ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
163
XALQ IJODIYOTI: ASHULA VA RAQS TARIXI HAMDA RIVOJLANISH
BOSQICHLARI
Kurbanova Ferida Maxsetovna
O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Nukus filiali
https://doi.org/10.5281/zenodo.12713938
Annotatsiya.
Mazkur maqolada ashula va raqs tarixi hamda ularning rivojlanish
bosqichlari haqida so’z boradi. Shuningdek, maqola davomida ashula va raqsning inson ruhiy
dunyosiga ta’siri va estetik kuchiga alohida to’xtalib o’tilgan. Maqola so’nggida xulosa va
takliflar keltirib o’tilgan.
Kalit so’zlar:
ashula, raqs, xalq ijodi, madaniyat, san’at, oliy ta’lim tizimi, inson ruhiy
dunyosi.
FOLK ART: HISTORY OF SONG AND DANCE AND STAGES OF DEVELOPMENT
Abstract.
This article talks about the history of singing and dancing and the stages of their
development. Also, during the article, the influence and aesthetic power of singing and dancing
on the spiritual world of a person is emphasized. Conclusions and suggestions are given at the
end of the article.
Key words:
song, dance, folk art, culture, art, higher education system, human spiritual
world.
НАРОДНОЕ ИСКУССТВО: ИСТОРИЯ ПЕСНИ И ТАНЦА И ЭТАПЫ РАЗВИТИЯ
Аннотация.
В данной статье рассказывается об истории пения и танца и этапах
их развития. Также в статье подчеркивается влияние и эстетическая сила пения и танца
на духовный мир человека. Выводы и предложения приведены в конце статьи.
Ключевые слова:
песня, танец, народное творчество, культура, искусство,
система высшего образования, духовный мир человека.
Mamlakatimiz rivojlanishining hozirgi davrida madaniyat va san’at taraqqiyoti oliy ta’lim
tizimini jahon andozalarini hisobga olgan holda takomillashtirish masalalarini ilgari surmoqda.
Bugungi kunda oldimizda jahon fani va madaniyatining eng ilg‘or yutuqlarini o‘zida
mujassamlashtirgan, inson aql-zakovati yaratgan boyliklaridan bahramand bo'lgan yangi avlodni
shakllantirish vazifasi turibdi. Faqat shu asosdagina millatning taraqqiyot sari intilishini
ta’minlovchi intellektual kuchni vujudga keltirish mumkin. O’zbekiston Respublikasining
Birinchi Prezidenti I.A.Karimov «Yuksak ma’naviyat—yengilmas kuch» nomli asarida: «San’at
va madaniyatdek qudratli kuch orqali inson qalbiga yo‘l topish haqida so‘z yuritar ekanmiz,
hammamiz yaxshi tushunamizki, har qaysi iste’dod egasi o'ziga xos bir olam, shu sababli ijod
ahliga qandaydir aql o‘rgatish, eng asosiysi, ularni boshqarishga urinish mumkin emas. Lekin bu
hayotda ularni birlashtiradigan, yangi ijodiy marralar sari ilhomlantiradigan muqaddas
tushunchalar borki, ular Vatan va xalq manfaati, ezgulik va insoniylik tamoyillari bilan uzviy
bog'liqdir. Agarki har qaysi ijodkor o‘z asarlarida ana shu g'oyalarni bosh maqsad qilib qo‘ysa,
ularni badiiy mahorat bilan ifoda eta olsa, hech shubhasiz, adabiyot ham, madaniyat va san’at ham
tom ma’noda ma’naviy yuksalishga xizmat qilib, o‘zining ijtimoiy vazifasini to‘liq ado etishga
erishgan bo'ladi», deb ta’kidlab o‘tganlar. Jamiyatning moddiy va ma’naviy madaniyati ortib
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
164
borgani sari o‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash ishiga ham tobora jiddiy va mas’uliyat bilan
yondoshish talab etilmoqda.
O‘rta Osiyo xalqlarining qadimgi san’ati sifatida, o‘zbek xalqining ma’naviy boyliklari
chashmasi sifatida O‘zbekiston xalq artistlari, jahonga dong‘i ketgan ustoz san’atkorlar Usta Olim
Komilov, Tamaraxonim, Mukarrama Turg‘unboyeva, Isohor Oqilov, Roziya Karimova va shu
kabi boshqa buyuk namoyondalarga boy o‘zbek xalq raqs san’atiga bo‘lgan qiziqish g‘oyat katta.
Milliy ma’naviy qadriyatlami va go'zalligini anglash o‘zbek xalqining ma’naviy boyligini oshiradi
va yosh avlodni nafaqat yaxshi tarbiyalab qolmasdan, o‘z Vataniga, uning meroslariga muhabbat
ham uyg‘otadi.
Har bir san’at sohasi hayotimizni badiiy obraz orqali ifoda etadi. Shu qatorda raqs ham
san’at turlari ichida kishilik jamiyati rivojida alohida o‘rin tutuvchi bir yo‘nalishdir. Raqs san’ati
- ijod ruhiyatini, his-tuyg‘ularni, fikmi so‘zsiz, faqat harakatlar va yuz ifodasi bilan xalqqa
yetkazishga asoslangan san’at turidir. «Raqs - o‘zingni kuyga, ohangga baxshida etib, sehrlar
dunyosiga sho‘ng‘ib ketmoq; Ko'ngildagi bor-yo‘g‘ingni ko'zlarga, harakatlarga joylab
tomoshabinlarga hayrat ato etmoq; Istaklaringni bir dasta gul shaklida tomoshabin hayajonlari
ustidan sochmoq, ularning olqishiga muyassar bo‘lmoq». Bunday buyuk tuyg‘u mukammal raqs
qobiliyatiga ega bo‘lgan insonlarning yuragida bo‘ladi.
Professional raqs ansambillarining davlat va xususiy ansambillari mavjud. «Bahor» (1957-
yil), «Shodlik» (1968-yil), «Lazgi» ( 1968-yil) ansambllari ilk tashkil qilingan professional raqs
ansambllaridan hisoblanadi. 1990-yillarda «Tanovar», «Ofarin», «Toshkent zebolari», «Sabo»,
«Tumor», «Parizoda» va shu kabi xususiy raqs ansambillar paydo bo'ldi. Unga shu yo‘nalish
bo‘yicha oliy ta’lim tizimida o‘qib fundamental bilimga ega bo'lgan mutaxassislar ishga qabul
qilinadilar. Ular ansambil rahbariyati bilan mehnat shartnomasini tuzadi va oylik maoshi bilan
ta’minlanadilar. Shartnomada keltirilgan talablar bir tomondan buzilishiga yo‘l qo‘yilsa, ikkinchi
tomon shartnomani bekor qilish huquqiga ega bo‘ladi. Raqqos va raqqosalaming yoshi
chegaralanadi. 18 yoshdan ishga qabul qilinib, 36 yoshdan keyin nafaqaga chiqadilar. Ijodiy
faoliyatiga qarab raqqos va raqqosalar ansambil rahbariyati yoki davlat tomonidan
rag‘batlantirilishi mumkin. Havaskorlik raqs ansambillari madaniyat va san’at muassaNularida,
tashkilot yoki korxonalar qoshida alohida raqs ansambli, xalq ilNhula va raqs ansambllari yoki
folklor-etnografik ansambllar tasarrufida bo‘ladi. Bunday ansambllar raqs san’atiga ishtiyoqi
baland ho'lgan, iqtidorli havaskorlardan tashkil topadi. Ularning mutaxasisligi, ma’lumoti va yoshi
chegaralanmaydi. Ansambl ishtirokchilari ruhbariyat yoki davlat tomonidan ishga qabul
qilinmaydilar va ixtiyoriy tarzda qatnashchi sifatida faoliyat olib boradilar. Hozirgi kunda juda
ko‘plab bolalar va kattalar havaskorlik raqs ansambllari Ijodiy faoliyatini olib bormoqdalar.
Bunday ansambllar qatoriga Farg'onadagi «Anor», Surxondaryodagi «Surxon gullari», «Zevari»,
«Quralay», Namangandagi «Namangan gullari», Jizzaxning «Gulira’no», Sirdaryoning «Sirdaryo
navolari» kabi ansambllar nomini keltirishimiz mumkin. Raqs ijrochiligi 3 turga bo‘linadi:
Yevropa klassik balet san’ati, Xalq sahna (professional) raqs san’ati, xalq ijodiyoti negizidagi
folklor va havaskorlik raqs ijrochiligi san’atidir. Inson raqsning qaysi turi bilan shug‘ullanmasin,
unga mumtoz raqs asoslarini o‘zlashtirish halal bermaydi. Raqqos va raqqosalar butun ijodiy
faoliyati davomida mumtoz raqs bilan shug‘ullanishi bejiz emas. Mumtoz raqs asoslari borliqni
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
165
harakat orqali tasvirlash crkinligini va o‘z tanasini musiqaning ma’lum bir o’lchovlarida nazokatli
harakatlantira olish imkonini beradi.
Raqs bilan bir qatorda O’zbek xalqi tarixi va uning musiqiy ijrochiligi o’zi kabi tarixan boy
va rangbarangdir. Xalq ming yillar mobaynida ijtimoiy hayotda tutgan o’rni va mavqei,
xursandchiligi, dardu-alamini qo’shiq va kuy orqali namoyish qilishga harakat qilgan. Musiqaga
shu jumladan, qo’shiq kuylashga muhabbat xalqning qoni orqali butun vujudiga ong-shuuriga,
yuragiga singib ketgan. Qo’shiqlar xalqning ijtimoiy hayotining hamma tomonlari bilan
bog’langan bo’lib, ular muayyan tarixiy taraqqiyot bosqichlarini bosib o’tgan, insoniyat tafakkuri
darajasiga qarab turmushni o’ziga xos obrazlarda badiiy jihatddan aks ettirgan noyob san’atdir.
Xalqimizning eng yaxshi ko’rgan g’oyaviy-badiiy jihatdan yuksak an’anaviy qo’shiqlarida
xalqning turmushi, tirikchiligi, ko’nglidagi orzu-armonlari, dard alami, shod-xurramligi va
kelajakka ishonchi ifodalangan. Shuningdek, zo’ravonlik, erkinsizlik, adolatsizlikka qarshi
kurashishning qudratli ovozi eshtilib turgan. Qo’shiqlarning muzmuni voqealikning lirik g’oyasini
badiiy o’zlashtirib, ya’ni yuz bergan hodisa va voqealarga munosabat, his-tuyg’u va kayfiyat orqali
ifodalanadi. Qo’shiq - san’atning oliy turi bo’lgan she’riyatning qadimiy va keng tarqalgan turidir.
Qo’shiq so’zini XI asrning tilshunos olimi Maxmud Qashg’oriyning mashxur asari “Devoni
lug’otit turk” asarida o’qish mumkin. O’zbek xalq an’anaviy qo’shiqlarining uzoq tarixini
o’rganishda “Devoni lug’otit turk”ning uchala tomida tarqoq holdagi qo’shiqlar ko’plab
uchrasada, bundan ming yil ilgari ham qo’shiqlarning rang-barangligi ko’rinishlarini oilaviy,
mehnat, mavsumiy marosim va ishq muhabbat mavzusidagi qo’shiqlarning keng tarqalganligi,
ularning til ibrolari, vazn, qofiyalaridan qo’shiq ekanligini ko’rish mumkin. Maxmud Qoshg’ariy
tomonidan chegil, qipchoq kabi qabilalar orasida to’plangan qo’shiqlar yordamida o’zbek yozma
adabiyotining yuzaga kelishi va taraqqiyot etishi uchun lozim bo’lgan adabiy zaminning bir
qismini qo’shiqlar tashkil etgan deyish mumkin. Devondagi to’rtliklarning xalq qo’shiqlari asosida
yaratilgan yozma adabiyot namunalari sifatida e’tirof etish ayni haqiqat bo’ladi. Qo’shiq so’zini
yana bir mashhur qomusiy olim Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” asarida ham uchratamiz.
REFERENCES
1.
Karimova R., Sayfiillayeva D. 0 ‘zbek yakka ayollar raqsi. T. 2007-y.
2.
Avdeyeva L. 0 ‘zbek milliy raqsi tarixidan. T. 2001y.
3.
Abraykulova N. Raqs jamoalari bilan ishlash uslubiyoti. Toshkent. 2004-y.
4.
Xursandov H., Qurbonova Sh. “Surxon raqs maktabi”. T. 201 ly.
5.
Vasil’yeva-Rojdestvenskaya. Tarixiy-maishiy raqs. M. 1971y
6.
Hamrayeva G. Raqsning milliy qiyofasi. T. 2012y.
7.
Zvyozdochkin V.A. Klassicheskiy tanets. M. 2003y.
