Authors

  • Islom Ibadullayev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.33520

Abstract

Mazkur maqolamizda O‘zbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual qonunchiligiga muvofiq tergovga qadar tekshiruv davrida o‘tkaziladigan protsessual va tergov harakatlarining tavsifi, ularni qanday holatlarda o‘tkazish zarurligi haqida so‘z yuritilgan.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1429

TERGOVGA QADAR TEKSHIRUV BOSQICHIDA AMALGA OSHIRILADIGAN

PROTSESSUAL VA TERGOV HARAKATLARINING TAVSIFI

Ibadullayev Islom Boboxon o’g’li

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi “Tergov faoliyati” yo‘nalishi

bo‘yicha magistratura tinglovchisi

E-mail:

islom.ibadullayev@gmail.com

Tel: +99893 038-75-57

https://doi.org/10.5281/zenodo.11397801

Annotatsiya.

Mazkur maqolamizda O‘zbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual

qonunchiligiga muvofiq tergovga qadar tekshiruv davrida o‘tkaziladigan protsessual va tergov
harakatlarining tavsifi, ularni qanday holatlarda o‘tkazish zarurligi haqida so‘z yuritilgan.

Kalit so`zlar:

ushlab turish, shaxsiy tintuv va olib qo‘yish, hodisa sodir bo‘lgan joyni

ko‘zdan kechirish, ekspertiza tayinlash, taftish tayinlash.

DESCRIPTION OF PROCEDURAL AND INVESTIGATIVE ACTIONS PERFORMED

AT THE PRE-INVESTIGATION STAGE

Abstract.

This article describes the procedural and investigative actions carried out during

the pre-investigation check in accordance with the criminal procedural legislation of the Republic
of Uzbekistan, and in what cases they need to be carried out.

Key words:

detention, personal search and seizure, inspection of the crime scene,

appointment of an examination, appointment of an audit.

ОПИСАНИЕ ПРОЦЕССУАЛЬНЫХ И СЛЕДСТВЕННЫХ ДЕЙСТВИЙ,

ПРОИЗВОДИМЫХ НА СТАДИИ ДОЗНАНИЯ

Аннотация.

В данной статье дана характеристика процессуально-следственных

действий, проводимых в период доследственная проверка в соответствии с уголовно-
процессуальным законодательством Республики Узбекистан, и в каких случаях их
необходимо произвести.

Ключевые слова:

задержание, личный обыск и выемка, осмотр места

происшествия, назначение экспертизы, назначение ревизии.

Maqolamizni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 329-moddasi 2-

qismiga e’tiborimizni qaratish bilan boshlasak, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Mazkur normada
tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan o‘n sutkalik yoki uzaytirilgan muddat
hisoblanmish bir oylik muddat ichida quyidagi protsessual va tergov harakatlarini o‘tkazish
mumkin:

-

qo‘shimcha hujjatlar talab qilib olinishi;

-

tushuntirishlar talab qilib olinishi;

-

shaxs ushlab turilishi;

-

JPKning 162-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq shaxsiy tintuv va olib qo‘yish

amalga oshirilishi;

-

hodisa sodir bo‘lgan joy ko‘zdan kechirilishi;

-

ekspertiza o‘tkazilishi;

-

taftish tayinlanishi;


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1430

-

tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazish haqida topshiriqlar berilishi.

Normaning yana bir asosiy talablaridan biri shuki, tergovga qadar tekshiruv vaqtida boshqa

tergov harakatlarini o‘tkazish man qilinadi.

Yuqorida sanalganlardan birinchisi qo‘shimcha hujjatlar talab qilib olinishi asosan davlat

sirlarini oshkor qilish, davlat siri yoki harbiy sir hisoblangan hujjatlarni yo‘qotish, firibgarlik,
o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish, O‘zbekiston Respublikasining
manfaatlariga xilof ravishda bitimlar tuzish, qalabki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar
yasash, ularni o‘tkazish, hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni
qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish kabi va boshqa jinoyat turlari yuzasidan
o‘tkaziladigan tergovga qadar tekshiruv jarayonida amalga oshiriladi.

Qo‘shimcha hujjatlarni talab qilib olish quyidagi maqsadlarda amalga oshirilishi mumkin:
-

ekspertiza tekshiruvi o‘tkazish uchun qiyosiy namuna sifatida tekshirish

maqsadida;

-

ma’lumotlarni solishtirish uchun;

-

faktik ma’lumotlarga oydinlik kiritish uchun;

-

taftish o‘tkazish uchun statistik ma’lumot sifatida foydalanish maqsadida va

hokazo.

Tergovga qadar tekshiruv davrida tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ

mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror qo‘shimcha hujjatlarni Jinoyat-
protsessual kodeksining 90-92-moddalari talablari asosida rasmiylashtirilgan bayonnoma asosida
mazkur hujjatlarni saqlayotgan shaxsdan yoki korxona, tashkilot, muassasaning vakilidan oladi.
Hujjatlar olinganidan so‘ng, ular sinchiklab o‘rganib chiqilishi lozim va yuqorida sanab o‘tilgan
maqsadlardan kelib chiqib ulardan foydalaniladigani va foydalanilmaydigani alohida-alohida
ajratib olinib, ish uchun keraksiz bo‘lgan hujjatlar ularni topshirgan shaxsga qaytarib beriladi,
kerakli hujjatlar esa tergovga qadar tekshiruvni maqsadini amalga oshirish uchun foydalaniladi.

Tergovga qadar tekshiruv davrida shaxslarning ko‘rgan va eshitgan hodisalari tavsilotlari

ish uchun muhim ahamiyat kasb etadigan bo‘lsa, o‘sha shaxslardan tushuntirishlar talab qilib
olinishi lozim. Tushuntirish talab qilib olish jarayoni tushuntirish xati tuzish orqali
rasmiylashtiriladi. Tushuntirish xatida qaysi organ rahbari nomiga tushuntirish olinayotganligi,
kim tomonidan tushuntirish berilayotganligi, tavsilotlar batafsil tarzda bayon qilinishi,
tushuntirishni qaysi organ mansabdor shaxsi olayotganligi va qaysi sanada tushuntirish olinganligi
to‘g‘risidagi ma’lumotlar aks ettirilishi lozim. Surishtiruv va dastlabki tergovdan farqli o‘laroq,
tergovga

qadar

tekshiruv

bosqichida

prosess

ishtirokchilarining

huquqiy

maqomi

belgilanganmagan. Shu sababli, barcha prosess ishtirokchilaridan Jinoyat kodeksining 240-
moddasi bilan, ya’ni jinoyat protsessini yuritish qatnashchilarining o‘z zimmasidagi vazifani
bajarishdan bo‘yin tovlashi bilan ogohlantirgan holda tushuntirish xati olinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 27-bobi ushlab turish

qoidalarini o‘z ichiga olgan. Mazkur bob qoidalariga muvofiq, jinoyat sodir etganlikda gumon
qilinayotgan shaxsning jinoiy qilmishlariga chek qo‘yish, qochib ketishining, dalillarni yo‘q qilish
va ularni yashirishining oldini olish maqsadida uni 48 soat muddatga ozodlikdan mahrum qilish
mumkin. Bu tarzda ozodlikdan mahrum qilish protsessual majburlov choralaring ushlab turish


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1431

turiga mansubdir. Albatta, shaxs quyidagi asoslar mavjud bo‘lgan taqdirdagina ushlab turilishiga
yo‘l qo‘yiladi:

-

shaxs jinoyat ustida yoki bevosita uni sodir etganidan keyin qo‘lga tushsa;

-

jinoyat shohidlari, shu jumladan jabrlanuvchilar uni jinoyat sodir etgan shaxs

tariqasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatsalar;

-

uning o‘zida yoki kiyimida, yonida yoki uyida sodir etilgan jinoyatning yaqqol

izlari topilsa;

-

shaxsni jinoyat sodir etishda gumon qilish uchun asos bo‘ladigan ma’lumotlar

mavjud bo‘lib, u qochmoqchi bo‘lsa yoki doimiy yashaydigan joyi yo‘q yoxud shaxsi
aniqlanmagan bo‘lsa.

M.M.Maxmudovning “International Conference on Advance Research in Humanities,

Applied Sciences and Education” jurnalida chop etilgan maqolada keltirishicha, ushlab turish
maqsadlaridan biri shaxsning jinoiy faoliyatini oldini olish deb ko‘rsatilgan

1

. Biz bu fikr bilan

hamfikr bo‘la olmaymiz. Sababi shuki, amaldagi jinoyat-protsessual qonunchiligimizdagi ushlab
turishning qonuniy asoslari orasida hali sodir etilmagan jinoyatning oldini olish uchun shaxsni
ushlab turish ko‘zda tutilmagan, barcha asoslar jinoyat sodir qilib bo‘linganidan so‘ng yoki
suiqasd bosqichidagina ushlab turishni nazarda tutadi, “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi
Qonunning 18-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan holatlar bundan mustasno.

Tergovga qadar tekshiruv davomida o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan tergov harakatlaridan

dastlabkisi shaxsiy tintuv va olib qo‘yish tergov harakatidir. Mazkur bosqichda o‘tkaziladigan
shaxsiy tintuv va olib qo‘yish faqatgina Jinoyat-protsessual kodeksining 162-moddasi ikkinchi
qismida va 224-moddasi ikkinchi qismida belgilangan qoidalarga ko‘ra amalga oshiriladi.
Mazmunan olib qaraganda, keltirib o‘tilgan har ikkala normaning ham mazmuni va qoidasi bir xil
ma’noni va tartibni anglatadi. Faqatgina, ularning farqi shundaki, 162-moddaning birinchi qismida
jinoyat ishi qo‘zg‘atilganidan keyin surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan o‘tkaziladigan
shaxsiy tintuv va olib qo‘yish asoslari va holatlari haqida gap ketganligi bois, ikkinchi qismida
tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsi tomonidan ham jinoyat ishi
qo‘zg‘atilguniga qadar ushlab turish vaqtida shaxsiy tintuv va olib qo‘yish o‘tkazilishi mumkinligi
haqida so‘z borgan. 224-moddaning ikkinchi qismida esa jinoyat ishi qo‘zg‘atilguniga qadar, ya’ni
tergovga qadar tekshiruv bosqichida shaxsni ushlash vaqtida shaxsiy tintuv va olib qo‘yishni
amalga oshirishga huquqi bor bo‘lgan mansabdor shaxs sifatida tergovga qadar tekshiruvni amalga
oshiruvchi organ mansabdor shaxsidan tashqari surishtiruvchi, tergovchi, prokurorlar ham ko‘zda
tutilgan.

JPKning 162-moddasi ikkinchi qismida belgilangan tartibga muvofiq, tergovga qadar

tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsi jinoyat ishi qo‘zg‘atilguniga qadar
ushlanayotgan shaxsda qurol borligi yoki u jinoyat sodir etganligini fosh qiluvchi dalillardan
qutulish niyatida ekanligini taxmin qilishga yetarli asoslar mavjud bo‘lsa, uni shaxsiy tintuv
qilishga va olib qo‘yishni amalga oshirishga haqlidir. JPKning 224-moddasi ikkinchi qismida

1

Maxmudov Muzaffar Maksud o‘g‘li / Ushlab turish majburlov chorasining protsessual tartibi /

International

Conference on Advance Research in Humanities, Applied Sciences and Education / ARTICLES / 2022 / 218-221-
bet


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1432

belgilangan tartibga muvofiq esa, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor
shaxsi bilan bir qatorda surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror ushlanayotgan shaxsda qurol
borligi yoki u jinoyat sodir etganligini fosh qiluvchi dalillardan qutulish niyatida ekanligini taxmin
qilishga yetarli asoslar mavjud bo‘lsa, uni shaxsiy tintuv qilishga yoki olib qo‘yishni amalga
oshirishga haqlidir.

Tergovga qadar tekshiruv davomida eng birinchilardan qilinadigan harakatlardan biri bu

hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirishdir. Jinoyat kodeksida belgilangan jinoyatlarni
ko‘pchiligini fosh qilishda va haqqoniy tergov qilinishida asosiy o‘rinni hodisa sodir bo‘lgan joyni
ko‘zdan kechirish tergov harakati egallaydi. Qanday jinoyat sodir etilganligiga qarab, hodisa sodir
bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirishda e’tiborimizni shu yo‘nalishga jalb qilib, kelgusida ashyoviy
dalil sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan narsa va predemetlarni, izlarni qidirib topishimiz va
ularni olishimiz darkor.

Masalan, jinsiy zo‘ravonlik bilan bog‘liq ariza va xabarlar kelib tushganida voqea joyiga

yetib borgan surishtiruvchi, tergovchi, eng avvalo, voqea joyini o‘rab olinishiga va ortiqcha
harakatlarni cheklanishiga e’tiborni qaratishi lozim. So‘ng esa, jinsiy zo‘ravonlik qilingan joyni
aniqlashtirib, u yerdan qon, so‘lak, sperma dog‘larini, soch tolalarini topib, ularni namunalarini
belgilangan turdagi qadoqlarga olishi lozim. Bu olingan namunalar va soch tolalari kelgusida
sudga oid biologik, tibbiy ekspertizalar tayinlanishida muhim ahamiyatga ega. Agarda
jabrlanuvchi va gumon qilinuvchi ham voqea joyida bo‘lsa, ularning ustidagi barcha kiyim-
boshlarini (shu jumladan ich kiyimlari) ham olib qo‘yishni tashkillashtirish lozim. Ular turli
sabablarga ko‘ra voqea joyidan ketib qolgan bo‘lsa, ularni jinsiy zo‘ravonlik vaqtidagi kiygan
kiyimlarini aniqlashtirib, o‘sha kiyim-boshlarini olishni tashkillashtirish lozim. E’tiborimizni
kiyim-boshga qaratganimizni sababi shuki, kelgusida ular bo‘yicha sudga oid trassologik,
mikrotola va biologik ekspertizalar tayinlanishi mumkin. Jabrlanuvchi va gumon qilinuvchining
tirnoqlarini olish ham kelgusida sudga oid biologik ekspertiza o‘tkazilganida ekspertning
xulosasidan oqlovchi yoki qoralovchi dalil sifatida foydalana olishga imkon yaratadi.

Tan jarohati yetkazish bilan bog‘liq jinoyatlar haqida xabar kelib tushganda hodisa sodir

bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirishda qon dog‘larini, tan jarohati yetkazish predmetlarini qidirib
topish va ularni olish lozim. Булар ҳам келгусида судга оид биологик, трассологик
экспертизалар учун лозим. Bundan tashqari, voqea joyidagi saranjomlik holatiga ham e’tiborni
qaratib, birma bir bayonnomada qayd etish lozim. Bu narsa surishtiruvchi va tergovchi uchun
kelgusida protsess ishtirokchilarining ko‘rsatuvlari qanchalik to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi haqida
tasavvurga ega bo‘lishida asqotadigan jihatdir.

Ekspertiza tayinlash tergov harakati to‘g‘risadagi tushunchani Jinoyat-protsessual

kodeksining yigirma ikkinchi bobi normalari mazmunidan kelib chiqib ko‘rib chiqamiz. 172-
modda birinchi qismiga ko‘ra, ish uchun ahamiyatli holatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni fan,
texnika, san’at yoki kasb sohasi bo‘yicha bilimi bo‘lgan shaxs o‘tkazadigan maxsus tekshirish
orqali olish mumkin bo‘lganda ekspertiza tayinlanadi. Qonunning mazkur normasiga sharh
beradigan bo‘lsak, tergovga qadar tekshiruv doirasida ma’lum bir shaxsning xatti-harakati
yuzasidan ma’lumotlarni oydinlashtirib olish uchun yoki biror-bir holat bo‘yicha aniq bir
to‘xtamga kelish uchun fanning bir tarmog‘i bo‘yicha bilimlar zarur bo‘ladigan bo‘lsa, mazkur fan
tarmog‘i mutaxassisi ish bo‘yicha vujudga kelgan savollarimizga javob berishi uchun ekspertiza


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1433

tayinlaymiz, mazkur mutaxassis jinoyat protsessida ekspert maqomi bilan ishda qatnashadi.
Ekspert esa o‘zining maxsus bilimlaridan kelib chiqib tegishli savollarga javob beradi, tergovga
qadar tekshiruvni olib borayotgan mansabdor shaxs ekspert xulosasidan kelib chiqib, ishning
ma’lum bir holatiga yoki butun bir ishga huquqiy baho beradi.

172-modda birinchi qismining davomida tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi

organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudya, mutaxassislar,
xolislarning bunday bilimlarga ega bo‘lishi ekspertiza tayinlash zaruratidan ozod etmasligi
belgilab qo‘yilgan. Mazkur normada shu narsa nazarda tutilganki, ish bo‘yicha xolislik va
betaraflik kabi jihatlar uyg‘un holda qo‘llanilib, yakuniy qaror adolatli bo‘lishi uchun protsessning
mazkur ishtirokchilari ekspertiza tekshiruvi natijasiga hech qanday ta’sir o‘tkaza olmasligi lozim,
buning uchun esa, birinchi navbatda, normada nazarda tutilganidek ekspertiza o‘tkazish huquqini
tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi,
tergovchi, prokuror, sudya, mutaxassislar, xolislarga berilishi mumkin emas.

Normaning yana bir talablaridan biri ekspert oldiga qo‘yilgan savollar va uning bergan

xulosasi ekspertning maxsus bilimlari doirasidan tashqari chiqishi mumkin emasligi. Bu talab
ekspert xulosasining ishonchli, aniq va ilmiy asosli ekanligini ta’minlab beruvchi omil
hisoblanadi.

JPKning yigirma ikkinchi bobi talablari orasida ekspertiza tayinlash shart bo‘lgan holatlar

ham alohida norma sifatida shakllantirilib, 173-modda ichiga joylashtirilgan. Unga ko‘ra:

-

o‘limning sababini, yetkazilgan tan jarohatining xususiyati va og‘irlik darajasini

aniqlash uchun;

-

jinsiy aloqada bo‘lganlik, homiladorlik holatini va homilani sun’iy yo‘l bilan

tushirish belgilarini aniqlash uchun;

-

jinoyatchi shaxs va jabrlanuvchining yoshini hujjatlarga ko‘ra aniqlashning imkoni

bo‘lmasa;

-

gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining ruhib holatini aniqlash

maqsadida;

-

jabrlanuvchi va guvohning ruhiy holatini aniqlash maqsadida;

-

tanosil va boshqa yuqumli kasalliklarga chalingan, surunkali ichkilikbozlikka va

giyohvandlikka duchor bo‘lgan shaxslarni davolash zarurligini va imkoniyatlarini aniqlash zarur
bo‘lganda;

-

Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar va ularning

turi mavjudligini aniqlash uchun;

-

Pullar, qimmatli qog‘ozlar va boshqa hujjatlar qalbakilashtirilganligini aniqlash

maqsadida;

-

Portlashlar, halokatlar va boshqa favqulodda hodisalarning texnikaviy sabablarini

aniqlash zarur bo‘lganda.

Yuqoridagilardan tashqari, ish uchun ahamiyatga molik boshqa holatlarni aniqlashda ham,

buning uchun maxsus bilimlar zarur bo‘lsa, albatta, ekspertiza o‘tkazilishi shart.

Tergovga qadar tekshiruv hujjatlari holatidan kelib chiqqan holda qo‘shimcha ekspertiza,

qayta ekspertiza, komissiyaviy ekspertiza va kompleks ekspertizalar tayinlanishi mumkin. Ular
qaysi holatda tayinlanishi batafsil Jinoyat-protsessual kodeksida yoritib o‘tilgan. Bundan tashqari,


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1434

ekspertlar kimlarni orasidan bo‘lishi lozimligi ham yigirma ikkinchi bob normalarida qat’iy
belgilab qo‘yilgan.

2016-yil 29-dekabr kuni “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga,

xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan
yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan o‘zbekiston
respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasi O‘RQ-418-son Qonuni qabul qilindi. Mazkur qonun bilan Jinoyat-
protsessual kodeksiga 22

1

-bob kiritilgan

2

. Mazkur bob “Taftish” deb nomlanib, jinoyat protsessida

yangi institut hisoblanadi. Taftish - bu ish uchun ahamiyatli bo‘lgan holatlar haqidagi
ma’lumotlarni tekshirilayotgan sub’ektlarning buxgalteriya, moliya, statistika, bank hujjatlarini va
boshqa hujjatlarini o‘rganish hamda taqqoslab ko‘rish yo‘li bilan olish mumkin bo‘lgan hollarda
o‘tkaziladigan yangi tergov harakatidir

3

.

REFERENCES

1.

Maxmudov Muzaffar Maksud o‘g‘li / Ushlab turish majburlov chorasining protsessual
tartibi / International Conference on Advance Research in Humanities, Applied Sciences
and Education / ARTICLES / 2022 / 218-221-bet.

2.

2016-yil 29-dekabr kuni “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga,
xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan
yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan
o‘zbekiston respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi O‘RQ-418-son Qonuni.

3.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi // 1994-yil 22-sentabr kuni qabul
qilingan // https://lex.uz/docs/-111460

2

2016-yil 29-dekabr kuni “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har

tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar
qabul qilinganligi munosabati bilan o‘zbekiston respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va
qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi O‘RQ-418-son Qonuni

3

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi // 1994-yil 22-sentabr kuni qabul qilingan //

https://lex.uz/docs/-111460