
savdo-sotiq ishlariga mohir bo‘lishgan. Shaharda ko‘plab
savdo do‘konlari ishlab turgan.

Xonlikning ichki va tashqi savdosida Qo‘ng‘irot,

Chimboy, Xo‘jayli, Nukus kabi bozorlar alohida o‘rin
tutgan. Qo‘ng‘irot bozori “O‘ruscha” bozor deb atalgan.
Chunki, bu bozor xonlikning Rossiya bilan bo‘lgan
savdosida, ayniqsa, quruqlik orqali olib boradigan
savdoda muhim rol o‘ynagan. Rossiyadan Xivaga
baxmal, oltin va kumush buyumlar, ignalar, qand,
pichoqlar, qog‘oz, idishlar, Yevropada ishlangan boshqa
turli buyumlar keltirilgan. Xivadan Rossiyaga paxta,
guruch, ro‘yon, tamaki, turshak, xom teri, po‘stin, ko‘rpa
va turli xom-ashyolar yuborilgan. O‘z navbatida,
Rossiyadan metalldan ishlangan asbob-uskunalar, ko‘k,
farang chit kabi gazlama mollari, gulli ro‘mollar hamda
charm kabi tovarlar keltirilgan [10].

3 XULOSA

Muhammad Rahimxon I Xiva xonligi taxtiga
o‘tirgan paytda mamlakatning ichki va tashqi ahvoli
tanazzul davrini boshdan kechirayotgan edi. Uning akasi
Eltuzarxon halok bo‘lgandan keyin, qoida bo‘yicha bu
mansabga Muhammad Rahimxonning akasi Qutlimurod
inoq o‘tirishi kerak edi. Ammo u Buxoro-Xiva urushida
buxoroliklarga asir tushgan edi. Shu sababli, taxtga
davlat akobirlari uni loyiq topishdi.

Bojxona tashkil etilib, undan tushadigan

mablag‘lar

davlat

xazinasini

boyitdi.

Soliq

yig‘uvchilarga tegishli maosh belgilanib, ularning
soliqdan oladigan ulushi bekor etildi. Harbiy sohada
islohot o‘tkazib muntazam armiya tashkil etdi.

Irrigatsiya tizimida tartib o‘rnatdi, yangi

kanallar qazilib, ekin maydonlari kengaydi, ko‘plab
ko‘chmanchi urug‘-qabilalar o‘troqlasha boshladi. Bu
sohadagi suv taqsimoti bilan bog‘liq “jabdi”ning hajmi
aniq belgilandi.

Soliq tizimiga yangilik kiritilib, “Soliq kesma”

joriy qilindi va natural to‘lov pul bilan almashtirildi.

Abulg‘oziyxon davridan beri asosiy yerlarga

egalik qilib kelayotgan o‘zbek urug‘ boshliqlaridan katta
yer

maydonlari

musodara

qilinib,

sartlarga,

turkmanlarga, erkinlikka chiqqan eroniy qullarga
taqsimlab berildi.

Mamlakatda bog‘-rog‘lar barpo etildi, qishloq

xo‘jaligi mahsulotlari ko‘paydi.

Shaharlarda hayot jonlandi. Hunarmandchilik

rivoj topdi. O‘sha davrda Xiva xonligida faoliyat
ko‘rsatadigan hunarmandchilik turlari 60 dan oshdi.
Yangi Urganchda porox ishlab chiqaruvchi korxona
tashkil

etildi,

qurol-yarog’

ishlab chiqaradigan

ustaxonalar soni osha bordi. Armiya turkman va
qoraqalpoq otlik askarlari hisobiga to‘ldirildi va jangavor
darajaga yetkazildi.
Muhammad

Rahimxon

I

ning

dastlabki

hukmronlik yillarida mamlakatdagi ahvol nihoyatda
og‘ir bo‘lishiga qaramay, uning sa’y-harakatlari bilan
ijtimoiy-iqtisodiy hayotda muayyan darajada ilgariga
siljish imkoniyati yuzaga kela boshladi. Shunday
qiyinchiliklar davrida ham xon mamlakatning ijtimoiy-
iqtisodiy holatini yuksaltirishga e’tibor qaratdi.
1820-yillarga kelib, Xiva xonligi mintaqadagina
emas, balki O‘rta Osiyoda eng qudratli davlat sifatida
shakllandi.

