MANAGING YOUTH EMPLOYMENT IN A TIME OF DIGITALIZATION

HAC
Google Scholar
To share
Tagaev, B. . (2024). MANAGING YOUTH EMPLOYMENT IN A TIME OF DIGITALIZATION. Modern Science and Research, 3(1). Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28385
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

The population employment indicator is one of the most important descriptive aspects of the labor market, and as an economic indicator, it reflects the level of satisfaction with work, the number of employees, the level of participation in work, personal needs, etc. From this point of view, it is one of the urgent tasks to study the issues of youth employment, which is considered a special "hot" segment of the labor market.


background image


366

RAQAMLASHTIRISH SHAROITIDA YOSHLAR BANDLIGINI BOSHQARISH

Tagaev Bexzad Anvarovich

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi mustaqil izlanuvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10552604

Annotatsiya.

Aholi bandligi ko‘rsatkichi mehnat bozorining eng muhim tavsiflovchi

jihatlaridan biri bo‘lib, u iqtisodiy ko‘rsatkich sifatida ish haqidan qoniqish darajasi, ishchi-

xodimlar soni, mehnat faoliyatiga qo‘shilish darajasi, shaxsiy ehtiyojlar va boshqalarni aks

ettiradi. Shu jihatdan olganda, mehnat bozorining o‘ziga xos “qaynoq” segmenti hisoblanuvchi

yoshlar bandligini ta’minlash masalalarini o‘rganish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.

Kalit so‘zlar:

aholi bandligi, yoshlar, yosh mutaxassis, inson kapitali, aholi daromadlari,

kambag‘allik, turmush sifati va darajasi, mehnat bozori, iqtisodiy faol aholi, ishsizlik, iqtisodiy

faollik.

MANAGING YOUTH EMPLOYMENT IN A TIME OF DIGITALIZATION

Abstract.

The population employment indicator is one of the most important descriptive

aspects of the labor market, and as an economic indicator, it reflects the level of satisfaction with

work, the number of employees, the level of participation in work, personal needs, etc. From this

point of view, it is one of the urgent tasks to study the issues of youth employment, which is

considered a special "hot" segment of the labor market.

Key words:

population employment, youth, young specialist, human capital, population

income, poverty, quality of life and level, labor market, economically active population,

unemployment, economic activity.

УПРАВЛЕНИЕ ЗАНЯТОСТЬЮ МОЛОДЕЖИ В ПЕРИОД ЦИФРОВИЗАЦИИ

Аннотация.

Показатель занятости населения является одним из важнейших

описательных аспектов рынка труда и как экономический показатель отражает уровень

удовлетворенности заработной платой, численностью работников, уровнем участия в

труде, личными потребностями и т.п. . С этой точки зрения одной из актуальных задач

является изучение вопросов занятости молодежи, которая считается особым «горячим»

сегментом рынка труда.

Ключевые слова:

занятость населения, молодежь, молодой специалист,

человеческий капитал, доходы населения, бедность, качество и уровень жизни, рынок

труда, экономически активное население, безработица, экономическая активность.


background image


367

Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekistonda iqtisodiy faol aholi 2010 yilga nisbatan 2022

yilda 2752,3 ming nafarga yoki 22,4 foizga ko‘paygan bo‘lsa, o‘z navbatida ish bilan band aholi

soni ham tahlil qilinayotgan davrda 2078,0 ming nafarga yoki 18,0 foizga oshgan. Shu bilan bir

qatorda, 2022 yilda davlat sektorida band bo‘lganlar soni 2540,0 ming nafarni tashkil etgan bo‘lsa,

nodavlat sektorida band bo‘lganlar soni 11166,2 ming nafarni tashkil qilgan, bu o‘z navbatida

mehnat bozorida nodavlat, xususan xususiy sektorning ulushi ortib borayotganligidan dalolat

beradi.

Ilmiy adabiyotlarda mehnat bozori turli segmentlarga ajratiladi, masalan: korxonaning

(tashqi va ichki) mehnat bozori; mehnat bozorini ma’muriy-hududiy belgisiga qarab ajratish

(milliy yoki mamlakat mehnat bozori, hududlar, xususan viloyat, tuman mehnat bozorlari va

boshqalar.); mehnat bozorining xalqaro ko‘rinishlari (Rossiya, yEvropa, Amerika, Osiyo va

boshqalar); muayyan vaqt oraliqlari bo‘yicha mehnat bozorlarini ajratish (prognoz, potentsial,

joriy, istiqbolli va hokazo) [Abduraxmonov, 2019].

O’z navbatida, xizmatlarning har bir turi va sifati uchun alohida bozorlar mavjud, ya’ni

mehnat bozori nogironlarning mehnat bozori, ayollar mehnat bozori, yoshlar mehnat bozori,

shifokorlarning mehnat bozori va shu kabi bir qator segmentlarni o‘z ichiga oladi. Mehnat

bozorlarining samaradorligi ko‘p jihatdan aholining iqtisodiy faollik darajasi bilan belgilanadi.

Mamlakat iqtisodiyoti jahon xo‘jaligi tizimiga tobora chuqur integratsiyalashib borayotgan

bir sharoitda, mamlakatimiz iqtisodchi olimlari tomonidan global iqtisodiy rivojlanish, shu

jumladan zamonaviy shart-sharoitlarda aholi, xususan yoshlar bandligini ta’minlash masalalari

katta qiziqish bilan taqdiq qilinmoqda. 20-asrning oxirlari va yangi asrimiz boshlarida bu borada

faollik yaqqol ko‘zga tashlana boshladi, bu o‘z navbatida sobiq ittifoq mamlakatlarining yangicha

iqtisodiy taraqqiyot yo‘liga o‘tishlari bilan bog‘liqdir. Shu nuqtai nazardan, tadqiqotchilar bandlik,

xususan yoshlar bandligi muammolariga keng to‘xtalgan holda, bandlik siyosati va ishsizlik

muammolarini hal qilish-ning yangicha uslublarini ishlab chiqish zarurligini ta’kidlaydilar.

Ishsizlik iqtisodiyot, ijtimoiy soha va ijtimoiy siyosat, ya’ni jamiyat hayotining deyarli

barcha jabhalariga salbiy ta’sir qiladi. Mazkur muammo mamlakatimizning barcha hududlari

uchun ham birdek, dolzarb muammo hisoblanadi. Ishsizlik jamiyatning iqtisodiy salohiyatidan

foydalanishga ta’sir qiladi, ya’ni ishsizlik mavjud bo‘lgan holatda jamiyatning iqtisodiy

salohiyatidan to‘liq foydalanilmaydi. Shuningdek, ishsizlik iste’mol talabiga ta’sir qiladi,

jamg‘armalarning kamayishiga, investitsiya talabining pasayishiga, taklifning qisqarishiga va

natijada esa ishlab chiqarishning pasayishiga olib keladi.


background image


368

Ma’lumotlar tahliliga tayanadigan bo‘lsak, bugungi kunda O‘zbekistonda mehnat va

bandlik idoralaridan rasmiy ishsiz sifatida ro‘yxatga olinganlar soni 2022 yilda 1337,2 ming

nafarni tashkil etadi. Mamlakatimiz hududlarida eng yuqori ishsizlik darajasi Farg‘ona viloyatida

(153,9 ming nafar), Samarqand viloyatida (152,5 ming nafar), Qashqadaryo viloyatida (124,2

ming nafar), Andijon viloyatida (116,9 ming nafar) qayd qilingan bo‘lsa-da, vaziyat boshqa

viloyatlarda ham quvonarli emas.

Ta’lim va biznes sektori vakillari (ish beruvchilar) mintaqadagi ishsizlik darajasiga

sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Ularning birinchi mehnat bozorida taklifni shakllantirsa, ikkinchisi esa,

mos talabni vujudga keltiradi. Mintaqaning inson kapitalini shakllantirishda ularning o‘zaro ta’siri

muhim ahamiyatga ega, chunki mahalliy hokimiyat, universitetlar va ish beruvchilarning

birgalikdagi sa’y-harakatlari bilan inson salohiyatini kapitalga aylantirish, shuningdek hududga

xorijiy investitsiyalar oqimini ko‘paytirish mumkin.

Ma’lumki, davlat aholi bandligini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Bu mehnat bozorini

tartibga solish zarurati bilan bog‘liq, chunki hukumat faoliyati samaradorligi ko‘p jihatdan ijtimoiy

o‘lchovga egaligi bilan ajralib turadi. Shundan kelib chiqqan holda, “O‘zbekiston-2030”

strategiyasida Iqtisodiyotning eng tez o‘sib borayotgan yo‘nalishlarida amaliy tadqiqotlarni

kuchaytirish, “korxona — oliygoh — ilmiy tashkilot” klaster tizimini joriy etish

kabi maqsad va

vazifalar ko‘zda tutilgan [“O‘zbekiston-2030” strategiyasi].

Aholini ish bilan ta’minlash sohasidagi vaziyatni tartibga solishning asosiy vositasi

dasturlardir. Davlatning mehnat bozorini boshqarish bilan bog‘liq barcha harakatlari mamlakat

yoki mintaqa aholisining to‘liq bandligini ta’minlashga, mehnat bozorining barqarorligi va

mamlakatdagi va dunyodagi iqtisodiy vaziyatning o‘zgarishiga moslashuvchanligini ta’minlashga

qaratilgan.

Davlat bandlik siyosatining faol va passiv shakllari bir xil darajada dolzarb va muhimdir.

Birinchi holda, iqtisodiy faol aholi ish bilan ta’minlanadi (ya’ni yangi bo‘sh ish o‘rinlarini

yaratish), fuqarolarni tayyorlash va qayta tayyorlash, ikkinchidan - muhtojlarga ishsizlik

nafaqasini to‘lash amalgat oshiriladi. Hozirgi vaqtda butun dunyoda turli mamlakatlar hukumati

mehnat bozorini faol tartibga solish siyosatini amalga oshirish orqali to‘liq bandlikka erishishni

ustuvor maqsad qilib qo‘yishgan.

Mehnatga bo‘lgan talabning tuzilishi bozorning to‘yinganligida namoyon bo‘ladi va

ommaviy xarakterdagi ishlab chiqarish masalalarini hal qiladi, shuning uchun u industrial

jamiyatining o‘lchamlariga mos keladi. Holbuki, masalan, Amerika Qo‘shma Shtatlari mehnat


background image


369

bozorida talabning tuzilishi biznes jarayonlarini sanoatlashtirish ustun bo‘lgan post-industrial

jamiyatga mos keladi.

Ma’lumki, dunyoning turli mamlakatlarida mehnat bozorining o‘ziga xos modellari

mavjud, bunga bir qator turli omillar, jumladan, iqtisodiy rivojlanish darajasi, milliy xususiyatlar

va boshqalar ta’sir qiladi. Aholini ish bilan ta’minlashni tartibga solishning faol davlat siyosati

ishsizlik darajasining pasayishiga, korxonalarni ishchilarni yollashga rag‘batlantirishga,

shuningdek, aholining o‘z bilim darajasi, ish tajribasi, kasbiy mahoratini oshirishga undaydi

[Abduraxmonov, 2019].

Mehnat resurslarini tartibga solishning mahalliy tajribasi tahlili shuni ko‘rsatadiki, davlat

tomonidan uzoq vaqt davomida aholining mehnat faoliyatidagi ishtirokini tartibga solishning turli

usullari qo‘llab kelingan.

Hozirgi vaqtda aholi bandligini tahlil qilish amaliyoti umuman ijtimoiy va mehnat sohasi

to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish, to‘plash va qayta ishlash bo‘yicha tadqiqotlarning bir

nechta turlarini ajratishga imkon beradi: tahlil qilish, ko‘rib chiqish, monitoring qilish, shuningdek

statistik ma’lumotlarni to‘plash.

Bandlik tadqiqotlari doirasida o‘rganilayotgan muammolar majmuasi-bu ta’lim

xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha davlat va davlat muassasalarining ijtimoiy siyosatini amalga

oshirish samaradorligini mustaqil har tomonlama baholash sifatida mehnat va ijtimoiy auditga

talab va taklifning monitoringini ifoda etadi.

Bandlik monitoringi bandlik holatini tahlil qilish uchun statistik ma’lumotlardan

foydalangan holda tizimli tadqiqotlar jarayonini o‘zida ifoda etadi. Uning yordamida

o‘rganilayotgan sohadagi mavjud muammolarga echimlarni ishlab chiqish, tanqidiy vaziyatlarning

yuzaga kelishini bashorat qilish imkonini beruvchi axborot tizimi shakllantiriladi.

Monitoring o‘zida ishchi kuchiga talab va taklifni shakllantirishni o‘rganish, talab hajmini

aniqlashga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazish jarayonini aks ettiradi.

Aholi bandligi va umuman mehnat bozorini o‘rganish va tahlil qilish uchun turli xil

usullardan foydalaniladi. Eng samarali usullar sirasiga ijtimoiy tadqiqotlarni kiritishimiz mumkin.

So‘nggi yillarda ijtimoiy va mehnat jarayonlarini monitoring qilish eng keng tarqalgan tadqiqot

yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Ijtimoiy va mehnat jarayonlarini modellashtirishning matematik

usuli ham faol rivojlanayotganligini ko‘zdan qochirmaslik lozim.

Aholining bandligini yanada chuqurroq tahlil qilish uchun segmentlash usulidan keng

qo‘llaniladi, ya’ni mehnat bozori turli belgilar bo‘yicha mayda qismlarga bo‘linadi, uning

yordamida mehnat bozorining turli segmentlarida bandlik darajasi aniqlanadi. Korxona va


background image


370

tashkilotlar xodimlarni ish bilan ta’minlash borasida zaruriy shart-sharoitlarni yaratish bilan

shug‘ullanadilar va ishchi kuchining iste’molchisi hisoblanadilar, bo‘sh ish o‘rinlarini izlovchilar

esa, o‘z navbatida bandlik xizmatlarining iste’molchilari bo‘lib hisoblanadilar. Bandlik segmen-

tatsiyasi korxona yoki tashkilotga mehnat bozoridagi raqobatchilarga nisbatan o‘z pozitsiyasiga

ob’ektiv baho berishga, raqobatdosh ustunliklarini oshirish uchun hududlar va bozorlarni aniqlash

uchun ular egallagan joyni aniqlashga imkon beradi.

Ijtimoiy-iqtisodiy tizim sifatida bandlikni rivojlantirish muammolarini hal qilish bo‘yicha

aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun mehnat sohasidagi innovatsion rivojlanish, dinamika

va munosabatlarning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi yakka tartibdagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga

e’tibor qaratish lozim.

Zamonaviy mehnat bozori faoliyati samaradorligini oshirish va ishsizlikning o‘sishi

muammolarini hal qilish nuqtai nazaridan yoshlar bandligini ta’minlash alohida e’tibor talab

qiladi.

Yoshlarni ish bilan ta’minlash haqida so‘z borganda, yoshlar - bu muayyan yosh

chegaralari, jamiyatdagi ma’lum mavqei va ijtimoiy mas’uliyat darajasiga ega bo‘lgan alohida

yosh guruhlar1i sifatida e’tirof etiladi.

O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlar oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuniga ko‘ra,

14 yoshga to‘lgan ammo 30 yoshdan oshmagan shaxslar yoshlar (yosh fuqarolar) sifatida e’tirof

etiladi. Tahlillarimiz mamlakat umumiy aholisi tarkibida 10-34 yoshlilar ulushi kamayib borish

tendentsiyasiga egaligini ko‘rsatmoqda (1-rasm). Bunday holat bir tomondan rivojlanayotgan

mamlakatlarga xos bo‘lgan demografik vaziyat bilan tavsiflanadi, shunga qaramasdan

O‘zbekiston aholisi tarkibida yoshlarning salmog‘i yetarlicha yuqori ekanligi yoshlarning

bandligi, ularning inson kapitalini boyitish masalalariga katta e’tibor qaratishni talab qiladi.

Bugungi kunda dunyoda 15-24 yoshdagilar soni 1,2 milliardni yoki dunyo aholisining 16

foizini tashkil qiladi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, kelgusi o‘n yil ichida hozirda ishsiz

bo‘lgan73 million va har yili birinchi marta mehnat bozoriga kirib kelayotgan 40 million yigit-

qizlar uchun kamida 475 million yangi ish o‘rinlari yaratish uchun zarur bo‘ladi. XMTning 2030

yilgacha barqaror rivojlantirish hujjatlarida kasbiy tayyorgarlik va yoshlarni ish bilan ta’minlash

masalalari alohida o‘rin tutadi.

O‘zbekiston xalqaro hamjamiyatning to‘laqonli a’zosi sifatida yoshlarni ma’naviy

barkamol, jismonan sog‘lom, fidoyi insonlar etib tarbiyalash, ularning huquq va manfaatlarini

himoya qilish, hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun munosib shart-sharoitlar yaratish, ularni har


background image


371

tomonlama qo‘llab-quvvatlash, kasbiy bandligini ta’minlash, rag‘batlantirish bo‘yicha keng

ko‘lamli ishlarni amalga oshirmoqda.

Mamlakatimizda bandlik muammosini hal qilish bilan ko‘plab davlat idoralari, tegishli

vazirlik va bandlik xizmati shug‘ullanadi. Ta’lim muassasalarini tugatgach, ish topishda

qiynalayotgan yoshlarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Yoshlar doimo O‘zbekiston davlat

siyosatining diqqat markazida bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qolmoqda. Bugungi kunda

mamlakatimizda har bir sohada keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda, jamiyatdagi dolzarb

muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda, yoshlarning barkamol rivojlanishi va

ta’lim olishi uchun sharoitlar yaratilmoqda.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, ishsiz yoshlarning qariyb 20 foizi o‘z biznesini boshlash

uchun noyob qobiliyatlarga ega, ammo ma’lum holatlar tufayli atigi 5 foizi bunga qaror qiladi.

Ushbu muammoni hal qilish uchun yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash dasturlarini ishlab

chiqish talab etiladi. Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish ishsizlikka qarshi kurashning kuchli

vositasi bo‘lib, aholining o‘zini o‘zi band qilishi uchun keng imkoniyatlar yaratadi va ish

o‘rinlarini ko‘paytirish uchun sharoit yaratadi.

Yoshlar bandligini ta’minlash dasturlari doirasida Republika bo‘yicha jami 273283 nafar

yoshlarning bandligini ta’minlash ko‘zda tutilgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib 154638 nafar

yoshlarning bandligini ta’minlashgaerishilgan. Bunda 97386 nafar yoshlar doimiy ish o‘rinlari

bilan ta’minlangan bo‘lsa, 41618 nafar yoshlar kasb-hunarga o‘qitish dasturlari bilan qamrab

olingan, 26826 nafar yoshlarga jami 8538 ga. er maydoni ajratilgan bo‘lsa, 30501 nafar

yoshlarning bandligini ta’minlash borasida 667 mlrd. so‘m kredit mablag‘lari yo‘naltirilgan.

Yoshlar bandligini ta’minlash borasida Jizzax (37%), Qashqadaryo (40%), Navoiy (48%),

Surxondaryo (53%), Toshkent (41%), Xorazm (40%) viloyatlari Respublika ko‘rsatkichidan

orqada ekanliklarini ta’kidlash lozim.

Zamonaviy yoshlar uchun o‘z kasbiy faoliyatida nafaqat o‘quv jarayonida olgan bilim va

ko‘nikmalarini amalga oshirish, balki shaxsiy o‘sish va o‘zini namoyon qilishga erisha olish ham

muhimdir, bu esa yoshlarni nafaqat ta’lim jarayonida muayyan ko‘nikmalarni egallashga, balki

o‘z ustida ishlashga ham undaydi. Afsuski, mutaxassislik bo‘yicha haqiqiy ish bilan ta’minlash

masalasining e’tiborsiz qoldirilishi odatiy hodisaga aylandi, shu bilan bir qatorda yoshlar boshqa

sohalarda ish izlashga majbur bo‘lmoqdalar, ish izlab topishda nobozor usullarga murojaat

qilmoqdalar. Yoshlar uchun oliy ma’lumot olish tobora ko‘proq o‘zini namoyon qilish va o‘zini

anglash, qobiliyatlarini rivojlantirish ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. Bu aynan insonning


background image


372

yoshlik davrida amalga oshgani holda, yetarlicha bo‘lmagan ijtimoiylashuv darajasi va murakkab

hayotiy majburiyatlarning yetishmasligi bilan bog‘liq sanaladi.

Yoshlar mehnat sohasidagi harakatlarni qo‘llab-quvvatlash va tartibga solishni talab

qiladigan ijtimoiy himoyaga muhtoj toifadir. Kasbiy yo‘nalish va amaliyotning etishmasligi

ertangi kunda yoshlarning o‘z salohiyatini rivojlantirishga sarmoya kiritish va nufuzli ish, lavozim

va maoshga ega bo‘lish o‘rniga, bugun xizmat ko‘rsatish sohasida “tezkor” maosh evaziga

ishlashga majbur qiladi.

Yoshlarni ish bilan ta’minlashning asosiy muammolaridan biri bu mehnatga talab va taklif

o‘rtasidagi muvozanatning yo‘qligida aks etadi, ya’ni bitiruvchilarni tayyorlash sifati ish

beruvchining talablariga javob bermaydi. Kadrlarga bo‘lgan talabni shakllantiradigan ish

beruvchilar va taklifni shakllantiradigan ta’lim xizmatlari sohasi o‘rtasidagi muvo-zanatni

ta’minlash muammosi yoshlar o‘rtasida kasbiy kompetentsiyalarni shakllantirish va ushbu

kompetentsiyalarning ish beruvchining talablariga muvofiqligiga erishishda ko‘zga tashlanadi.

Ta’lim olayotgan yoshlar muvaffaqiyatli ishga joylashish sharoitida ijtimoiy-iqtisodiy

rivojlanishiga bog‘liqligi e’tirof etiladi, shu bilan birga ta’lim sifatining yoshlarning ish bilan

ta’minlashdagi muvaffaqiyatlariga bog‘liqligi alohida isbot talab qilmaydi. Shu nuqtai nazardan,

ish beruvchilarning talablariga muvofiq ta’lim xizmatlarini yo‘lga qo‘yish dolzarb muammolardan

biri hisoblanadi.

Hududda inson kapitalining to‘planishi rivojlanish va o‘zini o‘zi anglash uchun yaxshi

sharoitlar bilan chambarchas bog‘liq, masalan, ishbilarmonlik muhiti uchun qulay muhit yaratish,

ijodiy sinf va ijodkorlikni rivojlantirish uchun bunday sharoitlar mintaqaning jozibadorligini

oshiradi. Hududga inson kapitalini jalb qilish va uni mustahkamlash hudud iqtisodiyotining

o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

REFERENCES

1.

Mehnat iqtisodiyoti: Nazariya va amaliyot / Darslik. Kalandar Abdurahmonov. Qayta

ishlangan va to‘ldirilgan3-nashri. T.: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi “Fan”

nashriyoti davlat korxonasi, T.: 2019.-544b.

2.

Xolmo‘minov Sh.R. Qishloq mehnat bozorining shakllanishi va rivojlanishi hamda ularni

modellashtirish (Monografiya). – T.: Fan va texnologiya, 2014.

3.

Xomitov K.Z. O‘zbekiston Respublikasi qishloq mehnat bozorining samarali rivojlanishi

muammolari. Iqtisod fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. – T.:

O’zR FA Iqtisodiyot instituti, 2012.


background image


373

4.

Xudoyberdiev Z.Ya.. Tadbirkorlik va ishga joylashtirish texnologiyasi. O’quv qo‘llanma. –

T.: ILMZIYO, 2016.

5.

Xolmuxamedov M.M. Mehnat bozorida yoshlarning ish bilan bandligini tartibga solish va uni

takomillashtirish (Samarqand viloyati misolida). Iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish

uchun yozilgan dissertatsiya. – Samarqand, 2011.

6.

Nasimov D.A. Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish tizimini

takomillashtirish

(Samarqand viloyati misolida). Iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish

uchun yozilgan dissertatsiya. – Samarqand, 2011.

7.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentyabrdagi PF-158 sonli

“O‘zbekiston-2030”

strategiyasini

tasdiqlash

to‘g‘risida”gi

Farmoni,

https://lex.uz/uz/docs/6600413

8.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.01.2022 yildagi PQ-92-son “Mahallalarda

yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Qarori

9.

Абдувохидов А. А. и др. ҲУДУДЛАРДА КИЧИК БИЗНЕС ВА ХУСУСИЙ

ТАДБИРКОРЛИКНИ

РИВОЖЛАНТИРИШДА

ТИЖОРАТ

БАНКЛАРИНИНГ

КРЕДИТЛАШ СИЁСАТИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ //BARQARORLIK VA

YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY JURNALI. – 2022. – Т. 2. – №. 5. – С. 46-

52.

10.

Abduvoxidov, A., & Kamilova, S. (2023). INSON KAPITALINING RAQAMLI

RIVOJLANISHINI BAHOLASH.

Iqtisodiy Taraqqiyot Va Tahlil

,

1

(2), 5–14. Retrieved from

https://e-itt.uz/index.php/eitt/article/view/39

References

Mehnat iqtisodiyoti: Nazariya va amaliyot / Darslik. Kalandar Abdurahmonov. Qayta ishlangan va to‘ldirilgan3-nashri. T.: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi “Fan” nashriyoti davlat korxonasi, T.: 2019.-544b.

Xolmo‘minov Sh.R. Qishloq mehnat bozorining shakllanishi va rivojlanishi hamda ularni modellashtirish (Monografiya). – T.: Fan va texnologiya, 2014.

Xomitov K.Z. O‘zbekiston Respublikasi qishloq mehnat bozorining samarali rivojlanishi muammolari. Iqtisod fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. – T.: O’zR FA Iqtisodiyot instituti, 2012.

Xudoyberdiev Z.Ya.. Tadbirkorlik va ishga joylashtirish texnologiyasi. O’quv qo‘llanma. – T.: ILMZIYO, 2016.

Xolmuxamedov M.M. Mehnat bozorida yoshlarning ish bilan bandligini tartibga solish va uni takomillashtirish (Samarqand viloyati misolida). Iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. – Samarqand, 2011.

Nasimov D.A. Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish tizimini takomillashtirish (Samarqand viloyati misolida). Iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. – Samarqand, 2011.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentyabrdagi PF-158 sonli “O‘zbekiston-2030” strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni, https://lex.uz/uz/docs/6600413

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.01.2022 yildagi PQ-92-son “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Qarori

Абдувохидов А. А. и др. ҲУДУДЛАРДА КИЧИК БИЗНЕС ВА ХУСУСИЙ ТАДБИРКОРЛИКНИ РИВОЖЛАНТИРИШДА ТИЖОРАТ БАНКЛАРИНИНГ КРЕДИТЛАШ СИЁСАТИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ //BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY JURNALI. – 2022. – Т. 2. – №. 5. – С. 46-52.

Abduvoxidov, A., & Kamilova, S. (2023). INSON KAPITALINING RAQAMLI RIVOJLANISHINI BAHOLASH. Iqtisodiy Taraqqiyot Va Tahlil, 1(2), 5–14. Retrieved from https://e-itt.uz/index.php/eitt/article/view/39

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов