MODERN METHODOLOGIES USED IN THE TEACHING OF FINE ARTS

HAC
Google Scholar
To share
Maxkamov, B. (2024). MODERN METHODOLOGIES USED IN THE TEACHING OF FINE ARTS. Modern Science and Research, 3(1), 156–159. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28963
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

In this article, you tried to show the importance of modern methodologies used in the teaching of Fine Arts, the rules of teaching, the task facing the creative educator and the instructions for how to perform it. Therefore, in this article, the theoretical and methodological information about the modern methodologies used in the teaching of Fine Arts was comprehensively and comprehensively covered.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

156

TASVIRIY SAN’ATNI O’QITISHDA QO’LLANILAYOTGAN ZAMONAVIY

METODIKALAR

Maxkamov Baxtiyor Mirxodiyevich

Kamoliddin Behzod nomidagi

Milliy rassomlik va dizayn instituti katta o’qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10633629

Annotatsiya.

Ushbu maqolada tasviriy san’atni o’qitishda qo’llanilayotgan zamonaviy

metodikalarning ahamiyati xaqida, o’qitish qonun-qoidalari, ijodkor pedagog oldida turgan
vazifa va uni qay tarzda bajarishni yo‘l yo‘riqlarini koʼrsatib berishga harakat qildindi. Shuning
uchun ushbu maqolada tasviriy san’atni o’qitishda qo’llanilayotgan zamonaviy metodikalari
haqidagi nazariy va metodik ma’lumotlar keng va atroflicha yoritildi.

Kalit so‘zlar:

tasviriy san’at, zamonaviy metodikalar, interaol metodika, individual

metodika, modellashtirish.

MODERN METHODOLOGIES USED IN THE TEACHING OF FINE ARTS

Abstract.

In this article, you tried to show the importance of modern methodologies used

in the teaching of Fine Arts, the rules of teaching, the task facing the creative educator and the
instructions for how to perform it. Therefore, in this article, the theoretical and methodological
information about the modern methodologies used in the teaching of Fine Arts was
comprehensively and comprehensively covered.

Keywords:

Fine Arts, modern methodologies, interaolic methodology, individual

methodology, modeling.

СОВРЕМЕННЫЕ МЕТОДИКИ ОБУЧЕНИЯ ИЗОБРАЗИТЕЛЬНОМУ

ИСКУССТВУ

Аннотация.

В данной статье была сделана попытка рассказать о значении

современных методик, применяемых при обучении изобразительному искусству,
показать закономерности обучения, задачу, стоящую перед творческим педагогом, и
пути ее выполнения. Поэтому в данной статье была широко и подробно освещена
теоретико-методическая

информация

о

современных

методиках

обучения

изобразительному искусству.

Ключевые слова:

изобразительное искусство, современные методики,

интерактивная методика, индивидуальная методика, моделирование.

Mustaqil taraqqiyot yo‘liga kirgan respublikamiz cheksiz kelajakli va nurafshon tarixiy

jarayonning boshida turibdi. “Mamlakatimizda yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga alohida e’tibor
qaratilmoqda. O‘g‘il-qizlarning zamonaviy bilim olishi, yuksak ma’naviyatli bo‘lib ulg‘ayishi
uchun zarur sharoit yaratish lozim”

1

Mamlakatni barcha sohalarini rivojlantirishda eng avvalo

yoshlarni ta’lim tarbiyasi eng muhim o‘rinda turadi.

1

Shavkat Mirziyoyev 15-iyun kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan "Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas

dinimizning sofligini asrash – davr talabi" mavzuidagi anjumanda yosh avlod tarbiyasi haqida so‘zlagan nutqi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

157

Yurtboshimiz ham biz yoshlarning bilim olishimiz uchun ko‘plab imkoniyatlar

yaratmoqdalar. “Agar mendan sizni nima qiynaydi?”

2

deb so‘rasangiz, farzandlarimizning ta’lim

va tarbiyasi deb javob beraman degan edi prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev. Halqimiz o‘zini
siyosiy va ma’naviy mustaqilligini tobora aniqroq tushunib etmoqda. U eski mafkuraning va
mutelik psixologiyasining kishanlaridan tozalanib, o‘z tarixiga, hozirgi kuni va istih boliga boshh
acha ko‘z bilan qaramoda. Milliy-ma’naviy qadriyatlarimizni tiklash va rivojlantirish yo‘lidan
bormoqda. Asriy an’analarga ega milliy urf-odatlar, nishonlanadigan bo‘ldi. Sho‘ro mafkurasi
inkor etgan tarixiy qadriyatlar, siymolar, manba’lar, madaniy boyliklar kayta tiklanildi. Amir
Temur, Bobur, Ahmad Yassaviy, At-Termiziy, Bahovuddin Naqshband kabi ulug siymolarning
taqdiri, hayoti, merosi ma’naviyatimizga qaytarilayotgani istiqlolning bebaho g’alabalaridir.

Respublikamizning kelajakda buyuk mamlakatga aylanishi, jahonning rivojlangan

davlatlari qatoriga qo‘shilishida albatta xalqimiz madaniyati, ma’rifati, san’ati va manaviyatining
roli beqiyosdir. Xalqimiz ma’naviyat va madaniyatini boyitishda tasviriy san’atning ham o‘z
o‘rni bor. Hozirgi davrda har sohada bo‘lgani kabi tasviriy san’atda ham katta o‘zgarishlar
bo‘lmoqda. Bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchisi so‘zsiz, tasviriy san’atning ifoda vositalari
haqida chuqur ma’lumotga ega bo‘lishi, turli badiiy materiallarning xususiyatlari va ulardan
foydalanish yo‘llarini mukammal egallashlari kerak. Tasviriy san’at o‘qituvchisining o‘zi qalam
va bo‘yoqlar bilan rangda ifoda etish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi bilan birga, bu sohadagi
bilimlarini o‘quvchilariga ham yetkaza olishi zarur. Buning uchun o’qituvchilar o’z
mutaxassislik fanlarini o’qitichda turli zamonaviy metodikalardan foydalanmog’i lozim.

O’qituvchi o’qitish mеtodlariga asoslanib ish yuritganda mutaxassislik fanlaridan kеlib

chiqadi. Tasviriy san’atning nazariy asoslarini yoki faoliyat turini o’qitganda o’qituvchi bir xil
mеtodlardan foydalanishi mumkin emas.

O’qitish mеtodikasini o’rganadigan bo’lsak, uning tarixi juda uzoqlarga ya’ni kishilar

qachon birbirlariga rasm chizishni o’rgata boshlagan paytlariga borib taqaladi. U kishilik
jamiyatining taraqqiyoti davrida takomillashib brogan bo’lib, davr o’tishi bilan o’qituvchilar,
olimlar uning yangidan-yangi qirralarini ochganlar va u mutaxassislar orasida keng tarqala
boshlagan. Shuni xam qayd qilish lozimki, shakllangan har bir mеtod shaklan bir xil bulsada,
uni bir o’qituvchi, ikkinchi o’qituvchidan o’rganib, shundayligicha qo’llayvеrmaydi. Uni xar bir
o’qituvchi o’z maktabidagi moddiy-tеxnikaviy shart-sharoitlar, bolalarning bilim va
malakalarining saviyasi, dars mavzusi uning o ‘ziga xos xususiyatlari va boshqa shu kabilarni
hisobga olishi lozim. Shunga ko’ra boshka o’qituvchi qo’llayottan va yaxshi samara bеrayotgan
bir mеtod boshqa o’qituvchi faoliyatida yaxshi natija bеrmasligi ham mumkin.

Shuning uchun qo’llashga mo’ljallangan har bir mеtod pеdagogik faoliyat davomida

tajriba-sinovdan o’tkazilishi maqsadga muvofiqdir. Sinov bir marta emas, bir nеcha marta
o’tkazilishi lozim. Chunki, bir guruhga mo’ljallangan mеtodika boshqa vaqtda yuqorida qayd
qilinganidеk, sharoitga qarab boshqa guruhda boshqacha natija bеrishi mumkin. Tanlangan va
qo’llanib kеlinayotgan har bir mеtod shaklan o’zgarmay qolsa ham, mazmunan o’zgarishi
ham mumkin.

2

Shavkat Mirziyoyev 15-iyun kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan "Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas

dinimizning sofligini asrash – davr talabi" mavzuidagi anjumanda yosh avlod tarbiyasi haqida so‘zlagan nutqi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

158

Biz tasviriy san’at sohasi mutaxassislari sifatida talabalarga bilim berishda turli

metodlardan foydalanishimiz lozim. Tasviriy san'atni o’qitishda ta'limga innovatsion
yo’nalganligi, ta'lim mazmuni, shakl, metod va vositalarini fan va texnikaning so’nggi yutuqlari,
ilg’or tajribalar, zamonaviy metodikalar bilan uyg’unlashtirishga qaratilmog’i lozim. Shu bilan
bir qatorda, zamonaviy pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan
foydalanish orqali o’quv jarayonlari mazmuni va metodlarini takomillashtirish muhim
yo’nalishlardan sanaladi.

3

Bu esa o’z navbatida tasviriy san'at o’quv mashg’ulotlarini tashkil

etishning samarali shakllari sifatida ma'ruza, trening, videotrening, internet innovatsion o’qitish
metodlari sifatida esa muammoli metodlar, interfaol metodlar, amaliy o’yinlar, o’quv loyihalari,
portfoliolar, grafik organayzerlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish
zaruratini yuzaga chiqaradi.

4

Yuqoridagi metodlardan foydalangan holda tasviriy san’at fanlarini o’qitilishi talabalarni

darsni yanada chuqurroq o’zlashtira olishlarini kafolatlaydi.

Eng avvalo tasviriy san’atni o’qitishda talabalar bilan individual ishlashning ahamiyati

katta. Bu metod yordamida qoloqlarsiz oʻqitish darajasiga erishish mumkin. Bundan tashqari
tasviriy san'at o’quv-ijodiy ustahonalari yetarlicha yorugʻ va keng boʻlishi kerak. Yorugʻlik
normal boʻlmagan joyda koʻrish sezgilariga zoʻr berish zararlidir. Bunday xollarda
oʻquvchilarning tez charchashlari oqibatida darsga boʻlgan qiziqishlari sustlashishiga olib keladi.
Shu bilan bir qatorda interfaol metodlardan ham foydalanish darsni sifatli tashkil etishda
ahamiyatli hisoblanadi.

Interfaol o’qitish bu bilish faoliyatini rivojlantirishning maxsus tashkiliy shakli bo’lib,

interfaol o’qitish jarayonida ta'lim oluvchi o’qitishning ob'ektidan o’zaro hamkorlikning
sub'ektiga aylanishi, o’quv jarayonida faol ishtirok etishi bilan tavsiflanadi. O’qitishning
interfaol metodlari hayotiy vaziyatlarni modellashtirish, rolli o’yinlardan foydalanish,
muammolarni hamkorlikda yechishda ko’rib chiqiladi.

Interfaol o’qitish talabalardan axborotlarni o’zlashtirish jarayonida faollik, ijodkorlik,

mustaqillikni shakllantiribgina qolmay, ta'lim maqsadlarining to’laqonli amalga oshishiga
yordam beradi.

Interfaol mashg‘ulotlarni amalda qo‘llash bo‘yicha ayrim tajribalarni o‘rganish asosida

bu mashg‘ulotlarning sifat va samaradorligini oshirishga ta'sir etuvchi ayrim omillarni
ko‘rsatishimiz mumkin. Ularni shartli ravishda tashkiliy-pedagogik, ilmiy-metodik hamda
o‘qituvchiga, o‘quvchilarga, ta'lim vositalariga bog‘liq omillar deb atash mumkin.

Ta'lim jarayonini innovasion usullardan foydalanib tashkil etish uchun, avvalo darsning

rejasi va loyihasi aniq ishlab chiqilishi zarur. Dars loyihasini tuzishda o‘qituvchi o‘zining ish
shakllari va o‘quvchilarning ko‘nikmani egallash jarayonidagi ishlari doirasini aniq belgilab
olishi lozim. Shuningdek, u qanday o‘qitish usullaridan foydalanishi ham muhim ahamiyatga
ega. Faol tanlashda ko‘proq interfaol usullarga e'tiborni qaratish ta'lim samaradorligini oshiradi.

3

A. I. Avazboyev. Y. U. Ismadiyarov. “Kasbiy pedagogika” Toshkent: Cho’lpon nomidagi ijodiy matbaa uyi. 2014

y.

4

A. I. Avazboyev. Y. U. Ismadiyarov. “Kasbiy pedagogika” Toshkent: Cho’lpon nomidagi ijodiy matbaa uyi. 2014

y.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

159

Interfaol usullar – bu o‘zaro harakat, ya'ni hamkorlik asosida o‘qitish demakdir.

5

Ma’lumki bugingi kundagi tasviriy san’atni oʻrgatish metodikasi birdaniga shakllangan

emas, bunga qadar mazkur metodikaning shakllanishi murakkab taraqqiyot yoʻlini bosib oʻtdi
desak mubolag’a bo’lmaydi. Respublikamizda tasviriy san'atni oʻrgatish metodikasining
shakllanishida mahalliy olimlar, metodistlarning qator izlanishlari, oʻquv qoʻllanmalarning
ahamiyati juda katta oʻrin tutadi. Badiiy pedagogika metodika sohasidagi soʻngi yutuqlari
koʻrsatilgan va talabalarni pedagogik faoliyatga tayyorlash, ularni metodik bilim va mahoratlar
bilan qurollantirish oʻqitish san'atini egallashiga yordam berishni oʻziga asosiy maqsad qilib
qoʻygan. Oʻqituvchi tasviriy va amaliy san'at darslarining tashkilotchisi, rahbari va ilhomchisi.

Tasviriy san'at muallimi – ilmiy izlanuvchan ijodkor. Rassom oʻqituvchilar qayerda,

qanday oʻquv maskanida ta'lim jarayonini olib borishidan qat'iy nazar pedagogik faoliyati ijodiy
izlanishlar bilan boyitib borsa, shundagina yaxshi shogirdlar, haqiqiy rassomlarni shakllanitirish
imkoniyatiga ega boʻladi.

Tasviriy va amaliy san'at oʻqituvchisining oʻz sohasidagi savodxonligi yetarli darajada

boʻlsagina oʻquvchilar bilan yonma-yon oʻtirib oʻzlari amaliy namuna koʻrsata oladilar.

Oʻshandagina oʻquvchilar oʻz koʻzlari bilan murabbiy rassomning egallagan mahorat

sirlarini amaliy ishlarida koʻrib ruhan his qiladi hamda san'atning nozik sirlarini tushunib
yetishishiga imkoniyatlari kengayadi.

Tasviriy san'at mashgʻulotlari har tomonlama rivojlangan insonning tarbiyalashi uchun

boy imkoniyatlar ochib beradi. Tasviriy san'at bilan shugʻullanish bolalarning aqliy va estetik
jihatdan rivojlantiradi, dunyoni tushunishiga koʻmaklashadi, buyumlarni e'tibor bilan kuzatishga,
ularning shaklini tahlil qilishga oʻrgatadi. Tasviriy san'atdan savodni chiqarmasdan turib, kishi
san'atni tushunishi ham, qadrlashi ham, undan huzur qilishni ham bila olmaydi. Bolalar
tarbiyasida zamondoshlarimiz mehnatini goʻzalligini koʻrsatishga, mustaqil davlat taraqqiyoti
yutuqlarini oʻrganish alohida oʻrin egallaydi. Bu oʻquvchilarning ijodiy aktivligini oshirishga
ularning kuchini, ma'naviy quvvatini yangi hayot qurish uchun kurashga safarbar etishga
koʻmaklashadi.

REFERENCES

1.

Shavkat Mirziyoyev 15-iyun kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan "Ijtimoiy barqarorlikni
ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi" mavzuidagi anjumanda
yosh avlod tarbiyasi haqida so‘zlagan nutqi.

2.

X. Ibragimov. “Pedagogika nazariyasi”. Toshkent : Fan va texnologiya nashriyoti. 2008 y.

3.

A. I. Avazboyev. Y. U. Ismadiyarov. “Kasbiy pedagogika” Toshkent: Cho’lpon nomidagi
ijodiy matbaa uyi. 2014 y.

4.

Abdirasilov S.F., Boymetov B.B., Tolipov N.X. Tasviriy san'at.–T.: 2010 35 b

5.

Botir Boltabayevich Baymetov, Laylo Mirsoatova “Oliy pyedagogik ta’limda inson
qomatini tasvirlashning nazariyasi va metodikasi” maqolasi "Science and Education"
Scientific Journal November 2020 G’ Volume 1 Issue 8.

5

X. Ibragimov. “Pedagogika nazariyasi”. Toshkent : Fan va texnologiya nashriyoti. 2008 y.

References

Shavkat Mirziyoyev 15-iyun kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan "Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi" mavzuidagi anjumanda yosh avlod tarbiyasi haqida so‘zlagan nutqi.

X. Ibragimov. “Pedagogika nazariyasi”. Toshkent : Fan va texnologiya nashriyoti. 2008 y.

A. I. Avazboyev. Y. U. Ismadiyarov. “Kasbiy pedagogika” Toshkent: Cho’lpon nomidagi ijodiy matbaa uyi. 2014 y.

Abdirasilov S.F., Boymetov B.B., Tolipov N.X. Tasviriy san'at.–T.: 2010 35 b

Botir Boltabayevich Baymetov, Laylo Mirsoatova “Oliy pyedagogik ta’limda inson qomatini tasvirlashning nazariyasi va metodikasi” maqolasi "Science and Education" Scientific Journal November 2020 G’ Volume 1 Issue 8.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов