PRIORITIES FOR THE DEVELOPMENT OF INNOVATIVE CLUSTERS IN THE INDUSTRY

HAC
Google Scholar
f
1070-1076
0
0
To share
Sirojiddinov, X. (2024). PRIORITIES FOR THE DEVELOPMENT OF INNOVATIVE CLUSTERS IN THE INDUSTRY. Modern Science and Research, 3(2), 1070–1076. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/31421
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

The sustainable development of the economy largely depends on the development of innovative organizers. This article covers the issues of organizing innovative clusters in the development of industries.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1070

SANOATDA INNOVATSION KLASTERLARNI RIVOJLANTIRISHNING USTUVOR

YO‘NALISHLARI

Sirojiddinov Xurshid

O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.11075990

Annotatsiya.

Iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish ko’p jihatdan innovatsion tashkil

etuvchilarni rivojlantirishga bog’liq. Mazkur maqolada sanoat tarmoqlarini rivojlantirishda
innovatsion klasterlarni tashkil qilish masalalari yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

milliy iqtisodiyot, tarmoq tuzilmasi, sanoat, qishloq xo‘jaligi, eksport, import,

diversifikatsiya, modernizatsiya, innovatsiya, klaster.

PRIORITIES FOR THE DEVELOPMENT OF INNOVATIVE CLUSTERS IN THE

INDUSTRY

Abstract.

The sustainable development of the economy largely depends on the development of

innovative organizers. This article covers the issues of organizing innovative clusters in the
development of industries.

Keywords:

national economy, network structurei, industry, agriculture, export, import,

diversification, modernization, innovation, cluster.

ПРИОРИТЕТНЫЕ НАПРАВЛЕНИЯ РАЗВИТИЯ ИННОВАЦИОННОГО КЛАСТЕРА

В ПРОМЫШЛЕННОСТИ

Аннотация.

Устойчивое развитие экономики во многом зависит от развития

инновационных организаций. В данной статье рассматриваются вопросы организации
инновационных кластеров в развитии отраслей промышленности.

Ключевые слова:

национальная экономика, сетевая структура, промышленность,

сельское хозяйство, экспорт, импорт, диверсификация, модернизация, инновации, кластер.

Har qanday mamlakatda klasterlarning yaratilishi kichik biznes va yirik korxonalarning

innovatsion rivojlanishi uchun kuchli turtki beradi. Shu nuqtai-nazardan kelib chiqqan holda, hozirgi
murakkab sharoitda respublika ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini jadallashtirish uchun “...klasterlar
faoliyatini har tomonlama rivojlantirish kerak”[1]. Sanoatni klasterlashtirishda innovatsion
yondashuvni amaliyotga joriy qilish, ya’ni, innovatsion klasterlarini tashkil qilish maqsadga
muvofiqdir. Innnovatsion klasterlar rivojlanishi mavjud sanoat kompaniyalariga ilmiy-tadqiqot
natijalarini intensiv ravishda joriy qilish, yirik korxonalar tomonidan qo‘shilgan qiymat zanjiriga kirish
uchun yangi kichik va o‘rta korxonalar davlat-xususiy sherikchiligi asosida tashkil etish hisobiga
amalga oshiriladi.

Zamonaviy iqtisodiyotda klasterli yondashuv hududlar iqtisodiyotini rivojlantirish va

tashkilotlarning raqobatbardoshlik hamda innovatsion faollik darajasini oshirishning samarali
vositalaridan biri hisob-lanadi, chunonchi, iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlarning bu
boradagi tajribasi haqiqatdan ham, iqtisodiyotni innovatsion jihatdan rivojlantirishda
klasterlashtirish amaliyotining o‘rni muhim ekanligidan dalolat beradi [2].

Aksariyat olimlar ta’kidlashicha, barcha klasterlar u yoki bu darajada innovatsion

rivojlanishga, innovatsion jarayonni u yoki bu darajada tezlashtirishga hissa qo‘shadi va hatto
ularning ba’zilari mazkur vazi-fani bajarishga ixtisoslashganligi bilan ham ajralib turadi. Aynan


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1071

ushbu g‘oya innovatsion klasterlar kontseptsiyasining asosini tashkil qiladi. Innovatsion klasterlar
innovatsiyalarga moyil bo‘lib, bu firmalarning o‘z faoliyatlarini tashkil etish va rivojlantirish,
mahsulot ishlab chiqarish va ularni sotish jarayonida namoyon bo‘ladi. Ular iqtisodiy
sub’yektlarning innovatsiyalarni qabul qilishga moyilligini oshirish, biznesni oqilona tashkil
qilish, mahsuldorlikni oshirish kabi afzalliklarini rivojlan-tirishga yordam beradi [3].

BMTning “Kompaniyalarning innovatsion samaradorligini oshirish: siyosiy imkoniyatlar

va amaliy vositalar” hisobotida qayd etilishicha, innovatsion klaster innovatsiyalarni yaratishga
hissa qo‘shadigan tashkilotlardan iborat ta’minotchi va iste’molchilar hamda ta’lim muassasalari
o‘rtasidagi yaqin aloqalar tizimidan tashkil topgan tuzilmani ifoda etadi. Klaster bir-biri o‘zaro
bilan hamkorlik qiladigan va raqobatlashadigan tashkilotlarni birlashtiradi hamda ular o‘rtasidagi
aloqalar vertikal va gorizontal tavsifga ega bo‘ladi[4].

Fikrimizcha,

innovatsion-sanoat klasteri bu

- muayyan bir hududda geografik jihatdan

mahalliylashgan, bir-birini to‘ldiruvchi, raqobatdosh iqtisodiy sub’yektlar (shu jumladan,
ta’minotchi, ishlab chiqaruvchi va iste’molchilar) majmuidir. Bunda klaster sub’yektlari o‘zaro,
shuningdek, davlat va mahalliy boshqaruv organlari bilan innova-siyalarni yoyish borasida qulay
muhit yaratish, shuningdek, klaster sub’yekt-lari, hududlar va milliy iqtisodiyotning innovatsion
faolligini oshirish va raqabatbardoshligini mustahkamlash maqsadida birlashadilar.

Innovatsion-sanoat klasterining mazmun-mohiyati, amal qilish tamoyillari va

qonuniyatlarini tadqiq qilish natijalari asosida bizning fikrimizcha, innovatsion klasterlarni
rivojlantirish modeli quyidagicha bo‘lishi maqsadga muvofiq (1-rasm).

1-rasm. Innovatsion-sanoat klasteri modeli

Taklif etilayotgan model klasterning tarkibiy tuzilishi va uning sub’yektlari hamda

infratuzilma unsurlari o‘rtasidagi aloqalarni aniqlashga, bu esa, o‘z navbatida, klaster
strategiyasini ishlab chiqishga imkon beradi. Bundan tashqari, ushbu modeldan klasterlashning


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1072

tashkiliy va iqtisodiy mexanizmini shakllantirishda foydalanish mumkin.

Klasterni yaratishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, muayyan bir iqtisodiy natija-

raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishga erishishdan iboratdir, bu, o‘z navbatida, alohida olingan
tashkilot samaradorligini oshirishga va umumiy tarzda iqtisodiy taraqqiyotning tezlashishiga olib
keladi.

Klaster modelini joriy etishning asosiy vazifasi

- tadbirkorlarning psixologiyasini

o‘zgartirish, umumiy iqtisodiy manfaatlar doirasida barcha klaster ishtirokchilarining halol, ochiq
va o‘zaro manfaatli hamkorligining o‘ziga xos imkoniyatlarini tushunib yetishlariga
ko‘maklashishdan iboratdir [8].

Umuman olganda, innovatsion-sanoat klasterlarining rivojlanishi muayyan bir ijtimoiy-

iqtisodiy samaraga erishishga imkon beradi. Bular:

- barcha klaster ishtirokchilarining moliyaviy imkoniyatlarini birlashtirish, tashqaridan

investitsiyalarni jalb qilish, grantlar shaklida moliyalashtiriladigan loyihalar tanlovlarida birgalikda
ishtirok etish, kredit resurslarini olish kafolatlarini ta’minlash uchun moliyaviy imko-niyatlarni
birlashtirish orqali moliyaviy resurslarni jalb qilish imkoniyatlarini kengaytirish;

- tarmoqning innovatsion salohiyatini oshirish;
- fan va ta’limning klaster tashkilotlari va hokimiyat idoralari bilan o‘zaro hamkorligini

yo‘lga qo‘yish orqali tadqiqot natijalarini hududiy sanoat siyosatiga joriy etish jarayonlarini
tezlashtirish;

- sinergiya samarasi va sifat, logistika, axborot texnologiyalari borasidagi yondashuvlarni bir

xillashtirish hisobiga xarajatlarni kamaytirish va fan sig‘imli mahsulotlar sifatini yaxshilash;

- ta’minotchilar bilan ishlash samaradorligini oshirish;
- yangi tashkilotlarni rag‘batlantirish;
- yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar eksportini ko‘paytirish, import o‘rnini bosishni

kengaytirish;

- mahalliy hokimiyat va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish darajasida klaster ishtirokchilarining

o‘z manfaatlarini yanada samaraliroq himoya qila olishlariga erishish;

- hududda bandlik darajasini oshirish;
- klaster ishtirokchilari o‘rtasida mutlaqo yangicha tartibdagi odob-axloq, ishonch va

hamkorlikka asoslangan munosabatlarning paydo bo‘lishi, yangicha fikrlash tarzini shakllanishi;

-klaster tarkibiga kiruvchi korxona va tashkilotlarning samaradorligi va raqobatbardoshligini

oshirish;

- hududning raqobatbardoshligini oshirish va iqtisodiy ravnaqini ta’minlash.

Klasterlar innovatsion tizim sifatida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun asos

bo‘lib xizmat qiladi. Klasterli yondashuv innovatsion ilmiy-texnik yo‘nalishlarning paydo bo‘lishini
rag‘batlantirish, ularni tijoratlashtirish imkoniyatlarini kengaytirish, shu bilan bir qatorda, ta’lim, fan
va biznes sohasini bilvosita qo‘llab-quvvatlash orqali bilimlar iqtisodiyoti asoslarini yaratishda
istiqbolli yo‘nalish hisoblanadi. Ayni chog‘da, innovatsion klasterlarni shakllantirish ilmiy-texnik
tadbirkorlik tizimida innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlashning samarali vositasi sifatida
qaralishi mumkin

[9]

.

Innovatsion klasterlarning boshqa iqtisodiy birlashmalardan farqi shundaki, klaster tarkibiga

kiruvchi kompaniyalar o‘zlarining yuridik maqomini saqlagan holda, to‘lig‘icha bir-birlari bilan
qo‘shilmaydilar, ular shunchaki, klasterni tashkil etuvchi va undan tashqarida joylashgan boshqa


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1073

korxonalar bilan birgalikda yaqindan hamkorlik qilishga imkon beruvchi o‘zaro ta’sir mexanizmini
yaratadilar.

Amaliyot ko‘rsatishicha, o‘z manfaatlari yo‘lida yuqori malakali kadrlar tayyorlashni yo‘lga

qo‘ygan, ilmiy-tadqiqot natijalaridan foydalangan holda, raqobat ustunliklari asosida yuqori ulushga
ega bo‘lgan innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishga erishgan, ilmiy markaz va universitetlarning
jarayonlarda faol ishtirokini ta’minlay olgan klasterlar katta natijalarni qo‘lga kiritadilar. Bunda
innovatsion klasterning kamida ikki asosiy ta’rifini ajratib ko‘rsatishimiz mumkin [6]:

1. Klasterga berilgan birinchi ta’rifga ko‘ra, u ilmiy bilim va biznes g‘oyalarni yaratish,

yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash markazlari, shu bilan bir qatorda, uzoq muddatli
raqobatbardosh ustunliklarga ega mahsulotlar ishlab chiqarish asosida tashkil etilgan yoki avvaldan
mavjud shunday markazlar atrofida shakllangan tuzilmani ifoda etadi. Ushbu holatda, mazkur
klasterning istiqbolli va o‘sib borayotgan bozorlarda faoliyat ko‘rsatishi va yangi savdo bozorlarini
shakllantirishi o‘ziga xos shart hisoblanadi.

2. Ikkinchi ta’rifga ko‘ra, innovatsion klaster hududiy innovatsion tizimning quyi tizimi

sifatida baholanadi, u yirik korxonalar, kichik va o‘rta biznes sub’yektlari, infratuzilma, ilmiy-
tadqiqot muassasalari kabi unsurlardan tashkil topgan va o‘ziga xos ichki tuzilmaga ega bo‘lgan
tuzilma sifatida talqin qilinadi. Klasterning qarab chiqilayotgan unsurlari o‘rta-sidagi o‘zaro
bog‘liqlik tizimdagi boshqa oqimlarga nisbatan intensivlik darajasi bir muncha yuqori bo‘lgan
moliyaviy, axborot, moddiy va inson oqimlarida o‘z aksini topadi.

Shundan kelib chiqqan holda, bizning fikrimizcha, fan va ta’lim, infratuzilma tashkilotlari,

yirik korxonalar, kichik va o‘rta biznesga mansub xo‘jalik yuritish sub’yektlaridan tarkib topgan va
o‘zining ichki tashkiliy tuzilmasini ishlab chiqish lozim.

2-rasm. Innovatsion klaster tuzilmasi

Braziliyada bo‘lib o‘tgan innovatsion siyosat va texnologiyalar bo‘yicha xalqaro

konferentsiya doirasida innovatsion yo‘naltirilgan va industrial klasterlarning o‘zaro ta’sirining
turli ko‘rinishlarini mujassamlashtirgan innovatsion klasterlarning tipologiyasi taklif qilindi
(o‘zaro bog‘liq yoki faoliyat doirasi qisqartirilgan klaster, sanoat klasteri, industrial-innovatsion
klaster, innovatsiyalarga yo‘naltirilgan klaster, innovatsiyalarni yoqlovchi klaster).


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1074

Bugungi kunda, taraqqiy etgan mamlakatlarning innovatsiyalar borasidagi davlat

siyosatida o‘ziga xos yangicha jihatlar shakllandi va ushbu jihatlar eng avvalo, quyidagilarda
namoyon bo‘ladi:

innovatsion siyosatning asosiy mazmuni barcha xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning

innovatsion faoliyatini ixtisoslashtirilgan bilim tarmoqlarini yaratishga qaratilgan klaster
strategiyalarini shakllantirish orqali faollashtirish hisoblanadi;

hududlararo innovatsion hamkorlikning tabiati ham o‘zgarib bormoqda. Xususan, klaster

strategiyalarini amalga oshirish va hududiy-innovatsion tarmoqlarni shakllantirish transmilliy
o‘zaro aloqalarni rivojlantirish va hududlararo tarmoq tuzilmalarini shakllantirishga imkon berdi.

Odatda, innovatsion klaster tarkibiga kiruvchi va ilmiy-texnik faoliyat bilan

shug‘ullanuvchi tadbirkorlar, innovatsion infratuzilma sub’yektlari, akademik va tarmoq
institutlari, universitetlar va shu kabilardan tashkil topgan innovatsion faoliyatning ichki
tuzilmasini ifodalovchi va ilmiy-texnik tadbirkorlik tizimini tashkil etuvchi turli innovatsion
faoliyat sub’yektlari, shuningdek, davlat va ilmiy-texnik tadbirkorlik tizmining tashqi muhiti
sifatida makro va mikro muhit omillari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar sxemasi 3-rasmda keltirib
o‘tilgan.

3-rasm. Innovatsion klasterga birlashgan ilmiy - texnik tadbirkorlik sub’yektlari, davlat va

makro - mikro muhit omillari o‘zaro ta’sirining sxematik ko‘rinishi [7]

3-rasmda ilmiy-texnik tadbirkorlik tizimining asosiy sub’yektlari, ularning o‘zaro ta’sir

aloqalari aks ettirilgan, ilmiy-texnik tadbirkorlik tizimi uchun ustqurma hisoblanuvchi davlat
alohida ajratib ko‘rsatilgan. Shuningdek, ilmiy-texnik tadbirkorlik tizimining innovatsion
faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar sifatida makro va mikro muhit omillari ham keltirib o‘tilgan.

Davlat-xususiy sherikchiligi asosidagi innovatsion-klaster ishtirokchilari va tuzilmasi

quyidagilar bo‘lishi mumkin:


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1075

-

klaster ishtirokchilari xodimlarini o‘qitish yoki qo‘shimcha ta’lim berish bilan

shug‘ullanuvchi bitta OTM yoki ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasi;

-

sanoat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi eng kamida 10 ta sub’yekt (bunda ulardan kamida

bittasi bozorda sotishga mo‘ljallangan tayyor mahsulot ishlab chiqarishi lozim);

-

2 ta texnologik infratuzilma ob’yekti;

-

innovatsion klaster rivojlanishiga tashkiliy yordam beruvchi va monitoringni amalga

oshiruvchi bitta notijorat tashkiloti;

-

innovatsion klaster ishtirokchilariga moliyaviy ko‘maklashuvchi bitta moliyaviy tashkilot.

Shunday qilib, davlat-xususiy sherikchiligi asosidagi innovatsion klasterni quyidagi guruh

ishtirokchilari tashkil etadi:

-

bazaviy sub’yektlar - yirik, o‘rta va kichik korxonalar;

-

innovatsion-tadqiqot va ta’lim bloki (OTM va boshqa ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot olib

boruvchi korxonalar, ishlanmalarni tijoratlashtirish va texnologiyalarni transferlash markazlari,
injiniring korxonalari va h.k. )

-

mahalliy boshqaruv organlari va innovatsiyalarni rivojlantirish institutlari;

-

aralash xizmatlar ko‘rsatuvchi korxonalar bloki (moliyaviy tashkilotlar, konsalting

kompaniyalari va h.k.)

Innovatsion klasterga birlashtirilgan ilmiy-texnik tadbirkorlik tizimining sub’yektlarini

ko‘rib chiqish borasidagi bunday yondashuv innovatsiyalar hayot tsiklining barcha bosqichlarida
resurslarni amaldagi mavjud mahsulotlardan farqli, yangi xususiyatlarga ega bo‘lgan foydali
natijalarga aylantirish jarayonidagi faoliyatni aks ettiruvchi, innovatsion munosabatlar
sub’yektlarining funktsiyalarini aniqlashtirishga imkon beradi (3.1-jadval).

Respublikada innovatsion klasterlarning samarali faoliyat yuritishi uchun innovatsiyalar

rivojlanishiga qulay shart-sharoitlar yaratish, ularni davlat tomonidan har tomonlama qo‘llab-
quvvatlash, biznes va davlatning faol hamkorligini ta’minlash, milliy innovatsion infratuzilmani
yaratish orqali klaster siyosatini amalga oshirish lozim.

Buning uchun, bizning fikrimizcha, quyidagi chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish

maqsadga muvofiq:

-

yuqori texnologiyali tayyor mahsulotlar va xizmatlar eksportini ta’minlash;

-

kichik va o‘rta korxonalar sonining ko‘payishini rag‘batlantirish;

-

iqtisodiyotning innovatsion sohasi jadal rivojlanishini ta’minlash;

-

iqtisodiyot ehtiyojlari uchun kadrlar tayorlash tizimining samaradorligini oshirish;

-

milliy va chet el investitsiyalar hajmining oshishini ta’minlash;

-

klasterga asoslangan hududlar rivojlanishi rag‘batlantirish.

Tadqiqotlarimiz respublikada innovatsion klasterlarga xos

muammolar quyidagilardan

iborat

ekanligini ko‘rsatdi:

-

innovatsion klaster rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy tadqiqot faoliyati va

ta’lim intensivligining pastligi;

-

texnologiyalarni tijoratlashtirish jarayoni samaradorligining pastligi;

-

yangi texnologiyalarni yaratish va ularni takomillashtirish uchun moliyaviy resurslar

taqchilligi;


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1076

-

tashkil qilinayotgan texnologik kompaniyalarni rivojlantirish uchun ixtisoslashtirilgan

xizmatlar ko‘rsatish darajasining pastligi;

-

tarmoqni tartibga solish samaradorligining pastligi.

Ilmiy-texnik tadbirkorlikni innovatsion faoliyat sub’yektlarini o‘z ichiga olgan tizim

sifatida ko‘rib chiqish strategik boshqaruvni amalga oshirish jarayonida hokimiyat organlari,
innovatsion infratuzilma sub’yektlari, yirik kompaniyalar, o‘rta va kichik biznes sub’yektlari,
ilmiy va ta’lim muassasalarining o‘rta va uzoq muddatli muvofiqlashtirilgan qarashlarini
rivojlantirishga imkon beradi.


REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga
Murojaatnomasi. // Xalq so‘zi. 2018 yil 29 dekabr.

2.

Костюченко Е.А. Теоретические и методические основы кластеризации
нефтехимического комплекса Витебской области: монография. / Е.А. Костюченко,
В.Л. Клюня. – Новополоцк: Полоц. гос. ун-т, 2019. – С.3.

3.

Марков Л.С. Кластеры: формализация взаимосвязей в неформализованных
производственных структурах / Л.С. Марков, М.А. Ягольницер. – Новосибирск:
ИЭООП СО РАН, 2006. – С.43.

4.

Enhancing the Innovative Performance of Firms: Policy Options and Practical Instruments
[Electronic resource]. – United Nations: New York and Geneva, 2009. – Mode of access:
http://www.unece.org/fileadmin/DAM/ceci/publications/icp2.pdf. – Date of access:
16.12.2011. Р.105.

5.

Паньшин Б.Н. Электронная торговля как фактор кластеризации приграничного
сотрудничества малых и средних предприятий. / Б.Н.Паньшин. // Роль
образовательных и исследовательских организаций в приграничном сотрудничестве:
материалы междунар. семинара, Минск, 29 мая 2008 г. – Минск: Тесей, 2008. – С. 127.

6.

Гонтарь Н.В. Бизнес и государство в развитии трансграничной кластеризации. / Н.
Гонтарь. // Проблемы теории и практики управления. – 2019. – № 1. – С. 55–61.;
Тарасенко В.В. Территориальные кластеры. Семь инструментов управления. /
В.В.Тарасенко. – М.: Альпина Паблишер, 2016. – 202 c.

7.

Samadqulov M.I. Milliy iqtisodiyotning innovatsion salohiyatidan samarali foydalanish
yo‘llari. Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun
tayyorlangan dissertatsiya. Toshkent – 2023.

8.

Абдувохидов А. А. и др. САНОАТ СИЁСАТИНИ АМАЛГА ОШИРИШНИНГ
НАЗАРИЙ ЖИҲАТЛАРИ //BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR
ONLAYN ILMIY JURNALI. – 2022. – Т. 2. – №. 5. – С. 40-45.

9.

Абдувохидов А. А. и др. ПАНДЕМИЯ ВА ПАНДЕМИЯДАН КЕЙИНГИ ДАВРДА
ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИДА ИМПОРТ ЎРНИНИ БОСУВЧИ ИҚТИСОДИЙ
ЎСИШ МОДЕЛИ //Журнал Инновации в Экономике. – 2021. – Т. 4. – №. 6.

References

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. // Xalq so‘zi. 2018 yil 29 dekabr.

Костюченко Е.А. Теоретические и методические основы кластеризации нефтехимического комплекса Витебской области: монография. / Е.А. Костюченко, В.Л. Клюня. – Новополоцк: Полоц. гос. ун-т, 2019. – С.3.

Марков Л.С. Кластеры: формализация взаимосвязей в неформализованных производственных структурах / Л.С. Марков, М.А. Ягольницер. – Новосибирск: ИЭООП СО РАН, 2006. – С.43.

Enhancing the Innovative Performance of Firms: Policy Options and Practical Instruments [Electronic resource]. – United Nations: New York and Geneva, 2009. – Mode of access: http://www.unece.org/fileadmin/DAM/ceci/publications/icp2.pdf. – Date of access: 16.12.2011. Р.105.

Паньшин Б.Н. Электронная торговля как фактор кластеризации приграничного сотрудничества малых и средних предприятий. / Б.Н.Паньшин. // Роль образовательных и исследовательских организаций в приграничном сотрудничестве: материалы междунар. семинара, Минск, 29 мая 2008 г. – Минск: Тесей, 2008. – С. 127.

Гонтарь Н.В. Бизнес и государство в развитии трансграничной кластеризации. / Н. Гонтарь. // Проблемы теории и практики управления. – 2019. – № 1. – С. 55–61.; Тарасенко В.В. Территориальные кластеры. Семь инструментов управления. / В.В.Тарасенко. – М.: Альпина Паблишер, 2016. – 202 c.

Samadqulov M.I. Milliy iqtisodiyotning innovatsion salohiyatidan samarali foydalanish yo‘llari. Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya. Toshkent – 2023.

Абдувохидов А. А. и др. САНОАТ СИЁСАТИНИ АМАЛГА ОШИРИШНИНГ НАЗАРИЙ ЖИҲАТЛАРИ //BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY JURNALI. – 2022. – Т. 2. – №. 5. – С. 40-45.

Абдувохидов А. А. и др. ПАНДЕМИЯ ВА ПАНДЕМИЯДАН КЕЙИНГИ ДАВРДА ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИДА ИМПОРТ ЎРНИНИ БОСУВЧИ ИҚТИСОДИЙ ЎСИШ МОДЕЛИ //Журнал Инновации в Экономике. – 2021. – Т. 4. – №. 6.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов