IDEAS OF HUMANISM IN THE CREATIONS OF ABDURAHMAN JAMII AND ALISHER NAVAI

HAC
Google Scholar
To share
Mamadaliyeva, F., Mashrabjonova, M. ., & Yordamova, M. . (2024). IDEAS OF HUMANISM IN THE CREATIONS OF ABDURAHMAN JAMII AND ALISHER NAVAI. Modern Science and Research, 3(1), 137–141. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28956
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

This article reflects the ideas of humanitarianism in the works of the great thinkers of the East, Alisher Navoi and his teacher, friend, Abdurahman Jami. In addition, the best examples of the works of lyric poets are presented.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

137

ABDURAHMON JOMIY VA ALISHER NAVOIY IJODIDA GUMANIZM

G‘OYALARI

Mamadaliyeva Feruza Asrorovna

Gumanitar fanlari kafedrasi dotsenti

Mashrabjonova Maftuna

Yordamova Mashhura

Toshkent davlat agrar universiteti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10631320

Annotatsiya. Ushbu maqolada sharqning ulug’ mutafakkirlari Alisher Navoiy va uning

ustozi, do‘sti Abdurahmon Jomiy asarlaridagi insonparvarlik g’oyalari aks ettirilgan. Qolaversa,
lirik shoirlarning ijodidan eng yaxshi namunalar keltirilgan.

Kalit so‘zlar: Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, xulq, insonparvarlik, mutafakkir,

tafakkur, vahdat –ul-vujud.

IDEAS OF HUMANISM IN THE CREATIONS OF ABDURAHMAN JAMII AND

ALISHER NAVAI

Abstract. This article reflects the ideas of humanitarianism in the works of the great

thinkers of the East, Alisher Navoi and his teacher, friend, Abdurahman Jami. In addition, the best
examples of the works of lyric poets are presented.

Key words: Alisher Navoi, Abdurrahman Jami, character, humanitarianism, thinker,

thinking, unity-ul-wujud.

ИДЕИ ГУМАНИЗМА В ТВОРЕНИЯХ АБДУРАХМАНА ДЖАМИИ И

АЛИШЕРА НАВАИ

Аннотация. В данной статье отражены идеи гуманизма в творчестве великих

мыслителей Востока Алишера Навои и его учителя, друга Абдурахмана Джами. Кроме
того, представлены лучшие образцы творчества лириков.

Ключевые слова: Алишер Навои, Абдуррахман Джами, характер, гуманизм,

мыслитель, мышление, единство-уль-вуджуд.

Ko‘hna tariximizdan ayonki, ajdodlarimiz inson zotini yuksaklikka ko‘targanlar, uni tirik

mavjudotlar orasida eng a’losi deb hisoblaganlar. Ajdodlarimizning mukammal jamiyat, odil va
ma’rifatli shoh, komil inson haqidagi qimmatli fikrlari hozirgacha o‘z qadrini yo‘qotmasdan,
insoniyatga xizmat qilmoqda. Kishi yuksak fazilatlar va qadriyatlarni egallamasdan, o‘zida
insonga muhabbat tuyg‘usini shakllantirmasdan, go‘zal xulqli, odobli, insonparvar bo‘lmasdan
turib yetuk shaxs, komil inson bo‘lib yetishuvi qiyin.

Bizlarga boy adabiy-ilmiy meros qoldirgan ajdodlarimizdan biri - Alisher Navoiy o‘z xulqi,

axloqi, ilmi va bilimi bilan jamiyat hayotidagi turli ijtimoiy nohaqlik hamda adolatsizliklarga
qarshi kurashdi, o‘z asarlarida ifodaladi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, shoirning shaxsiy namuna
bo‘lganligi o‘z navbatida uning asarlaridagi gumanizm va ezgulik g‘oyalarining o‘ziga xos
talqinini yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. Hazrat Navoiy asarlarida tasavvuf falsafasidagi axloq,
xulq-odob qoidalari, insonparvarlik va odamiylik, nafsni tiyish, adolat va ma’rifat, tabiat va
insonni sevish, ularni e’zozlash, ta’lim-tarbiya to‘g‘risidagi g‘oyalardan unumli foydalandi. Bu
g‘oyalar mutafakkirning g‘azal va ruboiylari, dostonlari, nasriy asarlariga singib ketgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

138

Alisher Navoiy “Xamsa” si XV asrdagi xalqimiz manaviy taraqqiyotining ko‘zgusi bo‘lib,

“Xamsa” uning shoh asaridir. Unda o‘sha davr turmushi, xalq hayoti, din va diyonat, odob va
axloq haqidagi qarashlar o‘z ifodasini topgan, shuningdek, o‘z navbatida boshqa “Xamsa” lardan
farq qilgan alohida xususiyatlar asosida bo‘lgan insoniylik va boshqa ezgulik g‘oyalarining
talqiniga ega. Navoiy "Xamsa"si bir-biri bilan ich-ichidan mustahkam bog‘langan beshta dostonni
o‘z ichiga oluvchi yaxlit asardir. Buyuk shoir unda zamonasining barcha dolzarb masalalarini
qalamga oladi. Mundarijaviy doston bo‘lmish "Hayratul-abror"da shoir umr, uning mazmuni,
tabiat, jamiyat va inson munosabatlariga doir savollarni qo‘yib, keyingi dostonlarda muayyan
taqdirlar, voqealar misolida ularga javob berishga intiladi. “Xamsa”da buyuk mutafakkirning olam
va odam, tabiat, kishilik jamiyati, umr va uning mazmuni haqidagi falsafiy-axloqiy qarashlari,
ijodkor sifatidagi buyuk salohiyati, u qo‘llagan badiiy timsollar, tashbehu tamsillar vositasida
butun bo‘y-basti bilan namoyon bo‘ladi.

Navoiy “Xamsa” si uning dunyoqarashini yaxlit bir tizim sifatida namoyon qilib, uning

markazida, shubhasiz, inson, odamiylik konsepsiyasi, adlu insof, sahovat va muhabbat haqidagi
fikr-o‘ylari, ezgulikka payvasta buyuk tafakkur olami yotadi. Uning ijodidagi eng asosiy
insonparvarlik va ezgulik g‘oyalarining o‘ziga hoslik tomoni shundaki, u o‘zi yashagan davrgacha
faoliyat yuritgan barcha mutafakkir va ijodkorlardan farqli o‘laroq ilohiylik va dunyoviylik
tamoyilini uyg‘unlashtira oldi. Ilohiy g‘oyalar, timsollar uning uchun inson hamisha intiladigan
ideal olam bo‘lsa, dunyo shu ideal olamning ko‘zgusi, ibrat hamda saboq maydoni. Zero, insonda
koinotning, ilohiy olamning hikmatlari, mohiyati aks etgan. Ayniqsa, bu boradagi qarashlar
"Hayrat ul–abror" dostonining asosini tashkil etadi. “Neki olami kubroda bor-olami sug‘roda bor”,
deydi Alisher Navoiy ushbu dostonida. Olami kubro - katta olam, ya’ni koinot, borliq. Olami
sug‘ro - kichik olam, ya’ni inson. Bunday qarash aslida Odam Atoning yaratilishi haqidagi
rivoyatga borib taqaladi. Odam Ato, Qur’oni Karimda aytilishicha, tuproqdan yaratilib, keyin unga
Alloh o‘z ruhini yuborib, jon ato etadi. Demak, inson modda va ruh yoki tabiat va ilohdan vujudga
kelgan. Shu bois inson ziynatining o‘zida ma’joz va haqiqat, ilohiylik va dunyoviylik mujassam.

Bu olam yagonaligi haqidagi vahdat ul-vujud ta’limotiga muvofiqdir. Ya’ni:

“O‘z vujudungg‘a tafakkur aylagil,
Har ne istarsan, o‘zungdin istagil”.

Shunga ko‘ra, inson avvalo o‘zini, keyin Alloh yaratgan jamiki ilmu hikmat, ma’rifat-

ma’naviyatini bilib, o‘z Xoliqini tanib, musaffo ruh holida qayta vahdoniyatga qo‘shilmog‘i
darkor. Shu yo‘lda inson axloqi poklanadi va u komillik darajasiga ko‘tariladi.

Navoiy asarlarining umuminsoniy g‘oyasi - insonparvarlik, xalqparvarlik, adolatparvarlik,

do‘stlik, tinchlik, mehr va sadoqat, pok sevgi va vafo, ma’rifatlilik kabi go‘zal tuyg‘ularning
yuksak badiiy shaklda ifodalashi orqali o‘zbek adabiyoti shuhratini dunyo miqyosiga olib chiqdi.

Buyuk alloma, shoir Alisher Navoiy umuminsoniy tarbiya sohasida bir butun asar

yaratmagan bo‘lsa ham, o‘zining bu haqidagi fikrlarini turli ilmiy va adabiy asarlarida ifodalagan.

Alisher Navoiy o‘zining umuminsoniy tarbiya to‘g’risidagi fikrlarini badiiy asarlarida

barkamol inson obrazini yaratish yo‘li bilan bayon etdi.

Alisher Navoiyning ilm-ma’rifat, ta’lim-tarbiya masalalaridagi fikrlarida insonparvarlik

g’oyalari bosh o‘rinda turadi. Alisher Navoiyning fikricha, inson dunyoda hammadan yuksak, aziz
va qadrlidir. Alisher Navoiy o‘z davridagi barcha sof vijdonli insonlarning manfaatini himoya


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

139

qildi. U inson uchun zarur bo‘lgan umuminsoniy axloq qoidalarini o‘rgandi, asar qahramonlari
obrazida o‘z qarashlarini aks ettirdi. Alisher Navoiy odamlarni axloqli va odobli bo‘lishga da’vat
etadi hamda axloqni bunday ta’riflaydi: “ Axloq shaxsning og’ir baqolig’ libosidir va libos
jismning sangin debosi. Shuning bilan birga odamni bezaydigan ham axloqdir”.

Alisher Navoiyning fikricha, inson uchun toj, davlat va boshqalar emas, balki eng yaxshi

fazilatlar har qanday boylikdan afzaldir. Alisher Navoiy xalqqa ish bilan ham, so‘z bilan ham
foyda keltirish kerakligini aytadi. U xalq manfaati uchun ishlaydigan, xalqning baxt-saodati uchun
kurashadigan kishilarni haqiqiy odam deb biladi:

Odami ersang demagil odami,
Onikim yo‘q xalq g’amidin g’ami.

Xalqqa yordam berishni istamaydigan, xudbin, qora ko‘ngil odamlarni Alisher Navoiy eng

yomon odam, xalqqa zarar yetkazadi deb ta’riflaydi.

El qochsa birovdin el yomoni bil oni,
Ahvolida idbor nishoni bil oni.
Fe’l ichra ulus bolam joni bil oni,
Olam elining yomoni yomon bil oni.

Insonlar bir-birlari bilan do‘st-inoq va hamjihat bo‘lib yashamas ekanlar, o‘z orzu-

niyatlariga yeta olmaydilar, yakkalik, yolg’izlik bilan hech qanday ish qilib bo‘lmaydi, shuning
uchun ham u hamma insonlarni do‘st bo‘lib yashashga chorlaydi. Alisher Navoiy do‘stlikni
ulug’laydi, shu bilan birga soxta, g’araz bilan do‘st bo‘luvchi kishilarni qoralaydi.

Navoiy kishi bilimga ega bo‘lishi uchun oz-ozdan o‘rganib borishi lozimligini, bilimlari

yig‘ilib ma’lum ko‘nikmaga ega bo‘lishi mumkinligini yozadi va buni tomchi-tomchi sivlar
yig‘ilib daryoga aylanishiga o‘xshatadi.

Haq yo‘linda kim senga bir harf o‘qitmish ranj ila,
Aylamak bo‘lmas ado aning haqin yuz ganj ila.

Ushbu jumlalarda birinchi ustoz haqida gap boradi. Ilk ustoz tolibiga savod chiqarishida

ko‘maklashadi, bu bilan uning hayot yo‘lini- to‘g‘ri yo‘lni belgilab beradi.Ustozning bu xizmatini
yuzlab xazinalar bilan ham to‘lay olmaslikni Navoiy shu ikki misrada bayon qiladi.

Aytish lozimki, Navoiy insonga tanbeh berar ekan, avvalo o‘z hayotiy kuzatishlariga

asoslanadi. Pok e’tiqodi, ijtimoiy qarashlari taqozosiga ko‘ra mulohaza yuritadi. Ulug‘ inson
tafakkurining hayotiy tajribalaridan kelib chiqqan xulosaviy fikr -mulohazalari xalqning
“Yaxshiga yondosh, yomondan qoch”, “yaxshi bilan yurding yetding murotga, yomon bila
yurding, -qolding uyatga”, “Yaxshi odam yo‘ldoshidan bilinar”, “Do‘sting kimligini aytsang,
sening kimligingni aytaman” kabi maqollar bilan butunlay mushtarakdir.

Uyg‘oq qalb sohibi nazdida yaxshi inson yoki yaxshilik tushunchasining ma’nosi

nihoyatda keng bo‘lib, unda imon va etiqod, odat va hayo kabi inson zotini bezaydigan go‘zal
fazilatlar jamuljam bo‘lgan. Odamiylikning mezoni bu faqat o‘zi uchun emas, balki, o‘zgalar
manfaati , xalq g‘am- tashvishi bilan yashashdir. Binobarin, axloq targ‘ibotchisining navbatdagi
tanbehi ham yaxshilik xususida:

“Baxlning andoqki, butun topqoni zaxira bo‘lg‘ay, tong va qabri ham bu kungi maoshi

uyidek tiyra bo‘lg‘ay. Zuhdu taqvo barcha vaqtda dilpisanddur, ulug‘lar nazarida arjumandroq .


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

140

Yaxshiliq va yomonliqni kim qildikim, jazo ko‘rmadi. Saloh va fasod tuxmin kim ekdikim,
o‘rmadi”.

Shoir insonga xos qusurlar va hislatlar haqidagi fikrini quyidagi bayt bilan yanada

oydinlashtiradi va qissadan hissa chiqaradi: Yaxshiliq tuxmin sochg‘ilkim budur dehqong‘a so‘z,
Har nekim ekding bugun borin hamon tut oning ko‘z.

Navoiyning umuminsoniy mazmunga ega bo‘lgan gumanistik qarashlari islom dini

falsafasidan oziqlangan bo‘lib, mutafakkir o‘zining asarlarida insonning diniy va dunyoviy
jihatlari, zohiriy va botiniy tomonlarini har tomonlama yoritib berishga harakat qilgan.Navoiy
insonni aqlsiz tasavvur qilmaydi. Inson qanday ish bilan shug‘ullanmasin aqlga, tafakkurga, uning
kuchiga ishonishi kerak, degan fikr mutafakkir asarlarining muhim jihatini tashkil qiladi.

Mutafakkirning yana bir muhim xususiyati, bizning fikrimizcha, shundan iboratki, ul zot

o‘zining g‘azal, ruboiy va dostonlarida insonparvarlikka oid qarashlarni bayon qilish bilan
cheklanib qolmasdan, balki o‘zi buyuk insonparvar shoir degan nom qozondi, odamiylikda
boshqalarga o‘rnak bo‘ldi. U doimo oddiy xalq g‘am-tashvishiga sherik bo‘ldi, ularga homiylik
qildi.

Alisher Navoiy va Jomiy bir davrda yashagan do‘stlar edi.Mashhur matnshunos olim Porso

Shamsiyev “Jomiy va Navoiy” majmuasining majmuasining muqaddimasida yozgan edilar: “ chin
insoniy xislatlardan sabot, matonat, g’ayrat, tolmas, mehnatkashlik bu ikki do‘stning mushtarak
xususiyatlari bo‘lib qoldi. Bu mushtarak xususiyat bulardagi buyuk ijodiy kuch va mahoratning
deyarli bir mezonda borganligida ko‘rinadi. Jomiy biror asar yozsa, birinchi galda Navoiyga
taqdim etar, kerak miqdorda isloh etishni, kamchilik va nuqsonlarni ko‘rstaib berishni talab etar
edi. Navoiy Jomiyni o‘ziga madakor, qiynalganida mushkullarni hal qiluvchi va ishlarga
rag’batlantiruvchi ulug’ homiy va murabbiy deb bilar edi”.

1

Jomiy asarlarining bir qismi diniy va falsafiy mazmunga ega bo‘lib, ularda shoir islom dini

va sharq falsafasining bir qator masalalarini oʻz qarashicha talqin etadi, tasavvufning XV asrdagi
yirik arbobi sifatida o‘z fikr-mulohazalarini bayon etadi. Bunga uning Naqshi fusus („Maʼnolar
naqshi“), Shavohidi nubuvva („Paygʻambarlikka dalillar“), ("Sharhi qasidayi „Toiya ("Radifda
„to“ harfidan foydalanib yozilgan qasida sharhi"), Naqdi nusus („Matnni tanqid“), "Sharhi
qasidayi „Hamriya („Hamriya“ qasidasi sharhi"), Naqshbandiya taʼlimoti haqida risola, Vohid“
atamasi haqida risola", “Zikr shartlari haqida risola”), Haj qilish yoʻllari haqida risola kabi bir
qancha asarlarini shu guruhga kiritish mumkin. Jomiy falsafasining asosini tasavvufiy gʻoyalar
tashkil etadi. Uning tasavvurida Xudo jonli mavjudot boʻlmay, yorugʻ nur koʻrinishiga ega.
Hamma narsani yaratgan yagona Xudo goʻzal maʼshuqaga oʻxshagan boʻlib, minglarcha oynada
turli qiyofada va koʻrinishda namoyon boʻladi. U yunon faylasufi Yaloximnning jilolanish
(„emanatsiya“) falsafasini davom ettiradi va yanada rivojlantiradi. Uning fikricha, dunyodagi
hamma narsalar kelib chiqishi va mohiyati eʼtibori bilan ilohiydir.

Xulosa qilib aytganda, mutafakkirlar Jomiy va Navoiyning hayotda qilgan ishlari, davlat

arbobi sifatidagi faoliyati, xalqning turmushini yaxshilashga, og‘ir qismatini yengillashtirishga
qaratilgan savobli va xayrli ishlari, “Xamsa”sining mazmun-mohiyati umuminsoniy va gumanistik
ruh bilan sug‘orilgan. Mutafakkirlar insonparvarlik tushunchasiga ijtimoiy mazmun beradi. Ushbu

1

П.Шамсиев. Улуғ дўстлик лавҳаларидан. Жомий ва Навоий (тўплам). Тошкент, «Фан», 1966


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

141

dostonida kamtarlik, vafodorlik, nafsni tiyish, rostgo‘ylik, saxiylik, donolik, muhtoj va yetim-
yesirlarga yordam berish, bag‘rikenglik, muloyimlik, shirinsuxanlik, shijoatkorlik, ezgulik, mehr-
muruvvat, rahmdillik, odamiylik - bularning hammasi insonparvarlikning tarkibiy qismi bo‘lib,
insonni kamolot sari, ezgulikka yetaklaydi.

REFERENCES

1.

Karimov I.A.YUksak ma’naviyat — yengilmas kuch. -T.: Ma’naviyat,2008.

2.

Karimov I.A.Adabiyotga e’tibor — ma’naviyatga, kelajakka e’tibor. .-T.: O’zbekiston,
2009.

3.

Karimov I.A. Inson, uning xuquq va erkinliklari oliy qadriyat.XIV-jild.- T.:“O’zbekiston”,
2006

4.

Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to’plami. 11-tom. Xamsa. Saddi Iskandariy. T.:“Fan”,
2002

5.

Badriyev F., Xudoyberdiyev A. Alisher Navoiyning “Farhod va SHirin” dostoni haqida//
Til

va

adabiyot

ta’limi.

2011,

8-son.

6.Qayumov A. Alisher Navoiy (Mashhur siymolar hayoti). -T.: Kamalak,1991.

6.

Navoiyning ijod olami. T., 2001.

7.

Hayitov SH. Kaykovus va Alisher Navoiy talqinida qalb tarbiyasi. . Til va adabiyot ta’limi.
2005 yil 2-son, 84-bet

8.

Navoiy, Alisher. Xamsa: Hayratul-Abror, Farhod va SHirin, Layli va Majnun, Sab’ai
sayyor, Saddi Iskandariy.--T.: G’.G’ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 1986.-
423 b.





References

Karimov I.A.YUksak ma’naviyat — yengilmas kuch. -T.: Ma’naviyat,2008.

Karimov I.A.Adabiyotga e’tibor — ma’naviyatga, kelajakka e’tibor. .-T.: O’zbekiston, 2009.

Karimov I.A. Inson, uning xuquq va erkinliklari oliy qadriyat.XIV-jild.- T.:“O’zbekiston”, 2006

Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to’plami. 11-tom. Xamsa. Saddi Iskandariy. T.:“Fan”, 2002

Badriyev F., Xudoyberdiyev A. Alisher Navoiyning “Farhod va SHirin” dostoni haqida// Til va adabiyot ta’limi. 2011, 8-son.

Qayumov A. Alisher Navoiy (Mashhur siymolar hayoti). -T.: Kamalak,1991.

Navoiyning ijod olami. T., 2001.

Hayitov SH. Kaykovus va Alisher Navoiy talqinida qalb tarbiyasi. . Til va adabiyot ta’limi. 2005 yil 2-son, 84-bet

Navoiy, Alisher. Xamsa: Hayratul-Abror, Farhod va SHirin, Layli va Majnun, Sab’ai sayyor, Saddi Iskandariy.--T.: G’.G’ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 1986.-423 b.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов