Authors

  • Sardor Asatov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.33190

Abstract

Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish jinoyatlarining sodir etilishi natijasida davlatimiz iqtisodiyotiga yetkazilayotgan zarar miqdori kundan kunga o‘sib bormoqda. Mazkur turdagi qilmishlarning jinoiy huquqiy tuzilishini o‘rganish ularni kvalifikatsiya qilishda va aybdor shaxslarga jazo tayinlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish jinoyatlarining jinoiy huquqiy tuzilishining muhim jihatlariga to‘xtalib o‘tilgan.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1015

BOJXONA TO‘G‘RISIDAGI QONUNCHILIKNI BUZISH JINOYATINING JINOIY-

HUQUQIY TUZILISHI

Asatov Sardor Umirtosh o‘g‘li

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish Akademiyasi

Magistratura tinglovchisi

asatovsardor17@gmail.com

+99893-128-58-11

https://doi.org/10.5281/zenodo.11267026

Annotatsiya.

Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish jinoyatlarining sodir etilishi

natijasida davlatimiz iqtisodiyotiga yetkazilayotgan zarar miqdori kundan kunga o‘sib bormoqda.
Mazkur turdagi qilmishlarning jinoiy huquqiy tuzilishini o‘rganish ularni kvalifikatsiya qilishda
va aybdor shaxslarga jazo tayinlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada bojxona
to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish jinoyatlarining jinoiy huquqiy tuzilishining muhim jihatlariga
to‘xtalib o‘tilgan.

Kalit so‘zlar.

bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish, iqtisodiyot, bojxona nazorati,

tergov harakatlari, jinoyat, bojxona chegarasi.

CRIMINAL-LEGAL STRUCTURE OF THE CRIME OF VIOLATION OF CUSTOMS

LEGISLATION

Abstract.

The amount of damage being inflicted on our country’s economy as a result of

violations of customs legislation is increasing day by day.

Studying the criminal legal structure of

such acts is of significant importance in qualifying them and sentencing of the guilty parties. This
article highlights key aspects of the criminal legal structure of offenses related to the violation of
customs legislation.

Key words.

violation of customs legislation, economy, investigations, customs control,

criminal description, crime, customs border.

УГОЛОВНО-ПРАВОВАЯ СТРУКТУРА ПРЕСТУПЛЕНИЯ НАРУШЕНИЯ

ТАМОЖЕННОГО ЗАКОНОДАТЕЛЬСТВА

Аннотация.

Сумма ущерба, причиненного экономике нашей страны в результате

преступлений по нарушению таможенного законодательства, увеличивается с каждым
днем. Изучение уголовно-правовой структуры данных видов деяний имеет большое
значение для их квалификации и назначения наказания виновным. В данной статье
рассмотрены важные аспекты уголовно-правовой структуры преступлений нарушения
таможенного законодательства.

Ключевые слова.

Нарушение таможенного законодательства, экономика,

таможенный контроль, следственные действия, преступность, таможенная граница.

Ma‘lumki, tovar-moddiy boyliklarni O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi

orqali noqonuniy olib o‘tish nafaqat davlat byudjetiga undiriladigan bojxona to‘lovlarining
undirilmay qolishi bilan, balki ta‘qiqlangan, xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarning
mamlakatimiz hududiga turli noqonuniy yo‘llar bilan kirib kelishi hamda respublikamiz uchun
strategik ahamiyatga ega bo‘lgan mahsulotlarning nazoratsiz chet davlatlarga chiqib ketishi bilan
ham xavfli hisoblanadi. Bojxona to‘lovlari - bojxona chegarasi orqali olib o‘tilayotgan tovar-


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1016

moddiy boyliklar uchun jismoniy va yuridik shaxslardan qonun hujjatlariga asosan undiriladigan
to‘lovlar hisoblanib, davlat byudjetini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etuvchi tushumlar
manbaidir. Shu sababli, ushbu to‘lovlarning o‘z vaqtida va to‘g‘ri undirilishi davlatning iqtisodiy
rivojlanishi barqarorligini ta‘minlaydi.

Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlar turkumiga kiruvchi bojxona to‘g‘risidagi

qonunchilikni buzish jinoyati o‘zining ijtimoiy xavfliligi bilan ushbu turdagi boshqa jinoyatlardan
alohida ajralib turadi. Mazkur turdagi jinoyatlarni jinoiy-huquqiy jihatdan to‘g‘ri tahlil qilish
uchun, avvalo, mazkur turdagi jinoyatlarning tajovuz obyekti qaratilgan bojxona sohasidagi
ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy hujjatlarning tegishli normalarini aniqlab olish
maqsadga muvofiqdir.

Amaldagi tartib qoidalarga muvofiq, bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan tovarlar va

transport vositalari bojxona nazoratidan hamda bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilishi kerak.

Bojxona nazorati -

O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro

shartnomalariga rioya etilishini ta’minlash uchun bojxona organlari tomonidan amalga
oshiriladigan, shu jumladan xavfni boshqarish tizimi qo‘llanilgan holda amalga oshiriladigan
chora-tadbirlar majmuidan iboratdir. Bojxona chegarasidan olib o‘tiladigan tovarlar va transport
vositalari ustidan bojxona nazoratini ta’minlash uchun bojxona organlarining mansabdor shaxslari
tomonidan o‘tkaziladigan bojxona operatsiyalari majmui

bojxona rasmiylashtiruvi

hisoblanadi.

[ 1].
O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni va transport vositalarini

olib o‘tish, bojxona to‘lovlarini undirish, bojxona rasmiylashtiruvi, bojxona nazoratini amalga
oshirish, shuningdek bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish hollarining oldini olish, ularni
aniqlash va ularga chek qo‘yish tartibini belgilash bilan bog‘liq munosabatlar Bojxona kodeksi
bilan tartibga solinadi. Ushbu kodeksning 2-moddasida bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik Bojxona
kodeksi va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iborat ekanligi, shuningdek, agar O‘zbekiston
Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining bojxona to‘g‘risidagi
qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma
qoidalari qo‘llanilishi belgilab qo‘yilgan.

Qonunchilikka ko‘ra, tovarlar va transport vositalarini belgilangan tartibni buzgan holda

bojxona chegarasidan har qanday tarzda o‘tkazish qonunga xilof hisoblanadi va ma’muriy yoki
jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi.[ 2]

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 182-moddasi

“Bojxona to‘g‘risidagi

qonunchilikni buzish”

deb nomlanib, ushbu moddaning birinchi qismi dispozitsiyasiga ko‘ra,

bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirib yoxud bojxona hujjatlari yoki
vositalariga o‘xshatib yasalgan hujjatlardan aldash yo‘li bilan foydalangan holda yoki
deklaratsiyasiz yoxud boshqa nomga yozilgan deklaratsiyadan foydalanib, tovar yoki boshqa
qimmatliklarni ko‘p miqdorda O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan o‘tkazish,
shunday harakat uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa jinoiy
javobgarlikni keltirib chiqaradi. Mazkur modda blanket dispozitsiyali hisoblanadi. Chunki
bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish holatlarini ifodalovchi belgilar jinoyat huquqida emas,
balki bojxona qonunchiligida o‘z ifodasini topgan. Jinoyat kodeksining 182-moddasi 1-qismi bilan
javobgarlikka tortishning zaruriy sharti shuki, tovar va transport vositalarini ko‘p miqdorda


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1017

qonunga xilof ravishda bojxona chegarasidan o‘tkazganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 227

19

, 227

20

, 227

21

-moddalari va 227

22

-

moddasining birinchi qismi ma’muriy javobgarlikka tortilgan shaxs ma’muriy jazo
qo‘llanilganidan so‘ng bir yil davomida yana shunday huquqbuzarliklardan birini ko‘p miqdorda
sodir etgan bo‘lishi kerak.

Shu bilan birga, tovar yoki boshqa qimmatliklarni qonunga xilof ravishda bojxona

chegarasidan ko‘p miqdorgacha o‘tkazganlik uchun har doim, shaxs aynan shunday huquqbuzarlik
uchun bir yil davomida bir necha marta ma’muriy javobgarlikka tortilganligidan qat’i nazar,
ma’muriy javobgarlikni keltirib chiqarishini unutmaslik lozim.

Jinoyat qonunchiligiga muvofiq, ma‘lum bir ijtimoiy qilmishni jinoyat sifatida baholash

uchun zarur bo‘lgan obyektiv va subyektiv belgilar yig‘indisi jinoyat tarkibini tashkil etadi. Jinoyat
tarkibining obyekti va obyektiv tomonini to‘g‘ri aniqlash jinoyatlarni tahlil qilishda muhim
ahamiyat kasb etadi. Jinoyatning ijtimoiy xavfliligi darajasini aniqlashda hamda jinoyatni to‘g‘ri
malakalashda obyektiv belgilarning o‘rni ahamiyatlidir.

M.Usmonaliyev “Jinoyatning obyekti har bir jinoyat tarkibining zaruriy belgisidir.

Jinoyatning obyekti har bir jinoyat tarkibining zaruriy belgisi bo‘lishi bilan birga muayyan
jinoyatning mohiyati va uning ijtimoiy xavflilik darajasini ham belgilaydi” deb ta’kidlab o‘tgan.[
3] Shu sababli, ko‘rib chiqilayotgan bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish jinoyatining
jinoiy-huquqiy jihatdan to‘g‘ri tavsiflash maqsadida jinoyatning obyektiv va subyektiv belgilariga
to‘xtalib o‘tamiz. Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish jinoyatining bevosita obyekti tovar
yoki boshqa qimmatliklarni O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali o‘tkazishning
belgilab qo‘yilgan tartibi hisoblanadi.

M.X.Rustambayev ushbu ta’rifni yana ham to‘ldirib, “bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni

buzish jinoyatining bevosita obyekti tovar yoki boshqa qimmatliklarni O‘zbekiston
Respublikasining bojxona chegarasi orqali o‘tkazishning belgilab qo‘yilgan tartibi va shu
munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti asoslari hisoblanishini” ta‘kidlagan.[ 4]

Tadqiqotchi J.M.Ermashev

fikricha

esa, “erkin fuqarolik muomalasidagi tovarlar va

boshqa predmetlarni Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan oʻtkazish tartibi va
shartlarini belgilovchi ijtimoiy munosabatlarni bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish
jinoyatining bevosita asosiy obyekti hisoblanishini va shu bilan birga mazkur jinoyatning maxsus
obyekti iqtisodiyot sohasining xavfsizligini taʼminlaydigan ijtimoiy munosabatlar ekanligini
hamda turdosh obyekti iqtisodiyot asoslariga rioya qilish tartibini taʼminlovchi ijtimoiy
munosabatlar hisoblanadi”. [5 ]

Bizning fikrimizcha, bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish jinoyatining obyekti

haqidagi yuqorida keltirilgan fikrlarda mazkur jinoyatning obyekti masalasi to‘liq ochib berilgan.

Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish jinoyatlarining predmetlari moddiy dunyoning

juda ko‘plab komponentlarini o‘z ichiga qamrab oladi. Shu sababli mazkur jinoyatlarni
kvalifikatsiya qilishda jinoyatning predmetini aniqlab olish muhim ahamiyat kasb etadi.

Birinchidan

, mazkur modda dispozitsiyasida jinoyat predmeti sifatida faqatgina “tovar va

boshqa qimmatliklar” deb ko‘rsatilgan bo‘lib, ushbu tovar va boshqa qimmatliklarga aynan
nimalar kirishini batafsil aniqlab olish uchun bir qator normativ-me‘yoriy hujjatlarga murojaat
qilishimiz lozim.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1018

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi 13-moddasida ko‘rsatilgan bojxona

chegarasi orqali olib o‘tiladigan har qanday ko‘char mol-mulk, shu jumladan O‘zbekiston
Respublikasi milliy valyutasi, valyuta boyliklari va boshqa qimmatli qog‘ozlar, elektr, issiqlik
energiyasi va energiyaning boshqa turlari, intellektual mulk obyektlari, transport vositalari,
bundan tovarlarni va yo‘lovchilarni tashish uchun foydalaniladigan transport vositalari mustasno,
“Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi
Qonuni 3-moddasining ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan moddiy dunyoning milliy, tarixiy,
badiiy, ilmiy-ma’rifiy, ma’naviy-axloqiy va boshqa madaniy ahamiyatga molik ko‘char ashyolar,
bundan tashqari o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlari mazkur jinoyat predmeti hisoblanishi
belgilangan.

Ikkinchidan

, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 246-moddasida keltirilgan

Kontrabanda jinoyatining predmeti hisoblanadigan kuchli ta’sir qiluvchi, zaharli, zaharlovchi,
portlovchi moddalar, radioaktiv materiallar, portlatish qurilmalari, qurol-yarog‘, o‘qotar qurol,
o‘q-dorilar yoki o‘qotar qurolning asosiy qismlari, shuningdek giyovandlik vositalari, ularning
analoglari yoki psixotrop moddalar yoki diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlikni targ‘ib
qiluvchi materiallarni ko‘rib chiqilayotgan bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish jinoyati
predmetlaridan farqlash lozim. Chunki mazkur ikkala jinoyatlarning dispozitsiyasi deyarli bir xil
bo‘lib, mazkur ikkala jinoyatlar faqatgina predmeti bilangina bir-biridan farq qiladi.

Uchinchidan

, bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish jinoyatining predmetlarining

xilma-xilligi, juda keng qamrovli ekanligi hamda ushbu predmetlarning ko‘plab turlarini
respublikamiz bojxona chegaralari orqali olib kirish, olib chiqish va tranzit tarzida olib o‘tish
tartibi alohida normativ-huquqiy hujjatlarda belgilanganligi bilan ahamiyatlidir. Masalan, naqd
xorijiy va milliy valyuta olib kirilishi va olib chiqilishini tartibga solish 22.10.2019-yildagi
O‘zbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida” gi O‘RQ-
573-son Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 30.01.2018 yildagi “Jismoniy shaxslar
tomonidan O‘zbekiston Respublikasi naqd valyutasi va naqd chet el valyutasini O‘zbekiston
Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib kirish va olib chiqish qoidalarini tasdiqlash
haqida” gi 66-sonli qarori bilan, madaniy boyliklar muomalasini tartibga solish esa 29.08.1998-
yildagi “Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi to‘g‘risida”gi 678-I-sonli
O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda “O‘zbekiston Respublikasida madaniy boyliklarning
olib chiqilishi va olib kirilishi masalalarini tartibga solish to‘g‘risida” gi VM ning 23.03.1999-
yildagi 131-sonli qarori asosida amalga oshiriladi. Faqatgina naqd valyuta va madaniy boyliklar
bo‘yicha ikkita Qonun va ikkita Vazirlar Mahkamasi qarori, shuningdek yana bir qator qonunosti
hujjatlari mavjuddir.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 15.12.2017-yildagi PF-5286-son

Farmoni 2-ilovasida O‘zbekiston Respublikasiga import qilinishi (olib kelinishi) taqiqlangan
buyumlar ro‘yxati keltirib o‘tilgan. Bundan tashqari, tovarlar va transport vositalari, o‘simlik va
hayvonot olami, intellektual mulk obyektlari, issiqlik energiyasi va boshqa shu kabi mazkur
jinoyat predmetlarini bojxona chegarasi orqali olib kirish va olib chiqishning ham har birining
alohida tartiblari mavjudligi ushbu yo‘nalishdagi qonunchilik hujjatlarining naqadar ko‘p ekanligi
bilan hamda ushbu sohaning keng qamrovli ekanligi bilan ajralib turadi. Shu sababli mazkur


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1019

turdagi jinoyatlarni fosh etishda, kvalifikatsiya qilishda hamda tergov harakatlarini amalga
oshirishda alohida bilimlarni hamda chuqur masuliyatni talab etadi.

Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish jinoyatining

obyektiv tomoni

tovarlar yoki

boshqa qimmatliklarni bojxona nazoratini chetlab, bojxona nazoratidan yashirib, bojxona
hujjatlari yoki bojxona identifikatsiyalash vositalariga o‘xshatib yasalgan hujjatlardan aldash yo‘li
bilan foydalanib, deklaratsiya qilmasdan yoki boshqa nomga yozilgan deklaratsiyadan foydalanib,
chegarani buzib o‘tib tovarlar yoki boshqa qimmatliklarni ko‘p miqdorda Oʻzbekiston
Respublikasining bojxona chegarasidan oʻtkazishda ifodalanadi. Sodir etilgan ijtimoiy xavfli
qilmish mazkur usullarning birortasi orqali amalga oshirilmagan taqdirda ushbu jinoyat bilan
bog‘liq javobgarlikni keltirib chiqarmaydi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-

fevraldagi “Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish va kontrabandaga oid ishlar bo‘yicha sud
amaliyoti haqida” gi 2-sonli Qarorida mazkur jinoyatning obyektiv tomon belgilariga batafsil
tushuntirishlar berib o‘tilgan.

Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish jinoyatining

subyekti –

jinoyat sodir etilgunga

qadar 16 yoshga to‘lgan, aqli raso jismoniy shaxslar

bo‘lishi mumkin.

Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish jinoyati

subyektiv tomondan

to‘g‘ri qasddan

sodir etiladi. Ya‘ni jinoyatchi tovar va boshqa qimmatliklarni bojxona chegarasi orqali noqonuniy
olib o‘tayotganligini biladi hamda ushbu jinoyatni sodir etishni xohlaydi. Jinoyatni kvalifikatsiya
qilishda

motiv

va

maqsadning

ahamiyati yo‘q.

Shuningdek, Jinoyat kodeksi 182-moddasi 2-qismi “b”, “v” va “g” bandlari bilan

sodir etilgan jinoyatlarni malakalashda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan holatlardan biri shundaki,
ushbu holatlar bo‘yicha jinoiy javobgarlik shaxslarning ilgari ushbu harakatlari uchun ma’muriy
javobgarlikka tortilgan-tortilmaganligidan qat’iy nazar, bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikning
buzilishi faqat ko‘p miqdorda bo‘lgan holdagina kelib chiqadi.

Har qanday turdagi jinoyatlarda bo‘lgani kabi, bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikning

buzish jinoyatining jinoiy huquqiy tuzilishini bilish ushbu jinoyatlarni tergov qilishda,
kvalifikatsiya qilishda hamda jazo tayinlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi

2.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 20.02.2023-yildagi “Bojxona
to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish va kontrabandaga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti
haqida” gi 2-sonli Qarori

3.

Usmonaliyev M. Jinoyat huquqi. Tashkent, Yangi asr avlodi 2005 154-b

4.

Rustambayev M.X. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat huquqi kursi. Tom 4. Iqtisodiyot
sohasidagi jinoyatlar. Ekologiya sohasidagi jinoyatlar. Hokimiyat, boshqaruv va jamoat
birlashmalari organlarining faoliyat tartibiga qarshi jinoyatlar. Darslik 2018-140 b)

5.

Ermashev J.M. Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlarning turi sifatida bojxona
to‘g‘risidagi qonunchilikni buzishning obyektiv belgilari tahlili. Kriminologiya va odil
sudlov ilmiy-amaliy jurnali 2023-yil 1-son. Toshkent davlat yuridik universiteti 16-29 b