MEANS OF FORMATION OF VISUAL ACTIVITY AND CREATIVITY IN CHILDREN OF PRESCHOOL AGE

HAC
Google Scholar
f
1012-1016
0
0
To share
Qambarova, N. (2024). MEANS OF FORMATION OF VISUAL ACTIVITY AND CREATIVITY IN CHILDREN OF PRESCHOOL AGE. Modern Science and Research, 3(2), 1012–1016. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/31323
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article provides information on the formation of abilities of preschool children through modern visual arts. All types of artistic activities develop children's emotional-aesthetic attitude to existence in order to know beauty. Opinions were expressed about the means of forming creativity in preschool children.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1012

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA TASVIRIY FAOLIYAT VA IJODKORLIK

QOBILIYATINI SHAKLLANTIRISH VOSITALARI

Qambarova Nasibaxon Marufjon qizi

Andijon davlat pedagogika instituti

Tasviriy sanat va muhandislik grafikasi yo'nalishi 2-bosqich talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.11058053

Annotatsiya.

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda zamonaviy tasviriy san’at

orqali ularning qobiliyatlarini shakllantirish kabilar haqida ma’lumotlar berilgan. Badiiy faoliyat
mashg`ulotlarining barcha turlari bolalarda go‘zallikni bilish uchun, borliqqa emotsional-estetik
munosabatni rivojlantiradi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda ijodkorlik qobiliyatini
shakllantirish vositalari haqida fikr-mulohazalar bildirilgan.

Kalit so‘zlar:

ijodkorlik, rasm, estetik munosabat, applikatsiya, tasviriy faoliyat, badiiy

did.

MEANS OF FORMATION OF VISUAL ACTIVITY AND CREATIVITY IN CHILDREN

OF PRESCHOOL AGE

Abstract.

This article provides information on the formation of abilities of preschool

children through modern visual arts. All types of artistic activities develop children's emotional-
aesthetic attitude to existence in order to know beauty. Opinions were expressed about the means
of forming creativity in preschool children.

Key words:

creativity, painting, aesthetic attitude, application, pictorial activity, artistic

taste.

СРЕДСТВА ФОРМИРОВАНИЯ ИЗОБРАЗИТЕЛЬНОЙ АКТИВНОСТИ И

ТВОРЧЕСТВА У ДЕТЕЙ ДОШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА.

Аннотация.

В статье представлена информация о формировании способностей

детей дошкольного возраста посредством современного изобразительного искусства. Все
виды художественной деятельности развивают у детей эмоционально-эстетическое
отношение к существованию, к познанию красоты. Высказаны мнения о средствах
формирования творческих способностей у детей дошкольного возраста.

Ключевые слова:

творчество, живопись, эстетическое отношение, применение,

изобразительная деятельность, художественный вкус.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 dekabrdagi “2017-2021 yillarda

maktabgacha ta`lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g`risida”gi PQ-2707-
sonli qarori ijrosini ta`minlashda bolalarni maktab ta`limiga tayyorlash darajasini tubdan
yaxshilash, ta`lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta`lim dasturlarini tatbiq etish, malakali pedagog
kadrlar bilan ta`minlash, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy
rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, ta`lim tashkilotlarining moddiy texnika bazasini,
Maktabgacha ta`lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan
dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari rejasi ishlab chiqildi.

Maktabgacha ta`limning vazifasi bolalarni xalqning boy milliy, madaniy-tarixiy merosi va

ma`naviy axloqiy jihatdan tarbiyalash: bolalarda milliy vatanparvarlik hislarini shakllantirish,
maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim olish ehtiyojini, o‘qishga intilish moyilliklarini


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1013

shakllantirib, ularni muntazam ravishda ta`lim jarayoniga tayyorlash, bolalarning tafakkurini
rivojlantirish, o‘zining fikrini mustaqil va erkin ifodalash malakalarini shakllantirish, bolalarning
jismoniy va ruhiy sog`ligini ta`minlashdan iborat. Asosiy maqsadlardan yana biri zamonaviy
tasviriy san`at orqali bolalardagi qobiliyat hamda imkoniyatlarni aniqlab, ularni to‘g`ri
shakllantirish va yuzaga chiqarishdir.

Tasviriy san`atning o‘ziga xos murakkabliklarini tushunib, uning nozik qirralarini

maktabgacha yoshdagi bolalarga ulashish mahoratiga ega bo‘la oladigan tarbiyachilarni yetishtirib
chiqarish vazifasi turibdi. Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida tasviriy faoliyat vositasida
bolalarning estetik qobiliyatlarini shakllantirishda tarbiyachining o‘rni beqiyos. U chuqur bilim va
yuqori malakaga ega bo‘lishi, buning uchun muntazam ravishda o‘z ustida ishlashi, o‘zining ilmiy
nazariy saviyasini tinimsiz ko‘tarishi, ilg`or tajribalarga tayanishi kerak. Davlat umumilliy dasturi
ta`lim tizimini tubdan isloh qilish, uni ham shaklan, ham mazmunan zamon talablariga
moslashtirish, ta`lim sifat-samaradorligini uzluksiz takomillashtirib borishga yo‘naltirildi.

Tasviriy faoliyati bo‘yicha maktabgacha ta`lim tashkiloti dasturi va maktabda tasviriy

san`at dasturi bolalarda tevarak atrofga nisbatan, san`at bolalarda estetik munosabatni tarbiyalash
ijodiy qobiliyat va tasvirlashlarini rivojlantirishni ko‘zda tutadi. Maktabgacha ta`lim tashkilotchi
mashg`ulotlarida, maktabda muvaffaqiyatli o‘qib ketishlari uchun zarur bo‘lgan vazifalar hal
etiladi. Rasm, applikatsiya, loy ishlari jarayonida bolalar da fikr yuritishning analiz, sintez,
takrorlash, konkretlashtirish kabilar shakllanadi. Shuningdek bu jarayonlarda bolalar jamoada
ishlashga, o‘z harakatini o‘rtoqlarining harakatiga bo‘ysundirishga o‘rganadilar. Bolalar
maktabgacha ta`lim tashkilotida tasviriy faoliyati mashg`ulotlari bolalarda, o‘quv faoliyatida zarur
bo‘lgan malaka ko‘nikmalarni shakllantiradi.

Maktabgacha ta`lim tashkilotlarining tasviriy faoliyat birlamchi yo‘nalishi maktabgacha

yoshdagi bolalarni badiiy-estetik tarbiyalash hisoblanadi. Bu yo‘nalishning samarasi estetik
yo‘nalishning barcha vositalarini (teatr, musiqa, badiiy adabiyot, rasm chizish, applikatsiya va
boshq.) kompleks tarzda qo‘llanilgandagina aniq bo‘ladi. Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida
o‘tiladigan “Tasviriy faoliyat” mashg`ulotlari bolalarga beriladigan estetik tarbiya masalalarini
yechishda katta ahamiyatga ega. Chunki tasviriy faoliyat o‘z xususiyatiga ko‘ra badiiy faoliyat
hisoblanadi. Badiiy faoliyat mashg`ulotlarining barcha turlari bolalarda go‘zallikni bilish uchun,
borliqqa emotsional-estetik munosabatni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlarni ochib beradi.

“Tasviriy faoliyat” mashg`ulotlari jarayonida:
1. Badiiy didni tarbiyalash;
2. Amaliy badiiy faoliyat va malakalarni rivojlantirish;
3. Fantaziya, ijodiy fikrlash va tasavvur qilish, idrok qilishni rivojlantirish;
4. Qo‘lning aniq harakatlari va barmoqlarning mayda motorikasini rivojlantirish;
5. Kasbiy badiiy-ijodiy faoliyat kurtaklarini namoyon bo‘lishi uchun imkon yaratish kabi

ta`limiy va tarbiyaviy masalalar hal etib boriladi.

Maktabgacha ta`lim tashkilotlari uchun ishlab chiqilgan takomillashtirilgan “Bolajon”

tayanch dasturining tuzilishi va mazmunining tahlilidan ayonki, kichik guruhlardan boshlab eng
ko‘p vaqt tasviriy faoliyatga ajratilgan.

Agar tasviriy faoliyatning turlari
- rasm (2soat),


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1014

- applikatsiya (0,5 soat),
- qurish-yasash (0,5 soat)
- loy ishini (1 soat) qo‘shib hisoblasak, jami 4 soatni tashkil etadi.
Haftalik yuklama 12 soatni tashkil etilishini e`tiborga oladigan bo‘lsak, tasviriy faoliyat

barcha faoliyatlarning uchdan bir qismini tashkil etadi. Demak, tasviriy faoliyat integrativ mazmun
kasb etuvchi eng katta bo‘lim hisoblanadi va faoliyatning boshqa turlari bilan mantiqiy va didaktik
bog`liqlikda amalga oshiriladi. Bu omil tasviriy faoliyat mashg`ulotlari mazmuni va metodikasini
faoliyatning boshqa turlariga hamohang tarzda takomillashtirib borish lozimligini anglatadi.

Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida tasviriy faoliyat mashg`ulotlarda bolalar asosan amaliy

ish bajaradilar, san`at asarlarini bilan rasmga qarab hikoya qilish; maktabda esa tasviriy san`atning
turlari rang tasvir, grafik, haykaltaroshlik va dekorativ san`at asarlari bilan yanada chuqurroq
tanishadilar. Maktabgacha ta`lim tashkilotida tasviriy faoliyat mashg`ulotlari xilma-xildir: rasm
chizish, loy, applikatsiya, qurish-yasash mashg`ulotlari hisoblanadi. Maktabgacha ta`lim
tashkilotida keltirilgan mashg`ulotlarning hammasiga katta ahamiyat beriladi. Boshlang`ich
sinflarda ta`lim-tarbiya masalalarining muvaffaqiyatli hal etilishi, maktabgacha ta`lim
tashkilotlarida olib boriladigan tasvirlash faoliyati mashg`ulotlari bilan uzviy ravishda olib
boriladi.

Bolalar guruhdagi olib boriladigan tasviriy faoliyat mashg`ulotlarida, qalam hamda

mo‘yqalamdan erkin foydalanishga o‘z xarakterini va qo‘l kuchini idora etishga o‘rganadilar.

Bu esa, malakani egallash, bolalarda qo‘lini engil, erkin bir tekisdagi harakat qilish

xususiyatlarini rivojlantiradi. Bolalar turli shakl, kattalik, proporsiyadagi predmetlarni chizish
jarayonida predmetning ish xususiyatiga qarab yo‘nalishni saqlash zarurligiga, predmetning
kattaligiga mos ravishda harakatlanishga o‘rganadilar. Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida olib
boriladigan tasviriy faoliyat mashg`ulotlarida materialdan tartibli foydalanishga , ularni toza
saqlashga, faqat zarur materiallardan hamda ularni ishlatish yo‘llarini rejalashtirishga o‘rganadilar.

Bu mashg`ulotlar bolalarda diqqatni va ko‘rish xotirasini rivojlantiradi.
Maktabgacha ta`lim tashkilotlari tayyorlov guruhida naturaga qarab rasm chizish yoki

tasvirlashga nisbatan talablar oshadi va bu talablar maktab talabiga yaqinlashadi. Naturaga qarab
tasvirlashda ishning ketma-ketligini ko‘rsatib, bolalar tayyorlov va katta guruhida o‘rganishning
boshlang`ich bosqichidagina amalga oshiriladi. Bolalar naturani analiz qilishga butun umumiy
shaklni xomaki qog`ozga tushirib olishga, rasmni naturaga solishtirishga, xato va kamchiliklarini
to‘g`rilashga, naturaga o‘xshatishga urinadilar. Tasviriy faoliyat mashg`ulotlarida geometrik
shakllarni topa olishga yoki ko‘ra olishga, ularni terminlar bilan atashga, kengligi kattaligi,
uzunligi, balandligini, qismlarning bir-biriga nisbatan fazoviy joylashishini bilan tanishishni
bolalarni maktabni 1-sinfda elementar matematik tushunchalarini puxta egallashlariga yordam
beradi.

Qurish-yasash mashg`ulotlarida materiallardan qurish yasash bolalarda ko‘z bilan

chamalashni shakllantiradi va bolalarni maktabdagi texnik darslarni egallashga yoki
o‘zlashtirishga yordam beradi. Shunday qilib, tasviriy faoliyat mashg`ulotlarida bolalardagi badiiy
did va ijodiy qobiliyatlar o‘sadi va bu orqali maktabda o‘qishga tayyorlanib boriladi.

Chunki bolalar predmetlar bilan uzviy bog`lanadilar, ularning o‘ziga xos sifatlari, shakli,

rangi, katta-kichikligi bilan tanishadilar, ularni farqini, o‘xshashligini aniqlaydilar, bu esa,


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1015

bolalarni sensor tarbiyalashga, ko‘rgazmali, obrazli fikr yuritishga imkon beradi. Tasviriy faoliyat
bolalarni axloqiy tarbiyalaydi. Bolalar ishlarida o‘z hayotida, jamiyatda bo‘layotgan voqea-
hodisalarni aks ettiradilar, ulardan mamnun bo‘ladilar, hayajonlanadilar. Tasviriy faoliyat
jarayonida bolalarda irodaning sifatlari-boshlagan ishini oxiriga etkazish, oldiga maqsad qo‘yib,
o‘shani bajarishga tomon intilish, qiyinchiliklarni engish, o‘rtoqlariga yordamlashish kabi
xususiyatlar tarbiyalanadi. Jamoa ishini yaratish jarayonida bolalarga bir-biriga yordam, kelishib
ishlash kabi sifatlari; ishni baholash jarayonida, ularda o‘rtoqlarining ishga nisbatan real
munosabatda bo‘lish, to‘g`ri baholash, o‘z ishidan va o‘rtoqlarining ishidan xursand bo‘lish kabi
axloqiy sifatlar shakllanadi.

Tasviriy faoliyat-bu bolalarni o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarini bajarishda tinmay mehnat

qilishga undovchi faoliyatdir. Tasviriy faoliyat bolalarga estetik tarbiya berishning asosiy vositasi
hisoblanadi. Har bir predmetning katta-kichikligini, rangini, shaklini, fazoda joylashishini ajratish
bu estetik sezgining bo‘laklari hisoblanadi. Bolalarda estetik sezgining rivojlanishi - rangi, ritmi,
proporsiyani chuqurroq sezish bilan bog`liqdir. Bola rangni, shaklni, uning xilma-xilligini sezsa,
shunchalik ranglar aralashmasining xilma-xilligidan zavq oladi, bahramand bo‘ladi. Bolalarda
estetik sezgining rivojlanishi, ularda predmetga va uning ba`zi sifatlariga nisbatan estetik baho
berishni rivojlantiradi. Ularda tasviriy san`at asarlarini tushunishga, ularga nisbatan his-tuyg`uni,
munosabatni tarbiyalaydi. Tasviriy faoliyat bolalarning badiiy ijodiy o‘sishida muhim o‘rin
egallaydi. Bolaning badiiy ijodiy o‘sishi-bu obrazli fikr yuritish, estetik idrok etishni va obraz
yaratishda zarur bo‘lgan malaka, ko‘nikmalarni egallash hisoblanadi. Masalan: tabiatga yoki
istirohat bog`iga sayr, kuz faslida ekskursiya uyushtirish. Tarbiyachi bolalarni predmet yoki
tevarak atrofni kuzatishda kelib chiquvchi estetik his-tuyg`u orqali, tevarak-atrofga, kishilar
mehnatiga to‘g`ri baho berish, Vatanga nisbatan muhabbat kabi sifatlarni tarbiyalash mumkin.

Bolalarni o‘z ishini yana ham chiroyli va yaxshi bajarish, boshqalarga yoqadigan, ular

ko‘rganda quvonadigan qilib yaratish - bu badiiy, axloqiy tarbiyalashning asosiy vazifasi
hisoblanadi.

Maktabga bolalarni tayyorlashda tasviriy faoliyat katta ahamiyat kasb etadi. Rasm, loy,

qurish materiallari bo‘yicha bilim, malakalarini egallash maktabda tasviriy faoliyat darslari va
mehnat darslarini muvaffaqiyatli egallashlariga asos bo‘ladi. Ularni o‘quv faoliyatiga tayyorlaydi:
pedagogni tinglashga, uning ko‘rsatmalarini bajarishga o‘rgatadi. Oldiga qo‘yilgan vazifani hal
etishda, uning asosiy va muhim hal etish yo‘llarini izlab topish bu o‘quv faoliyatning asosiy
sababchilaridan biridir. Tasviriy faoliyat jarayonida o‘z ishini nazorat qilib borish, maktabda
vazifalarni bajarishda ham rol` o‘ynaydi. Shuningdek, bola tasviriy faoliyat jarayonida psixologik
jihatdan ham tayyorlanib boradi.

Maktabgacha ta'lim muassasasida katta guruhdagi kuzatishlar bo‘yicha rasm chizishga

katta e'tibor beriladi, chunki bu narsa bolalarni naturaga qarab rasm chizishga tayyorlashda
dastlabki bosqich hisoblanadi. Bu narsa bolalarda ko‘rish xotirasini rivojlantiradi, ba'zida predmet
bolalarda natura sifatida to‘g'ri tasvirga yordam beradi. Bolalar guruhdagi olib boriladigan tasviriy
faoliyati mashg'ulotlarida, qalamdan, mo‘yqalamdan erkin foydalanishga o‘z xarakterini va qo‘l
kuchini idora etishga o‘rganadilar.

Bu malakani egallash, bolalarda qo‘lini yengil, erkin, bir tekisdagi harakat qilish

xususiyatlari rivojlanadi. Bolalar turli shakldagi, kattalikdagi, turli proporsiyadagi predmetlarni


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1016

chizish jarayonida predmetning ish xususiyatiga qarab yo‘nalishni saqlash zarurligiga, harakatini,
predmetning uzunligiga mos ravishda harakatlanishga o‘rganadilar.

Maktabgacha ta'lim muassasasida olib boriladigan tasviriy faoliyati materialdan toza va

tartibli foydalanishga o‘rganadilar, ularni toza saqlashga, faqat zarur materiallardan foydalanishga,
ularni ishlatish yo‘llarini rejalashtirishga o‘rganadilar, katta ahamiyat beriladi.

Bu mashg'ulot bolalarda diqqatni, ko‘rish xotirasini rivojlantiradi. Bolalar bog'chasining

tayyorlov guruhida naturaga qarab rasm chizish yoki tasvirga nisbatan talablar oshadi va bu
talablar maktab talabiga yaqinlashadi. Bolalar naturani tahlil qilishga butun umumiy shaklni
qog'ozga xomaki tushirib olishga, rasmni naturaga solishtirishga, xato va kamchiliklarini
to‘g'rilashga, naturaga o‘xshatishga urinadilar. Naturaga qarab tasvirda ishning ketma-ketligini
ko‘rsatish, maktabgacha ta'lim muassasaning tayyorlov va katta guruhida o‘rganishning
boshlang'ich bosqichidagina amalga oshiriladi. Ko‘rsatishdan doimo foydalanish, bolalarni rasmni
mexanik ravishda ishlashga odatlantirib qo‘yadi.


REFERENCES

1.

Ражабова И. Х., Эшова Д. Ш. Методы и средство внедрения инновационной
педагогической технологии в систему ДО. Aсademy,№ 3 (54) 2020.

2.

Eshova S. D., Rajabova K. I. Organization of didactic games for preschoolers.

3.

Makhmudovna N. M. et al. Language is a Means of Cognition and Communication for
Teaching in Education //International Journal of Psychosocial Rehabilitation. –2020. – Т.
24. – №. 1. – С. 247-256.

4.

4.Ishmuxamedov R.J., Yuldashev M. Ta’lim va tarbiyada innovatsion pedagogik
texnologiyalar.T.: “Nihol” nashriyoti, 2013, 2016.

5.

Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari. Toshkent
2018 yil ( Maktabgacha ta’lim vazirligi)

6.

Mamirova Z.U., Niyozova G.B. “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni tasviriy
faoliyat mashg‘ulotlarida ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish” Science and Education"
Scientific Journal January 2021 / Volume 2 Issue 1.

7.

Vahobovna, S. G. (2024). Role of Preschool Educational Institutions in Education of a
Perfect Person. EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL
EDUCATION, 4(3), 208-214.

References

Ражабова И. Х., Эшова Д. Ш. Методы и средство внедрения инновационной педагогической технологии в систему ДО. Aсademy,№ 3 (54) 2020.

Eshova S. D., Rajabova K. I. Organization of didactic games for preschoolers.

Makhmudovna N. M. et al. Language is a Means of Cognition and Communication for Teaching in Education //International Journal of Psychosocial Rehabilitation. –2020. – Т. 24. – №. 1. – С. 247-256.

4.Ishmuxamedov R.J., Yuldashev M. Ta’lim va tarbiyada innovatsion pedagogik texnologiyalar.T.: “Nihol” nashriyoti, 2013, 2016.

Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari. Toshkent 2018 yil ( Maktabgacha ta’lim vazirligi)

Mamirova Z.U., Niyozova G.B. “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarida ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish” Science and Education" Scientific Journal January 2021 / Volume 2 Issue 1.

Vahobovna, S. G. (2024). Role of Preschool Educational Institutions in Education of a Perfect Person. EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION, 4(3), 208-214.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов