ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
561
MONEMANING GAPDAGI O‘RNI
Xamrokulova Iymona
Samarqand davlat chet tillar instituti O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi
2-kurs talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.10659279
Annotatsiya:
Ushbu maqolada funksional tahlil nazariyasi va "monema" termini
xususida batafsil ma'lumotlar berilgan bo'lib, ularning asosiy xususiyatlari misollar asosida tahlil
qilingan. Til birliklarining nutqqa ko'chish jaroyonida ro'y beradigan o'zgarishlar va ularning
bajaradigan vazifalar o'rganilgan.
Kalit so‘zlar:
monema, muxtor monema, yarim funksional monema, paradigmatic va
sintagmatik munosabat, qaram monema, predikativlik.
THE PLACE OF MONEMA IN THE SENTENCE
Abstract.
This article provides detailed information about the theory of functional analysis
and the term "monema", and their main features are analyzed on the basis of examples. The
changes that occur in the process of the transfer of language units to speech and the tasks they
perform are studied.
Key words:
monema, autonomous monema, semi-functional monema, paradigmatic and
syntagmatic relationship, dependent monema, predicativeness.
МЕСТО МОНЕМЫ В ПРЕДЛОЖЕНИИ
Аннотация.
В данной статье представлена подробная информация о теории
функционального анализа и термине «монема», а также на основе примеров
проанализированы их основные особенности. Изучены изменения, происходящие в процессе
передачи языковых единиц в речь, и задачи, которые они выполняют.
Ключевые слова:
монема, автономная монема, полуфункциональная монема,
парадигматические
и
синтагматические
отношения,
зависимая
монема,
предикативность.
Biz monemalarni o‘rganar ekanmiz, avvalo, funksional tahlil nazariyasi haqida gapirib
o‘tishimiz kerak. Funksional tahlil nazariyasi til birliklarining nutqqa ko‘chirilganda bajaradigan
vazifasini sof lingvistik jihatdan o‘rganishimizga imkon beradi. Praga tilshunoslik vakili
hisoblangan Andre Martine funksional tahlil nazariyasi orqali jahon tilshunosligida katta shuhrat
qozondi. U mazkur nazariyada nutqning eng kichik birligi deb hisoblagan “monema” lar haqida
quyidagi fikrlarni olg‘a suradi: “Agar fonologik tahlil fonemalarni eng kichik ifodalovchi til
birliklari tarzida o‘rganishdan boshlansa, funksional tahlil jumlani yoki uning ma’lum bir qismini
eng kichik ma’no anglatuvchi biz monema deb atayotgan birliklarga bo‘lib o‘rganishdan
boshlanadi” [1.451].
A.Martine o‘z asarlarida monemalarni to‘laqonli tarzda tavsiflab berdi. U monemalarni
tildan nutqqa ko‘chirilayotgan holatdagi vazifasiga qarab 3 guruhga bo‘lib o‘rganadi:
1) Muxtor monema (
Avtonom
); 2) Funksional monema; 3) Qaram monema.
“Monemalarning turlarga bo‘linishi ularning nutq doirasida bajaradigan funksiyalari bilan
bog‘liq. Zotan, ba’zi monemalar nutqda o‘zlarini funksiya bilan ta’minlashdan tashqari, o‘zga
monemalarga ham funksional, ya’ni faollik bera olsa, ayrim monemalar faqat o‘zlarinigina
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
562
funksiya bilan ta’minlaydi va o‘zlari o‘zlariga sintaktik faollik beradi, boshqa bir monemalar esa
funksional faollik olish uchun ikkinchi monemaga qaram bo‘ladi”[2.24]. Muxtor monemalar
haqida so‘z yuritadigan bo‘lsak, ular funksiyasiga ko‘ra gapda qo‘shimcha ma’no yuklaydi,
voqe’likka munosabatni ifodalaydi, hamda tildan nutqqa to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘chadi, shu bilan
birga gap tarkibida boshqa monemalar bilan sintaktik aloqaga kirishmaydi, shuningdek, qolgan
monemalarga tobe holda ham kelmaydi. Muxtor monemalar shu jihatdan ham sintaktikasiga ko‘ra
mustaqil so‘z, kirish so‘z, kirish birikma, undalma, ravish, sifat, son, ot kabi vazifalarda kelishi
mumkin. Lekin fe’l so‘z turkumi vazifasida kelgan so‘z muxtor monema vazifasida kelmaydi.
Buni L.Tenyerning fe’lning boshqa so‘z turkumlarini boshqarishi xususidagi nazariyasida
yaxshiroq o‘rganib chiqishimiz mumkin [3].
Quyida muxtor monemani mustaqil so‘z bilan ifodalanishini misol orqali ko‘rib chiqamiz
:
1.Xo‘sh, ma’nosini tushundingmi, o‘rtoq?
/
Oybek. Bolalik xotiralarim 146. /
2.Toshbaqa hamon sudralib bormoqda.
/
Asqad Muxtor. Chinor 219. /
1
-gapda 2ta muxtor monema qo‘llangan. Birinchisi
,
Xo‘sh
modal so‘zi
orqali
ifodalanyapti. Shuni aytib o‘tishimiz mumkinki, agar biz muxtor monemani gapdan olib
tashlaydigan bo‘lsak, gapning sintaktikasida o‘zgarish bo‘lmaydi, lekin semantikasi biroz
o‘zgaradi, chunki muxtor monema bevosita gapning kesimi bilan aloqada bo‘ladi:
Xo‘sh,
tushundingmi?
Bu yerda
xo‘sh
modal so‘zi tinglovchining diqqatini tortish maqsadida so‘zlovchi
tomonidan nutqqa olib kirilyapti. Agar bu monemani olib tashlaydigan bo‘lsak, gapdagi modallik
ma’nosi kamayadi:
Xo‘sh, ma’nosini tushundingmi, o‘rtoq?
-
Ma’nosini tushundingmi, o‘rtoq?
Bu gapda ishtirok etayotgan keyingi muxtor monema -
o‘rtoq
so‘zi. U undalma vazifasida
kelyapti. Shuningdek, u gap tarkibida hech qaysi monemaga funksiya bermayapti, hamda o‘zi ham
qaram bo‘lmayapti. Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, muxtor monemalarning gapdagi o‘rni erkin
bo‘ladi, ya’ni ularni gapning boshida ham, o‘rtasida ham, oxirida ham qo‘llasa bo‘ladi:
O‘rtoq,
xo‘sh, ma’nosini tushundingmi?
Xo‘sh, o‘rtoq, ma’nosini tushundingmi? -
Xo‘sh, ma’nosini
tushundingmi, o‘rtoq?
Berilgan
2-misoldagi
gapda muxtor monema
hamon
so‘zi bilan ifodalanyapti, ya’ni payt
ravishi bilan. Bu misolda muxtor monemaning mustaqil so‘z bilan idodalanilyotganini ko‘rishimiz
mumkin.
Hamon
so‘zi gapning mazmuniga qo‘shimcha ma’no yuklab, ish-harakatning haligacha
davom etayotganini bildiryapti. Bu muxtor monemani gapdan olib tashlasak, gapning mazmunida
katta o‘zgarish yuz bermaydi, chunki bu so‘z gapning boshqa bo‘laklari bilan sintaktik jihatdan
aloqaga kirishmayapti:
Toshbaqa hamon sudralib bormoqda – Toshbaqa sudralib bormoqda.
Bizningcha, gapda boshqa bo‘laklar bilan aloqaga kirishmaydigan bo‘laklarning sifati
ularning gapdagi o‘rni erkin ekanligi bilan namoyon bo‘ladi, sababi ular hech qaysi monemaga
tobe ham bo‘lmaydi, hamda o‘ziga tobe ham qilmaydi.
Gaplar faqatgina so‘zlardan hosil bo‘lmaydi, balki gapni shakllanishida sintaktik va
semantik jihatdan so‘zlarni bir-biriga bog‘lovchi
funksional monemalar
kerak bo‘ladi. Masalan:
Men ot minmoq
.
Bu misolda til birliklarining nutqqa ko‘chmasdan oldingi holati berilgan. Agar
bu til birliklarini nutqqa ko‘chiradigan bo‘lsak, funksional monemalar orqali bu ishni amalga
oshiramiz:
Men otga mindim.
Boshqacha qilib aytganda, funksional monemalar til birliklarini
nutqqa ko‘chishida yordam beradigan asosiy vositachilardan biri hisoblanadi. Funksional
monemalar gapda ham o‘zi vazifa bajaradi, ham boshqa monemalarni funksiya bilan ta’minlaydi.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
563
Mana shu funksiya bilan ta’minlangan monemalar funksional monemalarga qaram bo‘lib qoladi.
A. Martine nazariyasida “Funksional monemalar orqali sintaktik faollikka erishadigan so‘zlar /
yoki til belgilari /
qaram monemalar
”,- deb ataladi [1. 463-470] Bu fikrdan kelib chiqib
aytishimiz mumkinki, agar gapda funksional monema qatnashsa, demak qaram monema ham,
albatta, qatnashadi.
Funksional monemalar o‘zbek tilida, asosan, qo‘shimchalar, yordamchi so‘zlar orqali
ifodalanadi. Boshqa tillarda esa artikl, predlog bilan ham ifodalanishi mumkin. Masalan, ingliz
tilidagi predlog vazifasida kelgan funksional monemalarni tahlil qilamiz:
I bought books for my
brother last week.
Bu misolda
funksional monema vazifasida
for
predlogi kelyapti,
for
predlogi
o‘zidan keyin kelayotgan
my
brother
monemasini o‘ziga qaram qilgan holda unga qo‘shimcha
ma’no yuklayapti. Shuning uchun,
for
predlogi-
funksional monema
vazifasida,
my brother
-
so‘zi
qaram monema
vazifasida kelyapti. Shu jihatiga ko‘ra aytishimiz mumkinki, ingliz tilida
funksional monema vazifasida keladigan so‘z, ko‘pincha qaram monemadan avval keladi. Lekin
o‘zbek tilida avval qaram monema, keyin funksional monema keladi:
1.Ko‘cha tuprog‘i iliq edi.
/
O‘tkir Hoshimov.O‘zbeklar.163/
2.Qodir telegramma bermagan edi.
/
Shuhrat. Oltin zanglamas.468
/
Berilgan misollarning birinchisida
,
ko‘cha
monemasini tahlil qilamiz. Semantik jihatdan
qaraganda bu gapda qaratqich kelishigi belgisiz qo‘llanayotganini ko‘rishimiz mumkin, ya’ni
ko‘chaning
.
Shunda
ko‘cha
so‘zi o‘zidan keyingi monemaga tobe bo‘lib kelayotgani uchun
-
qaram monema
, belgisiz qo‘llanayotgan
-ning
qaratqich kelishigi esa
- funksional monema
vazifasida kelyapti.
Keyingi monema
tuprog‘i
so‘zi. Bu monema gapda aynan ega bo‘lib kelayotgani uchun
funksional monema vazifasini bajaryapti. Gapning kesimi ham xuddi shunday vazifada kelyapti,
chunki ega va kesim gapda bir-birini vazifa bilan ta’minlab, gapning asosiy unsuri bo‘lgan
predikativlikni gavdalantiradi. Shuning uchun ham bu gapdagi egani alohida funksional monema,
kesimni alohida funksional monema deb tavsiflaymiz. Bu yerda shu narsaga e’tibor berish kerakki,
tuprog‘i
monemasidagi
-i
-egalik qo‘shimchasi ko‘pchilik adabiyotlarda monema sifatida
olinmaydi. Lekin bunga professor N.Turniyozov e’tiroz bildirib, nafaqat turkiy tillarga xos bo‘lgan
egalik qo‘shimchasini, balkim Yevropa tillariga xos bo‘lgan artikllarni ham so‘zni tildan nutqqa
ko‘chishida ma’lum bir vazifa bajaryotganini inobatga olib, ularni yarim funksional monema
sifatida talqin qilish kerakligini aytadi.[4.40] Nega ularni to‘liq funksional monema sifatida emas,
balki yarim funksional monema sifatida talqin qilayotganini quyidagicha izohlaydi: “Artikl ot
bilan “tirik”. Ot bo‘lmas ekan, u mustaqil faollik ko‘rsata olmaydi. Ot birlamchi, artikl esa
ikkilamchi xarakterga egadir. Boshqacha aytganda, artikl ot qaysi rodda va sonda bo‘lsa, shunga
ishora qiladi, xolos. Lekin ikkinchi tomondan, artikl qo‘llanilmasa, otning grammatik shakli to‘liq
ifodalanmay qoladi. Ana shu jihatdan artiklni yarim funksional monema hisoblash lozim
bo‘ladi”[5.64]. Biz ham bu fikrga qo‘shilgan holda,
tuprog‘i
monemasidagi
-
i
egalik affiksini
yarim funksional monema
sifatida tahlil qildik.
Ikkinchi misolda 3 ta funksional monema va 1 ta qaram monema qatnashyapti. Bunda ega
va kesim predikativlikni yuzaga keltirib, 2 ta funksional monemani voqe’lantiryapti:
Qodir
bermagan edi
.
Keyingi monema - telegramma so‘zi. Semantik jihatdan qaraganda, bu yerda
tushum kelishigi belgisiz qo‘llanyapti, lekin belgisiz qo‘llanayotgan bo‘lsa ham, u gapda
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
564
funksional monema bo‘lib kelyapti, chunki
-
ni
qo‘shimchasi o‘zini ham, telegramma so‘zini ham
funksiya bilan ta’minlab, telegramma so‘zini tildan nutqqa ko‘chishiga yordam beryapti, ya’ni
paradigmatik qatordan sintagmatik qatorga o‘tishiga vositachi bo‘lyapti. Shunda
telegramma
so‘zi
-qaram monema
vazifasida, belgisiz qo‘llanayotgan -
ni
tushum kelishigi
funksional
monema
vazifasida kelyapti.
“Funksional monemalarning belgisiz holda berilish hodisasi til
imkoniyatlari bilan qanchalik bog‘liq bo‘lsa, nutq imkoniyatlari bilan ham shu darajada
aloqadordir. Chunki, u bir tomondan belgilarning til sistemasi imkoniyatlari me’yoridan ortiqcha
qo‘llanilmasligini taqozo etsa, ikkinchi tomondan so‘zlovchi shaxsning til unsurlarini nutq
jarayonida qay darajada tejashi masalasini aks ettiradi”[6.72].
Qo‘shimcha sifatida shuni aytishimiz mumkinki, bir gapning o‘zida monemaning hamma
turlari qatnashishi ham mumkin:
Uning mahallasida bunday rangli mashina yo‘q edi, shekilli.
/
O‘lmas Umarbekov.
Fotima va Zuhra.3/
Bu gapda 1ta muxtor monema, 5ta funksional monema, 4ta qaram monema, 1ta yarim
funksional monema qatnashyapti.
Shekilli
-
modal so‘zi voqea-hodisaga gumon ma’nosini bildirib,
gapning boshqa bo‘laklari bilan aloqa kirishmayapti, shu sababdan ham gapda
muxtor
monema
vazifasida kelyapti.
-ning
qaratqich kelishigi,
-da
o‘rin-payt kelishigi,
-li
sifat yasovchi
qo‘shimchasi, hamda
ega
va
kesim
funksional monema
vazifasida kelyapti.
U
-olmoshi
,
mahalla
va
bunday rang
so‘zlarini
qaram monema
deb olamiz, chunki ular funksional monemalarga tobe
bo‘lib kelyapti.
Yarim funksional monema
vazifasini
-si
egalik qo‘shimchasi bajaryapti.
Shunday ekan, har bir monema gapdagi o‘rni, vazifasiga qarab bir-biridan farqlanadi.
Shuni aytib o‘tishimiz kerakki, Andre Martine tavsiflagan funksional tahlil nazariyasi,
aynan fransuz tiliga xos bo‘lgan qoidalar zamirida yuzaga kelgan. Shu jihatiga ko‘ra biz
monemalarni o‘zbek tilining qonun-qoidalariga muvofiqlashtirgan holda o‘rganib chiqishga
harakat qildik.
REFERENCES
1.
Maртине A. Ocновы общей лингвистики // Нoвoe в лингвистике. Вып.№ 3.-М., 1963.
2.
N.Turniyozov, K.Turniyozova, X.Xayrullayev. Struktur sintaksis asoslari. -
Samarqand: SamDCHTI, 2009.
3.
Теньер Л. Основы структурного синтаксиса. -М.: Прогресс, 1988.
4.
N.Turniyozov. Xorijiy mamlakatlar lingvistik nazariyalari. -Samarqand: SamDCHTI,
2007.
5.
Turniyozov N.Q. Tilshunoslikka kirish. -Samarqand: SamDCHTI, 2005.
6.
Турниёзов Н., Турниёзова К. Функционал синтаксисга кириш. – Тошкент, 2003.
7.
Х. Хayrullayеv. Tilshunоslik nazariyasi. Darslik. – Samarqand: “Samarqand davlat chet
tillar instituti” nashriyoti, 2022. – 208 bet
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
565
