BOOK THE ROAD TO A RADIANT FUTURE

HAC
Google Scholar
To share
Rustamjonova, S. . (2024). BOOK THE ROAD TO A RADIANT FUTURE. Modern Science and Research, 3(1). Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28548
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

The book is the best friend and advisor of a person, where is the mind and the source of knowledge. The book is a weapon of thought, a key to treasures, a source of taffakur. Love for a book, appreciation for it, passion for reading are embedded in the blood and blood of our people. The culture of a person is reflected in his book. Also, this article is based on the book “scrolls in a notebook frame”, which belongs to the pen of the sharp Hoshimov.

Similar Articles


background image


445

KITOB NURLI KELAJAK SARI YO’L

Rustamjonova Shaxlo Akmaljon qizi

Filallogiya tillarni o’qitish ingiliz tili 1-bosqich talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10572686

Annotatsiya.

Kitob- insonning eng yaqin do’sti va maslahatchisi, aql qayrog’i va bilim

manbaidir. Kitob fikrlash quroli, xazinalar kaliti, taffakur manbaidur. Kitobga bo’lgan muhabbat,

uni qadrlash, o’qishga ishtiyoq xalqimizning qon-qoniga singib ketgan. Insonning madaniyati

uning kitobida aks etadi. Hamda bu maqola O’tkir Hoshimovning qalamiga mansub “Daftar

hoshiyasidagi bitiklar” kitobi asosida yozilgan.

Kalit so’zlar:

Kitob, marifat, yoqimli dushman, nafs, inson, orol, qit’a, insoniylik.

BOOK THE ROAD TO A RADIANT FUTURE

Abstract.

The book is the best friend and advisor of a person, where is the mind and the

source of knowledge. The book is a weapon of thought, a key to treasures, a source of taffakur.

Love for a book, appreciation for it, passion for reading are embedded in the blood and blood of

our people. The culture of a person is reflected in his book. Also, this article is based on the book

“scrolls in a notebook frame”, which belongs to the pen of the sharp Hoshimov.

Keywords:

book, description, cute enemy, Soul, Man, island, continent, humanity.

КНИГА ДОРОГА В СВЕТЛОЕ БУДУЩЕЕ

Аннотация.

Книга-лучший друг и советник человека, забота о разуме и источник

знаний. Книга-орудие мышления, ключ к сокровищам, источник созерцания. Любовь к книге,

ее оценка, страсть к чтению пронизывают кровь нашего народа. Культура человека

отражена в его книге. Эта статья написана на основе книги “книги в рамке тетради”,

написанной острым Хашимовым.

Ключевые слова:

книга, марифат, милый враг, похоть, человек, остров, континент,

человечность.

Dunyoni faqat ilm bilan zabt etish mumkinligi bugungi kunda hech kimga sir emas. Ilmni

chuqur egallashning yo’li esa bitta-kitob o’qishdir. Bilamizki hozirgi kunda yoshlarni

kitobxonlikka targ’ib qilish ya’ni yoshlar o’rtasida kitobxonlikni yo’lga qo’yish borasida ko’plab

ishlar amalga oshirilmoqda. Shu tufayli biz yoshlarga, prezidentimiz tomonidan ko’plab

imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Biz bu imkoniyatlardan oqilona foydalanishimiz kerak.

“Kitob-bilim manbai”, deymiz. Bu isbot talab qilmas haqiqat. Zero, inson bilmini asosan

kitob orqali oladi, uning tarbiyasi ham kitob yordamida shakillanadi. Yoshlarimiz badiiy


background image


446

adabiyotlarni o’qiganda, ularning dunyo qarashi kengayadi, hayotga bo’lgan munosabati

o’zgaradi. Ko’plab badiiy asarlar hamda yo’nalishimiz to’g’risida ko’plab ilmiy asarlarni mutolaa

qilishimiz zarur. Zero, kitob –qalb chirog’i, tafakkur qanoti. Ayniqsa, kitobdan taraladigan va

elektron nashrda topib bo’lmaydigan o’ziga xos yoqimli hidni tuyib, varoqlash asnosida

mo’jizaviy sahifalarning sirli shitirlashidan ko’ngil cheksiz zavqqa to’lgan holda kitob mutolaa

qilish, uning mazmuni haqida tengdoshlar bilan fikr almashishning huzur- halovati tamoman

o’zgachadur.

Men ham shunday imkoniyatlardan foydalangan holda “Kitobdan olgan xulosam”

mavzusida qisqacha va mazmunli o’qigan asarimni yoritib bermoqchiman.

Bu kitob O’tkir Hoshimov qalamiga mansub bo’lib “Daftar hoshiyasidagi bitiklar “deb

nomlanadi. Avvalo bu kitob haqida aytishdan oldin yozuvchi haqida qisqacha ma’lumot berib

o’taman. O’tkir Hoshimov o’z asarlari bilan dunyoga mashhur yozuvchi hisoblanadi desam

mubolag’a bo’lmaydi. O’tkir Hoshimova yozgan asarlarini nafaqat yoshlar balki kattalar ham

sevib mutolaa qilshadi, chunki yozuvchi o’zbekning o’ziga hos dunyo qarashlarini, urf-odatlarini,

an’analarini samimiyatlarini o’z asarlarida tarannum etgan va shu orqali xalq e’tirofiga sazovor

bo’lgan yozuvchidir. Shu qatori mening ham eng sevimli yozuvchim hisoblanadi. Endi esa asarga

to’xtalsak bu asarning ichki sarlavhalariga juda xilma-xil hamda sermazmun bitiklardan iborat. Bu

asar juda ham tarbiyaviy va hayotiy voqealar jamlanmasi desam adashmagan bo’laman. “Daftar

hoshiyasidagi bitiklar” asari umr davomida sayqal topib shu holatga kelganiga qadar insondan

qanchadan-qancha bilim,sabr-toqat, tajriba juda katta ro’l o’ynaydi. Va yozuvchi o’zi aytganidek

qishloqning qalbi shaharning aqli kerak bo’ladi deb.Bu asarni o’qir ekansiz hech qayerda

tutilmaysiz, va yozuvchining topqirligiga tassano aytasiz. Endi esa yanada bu asarni yanada

chuqurroq anglashingiz uchun eng yaxshi satrlaridan keltirib o’taman:

“Yoqimli dushman”

“Umrbod ortingdan ergashib yuradigan yoqimli dushman-nafs!” deb yozib o’tgan. Biz

shuni tushundikki agarda inson o’z nafsini jilovlay olsa ko’p narsalarga erishish mumkin. Va bu

satrlardagi ma’no va mohiyatni chuqur tushungan inson esa albatta bunga rioya. Dunyoda insonlar

bir-birlariga o’xshamaganlaridek, ularning fikrlashlari dunyo qarshlari hatto nimani yaxshi-yu

nimani yomon deb o’ylashlarigacha farq qiladi. Demak shuni tushunish kerakki nafsiga

ergashmay, uni tarbiyalagan inson yutuqqa,muvaffaqiyatga yetishadi. Unga faqat gumroh

kimsalargina ergshadilar.

Bu asar haqida ham shoir o’zining qimmatli fikrlarini bayon etib o’tgan va shu xaqida ham

qisqacha to’xtalib o’tmoqchiman.


background image


447

“Bu kitobni yoza boshlaganimga qirq yildan oshdi. Bular mening kuzatuvlarim. O’ylarim.

Bir qadar armonli, bir qadar istehzoli, bir qadar tabassumli xulosalarim…” deb yozib qoldirgan

muallif. Biz tushunishimiz kerakki insonlar qachonki ko’p kitob o’qisa ko’p o’zini ustida ishlasa

doimo yaxshi natijalarga erishib keladi. Yana bitta bu kitobning asosiy qismi diqqatimni tortgan

edi shu haqida ham qisqacha sizlar bilan bo’lishmoqchiman va shuni ishonch bilan ayta olamanki

bu satrlar eng mazmunli va chuqur mulohazali satrlardir:

“Orol va Qit’a”

“Insoniyat orol emas, qit’a bo’lib yashashni o’rgansa ko’p balolarning oldi olingan bo’lar

edi.” Deb yozib o’tadi O’tkir Hoshimov. Avallo shuni aytish kerakki insoniy fazilatlar va go’zal

xulqli insonlar doimo hayotda o’z o’rniga ega bo’ib kelmoqdalar. Bunaday qimmatli ma’noga ega

bo’lgan asarlar hech qachon o’z qadr qimmatini yo’qotmaydi.

Men bu kitob haqida xulosalasam juda ko’p fikrlarim qarashlarim ko’p. Insonlarni

ulug’lashga chaqiruvchi bunday o’lmas asarlar har bir davr uchun qimmatli bo’lib qolaveradi. Bu

kitob hozirgi avlod ruhiyatida, qalbida ham hayajon uyg’ota oladi, ularningma’naviy boyishlariga

tegishli hissa qo’sha oladi. Muhimi, ular faqat ma’rifiy bilimimizni oshirish bilan cheklanmay,

badiiy didimiz takomiliga, ma’naviy kamolotiga xizmat qiladi. Zero mehr-muhabbat, insoniylik,

odamlar o’rtasidagi samimiyat dunyoning ustuni deb qaralar ekan, menimcha O’tkir Hoshimov

asarlarini o’qishga bo’lgan ehtiyoj oshaveradi.

REFERENCES

1.

O’tkir Hoshimovning “Daftar hoshiyasidagi bitiklar” asari.

2.

Muxtasar Tojimamatovaning “Kitob- hayotni yaratuvchi murabbiydir” haqida matni.

3.

Bobur Hakimovning “Daftar hoshiyasidagi bitiklar”asari badiiy-falsafiy xususiyatlari

haqidasidan olingan ma’lumotlar.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов