Talabalarning jismoniy tarbiya to‘garak mashg‘ulotlarida jismoniy sifatlarini tarbiyalash xususiyatlari

HAC
Google Scholar
To share
Odilov , F. (2024). Talabalarning jismoniy tarbiya to‘garak mashg‘ulotlarida jismoniy sifatlarini tarbiyalash xususiyatlari. Modern Science and Research, 3(1). Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28148
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada jisomniy tarbiya va sport oliy o‘quv yurtlari talabalarini sport to‘garaklarining asosiy maqsadi, ularni salomatligini mustaxkamlash va har tamonlama garmonlarni rivojlantirish.


background image

Talabalarning jismoniy tarbiya to‘garak mashg‘ulotlarida jismoniy

sifatlarini tarbiyalash xususiyatlari

F.R.Odilov

Toshkent

Amaliy fanlar universiteti

E-mail:odilovfarhodjonro`zalialievich@gmail.uz

https://doi.org/10.5281/zenodo.10467815

Annotatsiya:

Ushbu maqolada jisomniy tarbiya va sport oliy o‘quv yurtlari talabalarini sport to‘garaklarining asosiy

maqsadi, ularni salomatligini mustaxkamlash va har tamonlama garmonlarni rivojlantirish.

Kalit so‘zlar

: Jismoniy tarbiya, sport, talaba-yoshlar, sport to‘garaklari, sport turlari.

KIRSH.

Ta’lim tizimidagi umumiy jismoniy

tayorgarlikning asosiy vazifalaridan biri talaba-
yoshlarni jismoniy sifatlarini rivojlantirishdir.

Fiziologiya nuqtai nazaridan har tomonlama

tayyorgarlik I.P.Pavlovning ta’limotiga asoslanadi. U
organizimni yaxlit sifatida ko‘rib chiqadi, unda
insonning barcha jismoniy sifatlari o‘zaro bir

-biriga

bog‘liq, harakat sifatlaridan birining rivojlanishi

bosh

qalarining rivojlanishiga ijobiy ta’sir qiladi yoki

uni teskarisi, rivojlanishining kechikishi boshqalarini

ham rivojlanishidan to‘xtatadi deb hisoblaydi.

Jismoniy tarbiya jarayonida talaba-yoshlarni har
tomonlama jismoniy rivojlantirish tamoili muhim
ahamiyat kasb etadi talaba-

yoshlar ta’lim olish

davrida o‘smirlik chog‘ida ularga maqsadli ta’sir
ko‘rsatish zarur. Chunki bu ta’sir ko‘rsatish keyingi

faoliyati uchun muximdir.

Yoshga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda

jismoniy mashqlarga o‘rgatishni u yoki bu jismoniy

sifatlarini namoyon qilish samaradorligiga

yo‘naltirish lozim. Ularni rivojlantirish uchun yoshga

xos qulay shart-

sharoitlar bo‘lishi lozim.

Pedagogik tajribalar shunga guvohlik beradiki, xatto

haftada bir juftlik jismoniy tarbiya darsi bo‘lgan

sharoitda ham talaba-yoshlarda asosiy jismoniy
sifatlarni rivojlantirishda ijobiy natijalarga erishish
mumkin va asosiy etiborni tezkorlik, tezkor-kuch,
egiluvchanlik, chaqqonlik va umumiy chidamlilik
sifatlarini rivojlantirishga qaratish lozim.

Ma’lumki, jismoniy mashiqlar barcha harakat
sifatlarini, ba’zilari esa faqat ayrim jismoniy

sifatlarni rivojlantiradi. Masalan, 10 metr masofaga
pastgi startdan chiqib yugirish asosan tezkorlikni
rivojlantirsa, shitanga bilan mashiq qilish mushak
kuchini rivojlantirishga yordam beradi..

Jismoniy mashqning jismoniy sifatlarni

rivojlantirishga ta’sir ko‘rsatish samarasi, uning
qo‘llanilish usulyati bilan belgilanadi. Masalan

shtanga bilan bir marotaba mashq bajarish asosan
mushak kuchini va tezkor-kuch sifatlarini
rivojlantiradi, shu mash

qni ko‘p marotaba, lekin

kamroq og‘irlik bilan bajarish kuch chidamliligini

rivojlantiradi.

Tezkorlik jismoniy sifatini rivojlantirish jarayonida
xarakat faoliyatining har xil turlarida tezlik
tavsiflarini belgilab beruvchi organizmning
funksional imkoniyatlarini oshirish zarur.

Shug‘ullanuvchi uchun daslabki jismoniy
tayyorgarlikdan so‘ng funkso

nal tayyorgarlikni

oshirib keyinchalik sportda ixtisoslashish maqsadga
muvofiqdir.

Harakat tezligini rivojlantirishda ma’lum bir ijobiy

natijalarga erishish uchun ko‘piroq tezkor

-kuch va

kuch talab qilinadigan mashqlardan foydalanish
maqsadga muvofiq. Harakat reaksiasini yaxshilash

uchun vaziyatning o‘zgarishiga signalga bir zumda

reaksiya qilishga taqozo etuvchi mashqlardan
foydalaniladi. Standart chiqishni dastlabki va turli
ovozlarda buyruqlari orasidagi tanaffuslarning

davomiyligini o‘zgartirib, mashq qilish zarur va shu

orqali diqqat reaksiyasini rivojlantirib boriladi.


background image

Tezkorlikni rivojlantirish va harakat reaksiyasini
yaxshilashning eng qimmatli vositasi sport va

harakatli o‘yinlardir.

Oliy o‘quv yurti dasturlarida sportning siklik turlari
yugurishlar, krosslar kiritilgan bo‘lib chidamlilik va
teskorlik, asosan harakat tezligida namoyon bo‘ladi,
bu yerda harakatlarning yuqori sur’ati
mushaklarning tez qisqarishi va tez bo‘shashishi

bila

n bog‘liq. Tezkorlikni rivojlantirish va

bo‘shashtirish san’atini egallash uchun foydali
mashq joyida turib yugurish bo‘lib, bunda
shug‘ullanuvchini maksimal harakat tezligiga

erishishga imkoniyat yaratiladi.

Talaba-yoshlarda tezkorlikni

rivojlantirishnishning asosiy vositasi bo‘lib maksimal
tezlikda bajariladigan mashqlarni qo‘llash kiradi.
Masalan, uncha katta bo‘lmagan masofalarni
yugurib o‘tish, 50

-60mtrga keskin yugurish, startdan

turib yoki turgan joyidan, 60, 100 va 200 metrga
yugurish, estafeta yugurishlari, maxsus yugurish
mashqlari, qumli yerda yugurish, toqqa yugurib

chiqish va boshqa mashqlarni qo‘llash asosida

imkoniyat yaratadi.

Bosib o‘tilgan masofa uzunligi shunday bo‘lishi

lozimki, uning oxirigacha tezlikni kamaytirmaslik
lozim, harakatlarni oxirgi tezlikkacha bajariladi: dam

olish oralig‘i shunchalik katta bo‘lishi kerakki,
kuchning nisbatan to‘liq tiklanishni tv’minlashi

zarur.

N.Gozolin, I.N.Nikutushka va boshqalar fikricha

tezkorlik shug‘ullanuvchilarning “portlovchan”
kuchining yuqori darajasiga bog‘liq, shuning uchun
tezlik mashqlarini o‘zgaruvchan usullar va
shakillarda qo‘llash maqsadga muvofiq.

Tezkorlikni rivojlantirishning asosiy uslubi bu

kompleksli bo‘lib, uning mohiyati harakatli va sport
o‘yinlarini, shuningdek, maxsus –

tayyorgarlik

jismoniy mashqlarini tizimli qo‘llashdan iborat.

Tezkorlikni rivojlantirishning boshqa samaraliroq
uslubi

tezkorlik

kuch (og‘irliklarsiz va kichik

og‘irliklar bilan), o‘ta katta va chegara atrofidagi
tezlik bilan, yengillashtirilgan sharoitlarda “mashqni
takroriy bajarish” uslubi xisoblanishini ko‘rs

atib

o‘tilgan.

Mualliflarning fikriga ko‘ra, shug‘ullanuvchilardi,

jismoniy tarbiya tizimida mushak kuchini

rivojlantirishga alohida o‘rin ajiratishishi lozim. Kuch
tayyorgarligi to‘qimalar, butun organizim va

tizimlarining faolligini hamda ishchanligini
kuchaytiradi, harakat korordinatsiyasining
takomillashishiga, harakat sifatlarning shakillanishi

va namoyon bo‘lishiga yordam beradi. Muhimi shuki

barcha mushaklarning har tomonlama rivojlanishi

ma’lum bir harakatlarda mushak kuchini namoyon

qilish qobiliyati bilan uy

g‘unlashishi munkin

ekanligini ko‘rsatadi.

Shug‘ullanuvchilarni kuch tayyorgarligining asosiy

vazifasi ularni butun harakat apparati mushak
guruhlarini mustahkamlash turli sharoitlarda

dinamik xususiyatni namoyon qila olish ko‘nikmasini

tarbiyalashdan iboratdir.

Shug‘ullanuvchilarda kuchni rivojlantirish uchun

kichik va o‘rta vazndagi og‘irliklar bilan bajariladigan

vosita usullar eng samarali hisoblanadi.

Dvornik, R.Matkarimovlar sport bilan

shug‘ullanuvchilarni mashg‘ulotlar jarayonida

shtanga bilan mashiq bajarish maqsadga

muvofiqligini ko‘rsatib o‘tishgan. Bunda
shug‘ullanuvchining yoshga xos xususiyati va

tayyorgarlik darajasini hisobga olish va mashqlarni

to‘g‘ri tanlash va meyorlashtirish maqsadga

muvofiqdir.

18-20 yoshlilarda nisbatan qisqa muddat ichida

hajmiga ko‘ra optimal bo‘lgan kuch yuklamalarining
qo‘llanilishi mushak kuchini 18

-20% ga, kuch

chidamliligini esa 35-45% ga oshirishiga imkon

yaratishni ular tomonidan ko‘rsatib o‘tilgan.

Talabalarni kuch tayyorgarligiga har tomonlama

ta’sir ko‘rsatish va mashg‘ulotlarning

emotsionalligini oshirish uchun shtanga va giryalar

qatorida qum to‘ldirilgan qoplar bilan mashqlardan,

gimnastika snaryatlaridagi mashqlardan, gantellar,
prujinali yoki rezingali espanderlar bilan
mashqlardan foydalanish zarur. Gantel bilan

bajariladigan mashqlar qo‘l kafti va ko‘krak

mashqlarini, girya bilan mashqlar bel va oyoqlar
mushaklarini rivojlantiradi, yengil vazinli shtanga
bilan mashqlar hamma mushaklarni rivojlantirish

uchun foydali ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan.


background image

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

RO‘YXATI

1. Abdullaev M.J., Olimov M.S., To'xtaboev N.T. Yengil
atletika va uni BE

oʻqitish metodikasi. Darslik. "Barkamol fayz media"

nashriyoti Toshkent-2017 |620 bet.

2. Abdullaev M.J. Sport mahoratini oshirish (Yengil

atletika). Darslik "Cho‘lpon nomidagi nashriyot va matba

ijodiy uyi" Toshkent-2019 y. 472 bet.

3. Normurodov A.N. Yengil atletika. Toshkent: Oʻquv

-

uslubiy qoʻllanma ToshDShI 2002 yil.

4. Niyozov I. Yengil atletika. Farg‘ona: O'quv qo'llanma.

Farg'ona:O'quv qo'llanma. Farg'ona nashriyoti 2005 yil.

5. Abdullayev M.J., Smurigina L.V. Organizatsiya
fizkulturno ozdorovitelnix i sportivnix meropriyatiy v
obsheobrazovatelnoy shkole uchebnoye posobiye.
Buxoro. "Durdona" - 2015 yil.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов