THE ROLE OF INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN PREPARING PRIMARY STUDENTS FOR THE PEARLS INTERNATIONAL ASSESSMENT PROGRAM

HAC
Google Scholar
To share
Turanova, I. (2024). THE ROLE OF INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN PREPARING PRIMARY STUDENTS FOR THE PEARLS INTERNATIONAL ASSESSMENT PROGRAM. Modern Science and Research, 3(2). Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/29397
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article talks about the importance of using innovative technologies to achieve effective results in the field of education today, to increase the level of conscious reading literacy among young students, and to meet the requirements of international assessment programs. At the same time, we present the tasks developed to understand the essence of the topics given in the Reading Textbook, which is actually used in the schools of our country, and to understand the "language" of the work.


background image


281

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI PIRLS XALQARO BAHOLASH

DASTURIGA TAYYORLASHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING O‘RNI

Turanova Iroda

Guliston davlat universiteti o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10658697

Annotatsiya.

Ushbu maqolada bugungi kunda ta’lim sohasida samarali natijalarga

erishish, o‘quvchi yoshlarda ongli o‘qish savodxonligi darajasini yuksaltirish va xalqaro baholash

dasturlari talablariga javob berish borasida innovatsion texnologiyalardan foydalanishning

ahamiyati haqida so‘z yuritilgan. Shu bilan birga mamlakatimiz maktablarida amalda

qo‘llanilayotgan O‘qish darsligida berilgan mavzular mohiyatini anglash, asar “tili”ni tushunish

uchun ishlab chiqilgan topshiriqlarimiz keltirilgan.

Kalit so‘zlar:

ongli o‘qish savodxonligi, PIRLS, innovatsion texnologiyalar.

THE ROLE OF INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN PREPARING PRIMARY

STUDENTS FOR THE PEARLS INTERNATIONAL ASSESSMENT PROGRAM

Abstract.

This article talks about the importance of using innovative technologies to

achieve effective results in the field of education today, to increase the level of conscious reading

literacy among young students, and to meet the requirements of international assessment

programs. At the same time, we present the tasks developed to understand the essence of the topics

given in the Reading Textbook, which is actually used in the schools of our country, and to

understand the "language" of the work.

Key words:

conscious reading literacy, PIRLS, innovative technologies.

РОЛЬ ИННОВАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В ПОДГОТОВКЕ УЧАЩИХСЯ

НАЧАЛЬНЫХ СРЕДСТВ К МЕЖДУНАРОДНОЙ ОЦЕНОЧНОЙ ПРОГРАММЕ

ЖЕМЧУГ

Аннотация.

В данной статье говорится о важности использования инновационных

технологий для достижения эффективных результатов в образовании сегодня, повышения

уровня осознанной грамотности чтения у младших школьников, а также соответствия

требованиям международных оценочных программ. При этом мы приводим задания,

разработанные для понимания сути тем, приведенных в «Учебнике чтения», который

фактически используется в школах нашей страны, и понимания «языка» работы.

Ключевые слова:

грамотность осознанного чтения, PIRLS, инновационные

технологии.


background image


282

Kirish.

Bugungi kunda respublikamiz ta’lim sohasida innovatsion va axborot

texnologiyalardan foydalanishni takomillashtirish, ilg‘or xorijiy tajribalar, ilmiy izlanishlar va

zamonaviy texnologiyalarni boshlang‘ich ta’lim jarayoniga o‘quvchilarining bilim, ko‘nikma va

malakalarini o‘stirish ustuvor vazifa qilib belgilandi.O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sifatini

yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida “Ta’lim jarayonida natijaviylikka erishish

bo‘yicha o‘quvchilarning aqliy va ijodiy tafakkurini o‘stirish uchun shart-sharoitlarni tubdan

yaxshilash, axborot texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash, pedagog va

mutaxassislarning malaka darajasini yuksaltirish” kabi muhim vazifalar belgilangan. [1].

Ta’lim tizimida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini PIRLS xalqaro baholash dasturi

talablariga tayyorlashda innovatsion texnologiyalardan foydalanish, o‘quvchilarning ongli o‘qish

savodxonligi darajasini oshirish maqsadida

1

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni. O‘zbekiston Respublikasini yanada

rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida. PF-4947 son.

baholashning xalqaro dasturi talablariga doir topshiriqlar to‘plamini ishlab chiqish va uni

amaliyotga joriy etish fanga bo‘lgan qiziqishni o‘stirish bilan bir qatorda o‘quvchilarimizning

xalqaro baholash dasturlarida quvonarli natijalarni qayd etishlarida muhim ahamiyat kasb etadi.

Chunki shiddat bilan rivojlanib borayotgan bugungi davrda fan-texnika rivoji har bir sohaga kirib,

sohadagi ayrim qiyinchiliklarni bartaraf etishga imkon bermoqda.

Ta’lim tizimiga innovatsiyaning kirib kelishini yangi tahrirdagi “Ta’lim to‘g‘risidagi

qonun”da ko‘rsak, o‘qitish tizimiga innovatsiyaning kirib kelishini ta’lim mazmunida, o‘qitish

metodlarida, dars shakli, o‘qitish turlari, o‘qitish vositalarida ko‘rishimiz mumkin. Innovatsion

texnologiyalar xalqaro baholash dasturlariga ham kirib kelib, dastur talablarini zamonaviy

yondoshuvlar bilan yanada boyitdi. Hususan, PIRLS xalqaro baholash dasturining ohirgi 2021

yildagi beshinchi davriyligida ePIRLS tushunchasining qo‘llanilishi buning yaqqol misoli.

Innovatsion ta’lim muhitida ePIRLS maxsus navigatsiya ko‘nikmalari va strategiyalarini o‘z

ichiga oladi. Bunda ishtirokchi o‘quvchi so‘ralgan ma’lumotlarni maxsus saytlar orqali qidirib

topa olishi hamda ushbu ma’lumotlarni tushuna olish qobiliyati tekshiriladi. Maxsus bilimlarga

ega bo‘lmagan o‘quvchilarga bu topshiriqlarni bajarishda o‘qituvchilar ko‘maklashadilar va

ularning xatti-harakatlari kompyuterga qayd etib boriladi va o‘quvchining bahosiga ta’sir

ko‘rsatadi. Ko‘rinib turibdiki bunday vazifa va topshiriqlarni bajarish o‘quvchilardan aynan matn

mazmunini to‘liq anlashga oid topshiriqlarni elektron formatda bajara olish ko‘nikmasini talab

etadi. Bu boradagi izlanishlarimiz natijasida joriy o‘quv yilida mamlakatimiz maktablarida amalda

qo‘llanilayotgan 4-sinf O‘qish darsligida berilgan mavzularga doir topshiriqlar ishlab chiqilib, bu


background image


283

topshiriqlarni elektron formatda o‘quvchilar e’tiboriga havola etish maqsadida mobil ilova ishlab

chiqildi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad o‘quvchi yoshlar orasida ommalashib borayotgan

mobil qurilmalar orqali o‘quvchilarning ongli o‘qish darajasini oshirish, fanga va bilim egallashga

nisbatan qiziqishlarini yanada yuksaltirish.

Quyida yuqorida ta’kidlab o‘tgan topshiriqlarimizdan namunalar keltirib o‘tamiz.

Suvda xotira bor

Odamzod suvni hayot avvalida ko‘rgan edi, biroq uning hususiyatlarini hali ham to‘liq

anglab yetilgani yo‘q. Yapon olimi Massaro emoto hamda rus professori Konstantin Korotkovning

suv hosiyatlari haqidagi tadqiqotlari, fikr-xulosalari sizni ham hayratlantirishi tabiiy.

Barcha suyuqlik muzlaganda torayadi, suv esa kengayadi. Har qanday modda qattiq holda

suyuqligiga qaraganda og‘ir bo‘ladi, suvda esa buning aksi. Muz uning yuzasida qalqib turadi,

fizika qonunlariga ko‘ra cho‘kib ketmaydi.

Suvning yana bir antiqa hususiyati- u ikki xil gaz birikmasi (kislorod va vodorod) dan

tashkil topgan. Boshqa gazlar o‘zaro birlashib, suyuqlik hosil qila olmaydi.

Suz bir vaqtning o‘zida uchta- suyuq, qattiq va gazsimon holatda bo‘la oladi. Erta bahorda,

tong chog‘i hali muzi erib ulgurmagan hovuz yoniga boring, bunga o‘zingiz amin bo‘lasiz.

Yana bir nodir xususiyati, suv nimaiki bo‘lsa eslab qoladi.Shvetsariyalik olimlar buni

tasdiqlovchi hayratomuz tajriba o‘tlazishdi. Ular Jeneva ko‘lining qirg‘oq suvida bir nechta tuz

zarrachasini eritishdi. So‘ng narigi qirg‘oqda uskunalar yordamida tekshiruv o‘tkazishdi va tuz

emas, tuz haqidagi xotira ma’lumotini qayd etishdi. Narigi qirg‘oqdagi tuzning o‘zini aniqlashga

uskunalarning sezuvchanligi yetishmagan bo‘lardi.

Ammo ko‘l hovuzdagi ulkan molekula ushbu xotirani qanday bo‘lsa, shundayligicha

saqlab qolgan.

Biologlarning aniqlashicha, suv tirik organizmlarni nafaqat sug‘oradi, balki ular bo‘ylab

axborot tashiydi. Aynan suv vositasida tirik jism organlari bir-birining holatidan boxabar bo‘lib,

qanday funksiyalar zarurligini bilib turishadi. Suv bu axborotlarni qayerdan olishi to‘g‘risida esa

faqat tahmin qila olish mumkin.

Suv hatto musiqani “tinglay” oladi. Ha-ha Betxoven simfoniyalari yangraganda bir xil

kristallar, Motsart musiqasi ostida boshqa xildagilari hosil bo‘ladi. Shopen ohanglari Bax organi

sadolariga qaraganda mutlaqo boshqacha kristallarni paydo qiladi…

Suv bizning tuyg‘ularimizga javob beradi. Ko‘plab tajribalarda ayon bo‘lishicha, bizdagi

ijobiy va salbiy his-tuyg‘ular suvning tarkibini o‘zgartirib yuboradi, inson sifatiga qarab go‘zal va

badburush kristallar hosil bo‘ladi.


background image


284

1-topshiriq. Matndan olimlarning suv bilan oʻtkazgan tadqiqotlari yoritilgan gaplarni

yozing.

1._________________________________________________________________

2._________________________________________________________________

3._________________________________________________________________

2-topshiriq.Testni yeching.

1.Suv muzlagnda …

1.kengayadi 2.torayadi 3.yengillashadi 4.og‘irlashadi

A)1,3

B) 2,3 C) 1,4 D)4,3

2.Suvning musiqani tinglay olish hususiyati undagi qaysi holatga asosan aniqlangan?

A)suvning xotirasiga

B)axborot tashishiga

C) suvdagi kristallarning hosil bo‘lishiga

D) suvning tarkibiga

3.Suvning xotirasi borligi qanday aniqlangan?

A) tuz yordamida

B) tirik organizmlar oʻrtasida maʼlumotlarni tashishi orqali

D) Suvni qattiq holatga keltirish orqali

4.Bir vaqtning o‘zida suvning uch xil holatini qachon ko‘rish mumkin?

A) bahor oylarida

B)

martda

C) aprelda

D) mayda

3-topshiriq. Rost.Yolg‘on.Ma’lumot berilmagan

1.Faqat kislorod va vodorod gazlari birlashib suyuqlik (suv) hosil qiladi. (R)

2. Suv bir vaqtning o‘zida uchta holatda bo‘la oladi. (R)

3.Suvning musiqani eslab qolish qobiliyati mavjud. (Y)

4.Betxovenning 7-simfoniyasini tinglaganda suvda ko‘proq kristallar hosil bo‘ladi. (M.B)

Mavzu yuzasidan berilgan test va rost/yolg‘on/ma’lumot berilmagan topshiriqlarini

bajarish o‘quvchilardan mavzuni shunchaki o‘qish va berilgan ma’lumotlarni qayta hikoya qilishni

emas, balki matn mazmunini to‘liq anglash va undan xulosalar yasay olishni talab etadi. Bu

topshiriqlarni elektron ishlash esa o‘quvchilarning axborot texnologiyalari bilan ishlash

ko‘nikmalarini ham rivojlantirib boradi.


background image


285

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni. O‘zbekiston Respublikasini yanada

rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida. PF-4947 son. 2017-yil 7-fevral.

2.

Ganiyeva B. Kutubxonalarda bolalar o‘qish madaniyatini tarbiyalashning pedagogik

imkoniyatlari.Dissertatsiya.T.:2009 15-b

3.

Eshpulatova Xadicha. “Ta’limda innovatsion texnologiyalarning turlari va ahamiyati/Ilm-

fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida” Respublika ilmiy onlayn konferensiyasi

4.

Ina V.S. Mullis and Michael O. Martin, Editors PIRLS 2021 Assessment Frameworks.

Copyright 2019 International Association for the Evaluation of Educational Achievement

(IEA)

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов