PHONETIC PHENOMENA IN THE UZBEK LANGUAGE AS AN EXAMPLE OF THE ANALYSIS OF THE NOVEL "BONU" BY IQBAL MIRZA

HAC
Google Scholar
f
861-866
3
0
To share
Raxmonqulova, S. (2024). PHONETIC PHENOMENA IN THE UZBEK LANGUAGE AS AN EXAMPLE OF THE ANALYSIS OF THE NOVEL "BONU" BY IQBAL MIRZA. Modern Science and Research, 3(2), 861–866. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/31216
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article talks about phonetic phenomena in the uzbek language and shows various phonetic changes that occur in speech and the reasons for their formation on the example of Iqbal Mirza's novel ‘‘Bonu’’. Each phonetic change is analyzed on the basis of some examples.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

861

O‘ZBEK TILIDAGI FONETIK HODISALAR IQBOL MIRZONING “BONU” ROMANI

TAHLILI MISOLIDA

Raxmonqulova Sarvinoz Shavkat qizi

Samarqand davlat chet tillari instituti talabasi

sraxmonqulova724@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.11002778

Annotatsiya.

Mazkur maqolada o‘zbek tilidagi fonetik hodisalar haqida so‘z yuritiladi va

Iqbol Mirzoning ‘‘Bonu’’ romani misolida nutqda yuz beradigan turli fonetik o‘zgarishlar va
ularning hosil bo‘lish sabablari ko‘rsatiladi. Har bir fonetik o‘zgarish ba’zi misollar asosida tahlil
qilinadi.

Kalit so‘zlar:

Fonetik hodisalar, kombinator va pozitsion o‘zgarishlar, akkomodatsiya,

dissimilyatsiya, metateza, epenteza, proteza, reduksiya.

PHONETIC PHENOMENA IN THE UZBEK LANGUAGE AS AN EXAMPLE OF THE

ANALYSIS OF THE NOVEL "BONU" BY IQBAL MIRZA

Abstract.

This article talks about phonetic phenomena in the uzbek language and shows

various phonetic changes that occur in speech and the reasons for their formation on the example
of Iqbal Mirza's novel ‘‘Bonu’’. Each phonetic change is analyzed on the basis of some examples.

Keywords:

Phonetic phenomena, combinatorial and positional changes, accomodation,

dissimilation, metathesis, epenthesis, prosthesis, reduction.

ФОНЕТИЧЕСКИЕ ЯВЛЕНИЯ В УЗБЕКСКОМ ЯЗЫКЕ НА ПРИМЕРЕ АНАЛИЗА

РОМАНА ИКБАЛА МИРЗЫ «БОНУ»

Аннотация.

В данной статье говорится о фонетических явлениях в узбекском

языке и показаны различные фонетические изменения, происходящие в речи, и причины их
формирования на примере романа Икбала Мирзы ‘‘Бону’’. Каждое фонетическое
изменение анализируется на основе некоторых примеров.

Ключевые слова:

Фонетические явления, комбинативные и позиционные изменения,

аккомодация, диссимиляция, метатеза, эпентеза, протезa, редукция.

Kirish:

‘‘Fonetika’’ grekcha so‘zdan olingan bo‘lib, ‘‘tovush’’ ma’nosini anglatadi, ya’ni

‘‘tovush haqidagi bo‘lim’’ demakdir. Nutq tovushlari fonetikada o‘rganiladi [5,67].

Fonologiya yo‘nalishining asoschisi N.S.Trubetskoy nutq tovushlarini o‘rganuvchi fan

fonetika, til tovushini o‘rganuvchi fan esa fonologiya hisoblashini ta’kidlaydi.

U fonetika bilan fonologiya o‘rtasidagi farqqa to‘xtalar ekan, fonetika o‘rganilayotgan

tovush yoki tovush kompleksining ma’noga munosabatini nazardan soqit qiladi, deydi. Shuning
uchun fonetikani inson nutqining moddiy (tovush) tomoni haqidagi fan sifatida izohlaydi [3,68].

Boduen de Kurtenening tilshunoslik oldidagi yana bir xizmati shuki, u tilshunoslikka

fonema nazariyasini olib kirdi. Boduen birinchilardan bo‘lib, tovushdan farq qiladigan fonetik
birlikni ajratish zarurligini angladi.

Uning ilmiy faoliyati davomida fonema haqidagi qarashlari o‘zgarib bordi. Shuning uchun

Boduen asarlarida fonemaning xilma-xil talqini ko‘zga tashlanadi [3,23].

L.V.Shcherba keyinchalik fonemaning funksional tomoniga, ya’ni ma’no farqlash

xususiyatiga asosiy e’tiborini qaratdi va psixologik talqindan xalos bo‘ldi. Jumladan, ‘‘Fransuz tili


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

862

fonetikasi’’ asarida fonemaga sof funksional tomondan so‘z va uning shakllarini farqlash uchun
xizmat qiladigan tovushlar tipi sifatida yondashadi. U fonemani ajratish uchun tovushning
artikulatsion-akustik xususiyati emas, balki ma’no farqlash xususiyati muhim belgi ekanligini
ta’kidlaydi [3,130].

Muayyan nutq jarayonida tovushlar talaffuzida ma’lum bir fonetik hodisalar ro‘y beradi.

Fonetik o‘zgarishlar 2 guruhga bo‘linadi:

kombinator o‘zgarishlar

va

pozitsion o‘zgarishlar

.

Nutq jarayonida tovushlarning bir-biriga ta’siri natijasida yuzaga keladigan o‘zgarishlar

kombinator o‘zgarishlar

deyiladi [2,35]. Fonetik o‘zgarishlarning bu turiga quyidagilarni

kiritamiz:

1.

Akkomodatsiya

(lotincha accamadatio – moslashuv) keng tarqalgan fonetik

hodisalardan biri bo‘lib talaffuz iqtisodi bilan uzviy bog‘liqdir [1,36].U o‘z navbatida 3ta ichki
guruhlarga bo‘linadi. Ular:

1.Keyingi tovushning ekskursiyasi o‘zidan oldin kelgan tovushning rekursiyasiga

moslashsa,

progressiv akkomodatsiya

deyiladi [1,36]. Misol uchun,

1.Yana o‘sha toshlar og‘rig‘ini his qilishim,

g‘anim

ga ham ravo ko‘rmaydigan kunlarni qaytadan

yashab o‘tishimga to‘g‘ri keldi [6,9].
2.O‘ylay-o‘ylay dorilfununga

qaytish

ga

qaror

qildim [6,94]. Bu gaplarda

g‘anim qaytish

va

qaror

so‘zlaridagi

q va g‘

chuqur til orqa undoshi ta’sirida

a

til oldi unlisi talaffuzda til orqa unlisi

singari talaffuz etiladi.

2.

Regressiv akkomodatsiya –

progressiv akkomodatsiyaning tamoman aksi. Aksincha,

agar oldingi tovushning rekursiyasi keyingi tovushning ekskursiyasiga moslashsa, progressiv
akkomodatsiya deb ataladi [1,36].
1.Aksiga olib, u kishi bizga

dars

bermas ekan [6,95].

2.Avvalgidek a’lo bo‘lmasa ham ‘‘o‘g‘il bola baho’’ bilan bilan o‘qishni tugatib,

diplom

ni qo‘lga

kiritdim [6,95]. Bu gaplardagi

dars

,

diplom

so‘zlarida

a

,

i

til oldi unlilaridan oldin kelgan

d

tovushi nutqda yumshoqroq talaffuz etiladi.
3.

Domla

ning qalin ko‘zoynagi ortidan qorachiqlari ‘‘yilt-yilt’’ etdi-yu, bosh eggancha sukutga

cho‘mdi [6,97].
4.Bir-birlariga juda mos: ikkovi ham o‘qigan, madaniyatli, ilmli,

dunyoqarashi

keng, palagi pok

insonlar [6,104]. Bu gaplarda esa

domla

va

dunyoqarash

so‘zlaridagi

o

va

u

til orqa unlilaridan

oldin kelgan

d

tovushi nutqda qattiqroq talaffuz qilinadi.

Bundan shunday xulosaga kelishimiz

mumkinki, til oldi unlilari ( a, e, i )dan oldin kelgan undoshlar yumshoqroq, til orqa unlilari (
o, u, o‘)dan oldin kelgan undoshlar qattiqroq talaffuz etiladi.

3.Qo‘shni kelgan tovushlarning bir-biriga ta’siri natijasida ularning artikulatsiyasi

moslashuvi

o‘zaro akkomodatsiya

deyiladi [1,36].

Hayotda bitta ham ishonadigan, suyanadigan,

maslahat

so‘raydigan, chalkash vaziyatdan olib

chiqadigan, yo‘l ko‘rsatadigan odam topolmasang, bundan

ortiq

fojia bo‘lmasa kerak [6,135].

Ushbu gapda qatnashgan

maslahat

so‘zida

s

undoshi ta’sirida

l

undoshi jarangsizroq talaffuz

etiladi,

l

undoshi ta’sirida esa

s

undoshi shovqinliroq talaffuz etiladi.

Ortiq

so‘zida esa

r

undoshi

ta’sirida

t

shovqinliroq,

t

undoshi ta’sirida

r

jarangsizroq talaffuz etiladi.

Bundan ko‘rinib

turibdiki, akkomodatsiyaning bu turi, ko‘pincha, sonor tovushlar va jarangsiz tovushlar yonma-
yon kelganda hosil bo‘ladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

863

2.

Assimilyatsiya

lotincha

‘‘assimilatio’’ so‘zidan olingan bo‘lib, ‘‘o‘xshashlik’’ degan

ma’noni anglatadi. Tovushlarning o‘zaro bir-biriga ta’siri natijasida biri ikkinchisiga o‘xshab
ketishi assimilyatsiya hodisasi deyiladi [2,37]. Assimilyatsiya ham akkomodatsiya singari bir
necha ichki guruhlarga bo‘linadi.

1.Oldinda kelayotgan tovush keyingisiga ta’sir o‘tkazib, uni o‘ziga o‘xshatib olsa,

progressiv assimilyatsiya

ro‘y beradi [2,37].

1.Chidolmadim, choynakni choy-poyi bilan yuziga qaratib

otdim

[6;208].

2.Bu tush Olmos ko‘p takrorlaydigan baytni menga eslatdi [6,175]. Ushbu gaplarda qatnashgan

otdim

,

bitdi

so‘zlari talaffuzda

ottim

,

bitti

tarzida aytiladi. Ya’ni

t

undoshi

d

undoshini o‘ziga

o‘xshatib oladi.

2.Keyingi kelayotgan tovush o‘zidan oldingisini o‘ziga o‘xshatib olsa,

regressiv

assimilyatsiya

deyiladi [2,37].

1.Usiz havo yetishmayotgandek, ovqat

tuzsiz

va taxirdek [6,232].

2.Ularga

so‘zsiz

ergashib, tavakkalga takya qilib boraverdim [6,216].

3.Adashmasam, men izlagan inson

Sizsiz

[6,7]. Ushbu gaplardagi

tuzsiz

,

so‘zsiz

,

sizsiz

so‘zlarida

s

jarangsiz undoshi ta’siri tufayli

z

jarangli undoshi

s

tarzida, ya’ni

tussiz

,

so‘ssiz

,

sissiz

tarzida

talaffuz qilinadi.

3.

Dissimilyatsiya

termini lotincha ‘‘dissimilation’’ so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib,

‘‘o‘xshamaslik’’ ma’nosini anglatadi. Talaffuz jihatdan bir-biriga yaqin bo‘lgan tovushlardan biri
o‘zining fiziologik yoki akustik xususiyatlarini o‘zgartirib yuborsa, bunday hodisa dissimilyatsiya
deyiladi [2,38].
1.Sizlarga foydam tegmayapti,

zararim

ham tegmasligi kerak, – dedim [6,98]. Ushbu gapdagi

zarar

so‘zi talaffuzda

zaral

tarzida aytiladi. 2.Akangga pul

zaril

ekan, bobongning

hovlisini savdoga qo‘yibdi [6,60]. Yuqorida keltirilgan gapda

zaril

so‘zi

zarur

so‘zining

o‘zgargan shaklidir.

4.

Diereza

so‘zdagi tovushlardan birini talaffuz qilmay tushirib qoldirishdir [2,38].

1.U sevgi yo‘q deb hisoblar, ko‘ngil – odamning eng

xavfli

dushmani, derdi [6,27].

2.Bir-ikki kun nafas

rostlab

olay, zo‘rg‘a topgan do‘stimni bezdirib qo‘ymaslik uchun aytajak

gaplarimni bir taroziga solib, tortib olay [6,9]. Bu gaplarda qatnashgan

xavfli

,

rostlab

so‘zlarini

talaffuz qilganimizda nutqda

v

va

t

tovushlari tushib qolib, diereza hodisasi yuzaga keladi.

3.Shoira qizlarning

gazet

larda chiqadigan bir xil suratlariga taqlidan ko‘rsatkich barmog‘imni

iyagimga qo‘yib jilmaydim [6,14]. Ushbu gapda qatnashgan

gazet

so‘zi

gazeta

so‘zining

dierezaga uchragan shakli hisoblanadi.

5.

Metateza

yonma-yon turgan tovushlarning o‘rin almashishi hodisasidir [2,38].

1.Onam ‘‘Voy o‘lay!’’ degancha elakni

supra

ga changitgancha tashlab, kovushini ham oyog‘iga

ilmay, darvozaxonaga yugurdi [6,47].
2.Bir kuni onam

surpa

yoyib, laplaplatib elak urar, to‘rning mayda ko‘zlaridan to‘kilayotgan un

barxan bo‘lib uyilardi [6,47]. Birinchi gapda qo‘llanilgan

supra

so‘zi imloviy jihatdan to‘g‘ri

yozilgan, ikkinchi gapda esa

surpa

so‘zi

surpa

so‘zining metateza hodisasiga uchragan

variantidir. Lekin ikkala gapda ham bu so‘zlar bir xil ma’noni ifodalash uchun, ya’ni xamir yoyish,
non yasash uchun mo‘ljallangan ro‘zg‘or buyumi ma’nosida qo‘llanilgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

864

6.

Gaplologiya

ikki yonma-yon turgan tovush yoki o‘xshash bo‘g‘inlardan birining tushib

qolish hodisasidir [2,38].
1.Sakkiz-to‘qqiz yoshimda dadam poytaxtda bo‘ladigan kursdoshlari uchrashuviga meniyam

olib

borgandi

[6,127].

2.Buncha mablag‘ bilan bemalol Yevropaga, Germaniyaga

oborib

davolatsa bo‘lardi [6,263]. Bu

ikkala gapdagi

olib bormoq

va

obormoq

so‘zlarini solishtiradigan bo‘lsak, ikkinchi gapdagi

obormoq

so‘zi

olib bormoq

fe’lining gaplologiya hodisasiga uchragan shakli hisoblanadi, ammo

ikkala so‘z ham bir ma’noni ifodalash uchun qo‘llanilmoqda.

7.

Epenteza

so‘zlarga ularning tarkibida yo‘q bo‘lgan tovushlarning qo‘shilib aytilishi

hodisasidir [2,38].
1.Bu xalq

tabiatan

yaltir-yulturga o‘ch bo‘lishini bilardim, lekin ko‘zguga ishqibozligini endi

ko‘rdim [6,228].
2.Voajab, shu

fikr

miyamda qayta uyg‘ongan payt chol ko‘zlarimga muloyim qarab yana gap

boshladi [6,76].
3.Ha, bolam-a, bosh bilan vujud,

aql

bilan yurak

doim

muvofiq kelavermaydi [6,86]. Ushbu

gaplarda qo‘llanilgan

tabiatan

,

doim

so‘zlarida talaffuzda bir

y

tovushi,

fikr

,

aql

so‘zlarida bir i

tovushi qo‘shib talaffuz qilinadi va bu epenteza hodisasini yuzaga keltiradi.

8.

Proteza

so‘z boshida bir unlining orttirilishi [5,75].

1.Men o‘rnimdan turib,

stol

ning narigi tomoniga o‘tib oldim [6,207].

2.Bu so‘zlashuvlar

SMS

larga, SMSlar uzoq suhbatlarga ulanib, bir-birimizga beixtiyor bog‘lanib

qoldik [6,17]. Stol va SMS so‘zlarini talaffuz qilganimizda nutqda bir

i

unli tovushi orttiriladi,

ya’ni istol, iSMS tarzida talaffuz qilinadi.

Bu fonetik hodisa, asosan, chet tillaridan o‘zbek tiliga

o‘zlashtirilgan so‘zlarda ro‘y beradi.

9.

Apakopa

– o‘zak oxiridagi tovush tushishi [5,75].

1.Shunday qilib,

jamoa

ning ko‘pchiligi menga ro‘yxush bermay qo‘ydi [6,114].

2.– Bonujon, uxladingmi? – dedi

past

tovushda [6,105].

3.– Hech kim undan

baland

baholamadi, insoflisi shu ekan, – dedi opaginam o‘zini oqlab [6,258].

Nutq jarayonida

jamoa

,

past

,

baland

so‘zlari apakopa hodisasiga uchrab,

jamo

,

pas

,

balan

tarzida talaffuz qilinadi, ya’ni so‘z oxiridagi tovush talaffuzda tushib qoladi.

10.

Sinkopa

– unlilarning qisqa talaffuz etilishi [5,75].

1.Menimcha, aynan

direktor

ning iltimosiga ko‘ra tumandan tekshiruv keldi [6,114].

2.Quyuq ovqat tortilgandan keyin hammalari hovliga chiqib,

gubernator

ni kuzatib qaytishdi

[6,233].
3.Bir vaqtlar o‘ris matbuoti mashhur

kombinator

Ostap Bender timsoli yaratilishida Turg‘un

Hasanov degan bizning yurtdoshimiz faoliyati asos bo‘lgani haqida yozgandi [6,279]. Ushbu
gaplarda qo‘llanilgan

direktor

,

gubernator

va

kombinator

so‘zlarining oxirgi bo‘g‘inidagi

o

unlisi qisqa talaffuz qilinishi natijasida sinkopa hodisasi yuzaga kelyapti.

11

.Prokopa

– so‘z boshida undoshning tushishi [5,75]. Masalan,

yag‘och

ag‘och

,

yilon

ilon

kabilar bunga misol bo‘ladi.

12.

Eliziya

– unli bilan tugagan va unli bilan boshlangan ikki so‘zning qo‘shilishi natijasida

tovushlardan birining tushishi [5,75].


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

865

1.Biz o‘z holimizcha vositasiz falakka ko‘tarila olmaganimizdek, o‘lmay turib zamin bag‘riga
butkul

kirolmaymiz

[6,10].

2.U aytdiki, asli jurnalist bo‘lmoqchi ekan-u, ammo padarining qaroriga qarshi

borolmay

, buyuk

hamqishlog‘i Sinoga izdosh tushibdi [1,17].
3.Qo‘rqamanki, birovning iztiroblari tez badingizga urib, ko‘ngil darchangizni taraqlatib yopib

olmasmikansiz

, tanasi boshqa dardingni bilmaganidek, anduhlarimni tushunmasdan zada bo‘lib

meni ‘‘qora ro‘yxat’’ga qo‘shib

qo‘ymasmikansiz

[6,9]. Ushbu gaplardagi

kirolmaymiz

,

borolmay

,

olmasmikansiz

,

qo‘ymasmikansiz

so‘zlari tarkibidagi bir unli tovushning tushib

qolishi natijasida eliziya hodisasi ro‘y beryapti.

13.

Sinerezis

– so‘z tarkibida yondosh qo‘llangan ikki unlining diftonglashuvi [4,84].

1.

Jamoat

ulovida yurishning ham o‘ziga yarasha gashti bo‘ladi, a? [6,32].

2.Meni oyatlar allalab uxlatib-uyg‘otgan, bobomning vazmin

qiroati

qon-qonimga singib ketgan

edi [6,12].
3.U bo‘yniga osig‘li

fotoapparat

ini sozlab, meni mo‘ljalga olyapti [6,14]. Ushbu gaplardagi

jamoat

,

qiroat

,

fotoapparat

so‘zlarida yonma-yon kelgan unlilardan biri talaffuzda tushib qoladi,

ya’ni

jamot

,

qirot

,

fotapara

t tarzida aytiladi.

Pozitsion o‘zgarishlar

– tovushlarning so‘zdagi joylashuviga qarab talaffuzda tushib

qolishi, o‘zgarishi. Bunday o‘zgarishlar 3 turli bo‘ladi:

a)

Reduksiya –

unli fonemaning urg‘usiz bo‘g‘inda kuchsizlanishi [4,81].

1.Kuni kecha mehmon

bilan

to‘lib-toshgan, dasturxoni yig‘ilmaydigan xonadonga

birov

qadam

bosmay qo‘ydi [6,103].
2.Bugun feysbukdagi tabriklar,

tilak

larni o‘qib, chappar gullagan bodom-u giloslarni ko‘rib,

dimog‘imga bol hidi urilganday bo‘ldi [6,152]. Yuqorida keltirilgan gaplarda

bilan

,

birov

,

tilak

so‘zlarida urg‘u ikkinchi bo‘g‘inga tushganligi bois, birinchi bo‘g‘indagi

i

unlisi talaffuzda bilinar-

bilinmas talaffuz qilinadi.

b) So‘z oxiridagi ochiq bo‘g‘inda tor unlilarning biroz kengayishi [4,81]. 1.Gulshan opam

onamga qo‘ng‘iroq qilib

qoldi

[6,153].

2.Bugun egizaklarning tug‘ilgan

kuni

[6,244]. Ushbu gaplardagi

qoldi

,

kuni

so‘zlaridagi

i

tor

unlisi kengroq talaffuz qilinadi.

d) Jarangli undoshlarning so‘z oxirida jarangsizlanishi [4,81]. Masalan,

1.Bir kuni

kitob

o‘qib ko‘zim

charchab

, mehmonxonaga chiqsam, Dilbar xirgoyi

qilib

dasturxon

tuzayapti [6,188]. Ushbu gapda ajratib ko‘rsatilgan

kitob, charchab, qilib

so‘zlarida

b

jarangli

undoshi talaffuzda jarangsiz jufti

p

ga monand talaffuz etiladi.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, har bir tilda mavjud bo‘lganidek, o‘zbek tilida ham fonetik

hodisalar mavjud. O‘zbek tilidagi fonetik o‘zgarishlar 2 guruhga, ya’ni kombinator va pozitsion
o‘zgarishlarga bo‘linib, ular ham o‘z navbatida bir nechta ichki guruhlarga bo‘lib o‘rganiladi.
Fonetik hodisalar, asosan, nutqda talaffuz qulayligiga erishish uchun hosil qilinadi.





background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

866

REFERENCES

1.

Abduazizov.A. Tilshunoslik nazariyasiga kirish.

Toshkent: ‘‘Sharq’’ nashriyot-matbaa

aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati, 2010.

176 b.

2.

Irisqulov.M. Tilshunoslikka kirish.

Toshkent: ‘‘Yoshlar matbuoti’’, 2009.

263 b.

3.

Nurmonov.A. Struktur tilshunoslik: ildizlari va yo‘nalishlari.

Toshkent: ‘‘Ta’lim’’

nashriyoti, 2009.

160 b.

4.

Xayrullayev.X. Eshboyeva.O. va Rahmatova.D. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. O‘MM.

Samarqand, 2022.

258 b.

5.

Xolmanova.Z. Tilshunoslikka kirish.

Toshkent, 2007.

177 b.

6.

Iqbol Mirzo. Bonu.

Toshkent: ‘‘Factor books’’, 2022.

288 b

References

Abduazizov.A. Tilshunoslik nazariyasiga kirish. – Toshkent: ‘‘Sharq’’ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati, 2010. – 176 b.

Irisqulov.M. Tilshunoslikka kirish. – Toshkent: ‘‘Yoshlar matbuoti’’, 2009. – 263 b.

Nurmonov.A. Struktur tilshunoslik: ildizlari va yo‘nalishlari. – Toshkent: ‘‘Ta’lim’’ nashriyoti, 2009. – 160 b.

Xayrullayev.X. Eshboyeva.O. va Rahmatova.D. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. O‘MM. – Samarqand, 2022. – 258 b.

Xolmanova.Z. Tilshunoslikka kirish. – Toshkent, 2007. – 177 b.

Iqbol Mirzo. Bonu. – Toshkent: ‘‘Factor books’’, 2022. – 288 b

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов