THE ROLE OF INVESTMENTS IN ENSURING ECONOMIC GROWTH

HAC
Google Scholar
To share
Mavlonberdiyev , O. (2024). THE ROLE OF INVESTMENTS IN ENSURING ECONOMIC GROWTH. Modern Science and Research, 3(2), 193–200. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/30995
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Investments are an important source of financing for economic growth. In this thesis, aimed at revealing the economic content of investments, the advantages of the innovative investment type of economic growth are substantiated.


background image


193

INVESTITSIYALARNING IQTISODIY O‘SISHNI TA’MINLASHDAGI O‘RNI

Mavlonberdiyev Otabek Turabekovich

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tinglovchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10968840

Annotatsiya. Iqtisodiy o‘sishni moliyalashtirishning muhim manbai investitsiyalar

hisoblanadi. Investitsiyalarning iqtisodiy mazmunini ochib berishga yo‘naltirilgan mazkur tezisda

iqtisodiy o‘sishning innovatsion-investitsion turining afzalliklari asoslab beriladi.

Kalit so‘zlar: iqtisodiy o‘sish, investitsiyalar, innovatsiya, moliyalashtirish, investitsion

muhit, iqtisodiy o‘sish sifati.

THE ROLE OF INVESTMENTS IN ENSURING ECONOMIC GROWTH

Abstract. Investments are an important source of financing for economic growth. In this

thesis, aimed at revealing the economic content of investments, the advantages of the innovative

investment type of economic growth are substantiated.

Keywords: economic growth, investment, innovation, financing, investment climate,

quality of economic growth.

РОЛЬ ИНВЕСТИЦИЙ В ОБЕСПЕЧЕНИИ ЭКОНОМИЧЕСКОГО РОСТА

Аннотация. Важным источником финансирования экономического роста

являются инвестиции. В данном тезисе, направленном на раскрытие экономического

содержания инвестиций, обоснованы преимущества инновационно-инвестиционного типа

экономического роста.

Ключевые слова: экономический рост, инвестиции, инновации, финансирование,

инвестиционный климат, качество экономического роста.

Iqtisodiy o‘sishning innovatsion-investitsion turi mamlakat iqtisodiyotida innovatsion

jarayonlarni rivojlantirish va keng ko‘lamli institutsional islohotlarni rag‘batlantiruvchi,

samaradorligi yuqori bo‘lgan raqobatchilik va institutsional muhitning shakllanishiga va

pirovardida innovatsion iqtisodiyotning talablariga monand tarzda iqtisodiy o‘sish sifati omillari

va manbalari o‘zgartirishga imkon yaratib beradi. Investitsiyalar iqtisodiy o‘sish sifatiga eng

avvalo bilimlarga asoslanishi bilan tavsiflanadi, ammo bilimlarning amalda “ishlashi” uchun

davlat va xususiy sektorning sherikchligini rivojlantirish, ilmiy muassasalarning vakolatlarini

kengaytirish, tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlarning qabul qilinishini ko‘zda tutuvchi zaruriy

institutsional muhit talab etiladi.


background image


194

Ilmiy va o‘quv adabiyotlarida iqtisodiy o‘sishning ekstensiv va intensiv turlari haqida

ko‘plab tadqiqotlar olib borishadi. Ma`lumki,

ekstensiv

iqtisodiy o‘sishni takror ishlab

chiqarishning eng oddiy va tarixan shakllangan birlamchi yo‘li sifatida qabul qilingan. Uning

avfzalligi shundan iboratki, ekstensiv usul orqali xo‘jalik rivojlanish sur’atlarini osongina oshirish

mumkin. Uning yordamida tabiiy resurslarni tezda o‘zlashtirish amalga oshadi, shuningdek

nisbatan tez fursatlarda ishsizlikni qisqartirish yoki yo‘qotishga erishiladi, ishchi kuchini butunlay

band qilish imkoniyatlari paydo bo‘ladi.

Iqtisodiy o‘sishning bir muncha murakkab turi -

intensiv

(lotincha - intensio, frantssuzcha

- intensif so‘zlaridan olingan bo‘lib, kuchlanish, kuchayish ma’nolarini anglatadi) iqtisodiy

o‘sishdir. Bu yerda eng muhimi ishlab chiqarish texnologiyalarini takomillashtirish, asosiy ishlab

chiqarish omillaridan foydalanish samaradorligini oshirishdir. Iqtisodiy o‘sish sifatining eng

muhim omili va tashkil etuvchisi - bu resurs tejamkorlik va mehnat unumdorligi darajasini

oshirishdir. Respublikamizda chiqqan «Iqtisodiyot nazariyasi» darsligida keltirilishicha:

«Iqtisodiy o‘sish bevosita yalpi milliy mahsulot miqdorining mutlaq va aholi jon boshiga hamda

iqtisodiy resurslar xarajatlari birligi hisobiga ko‘payishi hamda sifatining yaxshilanishida va

tarkibiy takomillashuvida ifodalanadi»[1], - deyiladi.

Iqtisodiy o‘sishning mazkur turi samaradorligi yuqori bo‘lgan va sifat jihatdan

takomillashgan ishlab chiqarish omillaridan keng foydalanishga asoslangan holda, mahsulot ishlab

chiqarish ko‘lamlarini oshirish bilan tavsiflanadi. Ishlab chiqarishning o‘sishiga, amalda xodimlar

malakasini oshirish, bir muncha tejamkor resurslar va yuqori unumli texnikalardan keng

foydalanish, shuningdek ilm-fan yutuqlari va ilg‘or texnologiyalarni keng qo‘llash hisobiga

ta’minlanadi. Ushbu omillar hisobiga resurs tejamkorlikka, mahsulot sifatining yaxshilanishi,

mehnat unumdorligining o‘sishi kabi bir qator ijobiy natijalarga erishiladi.

Iqtisodiy o‘sish omillarini turli ko‘rinishlarini bir tizimga keltirish va tadqiqotchi olimlar

tomonidan asosiy omil sifatida bilimlarning jamg‘arilishi, ijtimoiy taraqqiyotning hozirgi

bosqichida iqtisodiy o‘sishning alohida turi-iinovatsion iqtisodiy o‘sish borasida tadqiqotlarni

amalga oshirish maqsadga muvofiqligi ta’kidlab o‘tilmoqda.

Innovatsion iqtisodiy o‘sishni ham e’tiborga olgan holda yuqorida ta’kidlab o‘tilgan

iqtisodiy o‘sish turlarining umumiy ko‘rinishi 1-rasmda keltirilgan. Rasmda keltirilgan

ma’lumotlarning mazmun mohiyatidan, innovatsion iqtisodiy o‘sish ustuvorlik tendentsiyaga

egaligi bilan tavsiflanadi va bilimlar ishlab chiqarish sektoriga investitsiyalarning ko‘payishi,

mehnatni tashkil etish va rag‘batlantirish, texnologik asosdagi investitsiyalar ishlab chiqarish

omillarining sifat jihatdan takomillashuvi hisobiga makroiqtisodiy indikatorlar (YaIM, MD


background image


195

hajmlarining va aholi jon boshiga YaIM (MD) ning o‘sishi) miqdoriy ko‘rsatkichlarining ortishi

bilan aniqlanadi.

1-rasm. Iqtisodiy o‘sish turlarining tavsifi

Innovatsion iqtisodiy o‘sish YaIMning o‘sishi va uning tarkibini takomillashishi,

foydalanilayotgan ishlab chiqarish omillarining sifat jihatdan yangilanishi, texnika-

texnologiyaning mukammallashuvi inson va intellektual kapital mavqeining ortishi evaziga sodir

bo‘ladi. Ustun omillar investitsiyalar, rag‘batlantirish, bilim va ko‘nikma rivojlanish institutlari,

texnologik bazisga ega yangiliklardan keng foydalanish

,

ishlab chiqarish va iqtisodiy faoliyatni

tashkil etishni rag‘batlantirish, ichki xo‘jalik tizimida innovatsion faoliyatga undovchi

institutsional va raqobat muhitining amalda mavjudligini belgilab beradi.

Iqtisodiy o’sish turlari

Ekstensiv

(ishlab chiqarish

quvvatlarini

kengaytirish

avvalgi texnik

asoslar evaziga

amalga oshadi).

Tabiat resurslari

kapital omillari

ustunlik qiluvchi

omillar

hisoblanadi.

Intensiv

(texnika va

texnologiyani
takomillashti-

rish evaziga

ishlab

chiqarish

salohiyati

kengayadi).

Ustunlik

qiluvchi omil

- FTT.

Aralash

(foydalanilayotga
n ishlab chiqarish

omillari

miqdorining

ko‘payishi va

texnika -

texnologiyaning

takomillashuvi

hisobiga ishlab

chiqarish taraqqiy

etadi). Ustun

omillar - tabiiy

resurslar, FTT.

Innovatsion

YaIMning o‘sishi va uning

tarkibini takomillashishi

foydalanilayotgan ishlab

chiqarish omillarining sifat

jihatdan takomillashishi

texnika-texnologiyaning

mukammallashuvi inson va

intellektual kapital mavqeining

ortishi evaziga sodir bo’ladi.

Ustun omillar innovatsiyalar,

investitsiyalar, rag‘batlantirish,

bilim va ko’nikma rivojlanish

institutlari.

Iqtisodiy o’sishni

ta’minlashning

oddiyligi, tabiiy

resurslarni tezlikda

o’zlashtirish,

yuqori darajada

bandlikni

ta’minlash uchun

imkoniyatlar

mavjudligi, texnik

jihatdan bir joyda

qotib qolish, ishlab

chiqarishning

xarajatli tavsifga

ega ekanligi,

stagnatsiya.

Ishlab chiqarish

fan sig’imining

ortishi, ilmiy-

texnikaviy

axborotlardan

foydalanishning

keng tarqalishi,

resurslarning

cheklanganligi

borasida iqtisodiy

o’sish yo’lidagi

to’siqlarni yengib

o’tish.

Ishlab chiqarish

quvvatlarining

kengayishi, har

doim ishlab

chiqarish vositalari

sifat tavsiflarining

yaxshilanishi bilan

birga kuzatiladi.

Texnologik bazisga

ega yangiliklardan

keng foydalanish

,

ishlab chiqarish va

iqtisodiy faoliyatni

tashkil etishni

rag‘batlantirish,

ichki xo’jalik

tizimida

innovatsion

faoliyatga undovchi

institutsional va

raqobat muhitining

amalda mavjudligi

.


background image


196

Ishlab chiqarish bazasini uzluksiz tarzda yangilab borish va muttasil yangi mahsulotlar

ishlab chiqarishni ta’min etuvchi investitsiyalar barqaror iqtisodiy o‘sish sifatiga erishish va

pirovardida jamiyat farovonligini oshirishda muhim o‘rin egallaydi. Innovatsion iqtisodiyotni

rivojlantirish ishlab chiqarish faoliyatining o‘ziga qo‘shimcha mulkiy, pul va aqliy qo‘yilmalarsiz

amalda mumkin bo‘lmagan ishlab chiqarishni yangilashga asoslanadi.

Investitsiyalarga bo‘lgan talab YaIMning eng ko‘p o‘zgaruvchan tashkil etuvchisi sanaladi,

u foiz stavkasi va kutilayotgan foyda me’yori, YaIM hajmi, soliqqa tortish darajasi, texnologik

o‘zgarishlar va tadbirkorlarning kutishlari kabi bir qator omillarga bog‘liq. Investitsion talab

innovatsion turdagi iqtisodiy o‘sish sifatini rag‘batlantirishi lozim. Iqtisodiyotda ilmiy-tadqiqot,

tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini amalda qo‘llashning daromadlilik ehtimoli investitsiyalar va

umumiy tarzda iqtisodiy o‘sish sifati xususiyatlarini belgilab beradi.

Iqtisodiy o‘sish sifati maqsadlari nuqtai nazaridan nafaqatgina jamiyatni o‘zi manfatdor

bo‘ladi balki, uning iqtisodiy sub’yektlari ham birday manfatdor bo‘ladi. Masalan tadbirkorlar

uchun iqtisodiy o‘sishdan asosiy maqsad ular oladigan foyda hajmini o‘stirish bo‘lib hisoblanadi.

Iqtisodiy o‘sish

bizga ma’lumki kengaytirilgan takror ishlab chiqarish bilan bog‘liq. Bu

firmalarga mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini o‘stirish imkonini beradi. Buning uchun firmalar

o‘zlarining investitsion xarajatlarini oshiradi, ishlab chiqarishga yangi takomillashgan texnika va

texnologiyalarni joriy etadi. Uy xo‘jaligi esa o‘zining moddiy turmush darajasini yaxshilashga

harakat qiladi. Buning uchun aholi birinchidan olgan daromadlarini bir qismini jamg‘aradi

ikkinchidan ularning qaramog‘ida bo‘lgan ishlab chiqarish omillariga investitsiya qiladi. Bunday

motiv nafaqatgina ishchilar uchun, balki xizmatchilar, dehqonlar va tadbirkorlar uchun ham xosdir.

Investitsiyalar va boshqa me’zonlar o‘rtasidagi bu xil bog‘liqlikning bejiz emasligi

investitsiyalarning ilmiy-tadqiqot, tajriba konstruktorlik ishlanmalari natijalari va ularga

yo‘naltirilgan xarajatlarga funktsional bog‘liqligini ko‘rsatib turibdi[2]. Investitsiyalarning

mazmunini ishlab chiqarishni texnologik jihatdan modernizatsiyalash, inson va intellektual

kapitalni rivojlantirish va pirovardida esa innovatsion tipdagi iqtisodiy o‘sish sifatini ta’minlashga

yo‘naltirilgan maqsadli qo‘yilmalar tashkil etadi.

Biz tadqiqot ishimizda iqtisodiy o‘sishning sifati omillari bo‘lgan innovatsiyalar va

investitsiyalar o‘rtasidagi bog‘liqliklarning bir muncha qiziqarli modellarini ko‘rib chiqdik.

Fikrimizcha, F.Agiyon tomonidan taklif qilingan innovatsiyalar va investitsiyalar

o‘rtasidagi bog‘liqlik dolzarb hisoblanadi. Mazkur modelning tahlili iqtisodiy tahlilning

megaiqtisodiy darajasida innovatsiyalar, investitsiyalar va iqtisodiy o‘sish sifati o‘rtasidagi

bog‘liqliklarni empirik tadqiq etish jihatidan katta ahamiyat kasb etadi.


background image


197

F.Agiyon nazariyasida iqtisodiy o‘sish sifati ikki omil: iqtisodiyotning texnologik

chegaraga (“technology frontier”) yaqinligi va iqtisodiy agentlarning innovatsion faoliyatni

amalga oshira olish layoqatlari bilan aniqlanadi. Iqtisodiyot qanchalik yuqori texnologik

rivojlanish daraja chegarasiga yaqin bo‘lsa (texnologik jihatdan rivojlanishning yuqori chegarasi,

masalan AQShning texnologik taraqqiyot darajasi), investitsiyalar shunchalik muhim ahamiyat

kasb etadi [3].

Agar iqtisodiyotning rivojlanish holati yuqori texnologik rivojlanish darajasi chegarasidan

uzoqda joylashgan bo‘lsa, u holda investitsiyalarda - yirik va uzoq muddatli loyihalar muhim o‘rin

tutadi. Bunga misol tariqasida Yaponiya va Janubiy Koreya mamlakatlarining bu borada erishgan

yutuqlarini keltirib o‘tishimiz mumkin bo‘ladi. Iqtisodiyotning texnologik rivojlanishning yuqori

chegarasiga yaqinlashib borishi bilan muvaffaqiyat qozonishi investitsiyalarga bilan bog‘liq

bo‘lgan uncha katta bo‘lmagan loyihalarning ahamiyati tobora ortib boraveradi.

Rivojlanayotgan mamlakatlarga bu borada ikki katta xavf mavjud. Bu xavflarning

birinchisi “investitsion o‘sish”dan “innovatsion o‘sish”ga barvaqtroq o‘tish, natijasida yangi

tarmoqlarni himoya qilishdan voz kechishda ifodalanadi. Ikkinchi xavf esa taraqqiyotning

innovatsion-investitsion bosqichiga o‘tish jarayonlarini kechiktirishda namoyon bo‘ladi, bu esa

an’anaviy va uzoq muddatli loyihalarga haddan ziyod, yangi tarmoqlarga esa juda kam miqdorda

investitsiya kiritilishi sababli iqtisodiyotni “qopqon”ga tushib qolish xavfining ortishida ko‘rinadi.

Raqobat kurashining yo‘qligi va likdvidlikning cheklanganligi muammosining mavjudligi

sharoitida iqtisodiyotni qopqonga tushib qolish xavfi yanada ortadi. Innovatsion-investitsion

bosqichga tezlik bilan o‘tish jarayonida vujudga keladigan xavf-xatarlardan keng ko‘lamli davlat

investitsiyalari himoya qilishi va ularning ta’sir darajasini kamaytirishi mumkin.

Tadqiqotlarga ko‘ra taraqqiyotning innovatsion-investitsion bosqichiga o‘tish jarayonlarini

kechiktirmaslik va ayni chog‘da shoshilmaslik ham talab etiladi. Ushbu o‘rinda mazkur bosqichga

o‘tishni qaysi davrdan boshlash kerak degan mantiqiy savolning tug‘ilishi tabiiydir.

Taraqqiyotning innovatsion-investitsion bosqichiga o‘tishning eng qulayi inqiroz davri

hisoblanadi. Bu quyidagilar bilan izohlanadi:

birinchidan,

iqtisodiy inqiroz davrida iqtisodiy

vaziyatdan kelib chiqqan holda korxonalarga nisbatan turli imtiyozlar qo‘llaniladi.

Ikkinchidan,

inqiroz davrida moliyaviy aktivlarga qo‘yilmalar kutilgan daromadni ta’min etmaydi.

Uchinchidan,

investitsiyalar uchun qo‘shimcha impulslar paydo bo‘ladi (foiz me’yori

pasayadi, kapital tovarlarning narxi tushadi). Shu tariqa iqtisodiyotning real sektorini

moliyalashtirish uchun vaziyat tug‘iladi. Mazkur davrda davlat iqtisodiyotga mablag‘lar


background image


198

kiritishning to‘g‘ri yo‘nalishlarini tanlay olishi, innovatsion sohaga yo‘naltirilgan qo‘yilmalarning

samaradorligi yuqori bo‘lishi uchun tegishli shart-sharoitlarni yaratib berishi lozim.

Innovatsion-investitsion iqtisodiy o‘sish sifatiga o‘tish harakatida bo‘lgan rivojlanayotgan

iqtisodiyotlar uchun institutsioanal tavsifga ega bo‘lgan muammolar ham mavjud. Ya’ni,

innovatsion-investitsion taraqqiyotni ta’minlash turli ijtimoiy va iqtisodiy institutlarning mavjud

bo‘lishini taqozo etadi. Bu institutlarning paydo bo‘lishi va faoliyat yurituvchi sub’yektlarning

mazkur institutlarga moslashishi uchun ma’lum bir vaqt talab etiladi. Masalan, rivojlanayotgan,

ya’ni texnologik chegaradan uzoqda joylashgan mamlakatlar uchun tavsiya qilinuvchi

protektsionistik to‘siqlar investitsiyalar uchun to‘siqqa aylanadi, buni siyosiy jihatdan hal etish

ancha mushkul masala hisoblanadi. Iqtisodiy o‘sish sifatining ikki tashkil etuvchisi (yangi

texnologiyalarni o‘zlashtirish va investitsiyalar)ning samaradorligi mamlakat darajasida institutlar

bilan belgilanadi[3].

Investitsiyalarni o‘zlashtirishda o‘rta maxsus ta’limi, innovatsiyalarni yaratishda esa oliy

ta’limning o‘rni katta hisoblanadi. Lekin o‘rta maxsus va oliy ta’limni rivojlantirishga birdek urg‘u

berilishi lozim. Chunki oliy ta’limda yaratilgan innovatsiyalarni amaliyotga joriy etuvchilar va

mazkur investitsiyalarning samarali ishlatilishini ta’min etuvchilar o‘rta maxsus ta’limi

muassasalari bitiruvchilari hisoblanadi. Bundan shunday xulosaga kelishimiz mumkinki ta’lim

tizimiga yo‘naltirilgan investitsiyalar albatta innovatsion taraqqiyot borasida o‘zining ijobiy

samarasini beradi.

Jahon Banki, Xalqaro Valyuta Fondi, Xalqaro Moliya Korporatsiyasi kabi nufuzli xalqaro

tashkilotlarning ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston iqtisodiyoti qator yillar davomida barqaror

o‘sish sur’atlarini namoyon etib kelayotgan bo‘lsada, biroq uning rivojlangan davlatlar qatoridan

o‘rin egallashiga hali birmuncha erta.

Iqtisodiy taraqqiyotning yuqori texnologik chegarasiga yaqinlashish sanoat ishlab

chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalari tomonidan texnologik innovatsiyalarni amaliyotga joriy

etish holati bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘lgani holda, shuni qayd etishimiz lozimki,

innovatsiyalarga asoslangan korxonalarning ulushi Germaniyada 69,7%, Buyuk Britaniyada

43,7%, Norvegiyada 41%ni tashkil etgani holda mamlakatimizda bunday korxonalarning ulushi

10 %ni ham tashkil etmaydi. Mamlakat iqtisodiy taraqqiyotida muhim o‘rin tutuvchi omil

investitsiyalar hisoblanadi. Texnologik taraqqiyotning yuqori rivojlanish chegarasiga tobora

yaqinlashib borilgani sari taraqqiyotning innovatsion-investitsion bosqichiga o‘tish masalasi

ustida to‘xtalishimiz mumkin bo‘ladi.


background image


199

Dunyo mamlakatlari ilmiy va innovatsion salohiyati asosiy ko‘rsatkichlari dinamikasini

tavsiflovchi statistik ko‘rsatkichlar tadqiqotlarimizning empirik bazasi bo‘lib xizmat qiladi.

Tadqiqotlarimizni amalga oshirishda mamlakatlarni ikki guruh: taraqqiy etgan

mamlakatlar va boshqa mamlakatlar guruhiga ajratamiz. Bunda biz XVF tomonidan ishlab chiqilib

tavsiya etilgan yondashuvga tayanib ish ko‘ramiz[4]. Jahon iqtisodiyotining chuqur qiyosiy tahlili

innovatsiyalar sohasidagi yetakchilik ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari (ITTKI)ga

ajratilayotgan xarajatlarga bevosita bog‘liqligini ko‘rsatmoqda. Jumladan, global ITTKI

xarajatlarida birgina AQShning ulushi 34,0%ni tashkil etmoqda. Biroq mamlakat YaIMda ITTKI

xarajatlari ulushi bo‘yicha jahonda birinchi o‘rinda Isroil (-4.27%), undan keyingi o‘rinlarda

Shvetsiya (3,26%), Germaniya (2,88%), Frantsiya (2,23%) va Rossiya (1,13%) turadi. ITTKI

xarajatlari tarkibining tahlili ko‘rsatishicha, ushbu sohaga sarflanayotgan mablag‘larning mutlaq

miqdori bo‘yicha AQSh yetakchilik qiladi. Milliy innovatsion faoliyatning rivojlanishini

umumlashgan holda aks ettiruvchi aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi ITTKI xarajatlari bo‘yicha

esa IHTT mamlakatlari va boshqa mamlakatlar o‘rtasida keskin farq mavjud. Xususan, 2017 yilda

AQSh, Germaniya, Yaponiya, Koreya Respublikasi kabi mamlakatlarda ushbu ko‘rsatkich

o‘rtacha 1600 dollarni tashkil etgani holda Xitoy, Rossiya kabi o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlarida

bu ko‘rsatkich o‘rtacha 400 dollarga teng bo‘ldi.

Sanoat jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlar va ularni tobora “quvib etayotgan”

mamlakatlar tajribasi ko‘rsatishicha, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning qo‘shimcha o‘sish

sur’atlarini 2/3 qismi fan sig‘imkorligi yuqori, ishlab chiqarish omillaridan intensiv, samarali

foydalanish hisobiga erishilmoqda. Hisob-kitoblar ko‘rsatishicha jahon ilmiy-texnika

salohiyatining 90%i va global yuqori texnologiyalar bozorining 80%i Iqtisodiy hamkorlik va

taraqqiyot tashkiloti (IHTT)ga a’zo mamlakatlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Xususan, AQSh tovar

eksporti tarkibida yuqori texnologik mahsulotlar ulushi - 32%ni, Byuk Britaniyada - 31%,

Yaponiyada - 26%, Frantsiyada - 23%ni tashkil etmoqda. Taraqqiy etgan mamlakatlar tomonidan

yuqori texnologik mahsulotlar eksportidan keladigan foyda miqdori jadal sur’atlar bilan o‘sib

bormoqda. Jumladan, ushbu faoliyatdan olinadigan yillik daromad miqdori AQShda - 700 mlrd.,

Germaniyada - 530 mlrd., Yaponiyada - 400 mlrd. dollardan yuqori.

Tahlillarimiz taraqqiy etgan mamlakatlar guruhi bo‘yicha YaIMning o‘rtacha yillik o‘sish

sur’atlari bilan ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlariga ichki xarajatlar o‘rtasida yetarlicha

katta bog‘liqlik mavjudligini ko‘rsatdi.


background image


200

REFERENCES

1.

Шодмонов Ш.Ш., Алимов Р.Х., Жўраев Т.Т. «Иқтисодий назария» Дарслик. «Молия»

нашриёти. 2002. - Б. 282.

2.

Балдин К.В. Инвестиции в инновации: учебное пособие. / К.В.Балдин,

И.И.Передеряев, Р.С.Голов. - М.: Дашков и К

о

, 2008. - С. 129.

3.

Aghion

P.A.

Primer

on

Innovation

and

Growth

(электронный

ресурс).//Bruegel.org.Bruegel.2012.

URL:http:/org/Feiles/media/PDF/Home/Primer_Innovation_Growth_13ct.pdf

4.

Do Financial crises have lasting effects on trade? (электронный ресурс) //imf.org:

International Monetary Fund. 2010.

5.

Халимжонов Д. Э., Абдувохидов А. А. ЎЗБЕКИСТОНДА ХОРИЖИЙ

ИНВЕСТОРЛАРНИНГ ҲУҚУҚЛАРИНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ: МУАММОЛАР ВА

ЕЧИМЛАР //ЖУРНАЛ ИННОВАЦИИ В ЭКОНОМИКЕ. – 2021. – Т. 4. – №. 1.

6.

Абдувохидов А., Тошбоев Б. ИМПОРТ ЎРНИНИ БОСУВЧИ САНОАТ

СИЁСАТИНИНГ ХАЛҚАРО ТАЖРИБАСИ ВА УНДАН ЎЗБЕКИСТОН

ШАРОИТИДА ФОЙДАЛАНИШ ЙЎЛЛАРИ //Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil. – 2023. – Т.

1. – №. 4. – С. 81-92.

7.

Khakimova, M. Kh. (2021). USING THE “BRAINSTORMING” METHOD IN

TEACHING

SOIL

SCIENCE

AS

A

FACTOR

OF

ACHIEVEMENT

OF

EFFECTIVENESS. Bulletin of Science and Education , (6-3 (109)), 56-61.

8.

Rakhimov, D., Juliev, M., Agzamova, I., Normatova, N., Ermatova, Y., Begimkulov, D., ...

& Ergasheva, O. (2023). Application of hyperspectral and multispectral datasets for mineral

mapping. In E3S Web of Conferences (Vol. 386). EDP Sciences.

References

Шодмонов Ш.Ш., Алимов Р.Х., Жўраев Т.Т. «Иқтисодий назария» Дарслик. «Молия» нашриёти. 2002. - Б. 282.

Балдин К.В. Инвестиции в инновации: учебное пособие. / К.В.Балдин, И.И.Передеряев, Р.С.Голов. - М.: Дашков и Ко, 2008. - С. 129.

Aghion P.A. Primer on Innovation and Growth (электронный ресурс).//Bruegel.org.Bruegel.2012. URL:http:/org/Feiles/media/PDF/Home/Primer_Innovation_Growth_13ct.pdf

Do Financial crises have lasting effects on trade? (электронный ресурс) //imf.org: International Monetary Fund. 2010.

Халимжонов Д. Э., Абдувохидов А. А. ЎЗБЕКИСТОНДА ХОРИЖИЙ ИНВЕСТОРЛАРНИНГ ҲУҚУҚЛАРИНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ: МУАММОЛАР ВА ЕЧИМЛАР //ЖУРНАЛ ИННОВАЦИИ В ЭКОНОМИКЕ. – 2021. – Т. 4. – №. 1.

Абдувохидов А., Тошбоев Б. ИМПОРТ ЎРНИНИ БОСУВЧИ САНОАТ СИЁСАТИНИНГ ХАЛҚАРО ТАЖРИБАСИ ВА УНДАН ЎЗБЕКИСТОН ШАРОИТИДА ФОЙДАЛАНИШ ЙЎЛЛАРИ //Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil. – 2023. – Т. 1. – №. 4. – С. 81-92.

Khakimova, M. Kh. (2021). USING THE “BRAINSTORMING” METHOD IN TEACHING SOIL SCIENCE AS A FACTOR OF ACHIEVEMENT OF EFFECTIVENESS. Bulletin of Science and Education , (6-3 (109)), 56-61.

Rakhimov, D., Juliev, M., Agzamova, I., Normatova, N., Ermatova, Y., Begimkulov, D., ... & Ergasheva, O. (2023). Application of hyperspectral and multispectral datasets for mineral mapping. In E3S Web of Conferences (Vol. 386). EDP Sciences.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов