NATURAL BOTANICAL MONUMENTS OF SAMARKAND REGION

HAC
Google Scholar
To share
Muzaffarova, V., & Abdurahimova, G. . . (2024). NATURAL BOTANICAL MONUMENTS OF SAMARKAND REGION. Modern Science and Research, 3(2), 858–860. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/31215
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article provides information about the history, climate and soils of the planting of botanical monuments of Samarkand region.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

858

SAMARQAND VILOYATINING TABIIY BOTANIK YODGORLIKLARI

Muzaffarova Vazira

Abdurahimova Gulira’no

Samarqand davlat tibbiyot universiteti akademik litseyi

https://doi.org/10.5281/zenodo.11002756

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Samarqand viloyati botanik tabiat yodgorliklari ekilishi

tarixi, iqlimi va tuproqlari haqida ma’lumot berilgan.

Kalit soʻzlar:

introduksiya, eman, sarv, Zarafshon vodiysi.

NATURAL BOTANICAL MONUMENTS OF SAMARKAND REGION

Abstract.

This article provides information about the history, climate and soils of the

planting of botanical monuments of Samarkand region.

Key words:

introduction, oak, cypress, Zarafshan valley.

ПРИРОДНЫЕ БОТАНИЧЕСКИЕ ПАМЯТНИКИ САМАРКАНДСКОЙ ОБЛАСТИ

Аннотация.

В данной статье представлены сведения об истории, климате и почвах

насаждений ботанических памятников Самаркандской области.

Ключевые слова:

интродукция, дуб, кипарис, Зеравшанская долина.

Dunyoda va shu jumladan, Oʻzbekistonda yovvoyi va madaniy holda 100 yildan ortiq vaqt

mobaynida oʻsib turgan daraxtlarni botanik tabiat yodgorliklari deb hisoblash qabul qilingan. Ular
Oʻzbekiston tabiatini muhofaza qilish jamiyati orqali roʻyxatga olinadi va noyob turlar sifatida
muhofaza etiladi. Noyob qaragʻaylar, kedrlar, shamshodlar, oq qayinlar, chinorlar, archalar,
kashtanlar kabi chiroyli, manzarali daraxtlar shular jumlasidandir. Bunday daraxtlar ichida 100-
200 yilliklari, 400-500 yilliklari, hattoki 2000 yildan beri koʻkarib kelayotganlari ham bor.

Samarqand viloyatida yuksak oʻsimliklarning Qaragʻaytoifalar (Pinophyta)lardan qrim

qaragʻayi, virjiniya archasi, botqoq sarvi, livan kedri, sharq sauri, mamont daraxti, ginkgo
daraxtlari asriy daraxtlar sifatida saqlanib qolgan.

Magnoliyatoifalardan sharq chinori, pista, joʻka, eman, soxta kashtan, gledichiya, yapon

saforasi, argʻuvon, tugma daraxti Samarqand viloyatining botanik yodgorliklari sirasiga kiradi.

Samarqand viloyatida oʻsib turgan asriy daraxtlarning yoshiga qarab ekilish tarixi 3 davrga

boʻlinadi.

1.

Amir Temur davri.

2.

Amir Temurdan keyingi davr.

3.

XIX asrning soʻnggi choragi.
Amir Temur davri va ungacha bo’lgan davrda Samarqand shahri va viloyati tumanlarida

ekilgan daraxtlar quyidagilar:

1.

Samarqand shahridagi Doniyor payg’ambar ziyoratgohidagi pista daraxti.

2.

Chorchinor mavzoleyidagi chinorzor.

3.

Xoja Amon bobo ziyoratgohi (Pastki chinor)dagi chinorlar.

4.

G’avsul A’zam ziyoratgohidagi chinorlar.

5.

Qo’shrabot tumanidagi sharq savri.

6.

Oqdaryo tumanida Maxdumi A’zam ziyoratgohidagi chinorlar.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

859

Amir Temurdan keyingi davrda ekilgan daraxtlar va hozirda asriy hisoblangan tuplar

quyidagilar:

1.

Xoja Ahror Valiy ziyoratgohidagi chinorlar.

2.

Xoja Abdu Dorun ziyoratgohidagi chinorlar.

3.

Xoja Abdu Berun ziyoratgohidagi chinorlar.

4.

Jomboy tumanidagi chinorlar.

5.

Oqsoy qishlog’idagi qo’shchinor.

6.

Ishtixon tumanidagi Qalandarxo’ja jom’e masjidi hududidagi chinor.
XIX asrning so’nggi choragida Samarqand shahri va atrofini obodonlashtirish maqsadida

ekilgan daraxtlar quyidagilar:

1.

Universitet xiyobonida o’sib turgan asriy daraxtlar.

2.

Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya bo’limi hovlisida o’sib turgan asriy noyob daraxtlar.

3.

Samarqand shahridagi 71-shahar bolalar bog’chasi.

4.

Ohalik qishlog’idagi “Shifo” bolalar sil kasalliklari sanatoriyasi hududida o’sib turgan

asriy daraxtlar.

5.

Omonqo’ton o’rmon xo’jaligi.
Zamin sayqali bo’lmish Samarqand dunyoga o’zining tarixiy o’tmishi – asriy, betakror

tarixiy obidalari bilangina emas, balki obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish tarixi bilan ham
mashhurdir. Buyuk Amir Temur zamonidayoq Samarqandni obodonlashtirishga alohida e’tibor
berilgan. “Boburnoma”da keltirilishicha, dunyoga mashhur Temur bog’larida mahalliy daraxtlar
– chinor, qayrag’och, tol va teraklar bilan birga, o’zga mamlakatlardan keltirilgan eman, sarv,
shamshod kabi anvoyi daraxtlar ham ekilgan. Ularning ko’pchiligi zamonlar o’tishi bilan
hozirgacha saqlanib qolmagan. Ammo Samarqand atrofidagi Konigil, Motrit, Chilustun
mavzelaridagi va Urgut chinorlari o’sha davrdagi Temur bog’laridan saqlanib qolgan ayrim tirik
yodgorliklar bo’lsa ajab emas.

Amir Temur davridan qolgan asriy botanik yodgorliklardan biri Xo’ja Doniyor

mavzoleyida o’sib turibdi. Xo’ja Doniyor mavzoleyi Siyob arig’ining bo’yida joylashgan.
Samarqandlik tarixchi Abu Tohirxo’ja Samarqandiyning (XVIII asr) “Samariya” asarida
keltirilishicha: “Xo’ja Doniyor mozori Samarqand shahrining chekkarog’ida, Afrosiyob
qo’rg’onining shimoliy atrofida joylashgan. Mavzoley yaqinidan Siyob arig’i oqib o’tadi. Odamlar
bu yerni Doniyor Payg’ambarning qabri deb atashadi. Lekin uning qabri Mosulda joylashgan.”

Buyuk Amir Temur Kichik Osiyoga qilgan yetti yillik safarida Payg’ambar qabrini ziyorat

qiladi va u poytaxti Samarqandning ham gullab yashnatishni maqsad qiladi. Payg’ambar qabrining
bir qismini yuksak ehtirom bilan Samarqandga ko’chiradi. Ellik tuyadan tashkil topgan karvon
Samarqandga kirganda Siyob arig’ining yoniga joylashadi va shu yerda Doniyor Payg’ambar
mavzoleyi uchun xonaqoh quriladi. Maqbara olti gumbazdan iborat bo’lgan (hozirda 5 ta gumbazi
saqlangan). Mavzoley oldida shifobaxsh buloq mavjud va hovlisida 500 yoshli pista daraxti o’sib
turibdi.

Amir Temurdan keyingi davrda ekilgan daraxtlar va hozirda asriy hisoblangan tuplar

quyidagilar: Xoja Ahror Valiy, Xoja Abdu Dorun, Xoja Abdu Berun ziyoratgohlaridagi chinorlar,
Jomboy tumanidagi chinorlar, Oqsoy qishlogʻidagi qoʻshchinor, Oqdaryo tumanida Maxdumi


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

860

A’zam ziyoratgohidagi chinorlar, Payariq tumanida Imom Al-Buxoriy ziyoratgohidagi chinorlar,
Ishtixon tumanidagi Qalandarxoʻja jom’e masjidi hududidagi chinor.

XIX asrning soʻnggi choragida N.I. Korolkov Samarqand shahriga ekish uchun 100 dan

ortiq manzarali buta va daraxtlarni tavsiya etgan. Ulardan saqlangan va hozirda asriy hisoblangan
daraxtlar quyidagilar: Universitet xiyobonida oʻsib turgan asriy chinorlar, Tabiiy fanlar fakulteti
Biologiya boʻlimi hovlisida, Ohalik qishlogʻidagi “Shifo” bolalar sil kasalliklari sanatoriyasi
hududida oʻsib turgan asriy daraxtlar, Omonqoʻton oʻrmon xoʻjaligidagi qaragʻayzorlar.

Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-mayda qabul qilingan “Alohida muhofaza

etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida”gi qonunida V boʻlim, 21-modda aynan ana shu masala,
ya’ni davlat tabiat yodgorliklarining huquqiy - ekologik ahamiyati va ularni muhofaza qilish
masalasiga bagʻishlangan.

Tabiat obyektlarini davlat hokimiyatining mahalliy idoralari tabiatni muhofaza etish

boʻyicha davlat idoralari taqdimiga binoan davlat tabiat yodgorliklari deb e’lon qiladilar.

Davlat tabiat yodgorliklari joylashgan hududda ularni asrab qolishga tahdid etuvchi har

qanday faoliyat taqiqlanadi.

Tabiat yodgorlikarini muhofaza etish tartibini ta’minlashga oid majburiyatlar bu

yodgorliklar qaysi korxona, muassasa va tashkilot hududida boʻlsa, shu korxona, muassasa va
tashkilot zimmasiga yuklanadi.

Asriy daraxtlar avlodlarimizning dili, joni, tilsiz tarixi va madaniyatining parchalaridir,

tarixiy davrlar guvohlaridir. Samarqand shahri va viloyati muqaddas ziyoratgohlari-tarixiy
obidalari bilan dunyoga mashhur. Shu bilan birga viloyat hududida botanik tabiat yodgorliklari
hisoblangan yoshi bir necha asrdan oʻn asrga teng daraxtlar ham oʻsib turibdi.

Har bir hududdagi asriy daraxtlar muhofazasini oʻsha hududda joylashgan tashkilotlarga,

shahar tabiatni muhofaza qilish tahskiloti bilan birga rasmiy ravishda birkitish lozim.

REFERENCES

1.

Артамонов В.И. Редкие и исчезающие растения. Москва, «Агропромиздат», 1989.

2.

Келдиёров Х.А., Сулаймонов Э.С. Самарқанд шаҳрининг ботаник табиат ёдгорликлари.
Самарқанд – 2009.

3.

Келдияров Х., Сулейманов Э. Природа и экосистема города. Деревья Самарканда
нуждаются в охране и размножении. Самаркандский вестник. 2008г. № 53.

4.

Курбанов О.Р. О ботанических памятниках природы Туркменистана. Развитие
ботанической науки в Центральной Азии и ее интеграция в производство. Материалы
конф. Ташкент- 2004.

5.

Muzaffarova V.Sh., Sulaymonov E.S. Ohalikning botanik yodgorliklari. Ўзбекистон
флораси биохилма-хиллиги ва ундан фойдаланиш муаммолари. Республика илмий
конференция материаллари. Самарқанд – 2011.

6.

Муҳаммадиев С.А., Жабборов А.Р., Сулаймонов Э.С., Кучерявых В.И. Омонқўтон – она
табиат мўъжизаси. Самарқанд – 2007.

References

Артамонов В.И. Редкие и исчезающие растения. Москва, «Агропромиздат», 1989.

Келдиёров Х.А., Сулаймонов Э.С. Самарқанд шаҳрининг ботаник табиат ёдгорликлари. Самарқанд – 2009.

Келдияров Х., Сулейманов Э. Природа и экосистема города. Деревья Самарканда нуждаются в охране и размножении. Самаркандский вестник. 2008г. № 53.

Курбанов О.Р. О ботанических памятниках природы Туркменистана. Развитие ботанической науки в Центральной Азии и ее интеграция в производство. Материалы конф. Ташкент- 2004.

Muzaffarova V.Sh., Sulaymonov E.S. Ohalikning botanik yodgorliklari. Ўзбекистон флораси биохилма-хиллиги ва ундан фойдаланиш муаммолари. Республика илмий конференция материаллари. Самарқанд – 2011.

Муҳаммадиев С.А., Жабборов А.Р., Сулаймонов Э.С., Кучерявых В.И. Омонқўтон – она табиат мўъжизаси. Самарқанд – 2007.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов