THE ORGANIZATION OF THE KINGDOM OF XIVA, THE POLITICAL SITUATION AND THE STATE ADMINISTRATION SYSTEM IN THE KINGDOM

HAC
Google Scholar
To share
Akmaljonov , A. (2024). THE ORGANIZATION OF THE KINGDOM OF XIVA, THE POLITICAL SITUATION AND THE STATE ADMINISTRATION SYSTEM IN THE KINGDOM. Modern Science and Research, 3(1), 170–178. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28966
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article provides opinions and information about the formation of the Khiva Khanate, the boundaries of the Khanate, the way of life of the population, the reforms carried out in the management system, and the political situation in the Khanate, as well as the military and defense forces, and the introduced positions in the Khanate.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

170

XIVA XONLIGINING TASHKIL TOPISHI XONLIKDAGI SIYOSIY VAZIYAT

VA DAVLAT BOSHQARUVI TIZIMI

Akmaljonov Akbarjon Akmaljon o

g

li

Andijon davlat pedagogika instituti Ijtimoiy-gumanitar fanlar va san’at fakulteti

Tarix yo’nalishi talabasi

Akmaljonovakbarjon2001@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.10636636

Annotatsiya.

Ushbu maqola xiva xonligining tashkil topishi, xonlikning chegaralari,

aholi turumush tarzi, boshqaruv tizimida olib borilgan islohalatlar hamda xonlikdagi siyosiy
vaziyat hamda xarbiy qo’shin va mudofa, xonlikdagi joriy qilingan mansablar haqida fikr-
mulohazalar yuritiladi va ma’lumotlar bayon etiladi.

Kalit so’zlar:

Xiva xonligi, siyosiy vaziyat, aholi, chegaralar, islohatlar, boshqaruv,

davlat, xonlik, mudofa, xarbiy qo’shin, mansab.

THE ORGANIZATION OF THE KINGDOM OF XIVA, THE POLITICAL

SITUATION AND THE STATE ADMINISTRATION SYSTEM IN THE KINGDOM

Abstract.

This article provides opinions and information about the formation of the Khiva

Khanate, the boundaries of the Khanate, the way of life of the population, the reforms carried
out in the management system, and the political situation in the Khanate, as well as the military
and defense forces, and the introduced positions in the Khanate.

Key words:

Khanate of Khiva, political situation, population, borders, reforms,

administration, state, khanate, defense, military, career.

ОРГАНИЗАЦИЯ КОРОЛЕВСТВА КХИВА, ПОЛИТИЧЕСКАЯ СИТУАЦИЯ

И СИСТЕМА ГОСУДАРСТВЕННОГО УПРАВЛЕНИЯ В КОРОЛЕВСТВЕ

Аннотация.

В данной статье приводятся мнения и сведения об образовании

Хивинского ханства, границах ханства, образе жизни населения, реформах, проводимых
в системе управления, и политической ситуации в ханстве, а также военные и
оборонительные силы, а также введенные позиции в ханстве.

Ключевые слова:

Хивинское ханство, политическая ситуация, население, границы,

реформы, управление, государство, ханство, оборона, армия, карьера.

„Вuyuk tarixda hech narsa izsiz ketmaydi. U

xalqlarning qonida, tarixiy xotirasida saqlanadi.“

Shavkat Mirziyoyev

KIRISH

Xiva xonligi XIX asrning ikkinchi yarmida janubda Eron, sharqda Buxoro amirligi,

g‘arbda Kaspiy dengizi, shimolda qozoq juzlari yerlari O‘rta Osiyo davlatlarining hududi bilan
chegaradosh bo‘lgan. Xonlikning ma’muriy markazi Xiva shahri hisoblangan. Xonlikda Xiva,
Kat, Yangi Urganch, Hazorasp, Qo‘ng‘irot, Xo‘jayli kabi bekliklarning markazlari bor edi. Xiva
xonligi 18 ta beklik, 2 ta noiblikka bo‘lingan va ularni xon tomonidan tayinlangan beklar va
to‘ralar boshqargan. Xorazm hududida jami 20 ga yaqin o‘zbek qabilasi istiqomat qilar edi. Ular
orasida qo‘ng‘irot, mang nayman, qipchoq va qiyot qabilalari ko‘p sonli va eng kuchli qabilalar


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

171

bo‘lgan. Shayboniyxon bosqini arafasida Xorazm temuriy Sulton Husayn Boyqaro boshliq
Xuroson davlati tasarrufida edi. Xorazmda qo‘ng‘irot qabilasidan chiqqan Chin So‘fi hokim edi.

U rasman Husayn Boyqaro noyibi hisoblanardi. 1505-yili Shayboniyxon, 1510-yilda esa

Eron hukmdori shoh Ismoil Xorazmni bosib oldilar. Biroq shoh Ismoilning hukmronligi uzoqqa
bormadi. Vazir shahri qozisi Umar qozi yetakchiligida safaviylar hukmronligiga qarshi harakat
boshlanadi. Xorazmning mo‘tabar zotlari mamlakat taxtiga Shaybon avlodlaridan Berka
Sultonning o‘g‘li Elbarsxonni o‘tqizishga qaror qildilar. U bu davrda Dashti Qipchoqda edi.

Berka Sultonning xonadoni Shayboniyxon xonadoni bilan garchand bir shajaradan

bo‘lsa-da, ular o‘zaro dushmanlik munosabatida edilar. 1480-yilda o‘zaro toj-u taxt uchun
kurashda Muhammad Shayboniyxon tomonidan o‘z bobokaloni Shaybonxon avlodiga mansub
Berka Sultonning o‘ldirilganligi buning sabablaridan biri edi.

MATERIALLAR VA USULLAR

Xorazmning erksevar xalqi Elbarsxon yetakchiligida 1511-1512-yillarda Eron

qo‘shinlarini mamlakatdan butunlay quvib chiqarishga muvaffaq bo‘ldi. Shu tariqa 1511-yilda
Xorazm mustaqilligi tiklandi va bu davlat endi Xiva xonligi deb atala boshlandi. Bu davlat
asoschisi ham shayboniylar vakil lari bo‘ldi. Xiva xonligida shayboniylar hukmronligi 1770-
yilgacha davom etdi. Elbarsxon davrida mamlakat poytaxti Vazir shahridan Urganch shahriga
ko‘chirildi. Elbarsxon Vazir shahrini Eron qo‘shinlaridan ozod etgach, bu g‘alaba sharafiga o‘z
o‘g‘illari nomiga ,,g‘ozi“ laqabini qo‘shib aytilishini buyurgan. Elbarsxon davrida Dashti
Qipchoqdan Xorazmga ko‘pgina qabilalaming ko‘chib kelishi yanada kuchaydi. Natijada xonlik
hukmdoriarining ijtimoiy tayanchi mustahkamlandi. Bu omil Xiva hukmdoriga xonlik hududini
qo‘shni davlatlar hisobiga kengaytirib olish imkonini berdi. Chunonchi, Elbarsxonning 1516-
yilgacha bo‘lgan hukmronlik davrida Shimoliy Xuroson, Saraxs, Oral va Mang‘ishloq egallandi.

Movarounnahrdagi Shayboniylar davlati kichik mulklarga bo’lingan. Xiva xonligining

aholisi etnik, madaniy va til jihatdan bir-biridan keskin farq qiluvchi uch guruhga bo‘lingan: 1)
qadimiy xorazmliklaming bevosita avlodlari; 2) turkman qabilalari; 3) Dashti Qipchoqdan
Xorazmga ko‘chib kelgan qabilalar. Ayni paytda ular markaziy hokimiyatga bo‘ysunmaslikka,
mustaqillikka intilishgan. Bu holat o‘zaro nizolami keltirib chiqargan. Xiva xonligida yirik
o‘zbek qabilalarining boshliqlari amalda mustaqil mulk egalariga aylangan. Ular xonlikning
butun ijtimoiy-siyosiy hayotiga hal etuvchi ta’sir ko‘rsatib kelganlar. XVI asrda Xiva xonligi
iqtisodiy inqirozga duchor bo‘ldi. Buning asosiy sabablaridan biri — Amudaryoning o‘z o‘zanini
o‘zgartirib, 1573-yildan boshlab Kaspiy dengiziga oqmay qo‘yganligi bo‘ldi. Daryo 15 yil
davomida Oral dengizi yo‘nalishiga burildiki, natijada eski o‘zan atrofidagi yerlar cho‘lga
aylandi. Aholi esa xonlikning boshqa hududlariga ko‘chib o‘tishga majbur bo‘lgan. Bundan
tashqari, Xiva xonligining XVI asrda ikki marta Buxoro xonligi tomonidan bosib olinishi,
shuningdek, o‘zaro qabilaviy urushlar, og‘ir soliqlar hamda turli to ‘lov va jarimalar mamlakat
ahohsini xonavayron qilgan. Bu hol savdo-sotiqqa katta putur yetkazgan. Markaziy Osiyoda
dastlab tashkil topgan, doimo o‘zaro dushmanlik munosabatlari hukm surgan. Buning asosiy
sababi — xonliklarning doimo bosqinchilik urushlari hisobiga o ‘z hududlarini kengaytirishga
urinishlari bo‘lsa, ikkinchisi, Buxoro va Xiva xonligida hukmron sulolalaming bir-biriga g‘anim
bo‘lib qolgan xonadonlarga mansubligi edi. Xivani Buxoroga bo‘ysundirish harakati
Ubaydullaxon davrida boshlandi. Ubaydullaxon 1537—1538-yillarda Xorazmga hujum qilib,


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

172

Xiva xonligini Buxoroga bo‘ysundiradi. Xiva xoni Avaneslixon (1525—1538) qo‘shinlari tor-
mor keltirildi, xonning o‘zi esa o‘ldirildi. Ubaydullaxon o‘g‘li Abdulazizni Xorazmga noib etib
tayinladi. Biroq bu ahvol uzoq davom etmadi. Mahalliy xalq Avaneslixon avlodlari boshchiligida
mamlakatni ozod etdi. Ubaydullaxon yuborgan qo‘shin ham tor-mor keltirildi.

Abdulazizxon Urganchdan Buxoroga qochib ketadi. Keyingi hukmdorlar davrida ham bu

ikki xonlik o‘rtasidagi adovat va dushmanlik to‘xtamadi. Jumladan, Buxoro xoni Abdullaxon II
1593-yili Xiva xonligini bosib oladi. Xiva xoni Hojimxon (1558—1602) oilasi bilan Eron shohi
Abbos huzuriga qochishga majbur bo‘ladi. 1595-yilda Xiva sultonlari xonlikning yirik
shaharlarini egallaydilar. Lekin shu yili Abdullaxon II Xiva xonligi ustiga yana qo‘shin tortib
keladi. Hoji Muhammad (Hojimxon) yana Eronga qochadi. Faqatgina 1598-yili Abdullaxonning
vafotidan keyin Buxoro xonligida boshlangan o‘zaro toj-u taxt uchun kurashlar oqibatida
Hojimxon Xiva xonhgi taxtini qayta egallashga va o‘z hokimiyatini mustahkamlab olishga
erishadi. Bu davrda Xiva xonligi Mang‘ishloq, Bolxon tog‘lari, Dehiston, 0‘zboy, Shimoliy
Xuroson hududlarini ham o‘z tasarrufiga olgan edi. 1511-yilda Markaziy Osiyoda yana bir davlat
— Xiva xonligi tashkil topdi. Xiva xonligining asoschisi Dashti Qipchoqlik Elbarsxon edi.

Abdullaxon II davrida Xiva xonligi 2 marta (1593-va 1595-yilda) Buxoroga

bo‘ysundirilgan. Xiva xonligi tarixiga oid manbalar, arxiv hujjatlari va ilmiy adabiyotlarni
chuqur tahlil etgan manbashunos olim Sh. Vohidov xonlikda quyidagi amallar, unvon va
mansablar, vazifalar bo‘lganligi haqida ma’lumot beradi: Amir ul-umaro, aravachi, arbob, a’lam,
buxchi, buxchabardor, vazir, vakil, bek, beklarbegi, biy, bojbon, botirboshi, bog‘bon,
darvozabon, dasturxonchi, dahboshi, devon, devonbegi, dorg‘a, doruchi, dorug‘a, jallod,
jallodboshi, jarchi, jirchi, zargar, imom, imomi jilav, inoq, yilqibon, kalontar, karvonboshi,
karnaychi, katxudo, kitobdor, kitobbardor, kulol, kutvol, kuchanchi, ko‘mirchi, loykash,
mahram, mahramboshi, dahboshi, mahsido‘z, mergan, mehtar, miltiqsoz, mingboshi, mirob,
miroho‘r, muazzin, mudarris, mutavalli, mufti, mufti askar, mushrif, muharrir, muhtasib, navkar,
naqib, naqibxo‘ja, noib, nonvoy, otaliq, otchopar, oftobachi (qumg‘onchi), oxun, oshpaz, oqo-
og‘o, oqsoqol, panjohboshi, panjsadboshi, parvonachi, poyaki, rais, raisi kalon, ro‘molchi, sayis,
sandiqchi, sarboz, sarbon, sarroj, sarhang, selobchi, sipohiy, soatsoz, sozanda, suvchi, soqchi,
surnaychi, so‘fi, temirchi, tikuvchi, tirnoqchi, tovoqchi, toshchi, tunqator, tug‘chi, tug‘chiboshi,
to‘pchi, to‘ra, to‘shakchi, udaychi, farrosh, farrosh yuzboshi, xazinachi, xalifa, xodimchi, xon
poyabzalchisi, xo‘jasaro, chitgar, chodiri, cho‘pon, shayx ul-islom, shamchi, shamxolchi,
sharbatdor, sharbatchi, shahzoda, shig‘ovul, sholikor, shotir, ellikboshi, eshikoqosi, yuzboshi,
yo‘nuvchi, o‘nboshi, o‘tar (sartarosh), qayiqchi, qalandar, qiziqchi, qilichkor, qozi, qozi askar,
qozi qalon, qozi ulqo‘zot, qozi urdu, qorovul, qorovul begi, qushbegi, qo‘shbegi, hokim, yasovul
boshi. Xiva xonligining davlat tuzilishi o‘zining mukammalligi jihatidan o‘z davrining ba’zi bir
G‘arbiy Yevropa davlatlari tuzilishi darajasida bo‘lmasa-da, biroq ma’lum idora qilish tizimi
mavjud bo‘lib, yetarli darajada tartibli edi. Shunga binoan, yuqorida eslatganimizdek, davlat
mansablari saroy-ma’muriy, diniy va harbiy lavozimlarga bo‘linar edi. Bu vazifalarni
bajaruvchilarga davlat xazinasidan tegishli maosh va mukofotlar berilgan. Sanab o‘tilgan turli-
tuman amaldorlar va xizmatkorlarning mavjudligi Xiva xonligida juda katta boshqaruv apparati
bo‘lganligi, mukammal boshqaruv siyosati yuritilganligini tasdiqlaydi. XVI-XVIII asrlarda xiva
xonligining xarbiy va mudofa tizimi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

173

METADALOGIYA

Xiva xonligining tashkil topish jarayonidagi harbiy qo’shin va mudofa holati

Shayboniyxon bosqini arafasida Xorazm temuriy Sulton Husayn Boyqaro boshliq Huroson
davlati tasarrufida edi. Xorazmda qo’ng’irot qabilasidan chiqqan Chin So’fi hokim edi. U rasman
Husayn Bayqaro noibi hisoblanardi. 1505-yilda Shayboniyxon, 1510-yilda esa Eron hukmdori
Shoh Ismoil Xorazmni bosib oldilar. Biroq Shoh Ismoilning hukmronligi uzoqqa bormadi. Vazir
Shahri qozisi Umar qozi yetakchiligida safaviylar hukmronligiga qarshi xarakat boshlanadi.

1511-yilda Xorazmning mo’tabar zotlari mamlakat taxtiga Shayboniyxon avlodlaridan

bo’lgan Berka Sultonning o’g’li Elbarsxonni o’tqazishga qaror qildilar. Shu tariqa Xiva xonligiga
asos solindi. Tez orada Xiva, Xazorasp, Kat qizilboshlilardan tozalandi. 1524-yilda Shoh
Ismoilning o’limi o’zbeklarning Urganchda mustahkam o’rnashib, bu hududdagi anchagina
yerlarni – Sharqda hozirgi Turkmanistonning janubiy qismi, Eronning Shimolida Saraxs tumani,
Orol va Mang’ishloqni qo’shib olishga imkon berdi. Elbarsxon davridayoq, xonlikning siyosiy
geografiyasi shakllanib bo’ldi. Uning tasarrufiga Xorazm – Amudaryo etaklaridagi qadimiy
dehqonchilik vohasi, Shuningdek Mang’ishloqning Abulxon tog’lari, Dehiston va O’zboy
atrofidagi ko’chmanchi turkman hududlari kirgan. Xiva xonligining Sharqiy chegarasi to XX
asrgacha Amudaryo chap sohilidagi Darg’on (Darg’onota) qal’asi hududi bo’lgan 1. Elbarsxon
tomonidan Xiva xonligida harbiy kuchlar va qo’shinga alohida e’tibor berildi. Yozma
manbalarda qayd etilishicha, bu davrda eng asosiy jang qurollari o’q va kamon bo’lgan 2. Oddiy
kamon yoy shaklida egilgan qattiq yog’ochning ikkala uchini mustahkam ip bilan tarang qilib
bog’lash orqali yasalgan.

Bu davrda kamonning asosi tashqi tomondan chandir, ichki tomondan silliq muguz bilan

yopishtirilgan yog’ochdan iborat bo’lgan. Ba’zida tutqichning o’rtasi va oxiri suyak (dandon)
bilan qoplangan. Bu kamonning o’qi uzoqqa otiladigan alohida, murakkab turi edi. Shu bilan
birga, murakkab tuzilishga ega kamonlarning turlari ham turlicha bo’lgan. Kamondan o’q uzish
nafaqat o’t ochish qurollari paydo bo’lgunga qadar, balki undan keyin ham O’rta Osiyoda
muayyan masofadan turib nishonga urishning asosiy usuli bo’lib kelgan. Bu esa XVII asr oxiri
va XVIII asr boshlaridagi qabilalar yo’lboshchilarining mavqeining oshishi va iqtisodiy
qudratining o’sishi bilan asoslanadi. Ularning tayanch kuchi bevosita qabila sardoriga
bo’ysunadigan otliq askarlar hisoblanar edi. Ba’zi bir shaharlar xunarmandchilik ishlab
chiqarishining yirik markazlari edi. Hunarmandlar ushbu madaniy markazlar aholisining asosiy
qismini tashkil etgan holda, ularning bir qismini qurol-yarog’ tayyorlashga ixtisoslashgan.
Siyosiy qudrati ko’p jihatdan qurolli kuchlarga bog’liq bo’lgan Xiva xonligining poytaxti
hisoblangan Urganchda XVIII asrning birinchi yarmida qurol-yarog’ yasash ishlari sezilarli
darajada rivojlangan. Qo’shin va harbiylashgan qismlar uchun qilichlar, xanjarlar, oyboltalar,
jangovor boltalar, sovutlar, dubulg’alar, qalqonlar va turli hildagi qurol-yarog’lar tayyorlangan.
Qilich va o’qlangan kamondan hujum vaqtida otliqlar keng foydalanganlar. Kamondan qamal
qilingan shaharliklar ham qal’a devorlarida turib, unumli foydalanganlar. Binobarin, kamon va
o’qlar turli shakl va o’lchovda tayyorlangan. Tadqiq qilingan tarixiy manba va adabiyotlarda
kamonning o’lchovi o’qining uzunligiga muvofiq kelishi haqida fikr bildirilgan.

Shuningdek, o’q otar qurollar – taxshanlar ham qo’llanilgan. Lekin taxshandozlar XVI-

XVIII asrlardagi harbiy to’qnashuvlarning ishtirokchilari sifatida kamdan kam hollarda tilga


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

174

olinadi. Kamon va o’qlarni olib yurish uchun ustalar sadoq yasaganlar. Aslzodalarga
mo’ljallangan sadoqlar qimmatbaho charmdan tayyorlangan. Ma’lumki, kamondan otish uchun
o’q uyacha (chuqurcha) vositasida ipga mustahkamlangan. O’qlar turli shaklda bo’lishi mumkin
edi. Yog’och, poynak va qush patidan yasalgan o’qlar keng tarqalgan. Ba’zida o’q yasashda qush
patidan foydalanilgan. Yog’och o’qlar turli turdagi daraxtlardan tayyorlangan, jumladan,
qayindan yasalgan o’qlar tilga olinadi. Paykonlar belgilangan vazifasiga ko’ra turli tuman
bo’lgan. O’qning uzunligi kabi unga suqulgan patlar ham turli shaklda edi. Neftga shimdirilgan
matoni o’qqa o’rash orqali yondiruvchi o’qlar ham tayyorlangan. Qamal qilinganlar qal’a
devorlaridan turib qamal qiluvchilarni o’qqa tutish uchun ulardan foydalanganlar. Qamal
qilayotganlar esa qamal qilinayotgan shaharda yong’in chiqarish maqsadida yondiruvchi o’qlar
otganlar. O’qning o’rtacha qancha masofaga otilishidan amalda jang oldidan qo’shinning
joylashgan o’rnini, ba’zida esa umuman masofani aniqlash uchun foydalanilgan. O’qlarning uchi
suyak (dandon) yoki metalldan yasalgan. Metall uchlar turli shakllarda tayyorlangan va shakldan
kelib chiqib, turli maqsadlarga, masalan, ayrimlari sovutlarni teshib o’tishga mo’ljallangan.
O’qlar va ularning uchlari hunarmandlar tomonidan maxsus yasalgan. Shu bilan birga,
mutaxassis bo’lmagan ba’zi kishilar ham o’z bilganlaricha kamon va o’q yasaganlar. Sovut va
zirhlar (jiba, sovut, javshan) jangchi tanasini sovuq va o’t ochar qurollardan himoya qilgan

1. Hunarmandlar tomonidan tayyorlangan qalqonlar ham turli-tuman ko’rinishda bo’lgan.

Yog’och qalqonlar qal’alar qamali vaqtida qo’shin huzurida bo’lgan hunarmandlar tomonidan
tayyorlanishi mumkin edi. Metall bilan ziynatlangan, nisbatan ishonchli qalqonlar ham
tayyorlangan. Lekin, xususan zamondoshlarining e’tirofiga ko’ra, yaxshi merganlar bo’lgan
“Xorazm yigitlari tomonidan otilgan o’qlar” bunday qalqonlarni ham ba’zida teshib o’tgan. “Ular
shunaqangi yaxshi otar edilarki, - deb yozadi Bobur, - ularning o’qlari bir necha marta qalqon va
sovutni, ba’zida hatto ikki qat sovutni ham teshib o’tgan edi. XIX asr o’rtalariga kelib esa
xonlikda muntazam qo’shin tuzila boshlandi.

Xususan, 1850 yilga kelib Xivada muntazam piyoda va ko’ngilli otliq askarlarning yangi

tarkibi shakllantirildi. Uning tarkibida 1 ta batalon bo’lib, ular ko’proq fors askarlaridan tashkil
topgan. Bu batalonning soni 1000 kishi bo’lib, uning tarkibini bir necha o’nlik sarbozlar guruhi
tashkil qilgan. Bu qo’shinning asosiy burchi xonni qo’riqlash bo’lgan. XIX asr boshlarida
viloyatlarning har birida 1000 tagacha navkarlar bo’lib, harbiy yurish vaqtida nomuntazam
qo’shin to’plangan. 1869 yilga kelib Xiva xonligidagi muntazam qo’shin soni 15000 kishiga
yetadi. Shundan 5000 kishi 16 piyoda, 10000 kishi muntazam otliq qo’shin bo’lgan1 . Yurish
vaqtida bu ko’ngilli qo’shin ya’ni otliq navkarlar 5 tillodan pul olgan va jangda ularning oti o’lsa
unga ham shuncha miqdorda pul berilgan. Munis o’zining “Firdavs ul-iqbol” asarida Muhammad
Rahimxon I ning 1817 yil turkmanlar urug’i takalarga qarshi yurishda har bir navkarga asirga
olgan odami uchun 10 tillo miqdorida pul to’langanligini qayd etadi 2. Harbiy mansab egasi
bo’lganlarga 10, 20, 50 va 100 tillo, hatto bundan ham ko’proq miqdorda pul to’langan. Harbiy
mansab egasi bo’lgan biy 50 tillodan 100 tillogacha, yuzboshi esa 10 tillodan 20 tillogacha maosh
olgan 3. Xivada bo’lgan vengriyalik Arminiy Vamberi o’zining «Puteshestvie po Sredney Azii»
asarida xonlikdagi qo’shin tarkibini guruhlarga bo’ladi va ularga xon tomonidan pul berilganligi
hamda soliqlardan ozod etilganligini yozadi 4. Ammo XIX asr ikkinchi yarmiga kelib, Xivada
tuzilgan muntazam qo’shinning o’z kazarmalari bo’lib, harbiy qal’a atrofida joylashtirilgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

175

Ularga hukumat tomonidan bug’doy, oylik pul va yer berilgan. Muntazam qo’shindagi har bir
sarboz (navkar)ga yiliga 5 tilla (20 rublgacha) va 30 dan 40 botmongacha un (botmon 7 pud 32
funt) un berilgan 5. Ko’ngilli otliq qo’shin faqat harbiy holatda to’plangan va ularning katta
qismini turkman va qoraqalpoqlar tashkil etgan. 1819-1820 yillarda Xivada bo’lgan,
N.N.Muravyev qo’shin sonini 12000 deb yozadi. Lekin bu ma’lumotni aniq deb bo’lmaydi.
Chunki chetdan kelgan har bir kishining orqasidan xon tomonidan agentlar qo’yilib, ularning
nima ish qilayotganini tekshirib turganlar. Shu boisdan, N.N.Muravyev ham xonlikning hamma
joyiga kirish imkoniyatiga ega bo’lmagan. Xonlikdagi qo’shin soni esa vaziyatga qarab o’zgarib
turgan. Xon saroyidagi unvon va mansablar. Unvonlar orasida eng kattasi inoq edi. Odatda
inoqlar eng qudratli o‘zbek urug‘laridan tayinlangan hamda hamda ular xonning eng yaqin
maslahatchilari bo‘lgan. Inoqlar yirik amaldor, ya’ni urug‘ boshlig‘i hisoblangan. Abulg‘ozixon
tantanali marosimlarda o‘tirish uchun inoqlarga o‘z yonidan to‘rtta joy ajratgan. Inoqlar biy,
sulton, mingboshi kabi unvonlarni ham olganlar. XX asr boshlariga kelib inoqlar bek martabasiga
tushib, oliy saroy amaldorlaridan ma’muriy mansab egalariga aylanadilar. Otaliq – urug‘
oqsoqoli. Inoq boshliq to‘pa (guruh) ga birlashgan urug‘ boshlig‘i. Xonning eng yaqin
maslahatchilaridan biri bo‘lgan. Otaliq qilich va pichoq taqib yurgan. Biy – saroy unvoni. Inoq
va otaliqdan keyingi martaba. Biy qabila va urug‘ning boshlig‘i hisoblanib, ko‘chmanchi va
yarim ko‘chmanchi turkiy xalqlarning, jumladan o‘zbeklarning urug‘ oqsoqollariga beriladigan
unvon edi. XVII-XIX asrlarda biylar yirik o‘zbek qabila va urug‘lariga boshchilik qilib, faqat
markaziy hokimiyatga itoat etganlar. Biy unvoni avloddan avlodga meros qilib qoldirilgan. Amir
ul-umaro – Amirlarning amiri, Xiva xonligida XIX asrning o‘rtalarida ta’sis etilgan. Sayid
Muhammadxon bu unvonni birinchi marta o‘zining akasi Sayid Mahmud to‘raga bergan edi.
Muhammad Amin inoq hukmronligi davrida amir ul-umaro uning akasi Fozilbiy edi. O‘shandan
keyin amir ul-umaro unvoni hech kimga berilmagan.

Qo‘shbegi – Xiva xonligida saroyning oliy mansablaridan biri bo‘lib, moliya va soliq

yig‘ish ishlarini bajargan. Qo‘shbegining maxsus devoni hamda unga tobe etuvchi amaldorlari
bo‘lgan. Mehtar – katta, ulug‘ degan ma’noni beradi. Mehtar saroy xizmatkorlarining boshlig‘i
vazifasini bajarib, xonga yaqin kishilardan va xon urug‘iga mansub a’yonlardan tayinlangan.

Mehtarning ham o‘z devoni bo‘lib, yer solig‘i “solg‘ut” to‘plash ham uning xizmatiga

kirgan. Beklarbegi – Qoraqalpoq va ko‘chmanchi xalqlarning oqsoqollariga beriladigan faxriy
unvon. Beklarbegining vazifasi ularning o‘z urug‘laridan yig‘iladigan xarajatlarning to‘g‘riligini
tekshirib turish va ularni to‘la ravishda xazinaga topshirish ustidan nazorat qilishdan iborat
bo‘lgan. Bu lavozimga amaldorlar odatda xonning qarindosh-urug‘laridan tayinlangan. Bek –
XIX asrda Xiva xonligining ijtimoiy-siyosiy hayotida beklar ancha katta rol o‘ynaganlar. Bek –
xon va davlat arboblarining qarindoshlariga, farzandlariga beriladigan faxriy unvondir. Turli
xildagi jabr-zulmlar natijasida dehqonlarning kuchayib borayotgan noroziligi soliqlarni
to‘lashdan, majburiyatlarni bajarishdan ommaviy bosh tortish, yirik zamindorlar yerlarini egallab
olish, soliq yig‘uvchilar va xonlik ma’muriyatining boshqa namoyandalariga hujum qilish
holatlarini ko‘paytirdi. Dehqonlarning chiqishlari yer egalari amaldorlarining uylarini vayron
qilish, qarz tilxatlarini yirtib tashlash va soliq yig‘uvchilarni quvib yuborish bilan birga kechgan
stixiyali isyonlar tarzida yuz berardi. Vaqt o‘tgan sayin xon hokimiyati va mahalliy ma’murlar
suiiste’mollari zo‘rayishi barobarida dehqonlar chi qishlarining uyushganligi va ommaviyligi


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

176

ham o‘sib bordi. XIX asming 80-yillarida Pitnak, Hazorasp, Yangi Urganch, Ko‘hna Urganch
tumanlarida dehqon uyushmalari vujudga kelib, kurash keskin tus ola boshladi. Xon ixtiyorida
ularga qarshi kurash uchun kuchlar yetarli emasdi. Shu bois u Rossiya podshosi qo‘shinlarini
yordamga chaqirdi. Isyonlar bostirilib, dehqonlar harakati rahbarlari qatl etildi. Shunday bo‘lsa-
da, dehqonlarning g‘alayonlari to‘xtamadi. 1902-yilda Matyoqub pishiq rahnamoligida Xonqa,
Hazorasp, Bog‘ot tumanlari dehqonlari qo‘zg‘olon ko‘tarishdi. Xon yana Rossiya podshosi
hukumati qo‘shinlariga murojaat qildi. Qattiq jazo choralari ko‘rilib, qo‘zg‘olon tormor etildi.
Uning rahbarlari qatl qilindi. Mustamlakachi hokimiyat va mahalliy amaldorlarning jabr-zulmi,
turmush sharoitlarining yomonligi ko‘plab xalq g‘alayonlarini keltirib chiqardi. Xalq noroziligi
ommaviy tus oldi va chuqur tomir otdi. XX asr boshlarida arzimas sabablar bilan qo‘zg‘olonlar
yuz berib turardi. Ba’zi tumanlarda sabr kosasi to‘lgan dehqonlar o‘z oilalari bilan xonlikdan
ommaviy tarzda yoppasiga qocha boshladilar. 1906-yilda Yangi Urganch, Xonqa, Hazoraspda
muhtoj dehqonlar yirik zamindorlar yerlarini egallab ola boshlashdi. Xiva xonligida 1910—
1911-yillar qurg‘oqchilik va hosilsizlik yili bo‘ldi. Xonlik aholisi ocharchilik girdobida qolgandi.
Yetkazilgan zararlarni qoplash uchun xon ma’murlari aholidan imkoni bo‘lgan hamma narsani
tortib ola boshladi. Soliqlar esa oshib bordi. Aholining ommaviy qashshoqlashuvi dehqonlarda
norozilik tug‘dirdi. 1910-1917-yillarda dehqonlar g‘alayonlari keng tus oldi: insofsiz katta yer
egalari va boylarni kaltaklash, ulaming imoratlari, xo‘jalik inshootlari, omborlarini buzib
tashlash kabilar avj oldi.

NATIJALAR

1912-yildagi Hazorasp, Xonqadagi qo‘zg‘olonlar keskin tus oldi. Doimiy qo‘zg‘olonlar

natijasida xalq o‘qotar aslahalar bilan qurollanib, urush olib borish taktikasini o‘rganib olgan edi.
Dehqonlar yirik zamindorlar va xonlik amaldorlarining yerlarini egallab ola boshladilar.
Asfandiyorxon 1000 kishilik o‘zining eng sara qo‘shinini qo‘zg‘olonchilarni bostirishga tashladi.
Ammo kutilmaganda Alieli va Toshhovuz o‘rtasida ular qo‘zg‘olonchilar tomonidan tor-mor
etildi. Xonga madadga yetib kelgan podsho hukumati qo‘shinlari qo‘zg‘olonni qiyinchilik bilan
bostirdi. 1912-yilgi qo‘zg‘olon xalq norozilik chiqishlarida yangi omilni namoyon qildi, ya’ni
qo‘zg‘olonchilar o‘qotar aslahalar bilan qurollanib, urush olib borish taktikasini o‘zlashtirgan
edilar Muhammad Rahimxon II vafot etgach, podsho hukumati yordamida taxtni uning o‘g‘li
Asfandiyorxon (1910-1918) egallaydi. Petro-Aleksandrovskda turgan Rossiya harbiy kuchlari
madadiga ishonib, yangi xon islohotlar o‘tkazdi, ishni zulmni kuchaytirish va muxolafatni to‘liq
mahv etishdan boshladi. 1913-yilda u islohotchilar rahnamolaridan biri, mamlakat bosh vaziri
Islomxojani davlat mablag‘larini o‘zlashtirishda ayblab o‘ldirtiradi. Xon buyrug‘iga ko‘ra
yerlarni yangidan o‘lchash boshlandi. Aslida bu tadbir yangi soliqlarni joriy qilishdan iborat edi.
Dehqonlar esa bunga Mang‘it va Xo‘jaylida qo‘zg‘olonlar ko‘tarish bilan javob berishdi.
Xonning tayanchi bo‘lgan podsho hukumati uni uzoq qo‘llay olmadi. Rossiyadagi 1917-yilgi
fevral voqealaridan keyin Asfandiyorxon asosiy tayanchi - podsho hukumatidan mahrum bo‘lib,
bir necha muddat yakkalanib qoldi. Yosh xivaliklar qulay vaziyatdan foydalanib qolishga qaror
qilishdi va islohotlar uchun ochiqdan ochiq harakatni boshlab yubordilar. 1917-yil 5-aprelda ular
Asfandiyorxondan islohotlar o‘tkazish to‘g‘risidagi manifestni imzolashni talab qilishdi.
Islohotlar xon hokimiyati saqlangan, ammo Majlis (deputatlar palatasi) va Nozirlar kengashi
(Vazirlar kengashi) bilan cheklangan konstitutsiyaviy monarxiyani tashkil etishni o‘z ichiga


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

177

olgandi. Yosh xivaliklar, shuningdek, davlat mablag‘lari sarflanishi ustidan nazorat qilish uchun
moliya vazirligi, suv taqsimotini isloh qilish, xonlikning butun hududida yangi usul maktablarini
tashkil qilish uchun qo‘mita tuzishni, temiryo‘llar va pochta-telegraf tizimi qurilishini ham talab
qilishgandi. Podsho hukumati qo‘shinlari madadidan mahrum bo‘lgan Asfandiyorxon har qanday
yo‘l bilan hokimiyatni saqlab qolish va vaqtdan yuritish maqsadida islohotlarni amalga oshirish
to‘g‘risidagi manifestga imzo chekdi. 1917-yil 26-apreldagi Majlisning birinchi sessiyasida 30
nafar xivalik deputat va turkmanlardan 7 nafar vakil ishtirok etdi. Majlis Vazirlar kengashini
sayladi. Ammo ikki oy o‘tmasdan xon boshchiligidagi konservativ kuchlar harbiy to‘ntarishni
amalga oshirdi va Majlisni tarqatib yubordi. Yosh xivaliklar rahnamolari hibsga olinib, ulardan
bir qismi Muhammad Rahimxon II otib tashlandi. Lekin bu voqealarga yangi bir kuch - turkman
urug‘laridan birining sardori Junaidxon aralashdi. 1918-yil yanvarda 1,5 ming kishilik otliq
otryad bilan u Xivani, keyin esa xonlikning boshqa tumanlarini egallab oldi. Asfandiyorxonni
nomigagina taxtda qoldirgan Junaidxon xonlikda o‘zining yakkahokimligini o‘rnatdi.
Keyinchalik uning buyrug‘iga ko‘ra Asfandiyorxon o‘ldirilib, o‘rniga Said Abdulla taxtga
o‘tqazildi. Rossiya hukumati Xivada «inqilob» tayyorlay boshladi. Bolsheviklar tomonidan
egallab olingan Petro-Aleksandrovskda Kommunistik partiya tuzilib, to‘ntarishga tayyorgarlik
ko‘rilgan. To‘ntarish 1920-yil 2-fevralda ro‘y berdi va tarixda u «xalq inqilobi» nomini oldi. 27-
aprelda Sovetlarning birinchi Butun Xiva qurultoyi to‘rt asrdan ortiqroq vaqt mavjud bo‘lgan
Xiva xonligi o‘rnida Xorazm Xalq Sovet Respublikasi (XXSR) tashkil topganini e’lon qildi.

XULOSA

Xulosa o’rnida aytish mumkinki Xiva xonligidagi amalga oshirilgan islohatlar natijasida

tarix saxifasida azaliy va o’chmas tarix sahifalariga muhirlanib qoldi. Qo’ngirotlarning
hukmronligi davrida davlatning tashqi va ichki siyosatiga doir qator yangi fikrlar o’rganildi.
O’rta Osiyoda shakllangan uchta mustaqil - Buxoro, Xiva va Qo’qon xonliklari tarixiga
bag‗ishlab alohida-alohida asarlar yaratilgan edi. Bu tarixiy asarlar mazkur xonliklarning tarixini
o’rganishda asosiy manba bo’lib xizmat qiladilar. Xiva xoni va tarixnavisi Abulg’oziy tomonidan
tarixiy asarlar yozish an‘anasi, keyinchalik atoqli tarixnavislar va ajoyib shoirlar Shermuhammad
Munis, Muhammad Rizo Ogahiy va Muhammad Yusuf Bayoniy tomonidan davom ettirilgan edi.
Xorazm tarixi bo’yicha yozilgan hamma tarixiy asarlarni o’zbek tilida ijod etgan mazkur
tarixnavislar bir-birlarining ishini davom ettirib, uzoq davrni o’z ichiga qamrab olgan Xiva
xonligi tarixini o’rganishda ajoyib ma‘lumotlarga boy qator qimmatli tarixiy asarlar yaratildi.
Xiva xonligining siyosiy hayotida ro’y bergan katta voqealardan biri Xiva xonligini podsho
Rossiyasi tomonidan bosib olinishi edi. Muhammad Yusuf Bayoniy o’zining «Shajarayi
Xorazmshohiy» asarida bu masalaga juda mufassal to’xtalib o’tgan va bu borada juda qimmatli
ma‘lumotlarni keltirgan. Bayoniy o’zining «Shajarayi Xorazmshohiy» asarida bu masalaga juda
mufassal to’xtalib o’tgan va bu borada juda qimmatli ma‘lumotlarni keltirgan.

REFERENCES

1.

Soyibjon Tillaboyev,Akbar Zamonov O’zbekiston tarixi sharq nashiryoti Toshkent -
2019

2.

Shamsutdinov R,Karimov Sh. Vatan tarixi.ikkinchi kitob. T: Sharq,2020 yil


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

178

3.

Shamsutdinov R. va boshq. Vatan tarixi. K.1 / Mas’ul muharrir: A. Sagdullayev. – T.:
Sharq, 2016. –B.41-105.

4.

https://api.ziyonet.uz/uploads/books/696768/54d998730301a.pdf

5.

O’zbekiston milliy ensiklopediyasi. 12-jildlik. Toshkent.

6.

Vatan tarixi. R.Shamsutdinov. Sharq 2016. Toshkent.

7.

Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. I.Karimov. Sharq 1998. Toshkent.

8.

Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. O’zbekiston
2016. Toshkent.


References

Soyibjon Tillaboyev,Akbar Zamonov O’zbekiston tarixi sharq nashiryoti Toshkent -2019

Shamsutdinov R,Karimov Sh. Vatan tarixi.ikkinchi kitob. T: Sharq,2020 yil

Shamsutdinov R. va boshq. Vatan tarixi. K.1 / Mas’ul muharrir: A. Sagdullayev. – T.: Sharq, 2016. –B.41-105.

https://api.ziyonet.uz/uploads/books/696768/54d998730301a.pdf

O’zbekiston milliy ensiklopediyasi. 12-jildlik. Toshkent.

Vatan tarixi. R.Shamsutdinov. Sharq 2016. Toshkent.

Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. I.Karimov. Sharq 1998. Toshkent.

Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. O’zbekiston 2016. Toshkent.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов