Authors

  • Marjona Bozorboyeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.31521

Abstract

This article describes the field of turism, its development and the shortcomings in this field in our country, their elimination and introduction of innovations.

background image


462

TURIZM SOHASI, UNING HAYOTIMIZDAGI AHAMIYATI VA BU SOHADA YUZ

BERAYOTGAN O'ZGARISHLAR

Bozorboyeva Marjona Shavkat qizi

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti talabasi

marjonabozorboyeva64@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.11087368

Annotatsiya.

Ushbu maqolada turizm sohasi, uning rivojlanishi va yurtimizda bu sohada

bor kamchiliklar, ularni bartaraf etish va yangiliklar kiritish haqida yoritilgan.

Kalit so'zlar:

Turizm, dunyo, sayyohlik, rivojlanish, kamchilik, COVID, kompaniya,

kompleks, infrastruktura.

THE FIELD OF TOURISM, ITS IMPORTANCE IN OUR LIFE AND THE CHANGES

TAKING PLACE IN THIS FIELD

Abstract.

This article describes the field of turism, its development and the shortcomings

in this field in our country, their elimination and introduction of innovations.

Key words:

Tourism, world, tourism, development, deficiency, COVID, company,

complex, infrastructure.

СФЕРА ТУРИЗМА, ЕЕ ЗНАЧЕНИЕ В НАШЕЙ ЖИЗНИ И ИЗМЕНЕНИЯ,

ПРОИСХОДЯЩИЕ В ЭТОЙ СФЕРЕ

Аннотация.

В данной статье описывается сфера туризма, ее развитие и

недостатки в этой сфере в нашей стране, их устранение и внедрение инноваций.

Ключевые слова:

Туризм, мир, туризм, развитие, дефицит, COVID, компания,

комплекс, инфраструктура.

Turizm – fransuzcha so`zdan olingan bo`lib tour- sayr, sayohat kabi ma`nolarni anglatadi.

Turizm- sayyohlik, sayohat qilish, faol dam olish turlaridan biri. Turizm deganda jismoniy

shaxsnig doimiy istiqomat joyidan sog'lomlashtirish, ma'rifiy, kasbiy amaliy yoki boshqa

maqsadlarda borilgan joyda haq to'lanadigan faoliyat bilan shug'ullanmaganda jo'nab ketish

tushuniladi. Ko'pgina mamlakatlarda turizm davlat iqtisodiyotining rivojlangan sohasi

hisoblanadi. Chunki turli mamlakatlarga sayohat qilishni istamaydigan insonning o`zi bo'lmasa

kerak. Bugungi kunda jahon turizm bozori qariyb 9 trillion dollarni tashkil etmoqda. Bundan

ko'rinib turibdiki, har bir davlat o'z kelajagi va rivoji uchun sarmoya kiritishi zarur. Dunyoda ish

bilan band aholining har o'ninchisi ushbu sohada faoliyat yuritmoqda. Shuning uchun ham eng

ko'zga ko'rinadigan soha turizm sohasi hisoblanadi.


background image


463

Barchamizga ma'lumki bir necha yillar davomida butun dunyoda turizm sohasi rivojlanib

kelmoqda. Har bir davlatning ichki va tashqi iqtisodiyatini shu turizm sohasi yuksak darajalarga

olib chiqmoqda. Har bir davlat o'z kelajagi va rivoji uchun mana shu sohaga sarmoya ya'ni

investitsiya kiritmoqda. Sarmoya kiritilmagan ish hech qachon rivojlanmaydi, u ishda yuksaklik

va o`sish bo'lmaydi. Turizm jahon iqtisdiyotining yetakchi tarmoqlaridan biri bo'lib, milliy

iqtisodiyotga yuqori daromad keltiradigan istiqbolli soha hisoblanadi.

Turizm dunyo yalpi ichki mahsulotining taxminan 5%ini tashkil etadi, rivojlangan

mamlakatlarda deyarli 10% aholi turizm sohasi bilan band. COVID-19 pandemiyasi oqibatida

turizm sohasi eng katta talofat ko'rgan tarmoqlardan biridir. Jahon turizm tashkilotining

ma'lumotilariga ko'ra, 2020-yilda xalqaro turizm 72%ga yoki turizm xizmatlaridan tushumlar

1,1trillion dollarga kamayib, 1990-yil darajasiga tushib qoldi. Natijada 935 mlrd dollar miqdorida

eksport daromadlari yo'qotildi. Bizga ma'lumki 2020-yil 16-martdan mamlakatimiz ichki va tashqi

turistlar uchun yopilgandi. Oqibatda 1,5 mingdan ortiq turoperator, 1,2 mingta mehmonxona o'z

faoliyatini to'xtatishga majbur bo`ldi. Bular, gidlar, milliy hunarmandchilik, ziyoratgoh va

sihatgohlar, umumiy ovqatlanish, transport va boshqalar bilan qo'shib hisoblaganda 250 mingdan

ortiq aholi daromadiga jiddiy ta'sir qildi.

Turizmning juda ko'p turlari hamda shakllari mavjud:

- Ichki xalqaro;

- Havaskorlik turizmi;

- Uyushgan turizm;

- Yaqin j oyga sayohat;

- Uzoqqa sayohat;

- Bilim saviyasini kengaytirish maqsadidagi turizm;

- Toqqa chiqish;

- Suv turizmi;

- Avtoturizm;

- Piyoda yuriladigan turizm;

- Sport turizmi va boshqalar.

O'zbekistonda turizm sohasiga rahbarlikni "O'zbekturizm" milliy kompaniyasi olib boradi.

Bu kompaniya 27-iyul 1992-yil tuzilgan. Kompaniyaning asosiy vazifasi turizm infrastrukturasini

rivojlantirish, chet el sarmoyasini jalb qilib zamonaviy turistik komplekslarni barpo etish va yangi

turistik yo'nalishlarni ishlab chiqish shuningdek, xizmatlar doirasini kengaytirish va shu

kabilardan iborat.


background image


464

Shavkat Mirziyoyev raisligida mamlakat turizmini rivojlantirish bo‘yicha videoselektor

yig‘ilishi o‘tkazildi.

2022-yilda O‘zbekistonga tashrif buyurgan xorijiy turistlar soni 2021-yilga nisbatan 3

baravarga oshgan — 5,2 mln. Sohaning eksporti hajmi $1,6 mlrd.ni tashkil etadi.Ichki turizm

dasturlari doirasida 11,5 mln, shundan 1,5 mln ehtiyojmand aholi, yoshlar va keksalar sayohatlari

tashkil etildi.Joriy yilda viloyat hokimlari va elchilar 7 mln xorijiy va 15 mln ichki sayyohlarni

jalb qilish, eksportni $2,5 mlrd.ga yetkazish ustida aniq reja va majburiyat bilan ishlashlari

shartligi ta’kidlandi.O‘rganishlar ko‘ra, turistlarni faol jalb qiladigan joylar haqida kontent kam,

bori ham qiziqarli emas, sayyohlarni 4−5 kun olib qoladigan turpaketlar yetishmaydi.Yo‘l

chiptalarini 3−6 oy oldindan bron qilish, sotib olishda noaniqliklar juda ko‘p.Muzey, teatr,

madaniyat maskanlari turizm dasturlari bilan bog‘lanmagan, ularning ishlash vaqti ham sayyohlar

talabidan kelib chiqmagan.Prezident soha mutasaddilari shu va boshqa kamchiliklar bilan tizimli

ishlamayotganini tanqid qildi va keskin o‘zgarish qilinishi zarur bo‘lgan yo‘nalishlarni birma bir

ko‘rsatib o‘tdi.

Yig`ilishda yangi qatnovlar uchun aviachipta xarajatlarining 25%iga subsidiya berilishi

haqida alohida to`xtalib o`tdi. Aviaqatnovlarda ichki reyslar taqchilligi kuzatilmoqda, temir yo‘lda

haftasiga 68 ta qo‘shimcha qatnovga, 350 ta yangi vagonga talab borligi, aviachipta xarajatlarining

25%iga subsidiya berilishi va bunga 60 mlrd so‘m ajratilishi haqida ham aytib o`tilde. Yig‘ilishda

xorijiy sayyohlarning O‘zbekistonda bir kun ko‘proq qolishi — yillik turizm eksportini $300

mln.ga oshirishi ta’kidlandi.

O‘tgan yili 31 ta tuman va 143 ta mahalla turizmga ixtisoslashtirib, ularda alohida soliq

rejimi joriy qilingan edi. Bu imkoniyatdan Forish, Urgut, Xo‘jayli, Payariq, Nurota tumanlari va

Angren shahri samarali foydalangan.Na temir yo‘li bor, infratuzilmasi rivojlanmagan, chekka

hududda joylashgan bu tumanlarda shuncha o‘zgarish bo‘lib, sharoiti ancha yaxshi bo‘lgan Kogon,

Kitob, Xatirchi, Qiziltepa, Yangiqo‘rg‘on, Toyloq, Boysun, Parkent, Bog‘ot tumanlari bu

imkoniyatlardan foydalanmayotgani haqida tanqid qilindi.

viloyatlar ularga biriktirilgan 11 ta oliygoh bilan hamkorlikda ishlab, turizm obyektlari

to‘g‘risidagi kontentni boyitishi kerak bo‘ladi. Ular:

31 ta tuman va ulardagi 143 ta turizm mahallasining tarixi, yodgorliklari va turistik

obyektlari kontentini yaratadi shuningdek, ular asosida kamida 12 ta tilda turistik paketlar ishlab

chiqiladi; turizm, iqtisodiyot, tarix, geografiya, servis, xorijiy tillar yo‘nalishlarida o‘qiyotgan

talabalarning kamida 2 oylik amaliyoti shu tumanlarda tashkil etiladi; turizm va servis obyektlari

ishchilarini o‘qitadi.


background image


465

Natijaga qarab oliygoh o‘qituvchilari va talabalari rag‘batlantiriladi.

Tegishli vazirliklar va mutasaddilariga festival shuningdek, madaniyat tadbirlarini

ko‘paytirish, qishki va ekologik turizmni rivojlantirish, qo‘riqxona, tabiat bog‘lari haqmda tabiat

yodgorliklari imkoniyatidan foydalanish bo‘yicha topshiriqlar ham berildi.

Xulosa o'rnida shunday deyishimiz mumkin

; Har bir davlatning rivojlanish tarixiga

nazar soladigan bo'lsak, albatta turizm bilan bog'liq bo'ladi. Har bir davlat o'z yurtini butun

dunyoga tanitishi uchun ham o'zining turizm sohasidagi ehtiyojlarini qoplash uchun har taraflama

yetarlicha ta'minlashi lozim.

REFERENCES

1.

Международный туризм сократился в 2020 году до уровня 1990 год.

Erkayeva

Barno Abdurahimovna

" O'ZBEKISTONDA TARIXIY-MADANIY

TURIZMNI RIVOJLANTIRISHNING IJTIMOIY-IQTISODIY JIHATLARI ".

2.

Qudratov G‘.X., Tuxliev I.S. Turizm iqtisodiyoti. – Samarqand, SamISI,

2007.

3.

Tariqulov M. O, Nabiyeva S. A “Ekskursiyashunoslik” fani bo’yicha ta’lim

texnalaogiyasi. Toshkent 2006 y. Toshkent Davlat Iqtisodiyot universiteti.

4.

I.S.Tuxliev, M.Q.Pardaev. Turizmda xizmat ko`rsatishni rivojlantirish aholi

bandligini oshirish manbasi. - T., 2008. -18 b.

5.

X.M.Mamatkulov. Turizm va servisga oid izohli lug‘at. -Samarkand, 2010. -

201 b.

Internet manbalari

6.

https://cyberleninka.ru/article/n/turizm-sohasining-tarixi-va-uning-rivojlanish-davrlari-

yurtimizning-tarixiy-manzilgohlari

7.

https://kun.uz/news/2018/01/02/uzbekistonda-turizm-kaj-avolda-va-uni-rivozlantiris-

ucun-nimalar-kilis-kerak-mutahassis-

takliflari?q=%2Fuz%2Fnews%2F2018%2F01%2F02%2Fuzbekistonda-turizm-kaj-

avolda-va-uni-rivozlantiris-ucun-nimalar-kilis-kerak-mutahassis-takliflari

8.

https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Turizm

References

Международный туризм сократился в 2020 году до уровня 1990 год.

Erkayeva Barno Abdurahimovna " O'ZBEKISTONDA TARIXIY-MADANIY TURIZMNI RIVOJLANTIRISHNING IJTIMOIY-IQTISODIY JIHATLARI ".

Qudratov G‘.X., Tuxliev I.S. Turizm iqtisodiyoti. – Samarqand, SamISI,

Tariqulov M. O, Nabiyeva S. A “Ekskursiyashunoslik” fani bo’yicha ta’lim

texnalaogiyasi. Toshkent 2006 y. Toshkent Davlat Iqtisodiyot universiteti.

I.S.Tuxliev, M.Q.Pardaev. Turizmda xizmat ko`rsatishni rivojlantirish aholi

bandligini oshirish manbasi. - T., 2008. -18 b.

X.M.Mamatkulov. Turizm va servisga oid izohli lug‘at. -Samarkand, 2010. -

b.