256
JALOLIDDIN MANGUBERDI MO‘G‘ULLARGA QARSHI KURASHINING TARIXIY
AHAMIYATI
Sayfullayev Jalol Narzillayevich
Koson tumani ixtisoslashtirilgan maktabi
tarix fani o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.12600898
Annotatsiya.
Ushbu tezisda Mo‘g‘ullar imperiyasining Xorazmshoxlar davlatiga qarshi
olib borgan harbiy harakatlari, sulton Jaloliddin Manguberdining mo‘g‘ullarga qarshi kurashi
va uning tarixiy ahamiyati masalalari tahlil qilingan
Kalit so‘zlar.
Alouddin Muhammad, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Chingizxon,
O‘tror, Samarqand, Buxoro, Gurganch, G‘azna, Termiz.
Abstract.
This thesis analyzes the military actions of the Mongol Empire against the
Khorezm Shahs, the struggle of Sultan Jalaluddin Manguberdi against the Mongols and its
historical significance
Key words:
Alouddin Muhammad, Jalaluddin Manguberdi, Temur Malik, Genghis Khan,
O‘tror, Samarkand, Bukhara, Gurganch, Ghazna, Termiz.
XIII asrda Xorazmshoxlar davlati va Mog‘ullar imperiyasining keng harbiy yurishlari
natijasida ikki davlat hududlari bir biriga tutashib ketadi. Dastlab bu davlatlar bir birlarining kuch
qudratini bilish va sinash maqsadida bir nechta marta elchi almashadilar. Ammo, O‘tror noibi
Inolchiq tomonidan Chingizxonning savdo karvonini qirib tashlanishi ikki davlat o‘rtasidagi
munosabatlarning yomonlashuviga, oqibatda mo‘g‘ullarning xorazmshoxlar davlatiga bostirib
kirishiga baxona bo‘ladi. Bu aslida Chingizxon tomonidan o‘ylab topilgan xiyla bo‘lgan. Urush
oldidan Alouddin Muhammad harbiy kengash chaqiradi va unda bir qator takliflar o‘rtaga
tashlanadi, ammo pirovardda boshqa takliflar rad etilib, qarorni Xorazmshohning oʻzi qabul qildi.
Unga binoan qoʻshin katta-kichik shaharlarga tarqatib yuborildi va har bir shaharga oʻzini oʻzi
himoya qilish vazifasi yuklatildi. Ushbu no‘to‘g‘ri qabul qilingan qaror natijasida keyinchalik
O‘tror, Buxoro, Samarqand, Urganch, Termiz kabi yirik hududlar qo‘ldan ketadi. Bu orada
Alouddin Muhammad plevrit kasalligidan vafot etadi va taxt vorisi qilib to‘ng‘ich o‘g‘li –
Jaloliddin Manguberdini tayinlaydi. Ana shunday taxlikali bir vaziyatda siyosiy kurash maydoniga
Jaloliddin Manguberdi kirib keladi. Turkon xotun Jaloliddin Manguberdi hokimiyatini tan olmaydi
va taxtga Turkon xotunning ukasi Xumorteginni o‘tqazadilar. Ular Jaloliddinga qarshi suiqasd
uyishtradilar va bundan habar topgan Jaloliddin Temur Malik hamda 300 nafar suvoriy
257
hamrohligida Gurganchni tashlab chiqib, shahzodalik paytidagi mulkining markazi–Gʻaznaga yoʻl
oladi. Chingizxon Jaloliddin hamda shahzodalarning Gurganjga qaytganidan xabar topgach,
qoʻshinining bir qismini Xorazm bilan Xuroson oʻrtasidagi choʻlning janubiy chegarasini nazorat
ostiga olish, pistirmada turib, Xorazmdan siqib chiqarilgan Jaloliddin va uning ukalarini qoʻlga
olish uchun yuborgan edi. Bu qoʻshin Marvdan to Niso yaqinidagi Shahristongacha boʻlgan
qismini oʻrab olgandi. Jaloliddin va uning sodiq hamrohlari Niso yaqinida choʻldan chiqishdi. Bu
yerda moʻgʻullarning 700 suvoriydan iborat otryadi ularni kutmoqda edi. Jaloliddin Niso yaqinida
o‘zining 300 ta askari bilan mo‘g‘ullarning 700 kishilik otryadini mag‘lubiyatga uchratadi. Bu
g‘alaba mo‘g‘ullarning “afsonaviy qudrati” haqidagi mish-mishlarga chek qo‘yadi.
Jaloliddin Nishopurga kelgandan soʻng bir oy davomida yaqin atrofdagi hokim va
amirlarga chopar yuborib, qoʻshin toʻplash harakatida boʻladi. Ammo moʻgʻullar bundan xabar
topib, uni ta’qib eta boshladilar. 1221-yil fevral oyida Jaloliddin nochor Gʻaznaga yoʻl oldi.
Nasaviyning ma’lumotiga koʻra, ular yoʻl yoʻlakay Qandahor qamali bilan mashgʻul boʻlgan
moʻgʻul qoʻshinini magʻlubiyatga uchratishadi. Jaloliddin Gʻaznaga 1221-yilda yetib keldi. Bu
yerda xalajlar sardori Sayfiddin Agʻroq, Balx hokimi A’zam Malik, afgʻonlar rahnamosi Muzaffar
Malik, qarluqlar boshligʻi Hasan–ularning har biri 30 minglik qoʻshin bilan Jaloliddin bayrogʻi
ostida birlashdilar. Shu erda Jaloliddin Amin Malikning 318 qiziga uylanib, qarindoshlik va
ittifoqchilik rishtalari mustahkamlandi. U qoʻshinini Gʻaznadan olib chiqib, Parvon tomonga qarab
yuradi. Yoʻlda moʻgʻullar Valiyon qal’asini qamal qilayotganlaridan ogoh boʻlib, ularga hujum
qiladi. Chingizxon Jaloliddinga qarshi oʻzining nomdor sarkardalaridan biri Shiki Xutuxu
boshchiligidagi 45 minglik qoʻshin yuborgan edi. Ikki kun davom etgan bu jang moʻgʻullarning
yakson etilishi bilan yakunlandi. Bu g‘alaba Movarounnahr va Xuroson uchun juda ahamiyatli
bo‘ladi. Mo‘g‘ullarning “ilohiy”, “yengilmas” qudrati haqidagi afsonalarga butunlay chek
qo‘yiladi. G‘alaba ta’sirida Saraxs, Marv, Hirot va boshqa Xuroson shaharlarida mo‘g‘ullarga
qarshi isyon boshlanadi. Buxoroda esa mahalliy aholi mo‘g‘ullarni siqib chiqarishga erishadi.
Kuchayib borayotgan Jaloliddin katta xavf ekanligini anglagan Chingizxon Jaloliddinga qarshi
katta qo‘shinga o‘zi rahbarlik qiladi. Parvon jangining Juvayniy keltirgan tavsifidagi moʻgʻullar
va Jaloliddinning harbiy usullari haqidagi ma’lumotlar diqqat talabdir. Tarixchining yozishicha,
jangning birinchi kuni nihoyasiga yetganidan soʻng tunda Shiki Xutuxu oʻz askarlariga kigizdan
odam haykalini yasashni buyuradi. Ertasi tongda jang boshlangan mahalda Jaloliddinning
jangchilari moʻgʻul qoʻshinining saflari ortganini koʻrib, dushman madad olibdi degan xayolga
boradilar. Ammo Jaloliddin ularga dalda berib, jangovar kayfiyatni qayta vujudga keltirishga
erishadi. Sulton suvoriylari otlaridan tushib, dushmanni oʻq-yoylardan nishonga oladi. Moʻgʻullar
258
chekina boshlagan paytda butun qoʻshin Sulton farmoniga binoan nogʻoralarni chalib, otga minadi
va birdaniga hujumga oʻtadi, moʻgʻul qoʻshini qochishga tushadi. Shu asnoda ular qoʻqqisdan
orqaga qaytib, Sulton qoʻshiniga tashlanadilar va qariyb 500 kishini yerga qulatadilar. Parvon
jangida qoʻlga tushirilgan oʻljani boʻlib olish chogʻida Jaloliddinning lashkarboshilari oʻrtasida
nizo chiqib, Amin Malik Sayfiddin Agʻroqning boshiga qamchi bilan uradi. Agʻroq bilan birga
A’zam Malik va Muzaffar Malik oʻz qoʻshinlarini olib Jaloliddinni tark etishdi. Jaloliddinning
ularni qaytarish yoʻlidagi barcha urinishlari zoya ketadi. Jaloliddinning ne chogʻli jiddiy, xatarli
kuch ekanligiga koʻzi yetgan Chingizxon butun qoʻshinini toʻplab, Gʻazna tarafga yuradi.
Jaloliddin Chingizxonning oʻzi boshchiligidagi butun moʻgʻulnlashkari yaqinlashayotganidan
xabar topgach, Sind (Hind) daryosidan kechib oʻtish, kuch toʻplab, kurashni davom ettirish
maqsadida Gʻaznani tashlab chiqib ketdi. Lekin Sind boʻyida kemalar hozirlanayotgan bir paytda
Chingizxon qoʻshini orqadan yetib keladi. 1221-yil 25-noyabr kuni tarixda eng mashhur bo‘lgan
janglardan biri boshlanadi.
Chingizxonning lashkari Amin Malik qoʻl ostidagi oʻng qanotga hujum qiladi va joyidan
toʻzgʻitib, aksarini halok etadi. Amin Malik jonini omon saqlab qolish uchun Peshavor tarafga
qochadi. Moʻgʻullar chap qanotni ham magʻlub etadilar. Sulton markazda 70 nafar jangchi bilan
tongdan to kun yarmigacha qattiq turib jang qildi. U chapdan oʻng qanotga ot qoʻyar, oʻng
qanotdan markazga hamla qilar va har hamlada bir necha kishini qulatardi. Ammo Chingizxon
qoʻshini soat sayin koʻpayar, Sultonga javlon urish uchun maydon torayib borardi. Sulton yurak-
bagʻri kuyib, koʻzlarida yosh bilan farzandlari va jigarporalari bilan vidolashadi. Soʻng u
zahiradagi otini keltirishni buyuradi. Unga minib yana bir bor ofat ummonida nahang misoli javlon
uradi, moʻgʻul qoʻshinini chekinishga majbur etib, jilovni orqaga buradi va sovutni yechib 319
tashlab, otga qamchi uradi. Qirgʻoqdan turib 10 gaz yoki undan ham ortiq masofadagi daryoga ot
soladi. Dovyurak arslondek daryodan kechib oʻtib, najot sohiliga yetadi. Chingizxon uning
daryodan kechib oʻtganini koʻrib, otini qirgʻoqqa yeldirib keladi. Sulton bir shamshir, nayza va
qalqon bilan daryodan oʻtgan edi. Chingizxon va jamiki moʻgʻullar hayratdan qoʻllarini ogʻizlariga
qoʻydilar. Chingizxon bu holatni koʻrib, oʻgʻillariga yuzlangancha xitob qildi: “Otaning oʻgʻli
shunday boʻlmogʻi lozim! Suv va olovning ikki girdobidan qutulib, najot sohiliga yetdimi, undan
beadad ishlar va bexisob tahlikalar tugʻilajak”. Nasaviyning ma’lumotlariga qaraganda, ushbu
jangda Jaloliddin hatto dushman qo‘shinining markaziga yorib kirishga muvaffaq boʻlgan.
Xorazm qo‘shini moʻgʻullarni qurshovga olayotgan bir paytda “bahodir” deb ataluvchi saralangan
jangchilardan iborat pistirmadagi tuman (10 ming kishilik boʻlinma) jang taqdirini hal etadi. Jang
vaqtida Jaloliddinning 7–8 yoshlardagi oʻgʻlini tutib olib Chingizxonning koʻz oʻngida qatl
259
qiladilar. Jaloliddin Sind daryosidan kechib oʻtganidan soʻng qolganqutgan jangchilarini
toʻplab,Shimoliy Hindiston hududidagi bir qancha davlatlar hukmdorlari bilan munosabat
oʻrnatishga harakat qildi. Ular bilan boʻlgan qator janglarda qoʻli baland kelgan boʻlishiga
qaramay, bu yerda muqim oʻrnashish, ittifoqchilar topish mushkul ekanligini anglab, u yerdan
Eronga, 1224- yili esa Ozarbayjonga kelib, uni zabt etdi. Shu vaqtdan e’tiboran Jaloliddinning
Ozarbayjon, Eron, Iroq, Gurjiston va Rum hududlaridagi faoliyati boshlanadi.. Jaloliddin
mo‘g‘ullarga qarshi kurash olib borish maqsadida ukasi G‘iyosiddin Pirshoh, Bag‘dod xalifalari
az-Zohir, so‘ngra al-Muntasir, Gurjiston malikasi Rusudana va boshqalarga murojaat qiladi. Lekin
mo‘g‘ullar qasosi hamda Jaloliddin hokimiyati kuchayishidan cho‘chigan ko‘pchilik musulmon
hukmdorlari u bilan ittifoqqa rozi bo‘lmaydilar. Natijada Jaloliddin Gurjistonni ketma-ket ikki
marta bosib oladi. Ozarbayjon, Shirvon, Gurjiston Jaloliddinning o‘limiga qadar uning qo‘lida
qoladi. 1227-yil kuzida mo‘g‘ullarning Eronga kirib kelish niyatlari borligini bilgan Jaloliddin
ularga qarshi jangga tayyorgarlik ko‘radi. Mo‘g‘ullarning o‘sha yili yuborilgan 2000 kishilik
qo‘shini tor-mor etilib, ulardan 400 tasi Isfahonda namoyishkorona jazolanadi. 1227-yil 5-
sentabrda Eronni zabt etish uchun kelgan Taynal no‘yon qo‘shini bilan Isfahon yaqinida xal
qiluvchi jang bo‘lib o‘tadi. Jang payti G‘iyosiddin Pirshoh xoinlik qilib, Luristonga chekinsada,
Jaloliddin baribir bu jangda g‘olib bo‘ladi. Ushbu jangda Taynal no‘yon “Haqiqatan ham o‘z
davrining bahodiri va tengqurlarining dohiysi ekan”! – deb uning jasoratiga qoyil qoladi. Xatto
mo‘g‘ul xoni Tulu sulh taklif qilganda ham Jaloliddin buni rad etadi. 1229-yil Jaloliddin ukasi
G‘iyosiddinni afv etadi. Biroq tez orada ukasi yana fitnachilarga aldanadi va bu safar uning o‘zi
qurbon bo‘ladi. Natijada Jaloliddin fitnachilarni jazolab, Kirmonda tinchlik o‘rnatadi.
Xorazmshoh Jaloliddin Kirmon, Fors, Fors Iroqi, Ozarbayjon, Gurjiston va unga tutash yerlarda
katta davlat barpo etishga muvaffaq bo‘ladi. Bu orada ayrim musulmon amirlari mo‘g‘ullar bilan
birlashib, Jaloliddinga qarshi ittifoq tuzishadi. Jaloliddin va ittifoqchilar qo‘shini o‘rtasidagi
birinchi jang 1230-yil 7-avgustda Arzinjon yonida tekisligida bo‘lib o‘tdi. Jaloliddin ittifoqchilarni
yengadi, ammo ularni oxirigacha ta’qib etmaydi. 1231-yil avgustda Amid yo‘lida Jaloliddinga
mo‘g‘ullar hujum qilib qoladi. Uni 15 chog‘li mo‘g‘ul 320 askarlari ta’qib qildi.
Jaloliddin sheriklaridan ajrab, Mayafariqin yaqinida Ayn addar qishlog‘iga keladi va
kurdlar qo‘liga tushadi. Bu voqea quyidagicha sodir bo‘ladi: “Shundan so‘ng sulton toqqa
ko‘tariladi. Tog‘ yo‘llarida esa kurdlar talonchilik maqsadida pistirmalar qurgan bo‘ladi. Ular,
odatdagidek, sultonni ham tutib olishadi va xuddi boshqalarni talagani kabi uning ham bor-
yo‘g‘ini tortib olishadi. Ular Jaloliddinni o‘ldirishmoqchi bo‘lganda u yo‘lto‘sar bosqinchilarning
boshlig‘iga maxfiy ravishda o‘zining sulton ekanligini bildirib, al Malik al-Muzaffar Shahobiddin
260
huzuriga olib borsa evaziga mukofotlanishini bildiradi. Qaroqchilar yo‘lboshchisi bunga rozi
bo‘ladi va Jaloliddini chodirda, xotinini oldida qoldirib, o‘zi toqqa ot olib kelish uchun ketadi. Bu
odam chodirda yo‘q paytida bu yerga boshqa bir g‘alamis, qo‘liga nayza ushlagan kurd kirib
keladi. Keyin Xilotda o‘lgan ukasining xuni uchun Jaloliddinga shunday nayza sanchadiki, boshqa
nayza sanchishga zarurat qolmaydi. Shu tariqa mo‘g‘ullarga qarshi mardonovor kurashgan
qahramon taqdiri ayanchli yakun topadi.
REFERENCES
1.
Shahobiddin Muhammad an-Nasaviy.Sulton Jaloliddin Manguberdi hayoti tafsiloti.
Matyoqubov K. tarjimasi. –T: Oʻzbekiston. 2006.
2.
Toshev Nuryogʻdi. Jaloliddin Manguberdi. –T: Abu matbuot konsult. 2011.
3.
Masharipov Qudrat. Jaloliddin Manguberdi - Buyuk vatanparvar sarkarda. T. Navroʻz.
2019.
4.
Ibrohim Qafes oʻgʻli. Xorazmshohlar davlati tarixi. Turkchadan Nazarbek Rahim
tarjimasi. –T:Navroʻz. 2016.
5.
Bunyodov Ziyo. Anushtegin Xorazmshohlar davlati (1097-1231).T: Gʻofur Gʻulom
nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti. 1998.
6.
Alouddin Atomalik Juvayniy. Tarixi Jaxonkusho. Nazarbek Rahim tarjimasi. –T:
Mumtoz so‘z. 2015.
7.
Xamdam Sodiqov. “Sulton Jaloliddin Manguberdi”. T. 2009 8. Omonulla Bo‘riyev.
“Jaloliddin Manguberdi”. T. 1999
