OFFENSES COMMITTED BY MINORS

HAC
Google Scholar
To share
Bobobekov, D. . (2024). OFFENSES COMMITTED BY MINORS. Modern Science and Research, 3(1). Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28951
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article talks about the general situation, dynamics and causes of juvenile delinquency, criminological description of juvenile delinquents, and measures to prevent juvenile delinquency. Conclusions and suggestions are given at the end of the article.


background image

ISSN:

2181-3906

2022

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 1 / ISSUE 2

446

VOYAGA YETMAGANLAR TOMONIDAN SODIR ETILADIGAN

HUQUQBUZARLIKLAR

Bobobekov Dilmurod Jo'ramurodovich

3-darajali adliya maslahatchisi. Sirdaryo viloyati yuridik texnikumi o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.7475912

Annotatsiya.

Mazkur maqolada voyaga yetmagan shaxslar jinoyatchiligining umumiy

holati, dinamikasi va sabablari, voyaga yetmagan jinoyatchilar shaxsining kriminologik tavsifi
va voyaga yetmagan shaxslar sodir etadigan jinoyatlarning oldini olishni tashkil etish chora-
tadbirlari haqida so’z boradi. Maqola so’nggida xulosa va takliflar berib o’tilgan.

Kalit so’zlar:

voyaga yetmagan shaxslar, jinoyat, siyosat, kurash, huquq.

ПРАВОНАРУШЕНИЯ, СОВЕРШЕННЫЕ НЕСОВЕРШЕННОЛЕТНИМИ

Аннотация.

В данной статье говорится об общем состоянии, динамике и причинах

правонарушений

несовершеннолетних,

криминологической

характеристике

несовершеннолетних

правонарушителей,

мерах

профилактики

преступлений,

совершаемых несовершеннолетними правонарушителями. Выводы и предложения даны в
конце статьи.

Ключевые слова:

несовершеннолетние, преступление, политика, борьба, право.

OFFENSES COMMITTED BY MINORS

Abstract.

This article talks about the general situation, dynamics and causes of juvenile

delinquency, criminological description of juvenile delinquents, and measures to prevent
juvenile delinquency. Conclusions and suggestions are given at the end of the article.

Key words:

minors, crime, politics, struggle, law.


Jinoyatchilikka qarshi kurashning tarkibiy qismi bo‘lgan voyaga yetmagan shaxslar

tomonidan sodir etiladigan jinoyatlarning oldini olish va unga yo‘l qo‘ymaslik davlatning jinoiy-
huquqiy yo‘nalishdagi siyosatida muhim o‘rin tutadi. Shuning uchun ham bu muammoni davlat
siyosati darajasida hal etishga alohida e’tibor qaratilgan. Voyaga yetmaganlar sodir etadigan
jinoyatlarning oldini olish to‘g‘ri ma’nodagi ijtimoiy-siyosiy muammodir.

To‘g‘ri, O‘zbekistonda voyaga yetmaganlar sodir etayotgan jinoyatlar umumiy miqdorda

kamayishi kuzatilayotgan bo‘lsa-da, barcha toifadagi jinoyatlarning umumiy miqdorida esa bu
ko‘rsatkich o‘zgarmay qolayotganligini ko‘rish mumkin. Demak, voyaga yetmaganlar sodir
etadigan jinoyatlarning oldini olish muammosi mavjud va ularning oldini olishda ilmiy- nazariy
tadqiqotlar olib borish hamda amaliy jihatdan zarur profilaktik chora- tadbirlarni qo‘llash
bugungi kunning talabidir.

Voyaga yetmaganlar sodir etadigan jinoyatlar dinamikasining umumiy holatini tahlil

etishda, birinchidan, voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida sodir etiladigan jinoyatlarning
o‘zaro bog‘liqligiga, ikkinchidan, voyaga yetmaganlar sodir etadigan jinoyatlarning
kriminologiya nuqtai nazaridan tarkibiga, g‘arazli maqsadlari nimalarga qaratilganligiga alohida
e’tibor berish lozim.

Voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida sodir etiladigan jinoyatlarning o‘zaro bog‘liqligi

va har birini aniq ifodalash kriminologiyada katta ahamiyatga ega. Chunki voyaga yetmaganlar (
14-17 yoshlilar) va yoshlar ( 18-29 yoshdagi shaxslar)ning ijtimoiy-ruhiy holatlari bir-biridan
sezilarli darajada farq qiladi. O‘z navbatida, har ikki guruhga mansub shaxslar tomonidan sodir
etilayotgan jinoyatlarning tahlili ham jinoyatchilikning umumiy «manzarasini» aniqlash va
to‘g‘ri xulosa chiqarishga imkon beradi.

Masalan, hozirgi ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy o‘zgarishlar jarayonida sodir etilayotgan

barcha jinoyatlarning sal kam 57 % 14-29 yoshgacha bo‘lgan shaxslar hissasiga to‘g‘ri
kelmoqda. Bu achinarli hol, albatta, biroq jinoyat olamining «yosharishi» nafaqat O‘zbekistonda,
balki jahon miqyosida yuzaga kelayotgan illat ekanligini ham nazardan chetda qoldir- maslik
lozim.


background image

ISSN:

2181-3906

2022

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 1 / ISSUE 2

447

Shu o‘rinda katta yoshdagi shaxslarning jinoyat sodir etish «tajribasi» yoshlar o‘rtasida

yoyilishini ham e’tiborga olish kerak. Zotan, bu muammoni yechishda kriminologiyada mavjud
bo‘lgan ilmiy tavsiyalar va nazariy xulosalarga tayanish maqsadga muvofiqdir.

Kriminologiya nuqtai nazaridan va nazariy jihatdan e’tirof etilishicha, voyaga yetmagan

shaxslar sodir etadigan jinoyatlar umumiy jinoyatchilikning boshlanish bosqichidir. Yosh
jihatidan boshqa turdagi jinoyatchilar shaxsiga xos xususiyatlarning mavjudligi alohida xavfli
bo‘lgan voyaga yetmaganlar jinoyatchiligini keltirib chiqaradi.

Voyaga yetmaganlar sodir etadigan jinoyatlarning katta yoshdagilar tomonidan sodir

etiladigan jinoyatlarga nisbatan ta’sir doirasi jinoiy tajovuz yo‘nalishining turlariga ko‘ra
o‘zgarib turish xususiyatiga ega. Masalan, voyaga yetmaganlar qasddan sodir etadigan umumiy
turdagi jinoyatlarning yoshlar va katta yoshdagi jinoyatchi shaxslar qasddan sodir etadigan
jinoyatlar bilan yaqin bo‘lib, kuch ishlatish yo‘li bilan sodir etiladigan jinoyatlardan farqli
ravishda, kuchli bog‘lanishga ega. Aksincha, voyaga yetmaganlar tomonidan kuch ishlatish bilan
sodir etiladigan jinoyatlar katta yoshdagilar tomonidan sodir etiladigan shu turdagi jinoyatlar
bilan sust bog‘lanishda bo‘ladi, buning sababi kuch ishlatish bilan bog‘liq jinoyatlarning sodir
bo‘lishi turmushning turli yo‘nalishlarida ro‘y berishi mumkin.

Kuch ishlatish yoki zo‘ravonlik jinoyatlarini sodir etilishi voyaga yetmaganlar ichida

asosan dam olish paytlarida sodir etilsa, katta yoshdagi shaxslarda maishiy turmushda yoki
jinoyatchilikni kasb qilib olgan shaxslar o‘rtasida uchrashi kuzatiladi.

Yaqin besh-o‘n yil davomida voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilayotgan

jinoyatlardan ko‘zlangan asosiy maqsad - o‘z intilishlari va ehtiyojlarini (ayniqsa, moddiy
manfaatdorlik) qondirish, katta yoshdagilar qaramog‘ida bo‘lmaslik, mustaqil hayot
kechirishlarini ta’minlash uchun sodir etilayotganligini ham yaqqol ko‘rish mumkin. Keyingi
yillarda voyaga yetmaganlar katta yoshdagi jinoyatchilar ta’siridan chiqib, o‘zlari mustaqil va
jamiyat uchun o‘ta og‘ir jinoyatlar qilishga qodir jinoiy guruhlarga bir- lashayotganligining
miqdori oshganligi ham kuzatilmokda.

Eng xavflisi, voyaga yetmaganlar va yoshlarning jinoyat sodir etishda birlashishi

jinoyatchilikning ko‘payishiga olib kelmoqda. Jinoyatchilikning «yosharishi» jinoyatlarni sodir
etilishida yosh bolalar va o‘spirinlar ishtiroki- ning ortganligidadir.

Jinoyat sodir etishda «tavakkal qiluvchi» guruhlar toifasidagi yoshlarda ashaddiylik

kuchaymoqda, deyish mumkin. Tavakkalchi guruhlar safi asosan ishsizlar, mayda tadbirkorlik
bilan shug‘ullanuvchi o‘spirin yoshlar, jazoni o‘tab qaytgan voyaga yetmaganlar, harbiy
xizmatdan qaytgan yoshlar yoki kam ta’minlangan va hayotda o‘z o‘rnini topa olmagan kimsalar
hisobiga kengaymoqda.

Voyaga yetmaganlar va yoshlarni jinoyat yo‘liga kirishida xufiyona ishlab chiqarish ham

salbiy ta’sir etayotgani achinarli hol. Biroq xufiyona ishlab chiqarishda voyaga yetmaganlar va
yoshlar eng quyi ijrochilar sifatida jalb qilinadilar. Katta yoshdagi jinoyatchilar bunday
vaziyatlarda yosh jinoyatchilarni doimiy ravishda kuzatadilar va «yetilgan yoshlarni» o‘z jinoiy
guruhlariga qo‘shib olishga harakat qiladilar. Voyaga yetmaganlar sodir etadigan jinoyatlarning
tarkibi va g‘arazli maqsadlari nimalarga qaratil- ganligini bilish hamda ularni kriminologiya
nuqtai nazaridan tavsiflash katta ahamiyatga ega.

Kriminologiyada voyaga yetmagan shaxslar sodir etadigan jinoyatlarning tarkibiga ko‘ra

tahlil etish keng yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, asosan sakkiz turdagi, ya’ni qasddan odam o‘ldirish,
qasddan tan jarohati yetkazish, no- musga tegish, talonchilik, bosqinchilik, o‘zgalar mulkini
o‘g‘irlash, giyoh- vandlik bilan bog‘liq jinoyatlar va bezorilik jinoyatlari bo‘yicha tahliliy ishlar
amalga oshiriladi.

Ilgari faqat katta yoshdagi jinoyatchilarga xos bo‘lgan qonunga xilof ravishda qurol-yarog‘

va narkotik moddalarni sotish, fohishaxonalar saqlash, qo‘shmachilik qilish, chet el fuqarolari va
tadbirkorlarga talonchilik hujum- larini uyushtirish, garovga olish, tamagirlik qilish, turli qiynoq
usullari bilan jabrdiydalarning hayoti va salomatligiga tajovuz qilish, firibgarlik orqali valuta va


background image

ISSN:

2181-3906

2022

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 1 / ISSUE 2

448

qimmatbaho qog‘ozlarni muomalaga kiritish, kompyuterlardan axborot olish, o‘g‘irlangan
mulkni sotish, qimorbozlik kabi jinoyatlarning voyaga yetmaganlar sodir etishlari oshgan.

Hozirgi sharoitda kuch ishlatish va g‘arazli maqsadlarda qasddan jinoyat sodir etilishini

kriminologiya nuqtai nazaridan qanday baholash mumkin va bunda ushbu jinoyatlarning nafaqat
turlari, balki qasdiga ko‘ra muvozanatini aniqlashda nimalar inobatga olinishi lozim, degan
savolga javob topish g‘oyat muhimdir. Ushbu muvozanatni aniqlash uchun kriminologiyada bar-
cha statistik ko‘rsatkichlar uchta guruhga bo‘lingan holda tahlil etiladi.

Bular kuch ishlatish asosida sodir etiladigan jinoyatlar, g‘arazli maqsadlarda sodir etiluvchi

va g‘arazli maqsadlar hamda kuch ishlatish orqasida sodir etiladigan jinoyatlarga xos
guruhlardir. Shuningdek, voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlarni qasdning
shakliga qarab bir tizimga kiritishga bo‘lgan urinishlarni keltirish mumkin. Masalan, qasddan
g‘arazli maqsadda, qasddan rahmsizlarcha, jinsiy vosvoslik (manyaklik), o‘z manfaatlaridan
kelib chiqish, o‘ziga bino qo‘yish kabi holatlar shular jumlasidandir. Biroq sud statistikasida
qasd shakllarining qayd etilmasligi inobatga olinadigan bo‘lsa, bunday tizimni yaratish
qiyinchilik tug‘diradi.

Shuning uchun ham qasdni shakliga ko‘ra tizimga kiritish orqali jinoyatchilikni baholash

alohida va ma’lum bir holatlarda o‘tkazilsagina yaxshi natija berishi mumkinligini e’tiborga
olish kerak.

Ma’lumki, o‘smirlar tomonidan o‘g‘rilik jinoyatlarini sodir etilishida g‘arazli maqsadlar

har uch yoki to‘rt ishda takrorlanadi. Qolgan holatlarda esa g‘arazli maqsadlar o‘zaro bir-birini
qo‘llab-quvvatlash, guruh a’zolari bilan bog‘liqligi bois o‘zini majburlash yoki yoshlik tufayli
o‘z harakatlariga yuzaki qarash orqali amalga oshiriladi.

G‘arazli maqsadlarda qotillik qilish va tan jarohati yetkazish XX asrning so‘nggi yillarida

(80-yillarida 15-20 % gacha bo‘lsa, 90-yillarida 2540 % gacha oshgan) o‘sib borganligini ham
tadqiqotlarda uchratish mumkin.

O‘tkazilgan tadqiqotlarni umumlashtiradigan bo‘lsak, quyidagi xulosalarga kelish

mumkin:

a)

voyaga yetmaganlar tomonidan g‘arazli maqsadlarda jinoyat sodir etilishi avvalgi

yillarga nisbatan ko‘paymoqda;

b)

ushbu jinoyatlar boshqa maqsadlarda sodir etiladigan jinoyatlardan ortganligini ko‘rish

mumkin va umumiy ko‘rsatkichlarning 35-40 % ni tashkil etadi;

d)

qasddan sodir etiladigan jinoyatlarda g‘arazli maqsadlar, asosan, buyumlar, xorij va

mamlakatimizda ishlab chiqarilgan texnika vositalari, kamyob kiyim-kechaklar, valuta,
qimmatbaho qog‘ozlar, oltin, kumush kabilarga yo‘naltirilgan bo‘ladi.

G‘arazli maqsadlarda va, umuman, qasddan sodir etiladigan jinoyatlarning aniq turlari ham

mavjud va ular iqtisodiy qiyinchiliklar, aholining moddiy tomondan kam ta’minlangan
qatlamining ko‘payishi va shaxs o‘zi- ning doimiy maishiy qulayliklari yo‘qolishiga ishonch
hosil qilgan hollarda yuzaga keladi.

Voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlar ishtirokchilik asosida, guruh

bo‘lib sodir etiladi. Bu voyaga yetmaganlarni tabiatiga xos holat hisoblanadi.

Ba’zi hollarda yosh o‘smirlar tomonidan yakka tarzda faol amalga oshiriladigan

g‘ayriqonuniy xatti-harakatlar ham jamiyat uchun katta xavf tug‘dirishi mumkin. Agar
jinoyatlarga qarshi kurash olib borish nuqtai nazaridan yondashilsa, guruhiy yoki uyushgan
jinoyatchilikka qarshi kurash olib borishdan ko‘ra, yakka tarzda jinoyat sodir etuvchilarni
aniqlash va zarur choralarni qo‘llash oson kechadn. Shunday bo‘lsa-da, guruhiy jinoyatlardan
jamiyatga ko‘proq zarar kelishini ham yodda tutish lozim.

Voyaga yetmaganlar tomonidan guruh bo‘lib jinoyat sodir etilishiga xos bo‘lgan

shafqatsizlik, rahmsizlik oqibatida jamiyatga katta ma’naviy zarar yetkaziladi. Zero, jinoyat sodir
etishdagi norasmiy uyushishning tez va oson kechishi, guruhiy munosabatlardagi ko‘nikma,
janjal chiqarishga monelik, o‘z xohishiga ko‘ra ish tutish (o‘zboshimchalik), betakror va o‘ziga


background image

ISSN:

2181-3906

2022

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 1 / ISSUE 2

449

xos qiliqlar qilishga intilish, alohida vaziyatlarda g‘oyaviy, ma’naviy va huquqiy jihatdan voyaga
yetmaganlarda ishonchning yo‘qligi holatlari qisqa davr ichida jamiyat uchun xavfli qilmishlarni
beqiyos darajada bo‘lishiga olib keladi. O‘z navbatida, katta yoshdagilar tomonidan jinoyat sodir
etilishida bunday holatlar kuzatilmaydi.

Jinoyatlarning umumiy ko‘rsatkichlarida voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etiladigan

jinoyatlar katta yoshdagilarga nisbatan bir yarimdan besh martagacha ko‘p ekanligini
(jinoyatlarning turi va ularning hududiy tarqalganlik holatlariga ko‘ra) ko‘rish mumkin.

Shuningdek, 14 yoshlilar tomonidan guruhiy jinoyatlarni sodir etish, 17 yoshlilarga

nisbatan ko‘pdir. Voyaga yetmaganlar tomonidan guruh bo‘lib jinoyat sodir etish o‘g‘rilik,
talonchilik, bosqinchilik, nomusga tegish kabi jinoyatlarda ko‘proq uchrasa, qasddan odam
o‘ldirish va qasddan og‘ir tar jarohati yetkazilishda kamroq bo‘ladi.

Voyaga yetmaganlarning guruhiy birlashuvi beqarordir va shuning uchun ham ma’lum bir

davrda faoliyat ko‘rsatadi va o‘z faoliyatini to‘xtatadi.

Ba’zida voyaga yetmaganlar tomonidan guruhga uyushganlik o‘z maqsadiga ko‘ra, uzoq

muddatga faoliyat ko‘rsatishga mo‘ljallangani bois zarur profilaktika chora ta’sirida barham
topishi mumkinligini unutmaslik zarur.

Ta’kidlash joizki, so‘nggi yillarda voyaga yetmaganlarning jinoiy guruhlarga birlashishi

sezilarli darajada oshganligi kuzatilmoqda. Bunday guruhlarning qariyb beshdan uchtasida turli
yoshdagi kimsalarning ishtirok etishi ularning xavfliligini oshirmoqda. Shuningdek, voyaga
yetmaganlar tomonidan sodir etiladigan umumiy jinoyatlarning yarmidan ko‘pi bir necha bor
jinoyat qilib, tajriba orttirganini ham ko‘rish mumkin. Eng muhimi, ushbu jinoyatlarning sodir
etilishi residiv sifatida mulkka nisbatan qaratil- gandir. Shuning uchun ham ularga qarshi
kurashni yo‘lga qo‘yish o‘z- o‘zidan eng dolzarb muammo bo‘lib qolmoqda.




REFERENCES

1.

Rustambayev M.X., 2018. O’zbekiston respublikasi jinoyat huquqi kursi Oliy ta’lim
muassasalari uchun darslik (2-nashr, to’ldirilgan va qayta ishlangan). «Complex Print»
nashriyoti, Toshkent, 2018

2.

Х.Р.ОЧИЛОВ, Ш.Д.ХАЙДАРОВ, З.З.ШАМСИДИНОВ
Жиноят_ҳуқуқи_Умумий_қисм_ўқув_қўлланма_2021

3.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 1992.

4.

Mejdunarodniy pakt o grajdanskix i politicheskix pravax. Mejdunarodnaya zashita prav i
svobod cheloveka. Sbornik dokumentov. M.: Yurid.lit., 1990 g.

5.

Osnovniye prinsipi nezavisimosti sudebnix organov. Mejdunarodniye prava i svoboda
cheloveka: Sbornik dokumentov. M: Yurid.lit., 1990 g.

6.

Vseobshaya deklaratsiya prav cheloveka. – Prava cheloveka. Osnovniye mejdunarodniye
dokumenti: Sbornik dokumentov. M.: Mejdunarodniye otnosheniya. 1989 g. – S. 134-142.

7.

Konvensiya o pravovoy pomoshi i pravovix otnosheniyax po grajdanskim, semeynim i
ugolovnim delam. (Xo‘jalik va huquq Xozyaystvo i pravo. – Tashkent. 1997, №1-2. S. 58-
76).

8.

Ugolovno-protsessualniy kodeks Respubliki Uzbekistan. – T.: Adolat, 1999.

9.

«O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar
kiritish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining 2001 yil 7 dekabrdagi Qonuni.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов