DRAWING METHOD OF DEPICTING THE HUMAN FIGURE ON THE EXAMPLE OF FOREIGN EXPERIMENTS

HAC
Google Scholar
To share
Nasirdinov, A. (2024). DRAWING METHOD OF DEPICTING THE HUMAN FIGURE ON THE EXAMPLE OF FOREIGN EXPERIMENTS. Modern Science and Research, 3(1), 150–155. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28962
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

Ushbu maqolada chizmatasvirda inson qomatini tasvirlash metodlari xaqida, o’qitish qonun-qoidalari, buyuk xorij rassomlari uslublari tahlil qilinib berishga harakat qildindi. Ushbu maqolada chizmatasvirda inson qomatini tasvirlash bo’yicha xorijiy tajribalar haqidagi ma’lumotlar keng va atroflicha yoritildi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

150

CHIZMATASVIRDA INSON QOMATINI TASVIRLASH METODI XORIJIY

TAJRIBALAR MISOLIDA

Avazbek Nasirdinov

Kamoliddin Behzod nomidagi

Milliy rassomlik va dizayn instituti o’qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10633603

Annotatsiya.

Ushbu maqolada chizmatasvirda inson qomatini tasvirlash metodlari xaqida,

o’qitish qonun-qoidalari, buyuk xorij rassomlari uslublari tahlil qilinib berishga harakat qildindi.

Ushbu maqolada chizmatasvirda inson qomatini tasvirlash bo’yicha xorijiy tajribalar

haqidagi ma’lumotlar keng va atroflicha yoritildi.

Kalit so‘zlar:

tasviriy san’at, metodlar, inson qomatini, xorijiy tajriba.

DRAWING METHOD OF DEPICTING THE HUMAN FIGURE ON THE

EXAMPLE OF FOREIGN EXPERIMENTS

Abstract.

In this article, you tried to analyze the methods of describing the human figure

in the drawing, the laws of teaching, the styles of great foreign artists. In this article, the
information about foreign experiments on the description of the human figure in chizmatasvir was
widely and comprehensively covered.

Keywords:

Fine Arts, methods, human figure, foreign experience.

МЕТОД ИЗОБРАЖЕНИЯ ФИГУРЫ ЧЕЛОВЕКА НА ЧЕРТЕЖЕ НА

ПРИМЕРЕ ЗАРУБЕЖНЫХ ЭКСПЕРИМЕНТОВ

Аннотация.

В данной статье была сделана попытка рассказать о методах

изображения человеческого облика в живописи, проанализированы закономерности
обучения, стили великих зарубежных художников. В данной статье широко и подробно
освещены данные зарубежных экспериментов по изображению человеческой фигуры на
чертеже.

Ключевые слова:

изобразительное искусство, методы, фигура человека,

зарубежный опыт.

Yosh avlodga talim-tarbiya berish masalasi mustaqil respublikamiz oldida turgan

masalalardan biridir. O’zbekistonda amalga oshorilayotgan o’zgarishlar jamiyatimizni iqtisodi,
ijtimoiy, siyosiy va ma’naviy jihatdan jahonning eng rivojlangan mamlakatlari qatoridan o’rin
olishida ijobiy natijalar bermоqdа.

Bugungi kunda barchamizning oldimizga ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, bu tizimni

dunyoning ilg’or demokratik davlatlari darajasiga va yosh kadrlarni yuksak ma’naviy, axloqiy
ruhda chuqur bilim egasi qilib tarbiyalash maqsadi qo’yilgan. “Mamlakatimizda yosh avlod ta’lim-
tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘g‘il-qizlarning zamonaviy bilim olishi, yuksak
ma’naviyatli bo‘lib ulg‘ayishi uchun zarur sharoit yaratish lozim”

1

Bugungi kunda qaysi davlat yuksak taraqqiyotga erishgan bo’lsa – Janubiy Koreya yoki

Yaponya bo’ladimi, yevropa davlatlari bo’ladimi – bularning barchasidan o’rganish kerak. Bu

1

Shavkat Mirziyoyev 15-iyun kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan "Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas

dinimizning sofligini asrash – davr talabi" mavzuidagi anjumanda yosh avlod tarbiyasi haqida so‘zlagan
nutqi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

151

borada biz uchun hech qanday mafkuraviy cheklashlar yo’q. Biz uchun yagona mafkura – bu
O’zbekistonning taraqqiyoti, O’zbekistonning ravnaqi, O’zbekistonning dunyoda hech kimdan
kam bo’lmasligidir. Respublika mustaqilligi va bozor iqtisodiyotiga mos ijtimoiy iqtisodiy-
siyosatni shakllantirish – zamon talablariga javob beradigan, yuqori malakali pedagog kadrlarni
tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonlari samaradorligini
ta'minlovchi kasbiy ta'lim mazmunini takomillashtirishni taqozo etmoqda. Bu esa o’z navbatida
mutaxassislarning kasbiy kompetentligini shakllantirishga xizmat qiluvchi uzluksiz ta'lim
mazmunini yangilash, o’qitishning innovatsion shakl va metodlari, zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini amaliyotga keng joriy etish zaruratini shakllantirdi. Shu asosda,
bugungi kunda oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirishga, ta'lim bosqichlarining o’zaro
uzviyligi va uzluksizligini ta'minlash bo’yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

2

Bu borada o’quv uslubiy majmualar sifatini ta'minlash, pedagogik texnologiyalarni joriy

etishda

professor-o’qituvchilarning

kompyuter va Internetdan foydalanish bo’yicha

savodxonligini doimiy oshirib borish; oliy ta'limning axborotresurs va zamonaviy o’quv
adabiyotlari bilan ta'minotini yanada rivojlantirish; tasviriy san'at va muhandislik grafikasi
yo’nalishlarida ilg’or xorijiy tajribalarni o’rganish oliy ta'lim muassasalarida rassom-
pedagoglarining faoliyat yo’nalishlari tarkibini belgilaydi. Yuqoridagi fikrlardan ko’rinib turibdiki
oliy ta'lim tizimini xususan, tasviriy san'at ta'lim tizimini modernizatsiyalash (ingl. modern –
yangilangan, zamonaviy, tekor o’sish) o’quv jarayoniga nisbatan innovatsion yondashuvni talab
etadi.

Shu bilan bir qatorda chizmatasvir fanini o’qitishda ham zamonaviy pedagogik

texnalogiyalar va matodlardan foydalanib kelinmoqda. Mazkur maqolada inson qomatini
tasvirlashda bir qancha xorij rassomlarining metodlarini o’rganib tahlil qilib chiqamiz.

Avvalo odam qomatini chizish uchun eng murakkab ob'ekt hisoblanadi. Odam tanasining

shakllari turli shaxsiy o‘ziga xosliklar, ko‘plab murakkab va turfa xil uyg‘unlikda namoyon
bo‘ladi. Odam qomatini chizish talabadan istiqbol, mutanosiblik, plastik anatomiya, harakatlanish
shakllari to'g'risida chuqurroq bilimga ega bo'lishni va asosiy xarakterli fikrlar va yo'naltiruvchi
chiziqlar printsipini yanada ishonchli, aniqroq qo'llashni talab qiladi. Odam qomatini chizish uning
tanasining bir xil holatini uzoq vaqt davomida ushlab tura olmasligi va ma'lum chegaralar ichida
doimo o'zgarib borishi bilan murakkablashadi. Bundan tashqari, odamni chizish ko'proq diqqatni
jamlashni talab qiladi va nusxalash, eskiz chizishlariga yo'l qo'ymaydi.

O'tmishdagi buyuk rassomlarning chizmatasvir namunalarini o'ziga xosligi, naturaning eng

xarakterli xususiyatlari ajratib ko'rsatilganligi bilan tomoshabinni o'ziga tortadi. Naturadan o'quv-
akademik rasm chizishda xomaki rasmlardan ma'lum o'quv ta'limiy va tarbiyaviy maqsad
ko'zlanadi, maqsad avval olingan bilim va ko'nikmalarni mustahkamlash hamda rassomni mustaqil
ishlashga tayyorlashdan iborat.

O'tmishdagi mashhur rassomlar o'zlarining kundalik ishlariga juda katta e'tibor berganlar.
Masalan, Italiya rassomi Chennino Chennini o'zining ―Rangtasvir haqida asar kitobida

shunday yozgan edi: Doimo, biror kunni kanda qilmay, biror-bir narsaning rasmini chiz, bu senga
juda katta foyda keltiradi. Hayotda biz birbiriga aynan o'xshash odamni uchratmaymiz.

2

X. Ibragimov. “Pedagogika nazariyasi”. Toshkent : Fan va texnologiya nashriyoti. 2008 y.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

152

Rassomning vazifasi ham individual xususiyatlarni ilg'ab olish, ushbu odamning o'zgacha

xususiyatini topa olishdan iborat. Shuning uchun ham ko'proq kuzatiladi va ko'proq naturadan
rasm chiziladi, muntazam ravishda xomaki chizgilar qilinadi. Odam qomati rasmini chizish rassom
uchun yaxshi maktab hisoblanadi.

Turli tarixiy davrlarda go‘zallik va mukammallik haqidagi tasavvur o‘sha davr

rassomlarining mafkuraviy qarashlari asosida namoyon bo’lgan. Ular o‘z asarlarida o‘sha davr,
xalq va sinflar dunyoqarashini aks ettirishgan. Qadimdan inson tanasining o’lchov birligi - moduli
bo’lib, tananing biron-bir qismi (bosh, kaft, barmoq, to‘piq, burun) tanlab olingan va unga
boshqa barcha qismlari solishtirilgan. Qadimgi Misrda rassomlar inson tanasini tasvirlashga katta
e’libor berishgan. Natijada, Misr rassomlari inson tanasining har bir qismini o’lchab, o’rganib,
uning asosida qonun ishlab chiqishdi. Bunda ular inson tanasi qismlarini o’lchashda matematik
hisob-kitoblardan foydalangan.

Qonunning yaratilishida Misr rassom-nazariyotchilari qomatning qismlarga nisbiy

bo’linishi tizimini yaratishdi. Unga ko’ra, qismlar yordamida butun tanani va birinchi qism
o’lchami bilan ikkinchi qism o’lchamini aniqlash imkoni paydo bo’ldi. Misr qonuniga ko’ra,
o’lchov birligi sifatida qo’lning o’rta barmog’i uzunligi qo’llanilgan. Qomat 20 qismga bo’lingan.

Misr qonuniga asosan inson tanasi quyidagi o’lchamlarga ega bo’lgan: tovon balandligi

bitta o‘rta barmoq balandligiga, tizza qopqog’lning yuqori qismidan qovuqqacha bo’lgan oraliq
esa, to‘rtta barmoq uzunligiga teng, deb hisoblangan. Qovuq butun tanani teng ikki qismga
bo’ladi. Tana markazi (pastdan yuqoriga tomon o’lchanganida) o‘n bitta barmoq uzunligiga to‘g‘ri
keladi. Ko‘krak sohalari o‘n to‘rtinclii va o‘n beshinchi barmoqlar
o‘rtasida joylashgan. Bosh uzunligi ikki o‘rtacha barmoq uzunligiga teng.

O‘n yettinchi barmoqda burun uchi, o‘n sakkizinchi barmoqda

esa, peshana do‘ngligi joylashgan. Shuning bilan birgalikda qadimgi
Misrda inson tanasining nisbatlarini taqqoslashda yosh bolalar va
o‘smirlarni hisobga olishmagan. Rassom ayol, erkak va bolalaming
rasmini bir qonun asosida, faqat o’lchamini o‘zgartirib ishlagan.

O’lchamlaming katta-kichikligidan insonning ijtimoiy nufuzini

ko’lsatishda foydalanilgan. Shu sababli ham, fir’avn yoki mashhur
shaxsning rasmi oddiy insonlar tasviriga qaraganda, bir necha bor katta
qilib ishlangan. Qadimgi Misr san’ati, asosan, sinfiy tabaqalarni
ifodalashga qaratilgan edi. Shuni ta’kidlash lozimki, qadimgi Misr
rassomlari bir tasvir doirasida jismga turli nuqtayi nazar bilan
yondashishgan: masalan, tananing ba’zi qismlari old tomondan (bosh,
oyoq), shu paytning o‘zida boshqa qismlar (ko‘z, yelka) yon tarafdan
tasvirlangan. Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, qadimgi asarlarning o‘ziga
xos jihatlari ham bo‘lgan. Asarlar ko‘p asrlar davomida bir rangda, boshqa
tus va ranglardan foydalanmasdan siluetda ishlangan.

Yevropa qonunlari — qadimgi yunon-rum an’analariga asoslangan bo‘lib, ular Uyg‘onish

davri rassom-nazariyotchilarining asarlarida bizning davrimizgacha yetib kelgan. Mazkur asarlar
birlik g‘oyasi bilan sug‘orilgan va ulardagi inson tasviri ideal me’yorlarda ishlangan.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

153

Yunonlar qadimgi Misr rassomchilik maktabining rasm ishlash usullarini egallab, inson

tanasi tuzilishi muammosiga yangicha yondashishgan. Ularning ta’kidlashicha, hayotdagi eng
ajoyib mavjudot, bu inson chiroyli qomatli ayol, mushaklari rivojlangan erkak. Tabiatni,
insonning yalang‘och tanasi go‘zalligini o‘rganib, ulardan shunchalik ko‘p go‘zallik va nafosat
topganlarki, natijada, ular ma’budalar timsolini ham inson tasvirida ishlay boshlashgan.

Qadimgi Yunonistonda inson tasvirini tasviriy san’atning bosh bo‘g‘imi sifatida ta’riflab,

inson tanasining barcha qismlarini sinchkovlik bilan o‘rganib chiqishgan. Ular inson tanasi
tasvirini ishlashda, an’anaviy qonundan foydalanib, san’atda yangi muammoni ilgari surishgan va
uning yechimini o‘z asarlarida ko‘rsata olshgan. Ularning ta’kidlashicha, jahonda qonun-qoida
hukmronlik qiladi va go‘zallik mohiyati ma’lum tartib asosida vujudga keladi.

Yunon rassomlari tasviming tabiiyligiga katta e’tibor qaratishgan. Ular borliqni asl

ko‘rinishda tasvirlashga intilishgan. Natura bilimlar manbayi bo‘lib xizmat qilgan va o‘z
navbatida rassomchilikdan ta’lim berish ham natura asosida paydo bo‘lgan. Asosiy qoidaga
ko‘ra, inson barcha jismlar olchovi. Ushbu falsafiy g‘oya qadimgi yunon san’ati asosida
shakllangan. Uyg‘onish davri, nafaqat, tasviriy san’at rivoji tarixi uchun, balki umuman, rasm
chizish usullarini o‘rganish sohasi uchun ham yangi davr bo‘ldi. Bu davrda realistik rasmlar
ishlashga, borliqni haqiqiy ko‘rinishini tasvirlashga ishtiyoq tug’ildi. Uyg‘onish davri ijodkorlari
tabiat qonunlarini ochib berishga intilib, san’at va fanni bir-biri bilan bog‘lash vazifasini o‘z
oldilariga maqsad qilib qo‘yishdi. Ularni qadimgi Yunon san’ati ruhlantirdi. Tasviriy san’at
muammolari ustida mashhur rassomlardan Aberti, Leonardo da Vinchi, Dyurer va boshqalar
shug‘ullanishgan. Barcha san’atlarning durdonasi bo‘lmish rassomchilikka bo‘lgan hurmat-e’tibor
yana tiklandi.

Mikelanjelo Buanorottining fikricha, qalamtasvir yoki qarashlarini tasvirlab berish uchun

eramizdan avvalgi V asrda Dorifor ma’budasini yaratdi va ushbu asar rassomlarga namuna
sifatida xizmat qildi. Keyingi davr rassomlari uchun ushbu asar o‘ziga xos darslik vazifasini
o‘tagan. Ammo Poliklet qonuni haqida bizgacha yetib kelgan ma’lumotlar bir-biriga qarama-
qarshi. Ushbu ma’lumotlarning ba’zilarida Poliklet chizgilar san’ati ham rassomchilik, ham
haykaltaroshlik, ham me’morchilikning yuqori nuqtasi hisoblanib, qalamtasvir barcha ilmlarning
ildizi va manbayidir. Shuningdek, ushbu mashhur rassom ham inson tana a’zolarining nisbatlarini
mukammal ishlab chiqib, o‘zining dunyoga mashhur asarlarini yaratib qoldirgan.

Me’mor Vitruviy nisbatlarni o‘rganish chog‘ida inson tanasi qismlarining quyidagi

munosabatini hisobga olgan: bosh tana balandligining 1x8 qismi, yuz tana balandligining 1x10;
yuz balandligi kaft uzunligiga teng, kaft qomat balandligining 1x10 qismiga teng. Bo‘yin va bosh
balandligi ko‘krakdan boshlanganida qomat balandligining 1x6 qismiga teng. Boshning eng
yuqori nuqtasidan ko‘krak ushchlari joylashgan chiziqqacha bo‘lgan oraliq qomatning 1x4
qismiga teng. Kindikning balandligi butun tana balandligining 4x6 qismiga teng. Boldir tizza
qopqog’ining pastki qismigacha bo‘lgan uzunligi model balandligining 1x4 qismiga teng. Tovon
uzunligi model balandligining 1x6 qismiga teng.

Vitruviyning nisbatlar tizimi Uyg‘onish davrida Chennino Chennini va Leonardo da

Vinchi tomonidan yangilangan hamda u to‘g‘ridan to‘g‘ri «qadimgilar kvadrati» nomli qonun
bilan bog‘liq. Ushbu qonunning Vitruviy ilgari surgan grafik ifodasi hozirgi kunga qadar mashhur
bo‘lib kelgan ko‘pchilik Yevropa qonunlarining asosi hisoblanadi. Leonardo da Vinchi asosiy


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

154

e’tiborni inson tanasi rasmini chizishga qaratdi. Bunda u qomatni to‘g‘ri shakllantirish, uning
muvozanat o‘qini aniq topish va harakat xususiyatini to‘g‘ri ko‘rsatib berish muhimligini
ta’kidlaydi. Ushbu shart bajarilganidan so‘ng, tana nisbatlarini aniqlashga kirishish kerak.

Leonardo da Vinchi inson tanasi tasvirini chizish qoidalarini ishlab

chiqish chog‘ida, Vitruviyning nisbatlar tizimi «qadimgilar kvadrati»
tizimini shakllantirdi (unga ko‘ra, inson tanasi uzunligi yoyilgan ikki qo‘l
uzunligiga teng). U inson tanasi qismlarining nisbiy munosabatini o‘zida
aks ettiruvchi rasm-sxemani ishlab chiqdi.

Unda quyidagi munosabatlar ko‘rsatilgan: tizza qopqog‘ining

pastki qismigacha bo‘lgan oraliq tana balandligining 1/4 ismiga teng, jinsiy
a’zodan peshanagacha bo‘lgan qism tana balandligining 1/2 qismiga
teng, jinsiy a’zodan ko‘krak uchlarigacha bo‘lgan oraliq tana
balandligining 3/4 qismiga teng, to‘sh suyagi dastasidan jinsiy a’zogacha
bo‘lgan oraliq tana balandligining 5/6 qismini tashkil etadi, jinsiy a’zodan
burungacha bo‘lgan maso’a tana balandligining 11/12 qismiga teng;
markaziy chiziqdan qo‘lning boshlanish qismigacha bo‘lgan oraliq
qomat balandligining 1/8 qismiga teng; markaziy chiziqdan tirsakkacha
bo‘lgan maso’a qomat balandligining 1/4 qismiga teng; markaziy
chiziqdan kaftgacha bo‘lgan oraliq qomat balandligining 4/10 qismiga
teng. Leonardo da Vinchi qonuniyati asosida chizilgan inson tanasi tasviri uzun oyoqlar,
kindikning past joylashuvi hamda uzunchoq yuz bilan ajralib turadi. Shuningdek, nemis rassomi
Albrext Dyurerning nazariy qarashlari ahamiyatli hisoblangani bois uning asarlari rassomchilik
mashg‘ulotlarini o‘tkazish metodikasini rivojlanishiga turtki bo‘ldi. U turli inson turlari
mavjudligi g‘oyasini ilgari surgan.

A. Dyurer asarlari insonparvarlik tuyg‘ulari bilan sug‘orilgan. A. Dyurer o‘zining

«Nisbatlar haqida ilmiy maqola»sining kirish qismida (1513) shunday yozgan edi: «Biror
narsani biladiganlar o‘z bilimlarini boshqalarga, ushbu bilimga muhtoj insonlarga ham
o‘rgatsinlar». A. Dyureming «Inson tuzilishi nisbatlarini o‘rganish» asari ahamiyatga molik bo‘lib,
u rassomning deyarli butun ijodiy faoliyatining asosi desak, xato bo‘lmaydi. A. Dyurer ushbu
masala bo‘yicha barcha mashhur g‘oyalarni keltirib, ko‘plab rasm va chizgilar orqali ularga ilmiy
izoh bergan.

Xulosa o’rnida shuni aytishimiz mumkinki, chizmatasvirda inson qomatini tasvirlashda

turli rassomlarning o’z uslublari bo’lgan. Bugungi kunda akademik chizmatasvirni o’rgatishda
ular yozib qoldirgan manbaaladan foydalangan holda talabalarga saboq berib kelinmoqda.

Ularning uslublari bugungi kunda chizmatasvirda inson qomatini tasvirlashni o’rgatishda

foydalanilsa o‘ylamizki, albatta ta’lim samaradorligi oshiriladi.

Amalga oshirilgan nazaraiy-amaliy tahliliy jarayon ishlari natijalari quyidagi xulosalarni

chiqarish imkonini yaratdi:

Chizmatasvir fanida inson qomati tasviri ishanishini taxlil eta olish faoliyatini o’rganishga

asoslangan xorojiy rassomlar metodlarining samaradorligi aniqlandi.

Mutaxassis rassomlarni ish faoliyatini ilmiy-uslubiy jihatdan tahlil etishga xarakat qilindi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

155

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Madaniyat vazirligi huzurida Madaniyat va
san’atni rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etish haqidagi qarori.

2.

Shavkat Mirziyoyev 15-iyun kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan "Ijtimoiy barqarorlikni
ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi" mavzuidagi anjumanda
yosh avlod tarbiyasi haqida so‘zlagan nutqi.

3.

X. Ibragimov. “Pedagogika nazariyasi”. Toshkent : Fan va texnologiya nashriyoti. 2008 y.

4.

A. I. Avazboyev. Y. U. Ismadiyarov. “Kasbiy pedagogika” Toshkent: Cho’lpon nomidagi
ijodiy matbaa uyi. 2014 y.

5.

Abdirasilov S.F., Boymetov B.B., Tolipov N.X. Tasviriy san'at.–T.: 2010 35 b

6.

4.

Boymetov B. Qalamtasvir asoslari. Pedagogika institutlari va universitetlari uchun o’quv

qo’llanma. Toshkent, 2000 yil.



References

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Madaniyat vazirligi huzurida Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etish haqidagi qarori.

Shavkat Mirziyoyev 15-iyun kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan "Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi" mavzuidagi anjumanda yosh avlod tarbiyasi haqida so‘zlagan nutqi.

X. Ibragimov. “Pedagogika nazariyasi”. Toshkent : Fan va texnologiya nashriyoti. 2008 y.

A. I. Avazboyev. Y. U. Ismadiyarov. “Kasbiy pedagogika” Toshkent: Cho’lpon nomidagi ijodiy matbaa uyi. 2014 y.

Abdirasilov S.F., Boymetov B.B., Tolipov N.X. Tasviriy san'at.–T.: 2010 35 b

4.Boymetov B. Qalamtasvir asoslari. Pedagogika institutlari va universitetlari uchun o’quv qo’llanma. Toshkent, 2000 yil.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов