DEVELOPMENT OF MANAGEMENT PEDAGOGICAL TRAINING OF STUDENTS ON THE BASIS OF INNOVATIVE COOPERATION

HAC
Google Scholar
f
555-559
0
0
To share
Raximov, A. . (2024). DEVELOPMENT OF MANAGEMENT PEDAGOGICAL TRAINING OF STUDENTS ON THE BASIS OF INNOVATIVE COOPERATION. Modern Science and Research, 3(1), 555–559. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28818
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In the process of modern innovative development, social competence among students is developing along with higher education. The student community is the most important period in the life of the young generation. To increase the efficiency of higher education, to improve the professional and social competence, the training and quality of young professionals with strategic resources is important, because they determine the effective cooperation in the social sphere, the use of innovative technologies in the professional and social sphere. This thesis provides information about the development of management pedagogical training of students based on innovative cooperation and its methods and directions.

Similar Articles


background image


555

INNOVATSION HAMKORLIK ASOSIDA TALABALARNING BOSHQARUV

PEDAGOGIK TAYYORGARLIGINI RIVOJLANTIRISH

Raximov Aziz Baxriddinovich

Buxoro innovatsiyalar universiteti magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.10611070

Annotatsiya.

Zamonaviy innovatsion rivojlanish jarayonida ijtimoiy kompetentlik

talabalarda oliy ma’lumot olish bilan bir qatorda rivojlanib bormoqda.Talabalar jamoasi yosh

avlod hayotidagi eng muhim davrdir. Oliy ta’lim samaradorligini oshirish,kasbiy va ijtimoiy

kompetentlikni takomillashtirish uchun strategik resurslarni o‘z ichiga olgan yosh mutaxassislarni

tayyorlash, sifatini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi, chunki ular ijtimoiy sohada samarali

hamkorlikni, kasbiy va ijtimoiy sohada innovatsion texnologiyalardan foydalanishni belgilaydi.

Ushbu tezisda innovatsion hamkorlik asosida talabalarning boshqaruv pedagogik

tayyorgarligini rivojlantirish va uning usullari,yo‘nalishlari haqida ma`lumotlar berib o‘tilgan.

Kalit so`zlar:

Zamonaviy innovatsiyalar, boshqaruv usullari, pedagogik tayyorgarlik,

innovatsion hamkorlik.

DEVELOPMENT OF MANAGEMENT PEDAGOGICAL TRAINING OF STUDENTS

ON THE BASIS OF INNOVATIVE COOPERATION

Abstract.

In the process of modern innovative development, social competence among

students is developing along with higher education. The student community is the most important

period in the life of the young generation. To increase the efficiency of higher education, to

improve the professional and social competence, the training and quality of young professionals

with strategic resources is important, because they determine the effective cooperation in the

social sphere, the use of innovative technologies in the professional and social sphere.

This thesis provides information about the development of management pedagogical

training of students based on innovative cooperation and its methods and directions.

Key words:

Modern innovations, management methods, pedagogical training, innovative

cooperation.

Innovatsion faoliyat — toʻplangan bilim, texnologiya va uskunalarni tijoratlashtirishga

qaratilgan ilmiy, texnologik, tashkiliy, moliyaviy va tijorat tadbirlari majmui. Yangi yoki

qoʻshimcha tovarlar/xizmatlar yoki yangi xususiyatlarga ega tovarlar/xizmatlar innovatsion

faoliyatning natijasi hisoblanadi.Shuningdek, innovatsion faoliyatni innovatsiyalarni yaratish,

oʻzlashtirish, tarqatish va ulardan foydalanish faoliyati sifatida ham belgilash mumkin


background image


556

Shiddat bilan yangilanayotgan zamonda ixtirolar, ilmiy tadqiqotlar, innovatsion g'oyalar,

texnik ishlanmalar va ularni tijoratlashtirish o'ta muhim sanaladi. Aynan ularning ko'lami va sifati

raqobatbardosh, daromadi yuqori mahsulotlar yaratishga xizmat qiladi. O'z navbatida, xalqaro

ilmiy loyihalarda ishtirok etish mamlakat ilmiy salohiyati darajasini belgilaydi.

Ilmiy ishlanma va texnologik yangiliklar jamiyat hayotining barcha jabhalarini bog'lovchi

mexanizmga aylanayotgan hozirgi davrda mazkur sohalarda hamkorlikni kengaytirmay turib,

jahon bozorlarida raqobatbardoshlikka erishib bo'lmaydi.

Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ham ilm-fan va innovatsiyalar sohasida xalqaro

aloqalarni kengaytirishga katta e'tibor qaratilmoqda. Vazirlik faoliyati samaradorligini oshirish va

ilg'or xorijiy tajribalarni joriy etish maqsadida Germaniya, AQSh, Qozog'iston, Avstriyadan

yuqori malakali xorijiy mutaxassislar maslahatchi sifatida jalb qilindi.

Fan va innovatsiyalar sohasida hamkorlikni rivojlantirish maqsadidaXitoy, Rossiya,

Hindiston, Belarus, Qirg'iziston, Tojikiston hamda MDH bilan hukumatlararo bitimlar imzolandi

hamda Buyuk Britaniya, Vengriya, Germaniya, Koreya, AQSh, Turkiya, Yaponiya va barcha

Markaziy Osiyo davlatlari bilan, shuningdek, BMT, Jahon banki, YuNESKO, ShHT, Islom

taraqqiyot banki, Evropa iqtisodiy komissiyasi, MDH va boshqa tashkilotlar bilan yaqindan

aloqalar o'rnatilgani ham soha rivojiga xizmat qilmoqda.

Pedagogik ta’lim tizimi zamon talablariga javob beradigan, bo‘lajak o‘qituvchilarni

kasbiy-innovatsion faoliyat olib borishga tayyorlash uchun zamonaviy o‘qitish tizimining yangi,

model etib bormoqda. Zamonaviy sharoitlarda tobora sohasining yo‘li bo‘lgan talabning ortib

borishi, oliy pedagogik ta’limning yaxlit tizimida ularning kasbiy-pedagogik tayyorgarligini

zamon talablari darajasida modernizasiyalash zaruratini belgilaydi. Oliy ta’limda bo‘lajak

o‘qituvchilarni pedagogik – innovatsion faoliyatga tayyorgarligini takomillashtirish jarayoni

uzluksiz ta’lim tizimini modernizatsiyalashning umumiy qoidalariga asoslanadi.

Ta’limni modernizatsiyalash g‘oyasining ishlab chiqilishi va uning zamonaviy ilmiy

nashrlar hamda normativ hujjatlarda aks ettirilishi uning mohiyatini, oliy ta’limda amalga

oshirishning yo‘nalishlari va yo‘llarini tushunish zarururligini anglatadi. O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil

20-apreldagi PQ–2909-sonli Qarori oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatimizni

ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalarga mos holda, kadrlar tayyorlashning

ma’no-mazmunini tubdan qayta ko‘rib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy malakali

mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida qabul qilingan . Pedagogika

sohasini yangi sifat bosqichiga ko‘tarish sifatli soha mutaxassislarini tayyorlashning mazmuni va


background image


557

uslubini innovatsiyalarga asoslangan holda qayta qurishni talab qiladi. Buning uchun pedagogika

sohasida bo‘lajak o‘qituvchilar tayyorlash tizimining mazmuni, dasturlarining tarkibiy tuzilishini

davlat ta’limning mazkur bo‘g‘ini oldiga qo‘ygan talablari asosida takomillashtirish lozimligini

ko‘rsatmoqda.

Bo‘lajak mutaxassislarni innovatsion yondashuv asosida pedagogik amaliyotini

takomillashtirish texnologiyasi oliy ta’lim muassasalari oldidagi muhim vazifalardan biridir.

Bugun mamlakatimiz ta’lim tizimida innovatsion texnologiyalarga asoslangan ta’lim-

tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, ijtimoiy faol va malakali

raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni jahon andozalari darajasiga chiqarish dolzarb masalalardan

biridir. Ta’lim sohasidagi sifat o‘zgarishlari va yuqori samaradorlik ularning jahon ta’lim bilan

mosligi va pedagoglarning kelgusi mehnat o‘zlashtirgan kompetentsiyalari qay darajada

amaliyotga tatbiq qilinayotganligiga bog‘liq. Bu haqda, O‘zbekiston Respublikasi 2022- 11-

maydagi “2022–2026-yillarda xalq taʼlimini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash

to‘g‘risida”gi PF–134-sonli Farmonining 7-bandida hamda 2022-yil 21-iyundagi “Pedagogik

taʼlim sifatini oshirish va pedagog tayyorlovchi oliy taʼlim yanada chora- to‘g‘risida” PQ–289-

Qarorining 2-bandida pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalari kunduzgi taʼlim

shaklida tahsil olayotgan 2-4-bosqich talabalari uchun haftalik o‘quv mashg‘ulotlari “4+2”

tartibida, shu jumladan, darslarning 4 kuni oliy taʼlim muassasasida, 2 kuni maktabgacha va

umumiy o‘rta taʼlim muassasalarida amaliyot o‘tash tartibida olib borilishini taʼminlash vazifasi

ko‘rsatilgan. Ta’lim-tarbiyadagi sifat o‘zgarishlari va yuqori samaradorlik esa mazkur sohaga

ijobiy yangilik kiritish ta’limda sifat va samaradorlik ta’minlanib, pedagogik innovatsion jarayon

vujudga keladi. Pedagogik innovatsiya – bo‘lajak mutaxassislarni yangicha sharoitlarda ishlashga

tayyorlovchi jarayon bo‘lib, u oldingi egallangan bilimlar asosida ta’limda sifat jihatidan

o‘zgarishlar amalga oshirib, samaradorlikka erishishga yangicha yondashuv qilishdan iboratdir.

“Innovatsion yondashuv” tushunchasining pirovard maqsadi ta’lim sohasida o‘quv-tarbiya

jarayoni natijasini kafolatlaydigan o‘zgarish, yangilanishlar kiritishdan iboratdir. Pedagogik

innovatsiyalar tegishli sohada ijobiy o‘zgarishlarni sodir etish, sifat jihatdan yuqori natijalarga

erishish maqsadida qo‘llaniladi. Pedagogik oliy ta’lim muassasalari talabalarining pedagogik

amaliyoti professional pedagogik kadrlar tayyorlashning muhim omili hisoblanadi. Zero, bilim,

xazina bo‘lsa, shuhbasiz, uning eshigini ochadigan kalit bu – amaliyot, amaliy ta’limdir. Hozirgi

vaqtda pedagogika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida amaliy tayyorgarligi yuksak,

professional pedagogik kadrlar tayyorlash muammosi eng dolzarb masalalardan biridir. Bugungi

kunda oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlashning


background image


558

muhim qismi bo‘lgan talabalarning pedagogik amaliyoti – fan-texnika, texnologiya zamonaviy

usullar, tajribalarni o‘rgangan xolda, kasbiy ko‘nikma va amaliy malakalarni shakllantirish orqali

pedagogika ta’lim sohasini rivojlantirish dolzarb masalalardan biridir. Bu haqda, O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining “Pedagogik ta’lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g

‘risida”gi qarorda quyidagilar pedagogika ta’lim sohasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari

etib belgilangan: – tarbiya va o‘qitish usullari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda

xorijiy tillarni puxta o‘zlashtirgan, ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni

qo‘llash ko‘nikmalariga ega professional pedagog kadrlar tayyorlash; – pedagogik kasbga

qiziqishi yuqori bo‘lgan yoshlarni aniqlash hamda ularni maqsadli tayyorlab va tarbiyalab

borishning uzluksiz tizimini joriy qilish

– pedagogik ta’lim sohasining ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv reja

va dasturlarini ilg‘or xorijiy tajriba asosida takomillashtirish, innovatsion o‘quv

– me’yoriy va ta’lim resurslarini yaratish hamda amaliyotga joriy etish;– sohada ta’lim, ilm

– fan va ishlab chiqarish uyg‘unligini ta’minlash orqali ta’lim sifatini yaxshilash,

raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish;

– pedagog kadrlar buyurtmachilari ehtiyoj va talablarini muntazam o‘rganib borish, ular

bilan o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish hamda pedagog kadrlar tayyorlashning ilmiy asoslangan

istiqbolli rejalarini belgilash va ularni amalga oshirish;

– oliy pedagogik ta’limga raqamli texnologiyalarni joriy etish, zamonaviy axborot-

kommunikatsiya va ta’lim texnologiyalarining mustahkam integratsiyasini ta’minlash pirovardida

pedagog kadrlarning kasbiy mahoratini uzluksiz rivojlantirib borish uchun qo’shimcha sharoitlar

yaratish;

– pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarini tizimli rivojlantirish va ularda

boshqaruv faoliyatini takomillashtirish;

– pedagogik ta’lim infratuzilmasini yaxshilash, sohadagi xalqaro hamkorlikni yanada

kengaytirish;

– yuksak madaniyatli, amaliy kasbiy ko‘nikmaga ega, tarbiya, o‘qitish metodlari va

baholash mezonlarini puxta egallagan zamonaviy pedagog kadrlarni shakllantirish jarayonlari

samaradorligini oshirish.

Shuningdek, 2020-yil 23-sentabrda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning yangi

tahriri ta’lim tizimiga juda katta o‘zgarishlar kiritdi. Mazkur qonunning 35-moddasida “O‘quv

rejasida, qoida tariqasida, ta’lim jarayonining jadvali, o‘qitishning boshlanishi, muddati va

davriyligi, o‘quv yillari, choraklar, semestrlar, amaliyot, ta’tillar hamda attestatsiya, ajratilgan


background image


559

haftalar soni, o‘rganiladigan fanlar (modullar) va ularga ajratilgan soatlar (kreditlar) hamda

boshqa zarur parametrlar aks ettiriladi”, deb belgilab qo‘yilgan

Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash lozimki bugungi kunda mamlakatimizda pedagog kadrlarni

tarbiyalash va ularnin yetuk,qobiliyatli mutaxassis qilib tarbiyalash uchun barcha innovatsion

g‘oyalar va innavatsion texnologiyalardan foydalanilmoqda.Bular o‘z samarasini bermay

qo‘ymaydi albatta.

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi “2022– 2026-yillarda

xalq taʼlimini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-134-sonli

Farmoni (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2022-y., 06/22/134/0407-son)

2.

“Taʼlim to‘g‘risida”gi Qonun. O‘RQ-637-son. 2020-yil 23-sentabr.https://lex.uz/

3.

https://uz.wikipedia.org/wiki/Innovatsion_faoliyat

4.

https://staff.tiiame.uz/storage/users/829/books/uD9iV1Yvywj7gIxosCJqCCM1hKP6BxB

mYL8AOlJd.pdf

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов