MIRZO ULUG‘BEK – IKKINCHI RENESSANS G‘OYALARI AMALIYOTCHISI

HAC
Google Scholar
To share
Ernazarov, S. (2024). MIRZO ULUG‘BEK – IKKINCHI RENESSANS G‘OYALARI AMALIYOTCHISI. Modern Science and Research, 3(1), 1–4. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28133
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

the article analyzed the worthy contribution of the great alloma Mirzo Ulugbek, who made a huge contribution to the development of world science, to the implementation of the ideas of the second Rennessans formed during the Timurid era, as well as the historical-spiritual significance of the scientific heritage of Mirzo Ulugbek in the construction of the third Renaissance Foundation in New Uzbekistan.


background image

MIRZO ULUG‘BEK – IKKINCHI RENESSANS G‘OYALARI

AMALIYOTCHISI

Shermuxammat Ernazarov

1

,

O‘zbekiston Milliy universiteti dotsent v.b., f.f.d (PhD)

Shermukhammat Ernazarov

1

, teacher National University of the Uzbekistan, Universitetskaya str. 4, Tashkent 100174,

Uzbekistan

https://doi.org/10.5281/zenodo.10466956

Keywords:

science, Temurians, Mirzo Ulugbek, Rennessans, Observatory, sextant, new Uzbekistan.

Abstract:

the article analyzed the worthy contribution of the great alloma Mirzo Ulugbek, who made a huge

contribution to the development of world science, to the implementation of the ideas of the second Rennessans formed during the
Timurid era, as well as the historical-spiritual significance of the scientific heritage of Mirzo Ulugbek in the construction of the

third Renaissance Foundation in New Uzbekistan

.


1.

KIRISH

Ko‘p asrlik tariximiz o‘zida yuksalish va

tanazulning qiziqarli hamda ahamiyatli bosqichlarini
mujassam etgan. Tarixiy o‘tmish voqeliklarining
haqqoniy manzarasini tiklash bugungi kunning
muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Bunga faqat
arxeologik,

yozma,

moddiy

yodgorliklarni,

numizmatik

topilmalarni

ishonarli

va

chuqur

o‘rganish orqali hamda turli tarixiy fan sohalaridagi
tadqiqotchilarning ilmiy salohiyatini birlashtirish
bilangina erishish mumkin. Shu munosabat bilan
mashhur tarixiy shaxslarning faoliyatini, ularning
ilmiy va ma’naviy merosini o‘rganish alohida
ahamiyat kasb etadi.

Bu yo‘nalishda jahon ilmiy tafakkuri rivojiga

munosib hissa qo‘shgan mashhur olim, merosini
ehtiyotkorlik bilan saqlagan o‘ziga xos hukmdor,
davlat boshqaruvining ayrim yo‘nalishlarida o‘zining
buyuk ajdodi Amir Temur an’analarini davom
ettirgan
Mirzo Ulug‘bek shaxsiga alohida e’tibor qaratildi.

Vatanimiz tarix fani oldida o‘zbek xalqining

mashhur vakillari ma’naviy-tarixiy merosini qayta
tiklash masalasi dolzarb bo‘lib qolmoqda. Bashariyat
tamadduni taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk
olim Mirzo Ulug‘bek (Muhammad Tarag‘ay 1394-
1449)ning hayoti va ijodi ham shular jumlasidandir.

2. METOD VA MA’LUMOTLAR

Mustaqillik

yillarida

vatanimiz

ilm-fanida

yangicha metodologik yondashuvlar qaror topdi.
Keyingi o‘n yilliklarda olimlar tomonidan mazkur
muammo bo‘yicha qator ishlarga qo‘l urildi. Ayniqsa,
Mirzo Ulug‘bek tavalludini nishonlash tantanalari
arafasida

tadqiqot

ishlari

yanada

faollashdi.

Jumladan, Ulug‘bekning “Ziji jadidi Guragoniy”,
“Tarixi arba’ulus” kabi asosiy asarlari tarjima qilinib,
nashr etildi. Bundan tashqari, respublikamizda hamda

xorijda olimning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan
bir qator xalqaro ilmiy anjumanlar o‘tkazildi. Bu
ma’lum darajada Mirzo Ulug‘bekning olim va davlat
arbobi sifatidagi faoliyati tarixshunosligi doirasini
yanada kengayishiga imkon berdi.

Mirzo Ulug‘bekning ilmiy merosi qay darajada

muhim ekanligi haqida Birinchi Prezident Islom
Karimov shunday degan edi: “Mirzo Ulug‘bekday
benazir allomaning o‘rta asrlar sharoitida namoyon
etgan ilmiy jasorati bugungi kun olimlarini ham
hayratga solmasdan qo‘ymaydi... Mirzo Ulug‘bek,
avvalo, ilmiy farazlar bilan emas, balki sof amaliy
uslubda ijod qildi. Minglab yulduzlarni jamlagan
mukammal xarita va bugungi eng zamonaviy
hisoblardan deyarli farq etmaydigan mukammal
astronomik

jadvalni

yaratdi...

“Ziji

jadidi

Ko‘ragoniy” deb nomlangan Ulug‘bek astronomik
jadvali o‘rta asrlarda lotin tiliga tarjima qilinib,
Yevropa olimlari orasida keng tarqalgani bu
fikrimizning yaqqol isbotidir” [1].

2.1. MIRZO ULUG‘BEKNING

ILMIY MEROSI

Mirzo Ulug‘bekning ilmiy-tarixiy merosini

o‘rganish an’anasi ko‘p asrlik tarixga ega. Uning
hayoti va faoliyatiga daxldor masalalar G‘arbiy
Yevropa, Rossiya va O‘zbekiston shrqshunoslik va
tarix

maktablarining

vakillari

olib

borgan

tadqiqotlarda o‘z aksini topgan. Asosiysi uning
Vatana, aynan O‘zbekistonda XX asr davomida
mazkur muammo bo‘yicha salmoqli nashrlar e’lon
qilindi. Bu davrdagi tadqiqotlar, bir tomondan, Mirzo
Ulug‘bekning ilmiy-tarixiy merosini o‘rganish
borasidagi

muayyan

yutuqlari

bilan,

ikkinchi

tomondan esa tarixiy voqealarga noxolis baho
berishlar bilan ham xarakterlanadi. Aynan tarixiy
voqealikni noto‘g‘ri talqin etish mustamlakachilik
davri tarixshunosligiga xos holat edi.


background image

Mazkur dolzarb muammoning tarixini o‘rganish

nafaqat Mirzo Ulug‘bekning hayoti va ijodi bilan
bog‘liq bo‘lgan yo‘nalishlardagi o‘zgarishlarni
kuzatishni, balki muayyan tarixiy tadqiqotning tarix
fanining uzviyligini, turli davrlarda davlatchilikning
siyosiy

va

mafkuraviy

shakllaridagi

umumiy

jihatlarini ham namayon etadi.

XX asr boshlarida Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi

o‘rnini aniqlashdagi bahslar, uning ochilishi tarixi
bilan bog‘liq masalalar, mazkur me’moriy merosni
o‘rganishga arxeologiya fanida alohida e’tibor
qaratilganligi bilan ham qiziqarlidir. Katta hajmdagi
ilmiy adabiyotlarga kompleks tarzda yondashib
o‘rganish Mirzo Ulug‘bek faoliyatining tarixiy
manzarasini yaratish imkonini beradi hamda keyingi
tadqiqotlar uchun aniq yo‘nalishlarni belgilab olish
uchun xizmat qiladi.

1994 yilning 19 martida O‘zbekiston Prezidenti

Islom Karimov ilm-fan oldidagi benazir xizmatlarini
hisobga olib, “buyuk o‘zbek olimi, astronom,
matematigi, fizigi, ma’mori, Temuriylar sulolasining
munosib davomchisi yirik davlat arbobi Muhammad
Tarag‘ay

Ulug‘bekning

600

yilik

tavalludi

munosabati bilan” 1994 yilni Ulug‘bek yili deb e’lon
qilish to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi [2]. Ta’lim,
fan va madaniyat bo‘yicha BMTning tarkibiy qismi
hisoblangan YUNESKO xalqaro tashkiloti Bosh
konferensiyasining

27-sessiyasi

kun

tartibiga

umumjahon miqiyosidagi tadbirlar qatorida Mirzo
Ulug‘bek yubileyi ham kiritildi.

2.2. MIRZO ULUG‘BEK ILMIY

MEROSINING JAHONDA TUTGAN
AHAMIYATI

O‘tmishning tarixiy manzarasini tiklash borasida

jamoatchilik keng qatlamlarining ehtiyojlari hamda
O‘zbekiston rahbariyatining va ilmiy-madaniy
yo‘nalishdagi bir qator xalqaro tashkilotlarning Mirzo
Ulug‘bek ilmiy tarixiy merosiga bo‘lgan diqqat-
e’tibori ma’lum darajada mazkur mavzuga bo‘lgan
qiziqishning ortganligini ko‘rsatib turgan edi. Ushbu
tarixshunoslik bosqichining birinchi yilida e’lon
qilingan maqolalar, qaydlar, risolalar, to‘plamlar va
monografiyalar soni ancha ko‘payib, ularda Mirzo
Ulug‘bekning ilmiy va davlat ishlaridagi faoliyati
bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi. Bundan
tashqari, mutaxassislarning ilmiy izohlari bilan
to‘ldirilgan Mirzo Ulug‘bekning asosiy ishlarini
tarjimasi nashr qilindi.

Mirzo Ulug‘bek tavalludi tantanalari, yuqorida

eslatganimizdek, YUNESKO tashabbusi ostida jahon
miqyosida o‘tkazildi. 1994 yilning 13-16 oktabr
kunlari Toshkent va Samarqandda “Ulug‘bek va
uning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi”
mavzusida xalqaro konferenyiya bo‘lib o‘tdi.
Konferensiya ishida mamlakatimiz tadqiqotchilari
qatorida AQSH, Fransiya, Hindiston, Turkiya,
Germaniya, Rossiya, Ukraina, Markaziy Osiyo
mamlakatlaridan olimlar qatnashdilar. Tadqiqotchilar
o‘z chiqishlarida Ulug‘bek va uning maktabi ilmiy
faoliyatiga yuksak baho berdilar. Chiqishlar va

ma’ruzalar “Ulug‘bekning 600 yilligi konferensiyasi
materiallari” [3] to‘plamida o‘z aksini topdi.

1994 yilning 15 oktabrida o‘tkazilgan asosiy

tadbirda nutq so‘zlagan O‘zbekiston Prezidenti Islom
Karimov: “Bugun nasl-nasabimizni eslash va tiklash
zamoni kelgan bir davrda, kelajagimizni qurayotgan
bir vaqtda katta g‘urur va iftixor bilan aytishimiz
mumkin: bizlarning tomirlarimizda Ulug‘bek qoni
bor, yuragimizda Ulug‘bek ruhi barhayotdir”, [4] -
degan edi.

Mirzo Ulug‘bekning ilmiy-tarixiy merosini tadqiq

qilish bir necha yuz yillardan beri davom etmoqda.
Shunday bo‘lishiga qaramay, mazkur muammo
dunyo olimlari nigohini o‘ziga qaratishda davom
etmoqda. XX asr boshidan to xozirgi kunga qadar
O‘zbekistonda ham Mirzo Ulug‘bekni ham o‘rganish
bo‘yicha katta hajmdagi ilmiy ishlar yaratildi. Bu
davrdagi

tadqiqotlar,

bir

tomondan,

Mirzo

Ulug‘bekning hayoti va ijodini o‘rganishdagi jiddiy
yutuqlar bilan, boshqa tomondan zo‘r mahorat sohibi
bo‘lgan olim bilan bog‘liq ayrim voqeliklarni ba’zi
o‘rinlarda

mustamlaka

va

sovet

davri

tarixshunoligida noto‘g‘ri talqin qilish va u yoki bu
tarixiy jarayonni shubhali baholash bilan kechdi.

Amir Temurning nabirasi Mirzo Ulug‘bek -

astronom va matematik olim, davlat arbobidir. Mirzo
Ulug‘bek haqida Temuriylar davrining buyuk shoiri
Alisher Navoiy shunday degan edi:

Temurbek nalidin Sulton Ulug‘bek,
Ki olam ko‘rmadi sulton aningdek.
Darhaqiqat, 40 yilga yaqin hukmronlik qilib,

rasadxona qurgan va 1018 ta yulduzning jadvalini
tuzgan Mirzo Ulug‘bekdek hukmdor jahon tarixida
kam uchraydi.

Asosiy ilmiy asari “Ziji jadidi Ko‘ragoniy”

bo‘lib, 1437 yilda astronomik yilning uzunligini 365
kun, 6 soat 10 daqiqa 8 soniya o‘lchamda aniqlagan,
noaniqlik atigi 58 soniyani tashkil etadi.

Shuningdek, uning qalamiga mansub matematik

asari «Bir daraja sinusini aniqlash haqida risola»,
astronomiyaga oid «Risolayi Ulug‘bek» va tarixga
doir «Tarixi arba’ ulus» («To‘rt ulus tarixi») asari
hamda musiqa ilmiga bag‘ishlangan 5 ta risola
yozgan. Ulug‘bek 6 ta: "bulujiy", "axloqiy",
"tabriziy", "shodiyona", "usuli ravon", "usuli otlig‘"
kuylarini ijod qiladi.

Mirzo Ulug‘bek farmoni bilan 1417-1420 yillar

madrasalar quriladi. 1420 yil Samarqandda madrasa
qurdirib, islom olamining ko‘plab astronom va
matematiklarini taklif etadi. 1417 yil Buxoroda va
1433 yil G‘ijduvonda ham madrasalar qurilgan.
Ulug‘bek tomonidan qurilgan madrasalar universitet
vazifasini bajargan. Madrasalarda Qur’on, hadis,
tafsir, fiqh (din va shariat qonun-qoidalari), riyoziyot
(matematika), handasa (geometriya), ilmi hay’at
(astranomiya), tibbiyot, tarix, jo‘g‘rofiya, ilmi aruz
(nazm), arab tili va morfologiyasi (qofiya) o‘qitilgan.

Samarqand madrasasi zamonasining dorulfunini

edi, u 2 qavatli, 50 hujrali bo‘lib, har bir hujra 3
xonaga:

qaznoq

(omborxona),

yotoqxona

va

darsxonaga bo‘lingan, madrasada 100 dan ortiq
talaba yashagan va ta’lim olgan. Samarqand
madrasasi ochilgan (1420) kuni birinchi darsni


background image

iqtidorli olim, yetakchi mudarris Shamsuddin
Muhammad Havofiy o‘qigan, 90 nafar talaba
qatnashgan. Qozizoda Rumiy, G‘iyosiddin Jamshid
Koshoniy, Ulug‘bek va uning shogirdi Alouddin Ali
Qushchi turli fanlardan dars berganlar. Madrasada
ilmi hay’at (astranomiya)dan Qozizoda Rumiy dars
bergan. Madrasasida tolibi ilimlar kamida 15-16 yil
o‘qigan, fanlarni o‘zlashtirib, imtihon topshirganlarga
"sanad" (shahodatnoma) yozib berilgan.

Mirzo Ulug‘bek 1424-1429 yy. Samarqandda

Obirahmat anhori bo‘yida rasodxona qurdirgan,
balandligi 31 m. bo‘lib ichki sahni sekstant va
koridorlar bilan 3 qismga ajratilgan; rasadxona
joylashgan bu mavze "Naqshi jahon" degan nom
bilan mashhur bo‘lgan. G‘iyosiddin Jamshid
boshchiligida rasadxonaning asosiy o‘lchov asbobi -
sekstant o‘rnatilgan; u Sharqdagi sekstantlarning eng
kattasi hisoblangan.

2.3.1.

MIRZO

ULUG‘BEK

RASADXONASI

Mirzo Ulug‘bek rasadxona qoshida tashkil etgan

kutubxonada 15 ming jild kitob saqlangan; rasadxona
tevaragida xujralar, 2 ta chorbog‘: Bog‘i Maydon va
Chinnixona barpo etiladi. Rasadxonada Ulug‘bek
bilan birga matematik va astranomlardan "Aflotuni
zamon"

deb

nomi

olgan

Qozizoda

Rumiy,

G‘iyosiddin Jamshid Koshoniy, "o‘z davrining
Ptolmeyi" nomi bilan shuhrat qozongan Ali Qushchi
tadqiqot olib boradi. Ulug‘bek rasadxonasida 1018
qo‘zg‘almas yulduzning o‘rni aniqlanib, astranomik
jadvali tuziladi. Ulug‘bekning shoh asari "Ziji jadidi
Ko‘ragoniy" (Ko‘ragoniyning yangi astranomik
jadvali) 2 qismdan: keng muqaddima va 1018
qo‘zg‘almas yulduzlar o‘rni va holati aniqlab berilgan
jadvaldan iborat. Ulug‘bekning yil hisobi hozirgi
hisobdan 1 minut 2 sekundga farq qiladi.

"Samarqand akademiyasi"ni fransuz faylasufi,

yozuvchi va tarixchi olim Volter (1694-1778) e’tirof
etgan, u "Ulug‘bek Samarqandda bo‘lib Akademiya
(oliy ilmiy tashkilot)ga asos soldi, yer sharini
o‘lchashga buyurdi va astranomiya jadvallarini
tuzishda ishtirok etdi" deb yozgan. "Samarqand
akademiyasi" - 1004 yil Xorazm poytaxti Urganjda
tashkil etilgan "Donishmandlar uyi" (Ma’mun
akademiyasi) dan keyingi ikkinchi "Dor ul-ilm" edi.
Samarqand akademiyasi "Dorul ilm"ga 1429 y. asos
solindi.

Mirzo Ulug‘bek yoshligida Amir Temurning

tizzasida o‘tirib, buyuk tarixchilardan insoniyat
tarixini, dunyo siyosatini eshitgan edi. Uning «To‘rt
ulus tarixi» insoniyat tarixiga bag‘ishlangan bo‘lib,
bugungi kunda ham katta ahamiyatga ega. Bu asarda
hozir Yevrosiyoda yashayotgan xalqlarning ajdodlari
aka-uka, bir-biriga qarindosh ekanligini yozadi.
YA’ni, Nuh payg‘ambarning nevaralari, Yofasning
o‘g‘illari: Turk, Xazar, Saqlab (slavyan), Rus, Ming,
Chin,

Kamari,

Tarix

mintaqada

yashayotgan

xalqlarning

ajdodaridir.

Hozirgi

globallashuv,

integratsiyalashuv va geosiyosiy jarayonlarda bu
qardoshlikni anglash muhim ahamiyat kasb etadi.

Mashhaddagi

binolarining

birida Ulug‘bek qalamiga

mansub

ushbu

bayt

topilgan:

Harchand mulki husn ba zari nigin tust
sho‘xi

makun

ki

chashmi

bidon

dar

kamintust [5].

Ma’nosi: Harchand husn mulki sening hukmingda

bo‘lsa ham, sho‘xlik qilmagilki sen uning nazari
ostidasen.

Navoiyning

"Majolis

un-nafois"

va

Abu

Tohirxojaning "Samariya" asarlarida ham uning
she’rlaridan namunalar keltirilgan. Uning davrida
ko‘pgina asarlar arab va fors tilidan eski o‘zbek tiliga
tarjima

qilingan. Ulug‘bek tashkil

etgan

boy

kutubxonada turli fanlarga oid 15 mingdan ortiq jildli
kitob bo‘lgan. Uzoq va yaqin o‘tmish mualliflari
(Darvishali Changiy, Fitrat va boshqalar)ning
ta’kidlashicha, Ulug‘bek yoshligidan o‘zga fanlar
qatori musiqa ilmidan saboq olib, bir qator kuy va
usullar yaratgan, bu sohaga oid risola ham yozgan.

Uzoq va yaqin o‘tmish mualliflari (Darvishali

Changiy, Fitrat va boshqalar)ning ta’kidlashicha,
Ulug‘bek yoshligidan o‘zga fanlar qatori musiqa
ilmidan saboq olib, bir qator kuy va usullar yaratgan,
bu sohaga oid risola ham yozgan.

Ulug‘bekning hayoti va faoliyati haqida pyesa

(M.Shayxzoda, "Mirzo Ulug‘bek" tragediyasi),
roman (O. Yoqubov, "Ulug‘bek xazinasi"; S.Borodin,
"Samarkand

osmonida

yulduzlar"),

opera

(A.Kozlovskiy, "Ulug‘bek"), poema (M.Boboyev,
"Ulug‘bek"), balet (M.Bafoyev, "Ulug‘bek burji"),
film (Rejissor Latif Fayziyev "Ulug‘bek yulduzi",
1965 yil) va boshqa asarlar yaratilgan.

Ulug‘bek tavalludining 600 yilligi 1994 yil

aprelda Parijda, oktabrda Toshkent va Samarqandda
tantanali

ravishda

nishonlandi

va

xalqaro

konferensiyalar

o‘tkazildi.

Shu

yili

Toshkentda Ulug‘bek haykali o‘rnatildi.

Ulug‘bek siymosi Pulkovo rasadxonasi, Moskva

universiteti konferets zallarida dunyodagi mashhur
olimlarning

portretlari

qatoridan

joy

olgan.

Samarqandda Ulug‘bekning memorial muzeyi tashkil
etilgan. Toshkentda O‘zbekiston milliy universiteti,
tuman, planetariy, ko‘cha, mahalla, metro stansiyasi,
istirohat bog‘i, shaharcha Ulug‘bek nomi bilan
ataladi.

Farg‘ona

pedagogika

universitetiga,

Samarqand arxitektura qurilish institutiga, Kitob
xalqaro kenglik stansiyasiga, qishloq, maktab va
boshqalarga ham alloma nomi berilgan .

2014 yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi

Astronomiya

institutining

Maydonak

observatoriyasida

izlanish

va

kuzatuvlar

olib

borayotgan ilmiy xodimlar Bahodir Hafizov va
Aleksey Sergeyev yangi, shu paytgacha fanda
noma’lum kichik sayyorani kashf etishga muvaffaq
bo‘lishdi. Ushbu sayyorani ilk marotaba 2007 yilning
kuz oylarida Maydanak observatoriyasidagi “AZT –
22” rusumli bosh teleskop monitorida turg‘un
yulduzlar fonida nisbatan tezroq harakatlanayotgan
bir obyekt kuzatilgan edi .

Samoviy jismning osmon koordinatalari va

taxminiy

orbitasi

elementlarini

aniqlab,

ma’lumotlarni zudlik bilan AQShdagi Harvard


background image

Xalqaro kichik sayyoralar markaziga yuborildi. Tez
kunda markazdan ushbu obyekt hech bir katalogda
qayd etilmagani, unga dastlab “2007 TU2” raqami
berilgani to‘g‘risidagi xabar keldi. Shunga qaramay,
mazkur holat samoviy jism haqiqatan ham yangi
sayyora ekanini asoslamasdi. Negaki, ilk hisob-
kitoblarga ko‘ra, kichik sayyoraning Quyosh atrofida
aylanish davri 4,5 yilni tashkil etishi aniqlangandi.
Bu esa, uning orbitasini to‘liq o‘rganish uchun hali
uzoq kuzatishlar olib borish talab etilishini bildiradi.

Shu tariqa sayyora yana ikki yil davomida

uzluksiz

kuzatildi,

uning

orbitasi

elementlari

aniqlandi. Ma’lum bo‘lishicha, sayyora boshqa kichik
turdagilari kabi Mars va Yupiter oralig‘ida
joylashgan bo‘lib, uning umumiy hajmi taxminan 50-
70 metrni tashkil etadi. Shundan keyin 2009 yili
Harvard

Xalqaro

kichik

sayyoralar

markazi

tomonidan bu chindan ham shu paytga qadar fanga
noma’lum bo‘lgan ulkan ilmiy yangilik ekani
tasdiqlandi hamda unga xalqaro kataloglarda doimiy
210271 raqami berilgani ma’lum qilindi.

XX asr oxiri, XXI asr boshlariga kelib, ilm-fan

yana yuksak cho‘qqiga chiqa boshladi. Yangi
zamonaviy texnalogiyalar ishlab chiqarildi, ular
yordamida barcha sohalar qatori astronomiya fani
ham rivoj topa boshladi. O‘zbek astronomlari ham
rivojlangan mamlakatlar qatorida turib, yana bir
noma’lum sayyorani kashf etishda mualliflik qilgani
biz uchun fahrlidir.

Bunga qadar olimlar tomonidan aniqlangan kichik

sayyoralardan beshtasi mamlakatimiz nomi va tarixi
bilan bog‘liq holda atalgan. Bular, hususan:
“O‘zbekiston”, “Avitsenna”, “Ulug‘bek”, “Beruniy”,
va “Xorazmiy” nomidagi kichik sayyoradir.
E’tiborlisi, ushbu samoviy jismlar turli yillarda
mahalliy

olimlarimiz

emas,

aksincha

xorijiy

astronomlar tomonidan kashf etilgan.

O‘zRFA astronomiya instituti olimlari kichik

sayyora bilan bog‘liq katta kashfiyotga nom berish
yuzasidan

respublika

rahbariyati

taklifi

bilan

sayyoraga jahoning eng ko‘hna va go‘zal
shaharlaridan biri astronomiya fanining “Oltin
beshigi” sanalmish Samarqand shahri nomi berildi.
Bu haqda 2010 yil 27 mayda chop etilgan
Harvarddagi Xalqaro kichik sayyoralar markazining
70135 sonli sirkulyarida butun dunyo bo‘ylab xabar
tarqatildi.

Shu o‘rinda Prezident I.A.Karimovning 1996 yili

parijda YUNESKO bosh kotibi Federiko Mayor bilan
bo‘lgan suhbatini keltiramiz. “O‘shanda janob Mayor
Ulug‘bekning ilmiy merosini yuksak baholab, uning
yulduzlar harakatiga oid hisob kitoblari bugungi
kunda kompyuter yordamida tekshirib ko‘rilganda,
atigi bir necha daqiqaga farq qilishi aniqlandi, degan
gapni aytib qoldi. Shunda men unga javoban: yo‘q
janob Fedriko Mayor, Ulug‘bek xato qilgan bo‘lishi
mumkin emas, balki kompyuter xato qilgan bo‘lishi
mumkin, degan edim. Garchi bu gap do‘stona lutf
tariqasida aytilgan bo‘lsa-da, o‘ylaymanki, uning
zamirida chuqur haqiqat mujassam” .

XULOSALAR

Mirzo Ulug‘bek jahon taraqqiyotiga ulkan hissa

qo‘shgan buyuk alloma bo‘lib, Temuriylar davrida
shakllangan Ikkinchi Rennessans g‘oyalarini amalga
oshirishda munosib hissa qo‘shdi. Eng muhimi,
Temuriylar davrida Turkistondadagi tinch hayot
taraqqiyotga shart-sharoit yaratdi. YA’ni urushlar
deyarli Turkistondan tashqarida olib borildi. Bu esa
ilm-fan taraqqiyoti uchun zamin bo‘ldi.

Temur va temuriylar davrida Samarqandda Mirzo

Ulug‘bek ilmi hay’at maktabi, Hirotda esa
Boysung‘ur akademiyasining musavvara janri
bo‘yicha Hirot, Samarqand, Buxoro maktablari va
Akbar

Badiiy

akademiyasi

turkiy

milliy

madaniyatning

shon-shavkatini

ko‘rsatar

edi.

Mafkuraviy jihatdan baholaganda, Amir Temur va
temuriyzodalarning turkiy til mavqeini ko‘tarish
uchun olib borgan kurashi, faqat ilmiy jihatdan, til,
adabiyot, san’at jihatidan muhim bo‘lib qolmay,
millat sifatida shakllanishida, o‘z taqdirini belgilash
va milliy davlatchiligini yuksaltirishda favqulodda
darajada muhim edi.

MINNATDORCHILIK


Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan

Uchinchi Renessans poydevorini qurishda Mirzo
Ulug‘bek yaratgan asarlar g‘oyaviy-ma’naviy asos
bo‘lib xizmat qiladi. Mirzo ulug‘bekning ilmiy
merosi yoshlarni vatanparvarlik, tarixga hurmat,
yurtga

mehr-muhabbat

ruhida

tarbiyalaydi.

Shuningdek, uning tarixiy hayoti, shaxsi, asarlari
O‘zbekistonni

dunyoga

mos

ravishda

rivojlantirishda, jamiyat a’zolarini Yangi O‘zbekiston
g‘oyasi asosida birlashtirishda tarixdagi bunyodkor
g‘oyalardan saboq olgan holda tarixiy bilimlarga
e’tibor qaratishga undaydi

ADABIYOTLAR

[1] Каримов И.А. Улуғбек руҳи барҳаёт // Каримов

И.А. Биздан озод ва обод Ватан қолсин. 2-том.
Тошкент: Ўзбекистон, 1996. 320 б.

[2] Халқ сўзи. 1994, 20 март.
[3] Мирзо Улуғбек таваллудининг 600 йиллигига

бағишланган халқаро илмий анжуман маърузаларининг
материаллари. Тошкент-Самарқанд, 1994 йил, 12-16
октябрь.

[4] Каримов И.А. Улуғбек руҳи барҳаёт // Каримов

И.А. Биздан озод ва обод Ватан қолсин. 2-том.
Тошкент: Ўзбекистон, 1996. 320-бет.

[5] Санақулов У., Ҳандамова М., Мамараимов Қ.

Амир Темур салтанатининг донишманд вариси. – Т.:
“наврўз”, 2014. – 25 б.



References

Каримов И.А. Улуғбек руҳи барҳаёт // Каримов И.А. Биздан озод ва обод Ватан қолсин. 2-том. Тошкент: Ўзбекистон, 1996. 320 б.

Халқ сўзи. 1994, 20 март.

Мирзо Улуғбек таваллудининг 600 йиллигига бағишланган халқаро илмий анжуман маърузаларининг материаллари. Тошкент-Самарқанд, 1994 йил, 12-16 октябрь.

Каримов И.А. Улуғбек руҳи барҳаёт // Каримов И.А. Биздан озод ва обод Ватан қолсин. 2-том. Тошкент: Ўзбекистон, 1996. 320-бет.

Санақулов У., Ҳандамова М., Мамараимов Қ. Амир Темур салтанатининг донишманд вариси. – Т.: “наврўз”, 2014. – 25 б.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов