ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
607
TA’LIM JARAYONINI BOSHQARISHNING METODOLOGIYASI
Karimova Maxbubaxon Mukimjonovna
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
Pedagogika kafedrasi o‘qituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.11210130
Annotatsiya.
Ushbu maqolada ta’lim muassasalarining samarali boshqaruv faoliyatini
rivojlantirishning metodologik asoslari mazmuni haqida ma’lumotlar
yoritilgan. Ta’lim
jarayonida samaradorlik va natijaviylikka erishishda rahbarlarning boshqaruv jarayonlari
haqida fikrlar yuritilgan.
Kalit so‘zlar
: boshqaruv, tizim, ta’lim, rahbar, boshqarish, bosqich, faoliyat, funksiya,
talab, samaradorlik, rivojlanish.
METHODOLOGY OF MANAGEMENT OF THE EDUCATIONAL PROCESS
Abstract.
This article provides information about the content of the methodological base for
the development of effective management of educational institutions. Opinions were expressed on
the management processes of managers in achieving efficiency and effectiveness in the training
process.
Keywords
: management, system, training, leader, management, stage, activity, function,
demand, efficiency, development.
МЕТОДОЛОГИЯ УПРАВЛЕНИЯ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫМ ПРОЦЕССОМ
Аннотaция.
В данной стате представлена информaция о содержании
методологической базы для развития эффективного управления образователными
учреждениями. Были высказаны мнения о процессах управления руководителями в
достижении эффективности и резултативности в процессе обучения.
Ключевые слова
: менеджмент, система, обучение, лидер, менеджмент, этап,
деятелност, функция, спрос, эффективност, развитие.
Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta’lim tizimidagi zamonaviy
islohotlar, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish hamda bozor iqtisodiyoti chuqur ildiz o‘tib borayotgan
davrda Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq bir qator yangi talablar yuzaga keldi. Ular
ichida eng muhimlari: ijtimoiy-psixologik diagnostika; guruhlarda o‘zaro shaxsiy munosabatlarni,
rahbarlik munosabatlarini tahlil qilish va tartibga solish; ta’lim jarayonini va ijtimoiy ixtiloflarni
hamda stresslarni boshqarish; ta’lim tizimini zamonaviy axborot texnologiyalari bilan ta’minlash;
pedagogik xodimlarga bo‘lgan ehtiyojlarni tahlil qilish; pedagogik xodimlarning kasbiy va
ijtimoiy-psixologik moslashuvi hamda ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirish; ta’lim
muassasalarini boshqarish tizimini takomillashtirish; ta’lim tizimini boshqaruv jarayoniga yangicha
yondashuv; ta’lim muassasalarida mehnat-huquqiy munosabatlar masalalaridir [5].
Bu nafaqat ta’lim tizimidagi boshqaruv muammolarini, balki rahbarlar tomonidan
boshqaruvni takomillashtirish hamda uning uslublarini amaliyotga tatbiq etish, shuningdek, turli
darajadagi rahbarlarning boshqaruv faoliyatida muammolarni oldindan ko‘rish va ularni ijobiy hal
etish qobiliyatlarini shakllantirishni olg‘a surmoqda.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta’lim tizimidagi islohotlar ta’lim tizimini
boshqarish mexanizmlarini o‘zgartirish, takomillashtirishni, ya’ni boshqaruvning ma’muriy
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
608
buyruqbozlik metodlaridan voz kechib, ijtimoiy-iqtisodiy, zamonaviy talablarga mos keladigan,
demokratik tamoyillarga asoslangan boshqaruv tizimini shakllantirishni taqozo etmoqda.
Bu bugungi kunning eng asosiy talablaridan biri bo‘lib, nafaqat boshqaruv muammolari,
balki sub’ektlarning boshqaruv faoliyatini tashkil etish va ularni shakllantirish zamirida, eng
avvalo, boshqaruv tizimining turli bo‘g‘ini rahbarlarining boshqaruv faoliyatini
takomillashtirishning yo‘l-yo‘riqlarini aniqlash, yangi sharoitlarga muvofiqlashtirish va
amaliyotga joriy etish vazifalarini belgilaydi [3]. Shundan kelib chiqib, ta’lim tizimini
rivojlantirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan islohotlar barcha ta’lim muassasalarida ta’lim
jarayonini ilmiy asosda tashkil etish va boshqarishda fan-texnika yutuqlariga asoslangan
boshqaruvning eng samarali, innovatsion metodlaridan foydalanishni, boshqaruv yo‘nalishida
bilim, ko‘nikma va malakalarni, yangi shaxsiy va kasbiy sifatlarni talab qiladi.
Ilmiy-texnologik taraqqiyot natijasida ta’lim, fan va ishlab chiqarish cohasidagi
innovatsiyalar transferining faollashuvi ta’lim muassasalari rahbarlarining boshqaruv faoliyatini
rivojlantirish mazmuni va tuzilmasini tadqiq etishga nisbatan zamonaviy metodologik
yondoshuvlarga asoslangan ilmiy izlanishlar geografiyasini yanada kengaytirmoqda.
Boshqarish amaliyotidan ma’lumki, rahbarlik faoliyati o‘ziga xos murakkab jarayon
bo‘lib, u rahbardan nafaqat oliy ma’lumotga, balki yetarli kasbiy tayyorgarlikka, boshqaruv
yo‘nalishida bilim, ko‘nikma va malakalarga, shuningdek, ma’lum tajribaga xam ega bo‘lishni talab
etadi [2]. Ta’lim muassasalarini boshqarish jarayonida rahbarlarning eng asosiy va muhim
ahamiyat kasb etuvchi funksiyalaridan biri - bu qaror qabul qilish funksiyasi bo‘lib, ularning sifati
ta’lim muassasasi salohiyatiga, ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligiga, xodimlar bilan bir
qatorda ta’lim muassasasi faoliyatiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Boshqaruv uslubi - bu muassasa oldiga qo‘yilgan maqsadlarga erishishda xodimlarni
boshqarish hamda boshqaruv jarayonida vujudga keladigan muammolarni hal qilishda
qo‘llaniladigan usullar, yo‘llar majmuidir. Boshqaruv faoliyatining uslublarini shakllantirish
ma’lum darajada rahbarning yashash va mehnat qilish sharoitlariga asoslanadi (mamlakatdagi
ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat, boshqaruv faoliyati muhiti va h.k.) va boshqaruv sub’ektining
harakatlariga tizim orqali ta’sir ko‘rsatgan holda uning individual uslublarini rivojlantiradi [1].
Boshqaruv faoliyatining samarali uslublarini shakllantirishda rahbarning shaxsiy
xususiyatlari, uning ma’lumoti, kasbiy malakasi, yoshi, sog‘lig‘ining holati, shuningdek, bilim
darajasi muhim ahamiyat kasb etadi. Bilim darajasi - rahbarning boshqaruv jarayonida eng zarur
bo‘lgan asosiy shartlardan biri bo‘lib, boshqarish, nazorat qilish, qarorlar qabul qilish, buyruq
va ko‘rsatmalar, nasihat hamda maslahatlar berishida ilmiy asoslangan ma’lumotlarga tayanishi
zarur hisoblanadi [4]. Ta’lim muassasasini, boshqaruv jarayonini takomillashtirish va ta’lim
samaradorligini oshirishda zamonaviy axborot texnologiyalari, kompyuterlashtirish va
kompyuterlar tarmoqlari negizida ta’lim jarayonini axborotlar bilan ta’minlashni rivojlantirish
uchun texnika va texnologiyani bilishi va ulardan foydalana olishi, iqtisodiyotni bilishi, boshqarish
uslublarini, funksiyalari va strukturasini bilishi, istiqbolni belgilash hamda boshqaruv jarayonini
loyihalash texnologiyalarini joriy eta olishi talab qilinadi.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
609
REFERENCES
1.
Valijonov R., Qobulov O., Ergashev A. Menejment asoslari. -Toshkent: “Sharq”, 2002. 33-
36 bet.
2.
Yuldoshev J. F. Ta’lim yangilanish yulida. - Toshkent: “o‘qituvchi”, 2000. 19 bet.
3.
Djo‘rayev P. X., Turg‘unov S. T. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini boshqarishda
menejmentning asosiy tushunchalari. - Toshkent: “Fan”, 2006. 29-32 bet.
4.
To‘xtaboyev A. Ma’muriy menejment. - Toshkent: “Moliya”, 2003. 12 bet.
5.
Sharifxo‘jayev M., Abdullayev Yo. Menejment. Darslik. - Toshkent: “O‘qituvchi”, 2001.
14 bet.
6.
Baybayeva M. X. Ta’lim muassasalarida rahbar ayollarning boshqaruv faoliyatidagi roli
//integration of science, education and practice. scientific-methodical journal. – 2022. – T.
3. – №. 5. – S. 59-66.
7.
Baybayeva M. X. Rahbarlarning boshqaruv faoliyatlarida sog‘lom va ijodiy muhitni
yaratishga xos zamonaviy yondashuvlar //Oriental renaissance: Innovative, educational,
natural and social sciences. – 2022. – T. 2. – №. Special Issue 4-2. – S. 403-411.
