INDIVIDUAL CHARACTERISTICS OF THE PERSON.

HAC
Google Scholar
To share
Qodirjonov, D., & Ziyodullayeva, F. (2024). INDIVIDUAL CHARACTERISTICS OF THE PERSON. Modern Science and Research, 3(1), 623–627. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28347
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article provides information about the individual characteristics of a person, the innate and acquired qualities of abilities, the greatest works of the most talented and famous people, and the fact that the greatest success is partially due to talent and mostly tireless work, aspiration, creativity and thirst for knowledge.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

623

SHAXSNING INDIVIDUAL XUSUSIYATLARI.

Qodirjonov Doniyor

Toshkent davlat agrar universiteti talabasi.

Ziyodullayeva Farangiz

https://doi.org/10.5281/zenodo.10536056

Annotatsiya. Ushbu maqolada shaxsning individual xususiyatlari, qobiliyatlardagi tug’ma

va orttirilgan sifatlar, eng talantli, mashhur shaxslarning eng buyuk ishlari, erishilgan ulkan
muvaffaqiyatlarining tagida ham qisman layoqat va asosan tinimsiz mehnat, intilish, ijodkorlik va
bilimga chanqoqlik yotganligi haqida ma'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: shaxs, temperament, individual sifatlar, individuallik, qobiliyat, intellekt,

mehnat, tajriba, iroda.

INDIVIDUAL CHARACTERISTICS OF THE PERSON.

Abstract. This article provides information about the individual characteristics of a person,

the innate and acquired qualities of abilities, the greatest works of the most talented and famous
people, and the fact that the greatest success is partially due to talent and mostly tireless work,
aspiration, creativity and thirst for knowledge.

Key words: personality, temperament, individual qualities, individuality, ability,

intelligence, work, experience, will.

ИНДИВИДУАЛЬНЫЕ ОСОБЕННОСТИ ЧЕЛОВЕКА.

Аннотация. В данной статье представлены сведения об индивидуальных

особенностях человека, врожденных и приобретенных качествах способностей,
величайших произведениях наиболее талантливых и знаменитых людей, а также о том,
что в основе их большого успеха лежит отчасти талант и главным образом
неутомимость. труд, стремление, творчество и жажда знаний.

Ключевые

слова:

личность,

темперамент,

индивидуальные

качества,

индивидуальность, способности, интеллект, труд, опыт, воля.

Shaxs – psixologiya fanining asosiy ilmiy tushunchalaridan biri bo‘lib hisoblanadi.

Shaxsning nimaligini tushunish va uning ruhiy tuzilishini ta’riflash imkonini beruvchi asosiy
xossalarini ajratib olish uchun ushbu tushunchani «inson individ shaxs individuallik» qatorida
ko‘rib chiqamiz. Inson o‘ta murakkab mavjudot sifatida cheksiz murakkab dunyoda, aniqrog‘i,
ko‘plab dunyolarda yashaydi, ularning ichidan zamonimizning mashhur faylasuflaridan biri
Yurgen Xabermas asosiylari sifatida uch dunyoni: tashqi dunyo, ijtimoiy dunyo («bizning olam»),
ichki dunyo («mening olamim», individuallik va betakrorlilik «mening mavjudligimning»
betakrorligi) ajratishni taklif etdi.

Tashqi dunyo – bu insonning tabiat qonunlarini bilishda va ularni o‘z maqsadlarida tabiatni

qayta tuzish uchun qo‘llashda egallaydigan tabiat olami. Bu fan, texnika, amaliyot olamidir. Bu
barcha narsa isbot talab etuvchi maqsadga muvofiq faoliyat olamidir. Ijtimoiy dunyo – bu insonni
dunyoga kiritishning asosiy vositasi jismli faoliyat bo‘lgan olam. Insonni atrofdagi olamga va
o‘ziga nisbatan munosabatlarining rang-barangligida tushunish, faolligining manbalarini topish va
yo‘nalishini anglash uchun insonning olamda tutgan o‘rnini aniqlab olish zarur. Insonga shaxs
sifatida yondoshish, avvalambor, insonga jamiyat tuzilishida tutgan o‘rni bilan aniqlanuvchi


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

624

jamiyatning birligi sifatida qarash bilan bog‘liqdir. Insonni biologik organizm, tur birligi sifatida
hayvondan farq qiluvchi tub negizli belgisi jamiyatga tegishlilik, ijtimoiylik hisoblanadi.

Bundan kelib chiqadiki, shaxsni o‘rganishda dastlabki holat bo‘lib uning jamiyatdagi o‘rni,

ijtimoiy munosabatlar tizimiga kiritilganligi xizmat qiladi. Agar biz shaxs munosabatlari haqida
insonning dunyoga shaxsiy tegishliligi va bu bilan bog‘liq kechinmalar ma’nosida so‘z yuritadigan
bo‘lsak, u holda inson mavjud bo‘la oladigan keyingi – bu «mening» ichki olamim dunyosiga
murojaat qilamiz. Bu dunyo kechinmalar, shaxsiy mohiyatlar, shaxsiy dahldorlikni his etish, u
yoki bunga shaxsiy tegishlilik, boshqa odamlar bilan mavjudlikning «hodisaviyligi» bilan to‘la.
Bu dunyoga jismli faoliyat o‘z shaklini o‘zgartirgan holda oddiy holatdagi foydali faoliyat,
shaklini yo‘qotgan jismli harakat bo‘lib emas, balki, «shaxsiy» faoliyat, ijodiyot sifatida kiradi,
ijtimoiy hulq-atvor esa «mening» dunyosiga shaxslararo munosabat, boshqa odamlarning ichki
dunyosiga yaqinlashish, boshqalarga o‘zini ochishning vositasi, o‘zini namoyon etish sifatida kirib
keladi. «Mening» dunyosida unga xos bo‘lgan maxsus faoliyat turlari: o‘yin, san’at, din, ichki
dunyolar yaqinlashuvi sifatidagi muloqot paydo bo‘ladi.

Individuallik – bu ma’lum insonning, uning noyobligi, betakrorligi nuqtai nazaridan o‘ziga

xos bo‘lgan ruhiy, fiziologik va ijtimoiy xususiyatlar yig‘indisi.Individuallik – bu ko‘rib chiqilgan
tushunchalar ichida mazmuniga ko‘ra eng tor tushuncha hisoblanadi. U o‘zida insonning boshqa
odamlardan farq qiluvchi o‘ziga xos va shaxsiy xossalarini jamlaydi. Individuallik turli xildagi
tajriba, bilimlar, fikrlardagi tafovutlar, xarakter va temperamentlardagi farqlar, o‘zimiz
isbotlaydigan, tasdiqlaydigan o‘ziga xos xususiyatlarimizda namoyon bo‘ladi.

Motivlar, temperament, xarakter, layoqatlar – individuallikning asosiy ko‘rsatkichlari.

«Individuallik» tushunchasi individning faqat o‘ziga xos ruhiy xususiyatlarini emas, balki
morfofiziologik xususiyatlarini ham aks ettiradi. Individuallik – o‘z mohiyatiga ko‘ra, boshqalar
tomonidan kuzatilishi mumkin bo‘lgan, tashqarida joylashgan narsa. Faqat boshqalar bir odamning
boshqasidan farqini, ya’ni, uning individualligini aytib berishi mumkin.

Qobiliyatlardagi tug’ma va orttirilgan sifatlar. Ba’zan o’ta iqtidorli va qobiliyatli bola

haqida gap ketsa, undagi bu sifat tug’ma ekanligiga ishora qilishadi. Talantli, genial olim,
san’atkor yoki mutaxassis haqida gap ketsa ham xuddi shunday. Umuman qobiliyatlarning tug’ma
yoki orttirilgan ekanligi masalasi ham olimlar diqqat markazida bo’lgan muammolardan.

Psixologiyada tug’malik alomatlari bor individual sifatlar layoqatlar deb yuritildi va uning

ikki xili farqlanadi: tabiiy layoqat va ijtimoiy layoqat. Birinchisi odamdagi tug’ma xususiyatlardan
— oliy nerv tizimi faoliyatining xususiyatlari, miyaning yarim sharlarining qanday ishlashi, qo’l-
oyoqlarning biologik va fizilogik sifatlari, bilish jarayonlarini ta’minlovchi sezgi organlari —
ko’z, quloq, burun, teri kabilarning xususiyatlaridan kelib chiqsa (bular nasliy ota-onadan genetik
tarzda o’tadi), ijtimoiy layoqat — bola tug’ilishi bilan uni o’ragan muhit, muloqot uslublari,
so’zlashish madaniyati, qobiliyatni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar (ular ota-ona
tomonidan yaratiladi) dir.

Layoqatlilik belgisi — bu o’sha individga aloqador bo’lib, u bu ikkala layoqat muhitini

tayyoricha qabul qiladi. Qobiliyatsizlik va intellektning pastligi sabablaridan ham biri shuki, ana
shu ikki xil layoqat o’rtasida tafovut bo’lishi mumkin. Masalan, genial rassom oilasida bola
tug’ildi deylik. Unda rassomchilik uchun tug’ma, genetik belgilar otasi tomonidan berilgan deylik.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

625

Lekin bolaning onasi farzandining ham rassom bo’lishini xohlamasligi, o’ziga o’xshash qo’shiqchi
bo’lishini xohlashi mumkin.

Ayol bolani yoshlikdan faqat musiqa muhitida tarbiyalaydi. Tabiiy layoqatning rivoji

uchun ijtimoiy layoqat muhiti yo’q, ijtimoiy layoqat o’sishi uchun esa tabiiy, tug’ma layoqat yo’q
bo’lgani sababli, bolada hyech qanday talant namoyon bo’lmasligi, u oddiygina musiqachi yoki
qo’shiqchi bo’lish bilan cheklanishi mumkin. Intellekt testlari va qobiliyatdagi tug’ma va
orttirilgan belgilarni o’rganishning psixologik ahamiyati aynan shunda. Ilk yoshlikdan bolaning
o’zidagi mavjud imkoniyatlarni rivojlantirish shart-sharoitini yaratish ishini to’g’ri yo’lga qo’yish
kerak. Orttirilgan sifati shuki, bola toki bilim, malaka va ko’nikmalarni o’stirish borasida harakat
qilmasa, eng kuchli tug’ma layoqat ham layoqatligicha qolib, u iqtidorga aylanmaydi.

Eng

talantli,

mashhur

shaxslarning

eng

buyuk

ishlari,

erishilgan

ulkan

muvaffaqiyatlarining tagida ham qisman layoqat va asosan tinimsiz mehnat, intilish, ijodkorlik va
bilimga chanqoqlik yotgan. Shuni ham unutmaslik kerakki, qobiliyatsiz odam bo’lmaydi.

Agar shaxs adashib, o’zidagi haqiqiy iqtidor yoki layoqatni bilmay, kasb tanlagan bo’lsa,

tabiiy, u atrofdagilarga layoqatsiz, qobiliyatsiz ko’rinadi. Lekin aslida nimaga uning qobiliyati
borligini o’z vaqtida to’g’ri aniqlay olishmagani sabab u bir umr shu toifaga kirib qoladi. Shuning
uchun ham har bir ongli inson o’zidagi qobiliyat va zehnni ilk yoshlikdan bilib, o’sha o’zi yaxshi
ko’rgan, «yuragi chopgan» ish bilan shug’ullansa, va undan qoniqish olib, qobiliyatini o’stirishga
imkoniyat topib, yutuqlarga erishsa, biz uni iqtidorli deymiz. Iqtidor-insonning o’z xatti-
harakatlari, bilimlari, imkoniyatlari, malakalariga nisbatan subyektiv munosabatidir.

Iqtidorli odam genial yoki talantli bo’lmasligi mumkin, lekin u har qanday ishda mardlik,

chidamlilik, o’z-o’zini boshqara olish, tashabbuskorlik kabi fazilatlarga ega bo’lib, o’zlari
shug’ullanayotgan ishni bajonidil, sitqidildan bajaradi. Ular ana shunday harakatlari bilan ba’zi
o’ta iste’dodli, lekin kamxarakat kishilardan ko’ra jamiyatga ko’proq foyda keltiradi. Iqtidorli
insonda iste’dod sohibi bo’lish imkoniyati bor, zero iste’dod — har tomonlama rivojlangan,
nihoyatda kuchli va takrorlanmas qobiliyatdir.

U tinimsiz mehnat, o’z qobiliyatini takomillashtirib borish yo’lida barcha qiyinchiliklarni

yengish va irodasi, butun imkoniyatlarini safarbar qilish natijasida qo’lga kiritiladi.

Qobiliyatlarning psixologik strukturasi. Qobiliyatlar avvalom bor umumiy va maxsus

turlarga bo’linadi va har birining o’z psixologik tizimi va tuzilishi bo’ladi. Shaxsning umumiy
qobiliyatlari undagi shunday individual sifatlar majmuiki, ular odamga bir qancha faoliyat
sohasida ham muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatish va natijalarga erishishga imkon beradi. Masalan,
texnika oliy o’quv yurtining talabasi ham ijtimoiy-gumanitar, ham aniq fanlar, ham texnika fanlari
sohasidagi bilimlarni o’zlashtira oladi.

Bunda unga umumiy bilimdonlik, nutq qobiliyatlari, tirishqoqlik, chidam, qiziquvchanlik

kabi qator sifatlar yordam beradi. Maxsus qobiliyatlar esa ma’lum bir sohada yutuqlarga erishish,
yuqori ko’rsatgichlar berishga imkon beruvchi sifatlarni o’z ichiga oladi. Masalan, sport sohasi
bilan buxgalterlik hisob-kitobi bo’yicha ishlayotgan ikki kishida o’ziga xos maxsus qobiliyatlar
bo’lmasa bo’lmaydi. Har bir qobiliyat o’zining tizimiga ega.

Masalan, matematik qobiliyatni oladigan bo’lsak, uning tarkibiga umumlashtirish

malakalari, aqliy jarayonlarning egiluvchanligi, mavhum tafakkur qila olish kabi qator
xususiyatlar kiradi. Adabiy qobiliyatlarga ulardan farqli, ijodiy hayol va tafakkur, xotiradagi


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

626

yorqin va ko’rgazmali obrazlar, estetik xislar, tilni mukammal bilishga layoqat; pedagogik
qobiliyatlarga esa — pedagogik odob, kuzatuvchanlik, bolalarni sevish, bilimlarni o’zgalarga
berishga ehtiyoj kabi qator individual xossalar kiradi.

Xuddi shunga o’xshash qolgan barcha qobiliyatlarni ham zarur sifatlar tizimida tahlil qilish

mumkin va bu katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’ladi. Hozirgi davrda temperament tipi deganda,
ma’lum insonlar guruhi uchun umumiy bo‘lgan xususiyatlarning sodda majmuasi emas, balki
mazkur xususiyatlarning qonuniy, zaruriy o‘zaro bog‘liqligi tushuniladi. Temperament tipini
tavsiflovchi xususiyatlarning qonuniy tarzda o‘zaro bog‘liqligi quyidagicha aks etishi mumkin.

Shaxs temperamentlari. Temperament 4 ta turga bo'linadi.
Sangvinik yuksak reaktivlik. Bo‘lar-bo‘lmas narsalarga qattiq xoxolab kulaveradi.
Muhim bo‘lmagan fakt qattiq jahlini chiqaradi. Diqqatini jalb qilgan hamma narsalarga

tetik va zo‘r qo‘zg‘alish bilan javob beradi. Imo-ishoralari va harakatlari yaqqol ko‘rinib turadi.
Uning aft-basharasiga qarab kayfiyatining qandayligini, narsalarga yoki odamga bo‘lgan
munosabatlarini bilish oson. Diqqatini tez bir joyga to‘playdi.

Sust senzitivlikka ega. Sezgirlik chegarasi yuksak. Juda kuchsiz tovushlarni va yorug‘lik

qo‘zg‘ovchilarni payqamaydi. Aktivligi yuksak, juda g‘ayratli va ishchan, darslarda tez-tez qo‘l
ko‘tarib turadi, toliqmasdan uzoq vaqt ishlashi mumkin, yangi ishlarga g‘ayrat bilan kirishadi.

Faolligi va reaktivligi muvozanatli. Uni intizomga chaqirish oson. U o‘z hissiyotlarining

namoyon bo‘lishini va o‘zining ixtiyorsiz harakatlarini tez ushlab qola oladi. Harakatlari shiddatli,
nutqi tez, yangi ishga tezlik bilan kirishadi, diqqatini tez to‘playdi. Aqli tez ishlaydi, topqir.
Harakatlari nihoyat darajada silliqlik xususiyatiga ega. Hissiyotlari, kayfiyatlari, qiziqishlari va
intilishlari juda o‘zgaruvchan. U yangi kishilar bilan tez kirishib ketadi. Yangi talablar, yangi
sharoitga osonlik bilan o‘rganadi. Bir ishdan ikkinchi ishga tez ko‘cha oladi.

Malakalarni tez o‘zlashtiradi va tez qayta o‘zgartiradi. Aqli ixcham. Ekstrovertlik

xususiyatiga ega. O‘tgan va kelajak hayot haqida tasavvurlariga qaraganda quyiroq tashqi
taassurotlarga javob beradi.

Xolerik xuddi sangvinik kabi sust senzitivlik, yuksak reaktivlik hamda faollik bilan ajralib

turadi, lekin faollikdan reaktivlik ustunlik qiladi. Shuning uchun u tinimsiz o‘zini ushlay
olmaydigan, betoqat, serzarda. Sangvinikka qaraganda ozroq silliq va qo‘proq qotib qolgan.
Shuning uchun intilishlari va qiziqishlarida katta barqarorlik, zo‘r qatiylik bor, diqqatini
ko‘chirishda qiyinchilikka uchraydi. Psixik tempi tez. Bir ishni boshlasa oxiriga etkazadi, ammo
unga qiziqsa.

Flegmatik – senzitivligi sust, hissiy qo‘zgaluvchanligi oz, kuldirish, jahlini chiqarish,

kayfiyatini buzish qiyin. Ammo bir narsa yuzasidan qattiq kulganda u vazminligicha qolaveradi.
Katta ko‘ngilsiz hodisa yuz berganda ham osoyishtaligini buzmaydi. Imo-ishoralari oz, harakatlari
ifodasiz. G‘ayrati ishchanligi bilan ajralib turadi. Yuksak faolligi oz, reaktivligidan ancha ustunlik
qiladi. Chidamliligi, matonati, o‘zini tuta bilish bilan ajralib turadi. Harakatlarining tempi va
nutqining tempi sust, ifodasiz. Diqqatini sekinlik bilan to‘playdi. Yangi sharoitga qiyinchilik bilan
moslashadi. Yangi odamlarga qiyinchilik bilan qo‘shiladi. Tashqi taassurotlarga qiyinchilik bilan
javob qaytaradi.

Melanxolik – yuksak senzitivlik xususiyatiga ega. Sezgirligi yuksak (sezgi chegaralari

yuqori). Arzimagan sababga ko‘ra, ko‘zlaridan yosh oqib ketaveradi. Nihoyatda arazchan, sekin


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

627

yig‘laydi. Samimiy, juda oz kuladi, faolligi sust. O‘ziga ishonmaydi, tortinchoq, ozgina qiyinchilik
tug‘iladigan bo‘lsa, qo‘lini yuvib qo‘ltig‘iga urib qo‘ya qoladi. G‘ayratsiz qatiy emas. Diqqati tez
chalg‘iydi, barqaror emas. Psixik tempi sust. Rigid (qotib qolgan). Introvertlik xususiyatiga ega.

Xulosa

Shunday qilib, temperament individning tabiiy belgilangan psixik xususiyatlarining

individual o‘ziga xos yig‘indisidir. Bu xususiyatlarga umumiy nerv-psixik faollikning jadallligi,
zo‘riqqanligi, ta’sirlanish va harakatlarning maromi, individning motorli, aqliy va kommunikativ
sohasida namoyon bo‘ladigan xususiyatlarning kuchayishi va susayishi; sub’ekt emotsional
tuzilishining qo‘zg‘aluvchanligi, reaktivligi, barqarorligi, hissiyotlarning nazorat qilinishi kiradi.
Temperament faqat faoliyat va hulq-atvor usullarining dinamik xususiyatlarini belgilaydi.


REFERENCES

1.

Бодалев А. А, Психология о личности. — М.: Изд-во МГУ, 1988.

2. Гамезо М.В, Домашенко И.А Атлас по психологии М; «Просвещение» 1986г
3. Davletshin M.G Umumiy psixologiya T-2002 y
4. Джемс В. Психология.- М., 1991
5. Леонгард К, Акцентуированные личности. — Киев: Вища школа, 1989.
6. G’oziev E.G’ Umumiy psixologiya 1-2 kitob T-2002 y

References

Бодалев А. А, Психология о личности. — М.: Изд-во МГУ, 1988.

Гамезо М.В, Домашенко И.А Атлас по психологии М; «Просвещение» 1986г

Davletshin M.G Umumiy psixologiya T-2002 y

Джемс В. Психология.- М., 1991

Леонгард К, Акцентуированные личности. — Киев: Вища школа, 1989.

G’oziev E.G’ Umumiy psixologiya 1-2 kitob T-2002 y

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов