Authors

  • Faroxat Mirzayeva
  • Raxmonjon Dorobov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.33266

Abstract

Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalarida kredit modul tizimini joriy etilishi, zamonaviy ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, yuqori malakali professional kadrlar tayyorlashni yangi bosqichga ko‘tarish hamda sohada ta’lim, ilm-fan va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash masalasi yoritilgan.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

618

O‘QUV JARAYONINI TASHKIL ETISHDA KREDIT-MODUL TIZIMINING

AHAMIYATI

Mirzayeva Faroxat Odiljonovna

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti

Pedagogika kafedrasi dotsenti.

Dorobov Raxmonjon Ravshan o‘g‘li

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.11210200

Annotatsiya.

Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalarida kredit modul tizimini joriy

etilishi,

zamonaviy ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, yuqori malakali professional kadrlar

tayyorlashni yangi bosqichga ko‘tarish hamda sohada ta’lim, ilm-fan va amaliyot uyg‘unligini
ta’minlash masalasi yoritilgan.

Kalit so‘zlar

: kredit, o‘quv dasturi, ta’lim, ta’lim sifati, mazmun, metodika, samara,

mexanizm, tahlil, tajriba.

THE IMPORTANCE OF THE CREDIT-MODULE SYSTEM IN ORGANIZING

THE EDUCATIONAL PROCESS

Abstract.

This article describes the introduction of the credit module system in higher

education institutions, the development of modern educational programs, raising the training of
highly qualified professional personnel to a new level, and ensuring the harmony of education,
science and practice in the field.

Keywords:

kredit, curriculum, education, quality of education, content, methodology,

influence, mechanism, analysis, experience.

ЗНАЧЕНИЕ КРЕДИТНО-МОДУЛЬНОЙ СИСТЕМЫ В ОРГАНИЗАЦИИ

ОБРАЗОВАТЕЛЬНОГО ПРОЦЕССА

Аннотaция.

В данной статье рассказывается о внедрении кредитно-модульной

системы в высших учебных заведениях, разработке современных образовательных
программ, поднятии подготовки высококвалифицированных профессиональных кадров на
новый уровень, обеспечении гармонии образования, науки и практики в сфере.

Ключевые слова:

кредит, учебная программа, образование, качество образования,

содержание, методика, эффект, механизм, анализ, опыт.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi “O‘zbekiston

Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”
PF-5847 sonli qaroriga muvofiq Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 30 iyundagi
357-sonli buyrug‘iga asosan 2020-2021 – o‘quv yilidan respublika oliy ta’lim muassasalari kredit-
modul tizimiga o‘tdi. [1]

Bugungi kundagi islohotlar, o‘quv-me’yoriy hujjatlarning yangi avlodini yaratish,

talabaning mehnat intensivligini hisobga olish, bitiruvchilarning akademik va kasbiy
moslashuvchanligini rivojlantirish, bilimlarni o‘zlashtirishning intensiv usullarini joriy etishda
kredit-modul tizimini joriy etishni o‘z ichiga oladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahakamasining 2020-yil 31-dekabrdagi “Oliy taʼlim

muassasalarida taʼlim jarayonlarini tashkil etish bilan bogʻliq tizimni takomillashtirish chora-


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

619

tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida “Oliy taʼlim muassasalarida oʻquv jarayoniga kredit-modul
tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisida” Низом tasdiqlangan. Mazkur Nizomda esa kredit-modul
tizimiga oid asosiy tushunchalar berib oʻtilgan. Unga koʻra:

GPA (Grade Point Average) – taʼlim oluvchining dastur boʻyicha oʻzlashtirgan ballari

oʻrtacha qiymati boʻlib, u quyidagi formula yordamida hisoblanadi:

GPA =K1U1+K2U2+K3U3…+KnUn : K1+K2+K3…+Kn ga tengdir.
Bunda:
K – har bir fan/modulga ajratilgan kreditlar miqdori;
U – har bir fan/modul boʻyicha talaba toʻplagan baho;
Kredit – taʼlim olish natijalariga koʻra talaba tomonidan muayyan fan boʻyicha

oʻzlashtirilgan oʻquv yuklamasining oʻlchov birligi. Kreditlar qoidaga muvofiq butun, kasr
sonlarda ifodalanishi mumkin;

Kredit toʻplash – taʼlim elementlarini oʻzlashtirish va boshqa yutuqlarga erishish natijasida

taqdim etiladigan kredit birliklarini toʻplash;

Talabaning shaxsiy taʼlim trayektoriyasi – talaba tomonidan tanlangan hamda unga ketma-

ketlikda bilimlar toʻplash va xohlagan kompetensiyalar yigʻindisiga ega boʻlish imkoniyatini
beradigan yoʻnalish (marshrut).

Oʻqish yuklamasi – talaba tomonidan oʻquv faoliyatining barcha turlari – maʼruza, amaliy

mashgʻulot, seminar, laboratoriya ishi, kurs loyihasi (ishi), amaliyot va mustaqil ishni amalga
oshirish asosida kutilgan oʻquv natijalariga erishish uchun zarur boʻlgan soatlar hajmi[2].

Kredit-modul sharoitida oliy ta’lim muassasalarida "modul" tushunchasini mazmun bilan

to‘ldirishda muammolar paydo bo‘lmoqda. Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, modullarni
shakllantirish uchun asosiy fanlarni aniqlashda qiyinchiliklar tug‘ilmoqda.

Modul tushunchasini izohlashda ikki xil yondashuvdan foydalaniladi:
Birinchidan, modullar – mazmun va tematik shaklda;
Ikkinchidan, modullar – tashkiliy, tuzilmaviy talablar tamoyiliga ko‘ra shakllantiriladi.
Birinchi yondashuvda modul deganda ta’lim dasturi doirasida muayyan o‘zaro bog‘langan

yaxlitlikni tashkil etadigan fanlar bloki tushunilib, u dasturning umumiy tuzilmasi ichidagi
mantiqiy quyi tuzilma sifatida qaraladi. Ta’lim moduli mustaqil bo‘lib, o‘quv fanlari to‘plamini
ifoda etuvchi, yo‘nalish bo‘yicha o‘quv rejasining birligi sifatida talqin qilinadi.

Modulga berilgan ikkinchi yondashuvda uning didaktik maqsadlar, o‘quv materialining

mantiqan yakunlangan birligi, uni o‘zlashtirish uchun uslubiy qo‘llanma va nazorat tizimini o‘z
ichiga olgan o‘quv fani tarkibidagi nisbatan mustaqil tashkiliy-uslubiy majmua tushuniladi. Bunda
modul fanning o‘quv-uslubiy majmuini hosil qiladi. Respublikamizda "modul" atamasi ko‘pincha
o‘quv fanining majmuasi sifatida tushunilmoqda. Ilg‘or oliy ta’lim muassasalarining tajribasiga
ko‘ra, modul kursning bir qismi, masalan, fanning taqvimiy muddatlarga bo‘lingan mantiqan
yakunlangan qismi sifatida ham tushuniladi.

Har bir modulni o‘zlashtirish, ya’ni unda belgilangan vazifalarni bajarish fanni o‘rganish

natijasida qo‘yiladigan yakuniy bahoning bir qismini tashkil etadi va bu jihatdan modulli tamoyil
reytingga o‘xshaydi. Yevropa OTMlarida har bir kurs yakunlariga ko‘ra qo‘yiladigan umumiy
ball, odatda, to‘planma effektga ega bo‘lgan bir nechta komponentlardan tarkib topgan bo‘ladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

620

Masalan, umumiy bahoning 30%i talabaning ma’ruza va seminarlardagi akademik faolligi,

30%i - oraliq sinov (berilgan mavzu bo‘yicha esse, mustaqil ta’lim, test shaklida oraliq nazorat va
h.k.) natijalari, qolgan 40%i esa imtihon bahosiga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Ko‘p darslar
(mashg‘ulotlar)ni o‘tkazib yuborgan, oraliq nazoratdan muvaffaqiyatli o‘ta olmagan talaba
faqatgina imtihondagi qoniqarli bahoga umid qilishi mumkin. Va aksincha, joriy vazifalarni
bajarish davomida faollik ko‘rsatadigan va yuqori reyting to‘plagan talaba, hatto imtihonda
butunlay qoniqarsiz javob bergan taqdirda ham, yuqori yakuniy baho olishi mumkin.

Biroq, bunday yondashuv modulning ta’lim dasturidagi boshqa fanlarga nisbatan

talabaning o‘zlashtirish ko‘rsatkichini hisobga olmaydi. Har bir modul mustaqil hisoblanadi.

Kredit-modul tizimda har bir modul ta’lim dasturining tugallangan segmenti bo‘lishi kerak,

talaba tomonidan ba’zi bir kompetensiyalar to‘plamining egallanishi esa uni o‘zlashtirish natijasi
hisoblanadi. Ushbu kompetensiyalar majburiy tartibda tekshirilishi va baholanishi kerak. Albatta,
kompetensiyalar juda uzoq vaqt (kamida bir semestr va ehtimol bir necha semestr) davomida
shakllanadi. Semestr ichida nisbatan tugallangan qismlarni baholash uchun modul emas, balki
"bo‘lim", "kichik bo‘lim", "mavzu" tushunchalari foydaliroq bo‘ladi. Modul o‘quv kursining
alohida qismi, ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarida o‘zlashtirilgan bir nechta o‘quv mavzularini
birlashtiruvchi mavzuviy blok sifatida tushunilishi mumkin.

Kredit-modul tizimining asosiy vazifalari
Kredit-modul tizimining asosiy vazifalari sifatida quyidagilar eʼtirof etiladi:
oʻquv jarayonlarini modul asosida tashkil qilish;
bitta fan, kurs (kredit)ning­qiymatini aniqlash;
talabalar bilimini reyting bali asosida baholash;
talabalarga oʻzlarining oʻquv rejalarini individual tarzda tuzishlariga imkon yaratish;
taʼlim jarayonida mustaqil taʼlim olishning ulushini oshirish;
taʼlim dasturlarining qulayligi va mehnat bozorida mutaxassisga qoʻyilgan talabdan kelib

chiqib oʻzgartirish mumkinligi.[7]

ECTS (Evropa kreditlarni o‘tkazish va to‘plash tizimi) tizimiga ko‘ra, Yevropa OTMlarida

o‘quv yili o‘rtacha 40 hafta davom etadi (O‘zbekiston OTMlarida 30 hafta). Talabaning bir yilda
o‘quv yuklamasining umumiy yuklamasi 60 kreditga tenglashtirilgan. Shundan kelib chiqib,
talaba bir semestrda 30 kredit yig‘ishi lozim.

Respublika OTMlarida "kredit birligi" va ichki "akademik soatlar" tizimi o‘rtasida bir

nechta tafovutlar mavjud. Birinchidan, barcha OTMlarda o‘quv rejalar bir xil emas, balki real
o‘quv rejalari olinadigan bo‘lsa, akademik soat umumiy yuklamani emas, balki auditoriya
yuklamasini o‘z ichiga oladi. Ikkinchidan, har bir kredit birligi ortida vaqt sarfi emas, balki
o‘zlashtirilgan bilim va egallangan kompetensiyalar turadi.

Kredit-modul tizimida talaba ma’lum bir davr mobaynida diplom olish uchun kredit

to‘plashi mumkin. Kreditlarning to‘planishi talabaga butun hayoti davomida malaka oshirishga,
qo‘shimcha oliy ma’lumot olishga imkon beradi. Kreditlarni talaba o‘qish davrida yig‘ib boradi
va kreditlar yo‘qolmaydi. Agar talaba biror bir sabab bilan OTMdan chetlatilganda ham to‘plagan
kreditlarni keyinchalik o‘qishni davom ettirishda foydalanishi mumkin, shuningdek, ular qayta
hisobga olinishi ham mumkin. Bunda talabaga ikkinchi oliy ma’lumot olishi ancha osonlashadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

621

Muayyan sharoitlarda kreditlar talabaning mutaxassislik bo‘yicha ish tajribasini oliy

ta’limning komponenti sifatida hisobga olishga imkon beradi.

Kredit-modul

tizimida

kreditlarni

hisoblash

tajribasi

ushbu

yondashuvlarni

takomillashtirib borishni taqozo qiladi. Bu kredit tizimi o‘quv yuklamasining hajmi, kursni yoki
o‘quv dasturini o‘zlashtirish uchun sarflangan vaqt me’yorini belgilash uchun zarurdir.

Talabaning o‘quv jarayonidagi faoliyatida fan, uning murakkabligi, ixtisoslashuvi va

boshqa yuklamalarni hisobga oladi.

O‘quv yuklamalarini quyidagicha taqsimlash tavsiya etiladi:
- auditoriya yuklamasi, u o‘quv hajmining taxminan 50%ini tashkil qiladi;
- talabaning mustaqil ta’limining umumiy hajmining 50%i bo‘lishi kerak;
- kurs bo‘yicha tavsiya etilgan adabiyotlarni o‘qish va konspektlar tayyorlash 20 %;
- yozma ishlarni bajarish 20 %;
- sinovlarga tayyorgarlik ko‘rish 10 %.
Amalda, kreditlarni hisoblashda bitta sinov kreditining auditoriya yuklamasining soatlar

soniga nisbati oliy ta’lim muassasalarida turlicha, jumladan, 1:18 dan 1:6 gachani tashkil qiladi.

Bu yuklamani kreditlarga o‘tkazishga mexanik yondashuv paytida yuzaga keladigan

muammolar saqlanib qolmoqda. Kafedralar faoliyatida nomutaxassislik fanlariga katta soatlarning
berilishi, ixtisoslik fanlariga esa kam miqdorda kreditlar berilishi kuzatilmoqda. Bu esa talabalar
tomonidan olingan bilimning kredit me’yorlari bilan o‘zaro bog‘lanishiga imkon bermaydi.

Nomutaxassislik fanlar uchun kreditlar (soatlar) sonini kamaytirish, talabalarning

referatlar, kurs ishlari va bir vaqtning o‘zida katta hajmdagi qo‘shimcha adabiyotlarni o‘rganib
chiqadigan maxsus fanlar va modullar uchun soatlar sonini ko‘paytirish lozim.

Shuningdek, yuklama sifatida kreditlar soni fan (o‘quv moduli) mazmunining xarakteri va

talabaning bo‘lajak kasbiy faoliyati uchun ahamiyati darajasini belgilashi kerak.

Shu bilan birga, kredit-modul tizimi o‘zining afzalliklariga ega bo‘lib, diplom olgandan

keyingi ta’lim dasturlarini qo‘shib hisoblaganda, bir o‘quv dasturidan ikkinchisiga o‘tish davrida
talabalarning mobilligini oshirishiga xizmat qilishi lozim. Kreditlarni to‘lash tizimi talabaning
nafaqat o‘quv yuklamasini, balki uning barcha yutuqlarini, ilmiy tadqiqotlar, anjumanlar, fan
olimpiadalari va boshqa tadbirlardagi ishtirokini ham hisobga olishi lozim.

Ta’lim dasturini shakllantirishning modulli tamoyilidan foydalanib, OTM komponentidagi

"ahamiyatsiz fanlar"dan xalos bo‘lish mumkin. Modullar ixtisoslik tamoyiliga muvofiq (odatda
ular shakllantiradigan kompetensiyalarga qarab – umummilliy, vositaviy, kommunikativ va b.)
birlashtirilgan bir nechta kurslarni o‘z ichiga olishi mumkin. O‘quv dasturining bo‘linishi va
qisman "yaxlitlov" muammosini hal qilgan holda sinov birliklari qo‘shilgan tarzda ham
shakllantiriladi.

Sinov birliklarining roli akademik yuklamani akademik soatga nisbatan kattaroq birliklarda

baholash orqali ta’lim jarayonida foydalanishda kengroq maqsadni ko‘zlashi lozim. Sinov
birliklari:

- mazkur o‘quv fani uchun turli xil mashg‘ulotlar: ma’ruzalar, seminarlar, laboratoriyalar

va boshqalarning nisbiy ahamiyatini hisobga olishi;

- talaba tomonidan o‘rganilayotgan ma’lum bir fanning ahamiyati va uning ma’lum bir

o‘qish davri oxirida oladigan o‘rtacha ballga nisbatan hissasini belgilashi;


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

622

- talabalarni o‘qish natijalariga qarab tartiblash va ularning har birining individual

reytingini aniqlash imkonini beradi.

Kreditlarda ifodalangan o‘quv modulining yuklamasi bevosita akademik soatlardagi

ekvivalentga ega emas, balki ushbu fanning butun ta’lim dasturi doirasidagi yuklamasini
ko‘rsatadi. Yillik o‘quv rejasining barcha fanlarning umumiy hajmi 60 kredit birligiga
tenglashtiriladi, so‘ngra har bir fan uchun o‘quv vaqtining yillik soatlari hajmiga qarab
taqsimlanadi. Mazkur usul rossiyalik olimlar B.A.Sazonov (Ta’limni rivojlantirish federal
instituti), N.I.Maksimov (N.A.Kosigin nomidagi MDTU) va Ye.V.Karavaeva (M.V.Lomonosov
nomidagi MDU) tomonidan ishlab chiqilgan.

Xulosa qilib shuni aytish mumrinki, kredit-modul tizimining joriy etilishi oʻqituvchi va

talabaning hamkorlikda ishlashida muhim omil hisoblanadi. Modulli taʼlimda pedagog ta’lim
oluvchining oʻzlashtirish jarayonini tashkil etadi, boshqaradi, maslahat beradi, tekshiradi. Talaba
esa yoʻnaltirilgan obyekt tomon mustaqil harakat qiladi. Eng katta urgʻu ham talabalarning
mustaqil taʼlim olishiga qaratiladi.

Oʻquv jarayonida mustaqil taʼlim olishning ahamiyati ortadi va bu kelajakda

mutaxassislarning mustaqilligi, ijodiy tashabbuskorligi hamda faolligini oshirishga olib keladi.

Kredit-modul tizimida universitet talabalari har doim oʻqituvchi va kursdoshlaridan

yordam hamda ­maslahat olish imkoniyatiga ega boʻladi. Bu esa oʻzaro hamjihatlikni
mustahkamlaydi va jamoada ishlash koʻnikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.


REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi
oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” PF-
5847 sonli qarori.

2.

Андреев А. Знания или компетенции? // Высшее образование в России. № 2, 2005.

3.

Астафьева

Н.В. Инновaционное

развитие

экономических

систем:

теоретико-методологические основы / Н.В. Астафьева // Вестн. Сарат. гос. техн. ун-
та. – Саратов, 2008. – № 1(30).

4.

Болонская конвенция // НГТУ Информ. 2002. N 8(114).

5.

Mirzayeva

F.

"KREDIT

MODUL

TIZIMINING

AMALIYOTGA

JORIY

ETILISHI."

Eurasian Journal of Academic Research

2.11 (2022): 479-484.

6.

Мирзаева,

Фарохат

Одилжоновна.

"КУЛЬТУРА

МЕЖЛИЧНОСТНЫХ

ОТНОШЕНИЙ

БУДУЩИХ

УЧИТЕЛЕЙ

КАК

ВАЖНАЯ

ПРОБЛЕМА

СОВРЕМЕННОСТИ."

Наука и образование сегодня

2 (61) (2021): 71-72.

7.

Sherzod Mustafoqulov, Mansur Sultonov. „Kredit-modul tizimiga oʻtish nima uchun kerak?
Maqsad, mohiyat va afzallik“. Xalq so‘zi (05 avgust 2020). 2023-yil 18-mayda asl nusxadan
arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-sentyabr.


References

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” PF-5847 sonli qarori.

Андреев А. Знания или компетенции? // Высшее образование в России. № 2, 2005.

Астафьева Н.В. Инновaционное развитие экономических систем: теоретико-методологические основы / Н.В. Астафьева // Вестн. Сарат. гос. техн. ун-та. – Саратов, 2008. – № 1(30).

Болонская конвенция // НГТУ Информ. 2002. N 8(114).

Mirzayeva F. "KREDIT MODUL TIZIMINING AMALIYOTGA JORIY ETILISHI." Eurasian Journal of Academic Research 2.11 (2022): 479-484.

Мирзаева, Фарохат Одилжоновна. "КУЛЬТУРА МЕЖЛИЧНОСТНЫХ ОТНОШЕНИЙ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ КАК ВАЖНАЯ ПРОБЛЕМА СОВРЕМЕННОСТИ." Наука и образование сегодня 2 (61) (2021): 71-72.

Sherzod Mustafoqulov, Mansur Sultonov. „Kredit-modul tizimiga oʻtish nima uchun kerak? Maqsad, mohiyat va afzallik“. Xalq so‘zi (05 avgust 2020). 2023-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-sentyabr.