252
RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA SOLIQ TEKSHIRUVLARINI
TAKOMILLASHTIRISH
Tuymayev Sunatillo Nuriddin o‘g‘li
Bank moliya akademiyasi magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.11002379
Annotatsiya.
Mazkur maqolada soliq tizimida raqamli texnologiyalardan samarali
foydalanish orqali soliq bilan bog‘liq barcha xizmatlarni osonlashtirish, ya’ni soliq organlari
xodimlari va soliq to‘lovchilarning imkoniyatlari kengaytirish, soliq tizimidagi ko‘plab ishlarni
raqamli texnologiyalari orqali bajarish bo‘yicha taklif va amaliy tavsiyalar va ularni
samarador-ligini baholash yo‘llari bo‘yicha tadqiqotlar olib borilgan bo‘lib, tadqiqot
doirasida xulosa va takliflar shakllantirilgan.
Kalit so‘zlar:
soliq tizimi, raqamli texnologiyalari, soliq hisoboti, soliq tushumlari,
soliq, samaradorlik, raqamli platforma, raqamli transformatsiya, soliq organlari,
optimallashtirish.
IMPROVING TAX AUDITS IN THE DIGITAL ECONOMY
Abstract.
In this article, through the effective use of digital technologies in the tax
system, proposals and practical recommendations for facilitating all tax-related services, that
is, expanding the capabilities of tax authorities and taxpayers, performing many tasks in the tax
system through digital technologies, and research was conducted on ways to evaluate their
effectiveness, and conclusions and suggestions were formed within the research.
Keywords:
tax system, digital technologies, tax reporting, tax revenue, tax, efficiency,
digital platform, digital transformation, tax authorities, optimization.
СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ НАЛОГОВОГО ПРОВЕРКИ В ЦИФРОВОЙ
ЭКОНОМИКЕ
Аннотация.
В данной статье за счет эффективного использования цифровых
технологий в налоговой системе облегчаются все налоговые услуги, то есть
расширяются возможности налоговых органов и налогоплательщиков, а также
решаются многие задачи в налоговой системе. В рамках исследования цифровых
технологий были проведены исследования рекомендаций и способов оценки их
эффективности, а также сформированы выводы и предложения.
Ключевые слова:
налоговая система, цифровые технологии, налоговая
отчетность, налоговые поступления, налог, эффективность, цифровая платформа,
цифровая трансформация, налоговые органы, оптимизация.
253
So‘nggi vaqtlarda “Raqamli iqtisodiyot” tushunchasi juda ko‘p marta qo‘llanilmoqda.
Darhaqiqat, ko‘plab rivojlangan mamlakatlarda raqamli iqtisodiyot ularning rivojlanish
omillariga sezilarli darajada ta’sir o‘tkazgan. Raqamli iqtisodiyot – bu xo‘jalik faoliyatini
yuritish bo‘lib, bunda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishdagi asosiy omil raqamlar
ko‘rinshidagi ma’lumotlar bo‘lib, katta hajmdagi axborotlarni qayta ishlash va shu qayta ishlash
natijasini analiz qilish yordamida har xil turdagi ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish,
texnologiyalar, qur-ilmalar, saqlash, mahsulotlarni yetkazib berishda oldingi tizimdan
samaraliroq yechimlar tatbiq qilishdir. Bosh-qacha qilib aytganda, raqamli iqtisodiyot bu
onlayn xizmatlar ko‘rsatish, elektron to‘lovlar amalga oshirish, internet savdo, va boshqa
turdagi sohalarni raqamli kompyuter texnologiyalarini rivojlanishi bilan bog‘langan
faoliyatdir.Soliq tizimida raqamli texnologiyalardan unumli foydanalish birinchi navbatda
davlat soliq xizmati organlari xodimlari tashkil qilinib, amalda qo‘llaniladi. Davlat soliq
siyosatini amalga oshirishda asosiy mavqeni egallagan soliq organlariga soliq qonunlariga rioya
qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirishdek yuksak vazifa yuklatildi.
Hozirgi kunda iqtisodiyotning barcha sohalarida raqamli texnologiya, sun’iy intellekt
texnologiyalari va Big datadan samarali foydalanishga bo‘lgan talab va ehtiyojlardan kelib
chiqib, mavjud muammoni hal qilishda, Davlat soliq qo‘mitasi faoliyatida raqamli
texnologiyalaridan foydalanish usullarini takomillashtirish yo‘nalish-larini ishlab chiqishda,
qiyosiy, tizimli, iqtisodiy va statistik, SWOT tahlili, monografik tadqiqot usullari, anketa
so‘rovi, guruhlash, taqqoslash, induksiya, deduksiya, optimallashtirish usuli shuningdek, WEB-
portallar, kompy-uter tarmoqlari va maxsus dasturiy ta’minot vositalari bilan ishlash usullaridan
foydalanildi.
Soliq tizimida raqamli texnologiyalarining vazifasi soliq xizmati organlari oldiga
qo‘yilgan masalalarni hal etish uchun to‘langan soliqlar va yig‘imlar tushumi haqida
ma’lumotlar statistikasini ishlab chiqilgan maxsus algoritmlar asosida olib borish va tegishli
organlarga uzatish, tushumlar dinamikasini tahlil qilish, boshqaruv qarorlarini qabul qilish
uchun tahliliy ma’lumotlarni berish, tahliliy ma’lumotlar asosida hisobotlar tayyorlash
masalalarini yechishni ta’minlashdan iborat. Soliq xizmati organlarida axborot tizimlari va
texnologiyalarini joriy etishning maqsad va vazifalari soliq xizmati organlari bajaradigan
funksiyalar, vazifalar, bir xildagi operatsiyalarni yangi dasturlar bilan imkoni boricha kengroq
qamrab olishni ta’minlashdir, zero bu dasturlar soliq ma’lumotlariga ishlov berish jarayonini
jadallashtirish, soliq inspektorlari ishining samaradorligini oshirish, ularning ishidagi bir
tusdagi hisob-kitob va oxiri yo‘q yozuvlar bilan ishlash yukini kompyuter statistikasining
254
zamonaviy vositalaridan foydalangan holda ijodiy tahlil qilish sohasiga chiqish imkonini
beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-yilning 10-iyul kuni
“Soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha choratadbirlar to‘g‘risida”gi
qarorni qabul qildi. Farmonida ham soliq tizimida Soliq tizimini yanada takomillashtirish,
iqtisodiyotda xufiyona aylanmani qisqartirish va O‘zbekiston Res-publikasi soliq siyosatini
takomillashtirish konsepsiyasining asosiy yo‘nalishlarini amalga oshirish maqsadida2:
■Davlat organlari va tashkilotlari o‘rtasida axborot almashish mexanizmlarining,
elektron soliq ma’muri-yatchiligi hamda soliq nazoratini amalga oshirish shakl va uslublarining
takomillashmaganligi.
■Soliq nazoratining shakl va mexanizmlarini, shu jumladan soliq solish obyektlari
hamda soliq to‘lovchilarni yanada to‘liq qamrab olish va hisobini ta’minlaydigan zamonaviy
raamli texnologiyalarini keng joriy etish hisobiga takomillashtirish, transfer narxlarni
shakllantirish bilan bog‘liq operatsiyalarga soliq solish tartibini joriy etish;
■Ma’lumotlar bazalari soliq organlarining yagona integratsiyalashtirilgan axborot-
resurs bazasiga inte-gratsiya qilinadigan davlat organlari va tashkilotlarining ro‘yxatini
tasdiqlash.Asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
■Soliq to‘lovchilarning yagona ma’lumotlar bazasini yaratish;
■Soliq to‘lovchilar tarkibini tahlil qilish; tushgan soliq to‘lovlarining o‘z vaqtidaligi va
to‘liqligini tahlil qilish;
■Tushgan soliq to‘lovlari bo‘yicha hisobot hujjatlarini shakllantirish;
■Soliq tushumlari va boshqa to‘lovlarni bashoratlash; me’yoriy-ma’lumotnoma
axboroti ma’lumotlari bazasini yuritish;
■Davlat soliq qo‘mitasi (DSQ) va uning bo‘g‘inlari bilan ularga aloqador tashkilot va
muassasalar uchun talab etilgan tartibda axborot va ma’lumotlar tayyorlashdan iborat.Davlat
soliq xizmati organlari axborot texnologiyalarining oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarish uchun
quy-idagi masalalar hal etilgan:
■Barcha hujjatlar mazmuni va shakli standartlashtirilgan va unifikatsiyalashtirilgan;
■Axborotlar klassifikatsiyalashtirilgan va kodlashtirilgan;
■Bo‘g‘inlar va tizimning bosqichlari o‘rtasida axborotni uzatish tizimi joriy etilgan;
■Avtomatlashtirilgan tizim, hamda u bilan bog‘liq bo‘lgan axborotlashgan tizim
o‘rtasida axborotlar almashish yo‘lga qo‘yilgan;
■Dasturiy-texnik majmua va tizimli dasturiy ta’minot unifikatsiyalashtirilgan.
255
Soliq xizmati organlarida joriy etilgan axborot tizimlari va texnologiyalarining tuzilishi
va tarkibi hamda unga yuklatilgan vazifalar soliq tizimida boshqaruvni avtomatlashtirish
imkoniyatini beradi. Shu bilan birga u takomillashib, yangilanib borish xususiyatiga ega. Soliq
xizmati organlarida soliq obyektlari va ularning tushumlari hamda soliq ishini tashkil etishning
avtomatlashtirilgan (axborot texnologiyalarini qo‘llash) shakllarini yaratish va realizatsiya
qilishdan unumli foydalaniladi. Soliq xizmati organlarida ish jarayonlarini, shuningdek, soliq
obyektlari, tushumlari va soliq to‘lovchilarning holati va harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarning
yagona axborot bazasini yaratish va unga zamonaviy axborot texnologiyalarni qo‘llash ishlari
tashkil etiladi. O‘zbekiston soliq tizimida bu borada 30 dan ortiq maxsus dasturiy mahsullardan
foydalaniladi.
Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini kompyuterlashtirish va axborotlashtirish,
malakali xodimlarni tayyorlash, kompyuter jihozlari, dasturiy mahsullar bilan ta’minlash
hamda zamon talabidan kelib chiqib, soliq idoralarida jamlangan hisobotlarni elektron
ko‘rinishda quyi soliq xizmati organlaridan Davlat soliq qo‘mitasiga uzatish, Davlat soliq
qo‘mitasi tomonidan beriladigan operativ topshiriqlarni davlat soliq boshqarmalariga va davlat
soliq inspeksiyalariga to‘g‘ridan – to‘g‘ri uzatish masalalari, shu bilan birga soliq to‘lovchi
yuridik va jismoniy shaxslarni ro‘yxatga olish, ularni davlat budjeti oldidagi majburiyatlarining
bajarilishi haqidagi ma’lumotlarni yagona soliq to‘lovchilar bazasida saqlash va boshqa
masalalar dolzarb masalaga aylandi. Soliq tizimida zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini qoʻllashda bir qancha muammolar yuzaga keladi. O‘sha muammolardan birni
axborot xavsizligini ta’minlash hisoblanadi.
Davlatning axborot xavfsizligini ta’minlash muammosi milliy xavfsizlikni
ta’minlashning asosiy va ajralmas qismi bo‘lib, axborot himoyasi esa davlatning birlamchi
masalalariga aylanmoqda. Axborotni himoyalashning turli usullari mavjud bo‘lib, elektron
hujjat aylanishi tizimiga o‘tilayotgan bugungi kunda elektron raqamli imzo asosida hujjatlar
aslligini tasdiqlash va ularni himoya qilish iqtisodiy axborot almashinuvida eng qulay
usullardan biri hisoblanadi. Soliq tizimida raqamli texnologiyalaridan foydalanishning asosiy
maqsadlari quyidagilardan iborat:
■Soliq tushumlari bo‘yicha ma’lumotlarni olish.
■Ish samaradorligini oshirish.
■Qog‘ozdagi ish oqimining hajmini kamaytirish.
■Soliq tekshiruvlarini ma’lumotlar bilan ta’minlash.
■Soliq to‘lovchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning ishonchliligini oshirish.
256
■Soliq qonunchiligiga rioya etilishini nazorat qilish.Boshqa har qanday
avtomatlashtirilgan tizimlarda bo‘lgani kabi, Soliq tizimida axborot texnologiyalaridan
foydalanishga ham bir qator talablar qo‘yiladi, birinchi navbatda, tegishli funksiyalarni samarali
bajarish bilan bog‘liq. Ishlab chiqilgan soliq axborot tizimi nafaqat soliq organlari ishlarini
osonlashtirishga imkon beradi, balki uning barcha faoliyat elementlarini ham tartibga soladi.
Tizim alohida elementlarni va butun tizimni boshqaradi.
Hozirgi kunda elektron deklaratsiyalar ham yaratililmoqda. Endi soliq to‘lovchilarga
soliq deklaratsiyasini elektron shaklda topshirish imkoniyati mavjud va bu, shubhasiz, ularni
soliqlarni yig‘ish jarayonini osonlashti-radi. Bu usldan foydalanish ancha afzallikka ega
bo‘lmoqda chunki soliq to‘lovchilar endi soliq idoralariga tashrif buyurishi shart emas.
Shuningdek, o‘z navbatida, soliq inspektsiyasi kiruvchi ma’lumotlarni qo‘lda qayta ishlash
bilan shug‘ullanmaydi, chunki soliq tizmida axborot texnologiyalaridan foydalanib
avtomatlashtirilgan axborot tizimini modernizatsiya qilish imkoniyati mavjud. Ma’lumot
elektron shaklda qabul qilinadi va avtomatik hisoblash darhol amalga oshiriladi.
REFERENCES
1.
И.Абаева “Организация интегрированной информационной налоговой системы”.
– M.: Костанай, 2017. – С. 215.
2.
Jo‘rayev A.S., Berdiyeva U.A.“Soliq ma’murchiligi” o‘quv q’ollanma” – M: Toshkent–
2019. S – 201
3.
Adewoye, J.O., &Olaoye, C.O. (2021). Usage of information technology to enhance
professional productivity among accountants in Ekiti State. International Journal of
Accounting and Financial Management Research (IJAFMR), 4(2), 7–18.
4.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi ma’lumotlari: www.soliq.uz.
