41
“DORIVOR GULXAYRI” O’SIMLIGI VA UNING TABOBATDA QO’LLANILISHI
Yusupova Sevinch
Alfraganus Unversiteti Tibbiyot fakulteti
1-kurs talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.12746308
Annotatsiya.
Maqolada dorivor gulxayri oʻsimligining biologik muhitda oʻsishi, uning
taʼrifi, dorivorlik ahamiyati, foydasi, tabobatda qoʻllanilishi haqida bayon etilgan.
Kalit soʻzlari:
Dorivor gulxayri, damla, hid, quritish, kimyoviy tarkibi, Abu Ali Ibn Sino.
"DORIVOR GULKHYRI" PLANT AND ITS USAGE IN MEDICINE
Abstract.
The article describes the growth of the medicinal calendula plant in the
biological environment, its definition, medicinal value, benefits, and its use in medicine.
Key words:
Medicinal flower, tincture, smell, drying, chemical composition, Abu Ali Ibn
Sina.
ЗАВОД "ДОРИВОР ГУЛХЫРИ" И ЕГО ИСПОЛЬЗОВАНИЕ В МЕДИЦИНЕ
Аннотация.
В статье описано произрастание бархатца лекарственного в
биологической среде, его определение, лекарственная ценность, преимущества и
применение в медицине.
Ключевые слова:
Лекарственный цветок, настойка, запах, сушка, химический
состав, Абу Али Ибн Сина.
Kirish
:
Gulxayri (Althaea)
— gulxayridoshlarga mansub bir yillik va koʻp yillik
oʻtlar turkumi. Yevropa va Osiyoning oʻrta mintaqalarida 12 turi oʻsadi. Oʻzbekistonda gulning
bitta ekma va 7 ta yovvoyi turi bor. Gulxayridoshlar toʻqaylarda, sugʻoriladigan maydonlarda va
boshqa yerlarda uchraydi. Gullari toʻgʻri, 5 boʻlakli, ikki jinsli. Gulxayri guli dorivor, manzarali
oʻsimlik, undan boʻyoq olinadi. Oʻzbekistonda Gulxayrining Althaea rosea turi manzarali
va dorivor
oʻsimlik sifatida koʻp ekiladi. Poyasi 1,5—2 m, yoʻgʻon, tuklar bilan
qoplangan. Barglari 3—7 boʻlakli, uzun bandli. Gullari yakka-yakka yoki 2—3 tadan barg
qoʻltigʻida va poya ichida oʻrnashgan. Tojbarglari qat-qat joylashgan. Iyun—avgustda gullab,
iyul—sentabrda urugʻlaydi. Tojbarglaridan vino, sirka va bargga rang berishda hamda teri, shoyi
va jun kabilarni boʻyashda foydalaniladi. Gulxayrining A. Offi cinalis turi dorivor oʻsimlik sifatida
tibbiyotda foydalaniladi. Uning ildizidan tayyorlangan suyuq ekstrakt nafas yoʻllari kasalliklarida
(ayniqsa bolalarda) balgʻam koʻchirish, koʻkrakni yumshatish uchun va yalligʻlanishga qarshi,
meʼda-ichak kasalliklarida esa oʻrab oluvchi dori sifatida ishlatiladi. Gulxayri gullari bolalar uchun
42
yaxshi oziq hisoblanadi. Dorivor gulxayrining ildizini odatda kuzda yoki erta bahorda kavlab
olinib, dagʻal ildizpoya va mayda ildizchalardan ajratiladi-da, zudlik bilan suv oqimida yuvib
olinadi (ildiz shilliqlanmasligi uchun). Shundan soʻng ochiq havoda quritiladi .
Gulxayri turlari ildizidan damlama tayyorlash uchun biror idishga 2 stakan qaynatib
sovitilgan suv quyiladi va 4 choy qoshiq maydalangan ildizdan solib, 8 soat qoʻyib qoʻyiladi.
Soʻngra dokada suziladi. Kuniga 3 -4 mahal yarim stakandan ichiladi.
Kimyoviy tarkibi:
Gulxayri oʻsimligining tarkibida juda koʻp foydali moddalar bor .
Chunonchi gulxayrining ildizida 35 % gacha shilliq moddalar, 37 % gacha kraxmal, 16 % ga yaqin
qand, asparagin, betain, pektin, yogʻ, 4,9 % atrofida mineral tuzlar mavjud. Oʻsimlikning
barg hamda gullarida 0,02 % ga yaqin qattiq efir moyi, karotin, vitamin C, ildizlardagiga
qaraganda ikki marta kam shilliq moddalar bor.
Dorivor preparatlari
: Qaynatma, quruq ekstrakt, kukun (poroshok), sharbat. Kubik
shaklida qirqilgan ildiz nafas olish yoʻllari kasalliklarida ishlatiladigan turli yigʻmalar (Species
pectoralis va boshqalar) tarkibiga kiradi.Qaynatma ildizdan faqat sovuq suvda tayyorlanadi
(mahsulotdan shilliq modda ajralib chiqadi, kraxmal suvda erimasligi sababli qaynatmaga
oʻtmaydi). Dorivor gulxayri oʻsimligining yer ustki qismidan ajratib olingan uglevodlar
aralashmasidan „mukaltin“ nomli dorivor preparat olinadi. „Mukaltin“ preparatini balgʻam
koʻchiruvchi dori sifatida yuqori nafas yoʻllari va oʻpka yalligʻlanishi kasalliklarida ishlatiladi.
Abu Ali Ibn Sino gulxayri ildizidan, bargidan va urugʻlaridan tayyorlangan damlama bilan yoʻtal,
qon tupurish, zotiljam va buyrak kasalliklarini davolagan. Buyuk tabib gulxayri ildizi
asosida tayyorlangan dori-darmonlarni koʻkrakni yumshatuvchi, balgʻam koʻchiruvchi omil
sifatida tavsiya etgan.
Qishloq xoʻjaligida:
Oʻsimlik poyasi qirqilmay, dalada qishga qoldiriladi, u qorni tutib
qolishda yordam beradi, qop eriganida tuproqni oʻyilib ketishdan saqlaydi. Yoxud 10-15 sm
qoldirib, oʻroq mashinada oʻrib olinadi va molga ozuqa sifatida beriladi. Oʻrilgan poyalar daladan
yigʻib olingach, bahorda qator oralari kultivatorda yumshatiladi, ayni vaqtda har gektar yerga 60
kg dan azotli oʻgʻitlar solinadi (aprel – may boshlarida). Shonalash oldidan (iyun boshlari), lekin
oʻsimlik shox- shabbalari tutashib ketguniga qadar, ikkinchi marta azotli oʻgʻit solinadi. Gulxayri
hayotining ikkinchi yili (iyulning oxiri – avgust boshlarida) meva tugadi. Urugʻlari poyasining 10
sm dan 230 sm gacha balandligida, asosiy qismi 60-180 sm oraligʻida joylashadi. Mevasi
pishganidan keyin uzoq vaqt toʻkilmay turadi, bu esa to avgust oyigacha urugʻ yigʻish imkonini
beradi. Buning uchun gulxayri poyasining meva joylashgan qismlari oʻroq bilan qirqiladi, bogʻ-
bogʻ qilib, xirmonga olib boriladi. Xirmonda gʻalla yanchiydigan toʻqmoqda yanchiladi. Urugʻlari
43
don sovurgichda tozalanib, elangach, qoplarga joylanadi. Ildizi ikkinchi yili, oktyabr oyida yoki
erta bahorda, poyalari daladan mola, lavlagi yigʻadigan yoki kartoshka kovlaydigan mashina
yordamida yigʻib olinganidan keyin qaziladi. Qurigan ildiz 20-25 kg dan qilib qopga, 50 kg dan
qilib qutilarga joylanadi va quruq, havo almashib turadigan xonada 3 yilgacha saqlanadi.
Hosildorlik gektar hisobiga 20-22 sentnerni tashkil etadi.
Xulosa
: Bu oʻsimlikni qishloq xoʻjaligida ekish texnalogiyasini yaxshi oʻrganishimiz,
koʻpaytirishimiz, yoʻtalga qarshi dori sifatida qoʻllasak yaxshi natijaga erishamiz.
REFERENCES
1.
Oʻ.Ahmedov, A. Ergashev, A Abzalov, M. Yulcheyva. Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish
texnologiyasi. 2020-yil. 202-205-betlar
2.
OʻzME. Birinchi jild.Toshkent, 2000-yil
3.
R. X Ayupov, Afzalov Z.Sh. Dorivor oʻsimliklar va ulardan foydalanish. 2015-yil 128-bet
