Authors

  • Maftuna Kimsanboyeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.33592

Abstract

Maqolada O‘zbekistonda ijtimoiy sohani moliyalashtirishdagi islohotlar hamda ulardan kutilayotgan moliyaviy natijalar tahlil qilingan. Mamlakatimizda izchillik bilan amalga oshirilayotgan ta’lim sohasidagi islohotlarning moliyaviy jihatlari tadqiq qilingan va xulosalar berilgan.

background image


536

MAHALLIY BYUDJETLAR TOMONIDAN IJTIMOIY SOHA XARAJATLARINI

MOLIYALASHTIRISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH

Kimsanboyeva Maftuna Bahodirovna

maftunabahodirovna2525@gmail.com

TDIU “Moliya” kafedrasi katta o‘qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.11403031

Annotatsiya.

Maqolada O‘zbekistonda ijtimoiy sohani moliyalashtirishdagi islohotlar

hamda ulardan kutilayotgan moliyaviy natijalar tahlil qilingan. Mamlakatimizda izchillik bilan

amalga oshirilayotgan ta’lim sohasidagi islohotlarning moliyaviy jihatlari tadqiq qilingan va

xulosalar berilgan.

Kalit so‘zlar:

diversifikatsiya, ijtimoiy sohasidagi islohotlar, byudjet, ta’limni

moliyalashtirish.

IMPROVEMENT OF THE SYSTEM OF FINANCING SOCIAL SECTOR EXPENSES

BY LOCAL BUDGETS

Abstract.

The article analyzes the reforms in the financing of the social sphere in

Uzbekistan and the expected financial results. The financial aspects of the ongoing reforms in the

field of education in our country have been studied and conclusions have been drawn.

Keywords:

diversification, social reforms, budget, education funding

СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ СИСТЕМЫ ФИНАНСИРОВАНИЯ РАСХОДОВ

СОЦИАЛЬНОЙ СФЕРЫ МЕСТНЫМИ БЮДЖЕТАМИ

Аннотация.

В статье анализируются реформы в сфере финансирования

социальной сферы в Узбекистане и ожидаемые от них финансовые результаты. Изучены

финансовые аспекты реформ в сфере образования, последовательно реализуемых в нашей

стране, и сделаны выводы.

Ключевые слова:

диверсификация, реформы в социальной сфере, бюджет,

финансирование образования.

Har yili mamlakatimizning kelgusi yilgi bosh moliyaviy hujjati muhokama qilinadi. Bu

yurtimiz barcha hududlari manfaatlarini ta’minlash nuqtai nazaridan amalga oshiriladi.

So‘nggi yillarda ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish, bank tizimini takomillashtirish,

xususiy tadbirkorlik va kichik biznesning ahamiyati hamda rolini oshirish, aholi bandligini

ta’minlashning muhim omili sifatida xizmat ko‘rsatish sohasi va kasanachilikni ravnaq toptirishni


background image


537

rag‘batlantirish bo‘yicha bir-biri bilan uzviy bog‘langan, keng ko‘lamli chora-tadbirlar hayotga

tatbiq etilmoqda. Unda, shuningdek, qishloqda ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani

rivojlantirish, aholi turmush sifatini tubdan yaxshilash, fuqarolarning real daromadlarini

ko‘paytirish, ehtiyojmand oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning manzilliligini oshirishga

alohida urg‘u berilgan.

Xususan, joriy yida iqtisodiyotni izchil isloh qilish, diversifikatsiyalash va tarkibiy

o‘zgartirishni chuqurlashtirish, yangi innovatsion ishlab chiqarish ob’ektlarini rivojlantirish,

mavjud ishlab chiqarishni modernizatsiyalash jarayonlarini jadallashtirish hisobiga xo‘jalik

yurituvchi sub’ektlarning raqobatdoshligini oshirish bo‘yicha keng miqyosli ishlarni bajarish

ko‘zda tutilgan. Xizmatlar ko‘rsatish sohasining jadal taraqqiyotini ta’minlash, Qishloq joylarda

namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joylarni qurish dasturini davom ettirish,

shuningdek, budjet mablag‘lari hisobiga ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarini, shu jumladan, elektr,

gaz tarmoqlari, suv quvurlarini hamda ichki yo‘llarni qurish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni

amalga oshirish izchil davom ettirilmoqda.

2024 yilgi Davlat byudjeti xarajatlari (davlat maqsadli jamg‘armalariga ajratiladigan

transfertlar bilan birga) 312,8 trln so‘mni,yalpi ichki mahsulotga nisbatan 24,0 foizni yoki 2023

yil kutilayotgan ijroga nisbatan 30,6 trln so‘mga ortishi prognoz qilinib, bu alohida sohalar rivojiga

maqsadli xarajatlarni oshirish yo‘li bilan iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishni ta'minlaydi.

Bundan tashqari, Davlat byudjetidan ijtimoiy sohaga, хususan, ta’lim sohasi хarajatlariga

69,1 trln soʻm, sogʻliqni saqlash sohasi хarajatlariga 33,4 trln soʻm, madaniyat 2,6 trln soʻm va

sport sohasi хarajatlariga 2,8 trln soʻm va fanni yanada rivojlantirish tadbirlari uchun 2,2 trln soʻm

yoʻnaltirish belgilandi

1

.

Budjetning daromad qismini shakllantirishga kompleks yondashish, davlat budjeti

mablag‘laridan maqsadli va oqilona foydalanish bo‘yicha qat’iy budjet siyosatini olib borish,

xarajatlar ustidan nazorat tizimini takomillashtirish, shak-shubhasiz, aholi turmush sifatining

yaxshilanishiga, mamlakat iqtisodiyotining barqaror o‘sishiga zamin yaratadi.

Bugungi kunda aholining ijtimoiy muammolari keskinlashdi, ammo shunga qaramasdan,

aholining savodxonlik darajasi, o‘rtacha hayot kechirish uzunligi, moddiy ne’matlarini iste’mol

qilish sifatli tartibini ta’minlash, ijtimoiy xizmat ko‘rsatish va boshqa bir qancha ijtimoiy

ko‘rsatkichlarda ijobiy siljishlar bo‘lmoqda.

1

Budjetnoma 2024-2026 yil uchun


background image


538

Bu borada ijtimoiy muammolarni huquqiy taminotini tahlili muhim ahamiyatga egadir,

zamonaviy ijtimoiy strategiya o‘ttizdan ortiq qonun va qoidalar bilan mustahkamlangan, bularning

asosiy qismi aholining alohida guruhlarining imtiyozlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan. Ijtimoiy

sohaga taaluqli bo‘lgan qonunlarda bir qancha budjet va soliq me’yorlari mavjud, bu o‘z navbatida

budjetlar o‘rtasidagi daromad va xarajatlarni taqsimlash talablarini tartibga solib turadi.

REFERENCES

1.

Qobulov X., Kimsanboyeva M. Ta’lim tizimini moliyalashtirishni isloh qilish masalalari

//"Science and Education" Scientific Journal. April 2021 / Volume 2 Issue 4, 698-705-b.

2.

Qobulov X., Kimsanboyeva M. Ta’lim tizimini moliyalashtirishni samarali tashkil etish

yo’llari Bosma Toshkent moliya instituti. “Innovatsion iqtisodiyot sharoitida moliya

tizimini rivojlantirishning zamonaviy tendentsiyalari va istiqbollari” mavzucidagi

respublika onlayn ilmiy-amaliy konferentsiya materiallari to‘plami. –T.: TMI., 2020. –

171-172-b.

3.

Otajonov Sh.I. O‘zbekistonda innovatsion klasterlarni rivojlantirish istiqbollari.

Monografiya. –T.: ITA-PRESS. 2017. - 204 b.

4.

Raxmonov D. O‘zbekiston ijtimoiy sohani moliyalashtirishning metodologik asoslarini

takomillashtirish. Iqtisod fanlari doktori (DSc) darajasini olish uchun dissertatsiya

avtoreferati.T., 2018. 71-b.;

5.

Raximova U.A. O‘zbekiston oliy ta'lim muassasalarida innovatsion faoliyatni rivojlantirish

yo‘llari. Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) darajasini olish uchun

dissertatsiya avtoreferati.Samarkand, 2019.57-b

6.

Budjetnoma 2024-2026 yil uchun

References

Qobulov X., Kimsanboyeva M. Ta’lim tizimini moliyalashtirishni isloh qilish masalalari //"Science and Education" Scientific Journal. April 2021 / Volume 2 Issue 4, 698-705-b.

Qobulov X., Kimsanboyeva M. Ta’lim tizimini moliyalashtirishni samarali tashkil etish yo’llari Bosma Toshkent moliya instituti. “Innovatsion iqtisodiyot sharoitida moliya tizimini rivojlantirishning zamonaviy tendentsiyalari va istiqbollari” mavzucidagi respublika onlayn ilmiy-amaliy konferentsiya materiallari to‘plami. –T.: TMI., 2020. – 171-172-b.

Otajonov Sh.I. O‘zbekistonda innovatsion klasterlarni rivojlantirish istiqbollari. Monografiya. –T.: ITA-PRESS. 2017. - 204 b.

Raxmonov D. O‘zbekiston ijtimoiy sohani moliyalashtirishning metodologik asoslarini takomillashtirish. Iqtisod fanlari doktori (DSc) darajasini olish uchun dissertatsiya avtoreferati.T., 2018. 71-b.;

Raximova U.A. O‘zbekiston oliy ta'lim muassasalarida innovatsion faoliyatni rivojlantirish yo‘llari. Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) darajasini olish uchun dissertatsiya avtoreferati.Samarkand, 2019.57-b

Budjetnoma 2024-2026 yil uchun