ADABIYOTLAR

[1] Иванов П.П. Архив хивинских ханов XIX в –

Л.: 1940. – С.29.

[2] Муравьёв Н.Н. Путешествие в Туркмению и

Хиву в 1819 и 1820 гг. гвардейского Генерального
штаба капитана Николая Муравьёва, посланного
сию страну для переговоров. – М., 1819-1820.Т. 1-
2; – C.79; С.82; С.88; С.111; С.93.

[3] Хорезм в истории государственности Узбекистана.–

Т.: “Ўзбекистон файласуфлари миллий жамияти”,
2013. – С.176.

[4]

История Узбекистана (XVI - первая половина XIX

в.) –Т.: “Фан”, 2012. – С.299.

[5]

Юлдашев М.Ю. К истории крестьян Хивы XIX

века. – Т.: “Фан”, 1966. – С.19.

[6] Шермухаммад Мунис, Мухаммадризо Огахий.

“Фирдавс ул-иқбол”. Бахтлар боғи. Энг кадимги

даврдан 1825 йилгача бўлган Хоразм тарихи.
Нашрга тайёрловчилар: Нусратилло Жумахўжа,
Сафарбой Рўзимбоев. Масъул муҳаррир Нусратилло
Жумахўжа. – Т.: “Ўқитувчи”: 2010. – 636-б;

[7] Камалов С. Каракалпаки в ХVIII-ХIХ-веках. К

истории

взаимоотношений

с

Россией

и

среднеазиатскими ханствами. – Т.: “Фан”, 1968. –
С.137.

[8] Иванин М.И. Хива и река Амударья. Санкт-

Петербург, 1879. – С.62.

[9] Давлетов Б. Правитель Хивинского ханства

Мухаммед Рахимхан I // Вестник ККО АН РУз.
Нукус, 2005. №1-2. – С.87.

[10]

Жалилов

О.

XIX–XX

аср

бошларидаги

қорақалпоқлар тарихидан (Хива давлат ҳужжатлари
асосида) -Т.: “Фан”, 1986. – 72-б.


background image

References

] Иванов П.П. Архив хивинских ханов XIX в – Л.: 1940. – С.29.

Муравьёв Н.Н. Путешествие в Туркмению и Хиву в 1819 и 1820 гг. гвардейского Генерального штаба капитана Николая Муравьёва, посланного сию страну для переговоров. – М., 1819-1820.Т. 1-2; – C.79; С.82; С.88; С.111; С.93.

Хорезм в истории государственности Узбекистана.– Т.: “Ўзбекистон файласуфлари миллий жамияти”, 2013. – С.176.

История Узбекистана (XVI - первая половина XIX в.) –Т.: “Фан”, 2012. – С.299.

Юлдашев М.Ю. К истории крестьян Хивы XIX века. – Т.: “Фан”, 1966. – С.19.

Шермухаммад Мунис, Мухаммадризо Огахий. “Фирдавс ул-иқбол”. Бахтлар боғи. Энг кадимги даврдан 1825 йилгача бўлган Хоразм тарихи. Нашрга тайёрловчилар: Нусратилло Жумахўжа, Сафарбой Рўзимбоев. Масъул муҳаррир Нусратилло Жумахўжа. – Т.: “Ўқитувчи”: 2010. – 636-б;

Камалов С. Каракалпаки в ХVIII-ХIХ-веках. К истории взаимоотношений с Россией и среднеазиатскими ханствами. – Т.: “Фан”, 1968. – С.137.

Иванин М.И. Хива и река Амударья. Санкт- Петербург, 1879. – С.62.

Давлетов Б. Правитель Хивинского ханства Мухаммед Рахимхан I // Вестник ККО АН РУз. Нукус, 2005. №1-2. – С.87.

Жалилов О. XIX–XX аср бошларидаги қорақалпоқлар тарихидан (Хива давлат ҳужжатлари асосида) -Т.: “Фан”, 1986. – 72-б.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов