THE IMPORTANCE OF PHILOSOPHICAL EDUCATION IN FORMING A POSITION OF SOCIAL ACTIVITY IN YOUNG PEOPLE

HAC
Google Scholar
To share
Babayorova, X., & Rahimjonov, M. (2024). THE IMPORTANCE OF PHILOSOPHICAL EDUCATION IN FORMING A POSITION OF SOCIAL ACTIVITY IN YOUNG PEOPLE. Modern Science and Research, 3(2), 480–483. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/29607
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article examines the role and significance of philosophical education in increasing the social activity and position of youth. Today, young people with deep scientific potential and aware of the achievements of world science are the main support of the state.


background image


480

YOSHLARDA IJTIMOIY FAOLLIK POZITSIYASINI SHAKLLANTIRISHDA

FALSAFIY TA’LIMNING AHAMIYATI

Babayorova Xurshidabonu Xolboy qizi

Masrur Rahimjonov

Ilmiy rahbar.

Alfraganus Universiteti o’zbek tili va adabiyoti yo’nalishi 2-bosqich talabasi.

Tel: 88-708-22-13.

xurshidabonuboboyorova@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.10702030

Annotatsiya.

Mazkur maqolada yoshlarning ijtimoiy faolligi, pozitsiyasini oshirishda

falsafiy ta’limning o‘rni va ahamiyati mulohazalar yoritilgan. Falsafiy dunyoqarashi keng bo‘lgan

inson boshqalarga qaraganda teranroq fikrlashi hamda falsafani chuqurroq o‘rgangan kishi

umuminsoniy qadriyatlarni o‘zgalarga o‘rgata olishi, vatan ravnaqi uchun o‘z hissasini qo’sha

olishi mumkin. Bugungi kunda chuqur ilmiy salohiyatga ega va dunyo ilm-fani yutuqlaridan

xabardor bo‘lgan yoshlar davlatning asosiy tayanchi hisoblanadi.

Kalit so’zlar:

falsafa, ijtimoiy, pozitsiya, qadriyat, mafkura, yoshlar.

THE IMPORTANCE OF PHILOSOPHICAL EDUCATION IN FORMING A

POSITION OF SOCIAL ACTIVITY IN YOUNG PEOPLE

Abstract

. This article examines the role and significance of philosophical education in

increasing the social activity and position of youth. Today, young people with deep scientific

potential and aware of the achievements of world science are the main support of the state.

Key words:

philocophy, social, position, ethics, aesthetics, values, ideology, youth.

ЗНАЧЕНИЕ ФИЛОСОФСКОГО ОБРАЗОВАНИЯ В ФОРМИРОВАНИИ

ПОЗИЦИИ СОЦИАЛЬНОЙ АКТИВНОСТИ У МОЛОДЕЖИ.

Аннотация.

В данной статье рассматривается роль и значение философского

образования в повышении социальной активности и положения молодежи. Сегодня

молодые люди, обладающие глубоким научным потенциалом и осведомленные о

достижениях мировой науки, являются основной опорой государства.

Ключевые слова:

филочофия, социальная, позиция, этика, эстетика, ценности,

идеология, молодежь.


background image


481

Kirish.

Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq mamlakatimizda ko‘plab islohotlar amalga

oshirildi. Binobarin, aholining asosiy qismini tashkil etayotgan yoshlarning ijtimoiy-siyosiy,

ma’naviy, mafkuraviy faolligini oshirish borasida ko‘plab islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Bugungi kunda mamlakatimizda mustaqil va ilmiy fikrlaydigan, dunyo ilm-u fani

yutuqlarini puxta o‘zlashtirib, zamon bilan hamnafas dunyo ilm-u fani yutuqlarini puxta

o‘zlashtirib, zamon bilan hamnafas yashashga tayyor bo‘lgan sog‘lom va barkamol avlodni voyaga

yetkazish masalasi davlat siyosati darajasi ko‘tarilgan .

Asosiy qism.

Mamlakatimizda yoshlar jamiyatda o‘z o‘rnini topishida ularni jismonan baquvvat va aqlan

barkamol qilib tarbiyalash, turli xavf-xatarlardan asrashda jamoatchilik nazoratiga e’tibor qaratilib

kelinmoqda.

Jumladan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi “Qonun ustuvorligi va inson

manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi” deb nomlangan

ma’ruzasida yoshlar tarbiyasi masalasiga to‘xtalgan va quyidagi fikrlarni ilgari surgan: “Bunday

keskin va tahlikali sharoitda biz ota-onalar, ustoz-murabbiylar, jamoatchilik, mahalla bu masalada

hushyorlik va ogohlikni yanada oshirishimiz kerak. Bolalarimizni birovlarning qo‘liga berib

qo‘ymasdan, ularni o‘zimiz tarbiyalashimiz lozim.

Buning uchun yoshlarimiz bilan ko‘proq gaplashish, ularning qalbiga quloq solish, dardini

bilish, muammolarini yechish uchun amaliy ko‘mak berishimiz kerak. Bu borada uyushmagan

yoshlar bilan ishlashga alohida e’tibor qaratishimiz zarur.” Bundan ko‘rinadiki, yoshlarning

ijtimoiy faollik pozitsiyasini oshirishda ularning ta’lim-tarbiyasiga ahamiyat qaratmoq lozim.

Bugungi kunda falsafiy tafakkurning yangilanishi har bir jamiyat a’zosining ijtimoiy

qiyofasi, ruhiy dunyosi, maqsad va ehtiyojlarining o‘zgarishi barobarida jamiyat tafakkurining

o‘zgarishida namoyon bo‘lmoqda.

Insonning falsafiy tafakkur tarzi va yo‘nalishiga ta’sir ko‘rsatadigan, g‘oyaviy-nazariy rol

o‘ynaydigan tasavvurlar mavjudki, ular metodologik tamoyillarda mujassamlashgan.

Darhaqiqat, falsafa turli davrlarda dunyoning turli mamlakatlarida to‘plangan bilimlarni,

tajribalarning yakunlarini umumlashtiradi, yaqinlashtiradi va birlashtiradi. Shu asosda, fanlarning

yaqinlashuvi, muammolarning mushtaraklashuvi insoniyat ilmiy va amaliy faoliyatining

kengayishi uchun yangi imkoniyatlarni yuzaga keltiradi. Inson bu tafakkur orqali o‘z mohiyati,

jamiyat, tabiat haqida tizimli bilimlar ko‘nikmasini hosil qilish bilan cheklanmay, ular asosida


background image


482

ilmiy tafakkur rivoji, amaliy faoliyat uchun muhim bo‘lgan umumiy xulosalar chiqarishga ham

intiladi. Natijada fan uchun yangi kashfiyotlar dunyo yuzini ko‘radi. Bu esa fanning takrorlanmas

yutug‘idir. Sir emaski, hozirgi davrda falsafa faniga bo‘lgan qarash keskin o‘zgarib bormoqda.

Yoshlarning mafkuraviy immunitetini shakllantirish, ularning dunyoqarashini tarbiyalash

va dunyoga munosabatini takomillashtirib borish bugungi kunning dolzarb masalalari qatoriga

kiradi. Chunki yosh avlod ertangi kunimiz davomchilaridir.

Shu ma’noda, yoshlarda ijtimoiy faollik pozitsiyasini shakllantirishda falsafa va uning roli

hamda ahamiyati xususida to‘xtalib o‘tar ekanmiz, uning quyidagi jihatlari ahamiyatga molik:

birinchidan, falsafiy bilimlar bilan oziqlangan yoshlarda falsafiy dunyoqarash, ijtimoiy

faollik pozitsiyasi shakllanadi, ularda olamga, voqea- hodisalarga, atrofini o‘rab turgan jamiyat

a’zolariga bo‘lgan ongli munosabat shakllanadi;

ikkinchidan, yoshlarda falsafiy bilimlar natijasida har qanday muammoli vaziyatlarda ham

o‘zini o‘zi boshqara olish qobiliyati rivojlanib, o‘sib boradi;

uchinchidan, falsafa o‘zining yondash, ya’ni uning tarmoqlari bilan birgalikda yoshlarda

axloqiy sifatlarni “Etika” fani orqali, go‘zallik, nafosat, nafislik singari tushunchalarni, “Estetika”

fani orqali, jamiyat, inson, ijtimoiy taraqqiyot va uning qonuniyatlarini ijtimoiy falsafa orqali

tushuntiradi, unib-o‘sib kelayotgan barkamol yoshlar ongida universal tabiatga ega bo‘lgan

dunyoqarash rivojlanishida birlamchi ahamiyat kasb etadi;

to‘rtinchidan, falsafa umuminsoniy qadriyatlar shakllanishida ham o‘z hissasini qo‘sha

oladi.

Demak, har qanday muammo-masalani falsafiy tahlil qilishda, shuningdek, bu boradagi

ilmiy tadqiqot ishlarini baholash va ularga qo‘yiladigan talablarni belgilashda yuqoridagilarga

alohida e’tibor qaratish zarur.

Bundan tashqari, falsafaning quyidagi vazifalari ham mavjud bo‘lib, u nafaqat yoshlar,

balki butun kishilik jamiyatiga ham taalluqli: u esa kishilarda olam haqida bir butun dunyoqarashni

shakllantirishga qaratilgan. Falsafa metodologik vazifani ham ado etadi, u barcha fan vakillarini

ilmiy bilishning asosiy shakllari, usuli va tamoyillari bilan qurollantiradi.

Shuningdek, falsafa gnoseologik, aksiologik, gumanistik tarbiyaviy vazifalarni bajaradi.

Shu bilan birga, u shaxsda jamiyat, insoniyat oldidagi ijtimoiy mas’uliyat hissini uyg‘otadi.

Falsafaning aynan mana shu vazifasi milliy g‘oyamizning – ozod va obod Vatan, erkin va

farovon turmush tarzini barpo etish singari bosh g‘oyasini hayotga tadbiq etishimizda katta xizmat

ko‘rsatadi.


background image


483

Chunki xalq farovonligi, yurt tinchligi, vatan taraqqiyoti yo‘lida ildam harakat qilishi kerak

bo‘lgan har bir komil insonning tarbiyasida aynan ijtimoiy mas’uliyat hissi jamiyat taraqqiyotini

mustahkamlashda, uning rivojlanish qonuniyatlarini to‘g‘ri belgilab olishimizda dasturulamal

bo‘lib xizmat qiladi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev ta’kidlaganidek, “Buning uchun o‘zini jamiyatimiz,

yoshlarimiz ma’naviyati, g‘oyaviy-mafkuraviy tarbiyasi uchun mas’ul deb bilgan insonlar – bu

mahalla yoki diniy tashkilotlar bo‘ladimi, huquq-tartibot idoralari xodimlari yoki katta ta’sir

kuchiga ega ijodkor ziyolilar bo‘ladimi – ularning barchasi, ayniqsa, faol bo‘lishlari lozim”.

Xulosa.

Xulosa qilib aytganda, yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda, avvalo, ko‘plab

islohotlar amalga oshirilayotganligini inobatga oladigan bo‘lsak, bu borada hali o‘z yechimini

kutayotgan masalalar ham mavjud. O‘z o‘rnida ushbu masalalarni hal etishda buyuk

ajdodlarimizdan meros bo‘lib qolgan nodir qo‘lyozmalarda yozilgan ilmiy-falsafiy meroslardan

to‘g‘ri va samarali foydalanish maqsadga muvofiq. Zero, ertangi porloq kelajagimizni barpo

etishda salohiyatli yoshlarni tarbiyalash dolzarb ahamiyat kasb etuvchi doimiy masalaga

aylanmog‘i darkor.

REFERENCES

1.

Tursunova N. Yoshlarning ijtimoiy faolligi: tushuncha va fazilatlari. “Ijtimoiy fikr”. 2004.

3-son. 149-150 betlar.

2.

Возрастная и педагогическая психология: Учеб.пособие для институтов Под ред.

М.В.Гомезо и др. -М., 1984. – 256 с.

3.

Tolibov I.I. Fuqarolik jamiyati: tushunchasi, institutlari, asosiy printsiplari va funktsiyalari

/ Red. A.X. Saidov.T: Inson huquqlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy Markazi,

2008.

4.

Umarjonov, S.S. (2021). Ijtimoiy – gumanitar fanlarni o’qitishda Fahriddin Roziyning

ontologik qarashlarining o’rni va ahamiyat. Oriental renaissance: Innovative, educational,

natural and social sciences, 1(9), 1029-1038.

5.

Ходжаев Б.Х. Умумий педагогика назарияси ва амалиёти. Дарслик. -Т.: “Сано-

стандарт”, 2017, 417.

6.

Lex.uz

References

Tursunova N. Yoshlarning ijtimoiy faolligi: tushuncha va fazilatlari. “Ijtimoiy fikr”. 2004. 3-son. 149-150 betlar.

Возрастная и педагогическая психология: Учеб.пособие для институтов Под ред. М.В.Гомезо и др. -М., 1984. – 256 с.

Tolibov I.I. Fuqarolik jamiyati: tushunchasi, institutlari, asosiy printsiplari va funktsiyalari / Red. A.X. Saidov.T: Inson huquqlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy Markazi, 2008.

Umarjonov, S.S. (2021). Ijtimoiy – gumanitar fanlarni o’qitishda Fahriddin Roziyning ontologik qarashlarining o’rni va ahamiyat. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(9), 1029-1038.

Ходжаев Б.Х. Умумий педагогика назарияси ва амалиёти. Дарслик. -Т.: “Сано-стандарт”, 2017, 417.

Lex.uz

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов