INDIRECT TAXES

HAC
Google Scholar
To share
Ravshanov, X. (2024). INDIRECT TAXES. Modern Science and Research, 3(1), 255–259. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28286
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this thesis, information is given about the types of taxes, their importance, and their essence today, with special attention being paid to indirect (indirect) taxes, which are divided according to the economic nature of the tax. In this thesis, an attempt was made to provide extensive and complete information on the excise type of indirect tax.


background image


255

EGRI SOLIQLAR

Ravshanov Xurshid Akramovich

Denov Tadbirkorlik va Pedagogika instituti Moliya va Bank ishi kafedrasi

o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10523956

Annotatsiya.

Ushbu tezisda soliq turlari, uning ahamiyati, bugungi kundagi mohiyati haqida

ma’lumotlar berilgan, ayniqsa soliqning iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra bo‘lingan turi egri (bilvosita)

soliqlarga alohida e’tibor qaratilgan. Bu tezisda aynan egri soliqning aksiz turi bo‘yicha keng va

to‘liq ma’lumotlar berishga harakat qilingan.

Kalit so‘zlar.

Soliqlar, egri soliqlar, to‘g‘ri soliqlar, iqtisodiy mohiyati, byudjetga tushishi,

soliq to‘lovchilari, aksiz.

INDIRECT TAXES

Abstract.

In this thesis, information is given about the types of taxes, their importance, and

their essence today, with special attention being paid to indirect (indirect) taxes, which are divided

according to the economic nature of the tax. In this thesis, an attempt was made to provide

extensive and complete information on the excise type of indirect tax.

Keywords.

Taxes, indirect taxes, direct taxes, economic nature, budget, taxpayers, excise.

КОСВЕННЫЕ НАЛОГИ

Аннотация.

В данной дипломной работе даются сведения о видах налогов, их

значении и сущности на сегодняшний день, при этом особое внимание уделяется косвенным

(косвенным) налогам, которые подразделяются по экономической сущности налога. В

данной дипломной работе предпринята попытка предоставить обширную и полную

информацию об акцизном виде косвенного налога.

Ключевые слова.

Налоги, косвенные налоги, прямые налоги, экономическая природа,

бюджет, налогоплательщики, акциз.

Kirish.

Bugungi kunda respublikamizda turli xil islohotlar olib borilmoqda, har bor sohada

yangiliklar, qulayliklar yaratilmoqda. Jumladan, soliq siyosatini yanada takomillashtirish,

soliqlarning turlari va ularga amal qilish borasida ishlar olib borilmoqda, bu, albatta, muhim

ahamiyatga ega va asosiy masalalaridan biri hisoblanadi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan

islohotlarni, ayniqsa, soliq sohasidagi islohotlarni xalqqa, talabalarga yetkazish, aniq va tushunarli

dasturlar ishlab chiqish, darsliklar tayyorlash, amaliy tadqiqotlar olib borish, ilg’or texnologiya va

istiqbolli dasturlarni tatbiq qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar jamiyatimiz,


background image


256

hukumatimizdagi insonlar o’rtasidag asosiy vazifalardan biridir. Bundan tashqari, bozor

iqtisodiyotida biznes sohasi erkin rivojlanmoqda, biznes subyektlari o’rtasida raqobat

rivojlanmoqda. Har qanday biznes bilan shug’ullanuvchi odam, tadbirkorlar iqtisodiy mohiyatiga

ko’ra, byudjetga tushishiga ko’ra, soliq tortish obyektiga ko’ra, soliq to’lovchilar turiga ko’ra

soliqlar to’laydi.

Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar soliq tizimiga e’tibor qaratadigan bo’lsak, ular

amaliyotda soliq stavkalarini tabaqalashtirilgan holda qo’llanilishini guvohi bo’lish mumkin,

chunki soliqlarning rag’batlantiruvchilik rolini yuzaga chiqishi, asosan, uch xil ko’rinishda yuzaga

chiqadi. Bular soliq imtiyozlarini amalga oshirish (soliq obyektini kamaytirish), soliq

to’lovchilarni soliqdan ozod etish hamda soliq stavkalarini tabaqalashtirish hisoblanadi. Qayd

etish joizki, soliq stavkalarini tabaqalashtirish soliq tizimi hamda iqtisodiyotning real sektori

uchun ham foydali bo‘lsada, ammo bu jarayonda eng asosiy muammo soliq stavkalarini

tabaqalashtirish masalasi hisoblanadi. Agar, soliq stavkalarini tabaqalashtirishda to‘g‘ri va egri

soliqlar holatiga e’tibor beradigan bo‘lsa, egri soliqlarga nisbatan to‘g‘ri soliqlarda soliq stavkalari

ko‘proq tabaqalashgan. Buning asosiy sababi, soliqlarning rag‘batlantiruvchilik roli, asosan,

to‘g‘ri va egri soliqlar orqali yuzaga chiqishi, shunga asoslangan holda soliq stavkalarini

tabaqalashtirishda to‘g‘ri va egri soliqlar orqali korxonalarni turli xil faoliyat bo‘yicha

rag‘batlantirish hisoblanadi.

Egri (bilvosita) soliqlar – iste’molga solingan soliq bo’lib, u ishlab chiqarilgan tovarlar,

ishlar va xizmatlar qiymatiga ustama tarzida qo’yiladi. U yaratilgan mahsulotni va jamg’armalarni

sarflash jarayonida undiriladi. Ularga: QQS, aksiz solig’I, yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq,

bojxona boji, jismoniy shaxslarning transport vositalari uchun benzin, dizel, yoqilg’I va gaz

ishlatganlik uchun soliq va shu kabilar kiradi.

Egri soliqlarning yana bir turi bo‘lgan

aksiz solig‘i

bo‘yicha ham tabaqalashtirilgan soliq

stavkalari qo‘llanilgan bo‘lib, bu soliq turida soliq stavkalarini tabaqalashtirishda boshqa

soliqlardan farqli ravishda soliq stavkalari soliq to‘lovchilarning ishlab chiqarish faoliyati sohalar

yoki soliq to‘lovchilarning joylanishiga qarab emas, balki aksiz solig‘iga tortiladigan tovarlar

ro‘yxati bo‘yicha tabaqalashtirilgan.

Jahon soliq amaliyotida Davlat budjeti daromadlari tarkibida to‘g‘ri va egri soliqlarning

nisbatiga qarab u yoki bu mamlakat iqtisodiyotining rivojlanganlik darajasiga baho berish

mumkin. Masalan, AQSHda budjet daromadlari tarkibida to‘g‘ri soliqlar salmog‘ining 90 foizga

yaqin bo‘lishi bu mamlakat iqtisodiyotining yuqori darajada rivojlanganligidan darak beradi.

O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti ijtimoiy xarajatlarini o‘sish tendensiyasiga ega ekanligi


background image


257

davlat budjeti daromadlari hajmini uzluksiz oshirib borishni taqozo qiladi. Bu esa, qo‘shilgan

qiymat solig‘i, aksiz solig‘i kabi barqaror daromad manbalarini budjet daromadlarining tarkibidagi

yuqori salmog‘ini ta’minlashni taqozo qiladi. Yevropa mamlakatlarida egri soliqlarning roli

AQSH, Yaponiya, Kanada va Avstraliyaga qaraganda yuqoridir. Yevropa mamlakatlarida jami

soliq tushumlarining hajmida egri soliqlarning salmog‘i 40 foizdan yuqori bo‘lib, ayrim

mamlakatlarda 50 foizni tashkil etadi. Mazkur ko‘rsatkich 50 foizdan yuqori bo‘lgan mamlakatlar

guruhiga Meksika, Turkiya va Koreya kiradi. AQSH, Yaponiya, Kanada va Avstraliyada esa

ushbu ko‘rsatkich 25—30 foizni tashkil qiladi.

O‘zbekistonda aksiz solig‘i 1992- yilda qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan birgalikda oborot

solig‘i va sotuvdan olinadigan soliqlar o‘rniga joriy qilingan. Uning qo‘shilgan qiymat solig‘idan

farqli tomoni shundaki, u ayrim tovarlar va mahsulotlarni chegaralab olgan va u bajarilgan ish,

ko‘rsatilgan xizmatlarga nisbatan qo‘llanilmaydi. Aksiz solig‘i individual xarakterga ega bo‘lib,

faqat aksiz osti tovarlarga nisbatan qo‘llaniladi. Aksiz solig‘i qo‘shilgan qiymat solig‘iga

tortiladigan bazada va narxda hisobga olinadigan yuklab jo‘natilgan tovarlar qiymatining bir

qismini egri soliq sifatida budjetga undirish shakli hisoblanadi. Aksiz solig‘i Davlat budjeti

daromadlarini shakllantirishda salmoqli o‘rin egallaydi, Hozirgi vaqtda aksiz solig‘ining ulushi

davlat budjeti daromadlari tarkibida kam salmoqni egallamoqda. Aksiz solig‘i to‘liq respublika

budjetining daromadlar qismiga kelib tushadi va uning soliq yuki iste’molchilar zimmasida

bo‘ladi.


