THE ROLE OF THE KPI SYSTEM IN MOTIVATING CIVIL SERVANTS

HAC
Google Scholar
To share
Baxromova, L. . (2024). THE ROLE OF THE KPI SYSTEM IN MOTIVATING CIVIL SERVANTS. Modern Science and Research, 3(2), 568–573. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/31135
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article provides information about the role of the KPI system in the promotion of civil servants.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

568

DAVLAT XIZMATCHILARINI RAG‘BATLANTIRISHDA KPI TIZIMINING O‘RNI.

Baxromova Laylo Rayim qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti talabasi.

laylorayimovna@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.10995437

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Davlat xizmatchilarini rag‘batlantirishda kpi tizimining

o‘rni haqida ma’lumotlar keltirilgan.

Kalit sózlar:

Jahon tajribasi, kpi, davlat xizmatchilari, eng muhim samaradorlik

ko‘rsatkichlari.

THE ROLE OF THE KPI SYSTEM IN MOTIVATING CIVIL SERVANTS.

Abstract.

This article provides information about the role of the KPI system in the

promotion of civil servants.

Keywords:

World experience, kpi, civil servants, most important performance indicators.

РОЛЬ СИСТЕМЫ КПЭ В МОТИВАЦИИ ГОСУДАРСТВЕННЫХ

СЛУЖАЩИХ.

Аннотация.

В данной статье представлена информация о роли системы КПЭ в

мотивации государственных служащих.

Ключевые слова:

Мировой опыт, KPI, государственные служащие, важнейшие

показатели эффективности.

Kirish.

Jahon tajribasida davlat organlarida bilimli, malakali va o‘z ishining ustasi bo‘lgan davlat

xizmatchilarini o‘z vazifasini halol, sidqidildan bajarishi, xizmatda qolishi, xizmat ko‘rsatishda
yuqori sifatga chiqishi davlat xizmatchilariga bog’liqdir. Yurtimizda ham bu borada bir qator
ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2019 yil 3-

oktabrdagi PF-5843-sonli

1

O‘zbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik

xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Farmoni qabul qilindi,
mazkur farmon orqali davlat xizmatida tub burilishlar amalga oshirildi desak mubolag’a
bo‘lmaydi. Ushbu Farmonda davlatimiz rahbari davlat xizmatida mavjud bo‘lgan muammolar shu
bilan birga davlat fuqarolik xizmatini yanada takomillashtirish va isloh qilishning ustuvor
yo‘nalishlari aniq belgilab qo‘yildi.

Davlat organining samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun

eng muhim samaradorlik

ko‘rsatkichlarini

belgilab shu asosda chora-tadbirlarni amalga oshirish muhim hisoblanadi.

Ishlash ko‘rsatkichlari tizimlarini tashkil etish uchun ko‘p usullar mavjud bo‘lib eng

ommalashganlari

“muvozanatli ball kartasi”

ya’ni

BCS

-balanced scorecard va

“asosiy ishlash

ko‘rsatkichlari”

ya’ni

KPI

-key performance indicator hisoblanadi.

BSC tizimi yakuniy ta’sirga

kumulyativ ta’sirini baholashni maksimal darajada oshirish uchun individual ishlash

1

Qonunchilik ma’lumotlari 09.08.2022-y., 03/22/788/0723-son; 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son788/0723 - son;


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

569

ko‘rsatkichlarining o‘zaro bog‘liqligiga ko‘proq e’tibor qaratsa, KPI tizimi yakuniy ta’sirni
maksimal darajada tavsiflovchi eng muhim ishlash ko‘rsatkichlarini tanlashga asoslangan.

2

Davlat fuqarolik xizmatida KPI tizimini rivojlantirishning ikkita yondashuvi mavjud:

jarayon va funksional.

1. Jarayon yondashuvi – tashkilotdagi jarayonlarni tavsiflaydi va shakllantiradi. Shu bilan

birga jarayonlar umuman maqsadlar sifatida ma’lum ko‘rsatkichlar, muddatlar va standartlarga
murojaat qilmasdan shakllanadi.

2. Funksional yondashuv – tashkilot tuzilishiga muvofiq tashkilotning har bir davlat

xizmatchisi uchun pozitsiyalarga qarab faoliyatning asosiy yo‘nalishlari quriladi. Har bir tashkilot
lavozimlar (kadrlar) tarkibiga va ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga ega. Har bir lavozimda
xodim bajarishi kerak bo‘lgan o‘z xizmat funksiyalari mavjud. Xizmat funksiyalari uchun KPI
yordamida ushbu funksiyaning ishlash darajasini baholashga imkon beradigan ba’zi
ko‘rsatkichlarni ishlab chiqish mumkin. Tashkilotdagi maqsadlar tashkilotning strategik
maqsadidan chetga chiqmaslik uchun bo‘limlar va xodimlar darajasiga “yuqoridan pastga”
o‘tkaziladi. Tashkilot uchun muvozanatli ko‘rsatkichlar to‘plami yaratiladi, keyin u bo‘limlar va
davlat xizmatchilariga tushadi. Bunday ko‘rsatkichlarni sifat miqdoriy va jamoaviy-individual
guruhlarga ajratish qulay hisoblanadi.

Asosiy qism.

Eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI)

deganda, davlat xizmatchisi tomonidan

funksional vazifa va majburiyatlari ijro etilishining samaradorligi va natijadorligini baholash
uchun qo‘llaniladigan va miqdoran o‘lchash mumkin bo‘lgan baholash indikatori tushuniladi.

KPI tizimini ishlab chiqishdan oldin davlat xizmatchilarining ma’lum vaqt ichida bajarishi

kerak bo‘lgan vazifalari belgilab olinishi kerak. Har bir ko‘rsatkich uchun indeks hisoblab
chiqiladi va xodimning natijasi

foiz

sifatida ko‘rsatiladi. Agar KPI indeksi

100 foizdan

yuqori

,

ya’ni me’yordan yuqori bo‘lsa, bu vazifa oshib ketganini bildiradi. Agar KPI indeksi

100 foizdan

past bo‘lsa

, me’yor bajarilmaydi.

Lekin u belgilangan KPI indeksiga ham bog‘liq bo‘ladi, chunki me’yorni

70 dan 100

foizgacha

hisoblash mumkin. Ko‘rsatkichlarning miqdori va aniq belgilab berilmasligi natijasida

faoliyat samaradorligiga erishishga o‘zining salbiy taʼsirini ko‘rsatmasdan qolmaydi.

Har bir tashkilot maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda o‘z baholash

ko‘rsatkichlarini ishlab chiqdi. Ulardan ko‘p uchraydiganlari:

natijadorlik ko‘rasatkichi – bunda belgilangan maqsad-vazifalar yil davomida to‘laqonli

bajarilganiga qarab moddiy rag‘batlantirish;

ijro intizomini ta’minlash ko‘rsatkichi bo‘yicha rag‘batlantirish;

maxsus loyihalar ko‘rsatkichi – ma’lum vaqt doirasida faoliyat olib borganligi uchun

rag‘batlantirish.

2021-yilda KPI ko‘rsatgichlarida

54 ta vazifa va 70 ta ko‘rsatkich

bo‘yicha baholangan

bo‘lsa, 2022-yilga kelib

39 ta vazifa va 46 ta ko‘rsatkich

ga qisqartirildi.

2

Jo‘rayev.A. Samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI): davlat fuqarolik xizmatchisini rag’batlantirish, Huquq va burch

jurnali. – Toshkent – 25.12.2023


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

570

Rivojlangan davlatlarning tajribasiga ko‘ra, davlat xizmatchilari faoliyati samaradorligini

baholashda ko‘rsatkichlar soni oshirilishi natijasida ularning asosiy eʼtibori ish vaqtini
rejalashtirilmasligi, topshiriqlarning oxiriga yetkazilmasligi yoki sifatsiz bajarilishiga sabab
bo‘lishi o‘z tasdig‘ini topganligini kuzatish mumkin bo‘ladi. Shu sababli ham, davlat
xizmatchilarining samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun bugungi kunda xorijiy davlatlar tajribasiga
ko‘ra,

KPI ko‘rsatkichlari 5-7 tagacha

belgilanishi tavsiya qilinmoqda. Quyida ba’zi xorijiy

davlatlar tajribasi bilan tanishish maqsadga muvofiqdir:

Qozog‘iston Respublikasida

davlat xizmatchilari faoliyati samaradorligi baholanishi

2 ta

toifaga

bo‘linadi.

Siyosiy davlat xizmatchilari

– davlat organlarining birinchi rahbarlari, viloyatlar,

respublika ahamiyatiga molik shaharlar va poytaxt hokimlari va maʼmuriy davlat
xizmatchilarining KPI ko‘rsatkichlari

5 tani

(maqsadli ko‘rsatkich, kasbiy daraja va shaxsiy

fazilatlar) tashkil qiladi.

Yaponiya

davlatida davlat xizmatchilari faoliyatining samaradorligini baholash

ko‘rsatkichlari soni

6 tani

tashkil qiladi. Bunda, maqsadli ko‘rsatkichlar

3-4 tagacha

,

kompetentligi bo‘yicha esa

5-6 tagacha

belgilanadi.

Saudiya Arabistonida

esa davlat xizmatchilari faoliyati samaradorligini baholash bo‘yicha

maqsadli ko‘rsatkichlar soni

4-10 tagachani

tashkil qilmoqda.

Kanadada

departament va agentliklar samaradorlik natijalarini rejalashtirish va natijalarni

nazorat qilishda mustaqil qarorlar qabul qilishadi. Kanadada rahbarlik lavozimidagi davlat
xizmatchilari faoliyat samaradorligining monitoringi rasman olib borilmaydi.

Yangi Zelandiyada

ham davlat xizmatidagi yuqori lavozimlarni boshqarishni mustaqil

idora – Davlat xizmati bo‘yicha komissiya (State Services Commission) amalga oshiradi. Yangi
Zelandiyada rahbarlik bo‘g‘inidagi xizmatchilar uchun mehnatga haq to‘lash va ular faoliyatining
samaradorligini baholash ko‘rsatkichlarini baholanayotgan xizmatchining bevosita boshlig‘i
tuzadi.

Samaradorlikni baholash natijalariga ko‘ra xodimni xizmat vazifasi bo‘yicha

rag‘batlantirish nazarda tutilmasa-da, xodimlarni boshqa ishga o‘tkazish to‘g‘risida qarorlar qabul
qilishda xizmatchilarning erishgan yutuqlari albatta hisobga olinadi.

Shuningdek, sohada faoliyat ko‘rsatayotgan olimlarning fikriga ko‘ra, KPI

ko‘rsatkichlarida

"kamroqdan ko‘proq" tamoyili

bilan kam ko‘rsatkichlar belgilab berilishi orqali

ko‘proq samaradorlikka erishish mumkinligi nazarda tutiladi

. KPI ko‘rsatkichlarining kichikroq

soni esa ko‘proq konsentratsiyani taʼminlaydi.

Soha mutaxassislarining (

Baroudi, 2014; Parmenter, 2012; Marr, 2008; PwC, 2007

)

tavsiyasiga ko‘ra:

muvaffaqiyatning muhim omili uchun – 5 – 8 tagacha;

tashkiliy KPI – 4 – 10 tagacha;

tashkilot bo‘linmalari o‘rtasida birlashtirilgan KPI – 15 – 25 tagacha;

davlat tashkilotining barcha darajalarida 80 dan kam samaradorlik va hisobot

ko‘rsatkichlari bo‘lishi tavsiya etiladi.

Rus olimasi

M.Vishnakovaning

fikriga ko‘ra esa, sifatli KPI ko‘rsatkichlari shartlari

quyidagilarda deb hisoblaydi:


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

571

ko‘rsatkichlar ko‘p bo‘lishi kerak emas. Bir maqsad uchun 2-3 ta KPI ko‘rsatkichlari

yetarli;

har bir maqsadning ko‘rsatkichlari bo‘lishi lozim;

ko‘rsatkichlar bir-biriga zid kelmasligi kerak;

ko‘rsatkich maqsaddan chalg‘ituvchi bo‘lishi kerak emas;

barcha KPI ko‘rsatkichlar yig‘indisi 100 %ni berishi lozim.
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat xizmatini

rivojlantirish agentligi direktorining 28.12.2022 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3407
sonli

3

“Davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyatining samaradorligini eng muhim ko‘rsatkichlar

asosida baholash uslubiyatini tasdiqlash to‘g‘risida”

buyrug‘iga muvofiq Davlat fuqarolik

xizmatchilari faoliyatining samaradorligini eng muhim ko‘rsatkichlar asosida baholash uslubiyoti
qabul qilindi, eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari— davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan
funksional vazifa va majburiyatlari ijro etilishining samaradorligi va natijadorligini baholash
uchun qo‘llaniladigan va miqdoran o‘lchash mumkin bo‘lgan baholash indikatorlar ekanligi
belgilab qo‘yildi.

Shuni alohida aytish joizki davlat xizmatida eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini

belgilashda

bir qator kamchiliklar ham ko‘zga tashlanib bormoqda

. Chunonchi, Oʻzbekiston

Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari rahbarlari
oʻrinbosarlarining funksional vazifalari hamda faoliyatining eng muhim samaradorlik
koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarori

4

bilan tasdiqlangan

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni
qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiy
taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar hokimining moliya-
iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — iqtisodiy
taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish bosh boshqarmalari boshliqlarining ish samaradorligini
baholash koʻrsatgichlari soni 36 tani tashkil etsa, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar
Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qurilish, kommunikasiyalar,
kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarlarining ish
samaradorligini baholash koʻrsatgichlari 54 tani tashkil etadi. Koʻrinib turibdiki, davlat fuqarolik
xizmatchilarini samaradorlik koʻrsatgichlarini soni juda katta. Bugungi kunda mazkur mezonlar
asosida davlat fuqarolik xizmatchilar faoliyati baholanib kelinmoqda. Davlatimiz rahbari Shavkat
Mirziyoev raisligida 2024 yilda sohalarni isloh qilish maqsadida makroiqtisodiy barqarorlik va
iqtisodiy rivojlanishni ta'minlash boʻyicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yigʻilishida
Iqtisodiy kompleks rahbarlariga oylik, choraklik va yillik samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) joriy
etilishini, ish haqi ham ularning ijrosiga bogʻlanishini, soha rahbarlari bir hafta muddatda xalqqa
murojaat qilib, rejalarini oddiy tilda tushuntirishini hamda oʻziga katta mas'uliyat va javobgarlik
olishini, endilikda vazir oʻrinbosarlarini 70 foiz ishi tumanda boʻlib, ular vazirlik uchun
belgilangan KPI ijrosini joyida tashkil qilishi takidlandi.

3

Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2022-y., 10/22/3407/1127-son

4

Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/548/0836-son; 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son;

30.04.2022-y., 09/22/230/0377-son; 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son; 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

572

Investisiya, eksport va xalqaro hamkorlik sohalarida amalga oshirilishi lozim boʻlgan

ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yigʻilishida investitsiya kompleksiga kiruvchi vazir va
hokimlarning rejalari va natijalari sust boʻlgan oʻrinbosarlari ishdan boʻshatilib, ularga aniq KPI
belgilanishi va shundan keyin bir yil muddatga shartnoma asosida ishga olinishi belgilanishi
takidlangan boʻlsa, ishini eplay olmagan va KPIni bajarmagan elchi va savdo maslahatchilari
intizomiy jazoga tortiladi degan fikrlar ilgari surildi. Ta'lim, sogʻliqni saqlash, raqamlashtirish,
madaniyat va sport sohalarida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ustuvor vazifalar yuzasidan
videoselektor yigʻilishida sohalarda vazirlar, vazir va hokim oʻrinbosarlari faoliyati boʻyicha
takliflarni kiritish, har biri bilan bir yillik kontrakt tuzib, KPI belgilash topshirildi.

Xulosa.

O‘rganishlar bo‘yicha xulosa qilish mumkinki, davlat xizmatchilari uchun samaradorlik

ko‘rsatkichlarining ko‘p miqdorda va aniq maqsadlarsiz tasdiqlanishi o‘z navbatida faoliyat
samaradorligiga va vazifalarni mukammal bajarishga salbiy taʼsir ko‘rsatadi.

Kelgusida KPI ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etilishida hamda yuzaga

kelishi mumkin bo‘lgan muammolar va kamchiliklarni oldini olish maqsadida quyidagilar taklif
etiladi:

Birinchidan,

faoliyat samaradorligini baholash tizimini joriy etish, ya’ni

“Davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyatining samaradorligini eng muhim ko‘rsatkichlar

asosida baholash Uslubiyati” mavjud bo‘lib uning talablari asosida (28.12.2022-yil, ro‘yxat
raqami 3407) joyriy etish.

Ikkinchidan

, xorijiy davlatlar tajribasidan kelib chiqqan holda, davlat xizmatchilari

faoliyatining baholash ko‘rsatkichlarini kamaytirish maqsadga muvofiq hisoblanadi masalan 5-7
tagacha davlat organining strategik maqsadlariga bog‘lagan holda belgilash va tasdiqlash lozim,
negaki yuqorida ta’kidlanganidek ko‘rsatgichlar sonining ko‘pligi samarasizlikka olib kelishi
mumkin;

Uchinchidan

, davlat xizmati organlari rahbarlari tomonidan ma’lum bir muddatda

masalan, har chorakda davlat xizmatchilari faoliyati samaradorligini monitoring qilish tizimini
yo‘lga qo‘yish. Bunda davlat xizmatchilari faoliyatini baholash ko‘rsatkichlarini bajarilishini
doimiy tahlil qilib boriladi;

To‘rtinchidan

, va eng muhim jihati ham shu hisoblanadi, ya’ni davlat fuqarolik

xizmatchilariga qo‘shimcha vazifalar yuklamaslik va faoliyatiga bevosita aloqador bo‘lmagan
tadbirlarga jalb qilmaslik choralarini ko‘rish orqali natijaga yo‘naltirilgan samarali faoliyat olib
borilishiga erishish mumkin,negaki ortiqcha vazifalar va jalb etishlar xodimlarni ishidan
zerikishga, samaradorlikni tushishiga, sifatli ish natijasini yo‘qotishga sabab bo‘ladi.

REFERENCES

1.

Qonunchilik

ma’lumotlari

09.08.2022-y.,

03/22/788/0723-son;

29.11.2023-y.,

03/23/880/0905-son788/0723 - son;

2.

Jo‘rayev.A. Samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI): davlat fuqarolik xizmatchisini
rag’batlantirish, Huquq va burch jurnali. – Toshkent – 25.12.2023

3.

Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2022-y., 10/22/3407/1127-son


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

573

4.

Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/548/0836-son; 19.04.2022-y.,
09/22/195/0319-son; 30.04.2022-y., 09/22/230/0377-son; 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-
son; 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son

5.

Matei A., Camelia G. Public Service in Romania and its Role in the Development of the
Administrative Capacity // Procedia Economics and Finance. 2015. N 23. P. 982–985.

6.

Buleca J., Mura L. Quantification of the efficiency of public administration by data
envelopment analysis // Procedia Economics and Finance. 2014. N 15. P. 162–168

7.

Р.Р.Тўрахўжаева. Давлат хизматчилари фаолияти самарадорлигини баҳолашда
хорижий мамлакатлар тажрибаси, Ижтимоий тадқиқотлар журнали. –Тошкент. –
2020, 3-жилд, 5-сон.


Ilova.

KPI qanday hisoblanish formulasi ilova qilindi.

References

Qonunchilik ma’lumotlari 09.08.2022-y., 03/22/788/0723-son; 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son788/0723 - son;

Jo‘rayev.A. Samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI): davlat fuqarolik xizmatchisini rag’batlantirish, Huquq va burch jurnali. – Toshkent – 25.12.2023

Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2022-y., 10/22/3407/1127-son

Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/548/0836-son; 19.04.2022-y., 09/22/195/0319-son; 30.04.2022-y., 09/22/230/0377-son; 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son; 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son

Matei A., Camelia G. Public Service in Romania and its Role in the Development of the Administrative Capacity // Procedia Economics and Finance. 2015. N 23. P. 982–985.

Buleca J., Mura L. Quantification of the efficiency of public administration by data envelopment analysis // Procedia Economics and Finance. 2014. N 15. P. 162–168

Р.Р.Тўрахўжаева. Давлат хизматчилари фаолияти самарадорлигини баҳолашда хорижий мамлакатлар тажрибаси, Ижтимоий тадқиқотлар журнали. –Тошкент. – 2020, 3-жилд, 5-сон.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов