Authors

  • Kimyoxon Mamatqulova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.33261

Abstract

Ushbu maqolada mamlakatimizning siyosiy hayotida, davlat va jamiyat boshqaruvida, iqtisodiyotimizning barcha tarmoqlarida, madaniyat, ilmu - fan, maktabgacha va maktab ta’limi, sog‘liqni saqlash, sport kabi ijtimoiy sohalarda ayollarimizning o‘rni va roli yoritib berilgan.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

604

YANGILANAYOTGAN O‘ZBEKISTONDA XOTIN-QIZLARNING

IJTIMOIY HAYOTDAGI ROLI

Mamatqulova Kimyoxon Abdujalilovna

Nizomiy nomidagi TDPU “Pedagogika” kafedrasi
dotsenti, pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD).

+998 90 903 51 06

https://doi.org/10.5281/zenodo.11210096

Annotatsiya.

Ushbu maqolada mamlakatimizning siyosiy hayotida, davlat va jamiyat

boshqaruvida, iqtisodiyotimizning barcha tarmoqlarida, madaniyat, ilmu - fan, maktabgacha va
maktab ta’limi, sog‘liqni saqlash, sport kabi ijtimoiy sohalarda ayollarimizning o‘rni va roli
yoritib berilgan.

Kalit so‘zlar:

ayol, e’zozlash, e’tibor, xotin-qizlar, mehr-oqibat, sadoqat, lider, ma’naviy-

ahloqiy qiyofa.

THE ROLE OF WOMEN IN THE SOCIAL LIFE OF RENEWING UZBEKISTAN

Abstract.

This article highlights the place and role of our women in the political life of our

country, state and community management, all sectors of our economy, culture, science, preschool
and school education, health care, and sports.

Key words:

woman, respect, attention, women, kindness, loyalty, leader, spiritual and

moral image.

РОЛЬ ЖЕНЩИН В ОБЩЕСТВЕННОЙ ЖИЗНИ ОБНОВЛЯЮЩЕГОСЯ

УЗБЕКИСТАНА

Аннотация.

B данной статье освещены место и роль наших женщин в

политической жизни нашей страны, государственном и общественном управлении, во всех
отраслях нашей экономики, культуре, науке, дошкольном и школьном образовании,
здравоохранении, спорте.

Ключевые слова:

женщина, уважение, внимание, женщина, доброта, верность,

лидер, духовно-нравственный облик.


Barchamizga ma’lumki, ming yillar davomida har qaysi jamiyatning madaniy darajasi va

ma’naviy barkamolligi ayollarga bo‘lgan munosabat bilan belgilangan. Ayolni e’zozlash, unga
ehtirom ko‘rsatish o‘zbek xalqiga xos xususiyatdir. Darhaqiqat, hadisi sharifdagi “Jannat onalar
oyog‘i ostidadur”, “Avval onanga, yana onanga va yana onanga, so‘ngra otanga yaxshilik qil”,
degan benazir so‘zlarda ham ana shu cheksiz ehtirom namoyon bo‘lib turibdi.

Yangi O‘zbekistonda xotin-qizlar mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga munosib

hissa qo‘shmoqdalar, ular jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotining barcha
sohalarida faoliyat ko‘rsatib, davlat hokimiyati va jamoat tashkilotlari faoliyatida keng ishtirok
etishmoqda, yosh avlod tarbiyasiga, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy soha, sanoat, qishloq xo‘jaligi va
boshqa sohalarni rivojlantirishga munosib hissa qo‘shmoqdalar

Respublikamizda ayollar bilan bog‘liq masalalar davlat va jamiyatning diqqat

markazidadir.

O‘zbekiston Respublikasi Yangi tahrirdagi Konstitutsiyasining 58-modda “Xotin-qizlar va

erkaklar teng huquqlidirlar”, “Davlat xotin-qizlar va erkaklarga jamiyat hamda davlat ishlarini


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

605

boshqarishda, shuningdek jamiyat va davlat hayotining boshqa sohalarida teng huquq va
imkoniyatlarni ta’minlaydi” deb ta’kidlanishida, hamda bunga hayotning barcha jabhalarida amal
qilinishi fikrimiz dalilidir.

Prezidentimiz Sh.Mirziyoev ta’kidlaganlaridek, “Agar biz mehr-oqibat va sadoqat timsoli,

xonadonlarimiz farishtasi bo‘lgan ayollarga bitta yaxshilik qilsak, hech shubhasiz, bu o‘nta
yaxshilik bo‘lib qaytadi. Duogo‘y momolarimiz, mushtipar onalarimiz va aziz opa-singillarimiz
bu ehtirom va e’tiborning albatta qadriga yetadilar. Ayol qadri, inson qadri ulug‘langan yurtda esa,
tinchlik va farovonlik, ahillik va baraka albatta barqaror bo‘ladi.”

1

.

Yangilanayotgan O‘zbekistonda globallashuvning umuminsoniy va milliy kadriyatlarga,

urf-odatlarimiz, an’analarimizga, ayniqsa ular asosida xotin- qizlarimiz xayot tarziga
ko‘rsatayotgan ta’siri masalasi juda muhim. Mazkur holatni informatsion, texnologik, huquqiy,
axlokiy, diniy aspektlarini tahlil etadigan bo‘lsak, bugungi kunda global tarmoq birinchidan,
undagi axborotlar tez yetib borishi va jamoatchilik fikrini to‘g‘ri shakllantirishga imkon bersa,
ikkinchi tomondan ma’lumotlarni g‘arazli maqsadlarda foydalanish, nopok g‘oyalar targ‘iboti
bilan shug‘ullanish xolatlari ham kuzatilmokda. Bu esa ayollarmiz ma’naviy- axlokiy qiyofasiga
yot bo‘lgan behayo saytlar, turli reklamalar va o‘yinlar ko‘rinishida amalga oshirilmokda, natijada
hali hayotiy tajribasi kam bo‘lgan yosh xotin-qizlarimizni ular hayotidagi eng muhim vazifalardan
chalg‘itish, kelajakka teran ko‘z bilan qaramaslikka olib kelmoqda.

Ayol - jamiyat hayotining moddiy, ayniqsa ma’naviy asoslarini ta’minlovchi buyuk

shaxsdir. Ayolning ma’naviy- axlokiy qiyofasini shakllantirish - bu davlat siyosati darajasidagi
masala bo‘lib, unda Sharqona ayol, uning oila, mahalla, jamoatchilik va davlat boshqaruvidagi
ishtirokini atroflicha o‘rganish talab etiladi. Bunda xotin-qizlarga ta’lim berish va ularni maqsadli
yunaltirish, kasb-xunar o‘rgatish, shu orqali jamiyatda o‘z o‘rni va hurmatiga sazovor bo‘lish,
mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga daxldorligini oshirib borishi juda muhimdir.

Yangilanayotgan O‘zbekistonda xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish uchun bir

qancha vazifalar belgilab berilgan va ular bosqichma-bosqich amalga oshirilib borilmokda. Ya’ni,
oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tashkil etilishi, har bir mahallada xotin-qizlar faoli lavozimi
yangidan joriy qilinganligi, 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Xotin-kizlar ta’limini qo‘llab-
quvvatlash milliy dasturi qabul qilinganligi, Prezidentimiz tashabbusi bilan jamoatchilikka,
avvalo, yoshlarga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsata oladigan, obru- e’tiborli ayollarni o‘z safida
birlashtirgan “Okila ayollar” harakati tashkil etilgani, shuningdek, barcha mexnat jamoalarida
xotin-kizlarning muammolariga samarali yechim topish uchun “Ayollar kengashlari” tuzilganligi
fikrimiz dalilidir.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2023 yil 7-mart kuni Xalqaro xotin-qizlar kuniga

bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida quyidagilarni alohida ta’kidlab mamlakatimizda
xotin-qizlarning hayot va mehnat sharoitlarini yaxshilash, ularga daxldor ijtimoiy muammolarni
hal etishga ustuvor ahamiyat qaratilayotganligi ta’kidlandi. Jumladan:

1

O‘zbekistan Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Xalkaro xotin-kizlar kuniga bagishlab o‘tkazilgan

tantanali marosimdagi nutqi. //Xalk suzi, 2023 yil 8 mart.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

606

‒ 2022 yil 872 mingdan ziyod xotin-qizlarning bandligi ta’minlandi. 233 mingdan ko‘proq

ayollarga 4 trillion 700 milliard so‘m kredit ajratildi. 252 mingdan ortiq opa-singillarimiz mehnat
bozorida talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarlar va tadbirkorlikka o‘qitildi.

‒ 2022 yili 14 mingga yaqin opa-singillarimizning uy-joy sharoiti yaxshilandi, qariyb 7 ming

nafar ehtiyojmand xotin-qizlarga ijara to‘lovlari qoplab berildi.

‒ so‘nggi yillarda “Ayollar daftari” doirasida ham katta tadbirlar amalga oshirilgani.

Qisqa muddatda salkam 642 ming nafar opa-singillarimizga amaliy yordam ko‘rsatilgani

alohida ta’kidlandi.

Xulosa qiladigan bo‘lsak, qizlarimiz, ayollarimizning jismonan baquvvat bo‘lishi bizning

bundan keyingi taraqqiyotimizning muhim zaminlaridan hisoblanadi. Bugungi kunda ko‘plab
yosh qizlar, ayollarimizning asosiy maqsadi ijtimoiy – iqtisodiy islohotlar jarayonida faollikni
oshirish, yuksak ma’naviy fazilatlarni mujassamlashtirish, milliy tafakkurni shakllantirishdan
iborat.

Yosh ayollar, qizlarni ish bilan band etish, tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirishda,

kichik va o‘rta biznesda, ayniqsa qishloq joylarida xotin – qizlar tashabbuslarini qo‘llab
quvvatlash, ularga huquqiy va ijtimoiy shart – sharoitlarni kengaytirish muhim ahamiyatga ega.

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4947-sonli «2017-2021 yillarda
O‘zbekistonni rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmoni –
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y. 6-son, 70-modda.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yildagi 21 dekabrdagi Pf-208 oila va xotin-
qizlar qo‘mitasining faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida farmoni.

3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 18.07.2022 yildagi PQ-323-son qarori / Oliy,
o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida xotin-qizlarning ta’lim olishlarini
qo‘llab-quvvatlashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida.

Qonunchilik ma’lumotlari milliy

bazasi, 19.07.2022-y., 07/22/323/0647-son; 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son).

4.

O‘zbekistan Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Xalkaro xotin-kizlar kuniga
bagishlab o‘tkazilgan tantanali marosimdagi nutqi. //Xalq so‘zi, 2023 yil 8 mart.