SYNTACTIC CHARACTERISTICS OF DIALECT WORDS

HAC
Google Scholar
To share
Toshnazarova , S., Azizova, D., Abduxakimova, M., & Xamdamova, A. (2024). SYNTACTIC CHARACTERISTICS OF DIALECT WORDS. Modern Science and Research, 3(2), 272–275. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/29016
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In the article, the field of dialectology in Uzbek linguistics. Views on the study of existing dialects and dialects of the language, their syntactic features are revealed.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

272

SHEVAGA OID SO‘ZLARNI SINTAKTIK XUSUSIYATLARI

Toshnazarova Sevinch Sherzod qizi

Azizova Dilbarxon Dilshod qizi

Abduxakimova Manzura Hojimurod qizi

Xamdamova Adolat Farhod qizi

Oriental universiteti

Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 3-bоsqich talabalari.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10645224

Annotatsiya. Maqolada o‘zbek tilshunosligida

Dialektologia sohasi. Tilning mavjud

lahjalari,

shevalarini

o‘rganilishiga oid qarashlar, ularning sintaktik xususiyatlari ochib

berilgan.

Kalit so‘zlar: O‘zbek shevalari, lahjalar,

dialekt

,

etnografiya, folklor, inversiya hodisasi,

so’z birikmasi, gap, undalmalar, proteza hodisasi, Milliy til.

SYNTACTIC CHARACTERISTICS OF DIALECT WORDS

Abstract. In the article, the field of dialectology in Uzbek linguistics. Views on the study of

existing dialects and dialects of the language, their syntactic features are revealed.

Key words: Uzbek dialects, dialects, dialect, ethnography, folklore, inversion phenomenon,

word combination, sentence, impulses, prosthesis phenomenon, National language.

СИНТАКСИЧЕСКАЯ ХАРАКТЕРИСТИКА ДИАЛЕКТНЫХ СЛОВ

Аннотация. В статье рассматривается область диалектологии в узбекском

языкознании. Выявляются взгляды на изучение существующих диалектов и диалектов
языка, их синтаксические особенности.

Ключевые слова: узбекские диалекты, говоры, говор, этнография, фольклор,

явление инверсии, словосочетание, предложение, импульсы, феномен протеза,
национальный язык.


KIRISH

O‘zbek shevalarining morfologik va sintaktik xususiyatlari haqida to‘la ma’lumot

berishning darsliklarda imkoniyat chegaralangan, lekin ularning eng umumlashadigan, tadqiqot
obyektini o‘rganishga asos bo‘ladigan o’rinlargagina to‘xtalish mumkin. O‘zbek adabiy tilidagi
so‘z turkumlari, gap bo‘laklari shevalarda alohida xususiyatga ega emas, balki uning ichki shakl
va kategoriyalarni, yozib olingan matnlar asosida sintaksisining o‘ziga xos xususiyatlari haqida
fikr yuritiladi.

METOD VA METODOLOGIYASI
Dialektologia

(dialekt va logiya) — tilshunoslik sohasi. Tilning mavjud lahjalari,

shevalarini oʻrganadi. Unda lahja va shevalarning fonetik, morfologik, sintaktik va leksik
xususiyatlari tavsif qilinadi. Milliy tilning paydo boʻlishi va rivojida shevalarning tutgan oʻrni,
milliy tilga asos boʻlgan shevalar aniqlanadi. Shevalararo, shuningdek, adabiy til va qardosh tillar
bilan ularning munosabatlari belgilanadi. Shevalarning tarqalish chegaralari — lingvistik
geografiya
tomonidan oʻrganiladi. Bu jihatdan Dialektologia ikkiga:

1) tasviriy (yoki dialektografia);
2) tarixiyga ajraladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

273

Birinchisida mahalliy lahja va shevalarning fonetik tuzilishi, grammatik qurilishi, leksik

tarkibi haqida mufassal maʼlu-mot beriladi. Ikkinchisida tilning dialektal xususiyatlarini qayd etish
bilan birga, ularning kelib chiqishi, rivojlanishi va shakllanish tarixi oʻrganiladi. Dialektologia
tadqiqotlari tilning grammatik, leksik, orfografik va orfoetik meʼyorlarini belgilashda mu-him
ahamiyatga ega. Dialektologia tilshunoslik, etnografiya, folklor va b. bilan jips aloqada
rivojlanadi. Fattoh Abdullayev, Gʻozi Olim Yunusov, A. K.. Borovkov, Shonozar
Shoabdurahmonov
va b. oʻzbek dialektologiasi rivojiga sezilarli hissa qoʻshgan.

Shevalar tizimining murakkablik darajasi, asosan, ekstralingvistik omillar: Shevaning

alohidalanish (ajralib qolish) darajasi, muayyan Sheva vakillarining boshqa Shevalar va tillarning
vakillari bilan aloqa qilish darajasi, adabiy tilning shahriga taʼsiri va shahrik.ga bogʻliq. Alohida
ajralib qolgan Shevalarda uning vakillari bilan atrofdagi aholi oʻrtasida aloqalarning yoʻqligi
(geografik yoki siyosiy sabablar, atrofdagi aholining til, madaniyat, diniy eʼtiqod jihatdan ayni
Sheva vakillaridan keskin farklanishi tufayli), sheva vakillarining anʼanaviy turmush tarzini saqlab
qolishga astoydil intilishi oqibatida Sheva juda sekinlik bilan oʻzgaradi, katta va kichik
yoshdagilarning tilidagi farq sezilarsiz darajada boʻladi. Adabiy tilning yoki boshqa shahrining
kuchli taʼsiri ostida boʻlgan shahrida aholining turli guruhlari nutqiga xos boʻlgan, birbiriga
qarama-qarshi qoʻyilgan va turli darajada farqlanadigan anʼanaviy (qad.) va yangi qatlamlar ajralib
turadi.

Milliy til tushunchasining hajmi va qoʻllanish doirasi keng boʻlib, lahja va Shevalarni ham

qamrab oladi. Shevalar adabiy til tushunchasiga kirmaydi, biroq ular tilning quyi shakli va
tarmoqlari hisoblanib, adabiy tilni boyitish uchun xizmat kiladi. Adabiy til meʼyorlarining
takomillashuvi, fan va madaniyat taraqqiyoti, shahar bilan qishloq oʻrtasidagi tafovutlarning
kamayib borishi kabi ekstralingvistik omillar tufayli Shevalar ham asta-sekin oʻz hususiyatlarini
yoʻqota boradi.

So’z yaralishida ham o‘ziga xos xususiyatlar ko‘zga tashlanadi. O‘zbek adabiy tilidagi so’z

yasovchi affikslar shevalarda rang-barang fonetik variantlarda uchraydi.

-äk,-ävik

fe’ldan sifat

yasaydi: Suzag‘on sigir~

süzäk/süzävik siýir,

Suzag’on ot ~

däpäk at (Xorazm). -al/ äl

sifat va

ravishdan fe’l yasaydi: sarg‘ay ~

saral,

ozay ~

azal,

ko’pay ~ köpäl (

Xorazm). -adoņ

affiksi otdan

ravish yasaydi, uning ham singarmonizm varianti yo’q: oqshomgacha ~

axšamadoņ,

kechgacha

~

gečädoņ ( Xorazm). -lak/ läq

affikslari sifatdan ravish yasaydi: chapaqay oshiq ~

čäpläk ä:šïq,

o’naqay oshiq ~

oņlaq a:šïq (

Xorazm).

Shevalarda so‘z birikmasi va izofali birikmalar.

O‘zbek shevalarning sintaktik xususiyatlari kam o‘rganilgan. Bu soha faqat M. Turobova

va Y. Jumanazarovlarninggina tadqiqot obyekti bo‘lgan, xolos. M. Turobova Toshkent viloyati
o‘zbek shevalarining, Y. Jumanazarov esa o’g’uz shevalarining sintaktik tizimini o‘rgangan.
Ta’kidlash joizki, har bir lahja, dialekt va shevaning o‘ziga xos sintaktik xususiyatlari to‘g‘risida
fikr yuritish uchun tadqiqotlar hali yetarli emas. Ushbu o’zinda sheva materiallarning e’lon
qilingan na’munalari asosida shevalarning ayrim sintaktik xususiyatlari keltiriladi.

Gap bo'laklari tartibi.

Shevalarda adabiy tilidagi so’z tartibi saqlanadi, lekin shevalarda

inversiya hodisasi haddan ziyod ko’p uchraydi.

Gap bo’laklari inversiyasi quyidagi qoliplarda

keladi:

Kesim+ ega; Kesim+ to‘ldiruvchi; Kesim +hol; Kesim + Ravishdosh.

Sheva matnlarida

gaplarning qo‘llanish xususiyatlari

.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

274

Shevalarda so‘z birikmalarining barcha turlari ishtirok etadi: Boshqaruv Moslashuv

Bitishuv Sheva matnlarida ko‘proq sodda gaplar qo‘llangan. Shunday bo‘lsada, sodda gaplarni
qo'llashni chegaralab qo‘yish qiyin. Matnlarida ko‘chirma gaplar faol qo‘llangan. Matnlarda
qo‘llangan qo‘shma gaplar murakkab xarakterga ega emas. Undalmalar ham faol qo‘llanadi.
Gaplarda kirish so‘zlar ham ko‘p uchraydi.

Shevalarda gap bo'laklarining takrori keng qo'llanadi.

Ega bo‘lagi tavtologiyasi;

Ko‘chirma gap pozitsiyasidagi so‘zlar takrorlanadi;

Ixcham tarzdagi qo‘shma gap tarkibiy qismi takrorlanadi;

Gap bo‘laklari takrorlanadi va unda harakat jarayonining davomiyligi yuz beradi.

Gap-

fikrni ifoda qiluvchi til va nutq birligi.

Inversiya-

gapdagi odatdagi tartibining buzilishi va uning gap semantikasiga jiddiy ta’sir

etmasligi.

So’z birikmasi-

ikki mustaqil so‘zning o‘zaro aloqaga kirishuvi.

Proteza hodisasi Qarnob, Burgut Uyshun, Ming – Mang’it, Xitoy, Qirq, Saroy, Nayman,

usmjniy - turk, Xo’jatug, Ispanza, Yangiravot kabi qarluq- chigil- uyg’ur, qipchoq hamda o’g’uz
guruh shevalari vakillarining talaffuzida ko’plab uchraydi. Ushbu shevalarda ikki yoki undan ortiq
undosh tovushlar (r hamda ayrim sirg’aluvchi tovushlar ) so’zning boshida kelganda, talaffuz
qulaylik tug’dirishi uchun titroq r va boshqa xil sirg’aluvchi undosh tovushlardan oldin iu, i, o, u,
y, kabi unli fonemalardan biri orttiriladi. Bunday o’zgarishlar o’zlashtirma so’zlarda ko’proq
uchraydi. Masalan, ishkep-shkaf, `r`sk`- rizk, `r`skul- rizkul, stul va stol – ustel, smega – itsmete,
sirga – isirga (qipchoq) kabilar. Adabiy tilda ro’mol, r o’zak so’zlari qipchoq shevalarida uramal,
oraza tarzida qo’llaniladi. O’g’uz shevalarida bu so’z protezaga uchramaydi, balki sof holda romal,
roza tarzida qo’llaniladi. Rus tili orqali kirib kelgan stol o’zida esa bu qoidaga amal qilinmaydi,
ya`ni stol so’zi ham o’g’uz shevasa vakillari talaffuzida proteza hodisasiga uchraydi va uster deb
qo’llaniladi. Demak, boshqa shevalardan farqli o’laroq, o’g’uz lahjasi bu shevani chetlab o’tadi.

Qiyqim (Ishtixon tumani), Ming (Urgut tumani), Qipchoq va Burkut (Poyariq tumani)

shevalarida ham ikki undosh ketma- ket, qator kelgan har bir so’zning oldida bir unli tovush
orttirish hodisasi uchraydi. Bunday xususiyatlar Toshkent, Andijon, Uychi, Vodil, Parkent singari
o’zbek shevalari materiallarida ham uchrab turadi. Epiteza hodisasini qator o’zbek shevalarida
uchratganimizdek, o’zbek adabiy talaffuzida ham mavjud ekanligini qayd etmog’imiz lozim. So’z
oxirida qatorlashib kelgan ikki undoshdan keyin a unlisini qo’shib talaffuz qilinadi. Bu hol
ko’pincha undoshlarning sk, nk.shakllaridan so’ng yuz beradi. Masalan, otpusk - otpuska, blank -
blanka, tank - tanka, bank- banka kabi. Shuni aytish kerakki, 1956-yilgi o’zbek tili imlosi me`yori
qonunlashganiga qadar hozirgi o’zbek adabiy tilida ham epiteza hodisasi hisoblangan so’zlar faqat
lahja va shevalar bilan bog’lanar edi. 1956 -yildan boshlab o’zbek adabiy tili qoidasi qabul kilindi
va to’la rasmiy tus oldi. Qisqasi, epiteza hodisasi o’zlashtirilgan so’zlarda ko’proq mavjud bo’lib,
o’zbek xalq shevalari vakillarining talaffuzida uchraydi. Epenteza hodisasi o’zbek tilining hamma
shevalarida qo’llaniladi. ayniqsa, Qarnob, Xo’jatug’, Qang’li, Baxmal, Mang’it, Ming kabi
shevalarda esa u yanada oydinlashadi. Masalan, adabiy tilidagi davr so’zi Qarnob shevasida esa
duvir shaklida uchraydi. Qiyos kiling: Qarnobda – dekelet, kerekt`r, t`renvey; Urgutda – daqolot,
tirektir, tiranvoy. Adabiy tilda - doklad, traktor, tramvay. O’zbek tilining Kattaqo’rg’on va uning
atrofidagi shevalarda ham xuddi Qarnob va Urgut shevalaridagi singari epenteza hodisasi kuchli


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

275

saqlangan. Masalan, `skelet - skalad, kensert - koncert kabi. Yuqoridagilar singari fonetik
hodisalarni G’allaorol tumani Qang’li qishloq shevasida ham ikki undosh o’rtasida bir i unli
fonemasining orttirilib talaffuz qilinishini ko’ramiz. Masalan, ilm- ilim, kosib- kasb- kesip, kaft-
kepit kabi.

XULOSA

Sinkopa hodisasining hosil bo’lishi bevosita urg’u masalasi bilan bog’langan bo’ladi.
Urg’usiz bo’g’inlarda bir unli fonemaning tushib qolishi sinkopa hodisasi hisoblanadi.
Masalan, maorif – merup// mer`p, Fotima – petme, silos – sles kabi. O’zbek tilining

Kattaqo’rg’on, Qarnob, Parkent, Urgut, Mang’it kabi shevalarini va o’g’uz lahjasini olaylik. Bu
shevalar vakillarining talaffuzida ayrim so’zlardagi ba`zi tovushlarni ishlatmaslik hollari (sinkopa)
ko’plab uchraydi. Masalan, Parkent shevasida: kutubxona – biblioteka – bubleteke, billiard –
bil`yart (Sh. Afzalov kuzatishicha) tarzida qo’llaniladi.


REFERENCES

1.

Reshetov V V,Shoabdurahmonov.Sh “O’zbek dialektologiyasi”, Toshkent,
“O’qituvchi”,1978- yil

2.

Mirzayev M M , “O’zbek tilining Buxoro guruh shevalari” ,Toshkent, 1969 -yil.

3.

Ashirboyev S, “O’zbek dialektologiyasi”Toshkent, 2000 -y / ma’ruza matni/

4.

Rajabov N “O’zbek shevashunosligi”Toshkent, “O’qituvchi” 1996-yil.

5.

Murodova N “O’zbek tili Navoiy viloyati shevalarining lingvoareal talqini”,Toshkent ,
“Fan”2007 yil

6.

Doniyorov X “Qipchoq dialektlarining leksikasi”, Toshkent, “Fan”, 1997- yil.

7.

Ҳожиев А.Тилшунослик терминларининг изоҳли луғати. ЎзМЭ.Тошкент.2002.

8.

С. Ахманова Словарь лингвистических терминов издательство; Советская
энциклопедия, Москва-1966.

Intertnet saytlari:

9.

www.ziyonet.uz

10.

http://fayllar.org

11.

www.wikipediya.uz

12.

www.arxiv.uz

References

Reshetov V V, Shoabdurahmonov.Sh “O’zbek dialektologiyasi”, Toshkent, “O’qituvchi”,1978- yil

Mirzayev M M , “O’zbek tilining Buxoro guruh shevalari” ,Toshkent, 1969 -yil.

Ashirboyev S, “O’zbek dialektologiyasi”Toshkent, 2000 -y / ma’ruza matni/

Rajabov N “O’zbek shevashunosligi”Toshkent, “O’qituvchi” 1996-yil.

Murodova N “O’zbek tili Navoiy viloyati shevalarining lingvoareal talqini”,Toshkent , “Fan”2007 yil

Doniyorov X “Qipchoq dialektlarining leksikasi”, Toshkent, “Fan”, 1997- yil.

Ҳожиев А.Тилшунослик терминларининг изоҳли луғати. ЎзМЭ.Тошкент.2002.

С. Ахманова Словарь лингвистических терминов издательство; Советская энциклопедия, Москва-1966.

Intertnet saytlari:

www.ziyonet.uz

http://fayllar.org

www.wikipediya.uz

www.arxiv.uz

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов