PSYCHOLOGICAL STATUS OF SPECIAL EDUCATORS WORKING WITH CHILDREN WITH DISABILITIES

HAC
Google Scholar
To share
Shaxlobonu , S. (2024). PSYCHOLOGICAL STATUS OF SPECIAL EDUCATORS WORKING WITH CHILDREN WITH DISABILITIES. Modern Science and Research, 3(1), 1189–1192. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28798
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article talks about the practical work being done for the education of children with disabilities, inclusive education and the adopted law on this education, as well as the current problems and shortcomings in this regard.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1189

IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALAR BILAN ISHLOVCHI MAXSUS

PEDAGOGLARNING RUHIY PSIXOLOGIK HOLATI

Shavkatova Shaxlobonu Shuxratjon qizi

Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti psixalogiya (faoliyat turlari bo'yicha)

magistraturaning 1-bosqich talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10609572

Annotatsiya. Ushbu maqolada hozirgi kunda imkoniyati cheklangan bolalarning ta’lim-

tarbiya olishlari uchun qilinayotgan amaliy ishlar, inklyuziv ta’lim va bu ta’lim to’g’risidagi
qabul qilingan qonun va bu borada bugungi kundagi muammo va kamchiliklar xususida so’z
yuritilgan.

Kalit

so’zlar: Pedagogik texnologiyalar,

maxsus

ta’lim,

dars,

pedagog,

samaradorlik, ta’lim va tarbiya, imkoniyati cheklangan bolalar.

PSYCHOLOGICAL STATUS OF SPECIAL EDUCATORS WORKING WITH

CHILDREN WITH DISABILITIES

Abstract. This article talks about the practical work being done for the education of

children with disabilities, inclusive education and the adopted law on this education, as well as
the current problems and shortcomings in this regard.

Key words: Pedagogical technologies, special education, lesson, pedagogue, efficiency,

education and training, children with disabilities.

ПСИХОЛОГИЧЕСКИЙ СТАТУС СПЕЦИАЛЬНЫХ ПЕДАГОТОВ,

РАБОТАЮЩИХ С ДЕТЯМИ-ИНВАЛИДНОСТЬЮ

Аннотация. В данной статье рассказывается о проделанной практической работе

по образованию детей с ограниченными возможностями, инклюзивном образовании и
принятом законе об этом образовании, а также о текущих проблемах и недостатках в
этом направлении.

Ключевые слова: Педагогические технологии, специальное образование, урок,

педагог, эффективность, воспитание и обучение, дети с ограниченными возможностями
здоровья.

Imkoniyati cheklangan (aqli zaif) bolalar maktablarida logopedik ishning asosiy vazifasi

aqli zaif o‘quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirish bilan bir qatorda bu toifadagi bolalarni
ijtimoiy tomondan orqada qolishlikka olib keluvchi ruhiy va jismoniy rivojlanishdagi turli
xil nuqsonlami tuzatish, yengillashtirish, kompensatsiya qilishga

yo‘naltirilgan

chora-

tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan. Nogiron jismoniy, aqliy, psixologik va hissiy
faoliyatning izdan chiqishi, shikastlanishi natijasida

hayot

faoliyatining

cheklanishi

munosabati bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nogiron deb topilgan va ijtimoiy
yordam hamda himoyaga muhtoj bo’lgan shaxs tushuniladi. “Nogiron” atamasi hozirgi kunda
eskirib qolgan va qo’pol bo’lgan so’z hisoblanadi. Shuning uchun ham bunday shaxslarga
nisbatan “imkoniyati cheklangan insonlar” yoki “nogironligi bo’lgan shaxslar” deb murojaat
qilish to’g’ri bo’ladi.

Imkoniyati cheklangan bolalar musiqa, rassomchilik, tasviriy san'at, kulolchilik, jismoniy

tarbiya va sport, kompyuter, tikuvchilik hamda boshqa maktabdan tashqari to'garaklar bilan


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1190

qamrab olinadi. Shu bilan birga, inklyuziv ta'limda o'qitish usullari takomillashtiriladi hamda
ta'lim jarayoniga individuallashtirish tamoyillari bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Imkoniyati cheklangan bolalarga mo’ljallangan maktablar Xalq ta’limi vazirligi va

Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan mintaqadagi jismoniy va psixik rivojlanishda imkoniyati
cheklangan, maxsus sharoitlarda ta’lim-tarbiya olishga muhtoj bolalarning mavjud kontingentini
birgalikda o’rganib chiqish yakunlari bo’yicha tashkil etiladi.

Ushbu maktablarni tashkil etish tegishli hududda oxirgi 5 yilda 3 yoshdan 16 yoshgacha

bolalar o’rtasida tegishli kasalliklarning ko’payganligini ko’rsatadigan rasmiy statistika
ma’lumotlari bilan asoslanishi kerak.

Imkoniyati cheklangan bolalarga mo’ljallangan maktablar o’quvchilar soni 250 nafardan

oshmasligi kerak.

Bolalarni imkoniyati cheklangan bolalarga mo’ljallangan maktablarga yuborish xalq

ta’limi boshqarmalari tomonidan, xalq ta’limi boshqarmalari huzurida tashkil etilgan
psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosasiga ko’ra, ota-onalar roziligiga ko’ra amalga
oshiriladi

.

Oʻzbekiston

Respublikasi

Prezidentining

“Taʼlim-tarbiya

tizimini

yana-da

takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 6-noyabrdagi qaroriga
asosan Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis
markazi faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha Hukumat qarorini qabul qilish belgilangan.

Qarorda xalq taʼlimi tizimida kasb-hunarga yoʻnaltirish, ijtimoiy-psixologik xizmat

koʻrsatish mexanizmini yanada takomillashtirish, kasb-hunarga yoʻnaltirishning ilgʻor tajribalarga
asoslangan zamonaviy shakl va uslublarini joriy etish, inklyuziv taʼlimni joriy etish,
rivojlantirish hamda bolalar, ota-onalar, pedagog xodimlar va jamoatchilikni ijtimoiy-
psixologik jihatdan tayyorlash orqali bolalar uchun xavfsiz inklyuziv oʻquv muhitini yaratish
koʻzda tutilgan.

— Ayni vaqtda Markaz tomonidan “Inklyuziv taʼlim laboratoriyasi”ning Nizomi hamda

inklyuziv taʼlim berishning sifati va samaradorligini aniqlash mezonlarini ishlab chiqish,
pedagog xodimlarning malaka oshirish kurslari uchun “Inklyuziv taʼlim” oʻquv modulini
yaratish va amaliyotga tatbiq etish, tuman (shahar) xalq taʼlimi

boʻlimlarida

tashkil

etiladigan “Bolalarni ijtimoiy-psixologik qoʻllab-quvvatlash markazi” negizida inklyuziv
sharoitlarda taʼlim oluvchilar uchun psixologik-pedagogik qoʻllab-quvvatlash ishlarini tashkil
qilish boʻyicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

— Bolalar uchun xavfsiz inklyuziv oʻquv muhitini yaratishda nimalarga eʼtibor qaratish

kerak?

Korreksiyalovchi

(kamchiliklarini

tuzatish)

taʼlim mazmunini oʻquvchilarning

ehtiyojidan kelib chiqqan holda individual boʻlishini taʼminlash orqali har bir oʻquvchi
inklyuziv taʼlim sharoitida erkin his qiladigan darajaga yetkazilishi zarur. Buning

uchun

taʼlim jarayonida ishtirok etuvchi barcha pedagog xodimlar, tarbiyachilar oldiga yagona
talab qoʻyiladi. Bunda oʻquvchilarni ijtimoiy hayotga tayyorlashga yaʼni oilada, mahallada,
jamoat joylarida, umuman olganda hayotda qoʻllaniladigan shaxslararo munosabatlardagi
barcha kommunikativ koʻnikma va malakalar berilishini taʼminlashni koʻzda tutadi.

— Inklyuziv taʼlimda maktab sinf xonalariga ham alohida talablar qoʻyiladimi? — Ha


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1191

albatta, inklyuziv taʼlimga oʻtishda maktab va undagi sinf xonalariga alohida talablar qoʻyiladi.
Chunki barcha umumiy oʻrta taʼlim maktablari sogʻlom bolalarni

taʼlim olishiga

moʻljallangan. Shuning uchun harakati cheklangan, zaif koʻruvchi, koʻzi ojiz, kar va zaif
eshituvchi bolalar uchun maxsus qurilmalar, moslamalar, darslik va oʻquv materiallari, jihozlar
boʻlishi talab etiladi.

— Inklyuziv taʼlim imkoniyati cheklangan oʻquvchilar umumiy dasturlar orqali

oʻqitiladimi va unda qanday mutaxassislar faoliyat olib boradi?

— Inklyuziv sinflarda umumtaʼlim maktablarining barcha oʻqituvchilari faoliyat olib

boradi, faqat sinfdagi imkoniyati cheklangan bolalar bilan maxsus taʼlim mutaxassislari
(surdopedagog, tiflopedagog, oligofrenopedagog) maxsus oʻqituvchi sifatida hamkorlikda ish
olib boradi. Inklyuziv taʼlim umumtaʼlim dasturlari asosida har bir yoʻnalishdagi (koʻrishdagi,
eshitishdagi, aqliy faoliyatida muammosi mavjud) bolalarga

yoʻnaltirilgan, moslashtirilgan

oʻquv dasturlari asosida individual yondashuv orqali oʻqitiladi.

Bolalarning qobiliyatlari va holatidan qat’i nazar, ularning barchasiga sifatli ta’lim

taqdim etilishi kerak.

UNICEF inklyuziv ta’limni O’zbekiston ta’lim tizimiga kiritish masalalari bilan

shug’ullanadi. Inklyuziv ta’lim vazifasi bolalarning qobiliyatlari va holatidan qat’i nazar,
ularning barchasiga sifatli ta’lim taqdim etishdan iborat. Shu bilan birga, inklyuzivlik tamoyili
imkoniyatlari cheklangan bolalar ijobiy ruhiy va ijtimoiy rivojlanishga ega bo’lishlari uchun
oilada yashashlari va o’z tengdoshlari bilan birga oddiy maktabda bilim olishlari lozimligini
nazarda tutadi. Inklyuziv ta’lim tizimi nogironlar aravachasidagi bola yaqin atrofda joylashgan
har qanday maktabda ta’lim olishi, o’zlashtirishda qiynalayotgan bo’lsa, o’qish va yozishga
o’rganish uchun maxsus yordamga ega bo’lishi, darslarga qatnamay qo’ygan bolaga esa
maktabga qaytish uchun tegishli yordam ko’rsatilishini kafolatlaydi.

Inklyuziv

ta'limning

istiqbollari

nafaqat

o'quv

jarayoni

tashkilotchilari

o’qituvchilar, balki nogiron bolalarni tarbiyalayotgan ota-onalar uchun ham katta qiziqish
uyg'otmoqda. Bugungi kunda jamiyatimizda "maxsus" va oddiy bolalarning birgalikdagi ta'limi
bilan bog'liq muammolar qanday hal etilayotganligi masalasi ayniqsa dolzarbdir. Inklyuziv
ta'lim, avvalambor, uning barcha ishtirokchilari uchun bilim olishlari uchun maqbul sharoitlarni
yaratishni nazarda tutadi.

Inklyuziv sinflarda oddiy bolalar va nogiron bolalar o'rtasida mustahkam do'stona

munosabatlar shakllanadi. Ushbu do'stlik ularga xilma-xillikni yaxshiroq his qilishlariga yordam
beradi. O’quvchilar o'zlarini yanada qulay his qilishadi va o'zlaridan farq qiladigan odamlar
bilan muloqot qilishdan qo'rqmaydilar. Ular nogiron tengdoshlari bilan boshqa darajada muloqot
qilishadi. Nogiron tengdoshlari esa bu jamiyatda o’zini kerakligini, yolg’iz ta’lim olishdan ko’ra
sog’lom o’quvchilar bilan ta’lim olishlari, jamiyatda kerakli inson ekanligini anglaydilar.


REFERENCES

1.

Djurayeva, S. (2020). MAXSUS TA’LIM JARAYONIDA PEDAGOGI
TEXNOLOGIYALARNING SAMARADORLIGI.

Архив Научных Публикаций JSPI

.

2.

Nabiyeva, G. A. (2021). IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARNING
TA’LIM-TARBIYA OLISHLARI.

Scientific progress

,

1

(5).


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1192

3.

https://yuz.uz/news/zamin-fondi-eshitish-qobiliyati-zaif-bolalar-uchun-zamin-education-
loyihasiga-start-berdi

4.

Zoxiriy, P. H. Z. Q. (2021). INKLYUZIV TA’LIMDA NOGIRON BOLLALARNI
O’QITISH VA TARBIYALASH MUAMMOLARI.

Oriental renaissance: Innovative,

educational, natural and social sciences

,

1

(1).

5.

Poroshina, G. P. (1985). Organization and contents of labor training in boarding school
for mentally retarded in summer time.

Defektologiya

References

Djurayeva, S. (2020). MAXSUS TA’LIM JARAYONIDA PEDAGOGI TEXNOLOGIYALARNING SAMARADORLIGI. Архив Научных Публикаций JSPI.

Nabiyeva, G. A. (2021). IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARNING TA’LIM-TARBIYA OLISHLARI. Scientific progress, 1(5).

https://yuz.uz/news/zamin-fondi-eshitish-qobiliyati-zaif-bolalar-uchun-zamin-education-loyihasiga-start-berdi

Zoxiriy, P. H. Z. Q. (2021). INKLYUZIV TA’LIMDA NOGIRON BOLLALARNI O’QITISH VA TARBIYALASH MUAMMOLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(1).

Poroshina, G. P. (1985). Organization and contents of labor training in boarding school for mentally retarded in summer time. Defektologiya

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов