Authors

  • Barno Saidova
  • Umida Botirxonova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.33264

Abstract

Ushbu maqolada O‘rta Osiyo xalqlarining o‘tmishini o‘rganish va unda ayollarning tutgan o‘rni, maqomi va albatta ma’rifati darajasini aniqlash o‘sha davrning madaniyati va ma’naviyati darajasini ham belgilashga zamin yaratadi. Shu o‘rinda, bugungi O‘rta Osiyo ayolining jahon miqyosida topayotgan shuhrati, ularning ilm sohasida, iqtisodiyot, ma’naviy-ma’rifiy sohada qilayotgan mehnatlari, yurt taraqqiyotiga qo‘shayotgan sezilarli hissalarini alohida ta’kidlab, ularning o‘tmishda ham shunday ajdodlari borligini faxr va g‘urur tuyg‘usiga aylantirish hayotiy zaruratga aylangani ayni haqiqatdir.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

610

TURLI DAVRLARDA XOTIN-QIZLAR TA’LIMINING SHAKLLARI VA

VOSITALARI

Saidova Barno Narzullayevna

Pedagogika kafedrasi dotsenti, p.f.f.d. (PhD).

Botirxonova Umida Bahodirxon qizi

Pedagogika va psixologiya fakulteti 4 bosqich talabasi.

Email:

barnosaidova1980@gmail.com

Tel: 99-520-90-33.

https://doi.org/10.5281/zenodo.11210162

Annotatsiya.

Ushbu maqolada O‘rta Osiyo xalqlarining o‘tmishini o‘rganish va unda

ayollarning tutgan o‘rni, maqomi va albatta ma’rifati darajasini aniqlash o‘sha davrning
madaniyati va ma’naviyati darajasini ham belgilashga zamin yaratadi. Shu o‘rinda, bugungi
O‘rta Osiyo ayolining jahon miqyosida topayotgan shuhrati, ularning ilm sohasida, iqtisodiyot,
ma’naviy-ma’rifiy sohada qilayotgan mehnatlari, yurt taraqqiyotiga qo‘shayotgan sezilarli
hissalarini alohida ta’kidlab, ularning o‘tmishda ham shunday ajdodlari borligini faxr va
g‘urur tuyg‘usiga aylantirish hayotiy zaruratga aylangani ayni haqiqatdir.

Kalit so‘zlar:

insoniyat tamadduni, milliy qadriyatlar, tarixiy manbalar, savodli

odamlarning xo‘jaligi, madaniyatli turmushi, adabiy va ilmiy asarlar, qabila rahbariyatidagi
oqsoqollar.

FORMS AND MEANS OF WOMEN'S EDUCATION IN DIFFERENT PERIODS

Abstract.

In this article, the study of the past of the peoples of Central Asia and the

determination of the place, status and, of course, the level of enlightenment of women in it
creates a basis for determining the level of culture and spirituality of that time. In this place,
the fame of today's Central Asian women on the world scale, their work in the field of science,
economy, spiritual and educational field, their significant contribution to the development of
the country, and their past it is a fact that it has become a vital necessity to be proud of having
such ancestors.

Key words:

human civilization, national values, historical sources, the economy of

literate people, civilized life, literary and scientific works, elders in the leadership of the tribe.

ФОРМЫ И СРЕДСТВА ЖЕНСКОГО ОБРАЗОВАНИЯ В РАЗНЫЕ ПЕРИОДЫ

Аннотация.

В данной статье изучение прошлого народов Средней Азии и

определение места, статуса и, конечно же, уровня просвещенности женщин в нем
создает основу для определения уровня культуры и духовности того времени. . В этом
месте слава сегодняшних центральноазиатских женщин в мировом масштабе, их труд
в области науки, экономики, духовно-просветительской сфере, их значительный вклад в
развитие страны, их прошлое – это факт, что стало жизненной необходимостью
гордиться наличием таких предков.

Ключевые слова:

человеческая цивилизация, национальные ценности,

исторические источники, экономика грамотных людей, цивилизованная жизнь,
литературные и научные труды, старейшины в руководстве племенем.


Prezidentimiz

Sh.M.Mirziyoyev

2020-yil

29-dekabrdagi

Oliy

Majlisga

Murojaatnomasida “Biz o‘z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

611

etishdek ulug‘ maqsadni qo‘ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn
Sinolar, Ulug‘beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni
yaratishimiz kerak” - deya ta’kidladilar.

Shuningdek, yoshlarni zamonaviy bilim va tajribalar, milliy va umumbashariy

qadriyatlar asosida mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, ezgu fazilatlar egasi bo‘lgan insonlar etib
voyaga yetkazish, ta’lim sifatini tubdan yaxshilash maqsadida, avvalo, o‘quv dasturlari,
o‘qituvchi va talabalar uchun metodik qo‘llanmalarni ilg‘or xalqaro mezonlarga moslashtirish
masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdilar.

Bugungi kun pedagoglari yoshlarga ta’lim-tarbiya berishda o‘zbek xalq pedagogikasi

va xalq og‘zaki ijodidan foydalanishi, ularni milliy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashi zamon
talabidir. Bizga ma’lumki, axloqiy tarbiya va umuminsoniy fazilatlar ajdodlarimizdan bizgacha
yetib kelgan milliy boyliklarimiz asosida olib boriladi. Ayniqsa, qizlar tarbiyasi, nozik va o‘ta
sinchkovlik bilan olib boriladigan tarbiyadir. Oilada ularga alohida e’tibor hamda nazorat talab
etiladi. Ta’lim muassasalarida ularga sharqona va milliy tarbiya dars va mashg‘ulotlar
davomida berib boriladi.

Yoshlarga ta’lim-tarbiya berishda o‘tmishdagi ayol namoyondalarimiz va ular haqidagi

m’lumotlarni dars-mashg‘ulotlar davomida talabalarimiz ongiga singdirish muhimdir, ayniqsa,
sukut saqlangan manbalar hamda hanuzgacha darslik va boshqa adabiyotlarimizda mukammal
darajada yoritilmagan ma’lumotlarni ularga yetkazib berish zamon talabidir. Shu talablarni
inobatga olgan holda bugungi kunda ayollar ta’lim-tarbiyasi masalasini dolzarb hisoblaydigan
bo‘lsak, o‘tmishdagi ajdodlarimizning, ayniqsa xotin-qizlar ta’limi taraqqiyotini o‘rganish,
OTM larda ta’lim-tarbiya jarayonini olib borishda xalqimizning milliy meroslaridan unumli
foydalanish, buyuk ajdodlarimizning jahon miqyosidagi obro‘-e’tiboridan faxrlanish tuyg‘usini
shakllantirish bugungi kun pedagoglarining eng asosiy vazifasidir.

Hayot sharoitining murakkablashishi sari avvalo ijtimoiy, so‘ng pedagogik tajribani

avloddan- avlodga o‘tkazish vazifalari va usullari o‘zgarib, tadrijiy tarzda maxsus tayinlangan
shaxslar qo‘liga topshirilgan ta’limning tashkiliy shakllari o‘rnatila boshlangan. Mutaxassis
kadrlar tayyorlashning ixtisoslashuvi kuchaytirilgan va eng keng tarqalgan uch xil maktablar
vujudga kelgan. Ular:

1) ruhoniylarni tayyorlaydigan, ibodatxonalarda tayyorlangan ruhoniylar maktabi;
2) ulamolar-amaldorlarni o‘rgatgan saroy maktablari ;
3) bo‘lg‘usi jangchilar o‘qigan harbiy maktab.
Manbalarga ko‘ra, o‘qish to‘lovli bo‘lib, uning miqdori o‘qituvchining obro‘si yoki

vakolatiga bog‘liq

bo‘lgan. Eng muhimi bunday maktablarning bitiruvchilariga ijtimoiy

ierarxiyada yuqori o‘rinlarni egallash imkoniyati berilgan.

Ruhoniylar maktablarida ta’lim mazmuni keng qamrovli edi. Unda yozish, hisoblash va

o‘qishdan tashqari qonun, astrologiya, tibbiyot va diniy fanlar o‘rgatilgan. Ta’lim muddati
uzoq, to‘lovi qimmat bo‘lgani bois faqat boy amaldorlar va quldorlar o‘z farzandlarini
maktablarga berishlari mumkin

bo‘lgan

.

Qizlar odatda, o‘qishga kam jalb qilingan.

Sinfxonalarda ertalabdan kechgacha davom etgan darslarda tayoq intizomi hukm

surgan. Umuman olganda, shuni ta’kidlash kerakki, ko‘plab Sharq mamlakatlarida ko‘rib
chiqilayotgan davrda, ta’lim mazmuni va o‘qitish uslublari o‘sha hududda hukmron bo‘lgan


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

612

diniy mafkurani aks ettirgan hamda dunyoviy boylar va amaldorlarning manfaatlariga xizmat
qilgan. Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish joizkim, qadimgi davrlarda o‘qitish metodlari
tizimlashtirilmagan, ommaviy xarakterga ega bo‘lmagan holda, turli hududlarda turli usul,
metod va vositalar orqali amalga oshirilgan. Bunga sabab, albatta turmush tarzi, tabiat bilan
uyg‘unlik masalalarining o‘sha zamonlarga xos nomutanosibligi va boshqa omillarni keltirish
mumkin.

Ma’lumki, o‘sib borayotgan bolalarda axloqiy va vatanparvarlik tuyg‘ularini tarbiyalash

uchun ibratli hikoyalar va rivoyatlar asos bo‘lib xizmat qiladi. Shu o‘rinda oila, uning doirasida
ayol bolalarni yoshligidan milliy urf-odatlar asosida tarbiyalab kelgan. Shunday qilib, antik
davrda uydagi ta’lim bolalarning jismoniy va intellektual rivojlanish maktablarining dastlabki
boshlang‘ich nuqtasi sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Mehnatga, jismoniy chidamlilikka,
hunarmandchilikning har xil turlariga, xalq ijodi va milliy g‘ururga, muhabbat tuyg‘ularini
tarbiyalash, aynan oiladan boshlanadi.

Ayollar boshchiligidagi oila maktablari, bolalar tarbiyasining asosiy omiliga

aylantirilgan.

Qadimgi odamlarning ta’lim-tarbiyasi jarayonida xulqiy, axloqiy, odob va diniy

tushunchalarda ifoda etilgan xalqning ma’naviy qadriyatlari muhim rol o‘ynagan. Aynan shu
jihatlar bois zamonaviy pedagogika ilmi yozma manbalardagi bizgacha еtib kelgan milliy ta’lim
an’analarini o‘rganishga, ularni saqlashga va albatta ulardan saboq olishga ko‘proq e’tibor
qaratishi va unga tayanishi lozimligi ahamiyat kasb etmoqda.

Qimmatli ma’lumotlarni uzatish va saqlashning asosiy vositasi sifatida og‘zaki nutqdan

yozuvga bosqichma-bosqich o‘tish jarayonini insonning ta’lim olish orqali qo‘lga kiritgan
birinchi aqliy qobiliyatlari va intellektual mehnati natijalari ifodasi deb hisoblash mumkin.

O‘rta Osiyo xalqlarinng asarlar majmuasidagi birinchi mukammal manbasi “Avesto”

kitoblari to‘plami hisoblanadi. Ushbu kitobda insoniyatning boshlang‘ich rivojlanish bosqichi,
eng qadimiy odamlarning birinchi axloqiy va estetik qadamlari ayniqsa, yorqin tasvirlangan.

Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, undagi ta’limotning zamirida har bir ezgu amalning

hayotiy kuchga ega bo‘lishi uchun juda ko‘p pedagogik yondashuv, pedagogik omillar talqin
qilingan. Buni quyida keltirilgan misollarda ko‘rishimiz mumkin.

“Avesto”da axloqiy, huquqiy va diniy kodeks sifatida, birinchi navbatda butun xalqqa

murojaat qilingan: inson, avvalo, “ezgu maqsad, samimiy so‘zlar va kuchli iroda” ga ega
bo‘lishi kerak, va “haqiqat, aql va ta’limot” unga hamisha hamroh bo‘lishi kerak.

Haqiqat, aql va ta’limot dinning asosiy shiori bo‘lganligi sababli, qadimgi davrlarda

ham ta’lim, axloqiy va estetik asoslarga alohida e’tibor berilgan deb taxmin qilish mumkin.

Zardushtiylik qonunlariga ko‘ra, oila jamiyatning ma’naviy rivojlanishida katta

ahamiyatga ega bo‘lgan. Oilaga ega bo‘lganlar to‘g‘ri va yaxshi hayot kechirishadi deb
ishonishgan. Shuning uchun oila yaratish va bolalarni tarbiyalash muqaddas ish deb qaralgan.
[4, 136].

Zardushtiylik dinida bolalarni tarbiyalash muhim ahamiyatga ega

edi. Avesto davrida,

еtti yoshga qadar, bola asosan onasi bilan birga tarbiyalangan. Yetti yoshga to‘lganida otasi uni
maktabga berishi shart etib belgilangan edi. Unda yana shunday deyilgan: “Agar sizda voyaga
еtmagan bolangiz bo‘lsa, uni maktabga yuboring, chunki bilim ko‘zning nuridir”. [6, 10].


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

613

“Avesto”da bolalarni yoshligidan tarbiyalash va o‘qitish bo‘yicha ba’zi pedagogik

qoidalar o‘z aksini topgan. Masalan, “Avesto”ga ko‘ra, bola o‘sishi bilanoq, ota-onalar uni
o‘qish uchun maktabga berishga majbur

edilar. Agar ular buni qilmagan bo‘lsalar, ularning

qilmishlari katta gunoh qilish bilan tenglashtirilar edi. Shu o‘rinda ayollarning zimmasiga
yuklangan vazifa bolani tom ma’noda maktabga tayyorlash edi, ya’ni bolani savodini
chiqarishda o‘qituvchi bilan birgalikda mehnat qilishi talab qilinar edi. Demak, o‘z-o‘zidan
ayollar ta’limdan xabardor ekanliklarini taxmin qilsak mantiqan xato bo‘lmaydi.

Qadimgi davrlarda o‘qituvchilarga qat’iy talablar qo‘yilganligini ilmiy tahlil qilishga

harakat qildik. O‘sha davrdagi o‘qituvchilar tunda o‘qish va ertalabki darsga tayyorgarlik
ko‘rishlari kerak

edi. “Avesto”da biz quyidagi tahrirni o‘qiymiz: “Hey, Zaratushtra,

donishmandlarning o‘qishlari va bilimlari yo‘lida tunab qoladigan o‘qituvchining o‘rnini
aniqla, toki uning fikrlari muammolar bilan band bo‘lmasin va qiyomat kuni uning yuragi
shodlik va quvonchga to‘lsin hamda kelajak abadiy dunyoda unga jannatiy saodat
ta’minlansin.”. [4, 252].

Avesto davrida, maktablarda birinchi navbatda o‘qish va yozish, hisoblash, geometriya,

astronomiya va tibbiyot bo‘yicha birinchi ko‘nikmalar berilgan. Maktabga borishi mumkin
bo‘lgan bolalar doirasi juda tor

edi. Shundan kelib chiqqan holda, quyi sinf bolalari o‘zlarini

ota-onalarining kasbini o‘rganish bilan cheklanganlar va kelajakda o‘z avlodlariga o‘rgatganlar.

Maktablar “dabistanam” deb nomlangan va ular ibodatxonalarda joylashgan bo‘lgan.
“Dabiston” so‘zi bugun Eron va Afg‘onstonda maktab so‘zi ma’nosida ishlatiladi.
Dabistonda qizlar o‘g‘il bolalar bilan birga o‘qiganlar. Ozarbodning o‘g‘li Zamonga

bergan ko‘rsatmalarida: “Xotiningizning ta’lim olishga intilishlariga to‘sqinlik qilmang, toki
keyinchalik qilgan ishingiz uchun sizni umidsizlik va qayg‘u qamrab olmasin.” [3, 252].

Ko‘rinib turibdiki, ayollarning ta’lim olishiga nafaqat to‘siq bo‘lmagan, balki aksincha

uni qo‘llab-quvvatlash tamoyili ko‘rsatma mazmunida hayotga joriy etilgan ekan.

Zardushtiylik davrida ayollar ta’limi mazmuni, avvalambor, axloqiy-estetik

qadriyatlarni va uy-ro‘zg‘or yurgizish mahoratini o‘z ichiga olgan. Qizlarga yoshligidanoq
oilaning kichkina farzandlariga ta’lim berish, kattalarning nasihat va ko‘rsatmalarini tinglash,
ro‘zg‘orni boshqarish, hisob-kitob, ob-havo o‘zgarishi va boshqa tabiiy hodisalarni hisoblash
va bilish o‘rgatilgan.

Bugun jahondagi ilg‘or va zamonaviy ta’limning mazmuniga e’tibor berilsa,

o‘quvchilarda hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish vazifasi eng dolzarb masalalar qatoridan
o‘rin olgan. Qadimgi davrlarda ham ta’lim asosan hayotda zarur bo‘ladigan bilim va
ko‘nikmalarni o‘rganishga yo‘naltirilgan ekan. Masalan, chorvachilik bilan shug‘ullangan
qabilalar bu yo‘nalishda barcha zarur bilimlarni o‘rganganlar va o‘rgatganlar. Shuningdek,
qizlar va ayollar ip bilan ishlash, jundan ip tayyorlash, teridan kiyim tikish, qish uchun zaxira
ovqat tayyorlash bo‘yicha ta’lim olganlar.

Manbalarga ko‘ra, Zaratushtra dinida qizlar muhim mavqega ega. Ota-onalarning

istagiga ko‘ra ular ta’lim olishi mumkin

edi. Qonunda 15 yoshgacha bo‘lgan qizlarga ta’lim

berish belgilab quyilgan

edi. Shuningdek, qizlarni uy ishlarini bilishi, ro‘zg‘or yuritishdan ogoh

bo‘lishi, tozalik va tartibga hamisha rioya etishi, axloqiy va estetik qadriyatlarning asosiy
tushunchalaridan ma’lumotga ega bo‘lishlari belgilangan edi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

614

Ushbu ko‘nikmalar bilan bir qatorda qizlarga maktablarda savodxonlik asoslari

o‘rgatilsa-da, ammo bu ta’limning asosiy va zaruriy qismi emas

edi. Savod mazmuni ta’lim

vazifalaridan tashqariga chiqardi. Ta’limning asosiy g‘oyasi, amaliy bilim va ko‘nikmalarni
o‘rgatish emas, balki diniy va axloqiy tarbiya

edi. Shu bilan birga, tarixiy xronikalar va ayollar

haykalchalaridan iborat bo‘lgan arxeologik topilmalariga muvofiq, qadimgi Sharq ayol-qizlari
o‘qish, yozish, hisoblash, rasm chizish va kashtachilik qilishlari mumkin, degan xulosani
yanada mustahkam ilmiy farazga aylantirish mumkin.

“Avesto” zamonida, din ta’limning motivatsion manbai bo‘lib qat’iy qoidalarga rioya

qilish va marosimlarni bajarishni talab qilar edi. Natijada, inson o‘zining axloqiy amal va
harakatlarini tartibga solishi zarur

edi, ya’ni o‘zi-o‘zini tarbiyalashi, ro‘zg‘or yurgizish uchun

kunlar va haftalarni bilishi, odamlar sonini, chorva mollarini va boshqalarni sanashni,
shuningdek, o‘zinining diniy tasavvurlari va g‘oyalarini yozish va chizish imkoniyatiga ega
bo‘lishi lozim edi.

Qadimgi zamon maktabidagi asosiy mavzu ilohiyot

bo‘lgan va bu fanni o‘qitishda

yozuv muhim rol o‘ynar edi. Qadimgi dunyoning oxirgi davrlarida Zaratushtradan kelgan
barcha ko‘rsatmalar allaqachon bambuk qog‘ozga yozilgan va kitoblarga aylantirilgan bo‘lgan.

Kattaroq yoshdagilarga, shuningdek, qiziqqan kattalarga bugungi tasnifdagi ritorika,

matematika, geografiya, astronomiya va tibbiyot kabi mavzular o‘qitilardi. Mavjud bo‘lgan
barcha fanlardan qizlar tibbiyotni o‘rganishga ko‘proq intilishgan. Keyingi davrlarda еvristik
suhbatlar va bahs-munozaralar maktab va maktabdagi o‘qitishning asosiy uslubiga aylangan.

Sosoniylar davrida ritorika, mantiq, falsafa, adabiyot va boshqa ko‘plab fanlarni

mukammal biladigan o‘qituvchilar ko‘p bo‘lgan. Eng yaxshi o‘qituvchilar ko‘pincha qirol
maktablarida o‘qitilgan va hukmdorning o‘zi tomonidan tayinlangan. Ushbu fanlarni biladigan
ayol o‘qituvchilari oddiy maktablarda ham o‘qitilgan.

Tarixiy yozma manbalarga ko‘ra, birinchi marta alfasayisal yozuv, ya’ni ovozli harflar

tizimi neolit davrida paydo bo‘lganligi va O‘rta Osiyo xalqlarining ta’lim tizimini yanada
takomillashtirishga yo‘l ochganligini aniqlash mumkin. Aqliy mehnatning o‘sib borayotgan roli
haqida, Sharq xalqlari qadimiy madaniyatining eng qimmatli manbalaridan sanalmish ko‘plab
mixxat yozuvlari dalolat beradi. Daraxtlar, bambuk, hayvon terilari, toshlar, planshetlar,
papiruslar, tuproq idishlari va plastinkalarda yozuvlar yozilgan. Ahamoniy yozuvlari turli xil
narsalarda – metall idishlar, toshlar, vazalar, muhrlar, savdo yo‘llari, qabrlar, qurol-yaroq,
saroylar devorlari va ustunlari, jun va ipak matolardan topilgan va hatto quruvchilar tomonidan
saroylar poydevori ostiga qo‘yilgan. [4, 15].

O‘rta Osiyo hududida topilgan Xorazmning Koy-Krilgan qalasining eng qadimgi

oromiy yozuvlari miloddan avvalgi IV-III asrlarga tegishli. Olimlar Parfiyaning Nisodagi xuddi
shunday yozuvlarni miloddan avvalgi I-asrga tegishli deb hisoblashgan. [5, 60].

Arxeolog olimlarning taxminiga ko‘ra, qadimgi Panjikent qal’asidan topilgan so‘g‘d

alifbosidagi harflar bilan butun xum va uning qismlariga siyoh bilan yozilgan arxeologik
topilma VII-asrning oxiri yoki VIII-asrning birinchi yarmiga tegishli bo‘lgan. So‘g‘diy alifbosi
oromiy tiliga o‘xshash bo‘lib, 23 harfdan iborat

edi. [4, 298]. Xuddi shunday yana bir tarixiy

manbaga ko‘ra, Vatanidan, ya’ni qadimgi So‘g‘ddan uzoqda yashovchi samarqandlik bir


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

615

qizning o‘z onasiga yozgan maktubidan anglash mumkinki qadimgi davrlarda qizlar o‘qish va
yozishni ham bilishgan. [4, 73].

Shunday qilib, bizgacha еtib kelgan O‘rta Osiyodagi oromiy va so‘g‘d alifbosining

dastlabki arxeologik topilmalarining dalolat berishicha, O‘rta Osiyoda yozuvlar ish yuritish va
kundalik hayotda juda keng foydalanilgan. O‘rta Osiyoda yashagan barcha xalqlarning yozma
adabiyoti keng tarqalgan bo‘lib, ular asosan diniy xususiyatga ega bo‘lgan hamda ularda ilohiy
afsonalar ko‘rinishida xalq hikmatlarini o‘zida mujassam etish ohanglari ustunlik qilgan.

Barcha davr va zamonlarda, har qanday ta’lim beshiklar qo‘shig‘i yoki qofiyali

she’rlaridan boshlangan. Beshik ustida o‘tirgan ona farzandida kelajakdagi baxtli odamni
ko‘rishni orzu qiladi. U orzu va umidlarini ertak qo‘shiqlariga aylantiradi. Bunday qo‘shiqlar
bolalar tomonidan tez va oson qabul qilinadi. Bolalar yoshligidan o‘zlarini qahramonlar,
shoirlar, dengizchilar, shahzodalar yoki aqlli va maftunkor pari, mohir hunarmand, odamlarni
aqli va iste’dodi bilan hayratga soladigan shoira va boshqalar sifatida ko‘rib, shu ruhda
tarbiyalanadilar. Bunday qo‘shiqlarni O‘rta Osiyo xalqlari “Alla” deb atashadi, ya’ni “sokin
lullab qo‘shiq aytish”. Deyarli har bir onaning o‘zi tarbiyalangan, onaning qo‘shig‘idan
ilhomlangan va o‘z navbatida aqlli onasi yoki buvisiga taqlid qilib, bolalarini tarbiyalaydi.

Qadimda ajdodlarimiz diniy e’tiqodlari ko‘pincha tabiiy, ulug‘vor hodisalar bilan

oldindan belgilab qo‘yilgan. «Avesta»ning madhiyalarida yangi tug‘ilgan chaqaloqni quyosh
nurlarida olovli suvda cho‘milish marosimi o‘tkazilganligi yozilgan. Shunday qilib, odamlar
o‘zlarining barcha harakatlarini ibtidoiy nur homiyligida sodir bo‘lishiga ishonishgan. Ular
quvonchli quyosh chiqishidan ko‘ra pokroq narsa yo‘q deb hisoblashgan. [4, 90]. Qadimiy
she’rlarda tabiat hodisalaridagi mo‘jizalari haqidagi asosiy ohanglarning kelib chiqishi ham
shunga bog‘liq edi, ya’ni dunyoning ajoyib mo‘jizalarini bilishga intilish. Masalan, Parfiya
tilidagi mumtoz she’riyatda (qadimgi forscha) ajoyib nur daraxti haqida quyidagi so‘zlar
mavjud:

Quyosh yorqin va oy porloq

Daraxt tanasidan porlab turgan uchqunlar,
Tongda qushlar quvonch bilan sayraydi
Kabutar o‘ynaydi, u bilan turli xil qo‘shlar.
Ovozlar ko‘ylaydi va qizlar sadosi. [4, 90].
Qadimgi davrlarda ta’lim-tarbiyaning asosini folklor janri tashkil etgan. Folklor

yaratilishida faol ishtirok etgan ayol-onalar tufayli ko‘proq farzandlarni tarannumiga
bag‘ishlab misralar yozilgan.

Bolajonlarga bag‘ishlangan she’rlar, ertaklar, afsonalar va qissadan iborat adabiy xazina

eng kichkina yoshdagi bolalarning ta’lim-tarbiya maktabi edi. Ko‘pincha, ertaklarda bolalarni
uzoq safarlarga olib boradigan, yaxshilik har doim yovuzlik ustidan g‘alaba qozonadigan
voqealar aytilgan.

Bolalar uchun barcha kichik hikoyalar yoki ertaklar "Bor ekan, yo‘q ekan" so‘zlari bilan

boshlangan.

Keyingina hikoya yoki ertakning syujeti aytilgan. Shu o‘rinda, qadimgi O‘rta Osiyoning

forsiyzabon xalqlarida qadimgi davrlardan adabiyotga va ayniqsa she’riyatga moyillik


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

616

rivojlanganligi ko‘p manbalarda ta’kidlanadi. Shu sababli, ko‘plab ertaklarda hatto qofiya ham
bo‘lgan va ular xalq tomonidan qisqa doston-afsonalar shaklida ham yozilgan.

Yake bud, yake nabud,
Sari gunbadi kabud
Pirazane nishasta bud .... [4, 29]
Tarjimasi:
Bir bor edi,bir yo‘q edi,
Moviy gumbaz ustida,
Bir kampir o‘tirgan edi... .
Ota-onalarga, urug‘ oqsoqollariga, donishmandlarga, hukmdor-larga hurmat,

shuningdek ularning ko‘rsatmalarini bajarish qadimgi davrlardan nafaqat bolalar, balki kattalar
tarbiyasi uchun ham asos bo‘lib kelgan. Mazmunan, bu tarbiya odamlarni avvalo, axloqiy
jihatdan tarbiyalaydi, ularga hayotdan dono maslahatlar beradi, bu еrda haqiqat, bilim va
kattalarga hurmat birinchi o‘ringa chiqadi. Bu borada hatto shunday satrlar yozilgan:

Bigardon ze behashamatӣ royu rӯy,
Rizoi padar v-oni modar biҷӯy. [4, 65].
Tarjimasidan quyidagi mazmun kelib chiqadi
Hashamatsizlikdan yuz o‘gir butun-la
Ota va ona roziligi yo‘lin izla
Ko‘rinib turganidek, onaga hurmat va ehtirom otasi bilan bir xil darajada joylashtiriladi.
Oilaning farzandlari o‘rtasida bolalarni tarbiyalash va ta’lim olishida hech qanday

cheklovlar yo‘q edi. Binobarin ko‘plab ayollar ta’lim olishlari mumkin

edi. Ba’zi manbalarga

ko‘ra, ayollar yozishdan foydalanish bo‘yicha erkaklardan faolroq bo‘lgan. Misol uchun eri bilan
safarda bo‘lgan bir qizning onasiga yozgan maktub va yozishmalari, ayollar ham erkaklar kabi
o‘qiy va yozishni bilganliklari haqidagi ushbu taxminning tasdig‘ini topsak bo‘ladi. [7, 20].

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi PF-5938-sonli
“Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada
qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib
chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi “O‘zbekiston
Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi
PQ-3808-sonli Qarori.

3.

Маҳди Иқболий Занон дар торихи куҳани Ирон. Маҳдиобод, Пардисон, 2004. –66
б.

4.

Гафуров Б.Г. Точикон: таърихи қадимтарин, қадим ва асри миёна. Китоби якум. –
Душанбе: «Ирфон», 1998. – 704 б.

5.

Джалилов А.Д. Из истории положения женщин Средней Азии до и после
распространения ислама. – Душанбе: «Ирфон», 1974. – 43 б.

6.

Ходжаева Н. Статус женщины Средней Азии в период функционирования
шелкового пути //Мат.науч.-теор.конф. // Сборник докладов, Ташкент,

2006. – 171

б.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

617

7.

Назаров Р. Философия образования эпохи зороастризма. БУЛЛЕТИН оф ИИCАС.
Волуме 14, 2011.//Авеста. Древнейшие гимны и иранские тексты /пер. и
комментарии Джалили Дустхох (на тадж.яз). – Душанбе, 2001. – 78 б.

References

‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi PF-5938-sonli “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-3808-sonli Qarori.

Маҳди Иқболий Занон дар торихи куҳани Ирон. Маҳдиобод, Пардисон, 2004. –66 б.

Гафуров Б.Г. Точикон: таърихи қадимтарин, қадим ва асри миёна. Китоби якум. – Душанбе: «Ирфон», 1998. – 704 б.

Джалилов А.Д. Из истории положения женщин Средней Азии до и после распространения ислама. – Душанбе: «Ирфон», 1974. – 43 б.

Ходжаева Н. Статус женщины Средней Азии в период функционирования шелкового пути //Мат.науч.-теор.конф. // Сборник докладов, Ташкент, 2006. – 171 б.

Назаров Р. Философия образования эпохи зороастризма. БУЛЛЕТИН оф ИИCАС. Волуме 14, 2011.//Авеста. Древнейшие гимны и иранские тексты /пер. и комментарии Джалили Дустхох (на тадж.яз). – Душанбе, 2001. – 78 б.