background image


258

Soliq hisbolash chiqish tartibi, hisob-kitobni taqdim etish tartibi:

Soliq davri 1 oy;

Aksiz solig‘i hisoboti soliq bo‘yicha hisobda turilgan joydagi soliq organlariga har oyda,

soliq davridan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay taqdim etiladi

Soliqni to‘lash soliq hisobotini taqdim etish muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi.

Import qilinadigan tovarlar bo‘yicha soliqni to‘lash bojxona to‘g‘risidagi qonun

hujjatlarida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi. Aksiz markalari bilan tamg‘alanishi lozim

bo‘lgan olib kiriladigan aksiz to‘lanadigan tovarlar bo`yicha soliq aksiz markalari olinguniga

qadar to‘lanadi.

Aksiz markalari ishlab chiqariladigan va import qilinadigan aksiz tovarlarining turlariga

bog‘liq ravishda harfiy va raqamli belgilar bilan markalanadi hamda quyidagi turlarga bo‘linadi:

— IM – mahsulot O‘zbekiston Republikasi hududiga import bo‘yicha olib kelingan; — O’Z –

mahsulot O‘zbekiston Republikasi hududida ishlab chiqarilgan; — 98 – dastlabki ikki belgi – aksiz

markasi bosib chiqarilgan yil; — 01 yoki 001 – keyingi ikki yoki uchta belgi – ishlab chiqaruvchi

korxonalarga (importchilarga) tegishlicha tamaki mahsuloti yoki alkogolli ichimlik bo‘yicha


background image


259

beriladigan kod raqamlari; — 4 raqam belgisi aksiz markalarida tamaki mahsulotini bildiradi; —

5 raqam belgisi aksiz markalarida alkogolli mahsulotni bildiradi; — 98 bilan tugaydigan oxirgi

raqamlar O‘zbekiston Respublikasi hududiga aksiz tovarlari mayda turkumlar bilan olib

kelinganligini anglatadi; — 99 bilan tugaydigan oxirgi raqamlar musodara qilingan aksiz

tovarlarini anglatadi.

REFERENCES

1.

Soliqlar va soliqqa tortish: Oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun darslik / A.V. Vahobov, A.S.

Jo‘rayev; O‘zR oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent Moliya in-ti, — Toshkent:

Sharq, 2009. — 448 b.

2.

SCIENCE AND INNOVATION INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME I

ISSUE8 UIF-2022: 8.2/ISSN: 2181-3337. Egri soliqlarni huquqiy tartibga solish.

3.

O‘zbekiston Respublikasining Qonunlari, Prezident Farmonlari, Vazirlar Mahkamasi

qarorlari, me’yoriy hujjatlar.

4.

O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi.

5.

O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 30.12.2020 yildagi O‘RQ-659-son“2021-YIL

UCHUN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT BUDJETI TO‘G‘RISIDA”GI

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNI QABUL QILINGANLIGI MUNOSABATI

BILAN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA

O‘ZGARTISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA

References

Soliqlar va soliqqa tortish: Oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun darslik / A.V. Vahobov, A.S. Jo‘rayev; O‘zR oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent Moliya in-ti, — Toshkent: Sharq, 2009. — 448 b.

SCIENCE AND INNOVATION INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME I ISSUE8 UIF-2022: 8.2/ISSN: 2181-3337. Egri soliqlarni huquqiy tartibga solish.

O‘zbekiston Respublikasining Qonunlari, Prezident Farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, me’yoriy hujjatlar.

O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi.

O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 30.12.2020 yildagi O‘RQ-659-son“2021-YIL UCHUN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT BUDJETI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNI QABUL QILINGANLIGI MUNOSABATI BILAN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA O‘ZGARTISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов