ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
159
UDK: 633.18/631.17.
TURLI SUV QALINLIKLARIDA SHOLI (ORIZA SATIVA) NAVLARIDA URUG‘LIK
VA GURUCH CHIQIMIGA TA’SIRI
Xojamkulova Yulduzoy Jaxonkulovna
“O‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi” laboratoriya mudiri, q.x.f.f.d. k.i.x.
Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti
Xojambergenov Ganibay Ametovich
Don va sholi ilmiy ishlab chikarish birlashmasi Sugorish va melioratsiya laboratoriyasi mudiri,
k.x.f.n. Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti
Pirniyazov Arislanbay Joldasbaevich
Don va sholi ilmiy ishlab chikarish birlashmasi, Donli ekinlar seleksiyasi va urugchiligi
laboratoriyasi mudiri, Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti
https://orcid.org/0009-0009-4694-7324
+99890 979 14 97.
e-mail: yulduzoyxojamkulova@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.12713882
Annotatsiya.
Ushbu maqolada sholi navlarining o‘suv davrlari davomida urug‘lik va
guruch chiqimiga turli suv qalinliklari ta’siri o‘rganilganda, sholi maydonlariga “Iskandar”
navini ekib, suv qalinligini 15 sm balandlikda ushlab turish eng yaxshi samara berishini, ya’ni
urug‘ chiqimi 77,1% va guruch chiqimi 72,1 % gacha bo‘lishi keltirilgan.
Tayanch so‘zlari:
Sholi, suv, urug‘lik va guruch, lineyka, rivojlanish davri, navlar.
EFFECTS OF DIFFERENT WATER THICKNESSES ON SEED AND RICE YIELD IN
RICE (ORYZA SATIVA) CULTIVARS
Abstract.
This article discusses the effect of varying thicknesses of water on seeds and
milled rice yields during periods of rice cultivation. It is assumed that the “Iskandar” plant
produces the best results at a height of 15 cm with a seed yield of 77.1% and a milled rice yield of
72.1 %.
Key words
: Rice, water, seeds and milled rice, linear, developmental times, varieties.
ВЛИЯНИЕ РАЗЛИЧНОЙ ТОЛЩИНЫ ВОДЫ НА УРОЖАЙНОСТЬ СЕМЯН И
РИСА СОРТОВ РИСА (ORYZA SATIVA)
Аннотaция.
В этой статье исследуется влияние различной толщины воды на
урожайность семян и риса в течение вегетatsiонного периода сортов риса,
Сообщается,
что посадка сорта «Искандар» на рисовых полях и поддержание толщины воды на высоте
15 см дает наилучшие результаты, то есть выход семян составляет до 77,1%, риса — до
72,1%.
Ключевые слова:
Рис, вода, семена и рис, линия развития, период развития, сорта.
KIRISH:
Dunyoning bir qator, jumladan Hindiston, Xitoy, Indoneziya, Bangladesh,
Tailand, Yaponiya sholi yetishtiruvchi eng qadimiy davlatlardan hisoblanadi. Dunyo
dehqonchiligida ekin maydoni hajmiga ko‘ra, bug‘doydan keyingi ikkinchi o‘rinda turadi va
hozirgi kunda asosiy ekin sifatida Xalqaro FAO tashkiloti ma’lumotiga qaraganda 2021 yilda
dunyo bo‘yicha 158,9 million gektar maydonda sholi ekilib, 742,6 million tonna don hosili
yetishtirilgan. Sholi yetishtirish hamda xarid qilishning yagona tizimini shakllantirish, yer va suv
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
160
resurslaridan oqilona foydalanish, shuningdek, ichki iste’mol bozorini yuqori sifatli mahsulotlar
bilan to‘ldirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 27
oktyabrdagi “Davlat ehtiyojlari uchun sholi xarid qilishni tashkil etish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi qaroriga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 fevraldagi “Sholi
yetishtirishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4973-son qaroriga asosan
sholi yetishtirishda suvni tejaydigan texnologiyalarni keng qo‘llash, sholi maydonlarining 20
foizini ko‘chat usulida ekish, 50 foizida lazer uskunasi yordamida tekislash tizimini joriy etish, 30
foizida esa sholi urug‘ini zamonaviy seyalkalarda ekish vazifalari belgilangan [1].
MUAMMONI O‘RGANILGANLIK DARAJASI
: Sholi dunyo aholisining qariyb
½
qismini asosiy oziq-ovqat mahsuloti hisoblanadi. Sholi guruchi to‘yimliligi va inson organizmida
tez va to‘liq xazm bo‘lishi bilan ajralib turadi. Sholi va undan olinadigan mahsulotlarda oqsil, yog‘,
kraxmal, kul, kletchakta va fitin moddalari mavjud. Bir kilogramm guruch tarkibida 4000 kaloriya
bo‘ladi.
Sholini oqlaganda o‘rtacha 54% guruch, 10% maydalangan don, 13% sholi
qoldiqlari, 3% un va 20% gacha qipiqlar chiqadi. Sholini oqlab guruch olganda don ishqalanadi,
natijada guruchning sifati o‘zgaradi. Ishqalanish natijasida oqsil miqdori 8,44 dan 7,75% gacha,
moy miqdori 1,82 dan 0,53 % gacha, kul moddalar miqdori 1,29 dan 0,64 % gacha, to‘qimalar
0,35 dan 0,18 % gacha kamayadi [2].
O‘rganish jarayonida sholi ekilgan maydonlarda suv qalinligi hosildorlik, urug‘lik sifati va
biokimyoviy tarkibiga ta’sir ko‘rsatishi to‘g‘risida bir-biriga zid fikrlar ham uchraydi. Olib
borilgan tajribalarda urug‘ni biotexnologik ko‘rsatkichlariga yilning turlicha kelishi (harorat,
garmsel, ekish muddati, urug‘ me’yori, o‘g‘it miqdori, yog‘in miqdori, havo namligi) foydali havo
haroratiga bog‘liqligi qayd qilingan.
Tadqiqotning maqsadi.
Sholi ekilgan maydonlarda 3 ta ertapishar “Guljahon”, o‘rtapishar
“Iskandar” va kechpishar “Lazurnыy” navlarini urug‘lik va guruch chiqimiga turli suv qalinliklari
5; 10; 15 va 20 sm ta’sirini o‘rganishdan iborat.
Tadqiqot uslublari.
“Dala tajribalarini o‘tkazish uslublari” [3], “Metodika polevыx
opitov” (B.A.Dospexov, 1985) hamda “O‘zbekistonda sholi yetishtirish suvdan tejab foydalanish
bo‘yicha (2019) uslubiy ko‘rsatma” kabi uslubiy qo‘llanmalar asosida olib borilgan [4].
Sholi
yetishtirishda turli suv 5; 10; 15 va 20 sm qalinliklarida urug‘lik va guruch chiqimini o‘rganishdan
iborat.
Tadqiqot natijalari. (
Sholining o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga turli suv
qalinliklarining ta’siri. Qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasidan
olingan).
Tajribalarda ertapishar “Guljahon” sholi navining urug‘lik chiqimi sholi maydonlarida suv
qalinligi 5 sm bo‘lganda 66,3%, suv qalinligi 10 sm bo‘lganda 76,6 %, suv qalinligi 15 sm
bo‘lganda 76,7% va suv qalinligi 20 sm bo‘lganda 76,8% bo‘lganligi, guruch chiqimi esa sholi
maydonlarida suv qalinligi 5 sm bo‘lganda 66,9%, suv qalinligi 10 sm bo‘lganda 71,2%, suv
qalinligi 15 sm bo‘lganda 71,2% va suv qalinligi 20 sm bo‘lganda 71,1% ni tashkil qilganligi
aniqlandi (1-jadvalga qarang).
Sholining
“Iskandar” navi urug‘lik chiqimi sholi ekilgan maydonlarda suv qalinligi 5 sm
bo‘lganda 68,7%, suv qalinligi 10 sm bo‘lganda 71,7%, suv qalinligi 15 sm bo‘lganda 77,1% va
suv qalinligida 20 sm 78,4 % bo‘ldi. Guruch chiqimi esa 5 sm suv qalinligida 68,2%, 10 sm suv
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
161
qalinligida 72,0%, 15 sm suv qalinligida 72,1% va 20 sm suv qalinligida 72,0% bo‘lganligi
aniqlandi.
1-jadval.
Urug‘lik va guruch chiqimiga turli suv qalinliklari ta’siri, %.
Navlar
Na’
m
u
n
a
og‘ir
li
gi, g
Suv qalinligi, sm.
Na’
m
u
n
ad
agi
d
on
son
i,
d
on
a
Suv qalinligi, sm.
5
10
15
20
5
10
15
20
Urug‘lik chiqimi, %.
Guruch chiqimi, %.
“Guljahon”
1000
69,3 76,6 76,7 76,8
100
66,9
71,2
71,2
71,1
“Iskandar”
1000
68,7 71,7 77,1 78,4
100
68,2
72,0
72,1
72,0
“Lazurniy”
1000
65,3 71,1 75,3 75,2
100
61,2
63,3
64,0
64,1
Sholining “Lazurniy” navi urug‘ chiqimi esa sholi maydonlarida suv qalinligi 5 sm
bo‘lganda 65,3%, suv qalinligi 10 sm bo‘lganda 71,1%, suv qalinligi 15 sm bo‘lganda 75,3% va
suv qalinligi 20 sm bo‘lganda 75,2% ni tashkil qildi. Guruch chiqimi 5 sm suv qalinligida 61,2%,
10 sm suv qalinligida 63,3%, 15 sm suv qalinligida 64,0% va 20 sm suv qalinligida 64,1% ni
tashkil qildi. O‘rganilayotgan barcha sholi navlarida suv qalinligi oshib borishiga mos ravishda
urug‘lik sifati va guruch chiqimi ham oshib bordi.
O‘rganilayotgan sholi navlari orasidan kechpishar “Lazurnыy” navida boshqa navlarga
nisbatan urug‘lik chiqish darajasi 5,2-7,2% kam bo‘lishi kuzatildi. Bunga asosiy sabablardan biri
navning botanik (
Indica
) turiga va biologiyasiga, ya’ni uzun donli va shishasimonligi yuqori
bo‘lishidir [5].
X U L O S A
O‘rganilgan barcha sholi navlarida suv qalinligi oshib borishiga mos ravishda urug‘lik
sifati va guruch chiqimi ham ortib bordi.
O‘rtapishar “Iskandar” sholi navining urug‘lik va guruch chiqimi sholi ekilgan
maydonlarda suv qalinligi 15 sm bo‘lganda eng yuqori ko‘rsatkich 77,1%, va 72,1% ni tashkil
qildi.
Sholi navlari orasidan kechpishar “Lazurnыy” navida boshqa navlarga nisbatan urug‘lik
chiqish darajasi 5,2-7,2% kam bo‘lishi kuzatildi. Bunga asosiy sabablardan biri navning botanik
(
Indica
) turiga va biologiyasiga, ya’ni uzun donli va shishasimonligi yuqori bo‘lishidir.
REFERENCES
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 fevraldagi “Sholi yetishtirishni yanada
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4973-son qarorida.
2.
Зауров Д., Сборшикова М. “Рисоводства” Тошкент. Мехнат, 1989, 118-128 б.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
162
3.
Доспехов Б.А. Методика полевого опыта. М., Колос, 1985.-С-350.
4.
Сattarov.M.A., Ergashev.M.A., Otamirzaev.N.G‘, Qalandarov.B.I. M.Xayitovlar.
“O‘zbekistonda sholi yetishtirish suvdan tejab foydalanish bo‘yicha tavsiyanoma”.
Toshkent 2019. 6-7-b.
5.
Xojamkulova Y.J. Sholining o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga turli suv qalinliklarining
ta’siri. Qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) diss... Andijon. 2022. 105-
112-b.
